Научная статья на тему 'TANKLARDAN SINOV OTISH MASHQI'

TANKLARDAN SINOV OTISH MASHQI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zenit / boshqariluvchi raketa / tutun parda hosil qiluvchi granata 3D6.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Bexzod Xalikovich Davletov

Maqolada muallif hozirgi kunda tank bo‘linmalari tomonidan tank qurollaridan bajarayotgan otish mashqlarining turlari bo‘yicha va taklif qilinayotgan otish mashqlari to‘g‘risida ma’lumot bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TANKLARDAN SINOV OTISH MASHQI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TANKLARDAN SINOV OTISH MASHQI

Bexzod Xalikovich Davletov

Dotsent, QK xizmatchisi, Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Qurollanish va otish kafedrasi tank bo'linmalari otish tayyorgarligi sikl o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada muallif hozirgi kunda tank bo'linmalari tomonidan tank qurollaridan bajarayotgan otish mashqlarining turlari bo'yicha va taklif qilinayotgan otish mashqlari to'g'risida ma'lumot bergan.

Kalit so'zlar: zenit, boshqariluvchi raketa, tutun parda hosil qiluvchi granata

3D6.

Dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan harbiy to'qnashuvlarning tahlili, qo'qisdanlik omiliga erishish murakkab bo'lgan sharoitlarda olib borilayotganligini ko'rsatmoqda. Bunga misol sifatida Suriyada (2015-2021-y.) va Tog'li-Qorabog' (2020-2021-y.) bo'lib o'tgan, shuningdek, Rossiya va Ukraina (2022-h/v) da davom etayotgan qurolli to'qnashuvlarni keltirish mumkin. Bunday sharoitlarda bo'linmalarning jangovar tayyorgarlik darajasi ustunligi g'alabaga erishishning asosiy omillaridan bo'lib qolmoqda. Aksariyat yetakchi davlatlar o'zlarining armiyalarini jangovar imkoniyatlarini oshirishda asosan ikkita, birinchisi zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikani sotib olish, ikkinchisi mavjud harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish hamda ushbu harbiy texnikani mohirona boshqaradigan ekipajlar bilan ularning qudratini oshirish yo'lidan bormoqda [1].

Otish mashqlarining turlari Otish mashqlari quyidagilarga bo'linadi:

o'rganuvchilarning barcha turdagi o'q-otar qurollari, granatomyotlar va jangovar mashinalar qurol-aslahalaridan yakka tayyorgarligi uchun otish mashqlari;

o'rganuvchilarning barcha turdagi shtatdagi qurollari va jangovar mashinalar qurollaridan vzvod, guruh va ekipaj tarkibida otishni amalga oshirishda ko'nikma va malakalarini takomillashtirish, shuningdek komandirlarning o'z bo'linmalari o't ochishini boshqarish bo'yicha ko'nikma va malakalarini takomillashtirish uchun jangovar otish mashqlari.

Otish mashqlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: boshlang'ich otish mashqlari; tayyorlov otish mashqlari; o'quv otish mashqlari; nazorat otish mashqlari.

Boshlang'ich otish mashqlari o'q-otar qurollaridan (tank qurollaridan) paydo bo'luvchi va harakatlanuvchi nishonlarga otishda boshlang'ich ko'nikma va malakalarni shakllantirish uchun mo'ljallangan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Bu harbiy xizmatchilami tayyorlashning birinchi davrida o'tkaziladi. Birinchi marta lavozimga tayinlangan harbiy xizmatchilar bilan o'quv-mashq anjomlarida va jangovar qurollar bilan tir, otish shaharchalarida, umumqo'shin otish maydonlari, jangovar mashinalar direktrisalarida o'tkaziladi.

Tayyorlov otish mashqlari harbiy xizmatchilarni tayyorlashning birinchi davrida tank qurollaridan har xil usullar bilan har xil nishonlarga otish qoidalari va qurol-aslahalar bilan ishlashdagi harakatlarni qo'llab boshlang'ich amaliy ko'nikmalarni shakllantirish uchun, shuningdek harbiy xizmatchilarda shakllangan ko'nikma va malakalarni saqlab turish uchun mo'ljallangan.

Tayyorlov otish mashqlari o'quv-mashq anjomlarida va jangovar qurollar bilan tir, otish shaharchalari, umumqo'shin otish maydonlari, jangovar mashinalar direktrisalarida o'quv va nazorat otish mashqlaridan oldin o'tkaziladi [2].

