Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG‘LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG‘LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
93
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Inson / qadr / ulug’lash / insonparvarlik / axloq / qadriyatlar / ta`lim / o`quvchi / o`qituvchi / natija / psixologiya / individual / mahalla / oila / sinfdan tashqari tadbirlar / tarbiya / odob / jamiyat / Vatan / g`amxo`rlik / rahmdillik / samimiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saparboyeva Dilshoda Sobir Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirishning omillari va funksiyalarining yo‘nalishlari, mazmuni ta’lim-tarbiya, jarayonlarini takomillashtirishda va o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG‘LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INSON QADRINI ULUG'LASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Saparboyeva Dilshoda Sobir qizi,

University of science and technologies "Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim" kafedra mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.7995435 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning omillari va funksiyalarining yo'nalishlari, mazmuni ta'lim -tarbiya, jarayonlarini takomillashtirishda va o'quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.

Kalit so'zlar: Inson, qadr, ulug'lash, insonparvarlik, axloq, qadriyatlar, ta 'lim, oquvchi, o'qituvchi, natija, psixologiya, individual, mahalla, oila, sinfdan tashqari tadbirlar, tarbiya, odob, jamiyat, Vatan, g amxo rlik, rahmdillik, samimiyat.

Bugungi kunda zamon talablari darajasida shaxsni shakllantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu soh ani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish yo'nalishlarida inson qadrini ulug'lash muhim o'rin tutadi. Uning xulq-atvori, yurish-turishi, tarbiya, odobi jamiyat hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o'zida mujassam etadi.

Inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish omillari_

Kishilarning hayoti, ishlab chiqarish jarayoni, ijtimoiy siyosiy va huquqiy faoliyati_

Oila va kundalik turmush, munosabat, xulq-atvor, yurish-turish, adolat, sadoqat, burch, baxt Jamiyat o'rtasidagi ob'ektiv aloqadorlik, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirish Insonning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish, ijtimoiy munosabat taraqqiyoti, har bir

shaxsni kamol toptirish_

Oilaviy burch, o'zaro hurmat, or-nomus kabi an'analarni avloddan-avlodga o'tkazish, adolatli

jamiyat qurish, baxtli yashash ehtiyoji va manfaatlarini rivojlantirish_

Ushbu jarayonda o'qituvchining pedagogik mahorat muhim o'rin tutadi. O'qituvchi har bir o'quvchida insonga e'tibor, shirinso'zlik va odamshinavandalik bilan ularning ruxiyatiga ijobiy ta'sir etish, yomon oqibatlar oldini olish va uni nihoyatda ehtiyotlik bilan ma'lum qilish bilan birga ularga qo'pol gapirish, hayqirish, ularning hayratga tushish, iztirob chekish, nojo'ya xatti-harakatlar, ayniqsa, ta'magirlik qilish kabi salbiy holatlarni oldini olishda ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi o'zining yuksak axloqiy xislatlarini namoyon qilib, o'quvchilarning jismonan sog'lom rivojlanishida o'zining salmoqli hissasini qo'shadi. Chunki o'qituvchi o'quvchilarni eng zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularni hayotga tatbiq etishning yo'llarini ko'rsatib berishda ta'lim-tarbiya berish, talabchan bo'lish, ularni o'z bolasidek sevib tarbiya qilish, o'z fikrlarini aniq ifodalay olish, o'z ustida tinmay ishlash, o'quvchilarning qalbida bilimga chanqoqlik hissini uyg'otish, turmushda o'z xulq-atvorini qattiq nazorat qilib, shu asosda ularga har sohada doimo ibrat bo'lish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek o'quvchilarga zamonaviy ilm sirlarini o'rgatish, ta'lim-tarbiya berish, ularda mehnatsevarlik, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlash, Vatanni muqaddas deb bilish kabi xususiyatlarini rivojlantiradi. Bu o'rinda boshlang'ich sinf o'qituvchisining ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarini rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi si nf jamoasining tinch-totuv yashashlari uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, jamiyat manfaati va

