Научная статья на тему 'QAYTA IJARAGA OLISH UCHUN ASOSIY VOSITALARNI SOTISH HISOBI'

QAYTA IJARAGA OLISH UCHUN ASOSIY VOSITALARNI SOTISH HISOBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qayta ijaraga olish uchun sotish / sotuvchi-ijarachi / xaridorijaraga beruvchi / aktivni berish sotilgan hisoblanmaydi / sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatiga mosligi / sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatidan yuqori / sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatidan pastligi / sotuvchi-ijarachida aktivga qolgan huquqi / xaridorga bergan aktivga huquqi / ijara bo‘yicha majburiyat / moliyaviy majburiyat / qo‘shimcha moliyalashtirish / keyingi hisob / moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari (MHXS) birinchi qo‘llash sanasigacha qayta ijaraga olish uchun sotish. / sale and leaseback / seller-tenant / buyer-lessor / the transfer of an asset is not a sale / the sale price corresponds to the fair value of the asset / the sale price is greater than the fair value of the asset / the sale price is less than the fair value of the asset / rights to the asset remaining with the seller-lessee / rights to the asset transferred to the buyer / lease obligation / financial obligation / additional funding / subsequent accounting / sale and leaseback transactions prior to the date of initial application.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matkuliyeva S.I.

Ushbu maqolada MHXS bo‘yicha qayta ijaraga olish uchun asosiy vositalarni sotish hisobi tartibi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACCOUNTING FOR THE SALE OF FIXED ASSETS FOR SECONDARY LEASE

This article discusses the procedure for accounting for the sale of fixed assets and leasing them back according to International Financial Reporting Standards (IFRS).

Текст научной работы на тему «QAYTA IJARAGA OLISH UCHUN ASOSIY VOSITALARNI SOTISH HISOBI»

UO'K:657.2.016

Matkuliyeva S.I. katta o 'qituvchisi

Ma'mun universiteti nodavlat oliy ta"lim muassasasi

QAYTAIJARAGA OLISH UCHUN ASOSIY VOSITALARNI SOTISH

HISOBI

Annotatsiya. Ushbu maqolada MHXS bo 'yicha qayta ijaraga olish uchun asosiy vositalarni sotish hisobi tartibi ko'rsatilgan.

Kalit so 'zlar: qayta ijaraga olish uchun sotish; sotuvchi-ijarachi; xaridor-ijaraga beruvchi; aktivni berish sotilgan hisoblanmaydi; sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatiga mosligi; sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatidan yuqori; sotish narxi aktivni haqiqiy qiymatidan pastligi; sotuvchi-ijarachida aktivga qolgan huquqi; xaridorga bergan aktivga huquqi; ijara bo 'yicha majburiyat; moliyaviy majburiyat; qo'shimcha moliyalashtirish; keyingi hisob; moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari (MHXS) birinchi qo 'llash sanasigacha qayta ijaraga olish uchun sotish.

Matkuliyeva S.I. senior teacher

Mamun University is a non-state higher education institution

ACCOUNTING FOR THE SALE OF FIXED ASSETS FOR

SECONDARY LEASE

Abstract. This article discusses the procedure for accounting for the sale of fixed assets and leasing them back according to International Financial Reporting Standards (IFRS).

Key words: sale and leaseback; seller-tenant; buyer-lessor; the transfer of an asset is not a sale; the sale price corresponds to the fair value of the asset; the sale price is greater than the fair value of the asset; the sale price is less than the fair value of the asset; rights to the asset remaining with the seller-lessee; rights to the asset transferred to the buyer; lease obligation; financial obligation; additional funding; subsequent accounting; sale and leaseback transactions prior to the date of initial application.

