Научная статья на тему 'SOLIQ YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI'

SOLIQ YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2368
279
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq yuki / soliq og’irligi / soliq yuki ko'rsatkichlari / soliq hajmi / soliq bo'yicha daromadning elastikligi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nodir Tohirovich Qudbiyev, Zebo Abduxalimovna Axmadaliyeva, Dilshodbek Muzaffar O‘g‘li No‘monov

Maqolada soliq yukini hisoblash mexanizmi, uning ahamiyati va tashkilotlarning faoliyatiga taʼsiri koʻrsatilgan. Soliq yuki, soliq yuki, soliqqa tortishning jiddiyligi tushunchalarini farqlash. Tashkilotning soliqqa tortilishini tavsiflovchi boshqa koʻrsatkichlar koʻrib chiqiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun soliq yukining koʻrsatkichi roli aniqlandi. Ushbu koʻrsatkichni aniqlashning turli yondashuvlari koʻrib chiqildi, soliq yukini hisoblashning mavjud usullarining afzalliklari va kamchiliklari aniqlandi. Soliq yukining qiymatini talqin qilishga eʼtibor qaratiladi. Soliq yukini hisoblashda soliq va yigʻimlarning tarkibi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOLIQ YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI»

SOLIQ YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI

Nodir Tohirovich Zebo Abduxalimovna Dilshodbek Muzaffar

Qudbiyev Axmadaliyeva o'g'li No'monov

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA:

Maqolada soliq yukini hisoblash mexanizmi, uning ahamiyati va tashkilotlarning faoliyatiga ta'siri ko'rsatilgan. Soliq yuki, soliq yuki, soliqqa tortishning jiddiyligi tushunchalarini farqlash. Tashkilotning soliqqa tortilishini tavsiflovchi boshqa ko'rsatkichlar ko'rib chiqiladi. Xo'jalik yurituvchi subyekt uchun soliq yukining ko'rsatkichi roli aniqlandi. Ushbu ko'rsatkichni aniqlashning turli yondashuvlari ko'rib chiqildi, soliq yukini hisoblashning mavjud usullarining afzalliklari va kamchiliklari aniqlandi. Soliq yukining qiymatini talqin qilishga e'tibor qaratiladi. Soliq yukini hisoblashda soliq va yig'imlarning tarkibi aniqlandi.

Kalit so'zlar: soliq yuki, soliq og'irligi, soliq yuki ko'rsatkichlari, soliq hajmi, soliq bo'yicha daromadning elastikligi.

Kirish. Mamlakatimizning demokratik davlat qurish yo'lidan borayotgan bugungi kunda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda soliq todovchilar zimmasidagi soliq yukini tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq tizimini yanada samarali ishlashini ta'minlash alohida ahamiyatga ega.

Haqiqatdan ham, korxonalarning soliq yuki darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va soliq to'lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki darajasini optimal baholanishi bir tomondan korxonalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatini rag'batlantirsa, ikkinchi tomondan davlat byudjet daromadlarining barqaror sur'atlarda tushib turishini ta'minlaydi.

Ma'lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo'lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlaydi.

Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko'p munozaralarga sabab bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining muhim dastaklaridan biri bo'lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko'p jihatdan ularga bevosita bog'liq.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Soliqlar qadimgi davrlardan e'tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo'lmagan kishining belgisi bo'lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o'zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to'lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

N.Turgenev o'zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta'kidlaydiki, «Bilimli bo'lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta'siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta'sir etgan», «soliqlar bilimga ega bo'lish bilan birga paydo bo'lib, uning belgisi bo'lib qoldi Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig'ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma'lumotlar to'g'risida; yig'iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma'rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so'zlardan yana bir bor amin bo'lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo'lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta'minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta'minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo'ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o'zgarmay qoldi.

Shu o'rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta'riflarni keltirib o'tish o'rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to'lanadi».

Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o'z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma'lum darajada rivojlantirgan.

Yana bir maqbul ta'rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub'ektlarining to'lov qobiliyatini ta'minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta'minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo'lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».

Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo'jalik sub'ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o'rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig'imlarni o'zida aks ettiradi».

