Научная статья на тему 'IJARANI TAN OLISH BOSQICHLARI'

IJARANI TAN OLISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MHXS / BHMS / ijara / aktiv / ijara komponentlari / ijara ob’yektlari. / MHXS / BHMS / ijara / aktiv / ijara komponentlari / ijara ob’yektlari.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumayeva G.A.

Ushbu maqolada korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda MHXS asosida tuzilgan buxgalteriya hisobotlarda ijara munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi, xalqaro standartlar asosida ijara tushunchasi, uning tan olinishining bosqichlari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STEPS OF LEASE RECOGNITION

This article highlights the importance of lease relations in financial statements prepared on the basis of IFRS in increasing the investment attractiveness of enterprises, the concept of lease based on international standards, as well as the stages of its recognition.

Текст научной работы на тему «IJARANI TAN OLISH BOSQICHLARI»

Djumayeva G.A. assistent

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti IJARANI TAN OLISH BOSQICHLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda MHXS asosida tuzilgan buxgalteriya hisobotlarda ijara munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi, xalqaro standartlar asosida ijara tushunchasi, uning tan olinishining bosqichlari yoritildi.

Kalit so'zlar. MHXS, BHMS, ijara, aktiv, ijara komponentlari, ijara ob 'yektlari.

Dzhumayeva G.A.

assistant

Samarkand Institute of Economics and Service STEPS OF LEASE RECOGNITION

Abstract. This article highlights the importance of lease relations in financial statements prepared on the basis of IFRS in increasing the investment attractiveness of enterprises, the concept of lease based on international standards, as well as the stages of its recognition.

Keywords. IFRS, national accounting standards, lease, asset, lease components, lease objects.

Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning xalqaro standartlarga asosan olib borilishi avvalo korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, investorlarga haqqoniy, ob'yektiv ma'lumotlami taqdim etishni talab etadi. Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari asosida shakllantiriladi. MHXS talablari asosida hisobotni tayyorlashda korxonalar ikki usulda (BHMS va MHXS asosida) hisob yuritadi yoki moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish orqali shakllantiradi. BHMS asosida shakllantirilgan hisobot ma'lumotlarining transformatsiya qilinishi ko'pgina hisob axborotlarining noaniqliklariga olib keladi.

Korxonalarda ijara bevosita va bilvosita tannarxga ta'sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatlarda MHXS joriy qilish orqali korxonalarda ijarani tan olish, baholash, hisobotlarda aks ettirishning yangi usulubiyoti yo'lga qo'yilmoqda. Yangi shakllardagi hisobotlarda ijara faoliyatining natijalarini aks ettiruvchi moddalar hissasi oshirilmoqda. Ijara, aktivlarning qadrsizlanishi, foyda solig'ini tartibga soluvchi xalqaro standartlar

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

141

bugungi kunda xalqaro investorlarga axborotlarni taqdim qilishda muhim standartlar sifatida namayon bo'lmoqda. Xalqaro standartlarga o'tayotgan mamlakatlarda ushbu standart qoidalarni qo'llashda ma'lum muammolar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa ijara bo'yicha daromad va xarajatlarni haqqoniy baholash, faol bozorda haqqoniy bahoni shakllantirish, moliyaviy instrumenlarni baholash va ularning moliyaviy natijalarga ta'siri aniqlashda uslubiy tartib-qoidalar yetarli emas. Ushbu muammolar MHXSlarini rivojlanayotgan mamlakatlarda faol joriy qilishda to'sqinlik qilmoqda.

O'zbekistonda yirik va kichik biznesning zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalari, shuningdek, ularni boshqarishning bozor tizimi shakllanmoqda, so'ngi yillarda ijara xizmatlari oshib bormoqda xususan, 2023-yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari 2 177,3 mlrd. so'mga yetib, jami ko'rsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,9 % ni tashkil etgan. Ushbu xizmat turi bo'yicha yuqori o'sish sur'atlari Toshkent shahri (115,4 %) va Samarqand (109,8 %) viloyatida kuzatildi.9

2023-yilda soliq organlarida 531 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo'yilgan. 2024-yil 1-yanvar holatiga soliq organlarida 531 757 ta ko'chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo'yildi. Yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan 144,9 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 561,6 mlrd so'm soliq hisoblanib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 30,2% va hisoblangan soliq summasi 31,2 %ga oshgan.10 Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan soni, ular asosida hisoblangan summasi ulushi oshganligini ko'zga tashlanadi. Bunday korxonalar orasida ayniqsa, bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida salmoqli rol o'ynab kelayotgan aksiyadorlik jamiyatlari va ma'suliyati cheklangan jamiyatlar alohida ajralib turadi. Ular, sezilarli miqdordagi aktivlarga ega bo'lgan holda, tashqi bozorda muvaffaqiyat bilan raqobat qilishi va ichki bozorda iste'molchilar talablarini qondirishi mumkin.

Ushbu maqolada asosiy e'tibor ijara tushunchasi, uning tan olinishi munosabatlariga qaratiladi.

16-son "Ijara" MHXSga ko'ra "Ijara-bu tovon evaziga muayyan davr mobaynida aktiv(tayanch aktiv) dan foydalanish huquqi beriladigan shartnoma yoki shartnomaning bir qismi»ekanligiko'rsatilgan. Tashkilot mazkur standartni barcha ijara shartnomalariga, shu jumladan ikkilamchi ijara doirasida foydalanish huquqidagi aktivlarning ijara shartnomalariga nisbatan qo'llashi lozim.

