Научная статья на тему 'FISKAL SIYOSAT BOʻYICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA UNI QOʻLLASH MUAMMOLARI'

FISKAL SIYOSAT BOʻYICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA UNI QOʻLLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergashev I.O.

Har qanday davlat soliq tushumlarining barqaror oʻsishi va shunga mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishga intiladi.Buning eng samarali yoʻli ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, soliq madaniyati darajasini va soliq toʻlovchilarning javobgarligini oshirish, shuningdek fiskal siyosat va soliq munosabatlarining uygʻunligini taʼminlashdan iborat boʻladi. Biroq, dunyoning aksariyat mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi noqulay tendensiyalarning kuchayishi sharoitida (doimiy inqiroz hodisalari, ijtimoiy keskinlik, terroristik tahdidlar, aholining qarishi, tabiiy ofatlar va boshqalar.), davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga talab ortib bormoqda, bu byudjet xarajatlarining oʻsishiga va soliq bosimining oshishiga sabab boʻladi. [1]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FISKAL SIYOSAT BOʻYICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA UNI QOʻLLASH MUAMMOLARI»

FISKAL SIYOSAT BO'YICHA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA UNI QO'LLASH MUAMMOLARI

Ergashev I.O.

i.f.n., O 'zbekiston Respublikasi Soliq qo 'mitasi huzuridagi Fiskal instituti "Soliqlar va soliqqa

tortish " fakulteti dekani. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174147 Har qanday davlat soliq tushumlarining barqaror o'sishi va shunga mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishga intiladi.Buning eng samarali yo'li ishlab chiqarishni rag'batlantirish, soliq madaniyati darajasini va soliq to'lovchilarning javobgarligini oshirish, shuningdek fiskal siyosat va soliq munosabatlarining uyg'unligini ta'minlashdan iborat bo'ladi. Biroq, dunyoning aksariyat mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi noqulay tendensiyalarning kuchayishi sharoitida (doimiy inqiroz hodisalari, ijtimoiy keskinlik, terroristik tahdidlar, aholining qarishi, tabiiy ofatlar va boshqalar.), davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga talab ortib bormoqda, bu byudjet xarajatlarining o'sishiga va soliq bosimining oshishiga sabab bo'ladi. [1]

Salbiy oqibatlarni minimallashtirish maqsadida vakolatli davlat organlari fiskal munosabatlarni davlat boshqaruvining jahon amaliyotining ilg'or tajribalarini o'rganib, ularni optimallashtirish hamda jahon iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlariga moslashtirish maqsadida fiskal siyosat yo'nalishlari belgilashga va o'zgartirishlar kiritishga harakat etishadi. Ushbu yo'nalishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish uchun zarur. Bunda mavjud moliyaviy resurslarni obyektiv baholash, byudjet xarajatlarini kamaytirish zaxiralarini aniqlash va jamiyatdagi soliq tarangligini barqarorlashtirish eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. [2]

Umuman olganda fiskal munosabatlarni davlat boshqaruvining konseptual asoslari bu turli darajadagi davlat boshqaruvida (respublika, viloyat, tuman) qabul qilingan normativ qonun hujjatlari hisoblanadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida konseptual asos birinchi navbatda davlat Konstitutsiyasi, soliq va byudjet kodekslari, shuningdek byudjet va soliq munosabatlarining turli jihatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. [3]

Ayrim mamlakatlarda fiskal tizimning me'yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga yondashuvlardagi farqlar tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy omillar, shuningdek, davlat hokimiyati organlari o'rtasida vakolatlarni taqsimlashning amaldagi amaliyoti bilan bog'liq. Har bir mamlakat milliy

iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlarini va davlat moliyasining holatini hisobga olgan holda, uzoq muddatli byudjetni prognozlash va rejalashtirish uchun ma'lum mezonlardan foydalanadi, mamlakat ichida ham, jahon moliya tizimida ham doimiy ravishda o'zgarib turadigan sharoitlarga muvofiq soliq ma'muriyatining usullari va vositalarini doimiy ravishda takomillashtirib boradi. [4]

Ta'kidlash joizki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida soliq munosabatlarining davlat boshqaruvini shakllantirish va rivojlantirish tendensiyalari milliy soliq tizimlarini bosqichma-bosqich davlatlararo darajaga olib chiqishga qaratilgan bo'lib, bu sohadagi nazariy yutuqlar va davlat institutlarining amaliy ehtiyojlari bilan uyg'unlashuvi bilan birga olib boriladi. Shu munosabat bilan, soliq to'lashdan bo'yin tovlash, chet elga kapital olib chiqish va xalqaro shartnomalarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama soliqdan qochish muammosi qarshi amaliy kurash uchun turli davlatlar soliq o'rganlar o'rtasida axborot almashish tizimiga ehtiyoj bor.[5]

