Научная статья на тему 'HIKOYANAVISLIKDA USLUBIY IZLANISHLAR VA YANGILANISHLAR (M.SAFAROV IJODIDA)'

HIKOYANAVISLIKDA USLUBIY IZLANISHLAR VA YANGILANISHLAR (M.SAFAROV IJODIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
539
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy obraz / obrazlar uyg’unlashuvi / individual uslub / ifoda usuli / davr / shaxs / xarakter / nasrdagi evrilishlar / ruhiyat / peyzaj / hayvonot / tabiiylik / hayotiylik. / artistic image / image combination / individual style / method of expression / period / personality / character / changes in prose / psyche / landscape / animal / naturalness / vitality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hafizova Feruza Odiljon Qizi

Maqolada Mengziyo Safarov ayrim hikoyalari uslubi, yozuvchilik mahorati tahlilga tortilgan. Asosan, hikoyalarida inson va hayvon obrazlarining uyg‘unlashuviga e’tibor qaratilgan. Yozuvchi badiiy obrazni individual xususiyatlari bilan ko‘rsatish orqali konkretlashtirgani, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etgani haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL STUDIES AND UPDATES IN THE STORY (IN M. SAFAROV'S WORKS)

The article analyzes the style of some of Mengziyo Safarov's stories, his writing skills. His stories focus on the combination of human and animal images. It is said that the author concretized the artistic image by showing its individual features, giving the image vitality, vitality and naturalness.

Текст научной работы на тему «HIKOYANAVISLIKDA USLUBIY IZLANISHLAR VA YANGILANISHLAR (M.SAFAROV IJODIDA)»

ISSN: 2181-3337

HIKOYANAVISLIKDA USLUBIY IZLANISHLAR VA YANGILANISHLAR

(M.SAFAROV IJODIDA)

Hafizova Feruza Odiljon qizi

TerDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6727883

Annotatsiya. Maqolada Mengziyo Safarov ayrim hikoyalari uslubi, yozuvchilik mahorati tahlilga tortilgan. Asosan, hikoyalarida inson va hayvon obrazlarining uyg'unlashuviga e 'tibor qaratilgan. Yozuvchi badiiy obrazni individual xususiyatlari bilan ko'rsatish orqali konkretlashtirgani, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etgani haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: badiiy obraz, obrazlar uyg'unlashuvi, individual uslub, ifoda usuli, davr, shaxs, xarakter, nasrdagi evrilishlar, ruhiyat, peyzaj, hayvonot, tabiiylik, hayotiylik.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И ОБНОВЛЕНИЯ В РАССКАЗЕ

Аннотация. В статье анализируется стиль некоторых рассказов Менгзиё Сафарова, его писательское мастерство. Его рассказы сосредоточены на сочетании образов людей и животных. Говорят, что автор конкретизировал художественный образ, показав его отдельные черты, придав образу живость, жизненность и естественность.

Ключевые слова: художественный образ, образное сочетание, индивидуальный стиль, способ выражения, эпоха, личность, характер, изменения в прозе, психика, пейзаж, животное, естественность, жизненность.

Abstract. The article analyzes the style of some of Mengziyo Safarov's stories, his writing skills. His stories focus on the combination of human and animal images. It is said that the author concretized the artistic image by showing its individual features, giving the image vitality, vitality and naturalness.

Keywords: artistic image, image combination, individual style, method of expression, period, personality, character, changes in prose, psyche, landscape, animal, naturalness, vitality.

Badiiy adabiyot turfa xil ohanglarga yo'g'rilgan bo'lib, hayot voqeligini, inson qalb iztiroblarini o'ziga xos tarzda talqin qiladi. Bu badiiy-estetik tafakkur tarzining mohiyatan o'zgarib borayotganidan dalolat beradi. Biroq bu oddiy xronologik bosqich bo'lmay, jiddiy o'zgara boshlagan milliy-badiiy ongning, yangilanayotgan estetik tafakkurning hosilasi hamdir. Aynan shu davrga kelib millat kishisining ruhiyati, hissiyoti, ko'ngli butun murakkabliklari bilan badiiy tadqiq etila boshlandi va unga hamohang davr va shaxs, tabiat va shaxs, hayvon hamda inson munosabatlari o'rganila boshlandi. Badiiy adabiyot qahramonlari o'zining murakkab taqdiri, teran o'y-mulohazalari, nozik kechinmalari bilan o'ziga xos tabiatga ega bo'la boshladi.