Demak, ijara shartnomasida ijara sub'yektlari ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi; ijara ob'yekti aktivlari (ko'char, ko'chmas mulk, tayanch aktivlar), ijara shartnomasining muddati va eng asosiysi ijara uchun to'lanadigan haq(to'lov) aniq identifikatsiyalanishi lozim. 16-son MHXSga asosan shartnoma ijara komponentiga egaligini quyidagi bosqichlar asosida aniqlashtirish lozim bo'ladi:

9 https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/40692-ijar-a-xizmatlari-2

10 https ://t. me/fiskaltahlil

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

142

1-jadval11

Ijara komponentlarini tan olish bosqichlari Ijara shartnomasi hisoblanadi Ijara shartnomasi hisoblanmaydi

Identifikatsiyalangan aktiv mavjudmi? Ha Yo'q

Xaridor foydalanish muddati davomida aktivdan foydalanishdan amaldagi barcha iqtisodiy naflarni olish huquqiga egami? Ha Yo'q

Foydalanish muddati davomida aktivdan qay tarzda va qanday maqsadda foydalanishni kim belgilaydi? Xaridor Yetkazib beruvchi

Xaridor foydalanish muddati davomida aktivni ekspluatatsiya qilish huquqiga egami? Ha

Xaridor aktivni foydalanish muddati davomida aktivdan qay tarzda va qanday maqsadda foydalanishini oldindan belgilaydigan tarzda loyihalashtirganmi? Ha Yo'q

1-jadval. Ijara komponentlarini tan olish bosqichlari

1-bosqich. Aktiv identifikatsiyalanganmi? Agar javob "Yo'q»bo'lsa, ko'rsatilayotgan xizmat ijara hisoblanmaydi va jarayon shu yerda yakunlanadi. Aksincha, javob "Ha»bo'lsa, keyingi bosqichga o'tiladi.

Aktivning identifikatsiyalanganligi uning shartnomada ijara ob'yekti sifatida barcha belgi, o'lcham va boshqa jihatlari bilan ko'rsatilgan bo'lishi lozimligini anglatadi.

2-bosqich. Ob'yektdan foydalanish muddati mobaynida xaridor deyarli barcha iqtisodiy naflarni olishga haqlimi? Xaridor aktivdan foydalanish muddati mobaynida mutlaq foydalanish huquqiga ega. Agar javob "Yo'q»bo'lsa, ko'rsatilayotgan xizmat ijara hisoblanmaydi va jarayon shu yerda yakunlanadi. Aksincha, javob "Ha»bo'lsa, keyingi bosqichga o'tiladi.

3-bosqich. Ob'yektdan qaysi maqsadda foydalanishni belgilash huquqi kimda? Foydalanish muddati mobaynida xaridor ushbu aktivdan qay tarzda va qanday maqsadda foydalanishni mustaqil hal qiladi. Bu savolga javob yetkazib beruvchi bo'lsa, bitim ijara hisoblanmaydi. Agar javob xaridor bo'lsa, bitim ijara hisoblanadi va jarayon shu yerda to'xtatiladi. Agar javob "noma'lum»bo'lsa, keyingi bosqichga o'tiladi.

4-bosqich. Ob'yektdan foydalanish tartibini xizmat ko'rsatuvchi belgilashga haqli bo'lmagani holda xaridor o'zi belgilashga haqlimi? Agar javob "Ha»bo'lsa, ko'rsatilayotgan xizmat ijara hisoblanadi va jarayon shu yerda yakunlanadi. Aksincha, javob "Yo'q»bo'lsa, keyingi bosqichga o'tiladi.

5-bosqich. Ob'yektni butun foydalanish mobaynida muayyan maqsadda foydalanish uchun dastlab dizayn va qayta loyihalash ishlari xaridor tomonidan

11 Tadqiqotchi ishlanmasi

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

143

amalga oshirilganmi? Agar javob "Yo'q»bo'lsa, ko'rsatilayotgan xizmat ijara hisoblanmaydi va jarayon shu yerda yakunlanadi. Aksincha, javobingiz "Ha»bo'lsa, bitim ijara hisoblanadi va jarayon shu yerda yakunlanadi.

Tadqiqotlarda ijaradan daromad va xarajatlarni tan olish, turli balans nazariyalarida ularni shakllantirish, ijara bo'yicha buxgalteriya hisobi axborot ta'minotini takomillashtirib boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ijara munosabatlarini turli konsepsiyalar bo'yicha asoslash va aks ettirish, ijara oluvchi va beruvchilarda ijara auditida tahliliy amallarni qo'llash masalalari o'z yechimini topishi lozim bo'lgan masalalardir.

Demak, ijarani tan olish bosqichlari asosida hisobini yuritish ularning iqtisodiy mohiyatini yaqqolroq ko'rsatib beradi. Ijara munosabatlarini MHXS talablariga muvofiq hisobga olayotganda nafaqat ijara shartnomasi shakliga, balki uning mazmuni va iqtisodiy mohiyatiga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 16-son «Ijara»Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti

2. 6-sonli BHMS «Ijara hisobi»

3. https://lex.uz/docs/6312360

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

144

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.