Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID TAJRIBALAR BILAN QUROLLANTIRISH USULLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID TAJRIBALAR BILAN QUROLLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
203
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
me’yor va standart

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilfuza Kamoljonova

Bolalarda kitobxonlikni aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida shakllantrish yosh jihatida ahamiyatlidir. Chunki bu davrda bolalarning xotirasi kuchli, ilm va yangiliklarga qiziqishi baland bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda bolalarning kitob mutolaasiga ota-onalar alohida e’tibor qaratadilar. Kichik yoshdagi bolalar to‘g‘ri ovqatlanish, sport to‘garaklariga qatnashi, badiiy va musiqiy san’atning bir turi bilan shug‘ullanishi bilan birga, kitob o‘qishga ham alohida vaqt ajratadilar. Bolalarga tanlanadigan kitoblar me’yor va standartlar asosida tasniflanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID TAJRIBALAR BILAN QUROLLANTIRISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI O'QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA OID TAJRIBALAR BILAN QUROLLANTIRISH USULLARI Dilfuza Kamoljonova

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10004883

Bolalarda kitobxonlikni aynan boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida shakllantrish yosh jihatida ahamiyatlidir. Chunki bu davrda bolalarning xotirasi kuchli, ilm va yangiliklarga qiziqishi baland bo'ladi. Rivojlangan davlatlarda bolalarning kitob mutolaasiga ota-onalar alohida e'tibor qaratadilar. Kichik yoshdagi bolalar to'g'ri ovqatlanish, sport to'garaklariga qatnashi, badiiy va musiqiy san'atning bir turi bilan shug'ullanishi bilan birga, kitob o'qishga ham alohida vaqt ajratadilar. Bolalarga tanlanadigan kitoblar me'yor va standartlar asosida tasniflanadi.

Kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar quyidagicha tasniflanadi:

1. Bosma kitoblar

2. Audio kitoblar

3. Qo'l telefoni orqali skayner qilinganda, ko'z o'ngimiza jonlanadigan vezual kitoblar.

Uslubiga ko'ra:

1. Badiiy kitoblar;

2. Ilmiy ommabop kitoblar.

Bolalar uchun mo'ljallangan badiiy kitoblar ham janoriga ko'ra o'z o'rnida quyidagi tartibda tasniflanadi.

1. She'riy kitoblar (she'riy ertak, she'riy qissa va h.k.)

2. Nasriy kitoblar (ertak, hikoya, rasmli hikoyalar, kichik hajmdagi qissa va fantastik qissalar)

Bezagiga ko'ra:

1. Matnli

2. Matnli va rasmli

3. Komiks kitoblar

Yevropada kichkintoylar uchun nashr etiladigan kitoblar o'qish uchun vaqtiga qarab ham ikki katta turga ajratiladi.

1. Uyquga ketishdan avval o'qib berishga mo'ljallangan (hikoya, ertak va cho'pchak) kitoblar;

2. Kunduz kuni mashg'ulotlar va mashg'ulotlardan tashqari o'qiladigan kitoblar. Ularning har birining muqovasiga qaysi yoshdagi o'quvchiga mo'ljallangani to'g'risida +0, +23, +5 kabi belgilar qo'yiladi.

Bolalar go'dakligidan bosqichma bosqich, muntazam kitob bilan tanishtirib boriladi. Kichkintoylarni mustaqil ovqatlanish, jismoniy harakatlar qilish va gapirishga qanday o'rgatilsa, kitob mutolaasiga ham shunday o'rgatiladi.

