Научная статья на тему 'BADIIY-PUBLITSISTIK JANRLARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (ESSE JANRI MISOLIDA)'

BADIIY-PUBLITSISTIK JANRLARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (ESSE JANRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2950
353
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
publitsistika / ilmiy publitsistika / adabiy-badiiy publitsistika / maktub / maqola / esse.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saida Kurbonova, Yorqinoy Ibragimova

Ushbu maqolada badiiy-publitsistik janrlarning rivojlanish xususiyatlari esse janri misolida tahlil etib o‘tilgan. Shuningdek, bu borada ayrim tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY-PUBLITSISTIK JANRLARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (ESSE JANRI MISOLIDA)»

JffiTALQINVA 1

%#TADQIQOTLAR No4 2022

^^ ¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

#

......................juiiiflii

BADIIY-PUBLITSISTIK JANRLARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

>

(ESSE JANRI MISOLIDA)

Ocj )> § )>-:>

Saida Kurbonova

J > | > ;

Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Yorqinoy Ibragimova UrDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7248991

Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy-publitsistik janrlarning rivojlanish xususiyatlari esse janri misolida tahlil etib o'tilgan. Shuningdek, bu borada ayrim tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: publitsistika, ilmiy publitsistika, adabiy-badiiy publitsistika, maktub, maqola, esse.

Sw J>

Har qanday davr yoki millat madaniy hayotida, ayniqsa, o'tish davrlarida publitsistikaga bo'lgan ehtiyoj keskin oshadi. Shu munosabat bilan publitsistika barcha ma'naviyat yo'nalishlarida, jumladan, adabiyot sohasida barcha adabiy janrlar tarkibiga kirib boradi. Shu bilan birga, o'zining ichki spetsifik xususiyatlarini mukammallashtirish orqali ijtimoiy hayotdagi yetakchi targ'ibot usuliga aylanadi.

Mazmun, hujjatlilik, biror maqsadga yo'naltirilgan muallif ko'rsatmasi publitsistik asarlarning yo'nalishi va tabiatini, bir so'z bilan aytganda, ularning janrini belgilashga asos bo'ladi. Janrning to'g'ri tanlanishi esa publitsistning ma'lumotlar ustida samarali ishlashiga, faktlarni to'g'ri tanlashi va talqin qilishiga yordam beradi.

Ilmiy manbalarda publitsistik janrlar voqeiy-informatsion, analitik va badiiy-publitsistik kabi turlarga ajratib o'rganiladi.

Rus adabiyotshunosi M.S. Cherepaxov publitsistikada janrlar masalasi

rus adauiyoïsnuiiosi ±v±.s. Cherepaxov puuliisisukada jannai masalasi

ko'pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida ekanligini, bu borada yagona, qat'iy mezon yo'qligini qayd etadi. Shu sababli olim publitsistik janrlarning muhim xususiyatlarini qat'iy mezon sifatida ishlab chiqish zarurligini ta'kidlaydi. Haqiqatan ham, ocherk, maktub, pamflet, esse, suhbat kabi janrlar mohiyatan ba'zida sof publitsistik, ba'zida badiiy-publitsistik, ba'zan esa adabiy-tanqidiy xarakterga ega bo'lishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan badiiy-publitsistik janrlar olimlar tomonidan turlicha tasnif qilinadi. R. Muhammadiev "Publitsistika janrlari" kitobida o'zbek gazeta va jurnallari asosida publitsistik janrlarga qisqacha ta'rif berib, ularning bir-biridan farqlarini

sharhlaydi.

Badiiy-publitsistik janrlar bo'yicha ilmiy tadqiqot olib borgan adabiyotshunos

Ochil Tog'ayev esa janr xususiyatlariga ko'ra publitsistikani voqeiy-informatsion

J> d y^k'

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

Miiiif-iwuuif juman

(xabar, reportaj, hisobot, korrespondensiya), analitik (maqola), badiiy-publitsistik

#

>

(ocherk, feleton, pamflet) turlarga ajratadi.

Biz yuqoridagi olimlarning fikrlariga qo'shilgan holda, badiiy-publitsistik janrlar qatoriga ocherk, feleton, pamfletdan tashqari esseni ham ilova etmoqchimiz. Chunki esseda ilmiy, badiiy, publitsistik mushohada omuxtalikda zohir bo'lib, badiiy publitsistika janrlari singari unda sinkretizm hodisasi kuchli namoyon bo'ladi.

Yozuvchi publitsistikasi maktub (ochiq xat), maqola, esse (badia), adabiy suhbat kabi rang-barang janrlarda o'z ifodasini topadi. Bu janrlar guruhi voqelikni zamon va makon jihatidan keng qamrab olishi, atrofimizni o'rab turgan hayot muammolariga yanada chuqurroq kirib borishi, o'quvchiga hissiy ta'sir ko'rsatishi, badiiy usullari, obrazliligi jihatidan sof publitsistik janrlardan ajralib turadi.

