Научная статья на тему 'O’zbekistonda soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari'

O’zbekistonda soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2087
396
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
soliqlar / soliq siyosati / soliq kodeksi / investisiya / majburiy to’lovlar / axborot-kommunikasiya / imtyozlar / erkinlashtirish / soddalashtirish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nasrulla Tashmuratovich Tilabov

Maqolada soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilashda soliq siyosatini ustivor yo’nalishlari bayon etilgan. Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yig’iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar ochib berilgan hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga soliq qonunchiligini soddalashtirish yuzasidan aniq tavsiya va xulosalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari»

O'zbekistonda soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor

yo'nalishlari

Nasrulla Tashmuratovich Tilabov nasrullatilabov@gmail. com Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti

Annotatsiya: Maqolada soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilashda soliq siyosatini ustivor yo'nalishlari bayon etilgan. Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o'sishga, ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar yig'iluvchanligining zarur darajasini ta'minlashga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar ochib berilgan hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga soliq qonunchiligini soddalashtirish yuzasidan aniq tavsiya va xulosalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: soliqlar, soliq siyosati, soliq kodeksi, investisiya, majburiy to'lovlar, axborot-kommunikasiya, imtyozlar, erkinlashtirish, soddalashtirish

The main directions of improving tax policy in Uzbekistan

Nasrulla Tashmuratovich Tilabov nasrullatilabov@gmail. com Tashkent State University of Economics

Abstract: The article describes the main directions of tax policy in the conditions of rapid economic development and increasing the investment attractiveness of the country, consistent reduction of the tax burden, simplification of the taxation system and improvement of tax administration. At the same time, a number of systemic problems have been identified in this area that hinder economic growth, increase business and investment activity, the formation of a healthy competitive environment, as well as ensuring the necessary level of tax and other mandatory fees and specific recommendations and conclusions on tax simplification legislation in connection with the widespread introduction of modern information and communication technologies is scientifically justified.

Keywords: taxes, tax policy, tax code, investments, mandatory payments, information and communications, benefits, liberalization, simplification

Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilash - soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor yo'nalishlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o'sishga, ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar yig'iluvchanligining zarur darajasini ta'minlashga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko'rsatdi, xususan:1

✓ birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to'lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to'laydigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;

✓ ikkinchidan, qo'shilgan qiymat solig'ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to'lovchilarning aylanma mablag'larini jalb qiladigan, shuningdek, iste'mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o'rtasidagi kooperasiyaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan majburiy to'lovlarning mavjudligi;

✓ uchinchidan, soliq to'lovchilar tomonidan xodimlarning Real sonini va mehnatga haq to'lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to'lash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi;

✓ to'rtinchidan, imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo'yicha ta'sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog'lom raqobatni ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni soliq va bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo'lgan imtiyozlar hisobiga qo'llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;

✓ beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o'rtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliq ma'muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi;

✓ oltinchidan, o'tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi va insofli tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga to'sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo'qligi;

✓ ettinchidan, mahalliy soliq va yig'imlarning ma'muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig'iluvchanlik darajasi etarli emasligi, shuningdek, ko'chmas mulk va er uchastkalarini to'liq hisobga olish va qiymatini ob'ektiv aniqlashning mavjud emasligi.

1 Tilabov N.T. Liberalization of tax policy - guarantee of ekonomic stability. "Science and Education" Scientific Journal. MAY 2021/VOLUME 2 ISSUE 5. 1097-1112. www.openscience.uz

Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 07-fevral PF-4947-sonli2 va "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 2022 yil 28-yanvar PF-60-sonli3 Farmonilari asosida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib quyidagilar O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish asosiy yo'nalishlari etib belgilandi;

✓ iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo'yicha soliqlarni to'laydigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

✓ soliqlarni unifikasiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o'xshash soliq solish bazasiga ega bo'lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operasion xarajatlarni minimallashtirish;

✓ makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta'minlash;

✓ soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to'lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

✓ soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksi normalarining to'g'ridan-to'g'ri amal qilishini ta'minlash, shu jumladan Kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;

✓ xorijiy investorlar va investisiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

✓ soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish ob'ektlari hamda soliq to'lovchilarni yanada to'liq qamrab olish va hisobini ta'minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog'liq operasiyalarga soliq solish tartibini joriy etish, kabi soliq siyosatining eng muhim asosiy yo'nalishlari belgilab olindi.