Ko'pincha bunday tizim har bir davlatning asosiy savdo hamkorlari, qo'shni davlatlari bilan ma'lumot almashishda seziladi, Shu sababdan xalqaro tashkilotlar ishtirokchilari yoki mamlakatlar guruhlari paydo bo'ladi, Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkilotiga a'zo davlatlar birlashuvi bunga misol bo'la oladi. Shuning uchun bugungi kunda Yevropa Ittifoqi ichidagi tashkiloti yagona soliq ma'muriyati, (Intra-European organization of Tax Administrations) (bundan buyon matinda IOTA) 1996-yilda Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari va Boltiqbo'yi davlatlari tomonidan tashkil etilgan bo'lib, uning a'zolari (46 ta Yevropa soliq ma'muriyati) o'rtasida professional ma'lumot almashish, treninglar o'tkazish, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish va texnik yordam ko'rsatishga qaratilgan. [6]

IOTAning asosiy strategik maqsadlari qatorida quyidagilarni kiritish mumkin: a'zo mamlakatlarning soliq ma'muriyatlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash; modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish jarayonida ushbu mamlakatlarning soliq ma'muriyatlarini qo'llab-quvvatlash; soliq ma'muriyati sohasida yaxshi amaliyotlarni ommalashtirish; soliq madaniyati muntazam rivojlantirish; xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik. Yevropa mintaqasi mamlakatlarining o'ziga xos xususiyatlarini hamda larning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda, IOTA faoliyati tashkil etiladi. Tashkilotga a'zo har bir mamlakat soliq ma'muriyatining shartlari va ehtiyojlariga individual yondashuv amalga oshiriladi.

[7]

Shu sababli, soliq munosabatlarini davlat ichida ham, davlatlararo darajada ham uyg'unlashtirish va birlashtirishning zaruriy sharti soliq to'lovchilar va umuman jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlari qoidalari hamda normalarini ishlab chiqish, qabul qilishdan iborat bo'ladi. Biroq, ko'pincha

amaliyotda soliq to'lovchilar va davlatning manfaatlari sezilarli darajada farq qilishi mumkin, bu soliq sohasida murosaga kelishni talab qiladi (soliq to'lovchining pul majburiyatlarini yoki soliq qarzini to'lash va kechiktirish). [8]

Shuni ta'kidlash kerakki, har qanday davlatning nazorat qiluvchi organlarining faoliyati mamlakatda soliqlar va yig'imlarni ixtiyoriy to'lash darajasini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlarning aksariyati soliqlarni ixtiyoriy ravishda to'lashning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Fransiyada soliq to'lovchilar byudjetga soliq to'lovlarining deyarli 98 foizini ixtiyoriy ravishda to'laydilar, bu aholining yuqori darajadagi soliq madaniyati hamda mas'uliyatidan dalolat beradi. Shvetsiyada, 80% soliq to'lovchilar halol to'lovchilar toifasiga tegishli. Shu bilan birga, bir qator mamlakatlarda soliqlarni ixtiyoriy ravishda to'lash darajasi ancha past, buning natijasida soliq organlarining soliq to'lovchilarga bosimi va soliq qarzini majburiy undirish vositalari va tartiblaridan foydalanish natijasida byudjet daromadlari shakllantiriladi. [9]

Umuman davlat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga va xususan fiskal tizimga, tashqi va ichki muhit omillarining ta'siriga, shuningdek soliq to'lovchilarning nazorat qiluvchi organlarga bo'lgan ishonch darajasiga qarab, soliq qarzini undirishni ta'minlash uchun turli xil soliq ma'muriyatchilik vositalaridan foydalaniladi. Fransiyada soliq to'lovchilarning soliqlarni to'lash bo'yicha majburiyatlarini bajarishini ta'minlash choralari garovga qo'yilgan mol-mulkni sotishni, qarzdorning transport vositalarini soliq qarzi to'langunga qadar musodara qilishni nazarda tutadi.