Yozuvchilarning adabiyot va san'atning rivojlanishi, maqsadi va rejalari haqidagi fikrlari doimo badiiy ijod orqali ifoda etiladi. Badiiy publitsistikada esa yozuvchining o'ziga xos individual uslubi, esseistik qarashlari aks etadi. Yozuvchining bevosita o'z fikri ifodasi, uning dunyoqarashi, davr muammolariga

munosabati esse janri orqali ham ifodalanishi mumkin.

Esse (fransuzcha "essey" - tajriba, o'lchov) - muallifning qat'iy individual pozitsiyasini ko'rsatuvchi, voqelik to'g'risidagi tushunchalarni bayon etish erkinligi

»

m?

yuqori bo'lgan badiiy-publitsistik janr. Adabiy-ensiklopedik lug'atda esse janriga "Esse - kichik hajmli va erkin kompozitsiyali, ma'lum bir voqea yoki masala bo'yicha individual taassurot va fikrlarni ifodalovchi, mavzuning aniq yoki to'liq talqini deb da'vo qilinmaydigan nasriy asar" deya ta'rif beriladi.

Esse janri va uning tabiati to'g'risida adabiyotshunos V. Xalizev shunday fikrlar

.......... .................. .

bildiradi: "Esse voqelik va u to'g'risidagi tushunchalarni, alohida faktlarni erkin va

xolis ifodalovchi shakldir. Esse sinkretik (qorishiq) tabiatga ega bo'lib, unda badiiylik publitsistik va falsafiy mushohada bilan birikib keladi".

Haqiqatan ham, esse boshqa epik janrlardan farqli ravishda, unda inson va jamiyat, adabiyot, hayot, tabiat va hokazolar haqida erkin fikr, mulohaza, bir-biriga o'xshamagan parodokslar ilgari suriladi. Esse kompozitsiyasi nihoyatda erkin bo'lganligi uchun boshqa nasriy janrlarga qo'yilgan adabiy talablar unga begona. Qolaversa, esseda essenavisning intellektual salohiyati, uning olam va odam haqidagi J-jt

mi V\ ' /л! 7~\- it г лш-^лпи! ЛТ7+/Л-»* 1л r~\ п 1-х n 1 -Kn+1 /Ч Л -T\r>tV>rVT rr»r> /

sub'ektiv qarashlari, avtor "men"i bosh qahramon sifatida namoyon bo'ladi. Aynan

ш

shu jihatlar yozuvchi shaxsiga dilidagi kechinmalarini qog'ozga to'kib solishiga keng yo'l ochib beradi.

Ilmiy-nazariy manbalarda esse adabiy-tanqidiy, falsafiy-estetik, tarixiy-

i J>:*-

biografik, xotiraviy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-publitsistik, fantastik kabi turlarga bo'lib o'rganilgan.

> ! :

Ы> q >■:>

>q ] i )> >

a I

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

miiif-iwuuif juman

4 1><M> Jm >

Maqolamizda esse janrining imkoniyatlari va o'ziga xos xususiyatlarini kengroq

ochib berish uchun R.Hasanning ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan "Jangchi shuhratining yuki" deb nomlangan essesini tahlil qilamiz.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi va jurnalist Ro'zimboy Hasanning ushbu essesi otasi Bobohon Hasan o'g'li haqida. To'g'rirog'i, esseda Vatan urushida Berlingacha borgan sobiq jangchi taqdirlangan ordenni uning vafotidan so'ng qabul qilib olgan farzandning ichki tuyg'ulari, shaxsiy kechinmalari hikoya qilinadi.

J 1

E'tiborlisi, bu esseda biz jang maydoni tafsilotlarini ko'rmaymiz. Muallif o'zi qalamga olgan mavzuni ochish uchun muxtasar tarzda otasi yashagan o'sha davr hayoti, odamlarning tirikchilik mezonlari, qiyin davrlar qiyofasini o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiradi. Esseda aytilishicha, Xiva xonligida butun umr navkarlik qilgan inson - Hasan navkarning o'g'li taqdiriga yurtda ro'y bergan yangilanishlar davrida yashash yozilgan. Onasi yosh vaqtida vafot etib, o'gay ona qo'lida tarbiyalangan yosh yigit otasi kabi navkarlik kasbini tanlamaydi, balki yangi tashkil

qilingan kolxozga ishga kiradi. O'sha vaqtda ilk traktorlar qishloq xo'jaligida foydalanish uchun keltirilgan bo'lib, o'n olti yashar o'smir zamon mo''jizalariga qiziqib qoladi va olti oylik traktorchilar tayyorlash kursiga o'qishga kiradi.

ïw -

Keyin esa butun jahonni larzaga solgan urush boshlanadi...

