Научная статья на тему 'IJRO ETISHNING TEXNIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

IJRO ETISHNING TEXNIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijro ko‘kmasi / mahurat / texnik imkoniyat / gamma / uch tovushlik / passaj / texnik va badiiy shtrixlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G‘ Yo‘ldashev

Ushbu maqolada ijro etishning texnik imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘llari hamda ijro imkoniyatini samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan mashqlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJRO ETISHNING TEXNIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

IJRO ETISHNING TEXNIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

YO'LLARI

G'.Yo'ldashev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada ijro etishning texnik imkoniyatlarini rivojlantirish yo'llari hamda ijro imkoniyatini samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan mashqlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ijro ko'kmasi, mahurat, texnik imkoniyat, gamma, uch tovushlik, passaj, texnik va badiiy shtrixlar

WAYS TO DEVELOP TECHNICAL CAPABILITIES OF PERFORMANCE

G.Yuldashev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about ways to develop the technical capabilities of performance and exercises that serve to increase the effectiveness of performance capabilities.

Keywords: performance support, mahurat, technical possibility, gamma, triad, passage, technical and artistic strokes

Cholg'u ijrochiligida ijro etishning texnik imkoniyatlarini rivojlantirish muhim omillardan biri sanaladi. Gamma, uch tovushlik va turli mashqlar ustida ishlash orqali o'quvchi asarda uchraydigan passajlar va turli xil uch tovushliklarni idrok etish orqali ijro etishga tayyorlanadi. O'quvchi gamma ijrosi natijasida tordan torga muloyimlik bilan o'tish mashqini tobora yaxshiroq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, gamma va uch tovushliklar o'quvchiga texnik va badiiy shtrixlarni o'zlashtirishda muhim manbaa bo'lib xizmat qiladi. Takidlash lozimki, gamma hamda uch torliklar ijrosi muayyan maqsad va ma'no bilan amalga oshirilishi kerak. Har safar gamma ijro etilayotganda sozanda oldiga aniq maqsad qo'yilmog'i shart. Bu vazifa albatta o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning umumiy ijrochilik qobiliyati rivojlanishiga turtki bo'lishi kerak. Masalan, o'quvchi ijrosida tovushni baland chalib ijro etish oqsayotgan bo'lsa shu usulni gamma va mashqlar yordamida takrorlash mumkin. Xuddi shu yo'lni ijroning boshqa usullarini takomillashtirishda qo'llash maqsadga muvofiq. Gamma, uch torlik va boshqa mashqlarni ijro etish, ijro mahoratini o'rganish o'quv jarayonining ajralmas bir qismi bo'lishi kerak. Bu turli ijro ko'nikmalarini hosil qilishda, ularni rivojlantirish va

takomillashtirish katta rol o'ynaydi. Ijrochilik faoliyati, turli ko'nikmalarning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur va har taraflama tahlil qilish cholg'uda ijroni o'rgatishni takomillashtirishda zarur asos bo'lib xizmat qiladi. Ijro uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish musiqa pedagogikasida eng dolzarb muammo bo'lib, buning sabablardan biri - zamonaviy musiqa asarlarining ijrosi sozanda oldiga kun sayin bir - biridan murakkab talablar qo'yilishidir. Bunday talablarning o'sib borishi ijrochi uchun zarur asos bo'lib xizmat qila oladigan eng oddiy ko'nikmalarning puxta o'zlashtirilishini taqozo etadi. Ijro harakatlarini puxta o'zlashtirish va ularni ko'nikmalarga aylantirish sozanda ishini birmuncha yengillashtiradi. Ijro harakatlarini bir necha bor takrorlanganda avtomatizm darajasiga yaqinlashib, ma'lum ko'nikmaga aylanadi. Bunday harakatlar esa turli mashqlar yordamida amalga oshiriladi.

