Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI VA IMKONIYATLARI'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI VA IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / insonparvarlik / insonparvar yondashuv / hamkorlik pedagogikasi / samaradorlik / o‘quvchi / o‘qituvchi.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ochilov Fariddun Izatulloyevich, Avazxonov Shohnazar Gulnazarzoda

Maqolada o‘quv amaliyoti davrida boshlang‘ich sinfning Tarbiya darslarini kuzatish asosida o‘quvchilarda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishning mavjud holati va bu jarayonni rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI VA IMKONIYATLARI»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING

MAVJUD HOLATI VA IMKONIYATLARI 1Ochilov Fariddun Izatulloyevich, 2Avazxonov Shohnazar Gulnazarzoda

1ChDPU "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b., p.f.b.f.d. (PhD), 2ChDPU "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 4-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10679629

Annotatsiya. Maqolada o'quv amaliyoti davrida boshlang'ich sinfning Tarbiya darslarini kuzatish asosida o'quvchilarda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishning mavjud holati va bu jarayonni rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya, insonparvarlik, insonparvar yondashuv, hamkorlik pedagogikasi, samaradorlik, o'quvchi, o'qituvchi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ta'lim-tarbiya jarayoni yaxlit jarayon bo'lib, uni uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina aqlan va jismonan sog'lom, o'z Vataniga sadoqatli burch va mas'uliyatga ega, insoniy fazilat va xususiyatlar sohibi bo'lgan, ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ulari barqaror shakllangan o'quvchi yoshlarni tarbiyalash imkonini beradi. Buning uchun esa boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish, boshlang'ich sinfda o'qitilayotgan "Tarbiya" fani orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari hamda kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, malaka, ko'nikmalarni ta'lim mazmuniga singdirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yurtimizda inson manfaatlarini himoya qilishga, uni qadrlashga, har bir insonning shaxsiy barkamolligini ta'minlashga xizmat qiladigan demokratik munosabatlar va qadriyatlarga suyangan huquqiy tizim shakllantirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish orqali noyob milliy qadriyatlar hisoblangan insonparvarlik, iymon-e'tiqod, rahm-shafqat, muruvvat, diyonat, or-nomus kabi fazilatlar egalarini tarbiyalashdan iboratdir.

O'zbekistonning barcha sohalarda olib borayotgan chuqur islohotlaridan ko'zlangan asosiy maqsad - "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. [2]

Bosh qomusimizning 18-moddasida "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil erkinlikga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar" [1] deyiladi. Qonundagi ushbu fikr va mulohazalardan ko'rinib turibdiki, insoniylikni ta'minlash uchun insonga xos bo'lgan barcha fazilatlari e'tibordan chetga qolmaganligini ko'rish mumkin. Chunki, insonparvarlik normalari va burchlarining buzilishi o'zaro birdamlikka salbiy ta'sir ko'rsatib, shaxs ma'naviy tarbiyasini izdan chiqishiga olib keladi. Bunga o'tmishimizning o'zi ham guvohlik bergan quydagi haqiqatlarni keltirish mumkin:

Inson tarbiyasi, insonni nuqsonlar, kamchiliklar, gunohlardan qutqarish ulug' siymolarimizning qayg'usi bo'lib kelgan. Ular savob va gunoh, soya va nur, rahmon va shayton, xayr-u shar chegarasida yaratilgan inson degan yashirin xilqatni anglash, unga rahmoniy va

shaytoniy quvvatlarni qachon, qayerda kuchga kirishi, bu kuchlarning sababi nima ekanligini tushunishga jiddiy qaraganlar.

Insonparvarlik g'oyasi, unga e'tiborning qaratilishi Yevropada XV-XVI asrlarda keng tus olgan bo'lsa, bizning zaminimizda ya'ni O'rta Osiyoda esa IX-XII asrlarda to'la shakllangan edi. Ularning insonparvarlikni targ'ib qilgan adabiy-ilmiy merosidagi nazariy fikrlari bugungi kunda ham shaxs ma'naviy tarbiyasining asosini tashkil etmoqda. Masalan, Alisher Navoiy ijodining markazida insonlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, saxovat markaziy o'rinni egallaydi:

Odami ersang demagil odami, Onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami.

A.Navoiy ijodidagi insonparvarlik g'oyalari insonni sevish, unga g'amxo'rlik qilish g'oyasi barcha bunyodkor mafkuralarning asosini tashkil etadi. Navoiy bobomiz nazdida inson qalbi musulmon olami uchun eng muqaddas go'sha hisoblanib: Kimki bir ko'ngli buzuqni xotirin shod aylagay, Onga borki ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay [3]. deydi.

Navoiyning insonparvarlik g'oyalari XIV-XV asr Markaziy Osiyoda ro'y bergan uyg'onish davrining ma'naviy asosi bo'lishi bilan buyuklik kasb etadi.

O'quvchi yoshlar shaxsida inosparvarlik his-tuyg'ularini shaklantirish orqali insonparvarlikning tayanch fazilatlarini tarkib toptirishda pedagogika nazariyasining asosiy tushunchalaridan "ta'limni insoniylashtirish", "ta'limni insonparvarlashtirish", "ta'lim-tarbiya jarayoniga insonparvar yondashuv" kabi tushunchalar nazariy asos hisoblanadi. Ta'limni insoniylashtirish - ta'lim jarayonida o'quvchi yoshlarning ustuvor o'rin tutishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish, qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotda o'z o'rnini topib olish uchun sharoit yaratishdan iborat.

