Научная статья на тему 'ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA O‘Q OTISH TAYYORGARLIGI BO‘YICHA MAVJUD BO‘LGAN HUQUQIY-NORMATIV HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI'

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA O‘Q OTISH TAYYORGARLIGI BO‘YICHA MAVJUD BO‘LGAN HUQUQIY-NORMATIV HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
42
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: o‘q otish tayyorgarligi / o‘qotar qurollardan mohirona foydalanish / amaliy o‘q otish / kasbiy tayyorgarlik / me’yorlarni o‘rgatish / ko‘nikmalarni shakllantirish / o‘qitish metodikasini takomillashtirish. / Key words: shooting training / skillful use of firearms / practical shooting / professional training / training standards / skill formation / improvement of teaching methodology.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — A.T.Alijonov

KIRISH: bugungi kunda dunyo miqyosidagi global tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Eng yomoni, taraqqiyot sur’atlarining ortishi bilan mavjud xavf-xatarlar shakli, qiyofasi, harakat usullarini o‘zgartirib borishlari juda xavfli bo‘lib bormoqda[1]. Mazkur sharoitlarda ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida professional tuzilmaga aylantirish [2], ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash, ruhiy-psixologik holatini mustahkamlash va eng asosiysi zamonaviy kasbiy va intellektual bilimi hamda jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi [3]. Chunki Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPE CTS FOR IMPROVEMENT OF LEGAL AND NORMATIVE DOCUMENTS AVAILABLE ON THE PREPAREDNESS OF AMMUNITION IN THE BODIES OF INTERNAL AFFAIRS

Annotation INTRODUCTION: today, global threats on a global scale are becoming more and more intense. The worst thing is that with the increase in the pace of development, existing dangers are changing their form, appearance, and methods of action, and it is becoming very dangerous [1]. In these circumstances, turning the internal affairs bodies into a professional structure as a reliable defender of the people [2], training the employees of the internal affairs bodies to be representatives of the state with high moral and ethical qualities, loyal to their duty, patriotic and people-loving, based on the principle of "For human dignity", it is of urgent importance to strengthen the mental and psychological condition and, most importantly, to increase modern professional and intellectual knowledge, as well as combat and physical training [3]. Because the main tasks of the internal affairs bodies are to protect the rights, freedoms and legal interests of citizens, the property of individuals and legal entities, the constitutional system, to ensure the rule of law, the safety of individuals, society and the state, as well as to prevent and prevent crimes

Текст научной работы на тему «ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA O‘Q OTISH TAYYORGARLIGI BO‘YICHA MAVJUD BO‘LGAN HUQUQIY-NORMATIV HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI»

Original peper

DOI:10.24412/2992-9024-2024-2-132-140

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA O'Q OTISH TAYYORGARLIGI BO'YICHA MAVJUD BO'LGAN HUQUQIY-NORMATIV HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

© A.T.Alijonov

■1H

1O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti,Toshkent, O'zbekiston

"Biz barchamiz - fuqarolar ham, jamiyat ham, davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun, tarixiy, ma'naviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol еtkazish uchun birdek mas'ulmiz"

Sh.M. Mirziyoyev

Annotatsiya

KIRISH: bugungi kunda dunyo miqyosidagi global tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Eng yomoni, taraqqiyot sur'atlarining ortishi bilan mavjud xavf-xatarlar shakli, qiyofasi, harakat usullarini o'zgartirib borishlari juda xavfli bo'lib bormoqda[1]. Mazkur sharoitlarda ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida professional tuzilmaga aylantirish [2], ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o'z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash, ruhiy-psixologik holatini mustahkamlash va eng asosiysi zamonaviy kasbiy va intellektual bilimi hamda jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi [3]. Chunki Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir [4].

MATERIALLAR VA METODLAR: har qanday tadbirlarga xodimlar xizmat qurollari bilan jalb etiladi. O'qotar qurol bilan xizmatga jalb qilingan xodimlardan quyidagi tajriba va amaliy ko'nikmalar talab etiladi [5]:

- o'qotar qurollarning jangovar xususiyatlarini bilishi;

- moxirona foydalanishi;

- huquqiy asoslangan holda o'qotar qurolni qo'llashi;

- vaziyatni to'g'ri baholash va mustaqil qaror qabul qilishi;

qisqa muddatlarda nishonni ishonchli zabtt eta olishlari hamda o'qotar qurollarni qo'llash bo'yicha etarli bilimlarga ega bo'lishlari kerak.

