Научная статья на тему 'IJARA HISOBINING DOLZARBLIGI VA UNGA NAZARIY ASOSLARDA BERILGAN TA’RIFLAR'

IJARA HISOBINING DOLZARBLIGI VA UNGA NAZARIY ASOSLARDA BERILGAN TA’RIFLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijara / lizing / BHMS / MHXS / ijara shartnomasi / mulk huquqi. / Rent / leasing / National accounting standards (NAS) / IFRS / lease agreement / property right.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumayeva G.A.

Ushbu maqolada ijara munosabatlarining iqtisodiyotda ulushining ortib borishi, ijara tushunchasi, unga ga me’yoriy huquqiy hujjatlarda, adabiyotlarda berilgan ta’riflarning tahlili, ijara va lizingning farqlanishlari tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF LEASING ACCOUNT AND DEFINITIONS GIVEN TO IT ON THEORETICAL BASIS

This article presents the increasing share of rental relations in the economy, the concept of rent, the analysis of the definitions given to it in regulatory legal documents, literature, and the analysis of the differences between rent and leasing.

Текст научной работы на тему «IJARA HISOBINING DOLZARBLIGI VA UNGA NAZARIY ASOSLARDA BERILGAN TA’RIFLAR»

Djumayeva G.A. assistent SamISI

IJARA HISOBINING DOLZARBLIGI VA UNGA NAZARIY ASOSLARDA BERILGAN TA'RIFLAR

Annotatasiya. Ushbu maqolada ijara munosabatlarining iqtisodiyotda ulushining ortib borishi, ijara tushunchasi, unga ga me'yoriy huquqiy hujjatlarda, adabiyotlarda berilgan ta'riflarning tahlili, ijara va lizingning farqlanishlari tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ijara, lizing, BHMS, MHXS, ijara shartnomasi, mulk huquqi.

Dzhumayeva G.A.

assistant SamIES

IMPORTANCE OF LEASING ACCOUNT AND DEFINITIONS GIVEN

TO IT ON THEORETICAL BASIS

Annotation. This article presents the increasing share of rental relations in the economy, the concept of rent, the analysis of the definitions given to it in regulatory legal documents, literature, and the analysis of the differences between rent and leasing.

Keywords: Rent, leasing, National accounting standards (NAS), IFRS, lease agreement, property right.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi, 2020 yil 24 avgustdagi 507-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga buxgalteriya hisobi ob'yekti bo'lgan aktivlar, xususan uzoq muddatli aktivlar ijarasi tushunchasining iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq o'rganishni, ular hisobini xalqaro hisob amaliyotidan kelib chiqib takomillashtirishni taqazo etmoqda. Shu bois bugungi kunda eng muhim masalalardan biri bu MHXS(moliyaviy hisobning xalqaro standartlari)larini o'rganish va uni joriy etish hisoblanadi.

Bizning oldimizga xalqaro standartlarni o'rganish, milliy hisob tizimi bilan integrasiyalash masalasi, ta'lim sohasiga to'liq kiritish, xo'jalik yurituvchi tashkilotlarda MHXS talablari asosida hisob siyosatini ishlab chiqish, moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro tamoyillarga asosan tayyorlash, shuningdek

buxgalteriya hisobi ob'yektlari(uzoq muddatli, joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital) hisobining konseptual asosinini takomillashtirish vazifasi qo'yilmoqda. Bilamizki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni rivojlantirish, korxona faoliyatini kengaytirish uzoq muddatli aktivlarga talabni keltirib chiqaradi, shu o'rinda korxonalar oldida ikkita tanlov turadi, birinchisi uzoq muddatli aktivlarni sotib olish va ikkinchisi ularni ijaraga olish.

Fan-texnikaning shiddat bilan rivojlanib borishini hisobga oladigan bo'lsak, uzoq muddatli aktivlarni ijaraga olish korxonalar uchun eng maqbul tanlov bo'ladi. Xususan zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar ijarasi bilan bog'liq munosabatlar hajmi ortib bormoqda. Buni quyidagi ko'rsatkichl ar orqali ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

2023-yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari 2 177,3 mlrd. so'mga yetib, jami ko'rsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,9 % ni tashkil etgan. Ushbu xizmat turi bo'yicha yuqori o'sish sur'atlari Toshkent shahri (115,4 %) va Samarqand (109,8 %) viloyatida kuzatilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.12

¥

"E-IJARA" AXBOROT TIZIMI ORQALI SOLIQ ORGANLARIDA HISOBGA QO'VILOAN

KO'CHMAS MULK IJARA SHARTNO M ALA RI ¡2014-VIL l-YAHVAR HOLATiCA)

~T

fUTKlfliy fhontor

SHARTNOMALAR É SONI

531 757

144 955/ IO,2%* 386 802/60,5%*

MULK OBYEKTLARI

w— HliOBLANGAN

6 661,9 —— 756,4

llABA SUMMiSI

SOUH5"»

U4PD po^

300 876

49 996 / 51,B% S 312, 4 / 27,2% 561,6/ 31,2% 250 880 / 59,5% 3 349,5 / 22,0% T94,8 / 27,0«

HvawtlarliirtimMv tsonl / .