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada qo'yilgan masala muamosi ko'rib chiqishda ekspert baholash, deduktsion va induktsion belgilash yondashuv etakchi usuli bo'ldi.

Tahlil va natijalar. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va isloh qilishga qaratilgan maqsad va vazifalarning ijrosini ta'minlash ma'muriy usullar bilan emas, balki haqiqiy bozor mexanizmlarini amaliyotga joriy etish orqali amalga

oshirilishi lozimligi zaruriyati hamda ushbu jarayonda foydalaniladigan iqtisodiy dastaklar ichida soliqlar va bojlar alohida o'ringa ega ekanligi optimal (maqbul) soliq yuki va soliqlar bo'yicha imtiyozlar berishning chegarasi masalalarini nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda ular bo'yicha amaliy tavsiyalar berishni bugungi kun tartibining eng dolzarb va kechiktirib bo'lmaydigan muammosiga aylantiradi.

Har qanday davlatda soliq yukining optimal miqdorlarini belgilanishi asosiy makroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. "Soliq yuki" atamasi nisbiy ko'rsatkich hisoblanadi, chunki u soliq summalarini ma'lum moliyaviy ko'rsatkichlar orqali ifodalaydi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, shuningdek texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib borishni taqozo etadi.

Ilmiy adabiyotlarda soliq yuki darajasi qanchalik miqdorda kam bo'lsa, iqtisodiyot shunchalik barqaror rivojlanishi to'g'risida ko'plab ta'riflar keltirilgan. Demak, soliqlar miqdori qanchalik kam bo'lsa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi ko'rsatkichlari shunchalik yuqori bo'ladi.

Olimlarning tadqiqotlarida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar zimmasidagi soliq yukini hisoblashning turli uslubiyatlarini keltirib o'tilgan. Soliq xarajatlari moddiy xarajatlar bilan deyarli bir ko'rinish hosil qiladi. Shuning uchun ham soliq yukining o'lchamlari va tarkibi masalasi soliq to'lovchilarning diqqat markazidagi masalalardan hisoblanadi.

Quyida soliq yukini ilmiy tomondan hisoblashning quyidagi turlari bilan tanishib o'tamiz.

1-jadval

Soliq yukini ilmiy tomondan aniqlash usullari

Mualliflar Hisoblash tartibi va qo'llaniladigan usul

Jorgensen, Siebert Ushbu muallif tomonidan soliq yukini hisoblashning ikki varianti taklif etiladi: a) birinchi yo'nalish jamg'arma va investitsiyalarni ekonometrik moddelashtirishni ifodalaydi. b) ikkinchi yondashuv soliq yukini baholashga bo'lgan yondashuv bilan belgilanadi, ya'ni samarali soliq stavkalari(effective tax rates - ETR) orqali iqtisodiy faoliyatga ta'siri o'rganiladi.

King, Fullerton Soliqlarning investitsiyalarga ta'siri masalasi kapital qiymatining o'zgarishi asosida amalga oshiriladi va marjinal soliq stavkalari (marginal effective tax rate, METR) orqali o'lchanadi. Bunda investitsiyalarga foyda

normasi soliq to'langungacha va soliq to'lagandan keyingi holatlar uchun hisoblashlar amalga oshiriladi.

L. Popova Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga tushishi mumkin bo'lgan absolyut va nisbiy soliq yuki ularning yakuniy natijalariga ta'siridan hosil bo'ladi.

A.Podderyogin Soliq yuki korxona tomonidan to'lanayotgan barcha turdagi soliqlar va majburiy to'lovlarni ifodalaydi

A. Medvedev Har bir soliq guruhi o'zining to'lov manbaidan kelib chiqib soliq yukiga ta'sir kuchiga ega bo'ladi10. Ushbu usulda soliq yuki korxonaning olishi mumkin bo'lgan barcha foyda miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi, shuning uchun ushbu usuldan to'g'ri soliqlarning korxonalar zimmasidagi soliq yukiga ta'sirini o'rganishda foydalaniladi.

M.Litvin Korxona tomonidan to'lanadigan barcha soliqlar, jismoniy shaxslar daromad solig'ini ham inobatga olgan holda hisoblanishini nazarda tutadi.