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

extiyojiga oida tadbirlarni tashkil etish, o'ta xavfli va qiyin ziddiyatli va zalvarli sharoitlarda ham ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish kabilarni amalga oshiradi. O'quvchilarda faoliyatida burch, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmuini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonda o'quvchilarda axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlar, mehnat faoliyatidagi xatti-harakatlari uning ongi orqali boshqariladi. Chunki axloqiy ong o'quvchilarning xis-tuyg'ulari va odatlarining majmui bo'lib, ularning qarashlari va kechinmalarida namoyon bo'ladi. O'quvchilarning inson manfaatlariga oid tushuncha, g'oya, qarash, ishonch, tuyg'u, xissiyotlarini bir butun tizim asosida rivojlantiradi. O'quvchilarda ong, fikr-mulohazalarni rivojlantirish darajalari kundalik-hissiy va aqliy-nazariy darajalarga ega bo'lib, ushbu jarayonda shaxs tuyg'ulari, hissiyotlari uning munosabatlarini takomillashtiradi. O'quvchilarning hissiyoti ularning sodir etgan xatti- harakatlari, muomalalari, ma'qullashlari yoki qoralashlari, ularga nisbatan axloqiy mamnuniyat yoki axloqiy norozilik izhor qilishlariga qarab ijobiy va salbiy turlarga bo'linadi. O'quvchilarning shaxsiy hislatlarini namoyon qilishda paydo bo'ladigan vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, g'urur, o'z xatti-harakatlaridan qoniqish, o'z qilmishidan hijolatga tushish hissiyoti, odamlarga yordam berish, ularning hojatini chiqarib, ko'nglini olish hamda boshqa xayrli ishlar qilish jarayonida yuzaga keladigan yaxshilik qilish, ezgulikka intilish fazilatlari, o'zaro munosabat vaqtida paydo bo'ladigan g'amxo'rlik, ishonch, hurmat, samimiyat, rahmdillik hissiyotlari, sodir etilgan xatti-harakatlarga jamoat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan axloqiy norma, prinsip va qonun-qoidalar nuqtai nazaridan baho berish, ulardagi ijobiy va salbiy qadriyatlarni, insonning ularga munosabatida o'quvchi hissiyotlar, hamda insoniylik bilan ijtimoiylikni o'zaro uyg'unlashtirishda axloqiy qoidalar, normalar, prinsiplarni ishonch-e'tiqodiga aylantirish, uning ijodiy faolligini oshirish bilan birga shaxsning o'zligini anglash, ichki imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirish muhim hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda tarbiyaviy tadbirlar funksiyasi muhim o'rin tutadi. Ushbu jarayonlar aniq bir maqsadni ko'zlab, tegishli vositalar, usullar orqali harakatlarni amalga oshirish asosida shaxs faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ularda yaxshilik, adolat, samimiyatlarni takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu jarayonlarning mazmuniga ko'ra, o'qituvchi adolat haqida fikr yuritishda insoniylikka mos keluvchi ishonch, o'zaro hurmat, xushmuomala lik kabi vositalardan ham foydalanishi mumkin. Bu maqsadni amalga oshirishda qo'llaniladigan tarbiya jarayonining mazmuni o'quvchilar orzu-umidlarining ruyobga chiqishiga yordam beruvchi yaxshi oqibatlarni keltirib chiqarishi bilan tavsiflanadi. Ushbu jarayonlar tarbiyaviy tadbirlar mazmunini tashkil etish jarayonida o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantiradi.

Demak, o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda ular hayotida o'ziga xos o'rinlardan birini egallaydi. Chunki ushbu jarayonda o'quvchilarning o'zaro munosabatlari, ularning guruhlari, sinf jamoalaridagi aloqalari, bog'lanishlari, ta'siri va boshqarishlari bilan bog'liq o'zaro munosabatlarni uch guruhga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga inson qadrini tushunmaydigan, yaxshi o'qimaydigan, darslarga o'z vaqtida kelmaydigan, tadbirlarda faol qatnashmaydigan, sinf jamoasiga bo'ysinmaydigan, o'qituvchi va ota-onasi talablarini bajarmaydigan o'quvchilarni ko'rsatish mumkin.