Mashqlarni o'zlashtirish va murakkablashtirish ta'lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, ta'lim faqatgina mashqlarning ijrosi emas balki, mashqlar ta'lim jarayonining ajralmas bir qismi bo'lib xizmat qiladi. O'quv jarayonining barcha amaliy va nazariy taraflarini hisobga olgan holda mashqlarni ongli ravishda takrorlash esa ijobiy samara beradi. Mashqlar musiqa asarining talablariga xizmat qiladi. O'quvchi biror mashq harakatni amalga oshirayotgan paytda uning e'tiborini musiqaning ma'noli tamoniga qaratmog'i kerak. Mashq ijroning ma'noli ko'nikmalarini hosil qilish, rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Bu vazifani bajarishda o'quv jarayonini sistemalashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko'nikmalarning ichki tuzilishini, oldingi ko'nikmaga asoslangan holda yanada murakkabroq ko'nikma hosil etish yo'llarini hisobga olish zarur. Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, ijrochilik apparatini muntazam ravishda tarbiyalash ishi "oddiy dan murakkabga" prinsipi asosida tashkil etilishi kerak. Yangi ko'nikmani o'zlashtirish ishiga oldingi ko'nikma puxta o'zlashtirilgandan keyingina o'tish mumkin. Aks holda o'quvchi oldiga qo'yilgan vazifa o'ta murakkablashib ketishi mumkin. Shu sababli ijro texnikasining turli elementlarini o'rganishda uzviy bog'liqlik prinsipiga amal qilish zarur bo'ladi.

O'quvchining yangi ko'nikmani o'zlashtira olishi uning oldingi ko'nikmani qay darajada o'zlashtirganiga bog'liqdir, chunki yangi o'rganilayotgan ko'nikma oldingisi bilan ma'lum darajada o'zaro aloqadorlikda bo'lib, o'zining ta'sirini ko'rsatadi. Masalan, yangi o'rganilayotgan passaj oldingisiga o'xshash bo'lganligi tufayli sozanda uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. O'quv jarayonida o'quvchiga yangi o'rganilayotgan musiqa materialining oldingisiga o'xshash yoki farqlari bo'limlarini aniqlashni, ularni tahlil etishni o'rgatib borish muhimdir. O'quvchida shakllanadigan bunday sifatlar darsning samaradorligini oshirishga, kam vaqt sarf qilib, ko'proq natijaga erishishga yordam beradi.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, ko'nikmani o'zlashtirish jarayonini ilmiy asosda olib borish kerak, o'rganilayotgan ko'nikmani puxta o'zlashtirib

bo'lgandan so'ng yangisini o'zlashtirishga kirishish maqsadga muvofiq. Yangi ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'quvchining ongli yondashishi ya'ni, ijro harakatining tuzilishini bir-biriga solishtirib tahlil eta olish, ularning farqini aniqlay bilish, o'rganilayotgan turli ko'nikmalarning o'zaro ijobiy ta'siriga erishish kerak. Tajribadan ma'lumki, o'quvchi biror mashq yoki ko'nikmani o'zlashtirishda pirovard maqsadni qanchalik oldindan aniq tasavvur qila olsa, natijaga shunchalik oson erishadi. Bunda o'qituvchi u yoki bu harakatning bajarilishini o'quvchiga ko'rsatib berishi katta ahamiyatga ega. O'quvchining o'zi mustaqil ravishda ko'rsatilgan ko'nikma harakatining kerakli va asosiy tarafini tez o'zlashtira olmasligi tabiiy. Bu holda o'quvchini mustaqil kuzata bilishga o'rgatish kerak. O'quvchi faqat chetdan kuzatibgina qolmay, balki harakatning mohiyatini tushunishi, tovushni eshitibgina qolmasdan, uni o'ziga singdirib olishi kerak. Aniq maqsadga qaratilgan kuzatishning xarakterli jihatlaridan biri muayyan qo'llanmani o'quvchi tomonidan fikrlab, tahlil etish bilan qabul qilishdir. Kuzatishning muvaffaqiyati maqsadning aniq qo'yilishiga ham bog'liq. Maqsadning aniq qo'yilishi o'quvchining kuzatishini oldindan tayyorlaydi. Kuzatish maqsadga muvofiq ravishda oldindan tayyorlarmasa, o'quvchida aniq tasavvur paydo bo'lishi qiyinlashadi. Shu sababli o'qituvchi harakat yoki ko'nikmani o'quvchiga ko'rsatib berishi zarur. Aks holda o'quvchi ikkinchi darajali narsalarga diqqatini jalb etib, asosiy si esa e'tibordan chetda qolishi mumkin. Musiqa materiali yoki mashqni tanlashda shu materialni to'la tahlil qilish ijro harakatlarini to'g'ri amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Murakkab harakatlarni o'rganishda uning qismlarini alohida ajratib o'zlashtirish yaxshi natija beradi.