Keltirib o'tilgan usullardan foydalangan holda soliq yukining umumiy ta'sirini baholash imkoniyatiga ega bo'lish mumkin.

Bugungi kunda dunyoning industrial rivojlangan mamlakatlari va er osti ma'danlariga boy bo'lgan Yaqin Sharq mamlakatlarida soliq yuki 20-25 foizga teng bo'lgan bir paytda, rivojlanayotgan dunyo mamlakatlarida 35-40 foiz atrofida ekanligi va O'zbekistonda erishilgan 20 foizlik daraja o'rtasidagi farqlanish, ularda amalda bo'lgan soliq yuki mazkur davlatlar iqtisodiyoti uchun engilmi yoki og'irmi yoxud ular iqtisodiyotining hozirgi holati uchun optimal (maqbul) soliq yuki necha foizni tashkil etishi lozim degan haqli savollarni keltirib chiqaradi. Masalan, hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizdagi soliq munosabatlarini tadqiq qilayotgan chet el ekspertlari tomonidan soliq yukining og'irligi to'g'risidagi fikrlariga aniqlik kiritish maqsadida, xo'p soliq yuki og'ir ham deylik, sizlarning hisob kitoblaringiz bo'yicha bizda soliq yuki ko'rsatkichi qanday darajada bo'lishi lozim degan savolga tayinli javob ola olmaysiz. Sababi, bugungi kunga qadar dunyo bo'yicha har bir mamlakat uchun optimal (maqbul) soliq yukini aniqlashning umum e'tirof etilgan uslubiyoti yo'qligidir.

Optimal (maqbul) soliq yukini nazariy tadqiq qilish ikki jihatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim deb hisoblaymiz.

Birinchidan, soliq yukini aniqlashda foydalaniladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir xil bo'lishiga erishish;

Ikkinchidan, optimal (maqbul) soliq yukini aniqlashning yagona ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.

Qo'yilgan masalaning birinchi jihati, avvalo, g'arb mamlakatlarida soliq yuki yalpi milliy daromadga nisbatan, bizda esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan aniqlanishi hamda o'z navbatida, g'arb mamlakatlarida soliq yuki faqat soliqlar asosida, bizda esa soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar asosida aniqlanishi bilan izohlanadi. Demak, soliq yukini aniqlashda foydalaniladigan kategoriyalarning har xilligi, shaklan bir xil mazmunga ega bo'lgan soliq yuki ko'rsatkichlarini o'zaro solishtirib bo'lmaydigan kategoriyaga aylantiradi. Soliq yukini aniqlashdagi yagona yondashishning mavjudligi har bir mamlakat iqtisodiyotiga qiyosiy baho berishda holislik bo'lishini ta'minlaydi.

Yuqoridagi tahlillarga tayangan holda aytish lozimki, optimal (maqbul) soliq yukini aniqlashning uslubiyotini ishlab chiqishda aholi jon boshi hisobida ishlab chiqilgan yalpi ichki mahsulot, aholining tabiiy o'sishi, aholining umumiy tarkibida yoshlarning tutgan salmog'i hamda faol qatlami va ishchi kuchlarining salmog'i, aholi tarkibida pensionerlaming salmog'i, aholi bandligining eng yuqori ko'rsatkichi, tabiiy zaruriy ishsizlik darajasi va shu kabi mezonlar asos sifatida foydalanilishi lozim.

Har bir mamlakat, shu jumladan O'zbekiston uchun optimal (maqbul) soliq yukini ishlab chiqilishi va unga amal qilinishi iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi va aholining yashash darajasini yaxshilanib borishi uchun asos yaratadi.

Soliqqa tortishni maqbullashtirish maqsadini mustaqil amalga oshirish (korporativ soliq menejmenti tizimida) korxonada soliq tahlilini o'tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon iqtisodiy sub'ektda soliq yukini baholash bilan boshlanishi kerak.

Ilmiy adabiyotlarda korxonalar miqyosida soliq yukini aniqlashning bir necha metodlari uchraydi. Ularning bir-biridan farqi soliq yukini hisoblashda kiritiladigan soliqlarning soni yoki ulardan foydalanilishida, shuningdek soliq summalari bilan o'zaro munosabatda (bog'liqlikda) integral ko'rsatkichlarning aniqlanishida namoyon bodadi.

