Научная статья на тему 'ELEKTRON TAʼLIM VA GAJERTLAR ASRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY TAJRIBALARI'

ELEKTRON TAʼLIM VA GAJERTLAR ASRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kitobxonlik kompetensiyasini oshirishning zarurati / bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar / ilmiy adabiyotlarning ahamiyati / sinf kutubxonasi / mutolla muhiti.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kamoljonova Dilfuza Xoldorovna

Ushbu maqolada muallif boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik kompetensiyalarini oshirishning milliy tajribalari haqida fikr yuritib, bugungi kunda bolalar uchun nashr etilayotgan badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarning yosh va qiziqish nuqti nazaridan tasnifi, bolalarni kitobxonlikga qiziqtirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qanday pedagogik bilim va tajribalarga ega bo‘lishi kerakligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON TAʼLIM VA GAJERTLAR ASRIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY TAJRIBALARI»

ELEKTRON TA'LIM VA GAJERTLAR ASRIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING

MILLIY TAJRIBALARI Kamoljonova Dilfuza Xoldorovna

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10982189

Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif boshlang'ich sinf o'quvchilarining kitobxonlik kompetensiyalarini oshirishning milliy tajribalari haqida fikr yuritib, bugungi kunda bolalar uchun nashr etilayotgan badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarning yosh va qiziqish nuqti nazaridan tasnifi, bolalarni kitobxonlikga qiziqtirishda boshlang'ich sinf o'quvchilari qanday pedagogik bilim va tajribalarga ega bo'lishi kerakligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kitobxonlik kompetensiyasini oshirishning zarurati, bolalar uchun mo'ljallangan badiiy adabiyotlar, ilmiy adabiyotlarning ahamiyati, sinf kutubxonasi, mutolla muhiti.

Abstract. In this article, the author reflects on the national experiences of improving the reading competence of elementary school students, the classification of artistic and scientific-popular books publishedfor children today in terms of age and interest, what kind ofpedagogical methods use teachers in elementary schools to motivate children to reading.

Key words: improve reading competence, children's fiction, the importance of scientific literature, classroom library, reading environment.

Аннотация. В данной статье идет речь о национальном опыте повышения читательской компетентности учащихся младших классов. Классификации художественных и научно-популярных книг, издаваемых сегодня для детский аудитории по возрасту и по интересам. Какие педагогические опыты полезно для мотивации к чтению среди учеников младших классов.

Ключевые слова: необходимость совершенствования читательской компетентности, детская художественная литература, значение научной литературы, классная библиотека, среда чтения.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlikni targ'ib etish pedagogik jarayonning bir qismi bo'lib, o'quvchilar o'zlarida kitobxonlik kompetensilarini rivojlantirish bilan birga, boshqa fanlarni o'zlashtirish natijalarini o'stirib boradi. Maktab kutubxonasi o'quvchilarning badiiy adabiyotlar bilan ta'minlaydigan asosiy ma'lumotlar bazasi bo'lib, bolalarning yosh hususiyatlari va qiziqishlariga doir barcha adabiyotlarni topish mumkin. O'quvchilarni kitobxonlikga jalb etishda avvalo oilaviy muhit, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bilimi, maktab kutubxonachisi kasb mahoratiga bog'liq. Yer yuzida 129.864.880 dona kitob bor. 4-6 yoshli bolalar kitob o'qishga oson o'rganadilar. Kitob o'qish so'z boyligini oshirib, xotirani mustahkamlaydi.

Yangi O'zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasida ta'lim tizimini yuksak darajada rivojlantirish, O'zbekistonda uchinchi renessans davrini yaratadigan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu masalalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalq ta'limi sohasini tubdan isloh qilish bo'yicha belgilagan vazifalarida ham yaqqol bayon etib berildi.

Texnika rivojlanib, gajirdlar asriga aylangan bir paytda bolalarning mutolaaga qiziqtirish bir muncha murakkab jarayon hisoblanadi. Lekin kitob mutolaasini to'g'ri yo'lga qo'yilsa, ilmfan, texnika sohasida ilgarilash, o'sish bo'ladi.

Bugun fin ta'lim tizimi o'zining samaradorligi bilan dunyoda yetakchi o'rinda turadi, finlar kutubxonalar xizmatidan foydalanish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Har bir fin fuqarosi yiliga o'rtacha 11 marta kutubxonaga tashrif buyuradi. Kutubxonalar finlar hayot tarzining bir qismi bo'lib, kitob do'konlarida bolalar va yoshlar uchun mo'ljallangan kitoblar eng ko'p sotiladigan kitoblar hisoblanadi.[1]

