Научная статья на тему 'IJODKOR SIYMOSIGA BADIIY CHIZGILAR (XOTIRA-ESSELAR)'

IJODKOR SIYMOSIGA BADIIY CHIZGILAR (XOTIRA-ESSELAR) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
621
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
XOTIRA-ESSE / IMPROVIZATSIYA / FALSAFIY-ESTETIK ESSE / ADABIY-TANQIDIY ESSE / TARIXIY-BIOGRAFIK ESSE / IJTIMOIY-SIYOSIY ESSE / BADIIY-PUBLITSISTIK ESSE / FANTASTIK ESSE

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kazakova G.Q.

Maqolada xotira-esselarning o`zbek adabiyotidagi o`ziga xos o`rni, tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan adabiyotning boshqa janrlari bilan bevosita aloqadorligi tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC DRAWINGS (MEMORIES-ESSAYS) FOR THE CREATIVE PERSONALITY

In the article, the special place of memoir-essays in Uzbek literature. The direct connection of literature with other genres from the point of view of historical development is analyzed.

Текст научной работы на тему «IJODKOR SIYMOSIGA BADIIY CHIZGILAR (XOTIRA-ESSELAR)»

Kazakova G. Q.

Urganch State University

IJODKOR SIYMOSIGA BADIIY CHIZGILAR (XOTIRA-ESSELAR)

Annotatsiya: Maqolada xotira-esselarning o^zbek adabiyotidagi o^ziga xos o^rni, tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan adabiyotning boshqa janrlari bilan bevosita aloqadorligi tahlil qilingan

Kalit so^zlar: xotira-esse, improvizatsiya, falsafiy-estetik esse, adabiy-tanqidiy esse, tarixiy-biografik esse, ijtimoiy-siyosiy esse, badiiy-publitsistik esse, fantastik esse.

Kazakova G.Q.

Urganch State University

ARTISTIC DRAWINGS (MEMORIES-ESSAYS) FOR THE CREATIVE

PERSONALITY

Abstract: In the article, the special place of memoir-essays in Uzbek literature. The direct connection of literature with other genres from the point of view of historical development is analyzed.

Key words: memoir-essays, improvisation, philosophical-aesthetic essay, literary critical essay, historical-biographical essay, social-political essay, artistic-journalistic essay, fictional essay.

O'zbek adabiyotida esse janri ko'proq improvizatsiya asosida yuzaga keladigan janr bo'lib, adabiyot tarixi, hozirgi adabiy jarayonning muayyan muammolari, yozuvchi va ijodkorlar ma'naviy dunyosi, biron bir asar yaratilish tarixi, asar mavzusi yuzasidan muhokama va mushohadalar majmuyi hisoblanadi. Esselarni mazmun va tuzilish jihatdan: falsafiy-estetik, adabiy-tanqidiy, tarixiy-biografik, xotira, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-publitsistik va fantastik esselarga bo'lib o'rganish mumkin. Adabiyotda esse janri boshqa janrlarga nisbatan keyin paydo bo'lishiga qaramay bu kabi tasniflanishga erishilishi, ijodkorlar aynan shu janrning eng noyob durdonalarini yaratib kelayotganligi, esse janri taraqqiyot cho'qqisini zabt etganligidan dalolat. Bevosita esse janrining keng imkoniyatlari, yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlarda erkin fikrlash imkoniyatini beruvchi, an'anaviylikdan voz kechib hayotni turli bo'yoqlarda aks ettirish imkoniyatini ham beruvchi janr sifatida maydonga keldi.

Yuqorida tasniflangan esse turlari ichida xotira-esselar o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan adabiyotning boshqa janrlari bilan bevosita aloqadorligi ta'kidlanadi. Esselar dastlab badi'alar tarzda namoyon bo'lar ekan, sharqda Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino

risolalaridagi teran muhokamalarga asoslangan ibratomuz bitiklarda ham badiiy xotiralar namoyon boladi.