(В ТВОРЧЕСТВЕ М. САФАРОВА)

METHODOLOGICAL STUDIES AND UPDATES IN THE STORY (IN M. SAFAROV'S WORKS)

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bugungi adabiyotni jo'ngina izohlash, tushuntirish yoxud ilmiy qoliplarga solish mumkin bo'lmay qoldi. Bularning barchasi tasvir predmetining rang-baranglikdagi uslubiy izlanishlar chuqurlashuvi, kengayishi va boyishi natijasidir. Alohida ijodkorga taalluqli bo'lgan badiiy mantiq individual teran sezimlar va moddiylashtirilgan murakkab kechinmalar bag'ridan sizib chiqishi anglab yetildi. Ilgari bosqichlarga nisbatan rang-baranglikning quyuqlashishi inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirishdagi miqyos va nisbatlar, ifoda tarzidagi dadil izlanishlar favqulodda uslubiy boylikni yuzaga keltirdi. Aslida adib asar yozish davomida murojaat qiladigan barcha adabiy elementlardan uslub sizib chiqishi kerak. Ayni masalani chuqur o'rgangan Q.Yo'ldoshev uslub borasidagi barcha fikrlarni o'rganib, oxirida G.Pospelovning quyidagi fikrlariga suyanadi: "Agar badiiy uslubga asar obrazli shaklining intonatsion-sintaktik va ritmik qurilishidan tortib barcha darajadagi unsurlariga xos xususiyatlar yig'indisi deb qaraladigan bo'lsa, bir asar doirasida uslubni tashkil etgan omillarni ko'rsatish qiyin bo'lmaydi. Uslub badiiy asarning barcha jihatlarini o'z ichiga oluvchi mazmundan iboratdir". Shu sababdan badiiy asardagi har bir jihat uslub uchun vosita hisoblanadi. Uslub esa har bir yozuvchida o'ziga xos bo'ladi va bevosita yozuvchi "men"ini ko'rsatadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mulohazalarimizni D.Xoldorovning quyidagi fikrlari bilan davom ettirish o'rinlidir, "...biz ijodkorlarni avlodlarga ajratib sharhlashga o'rganib qolganmiz. Ehtimol, davr taqozosiga ko'ra bu tabiiydir. Biroq chin iste'dod egalari tomonidan yaratilgan badiiyat na'munalari davr tushunchasini sindiradi. O'z davri o'quvchisini qanday hayajonga solgan bo'lsa, zamonlar osha o'sha hayratni birdek ushlab turadi. Zero, bir davrda minglab asarlar yaratilgan bo'lsa-da, asrlar qa'ridan sanoqli asarlargina qimmatini yo'qotmay qolishining sababi ham shunda".

TADQIQOT NATIJALARI

Ana shunday o'z uslubiga, betakror tiliga ega ijodkorlardan biri Mengziyo Safarovdir. Uning asarlarini kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, sevib o'qishadi. Adabiy tanqidchilikda ham uning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar bildirilgan, anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bo'lgan. Bularning barchasi bejiz emas, albatta. Ijodkor Surhon vohasida tug'ildi, vohaning mehnatkash xalqi mehridan bahramand bo'ldi, an'ana-yu urf-odatlarga yo'g'rilgan turmush ta'sirida ulg'aydi. Bularning barchasi yosh ijodkor ko'ngliga yozish ishtiyoqini solgan bo'lsa ajab emas. Yoshligidanoq qalbida paydo bo'lgan adabiyot sevgisi asta-sekin o'z samarasini berdi. Birin - ketin «Ona yer qo'shig'i» (1969), «Turnalar uchadi» (1972), «Olis qirlar ortida» (1977), «Povest va hikoyalar» (1978), «Ona tuproq qo'shig'i» (1989), «Tabiat ehromi; Umr chorrahalarida» (1985, Z. Egamberdiyev bilan hamkorlikda) kabi kitoblari nashr etildi. Uning asarlarida tarixchi-qadimshunoslik ilmi bilan yozuvchilik mahorati omuxta bo'lib ketgan. "Bobotog'", "Payg'ambar oroli", "Ustalar", "Baxmal", "Qadrdon hidlar", "Kiyiklarning qaytishi", "Ayrishoh" qissa, esse, hikoyalari turli davrda, turli mavzuda yozilgan bo'lsa-da, bu asarlarni bir o'zanga birlashtirib turadigan bir jihat borki, bu ona tuproqqa bo'lgan, insonga bo'lgan, tabiatga bo'lgan hurmat va ehtiromdir. Bularning barchasi asar va uning qahramonlari ruhiyatiga singib ketgan. Ijodkorning "Baxmal" hikoyasida tasvirlangan ona va ona sigir obrazi fikrimizning yorqin dalilidir. Bir jonivordan ayrilayotgan insonning ayriliq azobidan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qiynalishi, fig'oni samolarni qahshatib, ko'ngli mahzun oh chekishi, mag'rur boshini g'am egishi tasviri kishini hayratli tarzda taajjubga soladi "... keksalikning bedavo dardiga chalindi. Baxmal butun oila ko'z o'ngida kun sayin cho'kib borardi. Onaning sigir atrofida girdikapalak bo'lishi, zo'r berib yemish yeyishga qistashlari ham foyda bermadi. Ro'zg'or tashvishlari boshiga tushgan, oilaga egalik qilgan to'ng'ich o 'g'il kunlarning birida onasiga:

— Ena, sigirni so'ysak, — dedi-yu, lekin shu ondayoq o'z gapidan o'zi cho'chib ketdi.

— Nima deyapsan? So'ysak dedingmi?

— Harom o'lib qolmasin, deyapman. Uvol bo'ladi. Buning ustiga bechora rosa qiynalib ketdi, gunohiga qolamiz. O'rniga boshqasini olib beraman...

Ona o'g'lining fikriga qo'shilgandek ancha vaqt sukut saqlab qoldi. Peshonasidagi ajinlar quyuqlashdi. Keyin to'satdan butun gavdasi silkinib, yig'lay boshladi. To'ng'ich o'g'il o'rnidan turib ketdi. Shu-shu bo'ldi-yu, qaytib sigirni so'yish to'g'risida gap ochmadi. Oilaning yagona ilinji bo'lgan sigirni haqiqiy oila a'zosidek qabul qilgan onaning tasviri kitobxonni, shubhasiz, entikishiga sabab bo'ladi. Ehtimol, voqea aynan hayotning o'zidan olingani qisqa hikoyaning ta'sir kuchini oshirgandir. Onaning mehrini his qilgan tilsiz jonzot ham unga befarq emas, sababi ona ham sigirga juda mehribon edi. Buni, aftidan, sigir ham sezar, hamisha onasi «Baxmal», deb chaqirganida, u emranibgina onasi yoniga kelar va dumini silkitib erkalanardi. Ona esa o'z g'amini yemasa-emas, biroq sigirini hech qachon unutmasdi. Biroq asar so'ngida sigirga biror zarar yetsa tirikchilikning tahlikasidan cho'chigan onaning qo'rqqani yuz berdi. "Uni ajriqzordayotganpaytdayer haydayotgan traktor oqshom g'ira-shirasida bexosdan turtib ketdi. Bola ajriqzorga onasi bilan yugurib borganida sigir hali tirik ekan. Ammo uning boshiga qarab bo'lmas, a'zoyi badanini traktor tishlari timdalab, tilka-pora qilib yuborgan, chang yopishgan junidan rangsiz qon sizib turardi. Sigir har zamonda jonholatda boshini ko'tarishga urinar, og'ir pishqirardi. Ona uning qoqsuyak boshini qo'liga oldi. Baxmal bir amallab tilini chiqardi-da, kulfatdoshi, mehribon kampirning bilaklarini yaladi. Ona yuzini sigirning yuziga bosdi. Bola shunda Baxmalning ko'zlaridan oqqan yoshni ko'rdi. Hasratli kunlarni birga, yelkama-yelka kechirgan onasi ham unsiz yig'lardi. Baxmal kampirning qo'lida jon berdi. Aynan shu nuqtada hayvon va inson obrazining bir nuqtada uyg'unlashuviga guvoh bo'lamiz.