MAQSAD: o'q otish tayyorgarligi bo'yicha ishlab chiqilgan me'yorlarning tahlili; mavzu bo'yicha ilmiy-uslubiy manbalarni o'rganish; o'qotar qurollardan foydalanish

amaliyotini tahlil qilish; o'q otish mashqlari hamda o'q otish bo'yicha amaliy mashq me'yorlarni ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tezkorlik, chidamlilik va kuch ishlatish kabi jismoniy sifatlarni shakllantirish, Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatidan turli pozitsiyalarda harakatlanuvchi nishonlarga o'q otish mashg'ulotlari bilan muntazam ravishda shug'ullanishlar bugungi kunda samarali natijalar berib kelmoqda.

XULOSA: ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlarga oid zarur bo'lgan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish, ichki ishlar organlarining barqaror professional kadrlar tarkibini shakllantirish, xodimlarning jangovar tayyorgarligi qatorida o'q otish tayyorgarligi bo'yicha mavjud bo'lgan huquqiy normativ hujjatlarni takomillashtirib borish bu borada tizimli ishlarni yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida keltirib o'tilgan muammo va takliflar inobatga olinishi tizim xodimlarini yuqori darajada jangovar va jismoniy shayligini ta'minlab berishga xizmat qiladi.

Shuningdek, sohaga ilg'or tajriba va ish usullarini, innovatsion-raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyati, ma'naviy-ma'rifiy saviyasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning mashaqqatli va fidokorona mehnatini munosib qadrlash bo'yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash talab etiladi.

Kalit so'zlar: o'q otish tayyorgarligi, o'qotar qurollardan mohirona foydalanish, amaliy o'q otish, kasbiy tayyorgarlik, me'yorlarni o'rgatish, ko'nikmalarni shakllantirish, o'qitish metodikasini takomillashtirish.

Iqtibos uchun: Alijonov A.T. ichki ishlar organlarida o'q otish tayyorgarligi bo'yicha mavjud bo'lgan huquqiy-normativ hujjatlarni takomillashtirish istiqbollari // Inter education & global study. 2024. №2. E.132-140.

ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРАВОВЫХ И НОРМАТИВНЫХ ДОКУМЕНТОВ ПО ГОТОВНОСТИ БОЕПРИПАСОВ В ОРГАНАХ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ_

© А.Т.Алижонов1Н

Учебный институт МВД Республики Узбекистан,Ташкент, Узбекистан_

"Все мы - граждане, общество и государство - несем равную ответственность за развитие нашей Родины, за укрепление мира и стабильности в нашей стране, за сохранение и обогащение нашего исторического, духовного и культурного наследия и передачу его будущим поколениям. ."

Ш.М. Мирзиёев

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: сегодня глобальные угрозы глобального масштаба становятся все более интенсивными. Самое страшное то, что с увеличением темпов развития

существующие опасности меняют свою форму, вид и способы действия, и это становится очень опасным [1]. В этих условиях превращение органов внутренних дел в профессиональную структуру как надежного защитника народа [2], подготовка сотрудников органов внутренних дел как представителей государства с высокими морально-этическими качествами, верных своему долгу, патриотическое и человеколюбивое, основанное на принципе «За человеческое достоинство», имеет актуальное значение укрепление психического и психологического состояния и, главное, повышение современных профессиональных и интеллектуальных знаний, а также боевой и физической подготовки[ 3]. Потому что основными задачами органов внутренних дел являются защита прав, свобод и законных интересов граждан, собственности физических и юридических лиц, конституционного строя, обеспечение законности, безопасности личности, общества и государства, а также предупреждение и предотвращение преступлений [4].

