Научная статья на тему 'DASTLABKI TERGOV VA SURISHTIRUV USTIDAN SUD NAZORATINI KUCHAYTIRISHNING PROTSESUAL HUQUQIY JIHATLARI'

DASTLABKI TERGOV VA SURISHTIRUV USTIDAN SUD NAZORATINI KUCHAYTIRISHNING PROTSESUAL HUQUQIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Sud nazorati / dastlabki tergov / “Xabeas korpus” / jinoyat protsessi / ayblov pozitsiyasi.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Yaxshiboyeva Laylo Panjiyevna

Istiqlol yillarida yurtimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, uni fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qila oladigan mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual qonunchiligi isloh qilinib, sud tizimi ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorativa ta’siridan chiqarildi. Umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirildi. Natijada jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko‘rib chiqish hamda inson huquq va erkinliklarini kafolatlovchi mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.Ushbu maqolada dastlabki tergov va surishtiruv ustidan sud nazoratini kuchaytirishning protsesual huquqiy jihatlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DASTLABKI TERGOV VA SURISHTIRUV USTIDAN SUD NAZORATINI KUCHAYTIRISHNING PROTSESUAL HUQUQIY JIHATLARI»

é

Ws,

DASTLABKI TERGOV VA SURISHTIRUV USTIDAN SUD NAZORATINI KUCHAYTIRISHNING PROTSESUAL HUQUQIY JIHATLARI

Yaxshiboyeva Laylo Panjiyevna

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi jinoyat huquqi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677606

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11th February 2024 Accepted: 18th February 2024 Online: 19th February 2024

KEYWORDS Sud nazorati, dastlabki tergov, "Xabeas korpus", jinoyat protsessi, ayblov pozitsiyasi.

Istiqlolyillarida yurtimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, uni fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qila oladigan mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko'lamli sa'y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, o'tgan davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual qonunchiligi isloh qilinib, sud tizimi ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta'siridan chiqarildi. Umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirildi. Natijada jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko'rib chiqish hamda inson huquq va erkinliklarini kafolatlovchi mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.Ushbu maqolada dastlabki tergov va surishtiruv ustidan sud nazoratini kuchaytirishning protsesual huquqiyjihatlari haqida ma'lumot berilgan.

Dastlabki tergov - sudgacha tergov yo'li bilan dalil to'plash. Dastlabki tergov davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni to'g'ri hal etish uchun ahamiyatli bo'lgan hamma holatlar bo'yicha dalillar yig'iladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Dastlabki tergov - bu jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichidan keyingi jinoiy jarayonning bosqichidir. Dastlabki tergov organlari sodir etilgan jinoyatning holatlarini aniqlashga majbur: ayblanuvchining shaxsi; uning aybdorlik darajasi; jinoyatning motivi; etkazilgan zarar miqdori; jinoyat sodir etilishiga yordam beradigan sabablar va shartlar va boshqalar. Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. Sud nazoratini dastlabki tergov bosqichiga joriy qilish jinoyat protsessining boshqa bosqichlari o'rtasida uzviy bog'liqlikni vujudga keltiradi, natijada nazoratning sifati oshadi, maqsadlar tizimi samarali bo'ladi. Dastlabki tergovning to'la, har tomonlama, xolisona tekshirilishi sud muhokamasining sifatiga ta'sir etmay qolmaydi.

Jinoyat sudlov ishlarining har bir bosqichi o'z oldiga qo'ygan vazifani aniq, o'z vaqtida, chinakam, qonunda belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda bajarsa, bosqichlar o'rtasidagi uzviylik yo'qolmaydi, hamda protsessual faoliyatning natijasi hamisha sifatli va samarali bo'ladi. Dastlabki tergovda yo'l qo'yilgan jiddiy xato va kamchiliklarni keyinchalik bartaraf qilish mushkul bo'ladi. Bu esa hukmni bekor bo'lishiga asos bo'ladi. Dastlabki tergovning sifatiga baho faqat sud muhokamasida beriladi. Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun

é

Ws,

tayinlash bosqichi ham bundan mustasno emas. Jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlarida sud nazorati elementlari mavjudligi to'g'risidagi fikrga qo'shilgan holda ishni sudga qadar yuritish bosqichida bu nazoratni qanday shakl va tartibda amalga oshirilishini ko'rib chiqish zarur. Adabiyotlarda bu jumlaning o'zi ham turlicha talqin qilingan. Masalan, "Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazorati", "dastlabki tergov hujjatlari ustidan sud nazorati", "dastlabki tergovning qonuniyligi ustidan sud nazorati".