Keyinchalik Alisher Navoiy yaratgan "Majolis un-nafois" tazkirasi, "Hayrat-ul abror"ning ayrim boblari ("Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy madhi", "Abdurahmon Jomiy madhi", "Husayn Boyqaro madhi", "Badiuzzamon haqida"), "Mahbub-ul qulub" asari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari esse janri yuzaga kelishidagi dastlabki namunalar sifatida e'tirof etiladi. Aynan "Boburnoma" esse janrining turfa xil janr unsurlarini ozida namoyon etgan memuar asardir. Adabiyotshunos S.Umirov "Boburnoma" ilm, badiiyat, maqolanavislik, ocherk, esse xususiyatlarini ajib tarzda mujassam etgan go'zal sinkretik asardir" deya ta'riflagan edi. [5:76] Muallif voqealarga va qahramonlarga o z nuqtayi nazaridan obyektiv baho beradi. Asardagi voqelik tarixiy zamon va makonda aks ettiriladi. Ana shu memuar jihatiga kora "Boburnoma" sof xotira asardir. Aynan shu asar badiiy, ilmiy, hatto publitsistikaga xos ocherk, yol xotirasi, ilmiy mulohaza shaklidagi esse janri unsurlarini ham yaxlit bir butunlikda namoyon etgan. Shu sababdan "Boburnoma"ni esse tipidagi asar deyishimiz mumkin.

Keyinchalik yaratilgan Muqimiy qalamiga mansub "Sayohatnoma" asari ham yo'l xotiralari va avtobiografik yo'nalishdagi asar hisoblanib esse janri taraqqiyotida o'ziga xos o'ringa ega. Asarning "Qoqondan Shohimardonga", "Qoqondan Fargonaga", "Qoqondan Isfaraga" qismlarida ijodkorning qishloqlarga bergan ta'rif-u tavsifi shaxsiy kechinmalar asosida qalamga olingan bolib esse yaratilish tamoyillarida ham aynan shu jihat ustunlik qiladi. Ya'ni erkin fikr, rang-barang mavzu, ijodkor ruhiy olami tasviriga qaratilgan voqea-hodisa yoki shaxs haqida shaxsiy mulohaza hamda qarashlarni ifodalovchi bu janr imkoniyatlari shu zaylda taraqqiy etgan va adabiy tanqidchilikda oziga xos o'ringa ega.

Hozirgi adabiy jarayondagi xotira-esselar shakllanishida aynan mana shu tarixiy taraqqiyot asosiy bosqichni o tagan desak bu ayni haqiqat. Ijodkorlar S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev, O.Sharafiddinov, I.Gafurov, A.Muxtor, N.Fozilov, O .Umarbekov, A.Oripovlar o zining xotira-esselari bilan o zbek adabiyotini boyitdi. O zbek xotira-esselarida mashhur shaxslarning hayoti va ijodi, dunyoqarashi, fe'l-atvori, madaniy saviyasi, xarakteri yozuvchi nuqtayi nazari bilan ochiladi. Ayni shu jihat esse yaratish tamoyillariga to'la mos keladi.

O.Sharafiddinovning "Dovondagi o'ylar" kitobidagi "Mustaqillik me'mori" xotira-essesi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov haqida bo'lib, ilk yolboshchimizning siyosat maydoniga kirib kelishidan tortib, istiqlol yillariga qadam qoyishdan avvalgi xalqning tahlikali va o ta og ir turmush sharoiti, moddiy va ma'naviy muammolarni bartaraf qilishdagi byurokratik tizimni parchalashdagi sa'y-harakatlari hamda istiqloldan keyingi bunyodkorlik ishlariga tashabbuskorligi yoritiladi. "Tarixdan ma'lumki, mustaqillikka erishmoq - juda mushkul ish. Lekin uni saqlab qolmoq, istiqlol yo'liga kirgan olkani bohronlar botqog'idan

olib chiqmoq, turli-tuman yovuz kuchlar xurujidan asramoq yanada qiyinroq ekan. Buning uchun yakka niyat va xohishning ozi kifoya qilmaydi. Bu ish beqiyos fidoyilikni, chinakam qahramonlik va dovyuraklikni, yuksak aql-zakovat, ulkan jismoniy va ma'naviy salohiyatni talab qilar ekan". [6:22]

"Mustaqillik me'mori" xotira-essesida O.Sharafiddinov mustaqillik osonlikcha qolga kiritilmaganligini ta'kidlar ekan, ilk Prezidentimiz I.A.Karimovni "Istiqlol me'mori" deya ataydi. Uning me'morligi mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beradigan turli xil loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda rahbarlik qilishdan iborat bolmaganini, oz hayotini tahlika ostiga qoyib bolsa ham yurt tinchligini asrashda kamarbasta bolganligida, kelajak avlodga esa obod va farovon yurt meros qolishi uchun tinimsiz mehnat, kurash va intilishda ekanligini ta'kidlab otadi.

Mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy va siyosiy masalalarni hal qilish bilan xalqni to laqonli farovon hayot kechirishi mumkin deya qo l qovushtirib o tirmasdan, insoniyat uchun ruhiyat, ma'naviyat masalalari ham nechog lik muhim ekanligini nazardan qochirgan emas. Dastlabki qadamlardanoq ma'naviy kamolot masalalarini, milliy qadriyatlarni ko z qorachig idek asrash ijtimoiy rivojlanishning eng muhim vazifasi sifatida belgilab berganligini, amalga oshirishning keng ko lamli va puxta o ylangan dasturini ishlab chiqqanligini ta'kidlarkan, yurt taraqqiyotini har narsadan aziz bilgan bu insonning naqadar zahmatli bir ish boshida ekanligini qalban tushunishi haqida yozadi. Elimizga mana shu insondek fidoyi ogil-qizlar kerakligini alohida ta'kidlaydi.

Asarning "Dovondagi o'ylar" qismida mustaqillikning eng ulug' ne'mat ekanligini, istiqlol shabadalari xalqimiz taqdirida yaraqlagan bir mohtob ekanligi haqida o y-fikrlarini qog ozga tushirar ekan, ijodkor o z tasavvurida xalqining abadiy farovon hayot kechirishi, insonlar orasida zulm-zoravonlik, vijdonsizlik, poraxorlik, munofiqlik illatlari tag-tomiri bilan bartaraf qilinishi zarurligi haqida alohida toxtaladi. Shundagina biz istagan mustaqillik abadiy yashashi haqida kuyunchaklik bilan fikr bildiradi.

"Muhabbat kunda kerak..." xotirasida esa Ozod Sharafiddinov mehnat va zahmatlarga tola hayot yolida yoldoshlik qilgan turmush ortogi, farzandlari va yaqin insonlari haqida yozarkan, muhabbatning oliy tuygu ekanligi, oiladek mustahkam qo'rg'on barpo etilishida uning roli beqiyos ekanligini, haqiqiy muhabbatni inson hamisha e'zozlay bilishi lozimligini aytadi. "Qars ikki qoldan" essesida esa ijodkor oilaviy masalalarni hal qilish har doim dolzarbligi, yoshlarga har jihatdan ornak bolish lozimligi haqida ham kopgina hayotiy misollarni keltirib otadi.

Ozod Sharafiddinovning asarlari ichida xotira-esselar uning ijodining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shunday ekan ijodkor oy-fikrlarini umumlashtirgan holda hayot saboqlari haqida teran mushohada yuritishi, turmush chigalliklarini bartaraf qilishda teran nigohlarda hayot haqiqatini anglab yetish darkorligini ko p bora tilga oladi. Bu ayni Ozod Sharafiddinovga xos

ozgachalik, hech kimga oxshamas iste'dod egasi ekanligida deya atash mumkin boladi.

