Научная статья на тему 'IJRО HОKIMIYАTI ОRGАNLАRI USTIDАN SUD NАZОRАTINI АMАLGА ОSHIRISH BО‘YICHА RIVОJLАNGАN DАVLАTLАR TАJRIBАSI, ULАRNI О‘ZBEKISTОN SHАRОITIDА QО‘LLАSHNING О‘ZIGА XОS JIHАTLАRI'

IJRО HОKIMIYАTI ОRGАNLАRI USTIDАN SUD NАZОRАTINI АMАLGА ОSHIRISH BО‘YICHА RIVОJLАNGАN DАVLАTLАR TАJRIBАSI, ULАRNI О‘ZBEKISTОN SHАRОITIDА QО‘LLАSHNING О‘ZIGА XОS JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nurmatov Sunnatillo

Ijrо hоkimiyаti fаоliyаti yuzаsidаn sud nаzоrаti turli оmillаr tа’siridа shаkllаnаdi. Аyni pаytdа, turli xil huquqiy tizimlаrdа sud nаzоrаtining hаjmi о‘zаrо fаrqlаnаdi. Mаsаlаn, nаfаqаt ijrо hоkimiyаti оrgаnlаri qаrоrining qоnuniyligi, bаlki fаktlаrni tаhlil etish vа mа’muriy qаrоrlаrning mаqsаdgа muvоfiqligini tekshirish kаbilаrni hаm о‘z ichigа оlishi mumkin. Shu o`rinda Germaniya sud tizimida ma’muriy sudlar boshqa sudlar kabi alohida maqomga ega bo‘lib, boshqa davlat organlaridan mustaqil hamda qonunga muvofiq o‘z faoliyatlarini olib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJRО HОKIMIYАTI ОRGАNLАRI USTIDАN SUD NАZОRАTINI АMАLGА ОSHIRISH BО‘YICHА RIVОJLАNGАN DАVLАTLАR TАJRIBАSI, ULАRNI О‘ZBEKISTОN SHАRОITIDА QО‘LLАSHNING О‘ZIGА XОS JIHАTLАRI»

IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI USTIDAN SUD NAZORATINI AMALGA

OSHIRISH BO'YICHA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI, ULARNI O'ZBEKISTON SHAROITIDA QO'LLASHNING O'ZIGA XOS

JIHATLARI

Nurmatov Sunnatillo Uzoq o'g'li

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"

Milliy tadqiqot universiteti o'qituvchisi Nurmatovsunnatillo787@gmail.com

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan sud nazorati turli omillar ta'sirida shakllanadi. Аyni paytda, turli xil huquqiy tizimlarda sud nazoratining hajmi o'zaro farqlanadi. Masalan, nafaqat ijro hokimiyati organlari qarorining qonuniyligi, balki faktlarni tahlil etish va ma'muriy qarorlarning maqsadga muvofiqligini tekshirish kabilarni ham o'z ichiga olishi mumkin. Shu o rinda Germaniya sud tizimida ma'muriy sudlar boshqa sudlar kabi alohida maqomga ega bo'lib, boshqa davlat organlaridan mustaqil hamda qonunga muvofiq o'z faoliyatlarini olib boradi.

"Germaniya qonunchiligida ma'muriy sudlarning ommaviy-huquqiy nizolarni ko'rib hal etishda ba'zi cheklovlar mavjud.

• ma'muriy sudlarga murojaat etish uchun shaxs avval yuqori turuvchi organga ariza bilan murojaat etish lozim. Agarda shaxs ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo'ladigan taqdirda, ma'muriy sudlarga murojaat etishlari mumkin bo'ladi.

• nizolarning ommaviy huquqiylik tabiati ikki mustaqil bo'g'inga ajratiladi. Bunda ijtimoiy nizolar bo'yicha sudlar hamda moliyaviy nizolar bo'yicha sudlar.

• ommaviy huquqiy tartibdagi zararni qoplash bilan bog'liq nizolar fuqarolik sud tizimida ko'rib chiqiladi"27.

"Rossiya Federatsiyasida sudlar boshqa davlat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi organlardan mustaqil tarzda o'z faoliyatini olib boradi. "Umumiy sudlar davlat organlarini muayyan harakatlarni amalga oshrishga majburlovchi qarorlar qabul qila oladilar, ko'pgina davlatlarning ma'muriy sudlari esa bunday vakolatga ega emaslar"28.