2 https://lex.uz/docs/3107036

3 https://lex.uz/docs/5841063

Dunyo tajribasidan ma'lumki, iqtisodiyotni soliq siyosatini takomillashtirish orqali tartibga solish instrumenti har qanday mamlakatning eng muhim yo'nalishi hisoblangan moliyaviy siyosatning dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Chunki sof fiskal funktsiyadan tashqari soliq siyosati ijtimoiy ishlab chiqarishga, uning tarkibiy tuzilishiga va dinamikasiga, joylashishiga, ilmiy-innovasiya taraqqiyotini jadallashtirishga iqtisodiy ta'sir ko'rsatuvchi asosiy mexanizm bo'lib ham xizmat qiladi.4

Mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil da'vom ettirish, milliy iqtisodiyotni rivojlangan zamonaviy bozor iqtisodiyoti darajasiga ko'tarish, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish, jahon iqtisodiyoti integrasiyasiga jadal kirib borishda moliyaviy siyosatning asosiy ustivor yo'nalishi bo'lgan soliq siyosati dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Soliq siyosatining o'zi nima, uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalardan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e'tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?

Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda, bizningcha, uning quyidagi jihatlariga e'tibor bermoq lozim:

✓ makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy bir qismi. Uning bunday ko'rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko'rinish)larining ma'lum bir belgilarga iqtisodiy siyosatning qaysi darajada ketayotganligiga qarab turkumlarga ajratish natijasi hisoblanadi;

✓ moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy bir qismi. Uning bunday ko'rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko'rinishlarining boshqa bir belgi iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi instrument)larga qarab turkumlarga ajratish natijasidir;

✓ ma'lum ma'noda va ba'zi bir istisnolarni hisobga olgan holda, bir vaqtning o'zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyosatning va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiy qismi sifatida e'tirof etish mumkin;

✓ xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosat to'g'risida gap ketganda, uning konkret mazmuni byudjet-soliq siyosati orqali namoyon bo'layotgan bo'lishiga qaramasdan, bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida e'tirof etilishiga etarli darajada asos bo'laolmaydi. Chunki aslida, o'shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy siyosatdan ajratib bo'lmaydi.

Ko'p hollarda, haqiqatdan ham xorij amaliyotida "fiskal siyosat" deyilganda "moliyaviy siyosat" nazarda tutiladi va aksincha;

4 Tilabov N.T. Liberalization of tax policy-guarantee of ekonomic stability. "Science and Education" Scientific Journal. MAY 2021/VOLUME 2 ISSUE 5. 1097-1112. www.openscience.uz

✓ byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosatdan ajralgan holda, mustaqil ravishda, iqtisodiy siyosatning ham va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiga bevosita (to' g' ridan-to' g 'ri) kiraolmaydi;

✓ iqtisodiy siyosat doirasida soliq siyosati xususida gap ketayotganda moliyaviy siyosat to'g'risida gap ketmayapti, deb bo'lmaydi;

✓ makroiqtisodiy siyosat doirasida ham soliq siyosati to'g'risida gap ketganda uni moliyaviy siyosatdan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas

✓ har bir mamlakatda soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi, o'z-o'zidan emas, balki ob'ektiv reallikka asoslanadi. Bu erda, eng avvalo, inobatga olinishi lozim bo'lgan narsa shu mamlakatda bozor munosabatlari unga o'tishning qanday modeliga borib taqalishi bilan belgilanadi.

Bozor iqtisodini shakllantirish modellari sun'iy tarzda emas, balki tabiiy ravishda mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan, soliq siyosatiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Chunki bozor iqtisodini shakllantirishning har bir modeli faqat o'ziga xos bo'lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular, albatta, siyosatda o'z izini qoldiradi.

Byudjet siyosati doirasidagi eng dolzarb muammolarning barchasi, beixtiyor, byudjet defisitiga borib taqaladi. Birgina uning darajasiga qarab turib, byudjet siyosatining ahvoliga makrodarajada baho berish mumkin. Bir vaqtning o'zida, byudjet defisitining darajasi har qanday davlatning moliyaviy mustaqilligini belgilashda muhim ahamiyatga ega

Soliq siyosati o'rganishda zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental asoslariga jiddiy e'tibor qaratilishi muhim o'rin tutadi.

Ular soliqlar,

✓ soliq tizimi va soliq siyosatidagi vaziyat;

✓ soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati;

✓ soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarining printsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta'siri;

✓ iqtisodni tartibga solish instrumenti sifatida soliqlar va soliq siyosati;

✓ soliq siyosati va xorijiy investisiyalarni jalb qilish masalalari kesimida bayon qilindi.