Har bir metodikaning asosiy g'oyasi iqtisodiyotning turli sohalaridagi soliqqa tortish darajasini taqqoslash uchun foydalanish maqsadida alohida iqtisodiy sub'ektdagi soliq yukini ko'rsatib berishda ko'rinadi. Shuningdek, ularning har birida iqtisodiy sub'ektga qo'llanilayotgan soliqqa tortish darajasiga soliqlar soni, soliq stavkalari va imtiyozlari o'zgarishining ta'siri hisoblab chiqiladi.

Bu jarayonda qo'llaniladigan bir necha metodlar bilan tanishib chiqamiz. O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi soliq siyosati boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy sub 'ektlarda soliq yukini aniqlash metodida soliq yukini aniqlash barcha to'langan soliqlarning sotishdan tushum (boshqa aktivlarni sotishdan tushumni ham hisobga olgan holda)ga nisbati orqali aniqlanadi:

SYU = Sum / Tum * 100%

bu erda, SYU - soliq yuki;

Sum - umumiy to'langan soliq summasi;

Tum - umumiy sotishdan tushum.

Bu metod bo'yicha hisoblab chiqilgan soliq yuki ko'rsatkichi to'langan soliqlaming sotishdan tushumdagi ulushini aniqlab beradi, lekin sotishdan tushumda soliqlarning tarkibi hisobga olinmasligi sababli soliqlarning moliyaviy holatga ta'sirini tavsiflamaydi.

M.N.Kreynin tomonidan ishlab chiqilgan soliq yukini aniqlash metodikasi, soliqlarni to'lash manbalariga taqqoslashni taklif qiladi. Bunda soliqlarning har bir guruhi to'lanadigan manbasi bilan bog'liqlikda o'zining soliq yuki og'irligini baholash mezoniga ega bo'ladi.

Bundan tashqari mazkur metodika tannarxning tarkibida foydani kamaytirish hisobiga iqtisodiy sub'ekt uchun foydali bo'lgan katta miqdorda soliq mavjud degan keng tarqalgan fikrni inkor etadi.

Metodika muallifi foydani kamaytirish bir tomondan iqtisodiy sub'ekt erkin vositalarini chegaralasa, ikkinchi tomondan foyda solig'i summasi kamayishi hisobiga byudjet tomonidan sub'ekt "jazolanadi", deb sanaydi.

Bundan tashqari, huquqiy nuqtai nazardan ustavida qo'yilgan kapital hisobiga foyda olishi belgilangan tijorat tashkilotlari uchun masalaning echimi murakkablashadi. Bunda to'langan barcha soliqlarning iqtisodiy sub'ekt foydasiga bo'lgan nisbati soliq yuki sifatida baholanadi.

Mazkur metodika bo'yicha soliq yukini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalanish kerak:

SYu = ((Tum - Xsm - SF) / (Tum - Xm)) * 100%

bu erda, Tum - umumiy sotishdan tushum;

Xsm - sotilgan mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar (egri soliqlarni chegirgan holda);

SF - barcha soliqlar to'langandan so'ng iqtisodiy sub'ekt ixtiyorida qoladigan haqiqiy foyda.

Mazkur formula korxona to'laydigan soliqlarning foydadagi nisbatini ko'rsatib beradi. Soliq yukini baholashning mazkur yondoshuvidagi asosiy farq egri soliqlar iqtisodiy sub'ekt foydasiga ta'sir qiluvchi soliqlar sifatida qaralmasligidir.

Bu metod faqatgina to'g'ri soliqlarning korxona moliyaviy holatiga ta'sirini ko'rsatib beradi, ayni vaqtda egri soliqlarning ta'sirini baholab bermaydi. Egri soliqlarning ham iqtisodiy sub'ekt foydasiga ta'sir qilishini inobatga holda bu metodni soliq yukini aniqlash jarayonida qo'llash maqsadga muvofiq emas. Ya'ni bunda egri soliqlar tovarlar narxining oshishiga olib kelishi natijasida talab kamayadi va bunda o'z-o'zidan korxona foydasi pasayishi ham kuzatiladi. Bundan tashqari korxonalar dastlabki

iste'molchi sifatida egri soliqlarning haqiqiy to'lovchisi ham bo'la oladi. Bundan egri soliqlarning bevosita korxona foydasiga ta'siri ham kuzatiladi.