Kirish. 2021-yildan boshlab O'zbekiston kompaniyalari Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari (IFRS) hisobi tizimiga o'tmoqdalar. Bu holda, xo'jalik yurituchi sub'yekt nafaqat moliyaviy hisobotni, balki joriy moliyaviy hisobni ham yil davomida IFRSga muvofiq amalga oshiriladi. Biroq, IFRSni joriy etishda ba'zi muammolar mavjud: ko'pchilik buxgalterlarning kasbiy tayyorgarligi pastligi; IFRSga muvofiq tayyorlangan ma'lumotlardan foydalanish

ko'nikmalarining yetishmasligi; IFRS bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun katta xarajatlar amalga oshirilishi; IFRSni o'zbek tiliga tarjima qilish va hokazo. Bundan tashqari, O'zbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lidan bormoqda. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda odatiy hol bo 'lgan ayrim biznes tushunchalar va operatsiyalari bozor iqtisodiyoyiga o'tish davridagi mamlakatlar uchun yangi va o'rganilmagan hisoblanadi. Bunday operatsiyalardan biri asosiy vositalarni sotish va qayta ijaraga olishdir.

Ushbu maqola IFRS bo'yicha asosiy vositalarni sotish va qayta ijaraga olish hisobiga bag'ishlangan. Bu O'zbekistonning o'tish davri iqtisodiyotidagi yangi hodisadir. Bozor iqtisodiyotiga o'tgunga qadar iqtisodiyotimizda bunday operatsiyalar amalga oshirilmagan.

Ijaraga berish va qayta ijaraga olish tushunchalariga baho beraylik. Shartnoma tuzish vaqtida korxona shartnomaning butun yoki uning alohida qismlarining ijara ekanligini baholashi kerak. Agar shartnoma to'lov evaziga ma'lum muddat davomida biron-bir aktiv ob'yektini foydalanishni nazorat qilish huquqini beradigan bo'lsa, shartnoma umuman yoki uning alohida tarkibiy qismlari ijara hisoblanadi.

Sotish va qayta ijaraga olish - bu korxonani (sotuvchi-ijarachi) shunday muomalasiki, aktivni boshqa korxona (xaridor-ijaraga beruvchi)ga sotilishi va xuddi shu aktivni xaridor-ijaraga beruvchidan ijaraga olishi bilan bog'liq operatsiya.

Adabiyotlar sharhi (uslubiy materiallar sharhi). MHXS (IFRS) 16 "Ijara"da sotish va qayta ijaraga olish masalasi muayyan qism sifatida bir necha punktlardan iborat bag'ishlangan (MCOO (IFRS) 16, 2016). MCOO (IAS) 16 "Asosiy vositalar" standartida faqat asosiy vositalar tarifi, qiymati, amortizatsiya ajratmasi, harakati haqida ma'lumot keltirilgan. Biz tahlil qilayotgan masala ko'rilmagan (MCOO (IAS) 16, 2015). MHXS (IFRS) 9 "Moliyaviy vositalar"da agar asosiy vosita moliyaviy vosita sifatida qo'llanilsa o'shanda hisobga oladi, lekin qayta ijaraga olish masalasi ko'rib chiqilmagan (MHXS (IFRS) 9, 2016). MHXS (IFRS) 15 "Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha tushum" shunday holatda qo'llaniladiki, agar asosiy vositani foydalanishini to'xtatilib sotish uchun chiqarilsa (MHXS (IFRS) 15, 2016).

Berdichevskaya V.O. o'z asarida MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishni umumiy talablari ko'rib chiqilgan. Buxgalteriya hisobini Rossiya standartlari (BHRS) bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotning MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobot o'rtasidagi asosiy farqlar ko'rsatilgan. Ushbu farqlar asosida BHRS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning turli ko'rsatkichlarini MHXSga transformatsiya qilish tartibi ko'rsatilgan, lekin qayta ijaraga olish masalasi chetda qolib ketgan (EepgHHeBCKaa, 2017).

Boshqa muallif Teterleva A.S. o'quv qo'lanmasida MHXS asosida mol-mulk, ularni moliyalashtirish manbalari, daromadlar, xarajatlar, va moliyaviy natijalarni buxgalteriya hisobida tashkillashtirish va hisobini yuritish tartibi

keltirilgan. Lekin asosiy vositalarni sotish va ularni qayta ijaraga olish masalasiga e'tibor qaratilmagan (TeTepneBa, 2016).