Sud nazorati - jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlarida amalda bo'ladigan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muhofaza qilishga qaratilgan, qarorlar, harakat va harakatsizlik hamda dastlabki tergov va sud qarorlarining (kuchga kirgan kirmaganligidan qat'i nazar) qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini kafolatlashga xizmat qiladigan faoliyat sifatida e'tirof etilgandagina uning huquqiy tabiati oydinlashadi. Dastlabki tergovdagi sud nazorati nafaqat jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va erkinliklari to'la ta'minlanishini nazorat qiladi, balki isbotlash protsessining qonuniy va asosli bo'lishini kafolatlaydi . Dastlabki tergovda sud nazorati odil sudlovga xizmat qiladi, sud hokimiyati qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishiga zamin yaratadi.

Dastlabki tergovdagi sud nazoratining asosiy maqsadi:

1) fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish; 2) jinoyat sudlov faoliyatini samarali bo'lishiga xizmat qilish; 3) mustaqil funksiya sifatida nihoyat odil sudlovni amalga oshirishga shart-sharoit yaratishdan iborat. Jinoyat-protsessual qonunchiligimizning 36-moddasiga muvofiq, tergovchi tergovning yo'nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. Yuqorida nomi keltirilgan Prezident farmonida tergov harakatlarini o'tkazishga nafaqat prokuror, balki sudning ham roziligi talab etilishi nazarda tutilgan. Shu paytga qadar dastlabki tergov ustidan sud nazorati faqat majburlov, ehtiyot choralari doirasida amal qilar edi. Endilikda esa bu nazorat tergov harakatlarini ham qamrab olmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktyabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni asosida tayyorlangan va 2017 yilning 1 apreldan kuchga kirgan "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan. Mazkur Qonun bilan sudlar nufuzi yanada oshirilganligini aytib o'tish zarur. Masalan, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqi prokuraturadan sudlarga o'tkazildi, sud ishi yurituvida "Xabeas korpus" institutini qo'llash imkoni yanada kengaytirildi va jinoyat protsessida sud nazorati roli hamda ahamiyati kuchaytirildi. Bundan tashqari, yuqoridagi qonunga muvofiq, onunga muvofiq, sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo'llash imkoniyati berildi. Bunda ish bo'yicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirish bartaraf etildi, sud tomonidan jinoyat ishini qo'shimcha tergovga qaytarish instituti butunlay bekor qilindi Fuqarolarning

é

Ws,

konstitutsiyaviy huquqlarini surishtiruv va dastlabki tergov davrida cheklovchi barcha protsessual harakatlar ustidan nazorat aynan sud tomonidan amalga oshirilishi zarur. Chunki, jinoyat ishlari yurituvi subyektlari ichida faqat sudgina ayblovdan manfaatdor emas va hech qanday tergov mexanizmlariga tobe emas. Sudning tergov qonuniyligiga solgan nazari o'z tabiatiga ko'ra, xolis va adolatlidir. Sudning xolisligi yana shu bilan ham belgilanadiki, sudga qadar ish yurituvida sud funksiyasi doimiy xarakterga ega emas, uning ta'siri sudga surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning muayyan protsessual harakatlari ustidan shikoyat qilishda yoxud u yoki bu protsessual harakatni o'tkazishga sud tomonidan ruxsat berilishida namoyon bo'ladi.

Jinoyat protsessida isbotlash burchi yuklatilgan shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud) o'z vakolatlari doirasida ularga yuklatilgan majburiyatni ado etish maqsadida, faqat yetarli asoslar mavjud bo'lganida belgilangan protsessual majburlov choralarini qo'llash huquqiga ega bo'ladilar. Dastlabki tergovda sud nazorati quyidagi protsessual majburlov choralari, ehtiyot choralari va tergov harakatlarida ko'rishimiz mumkin:

1) Ehtiyot chorasi sifatida qamoq yoki uy qamog'i qo'llashda (242-2421- modda) va uning tartibini belgilashda (243-modda);

2) Lavozimdan chetlashtirishda (256-modda);

3) Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishda (266-modda) sud nazorati.

4) murdani eksgumatsiya qilishda (148-modda)

5) pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashda (166-modda)

Sud-huquq islohotlarining bugungi bosqichi shaxsning huquq va erkinliklarini cheklovchi majburlov choralarini faqat sud tomonidan qo'llash tartibiga o'tganligi, prokuratura ba'zi vakolatlarini sudlarga o'tkazish sudlar mustaqilligini yangi sifat darajasiga ko'tarish lozimligini taqozo etdi.