Janubiy Koreyalik professor Li Syong Xyonning pedagogik tadqiqotlarda bolani mutolaaga o'rgatishning bir qancha tajribalarini keltirib o'tadi. Tadqiqotlariga ko'ra, ota va ona kitobxon bo'lmay turib, bolalarda bu kompenetsiyani shakllantirish mushkil kechadi. "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deganlaridek, bolaning ko'z o'ngida ota-onalarning o'zlari kitobxon bo'lishlari talab etiladi. Kichkintoylarning aqlini tanish jarayonida ular asosan taqlid qilishga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

moyil bo'ladilar. Bolalarda kitobga mehr uyg'otish uchun eng avvalo ota-onalarning o'zlari kitobni sevishi kerakligini anglatadi. Ota-onalar akademiyasi o'qituvchilar bilan uzviy va faol ish olib boradi.

Bolalarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda ota-ona bilan ularga ta'lim beradigan o'qituvchilar ham birdek mas'ul bo'ladi. Kichik yoshdagi bolalar nimani o'qish, nimani o'qimaslik kerak, qaysi turdagi adabiyotlar ularning yoshiga mos yoki aksinchaligini ajrata olmaydi. Bolaga kitobni to'g'ri tanlab, tavsiya qilish bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy vazifasiga kiradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari sinfdan tashqari o'quv soatlarida o'quvchilarga badiiy kitob o'qish topshirig'i beriladi.

Kitob mutolaasi juda keng tushuncha bo'lib, jarayon amaliy va aniq fanlarga birdek taaluqlidir. Masalan, matematika fanini o'zlashtirish qiyin kechayotgan o'quvchiga "Quvnoq matematika", "Matematikadan tasvirli masalalar" kitobi o'qituvchilar tomonidan tavsiya etiladi. Kichkintoy raqamlarini tasavvurida jonlantirib, misol va masalalarni oson yo'l bilan ishlashga o'rganadi.

Mutolaa madaniyati gazeta va jurnallarni o'qish orqali ham shakllanadi. Shuning uchun bolalarni ko'proq badiiy adabiyot, kitob mutolaasiga qiziqtirish ahamiyatli.

Yigit-qizlarda kitobxonlik ko'nikmalarini uzviy ravishda shakillantirib boriladi. Bunda maktab darsliklari bilan bir qatorda o'quvchilar uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan badiiy kitoblar, badiiy jurnallarning o'rni muhim. Bu kabi davriy nashrlarning asosiy vazifasi -o'quvchining ham ilmini oshirish, ham ma'naviy tarbiya berishga qaratiladi. Rivojlangan mamlakatlarda bolalar uchun gazeta va jurnallar millionlab nushada nashr etiladi. Ularning nashr ishlariga yozuvchi, shoir, rassom, muharrirlar bilan birga ruxshunos, terapevt, pediatrlar keng jalb etiladi.

Xorijda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham maktabgacha ta'lim va boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun "G'uncha", o'rta va yuqori sinf o'quvchilari uchun "Gulxan" jurnallari chop etiladi. Ular o'quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan birga, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Mazkur nashrlar mazmun mundarijasi va yo'nalishi bilan bolalar gazetalaridan farq qiladi. "G'uncha" jurnalida "Tarbiya darsi", "Bisot", "O'zimiz ertak yozamiz" rukni ostida tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak, hikoya, rivyatlar doimiy ravishda berib boriladi. Kichik va o'rta yoshdagi bolalar qahramonlar obrazi misolida rostgo'ylik, halollik, to'g'rilik kabi insoniy hislatlarni o'rgansa, aksincha, yolg'onchilik, dangasalik, bilimsizlik kabi nuqsonlar tufayli o'nglanib bo'lmas vaziyatlarga tushib qolish mumkinligi haqida o'qib, uqadilar.

"Gulxan" jurnalining "Odob bo'stoni", "Ibrat", "Dugonajon" sahifalarida o'smir yoshidagi maktab o'quvchilarini odob-ahloqqa chorlaydigan rivoyat, hikoya, maqolalar berib boriladi.

Bolalar gazeta va jurnallar orqali badiiy adabiyotning sara namunalari bilan tanishtirib boriladi.

