Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KOMPETENTSIYASINI FANLAR ARO RIVOJLANTIRISH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KOMPETENTSIYASINI FANLAR ARO RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti / mutolaaga qiziqish / adabiyotlar tasnifi / kitobxon auditoriyasi / zamonaviy qahramonlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilfuza Kamoljonova Хoldorovna

Ushbu maqolada kitobxonlik kompetensiyasini oshirish orqali o‘quvchilarda fanlar aro bilimlarini mustahkamlash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitobxonlikga qiziqtirishning pedagogik-psixologik yondashuvlari xorijiy tajribalar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KOMPETENTSIYASINI FANLAR ARO RIVOJLANTIRISH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KOMPETENTSIYASINI FANLAR ARO

RIVOJLANTIRISH Dilfuza Kamoljonova Xoldorovna

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10679051

Annotasiya. Ushbu maqolada kitobxonlik kompetensiyasini oshirish orqali o'quvchilarda fanlar aro bilimlarini mustahkamlash, boshlang'ich sinf o'quvchilarini kitobxonlikga qiziqtirishningpedagogik-psixologik yondashuvlari xorijiy tajribalar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Kalit so'zlar: bolalar adabiyoti, mutolaaga qiziqish, adabiyotlar tasnifi, kitobxon auditoriyasi, zamonaviy qahramonlar

Аннотация. В данной статье рассматривается международный опыт развития читательской компетентности учащихся начальных классов. На основе экспериментов показана эффективность зарубежного опыта в совершенствовании читательской компетентности детей раннего возраста, даны выводы и предложения.

Ключевые слова: детское литература, интерес к чтению, классификация литературы, аудитория читателей, современные герое.

Bugungi kunda o'quvchilarning kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish har qachongidanda dolzarb va zarur masala hisoblanadi. Olib borilgan so'rovnomalarga ko'ra bugun O'zbekistonda o'quvchilar orasida badiiy kitob o'qish ko'rsatgichi 12% ni tashkil qilmoqda. Bu esa o'quvchilarning boshqa fanlarni o'zlashtirishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Kitob o'qish aniq va tabiiy fanlarni yaxshi o'zlashtirishga birdek samara beradi.

Jumladan, 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 14.12.2020-yilda 781-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

- aholi, avvalo, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko'maklashish, bolalarga mo'ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo'llab-quvvatlash;

- milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;

- kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to'ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;

aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o'rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;

- xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Targ'ibot ishlarini o'quv muassasalarda keng ko'lamda olib borish bilan bir qatorda chet el tajribasini o'rganish va amaliyotga joriy etish samarali natijalarga olib keladi.

Rivojlangan davlatlarda bolalarning kitob mutolaasiga ota-onalar alohida vaqt ajratadilar, farzandlari bilan kitob do'konlariga borish va kitob tanlashga katta e'tibor qaratadilar. Kichik yoshdagi bolalar to'g'ri ovqatlanish, sport to'garaklariga qatnashish, badiiy va musiqiy san'atning istalgan bir turi bilan shug'ullanib qolmay, kitob o'qishga ham shunday vaqt ajratadilar. Bolalarga tanlanadigan kitoblar me'yor va standartlar asosida tasniflanadi.

Kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar:

1. Bosma kitoblar

2. Audio kitoblar

3. Qo'l telefoni orqali skayner qilinganda, ko'z o'ngimiza jonlanadigan vezual 3D kitoblar.

Uslubiga ko'ra:

1. Badiiy kitoblar;

2. Ilmiy ommabop kitoblar.

Bolalar uchun mo'ljallangan badiiy kitoblar ham janr jihatdan quyidagi tartibda tasniflanadi.

1. She'riy kitoblar (she'riy ertak, she'riy qissa va h.k.)

2. Nasriy kitoblar (ertak, hikoya, rasmli hikoyalar, kichik hajmdagi qissa va fantastik qissalar)

Dezayniga ko'ra:

1. Matnli;

2. Matnli va rasmli;

3. Faqat rasmli.

3. Komiks kitoblar

Yevropada kichkintoylar uchun ertak kitoblar (Fairy tales) keng ommalashgan kitoblardir.

Ilmiy va badiiy kitoblar har birining muqovasiga qaysi yoshdagi o'quvchiga mo'lj allangani to'g'risida +0, +2-3, +5 kabi aniq ko'rsatmali belgilar qo'yiladi.