Yuqorida sud nazoratining obro'yini oshirish va zarurligini e'tirof etish uchun uni jinoyat protsessining prinsipi darajasiga ko'tarish lozimligi to'g'risida fikr bildirilgan edi. Masalan, A.P. Fokov ham shu fikrga qo'shilib, «Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda sud nazoratini prinsip darajasiga ko'tarish va sud tomonidan qonun talablari buzilgan har bir holda uni bartaraf qilish majburiyati mavjudligini qayd qilish lozim» deydi. Lekin bu prinsipni boshqaruv yoki ma'muriy nazorat ma'nosida tushunmaslik kerak. Amaliyot xodimlari o'rtasida "Sud nazorati" degan jumladan cho'chish, jinoyat va jinoyat protsessual qonuni liberallashib borayotgan bir davrda "sud nazorati" tushunchasini ishlatish yoki uni prinsip darajasiga ko'tarish o'rinlimi degan mulohazalar ham yo'q emas. Dastlabki tergovni amalga oshirishning tarixiy ikki usuli mavjud: fransuz va anglo-amerika. Fransiyada dastlabki tergov yurituvi tergov sudyalari, politsiya va prokuratura tomonidan jinoyatning og'ir va yengilligiga qarab olib boriladi. Anglo-amerika usuliga asosan dastlabki tergov bilan faqat ijro hokimiyati shug'ullanadi. Rossiyaning 1922 yilgi JPKda tergov sudlari tuzilgan bo'lib, ular ustidan kontrol qilish sudga, nazorat esa prokurorga topshirilgan. 1928 yilga kelib tergov organlari to'liq prokuratura organlari ixtiyoriga o'tkazildi. Natijada jinoiy ta'qib funksiyasi bilan tergov ustidan nazorat funksiyasi bir organga olib berildi, aytish mumkinki, prokuror o'zini ustidan o'zi nazorat qiladigan bo'ldi, bu esa ayblanuvchi bilan faqat ayblov pozitsiyasidagi organlar shug'ullanishiga olib keldi. Ayblov organlari yetarli kuchga va pozitsiyaga ega, ularga juda

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

keng vakolatlar berilgan. Prokuratura va tergov idoralari sudgacha bo'lgan jinoyat ishini yurituvida dalil to'plashning juda katta imkoniyatlaridan foydalanadilar.

Asosiy qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyada sud-fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilinishini ta'minlash kafolati ekanligi ta'kidlanadi. Sud orqali himoyalanish huquqining mavjudligini o'zi, har qanday qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik, qonunsiz, asoslantirilmagan, adolatsiz qarorlar sud nazoratida bo'lishi lozimligidan dalolatdir. Shundan kelib chiqib aytish joizki, aynan sud nazoratining shu xususiyati uning ijtimoiy va huquqiy tabiatini belgilaydi.

Biz yana shuni taklif etamizki O'zbekistonda telefon so'zlashuvlarini eshitish uchun elektron sanksiya berish tartibi joriy etilishi, davlat siri va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa ma'lumotlar bilan bog'liq ishlarda elektron sanksiya berilmaslik kerak.Undan tashqari tintuv mexanizmi hali joriy qilinmagan shu mexanizni joriy etish va tintuvga ruxsat berishda elektron hujjat almashinuvini joriy qilish kerak

Xulosa:

Xulosa qilib aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat o'zaro huquq va burchlari bilan chambarchas bog'liqdirlar. Fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsiz bo'lib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qo'yishga hech kim haqli emas. Shu bilan birgalikda fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasliklari zarur. Shu bilan birga dastlabki tergovda sud nazoratini yanada oshirish maqsadida va jinoyat ishlarini biryoqlama yuritilishini oldini olish maqsadida kelgusida ushlab turish protsessual majburlov chorasi va garov extiyot chorasini qo'llashni sud majlisida ko'rib chiqib, sudning ruxsati bilan amalga oshirishi yuzasidan qonunchiligimizni takomillashtirishimiz lozim deb xisoblaymiz. Bu esa o'z navbatida protsessualistlarimizdan shu mavzuda doktorlik ilmiy izlanishlarini olib borishlari va qonunchiligimizni takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqishlari lozimligini ko'rsatadi.

References:

1. Фоков А.П. Судебный контроль в России и перспективы. // Российский судья, 2002. -№ 9. -Б. 3.

2. Inog'omjonova Z.F. Jinoyat protsessida sud nazorati va uni amalga oshirish muammolari. yu.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. - T., 2006;.-B. 68.

3. Shodiyev G'. Jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratining obyekti sifatida shaxsning huquq va erkinliklarini cheklovchi tergov harakatlari // Sud-huquq islohotlari: hozirgi holati va takomillashtirish istiqbollari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent: TDYUI, 2007. - B. 132.

4. Рябинина Т.К. Стадия назначения судебного заседания в свете уголовно-процессуального закона: проблемы теории и практики, пути их решения. // Российский судья -№ 7. 2004. -Б. 6.; Рябинина Т.К. Производства по уголовному делу в суде до судебного разбирательства. Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. -Воронеж.: 2005. -23 б.

5. Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. - СПб.: 1996. Б 449.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.