Bolaning fe'l-atvori, shaxs sifatida o'zini tanib borishi aynan 7-12 yosh davr oralig'iga to'g'ri keladi. Abdulla Qahhorning "Adabiyot atomdan kuchli!", degan fikrlari negizida badiiy adabiyotning kishi xulqiga katta ta'sir ko'rsata olishi nazarda tutiladi. Bolalarga ertak, hikoya va rivoyat shaklida keltirilgan tarbiyaviy ta'sirga ega voqyea-hodisalar ulardagi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda kichik yoshda muhim hisoblanadi. Buni boshlang'ich sinf o'qituvchilari doimo yodda tutishlari lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Adabiyot so'zining ildizlari adab so'zi bilan qorishib ketganligi sharqda komil inson tarbiyasi hamisha davlat e'tiboriga molik masala bo'lib kelganini turkiy tilda ijod qilgan bobokalonlarimiz Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Mir Alisher Navoiyning "Mahbub ul qulf", Bobur Mirzoning ruboiylari va Zebinisoning g'azallari, Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarlarida ham ko'zga tashlanadi.

Bolalarning kitobxon va kitobsevar shaxs qilib tarbiyalash uchun avvalo ularga ta'lim va tarbiya beradigan o'qituvchilar kitobxon bo'lishi zarur. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilari bolalar yoshiga mos va xos badiiy va ilmiy asarlar bilan yaqindan tanish bo'lsa, bolalar uchun ijod qiladigan ijodkorlarni yaqindan bilsa, bolalar ham yozuvchi va shoirlarni yaqindan taniydi. Germaniyada boshlang'ich ta'limda badiiy adabiyotga ham alohida e'tibor qaratilar ekan. Germaniya maktablarida boshlang'ich sinflarda ustoz kichkintoylarga bitta badiiy kitobni (yilda bir marta) tavsiya qiladi. Ota-onalar do'konga borib o'sha kitobni sotib olishar ekan. So'ngra hamma bolalar kitobni uyida o'qib, sinfda keng muhokama qilishar ekan. Kitob nima haqida, u qaysi tomondan yoqdi yoki aksincha nega yoqmadi?... Germaniya ta'limiga joriy etilgan bu metod orqali bolalar kichikligidan kitob mutolaasiga o'rgatib boriladi.

O'zbek maktablarida ham sinfdan tashqari o'qish uchun dars soatlari ajratiladi. O'quvchilar darslikdan tashqari matnlarni o'qib, uni dars mashg'ulotlarida tahlil qiladilar. Shuningdek, ta'til vaqtida ham sinfdan tashqari o'qish uchun badiiy adabiyotlar tavsiya etiladi. Bolalar o'ziga yoqqan ertak qahramonlari asosida insho yozadilar.

Bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdabola tarbiya topadigan atrof-muhit bilan bir qatorda, ularga ta'lim beradigan o'qituvchilarning xizmati katta bo'ladi. Shu sabab bo'lajak o'qituvchilar o'g'il-qizlarimiz ruhiyatida kitobga mehr uyg'otishi uchun o'zlari ham kitobxon o'qituvchi, ustozlar bo'lishi zarur. Shiddiat bilan o'tib boryotgan internet asrida yoshlarni axboriy xurujdan asrash uchun ularda badiiy va ilmiy asarlar, gazeta va jurnal mutollasini to'g'ri shakllantirish katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. To'xliyev B., Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari, T., 1991.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son Qarori. "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami" 2020- yil 19- oktyabr, 41-son, 451-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida PQ-3160 Qarori. 2017 yil 28-iyul. https://lex.uz/ru/docs/-4071203.

4. Baxtli bola ma'naviyati. Uzluksiz ma'naviy tarbiya trilogiyasi. II qism. 3-7 yoshli bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha metodik qo'llanma. Tuzuvchi-mualliflar: A.Qodirov, M.Quronov va boshq. - Toshkent, "Ma'naviyat" nashriyoti, 2018. - 260 b.

5. http://www.chidlitassn.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.