ЦЕЛЬ: анализ разработанных стандартов стрелковой подготовки; изучение научно-методических источников по теме; анализ практики применения огнестрельного оружия; стрелковые упражнения и практические упражнения по стрельбе, направленные на выработку и совершенствование нормативов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: сотрудники участвуют в любых мероприятиях с табельным оружием. От личного состава, занимающегося обслуживанием огнестрельного оружия, требуются следующий опыт и практические навыки [5]:

- знание боевых особенностей огнестрельного оружия;

- умелое использование;

- применение огнестрельного оружия на законных основаниях;

- правильно оценить ситуацию и принять самостоятельное решение;

они должны уметь надежно захватывать цель в короткие промежутки времени и обладать достаточными знаниями в области применения огнестрельного оружия.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: формирование таких физических качеств, как быстрота, выносливость и сила, регулярные занятия стрельбой из пистолета Макарова и автомата Калашникова по движущимся мишеням в разных положениях сегодня дают эффективные результаты.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: приобретение необходимых теоретических знаний, практических навыков и квалификации, связанных с проводимыми реформами в системе органов внутренних дел, формированием стабильного профессионального состава органов внутренних дел, боевой подготовкой сотрудников, а также стрелковой подготовкой. начать системную работу в этом направлении по совершенствованию нормативно-правовой документации.

Учет указанных выше проблем и предложений послужит обеспечению высокого уровня боевой и физической готовности личного состава системы.

Также необходимо широко внедрять передовые практики и методы работы, инновационные цифровые технологии, повышать интеллектуальный и профессиональный потенциал, духовно-образовательный уровень, физическую и умственную подготовленность сотрудников, должным образом оценивать их тяжелый и самоотверженный труд. необходимые меры.

Ключевые слова: стрелковая подготовка, умелое обращение с огнестрельным оружием, практическая стрельба, профессиональная подготовка, подготовка нормативов, формирование навыков, совершенствование методики преподавания.

Для цитирования: Алижонов А.Т. Перспективы совершенствования правовых и нормативных документов по готовности боеприпасов в органах внутренних дел // Inter education & global study. 2024. №2. С. 132-140.

PROSPE CTS FOR IMPROVEMENT OF LEGAL AND NORMATIVE DOCUMENTS AVAILABLE ON THE PREPAREDNESS OF AMMUNITION IN THE BODIES OF INTERNAL AFFAIRS_

© Azizjon. T. Alijonov1®

draining Institute of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

"All of us - citizens, society, and the state - are equally responsible for the development of our homeland, for strengthening peace and stability in our country, for preserving and enriching our historical, spiritual and cultural heritage and passing it on to future generations."

Sh.M. Mirziyoev.

Annotation

INTRODUCTION: today, global threats on a global scale are becoming more and more intense. The worst thing is that with the increase in the pace of development, existing dangers are changing their form, appearance, and methods of action, and it is becoming very dangerous [1]. In these circumstances, turning the internal affairs bodies into a professional structure as a reliable defender of the people [2], training the employees of the internal affairs bodies to be representatives of the state with high moral and ethical qualities, loyal to their duty, patriotic and people-loving, based on the principle of "For human dignity", it is of urgent importance to strengthen the mental and psychological condition and, most importantly, to increase modern professional and intellectual knowledge, as well as combat and physical training [3]. Because the main tasks of the internal affairs bodies are to protect the rights, freedoms and legal interests of citizens, the property of individuals and legal entities, the constitutional system, to ensure the rule of law, the safety of individuals, society and the state, as well as to prevent and prevent crimes [4].

AIM: analysis of standards developed for shooting training; study of scientific and methodological sources on the subject; analysis of the practice of using firearms; shooting exercises and practical shooting exercises aimed at developing and improving standards.

MATERIALS AND METHODS: employees are involved in any events with service weapons. The following experience and practical skills are required from personnel involved in service with firearms [5]:

- knowledge of combat features of firearms;

- skillful use;

- use of firearms on a legal basis;

- correctly assess the situation and make an independent decision;

- they must be able to reliably capture the target in short periods of time and have sufficient knowledge of the use of firearms.

DISCUSSION AND RESULTS: formation of physical qualities such as speed, endurance and strength, regular practice of shooting with Makarov pistol and Kalashnikov assault rifle at moving targets in different positions are yielding effective results today.