Soliq yuklamasiga nisbatan bo'lgan munosabat masalasi soliq siyosatida eng muhim o'rin tutadi. Amaliyotda unga nisbatan befarq bo'lgan soliq to'lovchini topishning iloji yo'q. Ko'pchilikning nazarida barcha iqtisodiy muammolarning echimi, oxir-oqibatda, soliq yuklamasiga borib taqaladi.

Soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e'tirozlar, muammolarni hal etish va e'tirozlarni yumshatish yo'llari ham hozirgi sharoitda soliq siyosatinig dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, byudjet defisitini kamaytirish soliq siyosatining Markaziy masalasi hisoblanadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog'lom (normal) faoliyat ko'rsatishi, odatda, unga tegishli bo'lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi.

Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo'lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo'lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi.

Byudjet daromadlari va xarajatlarining o'zaro to'g'ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to'xtamga kelinmagan.

Munozaralarda ishtirok etuvchilarni, eng umumiy ko'rinishda, ikki guruhga ajratish mumkin bo'lib, ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi:

✓ keynschilar maktabining vakillari;

✓ neoklassik yo'nalishdagi maktabning vakillari.

Keynschilar maktabining vakillari tizimli yoki doimiy byudjet defisiti kontsepsiyasini qo'llab-quvvatlab, ular bunda q byudjet defisiti milliy iqtisod uchun xavf tug'dirmaydi, degan ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar.

Buning sababi shundaki, byudjet defisiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo'lgan qismi ham shu byudjet defisiti mavjud bo'lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa, o'z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishi (yaxshilanishi)ga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Albatta, milliy iqtisoddan chetga chiqib ketuvchi mablag'larning oqib ketishini anglatuvchi tashqi savdo balansining salbiy qoldig'i bundan mustasno.

Byudjet defisiti, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, o'z navbatida, byudjet mablag'larini oluvchilar, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholi daromadlarining oshganligini anglatadi. Bu byudjet defisitining ular sotib olish qobiliyatining o'sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko'lamining kengayganligiga ijobiy ta'sir ko'rsatganligini bildirib, bularning hammasi, oxir oqibatda, byudjetga kelib tushishi mumkin bo'lgan soliq to'lovlari hajmi (miqdori)ning kengayishi (oshishi)ga olib keladi.5

Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar maktabining qarashlariga butunlay teskari bo'lib, ular byudjet defisitiga nisbatan quyidagi xavflarning mavjud ekanligini ko'rsatib o'tadilar:

✓ hozirgi kun (davr)da mavjud bo'lgan byudjet defisiti, pirovardida, (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo'lishini taqozo etadi;

5 Tilabov N.T. At the current stage, the budget is a tax policy and its distinctive features. FINANCE Materials of the international scientific and practical conference May 20, 2021. ISBN 978-9943-13-999-7. 102-107 bet. © "IQTISOD-MOLIYA", 2021 © TMI, 2021.

✓ byudjet defisitini qoplash (moliyalashtirish) uchun favquloddagi daromadlar -pul va qarzlar emissiyasi, kreditlar va boshqalar - jalb qilinib, bu o'z navbatida, mamlakatning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyasion jarayonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o'sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-oqibatda, milliy iqtisod va davlatning rivojlanishiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi.

Byudjet defisiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv (strategiya) quyidagilarga alohida e'tibor berilishini taqozo etadi:

✓ byudjet defisitining mavjudligini matematik yo'l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodni "davolash" o'rniga uning kasalligi kuchayadi;

✓ byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko'pligi sog'lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisoddan dalolat bermaydi.

Byudjet defisitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy (ichki) mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko'rish kerak, ya'ni byudjet defisitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat moliyaviy siyosatini qayta ko'rib chiqib soliq siyosatida o'zgarishlarni amalga oshirish kerak.

Shuningdek, davlat qimmatbaho qog'ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskuna (stanok)ni ishga solmaslik kerak.

Byudjet defisitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodning o'zini "davolamoq" lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko'zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental asoslari byudjet defisitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo'nalishlari ishlab chiqib u quyidagilardan iborat bo'lishi lozim:

✓ byudjet xarajat (mablag')larining investision yo'nalishini o'zgartirish, ularni eng ko'p samara beradigan yo'nalishlarga yo'naltirish;

✓ xo'jalik yuritishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;

✓ davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodi sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko'rsatishni keskin kamaytirish;

✓ harbiy xarajatlarni qisqartirish;

✓ eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to'xtatib turish;

✓ qarzlarni davlat qimmatbaho qog'ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo'yish;

✓ xorijiy sarmoyalarni jalb etish va va boshqalar.