ACCA o'quv qo'llanmasida sotib va qayta ijaraga olish tarifi qisqacha bayon qilingan. Bunday operatsiyalar, agar MHXS (IFRS) 15 talablariga mos kelsa asosiy vosita sotilgan hisoblanadi deyilgan. Lekin tahlil qilinayotgan masalaga boshqa e'tibor qaratilmagan (ACCA ^nnHOP, 2018).

Maqolaning mazmuni.

Bunday operatsiyalar, ya'ni asosiy vositalarni sotish va qayta ijaraga olish hisobiga aktivning o'tkazilishi sotishni tashkil etadimi-yo'qligiga bog'liq bo'ladi, ya'ni MHXS (IFRS) 15-sonli "Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha tushum" mezonlari bajariladimi yoki yo'qmi (sotish shunda sodir bo'ladiki, agar aktivni nazorat qilish huquqi xaridor-ijaraga beruvchiga o'tsa).

Bir necha holatlarni ko'rib chiqamiz: a) aktivni topshirish sotish hisoblanadi va b) aktivni berish sotish sifatiga kirmaydi

Agar aktivni topshirish sotish hisoblansa

Bu holda sotuvchi-ijarachi

- aktivning hisobdan chiqarilishini (sotishini) aks ettiradi;

- aktivni hisobdan chiqarilishdan olingan moliyaviy natijani (foyda yoki zarar) tan oladi;

- o'tkazilgan aktivning qoldiq qiymatining sotuvchi-ijarachi aktivga bo'lgan qolgan huquqlariga to'g'ri keladigan qismiga teng miqdorda qaytarib ijaraga olish natijasida kelib chiqadigan foydalanish huquqini tan oladi.

Xaridor-ijaraga beruvchi

- tegishli standartlardan foydalangan holda aktivni sotib olish (odatda MHXS (IAS) 16-sonli "Asosiy vositalar") va ijaraga beruvchining ijarani hisobga olish talablaridan foydalangan holda ijara hisobini yuritilishi.

Agar sotish narxi aktivning adolatli qiymatiga teng bo'lmasa yoki ijara to'lovlari bozor stavkalari bo'yicha amalga oshirilmasa, sotuvchi-ijarachi sotishdan tushgan tushumni adolatli qiymat bo'yicha o'lchash uchun quyidagi tuzatishlarni kiritishi kerak:

a) bozor darajasidan kamroq summalar ijara haqini oldindan to'lash sifatida hisobga olinishi kerak; va

b) bozor darajasidan ortiq olingan summalar xaridor-ijaraga beruvchi tomonidan sotuvchi-ijarachiga taqdim etilgan qo'shimcha moliyalashtirish sifatida hisobga olinishi kerak.

Agar aktivni berish sotish hisoblanmasa

Sotuvchi-ijarachi

- o'tkazilgan aktivni moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda tan olishni davom ettiradi.

- aktivni topshirishdan tushgan tushumni ("sotish" bahosi) moliyaviy majburiyat (qarz) sifatida tan oladi. Ushbu moliyaviy majburiyat MHXS (IFRS) 9-sonli "Moliyaviy vositalar" standartiga muvofiq hisobga olinadi.

Xaridor-ijaraga beruvchi

- moliyaviy aktivni aktiv uchun o'tkazilgan pul miqdorida tan oladi (berilgan kredit). Moliyaviy aktiv keyinchalik MHXS (IFRS) 9-sonli "Moliyaviy vositalar"ga muvofiq hisobga olinadi.