Fransiyada ma'muriy yustitsiyaning tashkil etilishi eng qadimgi shakllaridan biri hisoblanadi. Fransiyada ma'muriy-huquqiy nizolarni maxsus organlar tomonidan hal etish amaliyotiga tamal toshi qo'yilgan mamlakat deb olsak bo'ladi. Bugungi kundagi ma'muriy yustitsiya Fransiyada XVIII asrning oxirlarida paydo bo'lgan. "Fransiyada ma'muriy sudlar boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil tarzda o'z faoliyatini olib boradi hamda umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida hech qaysi organga nisbatan javobgarlik doirasi mavjud emas"29.

Ma'muriy yustitsiya O'zbekiston uchun ham juda muhim hisoblanadi: mustaqil sud ish yurituvida ma'muriy tarmoqning mavjudligi ko'p hollarda xalq hokimiyatchiligining fuqaro va yuridik shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish istagini namoyon etadi. "Bunda ta'kidlangan himoyaning huquqiy mexanizmi ikkita o'zaro bog'liq qoidaga asoslanishi lozim: mustaqil sudni rivojlantirish; insonning fuqarolik pozitsiyasini va huquqiy faolligini rag'batlantirish"30.

Shu o'rinda nemis professori Otto Mayer yozib qoldirgan bir qadimiy hikoyani keltirib o'tish lozim. "...Buyuk Fridrix o'zining qo'shnisidan tegirmonni sotib olish istagida bo'lgan. Biroq har qancha pul taklif qilinganiga qaramay tegirmonchi uni sotmagani sababli qirol tegirmonni kuch bilan tortib olishini aytib, tegirmonchini qo'rqitmoqchi bo'lgan. Tegirmonchi esa qirolga Berlinda sudyalar borligini aytib, xotirjam javob bergan"31. Mazkur hikoya aholining huquqiy ongi hamda sudlarga

28 G'.T. Xakimov. O'zbekistonda ma'muriy yustisiyani rivojlanürishning muammolari. 12.00.02.-Konstitusiyaviy huquq; ma'muriy huquq; yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. - Toshkent - 2009. - 125-bet.

29 А.А. Соловьев. Французская модель админстративной юстиции. Монография. Москваб 2014.С.123.

30 Хван Л. Судебный административный контроль в Республике Узбекистан: проблемы понимания и перспективность в её правовой системе // Административное судопроизводство в Российской федерации: развитие теории и формирование административно-процессуального законодательства. - Сер.; Юбилеи, конференции, форумы. - Вып. 7. - Воронеж: Издательство Воронежского государственного университета, 2013. - С. 940-957.

31 Карадже-Искров Н. Новейшая эволюция административного права // Административная юстиция; конец XIX- началоXXвека : хрестоматия.Ч. 1. С. 353.

ishonchi qandayligini ko'reatadi. Bizda bunday tegirmonchilar borligini tasavvur qilish qiyin.

"Ommaviy-huquqiy nizolar bo'yicha sud ish yurituvi aslida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kafolatlovchi davlatning nazorat funksiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bunday nazorat tizimida esa ma'muriy yustitsiya organlari ijro hokimiyatidan mustaqil bo'lishi lozim"32.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Dilmurod Artikov, Botirjon Qosimov. Xorijiy mamlakatlarda ma'muгiy yustitsiya. T.: TDYU nashriyoti, 2018. - б bet.

2. G'.T. Xakimov. O'zbekistonda ma'muriy yustisiyani rivojlantirishning muammolari. 12.00.02.-Konstitusiyaviy huquq; ma'muгiy huquq; yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. - Toshkent - 2009. -125-bet.

3. A.A. Соловьев. Фрaнцyзскaя модель aдминстрaтивной юстиции. Моногрaфия. Москвaб 2014.С.123.

4. Хвaн Л. Судебный aдминистрaтивный контроль в Республике Узбекистaн: проблемы понимaния и перспективность в её прaвовой системе // Aдминистрaтивное судопроизводство в Российской федерaции: рaзвитие теории и формировaние aдминистрaтивно-процессyaльного зaконодaтельствa. -Сер.; Юбилеи, конференции, форумы. - Вып. 7. - Воронеж: Издaтельство Воронежского госyдaрственного универсшега, 2013. - С. 940-957.

5. Kaрaдже-Искров Н. Hовейшaя эволюция aдминистрaтивного прaвa // Aдминистрaтивнaя юстиция; конец XIX - нaчaло XX вета: хрестомaтия.Ч. 1. С. 353.

6. Воронков А. Рaзвитие системы aдминистрaтивного прaвa в России: междyнaродно- и срaвнительно-прaвовые aспекты. СПб., 2002. С. б4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.