O'qituvchining to'g'ri va aniq ko'rsatmalari o'quvchining kundalik mashqlari uchun asos bo'ladi. Darsda olingan ko'rsatma va tasavvurlar yordamida o'quvchi mustaqil mashg'ulotlar paytida musiqiy ijro ko'nikmalarini sekin-asta o'zlashtirib boradi. O'quvchining o'zi qanday xatoga yo'l qo'yayotganini, kamchiliklari, yutuqlarini, u yoki bu mashq qanday foyda keltirishini aniqlay bilishi kerak. Mashqlarning takrorlanishi undagi bor kamchiliklarni yo'qotishga qaratilishi kerak. Ma'lumki, o'z mashg'ulotlarini to'g'ri baxolay olmaydigan o'quvchi qanchalik ko'p shug'ullanmasin, yaxshi natijaga erisha olmaydi. Musiqa materialini, ijro etish maqsadini aniq bilish va o'z xatosini anglash - ko'nikma hosil qilishning zarur shartlari sanaladi. O'zining xatosini va yutuqlarini baholay olish sifati o'quvchida sekin-asta o'qituvchining yordami bilan paydo bo'lib, rivojlanib boradi.

Ma'lumki, ijroni endigina o'rganayotgan yosh o'quvchilar o'z xatolarini to'g'ri aniqlay olmaydilar yoki sezmaydilar. O'quvchining ko'rsatmalariga ko'p vaqt muntazam ravishda amal qilish orqali o'quvchi o'z ijrosini kuzatib, nazorat qilishga o'rganishi mumkin. Bundan tashqari, o'z ijrosiga tanqidiy munoabatda bo'lish, o'z-o'ziga talabchanlik sifatlari o'quvchi ijrosining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Tajribasi ortib borgan sari o'quvchi o'z xatolarini aniqlashi ham osonlashib boradi.

Avvalgi maxsus tahlildan so'ng aniqlanadigan xatolar keyinchalik bevosita ijro davomida o'quvchi tamonidan aniqlanib, tuzatilishi mumkin. Ma'lumki, o'quvchilar o'z xatolariga qaraganda o'zgalarning xatosini tezroq aniqlay oladilar. O'quv jarayonida o'quvchilarning bu sifatlaridan unumli foydalanish maqsadida mashg'ulot davomida o'quvchilar bir-birlarining ijrolarini tinglashni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, o'quvchilarga ijroni magnit yozuvi orqali eshittirish ham tajribada qo'llaniladi. Texnika vositasida yo'l qo'yilayotgan xatolarni aniqlash, to'g'ri tahlil etish o'z samarasini beradi.Yangi materialni ko'rsatib berilayotgan vaqtning o'zida shu misol ijrosi davomida ko'proq uchrab turadigan xatolarning oldini olish uchun ko'rsatmalar berish o'quvchi mehnatining samaradorligini oshiradi. Yangi qo'llanmako'nikmalarning to'g'ri o'zlashtirilishini o'qituvchi diqqat bilan kuzatib borishi kerak. O'quvchi tarafidan noto'g'ri o'zlashtirilgan ko'nikma: postanovka, ijro harakatlari va boshqalarni qayta tuzish murakkab ish ekanligi ma'lum. Yaxshi texnikaga ega sozanda deyilganda, odatda, ko'z oldimizga ijro harakatlari tez, aniq va chaqqon bo'lgan, barmoqlari katta tezlik bilan harakat qila oladigan cholg'uchini keltiramiz. Lekin yaxshi texnikaga ega bo'lgan sozanda musiqa asaridagi muallif aytmoqchi bo'lgan fikrni o'z ijrosi bilan ochib beribgina qolmay, balki cholg'u tovushlari yordamida ma'lum ma'nodor fikr yarata olishi ham kerak. Ma'lum maqsadga qaratilgan texnikani rivojlantirmasdan turib, cholg'u ijrochiligida biror amaliy natijaga erishish qiyin. Sozandada ijrochilik texnikasi qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning o'zi uchun shunchalik yaxshi.