Ushbu masalani keltirilgan misolda ko'rib chiqaylik 2023 yil 1 yanvarda MBA kompaniyasi (sotuvchi-ijarachi) MDA kompaniyasi (xaridor-ijaraga beruvchi)ga qurilish texnikasini sotdi. Uskunaning qoldiq qiymati 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 1, 5 million dollarni, qolgan foydalanish muddati esa 8 yilni tashkil etadi. Shu kuni MBA kompaniyasi ushbu uskunani MDA kompaniyasidan 6 yil muddatga ijaraga oldi. Ijara to'lovlari har yili yil oxirida, 31 dekabrda to'lanadi. Uskunaning adolatli qiymati 2023 yil 1 yanvar holatiga 2 million dollarni tashkil etadi.

Ushbu muomala sotish operatsiyasini ifodalaydi va MHXS (IFRS) 15-sonli mezonlariga javob beradi. Topshiriq:

Ushbu operatsiya MBA kompaniyasining (sotuvchi-ijarachi) 2023 yil 31 dekabrda yakunlangan yil uchun moliyaviy hisobotida qanday hisobga olinishini tushuntiring va ko'rsating, agar:

a) sotish narxi 2 million dollar, yillik ijara to'lovlari 300 000 dollar;

b) sotish narxi 2, 3 million dollar, yillik ijara to'lovlari 330 000 dollar;

c) sotish narxi 1, 7 million dollar, yillik ijara to'lovlari 270 000 dollar; Ijara shartnomasida nazarda tutilgan yillik foiz stavkasi 12% ni tashkil

qiladi. Bir dollarni joriy qiymati 6 yil davomida har yil oxirida 12% stavkada 4, 11 koeffitsientni tashkil etadi. Yechim

a) sotish narxi aktivning adolatli qiymatiga mos keladi.

2023-yil 1-yanvarda MBA kompaniyasi uskunaning balans qiymati bo'yicha hisobdan chiqarilishini, tasarruf etishdan olingan moliyaviy natijani (MDA kompaniyasiga berilgan aktivga bo'lgan huquqlar nuqtai nazaridan) aks ettiradi. MBA lizing majburiyatini (diskontlangan ijara to'lovlari miqdorida) va foydalanish huquqi aktivini (sotilgan aktivning balans qiymatining bir qismi sifatida, MBAning qaytarib olish natijasida aktivga bo'lgan qolgan huquqlari bilan bog'liq) tan oladi:

Dt Pul mablag'lari2 000

Kt Asosiy vositalar1 500

Kt Ijara malburiyatlari (300 x 4, 11)1 233

Dt Aktiv (1500 / 2000 x 1233)925

Kt Aktivni sotishdan foyda192

Aktivni sotishdan olingan foyda quyidagicha hisoblanadi: Sotishdan umumiy foyda = 2500 - 1500 = 500 Sotuvchi-ijarachida qolgan aktivga bo'lgan huquqlar = 925 Xaridorga berilgan aktivga bo'lgan huquqlar = 1500 - 925 = 575 Xaridorga berilgan huquqlarga tegishli foydaning bir qismi: 500 x 575/1500 = 192

Keyinchalik, asosiy aktivdan foydalanish huquqi shaklidagi aktiv amortizatsiya qilinadi. 2023 yil uchun amortizatsiya: 925 / 6 = 154. 2023 yil 31 dekabr holatiga foydalanish huquqi aktivining balans qiymati: 925 - 154 = 771

Lizing majburiyatlarini keyingi hisobga olish:

Davr Boshlangich qoldiq Moliyaviy xarajat (12%) Asosiy qarzni kamayishi To'lov Oxirgi qoldiq

1 2 3 4 = 5 - 3 5 6 = 2 - 4

2023 1 233 148 (1 233 x 12%) 152 300 1081

2024 1081 130 170 300 911

2025 911 109 191 300 720

2026 720 86 214 300 506

2027 506 61 239 300 267

2028 267 33 267 300 0

MBA kompaniyasining 2023 yil 31.12 holatiga Moliyaviy holat to'g'risidagi

hisoboti:

Aylanmadan tashqari aktivlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlar (925 - 154) 771

Uzoq muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat 911

Qisqa muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat (1081 - 911) 170

MBA kompaniyasining 2023 yil uchun Foyda va zararlar va boshqa umumiy daromadlar to'g'risidagi hisoboti:

Operatsion daromadlar

Asosiy vositalarni sotishdan daromadlar 192

Operatsion xarajatlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni amortisatsiyasi (154)

Moliyaviy xarajatlar

Foizlar (148)

b) sotish narxi aktivning adolatli qiymatidan yuqori bo'lsa

MBA tomonidan aktivning adolatli qiymatidan ortiq olingan summa 300 ming dollarni (2 300 - 2 000 = 300) tashkil qiladi. MDA (xaridor-ijaraga beruvchi) tomonidan MBA (sotuvchi-ijarachi)ga taqdim etilgan qo'shimcha moliyalashtirish sifatida hisobga olinadi.

Ijara to'lovlarining joriy qiymati 1356 ming dollarni (330 x 4, 11) tashkil etadi, shundan 300 ming qo'shimcha moliyalashtirish (moliyaviy majburiyat, kredit) va 1 056 ming dollar (1356 - 300) - ijara majburiyati.

2023-yil 1-yanvarda MBA uskunaning balans qiymati bo'yicha hisobdan chiqarilishini, tasarruf etishdan olingan moliyaviy natijani (xaridorga o'tkazilgan aktivga bo'lgan huquqlar nuqtai nazaridan) aks ettiradi. MBA moliyaviy majburiyatni (qo'shimcha moliyalashtirish), lizing majburiyatini (diskontlangan

lizing to'lovlari miqdorida qo'shimcha moliyalashtirishni hisobga olmaganda) va foydalanish huquqi bergan aktivni (sotilgan aktivning balans qiymatining bir qismi sifatida, bu MBAning qolgan qismiga tegishli aktivlarni ijaraga qaytarib olish huquqi)) tan oladi.

Dt Pul mablag'lari2 300

Kt Asosiy vositalarl 500

Kt Moliyaviy majburiyat300

Kt Ijara malburiyatlari (330 x 4, 11 - 300)1 056

Dt Aktiv (1500 / 2000 x 1 056)792

Kt Aktivni sotishdan foyda236

Keyinchalik, asosiy aktivdan foydalanish huquqi shaklidagi aktiv amortizatsiya qilinadi. 2023 yil uchun amortizatsiya ajratmalari: 792/6 = 132. Foydalanish huquqi aktivining balans qiymati 2023 yil 31 dekabr holatiga: 792 -132 = 660 ming dollar.

Umumiy to'lov lizing va qo'shimcha moliyalashtirish o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi:

- qo'shimcha moliyalashtirishga tegishli bo'lgan qismi: 300/1 356 x 330 =

73

- ijaraga tegishli bo'lgan qismi 1056/1 356 x 330 = 257.

Moliyaviy majburiyatning keyingi hisobi:

Davr Boshlangich qoldiq Moliyaviy xarajat (12%) Asosiy qarzni kamayishi To'lov Oxirgi qoldiq

1 2 3 4 = 5 - 3 5 6 = 2 - 4

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2023 300 36 (300 x 12%) 37 73 263

2024 263 32 41 73 222

2025 222 27 46 73 176

2026 176 21 52 73 124

2027 124 15 58 73 66

2028 66 7 66 73 0

Ijara majburiyatlarni keyingi hisobi:

Davr Boshlangich qoldiq Moliyaviy xarajat (12%) Asosiy qarzni kamayishi To'lov Oxirgi qoldiq

1 2 3 4 = 5 - 3 5 6 = 2 - 4

2023 1056 127 (1056x 12%) 130 257 926

2024 926 111 146 257 780

2025 780 94 163 257 617

2026 617 74 183 257 434

2027 434 52 205 257 229

2028 229 28 229 257 0

MBA kompaniyasining 2023 yil 31.12 holatiga Moliyaviy holat to'g'risidagi

hisoboti:

Aylanmadan tashqari aktivlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlar (792 - 132) 660