CONCLUSION: acquiring the necessary theoretical knowledge, practical skills and qualifications related to the reforms carried out in the system of internal affairs bodies, formation of a stable professional staff of internal affairs bodies, combat training of employees, as well as shooting training. It is important to start systematic work in this regard to improve legal and regulatory documents.

Taking into account the problems and proposals mentioned above will serve to ensure a high level of combat and physical readiness of the personnel of the system.

Also, to widely introduce advanced practices and working methods, innovative digital technologies, to increase the intellectual and professional potential, spiritual and educational level, physical and mental fitness of employees, and to properly appreciate their hard and selfless work. it is required to determine the necessary measures.

Key words: shooting training, skillful use of firearms, practical shooting, professional training, training standards, skill formation, improvement of teaching methodology.

For citation: Azizjon. T. Alijonov. (2024) 'Prospe cts for improvement of legal and normative documents available on the preparedness of ammunition in the bodies of internal affairs', Inter education & global study, (2), pp. 132-140. (In Uzbek).

Yuqorida keltirilgan yuksak tajriba va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish uchun ichki ishlar organlari xodimlari o'q otish tayyorgarligi bo'yicha mavjud bo'lgan me'yorlarni yaxshi bilishlari va amaliy ko'nikmalarni mahoratga aylantirish uchun ko'p marta amaliy o'quv mashg'ulotlarni bajarishlari talab etiladi. Har qanday davlatlarda ichki ishlar organlari ta'lim muassasalarida xodimlarga o'rgatiladigan kasbiy va jangovar tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar ustuvor vazifalardir.

Ichki ishlar organlarida bugungi kunda jangovar va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish uchun hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan sinov turlari, baholash mezonlari va o'quv mashg'ulotlardan voz kechilib, me'yor va talablar rivojlangan davlatlar politsiyasining ilg'or tajribalaridan kelib chiqib to'liq yangilanib kelinmoqda [6]. Misol tariqasida

Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi "Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik mashg'ulotlarni tashkillashtirish to'g'risida"gi 383-son buyrug'ini keltirishimiz mumkin. Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik mashg'ulotlarni tashkillashtirish to'g'risida buyruqdagi kiritilgan yangi o'zgarishlar quyidagilardan iborat;

- xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha o'quv mashg'ulotlar 6 oydan 9 oyga uzaytirilib, o'quv yili asosida mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;

- antropometrik ko'rsatkichi yuqori bo'lgan xodimlarni o'z ustida mustaqil ishlashi bo'yicha muhit yaratilganligi;

-ushbu toifa xodimlar maxsus unvon yoki yuqori lavozimlarga tavsiya etilmasligi;

-o'quv yilida ketma-ket ikki marotaba sinovlardan "qoniqarsiz" baholangan xodimlar egallab turgan lavozimga loyiqligini aniqlash bo'yicha attestatsiyadan o'tkazilishi belgilanganligi;

-2023 yildan boshlab, xodimlarga malaka toifasi nafaqat test sinovi natijasi, balki qo'l jangi, jismoniy va o'q otish tayyorgarligi bo'yicha 100 ballik tizim asosida berish amaliyoti yo'lga qo'yilganligi;

-o'q otish tayyorgarligi mashg'ulotlari boshlang'ich, o'quv, nazorat va maxsus turlarga ajratilgan holda xodimning ish staji va xizmat sohasiga qarab maqsadli tashkil etilgan [7].

Bu holat 2017 yilda qabul qilingan 17-sonli buyruqda ichki ishlar organlari safiga yangi qabul qilingan yosh xodimlar hamda ko'p yillar davomida xizmat qilib, boy amaliy tajribaga ega bo'lgan xodimlar ham bir xildagi amaliy o'q otish mashq shartlari bo'yicha baholanib kelingan edi.

Shuning uchun ko'p yillardan beri amalda bo'lgan eski namunadagi sobiq Ittifoq davridagi hujjatlar bazasida tayyorlanib, o'q otish tayyorgarligi bo'yicha kiritilgan barcha me'yorlar va uzoq masofalardan o'q otish bo'yicha mashq talablari bekor qilinib yangilanib kelinmoqda.