Bolalar go'dakligidan bosqichma bosqich, muntazam kitob bilan tanishtirib boriladi. Kichkintoylarni mustaqil ovqatlanish, jismoniy harakatlar qilishga va muloqot qilishga qanday o'rgatilsa, kitob mutolaasiga ham shunday o'rgatiladi.

Janubiy Koreyalik professor Li Syong Xyonning pedagogik tadqiqotlarda bolani mutolaaga o'rgatishning bir qancha tajribalarini misol qilib keltirib o'tadi. Tadqiqotlariga ko'ra, ota va ona kitobxon bo'lmay turib, bolalarda bu kompetensiyani shakllantirish mushkil kechadi. "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deganlaridek, bu tajriba jarayonlarida bolaning ko'z o'ngida ota-onalarning o'zlari ham kitobxon bo'lishlari talab etiladi. Bolalar ruhan 7-8 yoshda taqlid qilishga moyil bo'ladilar. Mashg'ulotlardan kelib chiqib yasalgan xulosa - o'quvchilarda kitobga mehr uyg'otish uchun eng avvalo ota-onalarning o'zlari kitobxon bo'lishi zarurligi anglanadi. Ota-onalar akademiyasi o'qituvchilar va ularning ota-onalari bilan uzviy va yakdil ish olib boradi.

Bolalarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda ota-ona bilan ularga ta'lim beradigan o'qituvchilar ham birdek mas'ul bo'ladi. Kichik yoshdagi bolalar nimani o'qish, nimani o'qimaslik kerakligi, qaysi turdagi adabiyotlar ularning yoshiga mos yoki aksinchaligini ajrata olmaydi. Bolaga kitobni to'g'ri tanlab, tavsiya qilish - bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy vazifasiga kiradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari sinfdan tashqari o'qish soatlarida yigit-qizlarga badiiy kitob o'qish topshirig'i beradilar.

Aslida, kitob mutolaasi juda keng tushuncha bo'lib, mutolaa jarayoni amaliy va aniq fanlarga birdek taaluqlidir. Masalan, matematika fanini o'zlashtirish qiyin kechayotgan o'quvchiga "Quvnoq matematika", "Matematikadan tasvirli masalalar" kitobi o'qituvchilar tomonidan tavsiya etiladi. Kichkintoy raqamlarini tasviriy ifodalar (rasmlar) obrazida tasavvurida jonlantirib, misol va masalalarni osonyo'l bilan ishlashga o'rganadi.

Mutolaa madaniyati gazeta va jurnallarni o'qish orqali ham shakllanadi. Shuning uchun bolalarni ko'proq badiiy adabiyot, kitob mutolaasiga qiziqtirish ahamiyatli.

Yigit-qizlarda kitobxonlik ko'nikmalarini uzviy ravishda shakillantirib boriladi. Bunda maktab darsliklari bilan bir qatorda o'quvchilar uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan badiiy kitoblar, badiiy jurnallarning o'rni muhim. Bu kabi davriy nashrlarning asosiy vazifasi -o'quvchining ham ilmini oshirish, ham ma'naviy tarbiya berishga qaratiladi. Rivojlangan mamlakatlarda bolalar uchun gazeta va jurnallar millionlab nusxada nashr etiladi. Ularning nashr ishlariga yozuvchi, shoir, rassom, muharrirlar bilan birga ruxshunos, terapevt, pediatrlar keng jalb etiladi.

Xorijda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham maktabgacha ta'lim va boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun "G'uncha", o'rta va yuqori sinf o'quvchilari uchun "Gulxan" jurnallari chop etiladi. Ular o'quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan birga, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Mazkur nashrlar mazmun mundarijasi va yo'nalishi bilan bolalar gazetalaridan farq qiladi. "G'uncha" jurnalida "Tarbiya darsi", "Bisot", "O'zimiz ertak yozamiz" rukni ostida tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak, hikoya, rivyatlar doimiy ravishda berib boriladi. Kichik va o'rta yoshdagi bolalar qahramonlar obrazi misolida rostgo'ylik, halollik, to'g'rilik kabi insoniy hislatlarni o'rgansa, aksincha, yolg'onchilik, dangasalik, bilimsizlik kabi nuqsonlar tufayli o'nglanib bo'lmas vaziyatlarga tushib qolish mumkinligi haqida o'qib, uqadilar.