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kitobxon bolalar qilib tarbiyalashda avvalo, bolalar uchun mutolaa muhitini yaratish zarur. Maktabda kitobxonlikni sinf kutubxonasidan boshlash kerak. O'quvchilar o'rtasida kitob marafonini o'tkazilib, sinfda tashkil qilingan javon bolalarning yoshi va qiziqishiga mos badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan to'ldirilishi zarur. Sinf rahbari bilan kelishilgan holda o'quvchilar orasidan sinf kutubxonachisi saylanadi. O'quvchilarning kitobxonlik ko'nikmalari qanday shakllanayotganini bilish uchun har o'n besh kunda o'quvchilar o'rtasida erkin mavzuda asar qahramonlari, kitobning o'quvchiga yoqqan syujeti mavzusida yozma ishlar olinadi va baholab boriladi. Eng yaxshi ijodiy ish muallifi badiiy kitob bilan rag'batlantiriladi. Sinfda o'quvchilar kitobxonlik kompetensiyasining oshishi boshqa fanlarni o'zlashtirishda ham ijobiy samarasini beradi. Alisher Navoiy hikmatlarining birida shunday deydi: "Kitob beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir"[2]. Shu sabab maktab kutubxonachilari ham o'quvchilarni kitobxonlikka to'g'ri yo'naltira bilishi, kutubxonani bolalar bilan gavjum joyga aylantira olishi zarur. "Mutolaa aql uchun eng zarur ne'matdir" [3]. Bolalarni mutolaaga qiziqtirishda maktab kutubxonachisi bilan birga boshlang'ich sinf o'qituvchilari bolalar yoshiga mos adabiyotini to'g'ri tanlay bilishi, boshlang'ich sinf o'quvchilarining qiziqishiga ko'ra adabiyotlarni to'g'ri tavsiya eta olishi zarur. Bugun boshlang'ich sinf o'qituvchilarning hammasi bolalar adabiyoti to'g'risidagi bilim, badiiy asarning shaxs tarbiyasiga ta'siri, fanlarni o'zlashtirishda mutolaaning o'rni va kitobni o'quvchiga saralagan holda taqdim etish malaka va ko'nikmalariga ega, deb aytolmaymiz. Sababi "Bolalar adabiyoti" fani pedagogika yo'nalishidagi oliygohlarda tanlov fan sifatida kiritilgan.

Bolalarga ilmiy-ommabop va badiiy kitob tanlashda boshlang'ich sinf o'qituvchilari quyidagi mezonlarni bilishi zarur:

1. Bola yosh auditoriyasini inobatga olgan holda o'quvchiga badiiy estetik zavq bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar: Bolani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi zarur. Bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar o'quvchida ijobiy fazilatlarni shakllantirishi kerak: (7-8 yoshdagi bolalarga 100-180 so'zdan iborat kichik hajmdagi matnlarni o'qish tavsiya etiladi. Bunda matn shrifti 14-16 keglldan kichik bo'lmasligi zarur.) Katta hajmdagi kitoblar o'quvchini zeriktirib qo'yishi mumkin. Suratlari rangli, kitob varog'ining 50 foizdan kam bo'lmagan qismini egllashi zarur. Bugungi kunda xorijda 3D formatdagi visual kitoblar keng nashr etiladi.[4]

2. O'quvchiga bilim berishi bilan birga, unda mantiqiy fikrlashga o'rgatadigan ilmiy kitoblar. (Mening birinchi ensiklopediyam, Quvnoq tadqiqotlar turkumidan.)

Badiiy kitoblar qanday tanlanadi? O'quvchiga badiiy kitob tavsiya qilishdan avval badiiy asarlarning janr jihatdan biri biridan farqini bilib olamiz.

Badiiy kitoblar janriga ko'ra nazm (poetik), nasr (prozaik) turga bo'linadi. Poetik janrdagi kitoblar she'riy uslubda yoziladi.

Bolalar shoirlari Zafar Diyor, Shukur Sa'dulla, Po'lat Mo'min, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Dilshod Rajab, Xudoyberdi Komilov, Kavsar Turdiyeva, Orif To'xtash kabi shoirlarning asarlari kichik yoshdagi kitobxonga estetik zavq bag'ishlaydi, qofiyalari jarangdor, bo'g'inlari sodda, so'z tarkibi bola lug'atiga mosligi bilan ajralib turadi va mutolaaga tavsiya etiladi.

Nasriy asarlarga ertak, hikoya, qissa kiradi. ProzaiklardanXudoyberdi To'xtaboyev, Yayra Sa'dullayeva, Erkin Malik, FarhodMusajonov, Xidoyat Olimova, Muhabbat Hamidovalar sara qissa, hikoya, ertaklari boshlang'ich sinf o'quvchilariga sinfdan tashqari o'qish uchun tavsiya etiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida kitobxonlik kompetensiyasini oshirish uchun avvalo kitobxonlik muhitini yaratish zarur. Buning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'zi kitobxon bo'lishi kerak. Respublika bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan 2023-yil 3-mayda kitobxonlik forumi o'tkazildi. So'rovnoma natijasiga ko'ra 1994- yil maktab o'quvchilarining kitobxonlik darajasi 24% ni tashkil qilgan bo'lsa, bugungi kunda bu ko'rsatgich biroz pasaygan.

Bilim kitob orqali qo'lga kiritiladi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig asarida" bilimning ahamiyatini yuksak darajaga ko'taradi. "Kishi bilimi bilan yechilmaydigan jumboq yo'q" deydi[5]. Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilqish maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tmoqda. O'quvchilarga avtomashinalar taqdim etilayotgani maktab o'quvchilari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etilishiga sabab bo'lmoqda.

O'quvchilarni kichik yoshdan kitobxonlikga qiziqtirish, sinfdan tashqari darslarda mutolla soatini ajratish, unda tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlar yuzasidan insho, bayon yozish yozma nutqini rivojlantirish, o'g'il-qizlarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishda ijobiy natijalarni ko'rsatadi.

REFERENCES

1. To'xliyev B., Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari, T., 1991.

2. "Baxtli bola ma'naviyati" - Uzluksiz ma'naviy tarbiya trilogiyasi. II qism. 3-7 yoshli bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha metodik qo'llanma. Tuzuvchi-mualliflar: A.Qodirov, M.Quronov va boshq. - Toshkent, "Ma'naviyat" nashriyoti, 2018. - 260 b.

3. "Umumiy pedagogika" - X.Ibraimov, M.Quronov, - T, "Shaffof", 2023-y.

4. N.Abdullayeva "Bolalar adabiyoti" - T, "Evrika" nashriyoti, 2024-y.

5. http:t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.