Научная статья на тему 'DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI: TARKIBIY QISMLARI VA TAHLILI'

DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI: TARKIBIY QISMLARI VA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
152
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moliyaviy siyosat / iqtisodiy siyosat / moliya mexanizmi / moliyadan foydalanishning metodlari / moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) / moliyaviy munosabatlar. / Financial policy / economic policy / financial mechanism / methods of using finance / components (directions) of financial policy / financial relations.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ziyoyev Ja.N.

Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa milliy, geosiyosat, harbiy yo'nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATE FINANCIAL POLICY: COMPONENT PARTS AND ANALYSIS

Financial policy is a means of implementing the economic and social policy of the state, and in this sense plays an auxiliary role. It should be remembered that at the same time there are other national, geopolitical, military directions of state policy. The sum of all these five directions (economic, social, National, geopolitical, military) will clarify the financial policy that serves as the main tool in the implementation of Public Policy.

Текст научной работы на тему «DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI: TARKIBIY QISMLARI VA TAHLILI»

Ziyoyev Ja.N.

"Iqtisod" kafedrasi o 'qituvchisi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM

DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI: TARKIBIY QISMLARI VA

TAHLILI

Annotatsiya. Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma 'noda yordamchi rolni o 'ynaydi. Bir vaqtning o'zida davlat siyosatining boshqa milliy, geosiyosat, harbiy yo'nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.

Kalit so'zlar: Moliyaviy siyosat, iqtisodiy siyosat, moliya mexanizmi, moliyadan foydalanishning metodlari, moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo 'nalishlari), moliyaviy munosabatlar.

Ziyayev Ja.N. teacher

"Economics" department University of Economics and Pedagogy NTM

STATE FINANCIAL POLICY: COMPONENT PARTS AND ANALYSIS

Abstract. Financial policy is a means of implementing the economic and social policy of the state, and in this sense plays an auxiliary role. It should be remembered that at the same time there are other national, geopolitical, military directions of state policy. The sum of all these five directions (economic, social, National, geopolitical, military) will clarify the financial policy that serves as the main tool in the implementation of Public Policy.

Keywords: Financial policy, economic policy, financial mechanism, methods of using finance, components (directions) offinancial policy, financial relations.

KIRISH

Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlaming rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas.

Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda

iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi.

Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqii ahamiyatga ega bo'lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas.

Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:

•bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos qo'yiigan maqsadlarga erishish uchun yechi- lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniq- lashtirish;

•qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish;

•qo'yilgan vazifalami yechishga qodirbo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish.

Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.

Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishii moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan.

Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o'zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma'lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati "Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag'lardan foydalanadi?" degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo'ladi23.Qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o'rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni xal etilish sharoitlari ta'minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta'sir etuvchi faol dastak sifatida namoyon bo'ladi. Iqtisodiy siyosat - xo'jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig'indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo'lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o'zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat

23 Olimjonov O.O., Malikov T.S. Moliya asoslari. Darslik /Toshkent Moliya instituti. - Toshkent: "Sharq", 2019.

o'z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati, amortizasiya siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi. Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo'lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo'naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig'indisidir. Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog'lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko'rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo'lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy xoh halqaro munosabatlar olib borishida muhim vosita Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi, transformat- siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi.

Misol uchun, ko'plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishii organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi.

Yuqoridagilardan quyidagi uchta mantiqiy xulosa kelib chiqadi: •birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak;

•ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;

•uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.^

Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo'li-shiga olib keladi.

Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir.

Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o'rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish muhim o'rin egallaydi.

0'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi.

Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bo'lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin.

Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va alohida guruhlarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali bo'ladi.

Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'lgan

ob'ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya'ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq.

Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslaming maksimal hajmini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli ma'lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim.

Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

•moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;

•makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;

•markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

•ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish;

•iqtisodiy o'sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish.

Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keladi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta'minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko'riladi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo'llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.

Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'1 qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.

Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samaradorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.

Sovet davlatida va ijtimoiyistik yo'nalishda bo'lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) nazariy konsepsiyalari ta'sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini moliyaviy markazlashtirishni belgilab berdi.

Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismi to'planishinigina emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo'jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi.

Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda davlatning roli keskin oshdi, rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu albatta, xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o'tdi.

Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.

Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin.

Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko'rsatildi:

•ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta'minlash uchun; •ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun;

•kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini mustahkamlash uchun.

Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng awalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur'atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'lishini taqozo etdi. Bu vazifalarni bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma'lum darajada qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishii tarzda qayta taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlama iqtisodiyot yaratildi.

Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilarni yotishi muhim ahamiyatga egadir:

•taqsimlash munosabatlarining sub'ektlarini aniqlash, ya'ni moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini ajratish;

•yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;

•birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;.

•moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich- larida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari elementlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganligiga va uning ayrim bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi.

Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o'z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta'minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat qo'shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'llashga majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol -mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a'zolarning samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo'lib qolaveradi.

Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni (motivatsiya qilinishini) olib qo'yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta'siri bevosita namoyon bo'ladi.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan toldiriladi. Va aksincha, agar pul massasi unga bo'lgan talabdan ortiq bo'lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bolishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k.

Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi.

Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'lan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma'lum bir miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta'sirchan) bo'lib qoladi, ya'ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin.

Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyatko'rsatishini ta'minlaydi. 0'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'larni to'ldirish va investitsiyalar uchun mablagMarning qarzga olinishini ta'minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:

•kreditlarning qaytarilmasligi;

•ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi;.

•qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;^

•ishlab chiqarishning qisqarishi;

•takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki iste'mol bozorining torayishi.

Kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovarlar massasi ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi) milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu yerda bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi.

Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) biri bo'lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o'z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarishga bog'liq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning «chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallaroqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.

Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviyjihatdan ta'minlash bilan bog'liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi.

Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e'tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos usuliga ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag'batlantirishi yoki unga to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud bo'lmagan texnologik asbob—uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarish o'sish sur'atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi.

Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday javob choraiari qo'llanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi

tanlanishi mamlakat iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog'lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog'i lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.

Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bog'liq bo'ladi.

Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) iimiy jihatdan asoslangan, ma'lum bir maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub'ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YalM ko'payishiga, mamlakat tovarlarining raqobatbardoshligi kuchayishiga olib kelmog'i lozim.

Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. Bu, eng awalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o'z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak.

Moliyaviy siyosatning tubdan o'zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog'i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishdan asosiy maqsad bozor munosabatlari zamirida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta'sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta'minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo'jalik tashabbuskorligi va mas'uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq faro-vonligining garovi. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.

2. Olimjonov O.O., Malikov T.S. Moliya asoslari. Darslik /Toshkent Moliya instituti. - Toshkent: "Sharq", 2019.

3. http s: //euroasianj ournal s. org/index. php/pc/article/view/338/295

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Moliya_siyosati

5. https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomicheskie-metody-gosudarstvennogo-regulirovaniya-investitsionnogo-protsessa-2

6. https://cyberleninka.ru/article/n/suvtezhovchi-tehnologiyalardan-foydalanishning-osildorlikni-oshirishdagi-rni-va-a-amiyatihttps://cyberleninka.ru/article/n/suvtezhovchi-tehnologiyalardan-foydalanishning-osildorlikni-oshirishdagi-rni-va-a-amiyati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.