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, aksariyat qurol qo'llash bilan bog'liq bo'lgan qurolli to'qnashuvlar yaqin masofalardan amalga oshirilgan. Bunday holatlar uzoq masofadan o'q otish maqsadga muvofiq emasligini ko'rsatmoqda.

Statistika ma'lumotlariga ko'ra, politsiya va jinoyatchilar o'rtasidagi qurolli to'qnashuvlar aksariyat hollarda 3-5 metr masofada yuzaga kelganligi, mashg'ulotlarni qisqa masofadan tezlikka bajarish zarurati paydo bo'lganligini taqazo etmoqda.

Xorij tajribasi

Masalan, AQSh politsiyasida xodimlarning kasbiy tayyorgarlikdan o'tkazish jarayonida huquqiy fanlarni o'zlashtirish ikkinchi darajali hisoblanadi. Birinchi navbatda amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirishga qaratiladi, bu erda o'qotar qurolga egalik qilishni o'rganish jarayoni, shuningdek, shaxsiy xavfsizlik texnikasi va ekstremal vaziyatlarda o'zini tutish qoidalari alohida o'rin tutadi. Shunga ko'ra, boshlang'ich amaliy o'q otish mashqlari A,B,S chegara doiralari belgilangan ko'krak shaklidagi nishonga 15 metrdan 5-10 soniya ichida 6 dona patron bilan nishonni zabtt etish talab etiladi [8].

Yana bir misol, Birlashgan Arab Amirligi Dubay politsiyasida boshlang'ich amaliy o'q otish mashqlari diametri 20 sm.li oq rangdagi ikki doira o'rtasiga joylashtirilgan bir dona diametri 10 sm.li qizil rangdagi doimiy harakatdagi nishonga qarata 7 metrdan o'q otiladi. Mazkur amaliyot esa o'q otishda xodimning harakatlanayotgan jinoyatchini maxv etish samaradorligini doimiy ravishda oshirib keladi [9].

Tezkorlik, chidamlilik va kuch ishlatish kabi jismoniy sifatlarni shakllantirishda AQSh, Germaniya, Xitoy, Polsha va Turkiya kabi davlatlar politsiya idoralarining ilg'or tajribalari o'rganilib, Krossfit, Kuper testi va Vorkaut kabi 34 ta majmuali yangi mashq turlari joriy etilgan.

Jumladan, 2023 yil 24 fevral kuni Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida "UEA SWAT Challenge - 2023" huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus kuchlari o'rtasida 57

mamlakatdan 28 jamoa ishtirok etgan norasmiy jahon chempionatida Ichki ishlar vazirligi maxsus kuchlari jamoasi musobaqasining beshinchi kuni asosiy yo'nalish bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi maxsus kuchlari jamoasi asosiy yo'nalish bo'yicha belgilangan shartlarni yuqori sifatli bajarib, Checheniston Respublikasi ichki ishlar vazirligining mashhur bo'lgan "Axmat" jamoasini (2-o'rin) va Qirg'iziston maxsus kuchlari jamoasini (3-o'rin) ortda qoldirib, maxsus kuchlar musobaqasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan [10].

Shunga qaramasdan o'q otish tayyorgarligi kursi bo'yicha o'qitish metodikasini va o'q otish tayyorgarligi kursi bo'yicha mavjud bo'lgan me'yorlarni takomillashtirib borish hamda mamlakatimiz ichki ishlar organlarida jangovar tayyorgarlik sifatini yuqori darajaga ko'tarish hamda samaradorligini yanada oshirish maqsadga muvofiq, deb o'ylayman.