"Gulxan" jurnalining "Odob bo'stoni", "Ibrat", "Dugonajon" sahifalarida o'smir yoshidagi maktab o'quvchilarini odob-ahloqqa chorlaydigan rivoyat, hikoya, maqolalar berib boriladi.

Bolalar gazeta va jurnallar orqali badiiy adabiyotning sara namunalari bilan tanishtirib

boriladi.

Bolaning fe'l-atvori, shaxs sifatida o'zini tanib borishi aynan 7-12 yosh davr oralig'iga to'g'ri keladi. Abdulla Qahhorning "Adabiyot atomdan kuchli!", degan fikrlari negizida badiiy adabiyotning kishi xulqiga katta ta'sir ko'rsata olishi nazarda tutiladi. Bolalarga ertak, hikoya va rivoyat shaklida keltirilgan tarbiyaviy ta'sirga ega voqyea-hodisalar ulardagi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda kichik yoshda muhim hisoblanadi. Buni boshlang'ich sinf o'qituvchilari doimo yodda tutishlari lozim.

Adabiyot so'zining ildizlari adab so'zi bilan qorishib ketganligi sharqda komil inson tarbiyasi hamisha davlat e'tiboriga molik masala bo'lib kelganini turkiy tilda ijod qilgan bobokalonlarimiz Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Mir Alisher Navoiyning "Mahbub ul qulf, Bobur Mirzoning ruboiylari va Zebinisoning g'azallari, Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarlarida ham ko'zga tashlanadi.

Bolalarning kitobxon va kitobsevar shaxs qilib tarbiyalash uchun avvalo ularga ta'lim va tarbiya beradigan o'qituvchilar kitobxon bo'lishi zarur. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilari bolalar yoshiga mos va xos badiiy va ilmiy asarlar bilan yaqindan tanish bo'lsa, bolalar uchun ijod qiladigan ijodkorlarni yaqindan bilsa, bolalar ham yozuvchi va shoirlarni yaqindan taniydi.

Germaniyada boshlang'ich ta'limda badiiy adabiyotga ham alohida e'tibor qaratilar ekan.

Germaniya maktablarida boshlang'ich sinflarda ustoz kichkintoylarga bitta badiiy kitobni (yilda bir marta) tavsiya qiladi. Ota-onalar do'konga borib o'sha kitobni sotib olishar ekan. So'ngra hamma bolalar kitobni uyida o'qib, sinfda keng muhokama qilishar ekan. Kitob nima haqida, u qaysi tomondan yoqdi yoki aksincha nega yoqmadi?... Germaniya ta'limiga joriy etilgan bu metod orqali bolalar kichikligidan kitob mutolaasiga o'rgatib boriladi.

O'zbek maktablarida ham sinfdan tashqari o'qish uchun dars soatlari ajratiladi. O'quvchilar darslikdan tashqari matnlarni o'qib, uni dars mashg'ulotlarida tahlil qiladilar. Shuningdek, ta'til vaqtida ham sinfdan tashqari o'qish uchun badiiy adabiyotlar tavsiya etiladi. Bolalar o'ziga yoqqan ertak qahramonlari asosida insho yozadilar.

Bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdabola tarbiya topadigan atrof-muhit bilan bir qatorda, ularga ta'lim beradigan o'qituvchilarning xizmati katta bo'ladi. Shu sabab bo'lajak o'qituvchilar o'g'il-qizlar ruhiyatida kitobga mehr uyg'otishi uchun o'zlari ham kitobxon o'qituvchi, ustoz bo'lishi zarur.

Shiddiat bilan o'tib boryotgan zamonda yoshlarni axboriy xurujlardan asrash uchun o'g'il-qizlar hayotida badiiy va ilmiy asarlar, gazeta va jurnal mutollasini to'g'ri shakllantirish samarali natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida PQ-3160 Qarori. 2017 yil 28-iyul. https://lex.uz/ru/docs/-4071203.

2. Baxtli bola ma'naviyati. Uzluksiz ma'naviy tarbiya trilogiyasi. II qism. 3-7 yoshli bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha metodik qo'llanma. Tuzuvchi-mualliflar: A.Qodirov, M.Quronov va boshq. - Toshkent, "Ma'naviyat" nashriyoti, 2018. - 260 b.

3. Инга Геннадьевна «Педагогическая система развития читательского интереса младших школьников средствами этнопедагогики», М, 2002 г.

4. http://www.chidlitassn.org

5. "G'uncha" va "Gulxan" jurnallari 2023-yil taxlami.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.