QORA<2ALPOCrl£TON H.

17 145

KAVCNT

16 069

ÏAHAirQAHb

50 135

XOBA7M

15 633 r ;

DUXOFO 21620

SIBDABYO

12 847

QA5HQADARVO

30 962 6,2Î

JlïlAX 18 261

I

TOSHKENT ÇH.

195 675

TOSHKENT V.

A9 660

« ANDUON

24 265

NflMAMCHH

22 6B5

FflMt'ÛHA

31 927

ÇyOXONDAÔVO

24 673

TALABALAP BILAN TuZlLCAN IJARA SHARTNOM ALAFtI

5HABTHDMALAE 94 185 TALAFALAR 13 A 926

SOLI<JIM¥l¥OZLAJÎi ^^"f ^

mirowm

n W

ï

1-rasm. "E-IJARA" axborot tizimi orqali soliq organlarida hisobga qo'yilgan ko'chmas mulk ijara shartnomalari(2024-yil 1-yanvar holatiga).13

12 https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/40692-ijar-a-xizmatlari-2

13 https ://t. me/fiskaltahlil

2024-yil 1-yanvar holatiga soliq organlarida 531 757 ta ko'chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo'yilgan. Ko'chmas mulk ob'yektlari soni 300 876 ta, bu bilan bog'liq ijara summasi 8 661,9 mlrd so'mni tashkil etgan. Yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan 144,9 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 561,6 mlrd so'm soliq hisoblanib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 30,2% va hisoblangan soliq summasi 31,2 %ga oshgan. Jismoniy shaxslar o'rtasida tuzilgan 386,8 mingta ijara shartnomasi asosida 194,8 mlrd so'm daromad solig'i hisoblanib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 60,5 % va hisoblangan daromad solig'i summasi 21 %ga oshgan.

Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ijara munosabatlari nafaqat buxgalteriya hisobi ob'yekti, balki soliq hisobining ham ob'yekti hisoblanadi. Demak, korxonalarda ijara hisobini to'g'ri yuritish, xalqaro standartlar asosida takomillashtirish buxgalteriya hisobining muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Turli axborot manbalari, adabiyotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ijaraga quyidagicha ta'riflar berilgan:

Ijara (arab. - ijora) tarixiy-etnografik atama bo'lib, uning ikki ko'rinishi e'tirof etilgan:

1) Islom dini tarqalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri bo'lib, yer egasining haqini pul bilan to'langan. Yer egasi haqi hosildan ulush (natura tarzida) beriladigan bo'lsa muzora'a deb atalgan. 20-asrning 20-yillariga qadar O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan bo'lgan va u korandalik14 deb yuritilgan.

2) mol-mulkni yollash va undan foydalanish bo'yicha shartnoma. Unga ko'ra, bir tomon (ijara beruvchi) ikkinchi tomon (ijara oluvchi) ga ma'lum to'lov, ya'ni ijara haqi evaziga mol-mulkni vaqtincha foydalanish uchun beradi. Ijara haqi mol-mulkning qiymati va keltiradigan daromadiga bog'liq bo'lib, o'zaro kelishuv bilan belgilanadi.

Ijarachi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va hatto davlat bo'lishi mumkin. Mehnat jamoalari o'z korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan ijara shartnomasiga binoan asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalarini ma'lum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qo'shimcha daromadga erishish maqsadida oladi.15

Islom huquqshunosligida ijara atamasi ikki xil amaliyot uchun qo'llaniladi. Birinchisi bir kishini xizmat haqi to'lash asosida ishga yollash amaliyotidir. Ish beruvchi mustajir, yollanma ishchi esa ajir deyiladi. Agar A tomon ishxonasiga B tomonni boshqaruvchi yoki oddiy xodim qilib oylik maosh to'lash sharti bilan ishga olsa, A mustajir, B esa Ajir deyiladi. Shuningdek agar A chamadonlarini aeroportga ko'tarib borish uchun yuk tashuvchini yollasa, A mustajir, B esa ajir bo'ladi. Ikkala holatda ham tomonlar o'rtasidagi munosabat ijara muomalasi