Xulosa va takliflar. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning davlat byudjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirish, soliq hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo'nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga, soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, soliq stavkalarini pasaytirishga, soliqqa tortiladigan ob'ektlarni maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Soliq amaliyotida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning soliq yukini maqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo'lishi bilan e'tiborlidir.

Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularning o'z vaqtida va so'zsiz to'lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilan belgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to'g'ri yuritiladi, qonunchilikka qattik rioya qilinadi.

Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliq to'lovchi kamroq soliq to'lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan va boshqa preferentsiyalardan foydalangan holda soliq majburiyatlarini maqbullashtirishga erishishi mumkin.

Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan mablag'lar bir qismining shu sub'ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan mablag'larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidan kutiladigan yo'qotishlami qoplashning bir necha yodlari taklif qilinmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:

1. Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishning jonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladiki, bu narsa, oxir- oqibatda soliqqa tortish ob'ekti (bazasi)ning ko'payishi (ortishi)ni ta'minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, soliq yukining pasayishi natijasida "yo'qotilgan" mablag'larning byudjet uchun "kompensatsiya" qilinishini ta'minlashi mumkin.

Bu variantning oqilona yo'l ekanligi quyidagi savollarning javobini aniq topishimizga bog'liq. Soliq yukining pasaytirilishi haqiqatdan ham ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanib ketishiga olib keladimi yoki yo'qmi? Agar shu narsa sodir

bo'ladigan bo'lsa, u qancha vaqt ichida sodir bo'lishi mumkin? Uning sodir bo'lishi "cho'zilib" ketadigan bo'lsa, unda nima qilishimiz kerak? "Bugun soliq yukini pasaytirsak, ertaga ishlab chiqarish rivojlanib ketadi" degan kafolatni bizga kim beradi va kim buning uddasidan chiqadi? Uddasidan chiqa olmasak, unda ahvolimiz ne kechadi?

2. Byudjet soliq yukining pasaytirilishi natijasida "yo'qotgan" mablag'larini qarzga olish yo'li bilan kompensatsiya qilsa bo'ladi.

Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu variant tanlanayotgan paytda bizning stolimiz ustida quyidagi savollarning aniq javobi turishi kerak: Qarzga olinishi kerak bo'lgan mablag'larning miqdori qancha? Bizga shuncha mablag'ni kim yoki kimlar berishi mumkin? Lekin buning natijasida ham qator muammolar kelib chiqadi.

3. Soliq yukining pasaytirilishi natij asida byudj et yo ' qotmalarini

kompensatsiya qilishning o'zi xos varianti, ma'lum ma'noda, byudjet xarajatlarini

qisqartirishdir. Lekin bu variantning tanlanishi "Byudjet xarajatlarini qisqartirishning imkoni bormi o'zi? Bor bo'lsa, uning qanchagacha qisqartirilishi maqsadga muvofiq? Byudjet xarajatlari qisqartiriladigan bo'lsa, bu, eng avvalo, kimlarning manfaatlariga ta'sir etishi mumkin? Byudjet xarajatlari qisqartirilsa, buning oqibati nima bo'ladi? Ularning qisqartirilishi, yana o'zimizga qimmatga tushmasmikan?" degan savollarning paydo bo'lishiga olib keladi. Va bu ham o'z navbatida qator ijtimoiy muammolarga sabab bo'ladi.

Har bir variantda keltirilgan savollar juda oddiygina bo'lsa-da, unga arzirli, asosli, to'g'ri va oqilona javobni berish hammaga ham nasib qilmagan va qilmaydi ham. Ularga malakali javob berish, eng avvalo, soliqlar va soliqqa tortishning o'ziga xos bo'lgan hayotiy tamoyillarini so'zsiz idrok etilishini taqozo etadi. Bunday hayotiy tamoyillarni inobatga olmasdan berilgan javob bir tiyinga qimmatligicha qolaveradi.