Gamma va turli mashqlar bilan dastlabki tanishish vaqtida uni vazmin tezlikda ijro etishning foydali tomonlari bor: musiqa qo'llanmalariniing umumiy tuzilishi bilan yaqindan tanishish: ijro etish usuli va uslublarini, tovush kuchini aniqlash imkoni tug'uladi. Ijro qanchalik og'ir tempda bo'lmasin, zinxor qo'pollikka yo'l qo'yish mumkin emas. Buning uchun ijrochining kerakli harakatlarida ishtirok etayotgan gavda qismidagi muskullarning to'la erkinligiga erishish kerak. Vazmin tezlikda ijro etilayotganda harakatlarning borishini kuzatish ancha oson. Lekin temp tezlashgan sari bunday kuzatish qiyinlashib boradi. Shuning o'zi vazmin tezlikda ijro etishning foydali ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Musiqa qo'llanmasini kerakli tezlikdagi ijrosiga qaysi paytdan boshlab o'tish kerak degan xaqli savol tug'iladi. Yosh ijrochilar orasida ko'p uchrab turadigan kamchiliklardan biri shuki, ular og'ir tempdagi ijrodan so'ng birdaniga tez tempga o'tmoqchi bo'ladilar. Bunday ijro ko'p xatolarga sabab bo'lishi mumkin. Birinchidan, o'quvchining ongi bunday tempda amalga oshirayotgan harakatlarni nazorat qilishga ulgurmaydi va ijro nazoratsiz kecha boshlaydi. Endi sozandaning ijro paytidagi chidamliligi va gavda harakatining erkinligi haqida so'z yuritamiz. Sozandaning ijro paytidagi toqat va bardoshini uning psixofiziologik holati belgilaydi. Gap sozandaning chidamliligi u qanchalik ko'p vaqt davomida mashqni uzluksiz davom ettira olishi haqida borar ekan, uning gavdasi ijro harakatlari uchun

qanchalik moslashganligi to'g'risida to'xtalmaslik mumkin emas. Gavda muskullarining qotib, siqilib qolishi ijro harakatlarini to'g'ri va erkin amalga oshirishiga xalaqit beradi. Shu sababli ham cholg'uda musiqa asarini to'laqonli ijro etish uchun, birinchi navbatda, muskul harakatlarining erkinligini ta'minlash zarur bo'ladi. Muskullar qotib qolishining sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Bular postanovkaning noto'g'ri tanlanganligi, hayajonlanish, asabiylashish, shart-sharoitning noqulayligi, qanday bo'lishidan qat'i nazar, o'qituvchi mashg'ulot paytida muskul qotib qolishining oldini olishi kerak. Uztoz sozanda o'qituvchilarining kuzatishlariga ko'ra, o'quvchilarning ijro harakatlarini amalga oshirayotgan muskullar qotib qolishiga asosan quyidagilar:

- sozandaning yelka, tirsak va panja muskullari qotishi;

- panja va barmoqlarning keragidan ortiq harakatlanishi;

- chap qo'l barmoqlarining pardalarga ortiqcha kuch bilan bosilishi; bevosita ijro etish harakatlarida qatnashayotgan gavda qismlarining tortilib, qotib qolishi sabab bo'lishi mumkin. Gavdaning qaysi qismida bo'lishidan qat'i nazar, qotib qolmaslik to'g'risidagi fikr, ijro harakatlari paytida hech qanday kuch ishlatmasdan, bo'sh holda harakatlanish degani emas.

Bo'lajak sozanda ijro ko'nikmalarini to'liq o'zlashtirgan taqdirdagina ko'zlagan maqsadiga erisha oladi. Bu esa uning mahoratini oshishi hamda yuksak marralarni egallashiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Begmatov, M.Matyoqubov. "O'zbek an'anaviy cholg'ulari". T.; 2008.

2. O.Nazarov. Xalq cholg'ularida ijrochilik. T.; 2018.

3. Maxanov Sh. O'zbek cholg'u asboblar turlari. https://doi.org/10.5281/zenodo.

4. ranypoB, М. К. (2017). Иcпoльзoвaниe Hay4Horo нacлeдия y4eHbix-мyдрeцoв в My3biKanbHoM oбрaзoвaнии. ББК 71.0 Я41, 43.

5. ranypoB, М. К. (2017). BKnaA AM^a TeMypa в pa3Bnrne coциaльнo-кyльтypнoй жизни BocToKa. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).

6. Qurbonova, S. A., & Begmatov, S. (2022). УСТОЗ СОЗАНДА ВА БАСТАКОР. МУХТОРЖОН МУРТОЗАЕВ ИЖОДИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, 3(4), 437-441.

7. Kurbonova, S. (2022). Makom Art is an Artistic Masterpiece of Uzbek People. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 20-22.

8. Хaлилoв, Т. (2023). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИ ИЖОДИДА МУСЩА. Oriental Art and Culture, 4(1), 902-909.

9. Xalilov, T. (2022). XALQ MUSIQIY IJODIYOTINING MAHALLIY USLUBLARGA XOS JANR TURLARI TAVSIFI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH MUAMMOLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 676-680.

10. Khalilov, T. (2022, November). Oriental Musicologists Who Contributed to the Development of Musical Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 87-90).

11. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

12. Rafiqov, M. (2022). Conducting as a Kind of Performing Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 253-256.

13. Saidaliyev, S. (2022). Traditional Uzbek Musical Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 122-126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.