14 https ://uz.wikipedia. org/wiki/Korandalik

15 https ://uz.wikipedia. org/wiki/Ijara

hisoblanadi. Bu turdagi ijaraga insonlarning xizmatlari yollanishi mumkin bo'lgan barcha ijara kelishuvlari kiradi. Bu xizmatlarga vrach, huquqshunos, o'qituvchi, ishchi yoki boshqa har qanday kasb vakillarining xizmatlari kirishi mumkin. Yollangan xizmatchilar "ajir", ularni yollagan kishi "mustajir»deyiladi, ularga to'langan haq esa "ujra»deb nomlanadi. Ijaraning ikkinchi turi inson xizmatidan emas, balki aktiv va mulklardan foydalanish holatiga taalluqli. Bunda ijara «muayyan mulkni ijara haqi evaziga boshqa shaxsning foydalanishiga topshirish»amaliyotini bildirib, ingliz tilida qo'llaniladigan «lizing»atamasi bilan bir xil manoda ishlatiladi. Bunda lizing beruvchi mujir, lizing oluvchi mustajir va lizing beruvchiga to'lanadigan ijara haqi ujra deb nomlanadi. Ijara qonun-qoidalari lizing sifatida ko'p jihatdan savdo qonun-qoidalariga o'xshab ketadi. Chunki ikki holatda ham muayyan narsa arziydigan haq evaziga boshqa kishiga ko'chadi. Ijara va savdoning asosiy farqi shundaki, savdoda mulkning egaligi xaridorga ko'chadi, ijarada esa mulk egaligi ijaraga beruvchida qoladi, faqat mulkdan foydalanish huquqi ijara oluvchiga ko'chadi.16

Ijara - tovon evaziga muayyan davr mobaynida aktiv(tayanch aktiv)dan foydalanish huquqi beriladigan shartnoma yoki shartnomaning bir qismi.17

Ijara - shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek xo'jalik faoliyatini va o'zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo'lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir.18

6-son "Ijara hisobi" BHMS nuqtai nazaridan ijara quyidagilarga bo'linadi:

a) lizing (moliyaviy ijara);

b) uzoq muddatli ijara; v) qisqa muddatli ijara.

Lizing (moliyaviy ijara) — ijara munosabatlarining alohida turi bo'lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga o'n ikki oydan ortiq muddatga beradi.19

16 https://globalhalal.uz/blog/datahub/ijara/?script=lat

17 16-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti "Ijara"

18 https://lex.uz/acts/-112328

19 https://lex.uz/ru/docs/-85259, 6-son BHMS "Ijara hisobi"

1-jadval

Ijara va lizingning farqlanishlari20_

Ijara Lizing

Ob'yektlari korxonalar, ayrim ishlab chiqaгishlaг, sexlaг, fermalar, boshqa bo'linmalaг, tashkilotlaг; ayгiш binolar, inshootlaг, uskunalaг, tгanspoгt vositalaгi, inventariar, asboblaг, boshqa moddiy boyliklaг; сг (qishloq xo'jaligi uchun ajгatilgan yerlar ijaгaga faqatgina qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiгish uchun beгiladi) va boshqa tabiiy resurslar Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste'mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'chaг va ko'chmas mulk

Sub'yektlari Ijaгaga beгuvchi va ijarachi Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi

Shakllari (turlari) Opeгativ, moliyaviy Uchta subyekti ishtirok etadigan to'g'ridan-to'g'ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo'lib Ь1г shaxsning o'zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin

Shartnoma tuzish shakli yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi

Shartnoma muddati 1 yilgacha; 1 yildan ortiq 12 oydan ortiq muddatga

To'lovlar haq to'lash taгtibi, shaгtlaгi va muddatlari mulk ijaгasi shaгtnoшasi bilan belgilanadi Lizing to'lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo'lib-bo'lib to'lanadi. Lizing to'lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi

Mulk huquqi Mol-mulkni ijaraga beгish ana shu mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa kishiga o'tkazilishiga olib kelmaydi Lizing ob'yektiga bo'lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli

Shuningdek, amaliyotda, adabiyotlarda va manbalaгda prokat atamasi ham ishlatiladi. Fuqaгolik Kodeksiga asosan prakat doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaгaga beгuvchi haq evaziga ijaгaga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko' char mol-mulkni topshiгish hisoblanadi.

20 https://lex.uz/acts/-112328, https://lex.uz/ru/docs/-85259 ga asosan muallif ishlanamasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, ijara va lizing munosabatlarida ma'lum farqlanishlar mavjud. Ijara hisobini yuritishning asosi bo'lgan 6-son "Ijara hisobi" BHMSda ijaraga berilgan ta'rif lizingga berilgan ta'rif bilan aynan bir xil. Me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ijaraga beriladigan yagona ta'rif ishlab chiqilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»Qarori. 2020 yil 24 fevral. PQ-4611-son.

2. 16-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti "Ijara"

3. 6-son BHMS "Ijara hisobi"

4. S.N. Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish Monografiya. 2018 y. "0'zbekiston»2018 yil, - 119 b

5. K.B. Urazov Buxgalteriya xisobi nazariyasi. "Samarqand-2018»- 156-157 b https: //globalhalal. uz/blog/datahub/ij ara/?script=lat https://lex.uz/ru/docs/-85259

https://lex.uz/acts/-112328

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.