Bugungi kunda "Ta'limni insonparvarlashtirish" - bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hurmatga asoslangan qarashlari, har bir insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, uning salomatligini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish hissi, shaxsiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayoni. Ta'lim-tarbiya jarayoniga insonparvarlik yondashuvi insonning ongli tajribasi, uning yuksak qadriyatlarini ongli o'rganishga qaratilgan. Har bir insonning qiziqishlari, his-tuyg'ulari, kayfiyati, xarakteri, moyilliklarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish mazkur yondashuvning asosini tashkil etadi. [4; 98-99 b.]

Boshlang'ich sinf o'quvchi yoshlarida insonparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirish orqali ularda insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishda har bir bolada shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, o'quvchilik ijtimoiy maqomiga mas'uliyat bilan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu jarayonda o'quvchi sinfdoshlariga xayrixoh bo'lib, ta'lim jarayonidagi o'quv topshiriqlarini puxta o'zlashtirishga, sidqidildan aqliy mehnat qilish orqali har bir o'quvchining o'qishdagi muvaffaqiyati sinf jamoasining muvaffaqiyatiga olib kelishini tushunib yetishga zamin yaratadi. Bu esa o'quvchilarda ta'lim jarayonida hamfikr bo'lish, qo'yilgan vazifa yechimini topishda birgalikda qayg'urish, vazifa yechimini maqsadga muvofiq birgalikda ijod qilish malakasini topganidan huzurlanish, shakllanishga imkon beradi.

Amaliyot davrida boshlang'ich sinf o'quvchilarini kuzatish shuni ko'rsatdiki, bu yoshda o'quvchilar juda qiziquvchan bo'lib, ularning bu qiziqishlari atrof olamni (ijtimoiy hayotni, tabiatni), undagi o'zgarishlarni idrok qilishga qaratilgan bo'lib, ushbu jarayonda ko'rgazmali obrazli tafakkur boshlang'ich sinf o'quvchisi tafakkurining asosiy turi ekanligi tasdiqlandi. Masalan, «Sen qanday insonni o'rtoq, do'st deb hisoblaysan» degan savolga o'quvchilar sinfdagi o'rtoqlarining ismini aytib javob berdilar. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarining

ta'lim-tarbiya jarayonida ko'rgazmalilik va aniqlikka asoslanish zarur. Ayniqsa, o'quvchilarda insoniylikka oid tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishda hayotiy dalillar, asar qahramonlari, buyuk siymolar hayotidagi yorqin lavhalar yoki ijtimoiy hayotimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalardan misollar keltirish orqali o'quvchi ongiga yetkazish muhim hisoblanadi.

Ayniqsa, o'quvchining axloqiy-hissiy tuyg'usiga ta'sir etuvchi solishtirish, qiyoslash, tahlil qilish, sintez qilish orqali nafaqat o'quvchining axloqiy ong va tushunchasini, balki uning hissiy olamini ham maqsadga muvofiq shakllantirish mumkin. 1-sinfdagi «Tarbiya fani» darsligidagi rasm va illyustratsiyalarning mazmunini qiyoslash orqali o'quvchida rasm mazmunidan qoniqish, qoniqmaslik, kayfiyatni ko'tarish yoki kayfiyatning tushib ketishi, yaxshi ko'rish, nafratlanish, zavqlanish, hayron qolish, g'ururlanish, minnatdor bo'lish kabi ijobiy va salbiy emotsional hissiy holat ko'rinishlarini yuzaga kelishiga yo'naltiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida insonparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishda sinf o'quvchilari jamoasidagi tenglikka asoslangan ijobiy muhit, ko'tarinki kayfiyat, o'zaro do'stona munosabat, muloqotga kirishuvchanlik, bir-birini tushuna olish va kechira olish, toqatlilik, bag'rikenglik, qiyin daqiqalarda bir-biriga ko'maklashish mas'uliyatlilik, rahmdillik kabilar kuzatildi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida bir-birlarini yaxshi bilib olishlariga, bir-biriga nisbatan xayrixoh bo'lib o'zaro do'stlashishga, sinfdoshlarining o'zlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlanishiga, o'zlariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo'lishlariga, ijobiy hamkorik muhitiga ega ekanliklariga, o'zlari va sinfdoshlariga nisbatan ishonch hissini tuyganliklarida namoyon bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi idrokning aniqligi, fahmning tezligi zukkolik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu xususiyat ularda atrofdagi voqea-hodisalarga faol munosabatda bo'lish, idrok qilinadigan narsalarni his-tuyg'u bilan, diqqat-e'tibor bilan qarash, taqlid qilish va tasavvur etish jarayonida shakllana boradi. Shuning uchun bu davrda bolalarning muloqotga bo'lgan ehtiyojini ijtimoiy ehtiyojga aylantirish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida insonparvarlik his-tuyg'ularini maqsadga muvofiq shakllantirishda o'qituvchi o'quvchilarning do'stlashishi, bir-birini tushunishi, ijobiy xulq-atvorga kirishishlari uchun zamin hozirlashi kerak. O'quvchilar o'zaro baland ovozda gapirmasliklari, bir-biriga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishlari, zarur vaziyatlarda o'zlarini tuta bilishlari va xatti-harakatlarini nazorat qilishni ta'minlashi muhim. O'quvchilarda hayotiy tajribaning yetishmasligi tufayli ular orasida ishchan, do'stona muloqot o'rnatish murakkab kechadi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarni hamkorlikdagi faoliyatga jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va qo'llashi, ularning individual xususiyatlarini chuqur tahlil qilishi va har tomonlama o'rganishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida insonparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirish orqali ularda insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishda har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, o'quvchilik ijtimoiy maqomiga mas'uliyat bilan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2017. - 77 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. -B. 464

3. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. - T.: "Nihol" nashriyoti. 2011. - B. 252

4. Pedagogika: entsiklopediya. II jild / Tuzuvchilar: jamoa. - Toshkent. "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. - 376 b. 98-99

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.