MUHOKAMA

Tasvirdan ko'rinib turibdiki, yozuvchi badiiy obrazni individual xususiyatlari bilan ko'rsatish orqali konkretlashtiradi, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etadi, emotsionallikka erishadi o'quvchi hissiyotiga ta'sir qiladi, uni ishontiradi. Aslida, insonni davr va muhit voyaga yetkazadi, shakllantiradi va ma'lum ma'noda tarbiyalaydi, shuning uchun muhit inson xarakterining shakllanishiga sezilarli ta'sirini o'tkazadi. Iste'dodli adib Shukur Xolmirzaev ta'biri bilan aytganda "adabiyot inson uchun", uning qalbini, hasratini, boringki qismatini ifoda etmoq lozim" degan qarashlar zamirida achchiq hayotiy haqiqat mavjud edi. Bugun milliy adabiyotimizda, xususan, nasrda evrilishlarni tan olish kerak, jahoniy asarlar qatorida qo'yib tahlil qilishdan oldin uni anglashni, his etishni talab etmoqda. Asar qahramonlarining to'laqonli obrazi, o'zini tutishlari va qiliqlari yuz berayotgan narsaga nisbatan hissiy va aqliy javoblari, umuman xarakteristikasi ma'lum bir ijodkor fantaziyasining mahsulidir. Ijodkor bu obrazni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shakllantirish hayot voqeligiga singdirish uchun olamni, borliqni teranroq his eta olishi zarur, chunki hayot voqeligi badiiy asar syujeti uchun asos bo'ladi. Syujet esa asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo'lishi mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Aynan syujeti hayot voqeligidan olingan yana bir hikoya bu Mengziyo Safarovning "Ona kaklik" hikoyasidir. Hikoyada tabiat tasviri shu qadar mahorat bilan tasvirlanganki, beixtiyor manzara ko'z oldingizga keladi. "Shamol quyosh yuzini to'sib turgan qora bulut parchasini surib tashladi. Quyosh nurlari men yashiringan kamar oldini yoritdi. Biroq do'l hamon shitirlab yog'ardi. Tabiatda kamdan kam uchraydigan bunday manzarani ilgari kuzatmaganim uchun zavqlanib ketdim. Oyog'im tagida dumalab tushgan do'l donalarini qo'limga olib, erib ketguncha changalimda tutib turaman. Uch daqiqacha yerni, xarsangtoshlarni do'pposlagan do'l tindi." Asarda keltirilgan peyzaj tasviri asar qahramoni tilidan tasvirlangan. Oddiygina tabiat hodisasini ijodkor badiiy bo'yoqda tasvirlaganligi sezilib turadi. Tasvirdagi tabiiylik, o'ziga xoslik asar qahramonining xarakterini va ruhiyatini ham yoritishga xizmat qilgandek. Qahramon atrofdagi har bir narsaga o'z e'tiborini qaratadi, ular bilan ruhan gaplashadi, mulohaza yuritadi. Uning nazarida dunyoda nima yaxshi-yu, nima yomonligini u juda yaxshi his etadi. Hikoya ro'y bergan qiziqarli voqealar tasviridan emas, balki inson ko'ngli to'lg'amlari va tabiatga muhabbati tasviridan iboratdir. Har bir inson olam va odamiyatni o'zini anglar darajadagina anglay oladi. Shuning uchun bugungi adabiyotda odamdan tashqaridagi voqealarga emas, inson ruhiyatida sodir bo'layotgan jarayonlarga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Ijodkor asar qahramoni xarakteri bilan uyg'un ifodalangan tabiat tasviri orqali mavzu ko'lamining kengligi, emotsional ta'sir bo'yoqlarga boyligi va nabobat olamining siz-u biz bilmagan o'ziga xos qirralarini hamda sir-sinoatini yorqin aks ettirganiga guvoh bo'lamiz. Hikoyani oxirigacha o'qigan kitobxon muallif faqat tabiat tasvirini maqsad qilmaganini, aslida hikoyada jonli borliqning asosiy bo'lagi bo'lgan hayvonot olami va inson munosabati tasvirlanganini bilib oladi. Tabiatan mehribon yaratilgan inson o'ziga o'xshagan yaratiqlarga befarq bo'lolmaydi, ularga kuyunadi, achinadi. Bularning bari shu hikoya mazmuniga singdirilgandek ko'rinadi. "...Majaqlangan ona kaklik jasadini joyiga ohistagina qo'ydim-da, izimga qaytdim, ...nar kaklik.. .halok bo'lgan juft.mungli sayroq.. .uzoqlashsam ham eshitilib turardi, uzoqlashsam ham ko'z o'ngimdan ketmadi...". Adib asarlarining badiiyati ifoda samimiyati va tasvir ruhiyati poetik mushohadani muayyan nuqtaga yig'ish, mantiqan uyushtirish va hayotiy ziddiyatlarni falsafiy teran umumlashtirishi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Mengziyo Safarovning ana shunday kichik nasriy asarlarini kuzatganimizda ham uning chin ma'nodagi ijodkor shaxs, izlanuvchan, yangilikka o'ch inson bo'lganiga amin bo'lamiz. Uning hatto bir janr doirasidagi asarlari ham turfa janr xususiyatlarini namoyon etishi, tasvir vositalari-yu ifoda yo'sinining rang-barangligi shunga dalolat qiladi. Ayniqsa, yozuvchi hikoyalarida o'ziga xos uslub imkoniyatlarini to'la namoyon qilishga intilganki, uning tajribalari o'zbek nasri rivoji uchun muhim ahamiyatga molik edi. Biroq kichik janrlar, ayniqsa hikoya haqida gap ketganda, yozuvchi Sh.Xolmirzayevning quyidagi fikrlarida jon bor, ".hikoya haqida maqola yozish qiyin, chunki yozganingda beixtiyor uning qonun-qoidalari, vazifasi va o'ziga xos xususiyatlari haqida so'zlash lozimligini ham sezasanki, ana shunday qonun-qoidalarni ko'p