Iste'dodli yozuvchi Nosir Fozilovning "Topdim-u yoqotmadim" xotiralar kitobida ham buyuk soz ustalari, ijodkor va yozuvchilar ibratli hayot yollari haqida eslab o4iladi. "Azizim" (Olmas Umarbekov haqida), "Ta'zim" (usto zi Hamid Gulom haqida), "Mulla Shukur" (Shukur Xolmirzayev haqida), "Ukadek aziz, do'stdek qadrdon edi" (Tog'ay Murod haqida), "Yaxshilarga yondashib" (Sobit Muqonov haqida), "She'riy maktub" (G.Gulom haqida), "Ozlaridan so'rasak" (M.Shayxzoda haqida), "Kenglik" (Oybek haqida), "Tanishuv" (A.Qahhor haqida), "Uchqo'rg'on" (S.Ahmad haqida) nomli esselarida atoqli ozbek va qardosh xalqlar adiblari va ularning ijodi haqidagi adabiy portretlar jamlangan. Shu orinda adabiyotshunos A.Rasulovning adabiy portret janrining nazariy belgilari haqidagi quyidagi fikrlarini eslash joiz: "Adabiy portret janri tanqidchidan, yozuvchi hayoti va ijodiga oid materiallarni mukammal ozlashtirishdan tashqari, teran zamonaviy nazariy bilimi, davr va adabiyot taraqqiyotida bosh tamoyillarni nozik anglashni, xarakteri yaratilayotgan san'atkorga nisbatan aniq munosabatda bo lishni taqozo etadi" [13:68]. Ijodkorning ushbu nazariy qarashlari N.Fozilovning "Topdim-u yoqotmadim" xotira kitobida tolaqonli oz aksini topgan. Boisi yo zuvchi qol urishi lozim mavzu yuzasidan atroflicha emas, balki tola-tokis ma'lumotga ega holda har bir buyuk ijodkor siymosini soz bilan oqqa kochirgan.

Kitobning "Ijod zahmati" qismida esa ijodkor ozi, yaqinlari, umri davomida unga ijod sirlarini yuqtirishda ko makdosh qadrdonlari, o zining tarjimonlik faoliyati va bolalar adabiyotidagi oziga xos asarlari yaratilishi tarixi haqida toxtalib otadi. "Men qishloq bolasiman. Birinchi hikoyamdan to hozirgi kungacha yozgan asarlarimning bosh qahramoni ozim, bolaligim, qishlogim. "Irmoq" muqovasiga chizilgan sariqqina bola - men, uloqchalar - mening suruvlarim, qishloq, tepaliklar, daraxtlar - tug'ilgan qishlog'im. Men tabiatni shu yerda tanidim, sevib qoldim, hali hanuz sog inchi bilan yashayman..." [7:269]. Aynan shu satrlar ijodkorning boshqalardan ayro xususiyati, ya'ni samimiylik va soddadillik umri kabi ijodining ham doimiy hamrohi ekanligidan dalolatdir.

O zbek adabiyotida esse janri badiiy ijod va ijodkor siymosi tahlilini tolaqonli namoyon qiluvchi adabiy janr hisoblanadi. Esselarning ijodkor yoki buyuk shaxslar hayot va ijod yo li haqidagi adabiy o ylar, tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki shaxs siymosi badiiy portretini gavdalantirish maqsadida yaratilgan xotira-esselar ijodkorning zahmatli mehnati asosida yuzaga keluvchi xazinadir. Xotira-esselarni oqish orqali biz tasvirlanayotgan shaxsning insoniy xislatlarini yanada chuqurroq anglab yetamiz. Voqea haqida esa batafsil ma'lumot olamiz. Buyuk daholarning ijodiy kamolotini yuzaga chiqargan shaxsiy xislatlari, boshqalardan farqlantiruvchi jihatlarini yaqqol kora olishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Ahmedova "Ozbek adabiy tanqidchiligi tarixi" T.: 2012

2. O.Sharafiddinov. "Ijodni anglash baxti" T.: 2004

3. O.Sharafiddinov. "Iste'dod jilolari" T.: 1976

4. O.Sharafiddinov. "Talant - xalq mulki". T.: 1979

5. S.Umirov. "Boburnoma" - badiiy maqolanavislikning gozal namunasi. Jahon adabiyoti jurnali. 2003. № 2. 76-79.

6. O.Sharafiddinov. "Dovondagi o'ylar" T.: 2004

7. N.Fozilov. "Topdim-u yoqotmadim". T.: 2010. S. U.Normatov. "Ijod va shijoat". T.: 2006.

9. M.Qo'shjonov. "Mahorat sirlari". T.: 1968

10. M.Qo'shjonov. "Hayot va nafosat". T.: 1970.

11. A.Rasulov. Iste'dod va e'tiqod. T.2000.

12. M.Qo'chqorova. "Badiiy so'z va ruhiyat manzaralari". T.: 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.