Birinchidan, Makarov pistoletidan o'q otish masofasini 25 metrdan - 5, 10, 15 va 20 metrga o'zgarganligi bilan baholash mezonlari o'zgarmagan. 2017 yil qabul qilingan 17-sonli buyruq bo'yicha o'q otish uchun 1-mashq shartlarini baholash ochkolar hisobiga amalga oshirilgan edi, 383-sonli buyruqda ham 1-mashq shartlarini baholash mezonlari ballar hisobiga amalga oshiriladi. Bunga ko'ra o'q otuvchi 18-20 ball yig'sa "qoniqarli", 21-24 ball yig'sa "yaxshi" va 25-30 ball yig'sa "a'lo" baho bilan baholanadi. O'zgartirish kerak bo'lgan mezon shundan iboratki, o'q otuvchi raqamlangan va aylanalar chizilgan 4-sonli nishonni uchta o'q bilan nishonni zabt etib 15 balldan 17 ballgacha ochko yig'sa ham "qoniqarsiz" baho oladi. Mening fikrimcha, 50x50 xajmga ega bo'lgan 4-sonli nishonni raqamlari 5 sonidan boshlanganligi uchun uchta o'q bilan nishonni zabt etgan xodim baholanishi va baholanish mezoni 15 balldan boshlanib, 15-20 ball yig'sa "qoniqarli", 21-25 ball yig'sa "yaxshi" va 26-30 ballgacha yig'sa "a'lo" baho bilan baholanishi kerak.

Ikkinchidan, boshlang'ich otish mashqlari ta'lim muassasalarining boshlang'ich harbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan 1-bosqich kursant (tinglovchi)lari hamda xizmat staji bir yildan kam bo'lgan xodimlarning boshlang'ich tayyorgarligi uchun belgilangan. 2017 yil qabul qilingan 17-sonli buyruqda ham o'q otish uchun boshlang'ich otish mashqlari mavjud bo'lmagan, 383-sonli buyruqda esa birinchi marotaba ta'lim muassasalarining boshlang'ich harbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan 1-bosqich kursant (tinglovchi)lari hamda xizmat staji bir yildan kam bo'lgan xodimlar uchun a'lohida "boshlang'ich otish" degan mashq kiritilgan.

Boshlang'ich otish mashqlari bo'yicha baholash mezonlari ballar xisobiga amalga oshiriladi. Makarov pistoletidan boshlang'ich otish shartlarini baholash mezonini 3 dona patron uchun "a'lo" - 21 ballni, "yaxshi" - 18 ballni va "qoniqarli" - 15 ballni tashkil qiladi. Boshlang'ich otish mashqlari yosh xodimlar uchun mo'ljallanganligi va bu mashg'ulotlar amaliy tajribaga ega bo'lmagan xodimlarda kuchli ruhiy bosim ostida o'tganligi hamda qo'rquv borligi uchun mening fikrimcha bitta o'q bilan nishonni zabt etgan yosh xodim baholanishi va baholanish mezoni 1 o'q bilan nishonni zabt etgan xodimga "qoniqarli", 2 o'q bilan nishonni zabt etgan xodimga "yaxshi" va 3 o'q bilan nishonni zabt etgan xodim "a'lo" baho bilan baholanishi kerak.

Shuningdek, yosh xodimlarga nazorat otishni bajarish uchun - 3 dona va sinov otishni bajarish uchun - 3 dona patron berilishi hamda nazorat yoki sinov otish mashqining eng yaxshi natijasi bo'yicha baholanishi kerak.

Uchinchidan; PM, PYa, GLOK-17, APS va boshqa turdagi pistoletlar uchun mavjud bo'lgan maxsus otish mashqlariga o'xshab tashkillashtirish kerak, faqat o'q otish uchun nishongacha masofa 20 metrni, o'q-dorilar soni 6 dona patronni, o'qdonlar soni 2 tani, otishga ajratilgan vaqt chegaralangan bo'lishini, otish holati harakatsiz, nishonga yuzlanib tik turgan holatda ikki qo'ldan bajarilishi kerak.

Ushbu mashqni yangi belgilanayotgan me'yorlarga kiritish bizga har doim shaxsiy tarkib bilan otish imkoniyati mavjud bo'lgan hamda maxsus nishonlar bilan jihozlanmagan oddiy o'q otish maydonlarida 4 sonli nishonni 3 tadan o'q bilan o'qlangan ikkita o'qdonni belgilangan vaqt ichida almashtirib otish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida, xodimlarga estremal paytlarda vaziyatni to'g'ri baholash va tezlikda o'qdonni almashtirish hamda qisqa muddatlarda nishonni zabt etish ko'nikmasini beradi. Baholash esa quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq deb o'ylayman. "a'lo" - nishonga 5-6 ta o'q tegsa, "yaxshi" - nishonga 3-4 ta o'q tegsa hamda "qoniqarli" - nishonga 1-2 ta o'q tegsa.