Muallif o'zining subyektiv kechinmalarini bir-bir bayon etar ekan, shu erda esse janriga xos xususiyat - maxsus aktualizatsiya, ya'ni o'tmish voqealarini o'zi yashayotgan davr bilan bog'lab aks ettirish yuzaga chiqadi. "Kinolarda ko'rganmiz -jangda jasorat ko'rsatib, halok bo'lgan askarga qahramonligi uchun ordenni odatda yaqinlaridan biriga topshiradilar. Bu juda hayajonli lahza - qachonki boshidan

r\ ' -\r\r or K1I0/I1I nt* ^ o rn n I1 nnlil >7 o m AmVIn nrnríi InmAm Ka '1 rronirlnii \rnnm

o'tkazganlar biladilar. Qarangki, tinchlik zamonida - urush tamom bo'lganidan yarim asr vaqt o'tib, kamina taqdiriga otamga qahramonligi uchun berilgan ordenni olish nasib qildi..."

Muallif esseda ushbu orden topshirilish marosimiga qanday borgani va urush faxriylari bilan to'lgan katta zaldagi eng orqa o'rindiqda indamaygina o'tirgan holatlarini ta'sirchan tasvirlagan. Davlat mukofotini topshirish uchun mas'ul bo'lgan rahbar marosimni ocharkan, avvalo urush haqida, urush ishtirokchilari to'g'risida J-jt

n /~\ r»l nirrli t in 17- /^t n n r» i /~l 1 /~l n 1 f rrn n /mi rti it T l-»r> n m n 1 r» i 1 k n I ----A^r

muxtasar nutq so'zlaydi va keyin oldida turgan orden guvohnomasini olib, shunday

deydi: "Bu inson butun umri dalada o'tgan oddiy traktorchi edi. Ikkinchi jahon

urushida uning taqdiriga Berlingacha borish nasib qilgan. U inson barchamiz kabi

<1 > ^^ \ 1 >

kuni kecha oramizda edilar. Bevaqt ajal bu insonni yaqinda oramizdan olib ketdi.

>*

Davlatimiz rahbari Farmoni bilan berilgan ushbu ordenni u kishining farzandiga topshiramiz!"

IVJ L7C51111 ClllllZj :

:>q> q >■:>

¡ > >

>q ] - > >

88 I ' L

;Jï# ^ * ¡J

Шу

1 Ч>

. vjTALOIN VA • ^TADOIOOTLAR

ilmiy-uslubiy jumaH

№4 2022

>>

#<b>

Ы J> 1

Я>

>3» Ы y! й:>

>j*

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

' >s#

Ы j> ilH>

I ]>c< У

H > j >j>

Ш

Ш

< j>j:>

Ы > < >j>

*ф>

Ы i>

Muallif ushbu so'zlar aytilayotgan vaqtdagi o'zining ruhiy holatini shunday ta'sirchan chizadiki, esseni o'qiyotgan har bir o'quvchi buni qalban his qiladi va bu oniy lahzalarni muallif bilan birga kechirganday bo'ladi.

Ushbu esseni mazmuniga ko'ra avtobiografik esselar qatoriga kiritishimiz mumkin. Chunki bu esseda muallif otasining hayot faoliyati esseistik matnning syujet asosiga aylangan. Esse muallifi turli hodisalarga nazar tashlab, xotira, taassurotlar orqali o'zining qimmatli pozitsiyasini ko'rsatib bergan. Esse kompozitsiyasiga e'tibor beradigan bo'lsak, u o'nlab kichik lavhalardan tashkil topgan. Bu kichik lavhalarda sobiq jangchi hayoti, uning ma'naviy qiyofasi ixcham tarzda bayon qilinadi. Esse muallifi shaxsiy kechinmalarini kitobxonga oson etkazish maqsadida ko'plab hayotiy faktlarni keltiradi. Asar syujetidagi parallel syujetlilik, retrospeksiya usulidan foydalanish, voqealar bayonidagi turlicha assotsiatsiyalar muallifning katta hayotiy tajriba va yuksak intellektual darajaga ega ekanidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ворошилов В.В. Журналистика. - Учебник. - СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 1999. - С. 65.

2. Черепахов М.С. Проблемы теории публицистики. - Москва: Мысль, 1973. - С. 212.

3. Muhammadiyev R. Publitsistika janrlari. - Toshkent: O'zbekiston, 1965. -124 b.

4. Tog'ayev O. Adiblar va janrlar. - Toshkent: G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976.

5. Kurbanova S. Yozuvchi publitsistikasining taraqqiyot tamoyillari. -Toshkent: Muharrir, 2012. - B.

6. Литературный энциклопедический словарь / Под общ. ред. В.М. Кожевникова, П.А. Николаева. - М.: Сов. энциклопедия, 1987. - С. 516.

7. Hasan R. Jangchi shuhratining yuki. Esse. Toshkent 2018y

Qj^f^S).

* -4v ,--

89

q ж**

щз*

!> О

J

Ыщ

* I |>

s1 >i#;

тз*

и

ы>

*Ф>

q >j#

Ш >

q ] >Ъ

ы >

*ф>

]>Ж

*4>

ж** *ф>

q

ц >Р

|:Н>

q > >

Ы >

q ж** q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.