Uzoq muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat 780

Moliyaviy majburiyatlar 222

Qisqa muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat (926 - 780) 146

Moliyaviy majburiyatlar (263 - 222) 41

MBA kompaniyasining 2023 yil uchun Foyda va zararlar va boshqa umumiy daromadlar to'g'risidagi hisoboti:

Operatsion daromadlar

Asosiy vositalarni sotishdan daromadlar 236

Operatsion xarajatlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni amortisatsiyasi (132)

Moliyaviy xarajatlar

Foizlar (127 + 36) (163)

c) sotish narxi aktivning adolatli qiymatidan past bo'lsa

Sotish narxi aktivning adolatli qiymatidan past bo'lganligi sababli, farq 300 ming dollarni (2000 - 1700) tashkil qiladi, ijara haqini oldindan to'lashni anglatadi.

Lizing uchun oldindan to'lovlar qaytarib olishdan kelib chiqadigan foydalanish huquqi aktivining dastlabki bahosiga kiritiladi.

2023-yil 1-yanvarda MBA uskunani tasarruf etishni, uni tasarruf etishdan olingan moliyaviy natijani (xaridorga o'tkazilgan aktivga bo'lgan huquqlar nuqtai nazaridan) aks ettiradi, shuningdek, lizing to'lovlarining diskontlangan qiymati miqdorida lizing majburiyatini tan oladi va sotilgan aktivning proportsional balans qiymati miqdorida foydalanish huquqi shaklidagi aktiv, bu sotuvchi-ijarachining ijara natijasida aktivdagi qolgan huquqlarini bildiradi). Dt Pul mablag'laril 700 Kt Asosiy vositalarl 500 Kt Ijara malburiyatlari (270 x 4, 11)1 110 Dt Aktiv (1 500/2 000 x (1 110 + 300))1058 Kt Aktivni sotishdan foyda*148 *Sotishdan olingan foydani hisoblash: Bozor narxida sotishdan olingan foyda = 2000 - 1500 = 500 Qayta lizing shartnomasi bo'yicha sotuvchi-lizing oluvchida qolgan aktivga bo'lgan huquqlar = 1058

Xaridorga berilgan aktivga bo'lgan huquqlar = 1500 - 1058 = 442 Xaridor-lizing beruvchiga berilgan aktivga bo'lgan huquqlarga tegishli foyda = 500 x 442/1500 = 148

Keyinchalik, asosiy aktivdan foydalanish huquqi shaklidagi aktiv amortizatsiya qilinadi. 2023 yil uchun amortizatsiya ajratmalari: 1058/6 = 176. Foydalanish huquqi aktivining balans qiymati 2023 yil 31 dekabr holatiga: 1058 - 176 = 882.

Lizing majburiyatlarini keyingi hisobga olish:

Davr Boshlangich qoldiq Moliyaviy xarajat (12%) Asosiy qarzni kamayishi To'lov Oxirgi qoldiq

1 2 3 4 = 5 - 3 5 6 = 2 - 4

2023 1 110 133 (1 110х 12%) 137 270 973

2024 973 117 153 270 820

2025 820 98 172 270 648

2026 648 78 192 270 456

2027 456 55 215 270 241

2028 241 29 241 270 0

MBA kompaniyasining 2023 yil 31.12 holatiga Moliyaviy holat to'g'risidagi

hisoboti:

Aylanmadan tashqari aktivlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlar (1058 - 176) 882

Uzoq muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat 820

Qisqa muddatli majburiyatlar

Ijara bo'yicha majburiyat (973 - 820) 153

MBA kompaniyasining 2023 yil uchun Foyda va zararlar va boshqa umumiy daromadlar to'g'risidagi hisoboti:

Operatsion daromadlar

Asosiy vositalarni sotishdan daromadlar 148

Operatsion xarajatlar

Foydalanish huquqi shaklidagi aktivlarni amortisatsiyasi (176)

Moliyaviy xarajatlar

Foizlar (133)

Dastlabki qo'llash sanasidan oldin sotish va qaytarib olish operatsiyalari. Tashkilot topshirilgan asosiy aktivni sotuv sifatida hisobga olinishi kerak bo'lgan MHXS (IFRS) 15 talablariga javob beгadimi yoki yo'qligini aniqlash uchun dastlabki qo'llash sanasidan oldin sotish va qaytarib ijaraga olish operatsiyalarini qayta tekshirmasligi kerak.