Hozirgi global sharoitda zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Soliqlar muammosi bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda juda keskin tanqidga uchrayotgan, juda qaynoq munozaralarga sabab bo'layotgan, isloh qilish bo'yicha tahlil ob'ekti va qarama-qarshi g'oyalarga ega bo'layotgan soliqlardan bo'lak islohotlarning boshqa bir yo'nalishi yo'q. Tabiiyki, ideal (benuqson) soliq tizimini jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari, undagi yaratilgan ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga oluvchi muhim nazariy asos yordamidagina yaratish mumkin.6

Soliq tizimi tadbirkorlikning taraqqiy etishiga yordam berishi va bir vaqtning o'zida aholining kam ta'minlangan qatlami turmush tarzining pasayib ketishiga to'sqinlik qilishi kerak.

Ana shunday sharoitda soliq tizimini tashkil qilishning asosiy printsiplari tariqasida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

✓ yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlari, ularning mulkiy ahvolini hisobga olish imkonini beruvchi soliq tizimi, ularning turlari, to'g'ri (bevosita) hamda egri (bilvosita) soliqlar nisbatining bozor iqtisodining rivojlanishiga mos tarzda rivojlanishi;

✓ mulkchilik shakliga va uning tashkiliy-huquqiy shakllariga bog'liq bo'lmagan holda xo'jalik yuritishning samaradorligi uchun barcha soliq to'lovchilarga nisbatan yagona talablarni o'rnatish maqsadida soliqqa tortish uslublarini universallashtirish;

✓ daromad olishning manbai, xo'jalik yuritish sohasi va iqtisodning tarmog'iga bog'liq bo'lmagan holda soliq miqdorini hisoblashda bir xil yondoshish;

✓ soliqqa tortishning bir martalilik tamoyilini ta'minlash va ikki martalik soliqqa tortishga yo'l qo'ymaslik;

✓ soliq to'lovchiga korxona va tashkilotning sog'lom rivojlanishini ta'minlaydigan, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkonini beruvchi soliqqa tortishning hissasini (qismini) hamda soliq stavkasini belgilashning (o'rnatishning, aniqlashning) ilmiy jihatdan asoslanganligi;

✓ uzoq vaqt davomida soliq stavkalarining barqarorligini, ularni hisoblashning oddiyligini ta'minlash;

6 Тилабов H.T. Х,озирги глобал ищироз шароитида Узбекистон щтисодиётида бюджет-солик; сиёсатининг долзарб масалалари. "Инновацион щтисодиёт шароитида молия тизимини ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари ва истщболлари" мавзусидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Т.: ТМИ., 2020. - 356 б. 81-82 бетлар.

✓ tadbirkorlik faoliyatiga mablag'larni investisiyalashtirish jarayonini Real rag'batlantiradigan va bir vaqtning o'zida ijtimoiy adolat printsiplariga javob beradigan, fuqarolarga kun (hayot) kechirish minimumini kafolatlaydigan soliq imtiyozlari tizimini o'rnatish;

✓ soliq to'lovchilarning barcha toifalariga nisbatan soliq imtiyozlarining yagonaligi;

✓ kuchli, aniq ishlaydigan, texnik jihatdan yaxshi jihozlangan soliq xizmatini yaratish;

✓ davlat boshqaruv darajasi bo'yicha soliqlarning aniq taqsimlanishi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki

✓ iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo'yicha soliqlarni to'laydigan soliq to'lovchilar o'rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

✓ soliqlarni unifikasiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o'xshash soliq solish bazasiga ega bo'lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operasion xarajatlarni minimallashtirish;

✓ makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta'minlash;

✓ soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to'lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

✓ soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda soliq kodeksi normalarining to'g'ridan-to'g'ri amal qilishini ta'minlash, shu jumladan Kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash xorijiy investorlar va investisiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

✓ soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish ob'ektlari hamda soliq to'lovchilarni yanada to'liq qamrab olish va hisobini ta'minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog'liq operasiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabr "2022 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risida"gi O'RQ-742-sonli Qonuni. https://www.lex.uz/uz/docs/5801127

2. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 2020 yil, 01 yanvar. https://lex.uz/docs/-4674902

3. O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 2014 yil, 01 yanvar. https://lex.uz/docs/-2304138

4. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 1997 yil 01 mart. https://lex.uz/docs/111189

5. Bodi Z., Merton R.S. Uchebnik. Finansi. M.: "Vilyams ", 2007. - 347 s.

6. Маликов Т.С. Бюджет-солик сиёсати. Дарслик. - Т.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019. - 404 бет

7. Moliya: nazariy asoslar: O'quv qo'llanma / T.S.Malikov; -T.: "Iqtisod-Moliya", 2021. - 434 bet.

8. Tilabov N.T. "Moliya" fanidan o'quv uslubiy qo'llanma. -T.: "IMPRESS MEDIA" MCHJ. 2022. 46 bet.

9. Tilabov N.T. Солик сиёсатини такомиллаштириш - иктисодиётни тартибга солиш инструмента сифатида. "Science and Education" Scientific Journal. 2022/5/ 1743-1757. www.openscience.uz

10. Tilabov N.T. Liberalization of tax policy - guarantee of ekonomic stability. "Science and Education" Scientific Journal. MAY 2021/VOLUME 2 ISSUE 5. 10971112. www.openscience.uz

11. Tilabov N.T. At the current stage, the budget is a tax policy and its distinctive features. FINANCE Materials of the international scientific and practical conference May 20, 2021. ISBN 978-9943-13-999-7. 102-107 bet. © "IQTISOD-MOLIYA", 2021 © TMI, 2021.

12. Тилабов Н.Т. Узбекистонда фискал масалалар. "Узбекистон Республикасининг Хдракатлар стратегияси: макроиктисодий баркарорлик, инвестицион фаоллик ва инновацион ривожланиш истикболлари" мавзусида халкаро илмий анжуман материаллари. Тошкент. ТДИУ. 2020 йил 10-11 декабр. 352-356 bet. Тошкент. ТДИУ. 2020 йил.

13. Тилабов Н.Т. Узбекистон иктисодиётида коронавирус пандемияси натижасида вужудга келадиган глобал инкироз холатларининг таъсирини пасайтириш ва уни бартараф этишда молия-кредит тизими оркали такомиллаштириш йуналишлари. XII Международной научно-практической online конференции «Институциональное развитие взаимоотношений финансово-кредитной системы с реалным сектором экономики» Самаркандском институте экономики и сервиса (Республика Узбекистан) 10-11 июня 2020 года. 2020/6. СамДУ. 2020.

14. Тилабов Н.Т. Бюджет-солик сиёсатини хозирги шароитда такомиллаштириш йуналишлари. "Инновацион иктисодиёт шароитида молия тизимини ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари ва истикболлари"

мавзусидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Т.: ТМИ., 2020. - 356 б. 92-94 бетлар.

15. Тилабов Н.Т. Узбекистан шароитида бюджет-солик сиёсатининг узига хос хусусиятлари. "Инновацион иктисодиёт шароитида молия тизимини ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари ва истикболлари" мавзусидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Т.: ТМИ., 2020. - 356 б. 89-90 бетлар.

16. Тилабов Н.Т. Х,озирги глобал инкироз шароитида Узбекистон иктисодиётида бюджет-солик сиёсатининг долзарб масалалари. "Инновацион иктисодиёт шароитида молия тизимини ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари ва истикболлари" мавзусидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Т.: ТМИ., 2020. - 356 б. 81-82 бетлар.

17. О^ЬеЫБШп КеБриЬНкаБ! МоНуа vazirligining 2021 уИ 30 ёекаЬг "2022 уНёа уиг1ё1к va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o'zgarishlar to'g'rsida"gi 06/04-01-01 -32/2987^ПН axЬorot xati.

18. www.gov.uz - O'zЬekiston RespuЬlikasi Hukumat portali

19. www.senat.uz - O'zЬekiston Respublikasi Senati sayti

20. www.parliament.gov.uz - O'zbekiston RespuЬlikasi Qonunchilik palatasi

21. www.ach.gov.uz - O'zbekiston RespuЬlikasi hisob palatasi sayti

22. www.lex.uz - O'zbekiston RespuЬlikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy Ьazasi

23. www.soliq.uz - O'zbekiston RespuЬlikasi Davlat soliq qo'mitasi sayti

24. www.mf.uz - O'zbekiston RespuЬlikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.