ISSN: 2181-3337

eshitgan, ko'p o'qigan, ba'zi tanqidchilar qulog'iga quyaverib, ko'nglini bezillatib qo'ygan

ba'zi kishilar oldida ham hijolat tortishingni sezasan. Boshqalarni bilmadim-u, lekin men „hikoya" deganimda dilimda mana shunaqangi andishalar paydo bo'ladi ".

Umuman olganda, hikoya janri nafaqat so'z san'atining eng mukammal na'munasi, balki o'zi yaratgan davr va jamiyatning badiiy estetik tafakkuri, in'ikosi ham ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga hikoya ham boshqa adabiy janrlar kabi insonga xos bo'lgan ong, ruh, vujud, aql tushunchalarini bir-biri bilan gormonik uyg'unligini aks ettira olgan, insonni shaxs sifatida shakllanishi jamiyat bilan bog'liqligini ma'lum darajada badiiy aks ettira oladigan janrdir. Mengziyo Safarov hikoyalarida esa tasvir obyekti sifatida shamol, poyonsiz cho'l, oltin kabi sarg'ayib yotgan o'rkachli adirlar, tabiat, qishloq, ona yurt, uning tarixi, hatto tog'lari-yu payg'ambar oroli olinadi. Bu orqali ijodkor turli syujetlar, turli xarakterlar yaratadi. Yozuvchi uslubining o'ziga xosligi shundaki, asarlarida syujet liniyasida qanday xarakter yaratmasin, uning zamirida tabiatga muhabbat yotadi. Adib asarlarining badiiy xususiyatlari haqida bir qator mulohazalarni aytish mumkin. Yozuvchining uslubiy tamoyillari iste'dod tabiati, ijodiy qiyofasi, tafakkur tarzi, ifoda yo'sini - hamma-hammasi o'zgacha, badiiylik bilan xalqonalik qorishib ketgan. Aniqrog'i, ijodiy individuallik badiiy asarning barcha sathlarida namoyon bo'ladi. Mengziyo Safarov uslubining ana shunday o'ziga xosligi, qahramonlarining hayotiyligi uning asarlarini o'qimishli, yuqori saviyadaligining asosiy omillaridan biridir.

1. Sh.Xolmirzayev."Hikoya haqida"."Sharq yulduzi",1971-yil,1-son

2. Yo'ldoshev Q. Yo'ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. - T.: Kamalak. B. - 57.

3. Xoldorov D. Ijod mohiyati - uslub xosiyati. -Toshkent, "Muharrir nashriyoti",278. 16-bet

4. Safarov M. Ayrishox. -T.:"0'qituvchi",2008, 182-bet.

5. Safarov M. Tabiat ehromi. -T.:"Yosh gvardiya",1985, 21-bet.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.