To'rtinchidan, avtomatdan kunduzi harakatsiz nishonga otish uchun mo'ljallangan "Boshlang'ich otish mashqi"da mavjud bo'lgan baholash mezonlarini quyidagi tartibda belgilangan: "a'lo" - nishonga 5-6 ta o'q tegsa; "yaxshi" - nishonga 3-4 ta o'q tegsa; "Qoniqarli" - nishonga 1-2 ta o'q tegsa. Ushbu baholash mezonlarini quyidagi tartibda o'zgartirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, deb xisoblayman : "a'lo" - nishonga 6 ta o'q tegsa; "yaxshi" - nishonga 4-5 ta o'q tegsa va "qoniqarli" - nishonga 2-3 ta o'q tegsa.

Beshinchidan, avtomatdan kunduzi harakatsiz nishonga otish uchun mo'ljallangan 1-otish mashqi barcha xizmatdagi xodimlar uchun mo'ljallanganligi uchun mavjud bo'lgan talablar ozgina еngillashtirilib, quyidagi tartibda o'zgartirilsa maksadga muvofiq bo'lardi, deb hisoblayman.

Masalan: otuvchiga beriladigan 3 dona o'qdon o'rniga 1 dona o'qdon berilishini, otish uchun ajratilgan vaqt chegaralanmagan bo'lishini, yotib, tizzalab va tik turgan holatlar otish o'rniga faqat yotgan holda tirsakka tayanib otishni, 15 dona patron o'rniga 6 dona patron berilishini, nazorat otish uchun 3 donadan patron berilishini, baholash mezoni ballar o'rniga nishonni zabtt etgan o'qlar hisobiga amalga oshirish taklifini beraman. Sababi, o'q otish tayyorgarligi bo'yicha belgilangan me'yorlar xodimlar o'rtasida qurolga bo'lgan ko'nikmani hosil qilish va qo'llash bo'yicha amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi / Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. www.press-service.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Prezident Farmoni. 17-maqsad. (elektron manba) https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/32

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo'naltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-10-sonli Prezident Qarori. (elektron manba) https://lex.uz/uz/docs/6364837

4. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari to'g'risida qonun T.: Adolat 2016 yil 16 sentabr.

5. Alijonov A.T. "O'q otish tayyorgarligi va o'qotar qurollar" O'quv qo'llanma, -T., O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti, 2022. 6 b.

6. "Jangovar va jismoniy tayyorgarlikning dolzarbligi" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to'plami. Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor A. I. Ikramov nutqi. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022 yil.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 22 sentyabrdagi 383-sonli buyrug'i «Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish qoidalari». - T., 2018. - 3 ilova 13 b.

8. Бялт В.С. Особенности профессиональной подготовки полицейских в США / В.С. Бялт, С.Д. Богданов // Сборники конференций НИЦ Социосфера. 2013. № 50. С. 37-40.

9. Egamberdiev B.I "Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish muammo va еchimlar", "Jangovar va jismoniy tayyorgarlikning dolzarbligi" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to'plami. -T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022 yil. 53 b.

10. https://рvссианемиратес.cом/неwс/vае-неwс/спетсназ-vзбекистана-взял-золото-на-соревнованиякх-в-дубайе/

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Alijonov Azizjon Tursunaliyevich, katta o'qituvchi, podpolkovnik [Алижонов

Азизжон Турсуналиевич, старший преподаватель, подполковник], [Azizjon. T.

Alijonov, katta Senior lecturer, Lieutenant Colonel]; manzil: O'zbekistan, 100033,

Toshkent, Ziyolilar ko'chasi, 118 [Узбекистан, 100033, Ташкент, ул. Зиёлилар, 118],

[Uzbekistan, 100033, Tashkent, Zielilar Street, 118]; alijonov.azizjon05@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.