Ikkinchi guruhga o'quvchilar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda kattalar va kichiklarni hurmat qiladigan, o'qituvchi va ota-ona talablarini o'z vaqtida bajaradigan, insonni hurmat qiladigan o'quvchilarni ko'rsatish mumkin.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Uchinchi guruhga esa o'quvchilarning o'z o'quv faoliyatiga bog'liq bo'lmagan hollarda, ya'ni oilada, turmushda, xullas, o'qishdan bo'sh vaqtlarida yuz beradigan munosabatlarda o'z burchi, ma'suliyati, faoliyatlarini namoyon eta oladigan, xuquq va burchlarini amaliyotda bajara oladigan shaxslarni ko'rsatish mumkin. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishda ular o'rtasidagi o'zaro manfaatlar, axloqiy madaniyat prinsipi uyg'unligini ta'minlash, har bir shaxsning xulq- atvorini baholash, har bir jarayonda adolat talablari asosida yondashish, axloqiy tarbiyaning eng maqbul vositalaridan biri bo'lgan ishontirish usulidan keng foydalanish kabilar ularda e'tiqod, iymon, ijodiy fikrlash munosabatlarini takomillashtiradi. Ular o'zaro uzviy birlikda bo'lib, bir-birlarini to'ldirish bilan birga har qanday munosabatlarni axloqiy jihatdan rivojlantirish, boshqarish va qo'riqlash vazifalarini amalga oshiradi. O'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish jarayonida o'qishni xoxlamaydigan, darslarga o'z vaqtida kelmaydigan, mustaqil bilim egallashni xoxlamaydigan, o'quvchilarning ota-onalari bilan munosabatda bo'lish, ularning ahvolini nazorat qilib turish; ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kabi ishlar bilan shug'ullanish o'qituvchi mahoratiga bog'liq. Shunga ko'ra, o'qituvchining ota-ona, sinf jamoasi, maktab rahbarlari kabilarning faoliyatida amalga oshirgan ishlari o'z samarasini ko'rsatdi. Ushbu jarayonda o'qituvchilar tomonidan ta'lim-tarbiyaga qo'yiladigan axloqiy talablar, qonunlar, nizomlar va yo'riqnomalarni o'rganish, jasurlik, adolat va sadoqat bilan har bir ishga beg'araz va xolis yondashish, ta'lim sifatini oshirish, yuksak axloqiy xislatlarga ega bo'lish kabilarga ega bo'lish o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish konsepsiyasi hisoblanadi. Ushbu jarayonda o'qituvchi insonning qadr-qimmatini hurmat qilish va qonunni buzganlarga nisbatan insoniy munosabatda bo'lishga asoslanadi, ya'ni umuminsoniy axloq normalariga amal qiladi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy an'analari va urf-odatlari, ta'lim-tarbiya xususiyatlari, normativ xujjatlar va. jamoatchilik fikri ularning o'quvchilarida inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning asosiy manbalari bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim islohotlari va uning taraqqiyoti inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirishning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Jahon taraqqiyoti tajribalaridan foydalanish, yangi O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirish, xalqimiz, millatimiz amaliy faoliyatini umumiy maqsad sari yakdillik bilan harakatga da'vat etish jamiyatning rivojlanishi, olg'a tomon harakat qilishini osonlashtiradi, millatni, barcha fuqarolarni umumiy maqsad yo'lida birlashtiradi. Yangi

O'zbekiston taraqqiyoti sharoitida xalqining ruhini, xis-tuyg'usini, milliy g'ypyp va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan buyuk g'oyaviy kuch sifatida odamlarga, ularning amaliy faoliyatiga, axloqiy barkamolligiga, g'oyaviy- siyosiy yetuklik darajasiga, milliy o'zligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olishlariga bevosita bog'liq. Chunki o'z qadriga yetmagan inson bilan jamiyat taraqqiyotini, yangi O'zbekiston bilan bog'lik bo'lgan ulkan vazifalarni bajarishga safarbar etish mumkin emas. Insonning faoliyati uning o'z qadriga, faoliyatiga qat'iy amal va e'tiqod qilishiga bog'liq. Inson qadrini ulug'lash madaniyati yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida o'zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste'dodni baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoyilarisiz mamlakatni dunyoda eng boy, ilg'or davlatga aylantirish mumkin emas. Yangi O'zbekistonning eng yaqin va oliy kelajagi bilan bevosita bog'lik bo'lgan ana shu va boshqa vazifalarini amalga oshirishda o'z qadri, tafakkuri, amaliy ishlarini amalga oshirish milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g'ururning o'sishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, u keng

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

jamoatchilikni xalqimiz va millatimizning kuch-qudrati va imkoniyatlariga, g'oyaviy-siyosiy jihatdan bir butun va yaxlitligiga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan mahalliychilik, guruxbozlik, qabila-urug'chilik munosabatlariga qarshi murosasiz kurash olib borishga da'vat etadi. Inson qadrini ulug'lash bu milliy xamkorlik, milliy hamjihatlikning kuchayishiga ko'mak beradi. U yetuk milliy ong, milliy g'ypyr, milliy qadriyatlar, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg'usini shakllantiradi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. "O'zbekiston" Toshkent-2022 yil

2. U.Mahkamov, D.Mahkamov, N.Mahkamova, D.Isroilova. Tyutor pedagogik faoliyatini tashkil etish.. "ZERO PRNT" Toshkent-2022 yil

3. Luiza Xey Eng sara asarlari "BOOK MEDIA NASHR" Toshkent-2020

4. Jon Grey. Eng sara asarlari "BOOK MEDIA NASHR" Toshkent-2020

5. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021.

6. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

7. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

8. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLO GIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

9. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

10. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

11. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

12. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

13. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

14. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

15. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

16. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

17. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

18. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

19. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

20. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.