Shuning uchun ham og'zimizga to'g'ri kelgan har qanday «javob», o'zimiz o'ylaganimizdek, bu savollarning javobi emas. Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinib turibdiki, soliq yukining og'irligini kamaytirish masalasi hozirgi kunda iqtisodiy hayotimizning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Hozirgi kunda O'zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish natijasida har yili soliq yukini kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste'mol talablarini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to'lovlarni birxillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarini oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to'lashga doir korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol Respublikamizda qodlaniladigan soliq tizimini halqaro me'yorlar va andozalariga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Soliq kodeksi" (yangi tahriri) , 2019-yil 30-dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi.

3. O'zbekiston Respublikasi prezidentining "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. Toshkent sh., 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832 sonli.

4. Tohirovich, Q. N. (2021). XALQARO MOLIYAVIY HISOB STANDARTLARIGA O 'TISH DOLZARBLIGI. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1(2), 56-64.

5. O'G'Li, R. U. R., Tohirovich, Q. N., & O'G'Li, Q. N. A. (2021). BILVOSITA SOLIQLARNING SOLIQ TIZIMIDAGI TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 719-723.

6. Sultonova, M. A. (2021). MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH MASALALARI. Scientific progress, 2(8), 608-613.

7. Abduraximov, B. U. O., Qudbiyev, N. T., & Mominov, I. L. O. (2021). AYLANMA MABLAG 'LARNI BOSHQARISH TIJORAT KORXONASI MUVAFFAQIYATINING ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 724-733.

8. Rasulova, Shaxnoza Xatamovna (2021). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TO'G'RI HISOBGA OLISH ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 713-718.

9. Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 86-92.

10. Ibragimova, Z. (2021). BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI BAHOLASH. Scientific progress, 2(2), 811-815.

11. Кудбиев, Д. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ Y4ETA AРЕНДОВAННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современная наука. XXI век: научный, культурный, ИТ контекст (pp. 119-124).

12. Kunduzova, K. I. (2020). The problems of accounting of liabilities in insurance organizations and its improvement. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL, 10(12), 312-318.

13. Нурматов, О. Т. (2018). Вопросы соответствия международным стандартам национального стандарта бухгалтерского учёта Республики Узбекистан. Вопросы науки и образования, (11 (23)).

14. Давлятшаев, А. А. (2021). Процессы Интернационализации и Их Роль в Развитии Межвузовских Отношений. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 48-55.

15. Темиркулов, А. А. (2021). Страхование жизни: зарубежный опыт и необходимость развития в Узбекистане. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 56-63.

16. Тошмаматов, Н. Т., Темиркулов, А. А., & Хабижанов, С. К. (2019). 4.1. Особенности организации внутренного аудита промышленного предприятия на примере Республики Узбекистан. Аудит и финансовый анализ, (1), 77-81.

17. Akbaralievich, P. E. A. (2021). Theoretical Bases Of The Organization Of Private Capital Accounting In The Republic Of Uzbekistan. EFFLATOUNIA-Multidisciplinary Journal, 5(2).

18. Якубов, В. Г. (2021). ПОВЫШЕНИЕ КАЧЕСТВА ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(7), 37-40.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

19. Rakhimovich, F. I., & Rakhimovich, F. H. SOME ASPECTS OF ECONOMIC ANALYSIS IN THE ACTIVITIES OF ECONOMIC OBJECTS.

20. Ugli, A. B. U., Tohirovich, Q. N., Khatamovna, R. S., & Nigoraxon, M. (2021). Current Assets and Their Role in Company Activity. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 25-30.

21. Abduazizov, S. R. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕТА И АНАЛИЗА ФЕРМЕРСКИХ ХОЗЯЙСТВ В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ. Theoretical & Applied Science, (6), 461-463.

22. Qudbiyev, N. T., Ulug'Bek Erkinjon, O. G. L., & Mominov, I. L. O. (2022). TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA ICHKI NAZORATNING SAMARALI TIZIMI SIFATIDA ICHKI AUDITNING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 449-457.

23. Abduazizov, S. R. (2021). DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI. Scientific progress, 2(8), 250-256.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.