Agar sotish va qayta ijaraga olish operatsiyasi sotish va moliyaviy ijara sifatida hisobga olingan bo'lsa, sotuvchi-ijarachi:

a) dastlabki qo'llash sanada amalda bo'lgan boshqa moliyaviy ijarani hisobga olgandek, qaytarib ijaraga olishni ham shunday hisobga olishi kerak; va

b) ijara muddati davomida sotishdan olingan foydani amortizatsiya qilishni davom ettirishi kerak.

AgaT sotish va qayta ijaгaga olish operatsiyasi sotish va opeгatsion ijara sifatida hisobga olingan bo'lsa, sotuvchi-ijarachi:

a) dastlabki qo'llash sanada amaldagi haг qanday boshqa opeгativ ijarani hisobga olgan holda, qaytaгib ijaraga olishni hisobga olishi keгak; va

b) qaytarib ijaгaga olingan foydalanish huquqi aktivini moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda dastlabki qo'llash sanasidan oldin daThol tan olinadigan bozoг sharoitlariga bog'liq bo'lgan kechiktiгilgan daгomadlar yoki zararlarga moslashtiгishi zaгuг.

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytish mumkinki, tadqiqotning maqsadi, ya'ni asosiy vositalarni sotish va shu asosiy vositalarni qayta ijaraga olish hisobi, misol^ va buxgalteгlik yozuvlaг bilan mukammal ko'rsatilgan. Qo'yilgan vazifalar o'z javobini topgan deb hisoblaymiz. Tadqiqot natijalarini amaliyotchi-buxgalteгlaг va nazariy-buxgalterlar o'z amaliyotida qo'llasalar katta yordam berishi mumkin. Buxgalteгlik yozuvlami amalga oshirishda yangi hisobvaгaqlar yaratish shart emas, balki mavjud hisobvaraqlarimizdan qo'shimcha hisobvaraqlar kiritish yo'li bilan muammoni yechish mumkin.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. МСФО (IAS) 16 «Основные средства». Приложение №8 к приказу Министерства финансов Российской Федерации от 28.12.2015 №217н.

2. МСФО (IFRS) 9 «Финансовые инструменты». Приложение №1 к приказу Министерства финансов Российской Федерации от 27.06.2016 №98н.

3. МСФО (IFRS) 15 «Выручка по договорам с покупателями». Приложение №5 к приказу Министерства финансов Российской Федерации от 27.06.2016 №98н.

4. МСФО (IFRS) 16 «Aренда». Приложение №1 к приказу Министерства финансов Российской Федерации от 11.06.2016 №111н.

5. Бердичевская В.О. Трансформация финансовой отчетности в МСФО: учебное пособие / В.О.Бердичевская; Яросл. гос. ун-т им. П. Г. Демидова. -Ярославль: ЯрГУ, 2017. - 204 с.

6. Тетерлева A.Q Международные стандарты финансовой отчетности: [учеб. пособие] / A.C.Тетерлева; М-во образования и науки Рос. Федерации, Урал. федер. ун-т. - Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2016. - 176 с.

7. Учебное пособие AŒA ДипИФР. - М.: 2018. - 612 с.

8. Мухдметов, A., Aбдуваxидов, A., Матрасулов, Б., & Самащулов, М. (2021). ИШЛДБ ЧЩДРИШ ХAРAЖAТЛAРИНИ ТУРКУМЛДШ BA УЛДРНИНГ ХИСОБИ. Iqtisodiyot va ta'lim, (5), 351-358.

9. Мухаметов A. Б. и др. УЧЕТ ВОЗНДГРДЖДЕНИЯ РДБОТНИКЛМ ПО МСФО //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - С. 113-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.