O'quv mashqlari:

a) o'quv bo'linmalari (harbiy qism) va oliy ta'lim muassasalarida - harbiy xizmatchilarga zamonaviy janglarda har xil usullar bilan barcha nishonlarga, har xil sharoitlarda mustaqil o't ochish ketma-ketligini o'rgatish uchun mo'ljallangan.

b) tank bo'linmalarida, harbiy xizmatchilarga zamonaviy janglarda har xil usullar bilan barcha nishonlarga, har xil sharoitlarda mustaqil o't ochish ketma-ketligini o'rgatish, shuningdek harbiy xizmatchilarni tayyorlash davrlarida bo'linmalarda qayta qurollanishlar bo'lganda va qurollarning yangi namunalarini o'zlashtirish hamda harbiy xizmatchilarda qurollardan otish bo'yicha shakllangan ko'nikma va malakalarni ushlab turish uchun mo'ljallangan.

o'quv-mashq anjomlarida va jangovar qurollar bilan tir, otish shaharchalarida, umumqo'shin otish maydonlari, jangovar mashinalar direktrisalarida o'tkaziladi [2].

Otish mashqlariga quyidagi otish mashqni kiritishni taklif etamoqchiman:

Sinov mashqi

Otish pozitsiyalarini o'zgartirib har xil usullar bilan pushkadan boshqariluvchi raketa, shtatdagi snaryad va pulemyotlardan harakatlanuvchi va paydo bo'luvchi nishonlarga otish.

Mashqni bajarishning o'ziga xos xususiyatlari:

boshqariluvchi raketa bilan nishonga otishda otish rahbari komandasini beradi va nishonni ko'rsatadi. Tankning harakati nishon ko'rsatish vaqti o'tgandan keyin mashg'ulot rahbarining "Olg'a" komandasidan keyin boshlanadi. Qolgan nishonlar harakat davomida yakson qilinadi.

pushkadan otish uchun birinchi o't ochish pozitsiyasi tomon harakatlanish vaqtida harakat davomida bitta hamda uni egallagandan so'ng otiladi;

pulemyotdan nishonlardan biriga otish ikkinchi o't ochish pozitsiyasida joyidan, qolganlariga ikkinchi o't ochish pozitsiyasida uchinchi o't ochish pozitsiyasi tomon

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

harakatlanish mobaynida hamda oxirgisiga, shuningdek zenit pulemyotidan otish ham uchinchi o't ochish pozitsiyasidan olib boriladi. Tankning ikkinchi otish pozitsiyasidan uchinchi otish pozitsiyasiga harakatlanishi pulemyotdan otish uchun mo'ljallangan nishon ko'rsatilishi tugagandan so'ng mustaqil amalga oshiriladi. [2]

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin: tankdan yangi otish mashqlarini joriy etish bilan murakkab jang vaziyatlarida ekipajlarga tankning jangovar imkoniyatlarini to'liq qo'llash bo'yicha ko'nikmalari takomillashtiriladi;

tank ekipajlarining jang maydonida nishonlarni razvedka qilish orqali topish ulargacha bo'lgan masofalarni aniqlash, otish uchun dastlabki o'rnatmalarni tayinlash, o't ochishni amalga oshirish, o't otish bilan manyovr qilish, o't ochishni korrektirovka qilishdagi amaliy malakalari rivojlantiriladi [3];

tank ekipajlarining tank qurol-aslahalari bilan harakatlanishidagi bilim va malakalari takomillashtiriladi, bu bilan esa VATANGA MUHHABBAT, DUSHMANGA NAFRAT, G'ALABAGA BO'LGAN ISHONCH HISSI OSHIRILADI.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш. М. Узбекистон Республикаси Куролли Кучлари ташкил этилганлигининг 30 йиллиги хдмда Ватан химоячилари куни муносабати билан байрам табриги / Ш. М. Мирзиёев // Vatanparvar.-2022.13 yanvar.-1-b.

2. Дорошкевич О.Р. бронетанковая техника от первой мировой войны до наших дней: Научно-популярное издания. / О. Дорошкевич. М-2002.

3. Волковский Н. Л. Энциклопедия современного оружия и боевой техники: Научно-популярное издания. /Н. Л. Волковский. М-2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.