Shvetsiyada soliq ma'muriyati tizimi hisobot davrida soliqlar bosqichma-bosqich to'lashni o'z ichiga oladi. Soliqlarni to'lash tartibi bo'yicha korxonalarning vaqtini va xarajatlarini minimallashtirish uchun korxonaning barcha soliqlari bir oylik to'lovda soliq xizmati hisob varag'iga o'tkaziladi. Soliqlarni shahar va davlat byudjetlari o'rtasida keyingi taqsimlash soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Shvetsiya nazorat qiluvchi organlari qarzni to'lashni kechiktirish mexanizmidan foydalanish orqali soliq qarzining paydo bo'lishining profilaktik tartib-qoidalarini faol qo'llaydilar.

Irlandiyada soliq qarzlarini boshqarishning profilaktik protseduralari bilan bir qatorda ta'sirning axloqiy jihati qo'llaniladi, uning doirasida qarzdor-soliq to'lovchilarning ismlari har uch oyda bir marta soliq huquqbuzarligi to'g'risidagi ma'lumotlar to'liq ko'rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida rasman e'lon qilinadi.

Portugaliyada soliq qarzlarini davlat tomonidan boshqarish, dunyoning aksariyat mamlakatlarida bo'lgani kabi, o'z vaqtida to'lanmagan soliqlar uchun qattiq jarimalar tizimini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Xususan, agar soliq

organlari tomonidan belgilangan summani o'z vaqtida soliq to'lovchi tomonidan to'lamagan bo'lsa, jarimalar avtomatik ravishda undiriladi. Bunda jarima darhol ogohlantirishsiz va byurokratik protseduralarsiz, shu jumladan sud jarayonlarisiz undiriladi.

Shunday qilib, soliq qarzlarining oldini olish va undirish doirasida soliq munosabatlarini davlat tomonidan boshqarish vositalari va usullaridan foydalanish amaliyoti o'xshash va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shuningdek, davlat boshqaruvining yetarli emasligi yoki pastligini ko'rsatadigan bir qator omillar mavjud, xususan: soliq to'lovchilarning noroziligi, yashirin iqtisodiyot darajasi, davlat va mahalliy darajadagi korrupsiya ko'lami, soliq to'lovchilarga sezilarli soliq bosimi, to'lashning murakkab va uzoq muddatli tartibi.

XULOSALAR:

Ushbu tadqiqot bo'yicha xulosalar haqida to'xtalganda moliyaviy sohada yuzaga keladigan ko'plab muammoli masalalar boshqaruv mexanizmining tartibga soluvchi komponentining nomukammalligi va davlatdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o'zgaruvchanligi bilan bog'liq ekanligi asoslandi. Shu munosabat bilan fiskal munosabatlarni davlat tomonidan boshqarishning xorijiy tajribasini hisobga olgan holda, milliy soliq ma'murchiligimiz va soliq to'lovchilar o'rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish va uyg'unlashtirishning bir qator yo'nalishlarini aniqlash mumkin, xususan:

•jamiyatda davlat tomonidan majburlash choralarini qo'llamasdan soliq to'lash majburiyati va zarurligiga ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktika va tushuntirish tadbirlarini o'tkazish;

• byudjetdan olinadigan soliq mablag'larining harakati va ulardan foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish nuqtai nazaridan fiskal siyosatning axborot shaffofligini oshirish;

• qarzlari bo'lgan soliq to'lovchilarning ro'yxatlarini nashr etish orqali soliq sohasidagi qarzlarning umumiy darajasini pasaytirish;

• davlat byudjetiga soliq to'lashdan bo'yin tovlash ehtimolini kamaytirish maqsadida ular asosida elektron soliq xizmatlarini yaratish uchun zamonaviy IT-dasturiy va texnik vositalardan foydalanish.

Shunday qilib, turli mamlakatlarda davlat boshqaruvi mexanizmi faoliyati samaradorligini oshirish me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga, shuningdek, fiskal munosabatlarni boshqarishning yangi yondashuvlari hamda usullarini ishlab chiqishga va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarga moslashtirishga bog'liqdir.

Adabiyotlar:

1. Adurahimov, A.Z., & Ergashov, I.O. (2023). TA'LIMDA TEXNALOGIYALARNI QO'LLASH HAMDA XORIJIY TILLARNI O 'RGATISH ORQALI MUTAXASSISLARNI MALAKALI KADR SIFATIDA CHIQARISH ISLOHATLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 62-64.

2. Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). Xufiyona iqtisodiyotni kamaytirishda eksport-import opperatsiyalarini takomillashtirish yo'llari. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali, 21 (1), 269-275. http://wsriournal.com/index.php/wsri/article/view/2884

3. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). KICHIK BIZNESGA QANDAY YENGILLIKLAR BERILADI, KIMLAR 20 MLN YOKI 30 MLN TO 'LASA SOLIQ HISOBOTINI YURITISHI SHART EMAS, 2023 YILGI SOLIQ O 'ZGARISHLARI. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(32), 30-32.

4. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). TA'LIMDA TEXNALOGIYALARNI QO 'LLASH HAMDA XORIJIY TILLARNI O 'RGATISH ORQALI MUTAXASSISLARNI MALAKALI KADR SIFATIDA CHIQARISH ISLOHATLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 62-64.

5. Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). Xufiyona iqtisodiyot sharoitida davlat moliyaviy nazorati va uni takomilashtirish yo'nalishlari. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali, 21 (1), 248-259.

http://www.wsriournal.com/index.php/wsri/article/view/2882

6. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). KICHIK BIZNESGA QANDAY YENGILLIKLAR BERILADI, KIMLAR 20 MLN YOKI 30 MLN TO'LASA SOLIQ HISOBOTINI YURITISHI SHART EMAS, 2023 YILGI SOLIQ O'ZGARISHLARI. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(32), 30-32.

7. Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). Xufiyona iqtisodiyotda eksport-importni soliqqa tortish tartibi. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali , 21 (1), 176181. http : //wsrj ournal .com/index. php/wsrj/arti cl e/view/2875

8. Qurbonov Muxiddin Abdullaevich. (2023). Davlat xaridlari jarayonlarini tashkil etishi va boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarni takomillashtirish. Jahon ilmiy tadqiqot jurnali, 16(1), 170-177. http : //wsrj ournal .com/index.php/wsrj/article/view/2715

9. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). TA'LIMDA TEXNALOGIYALARNI QO 'LLASH HAMDA XORIJIY TILLARNI O 'RGATISH ORQALI MUTAXASSISLARNI MALAKALI KADR SIFATIDA CHIQARISH ISLOHATLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 62-64.

10. Курбонов Мухиддин Абдуллаевич. Indian Journal of Economics and Business. IMPACT OF TAXES ON THE BANK'S PROFIT Volume - 8; Issue - 3; Year - 2022; Page: 2553 - 2558 DOI: 10.22192/iajmr.2022.8.3.2 http : //www.ashwinanokha.com/IJEB. php

11. Курбонов Мухиддин Абдуллаевич. Central European Management Journal. UZBEKISTAN REPUBLIC TO IMPROVE AGRICULTURAL FINANCING. Vol. 30 Iss. 3 (2022) Page: 1284 - 1293 https : //j ournals.kozminskicem-j .com/index.php/pl_cemj /article/view/1284.html

12. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). TA'LIMDA TEXNALOGIYALARNI QO'LLASH HAMDA XORIJIY TILLARNI O 'RGATISH ORQALI MUTAXASSISLARNI MALAKALI KADR SIFATIDA CHIQARISH ISLOHATLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 62-64.

13. Adurahimov, A. Z., & Ergashov, I. O. (2023). KICHIK BIZNESGA QANDAY YENGILLIKLAR BERILADI, KIMLAR 20 MLN YOKI 30 MLN TO 'LASA SOLIQ HISOBOTINI YURITISHI SHART EMAS, 2023 YILGI SOLIQ O 'ZGARISHLARI. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(32), 30-32.

14. Тошматов Шухрат Амонович, Махматраемов Бахром Омонович. "КУШИЛГАН КИЙМАТ СОЛИГИ МАЪМУРЧИЛИГИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ" Science and innovation, vol. 2, no. Special Issue 13, 2023, pp. 5-8. doi:10.5281/zenodo.10133718

15. Тошматов, Ш. «КИЧИК БИЗНЕСНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА СОЛИК СИЁСАТИПИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ». Общество и управление, т. 1, вып. 1, январь 2013 г., сс. 80-89, https://inlibrary.uz/mdex.php/sotiety-administration/article/view/132.

16. Toshmatov SH.A. Kursovaya raznica: praktika nalogooblozheniya i problemy. Nalogooblozhenie i buhgalterskij uchet 10 (2017).

17. Тошматов, Ш. А. "Кичик тадбиркорлик субъектларини соликда тортиш асослари. Монография." Т.:"Молия 160 (2012).

18. Хамидулин М.Б., and Ташматов Ш.А.. "К вопросу об эффективном собственнике в системе корпоративного управления" Иннов: электронный научный журнал, no. 3 (36), 2018, pp. 151-160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.