IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI USTIDAN SUD NAZORATINI AMALGA
OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Nurmatov Sunnatillo Uzoq o'g'li
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"
Milliy tadqiqot universiteti o'qituvchisi [email protected]
"Zamonaviy huquqiy demokratik davlatda ijro etuvchi hokimiyat hokimiyatning boshqa tarmoqlariga bo'ysunmaydi hamda o'z faoliyatida mustaqil bo'lib, ulkan salohiyatga ega hisoblanadi. Shu bilan birga hokimiyatning ijro etuvchi tarmog'ini hokimiyatlarning boshqa tarmoqlari nazorat qilishiga haqlidi"lar"33.
"Shu boisdan, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va barcha ijro etuvchi hokimiyati organlarning nafaqat qonunlarni hayotga tadbiq etish, ularni so'zsiz ijro etilishi ta'minlash, balki barcha funksiyalarini bajarilishida ma'suliyatini oshirish dolzarb masalaga aylangan. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Maslisi palatalariga qilgan Murojaatnomasida davlat va jamiya qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari sirasida ijro hokimiyati organlari zimmasidagi vazifalarni amalga oshrish tartibini, ularning mas'uliyat doirasini aniq belgilash vazifasi qo'yilganligi bejis emas"34.
Germaniya qonunchiligini olib ko'radigan bo'lsak, 1960-yil qabul qilingan "Ma'muriy sudlar to'g'risida"gi qonunga muvofiq ma'muriy sudlar sud organlarining mustaqil bo'g'ini hisoblanadi. Nemis ma'muriy huquqining boshqa davlat, shu jumladan fransuz huquq tizimidan asosiy farqi shundaki, nemis ma'muriy sud organlari, birinchi navbatda inson huquqlarining suddagi himoyasini nazarda tutadi.
"Rossiya Federatsiyasida esa ma'muriy sudlarning tashkiliy-huquqiy faoliyati "Ma'muriy sudlar to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonun bilan tartibga solinadi.
33 I.A. Karimov O'zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo'lmaydi. T. 13.-T.: O'zbekiston, 2005. - B. 171.
34 Хаманева Н.Ю. Исполнительная власть в России. История и современность, проблему и перспективу развития - Новая Правовая культура, 2004 г. - С.4.
Ma'muriy sudlar ma'muriy sud ish yurituvi tartibida ma'muriy yoki boshqa turdagi huquqiy munosabatdan kelib chiquvchi ma'muriy ishlarni ko'rib chiqadi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga muvofiq ma'muriy sudlar to'g'risidagi qonunchilik Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiladi"35. Ma'muriy sudlarda ko'riladigan ishlar davlat tili, ya'ni rus tilida olib boriladi. Ishda tilni bilmaydigan shaxs ishtirok etadigan taqdirda, unga o'z ona tilida so'zga chiqish va tushuntirish berish huquqi beriladi, shuningdek, tarjimon xizmati ham beriladi. Ma'muriy sud tomonidan chiqariladigan sud hujjatlari - qaror, hukm, ajrim barcha davlat organlari, o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi Rossiya Federatsiyasi hududida majburiy hisoblanadi.
Ijro etuvchi hokimiyat bilan sud hokimiyati o'rtasidagi munosabat va o'zaro mutanosiblik - huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni uchun hamda inson huquqlarini muhofaza qilish nuqtai-nazaridan juda dolzarb masala bo'lib, u nazariy, huquqiy, amaliy va siyosiy ahamiyatga ega.
Diyego Valades ham nazorat qilish faoliyatining hokimiy mazmunga ega ekanligi, nazorat qiluvchi hokimiyatining davlat hokimiyati ustidan olib boradigan siyosiy nazoratning siyosiy mohiyati haqida fikr yuritib, shu asosda "Davlat ustidan siyosiy nazorat - ayni paytda hokimiyat ustidan hokimiyatdir", deb xulosa qiladi. "Biroq bu hokimiyat xalq hokimiyatini amalga oshirishning zaruriy elementidir, binobarin hokimiyat ustidan nazorat muammosi - hozirgi zamon hayotining o'zagidir"36 deb ta'kidlaydi.
Davlat organlarining ma'muriy sudlar faoliyatiga ta'sir qilishining oldini olish maqsadida O'zbekiston Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 6034-farmonining 1-bandiga asosan tuman va shahar ma'muriy sudlari tugatilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma'muriy sudlar tashkil etildi. Shaxs va davlat organi o'rtasidagi ma'muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
35 Dilmurod Artikov, Botirjon Qosimov. Xorijiy mamlakatlarda ma'muriy yustitsiya. T.: TDYU nashriyoti, 2018.
36 Диего Валадес. Контроль над властью. - М.: Идея-Пресс, 2006. -C.248.
nizolarni hal qilish vakolati umumiy yurisdiksiya sudlari yoki ma'muriy sudlarga berilgan bo'lishiga qaramasdan, bunday sudlarning har qanday tizimi faqat odil sudlov mustaqil va adolatli tarzda amalga oshirilgan taqdirdagina fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlashning kafolati bo'lib xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan, O'zbekistonda ijro hokimiyatining markaziy organi bo'lgan Vazirlar Mahkamasining faoliyati mazmunini tadqiq etish uchun, boshqa davlatlarda hukumatning shakllanishi va uning ijro hokimiyatida tutgan o'rni masalasini qiyosiy-huquqiy ko'rib chiqish ahamiyatga molik hisoblanadi.
Jahon mamlakatlari hukumatlarining shakllanishi tajribasi tahlili asosida shunday xulosa qilish mumkinki, hukumatning shakllanishi tartibi turli davlatlarda turlicha omillar majmui va ularning ta'siri ostida shakllanadi. Bunday omillar sirasiga davlatning boshqaruv va tuzilish shakli, siyosiy rejim, parlamentarizm, hokimiyatlar bo'linishi, ko'ppartiyaviylikning rivojlanish darajasi kabilarni kiritish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov O'zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo'lmaydi. T.13.-T.: O'zbekiston, 2005. - B.171.
2. XaMaHeBa Н.Ю. Иcпoлнительнaя влaсть в Poc^^ Истoрия и coBpeMeHHocTb, прoблемк; и перспективу рaзвития - Нoвaя Прaвoвaя культурa, 2004 г. - С.4.
3. Dilmurod Artikov, Botirjon Qosimov. Xorijiy mamlakatlarda ma'muriy yustitsiya. T.: TDYU nashriyoti, 2018.
4. Диего Вaлaдеc. Кoнтрoль нaд влacтью. - М.: Идея-Пресс, 2006. -C.248.