Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHILARNI JANGOVOR HARAKATLARGA TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK OMILLARI'

HARBIY XIZMATCHILARNI JANGOVOR HARAKATLARGA TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1379
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologiya / motivatsiya / harbiy-siyosiy vaziyat / jang / qurolli mojaro / taktik vaziyatli o‘q otish. / psychology / motivation / military-political situation / combat / armed conflict / tactical shooting.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — L. Hamrayev

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarni jangovor harakatlarga tayyorlab borish masalalari ko`rib chiqiladi. Bu jarayonda psixologik amaliyot eng muhim motivatsion harakat hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar va bo`lajak harbiylarni bu kabi holatlarga tayyorlab borish masalalari maqolaning asosini tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC PSYCHOLOGICAL FACTORS IN THE PREPARATION OF MILITARY PERSONNEL FOR COMBAT OPERATIONS

This article discusses the issues of preparing military personnel for combat operations. In this process, psychological practice is the most important motivational activity. The article is based on the issues of training military personnel and future soldiers for such situations.

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHILARNI JANGOVOR HARAKATLARGA TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK OMILLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HARBIY XIZMATCHILARNI JANGOVOR HARAKATLARGA TAYYORLASHNING

O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK OMILLARI Hamrayev Laziz Erkinovich

Jamoat xavfsizligi universitet magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7351489

Annotatsiya. Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarni jangovor harakatlarga tayyorlab borish masalalari ko 'rib chiqiladi. Bu jarayonda psixologik amaliyot eng muhim motivatsion harakat hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar va bo lajak harbiylarni bu kabi holatlarga tayyorlab borish masalalari maqolaning asosini tashkil etadi.

Kalit so'zlar: psixologiya, motivatsiya, harbiy-siyosiy vaziyat, jang, qurolli mojaro, taktik vaziyatli o'q otish.

СПЕЦИФИЧЕСКИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ПОДГОТОВКИ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ К БОЕВЫМ ДЕЙСТВИЯМ

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы подготовки военнослужащих к боевым действиям. В этом процессе психологическая практика является важнейшей мотивационной деятельностью. В основу статьи положены вопросы подготовки военнослужащих и будущих солдат к таким ситуациям.

Ключевые слова: психология, мотивация, военно-политическая обстановка, бой, вооруженный конфликт, тактическая стрельба.

SPECIFIC PSYCHOLOGICAL FACTORS IN THE PREPARATION OF MILITARY PERSONNEL FOR COMBAT OPERATIONS

Abstract. This article discusses the issues of preparing military personnel for combat operations. In this process, psychological practice is the most important motivational activity. The article is based on the issues of training military personnel and future soldiers for such situations.

Keywords: psychology, motivation, military-political situation, combat, armed conflict, tactical shooting.

KIRISH

Mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo'lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatlaridan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasida ehtimoliy harbiy to'qnashuvlarga qarshi kurashishga, lokal va mintaqaviy urushlarni paydo bo'lishida qurollangan to'qnashuvlarga qarshi kurashish talabi ortib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli to'qnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bo'lishimiz, O'zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish bo'yicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur" [1].

ADABIYOTLAR SHARHI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mintaqaviy va lokal urushlar - qurollangan to'qnashuvlarda terroristik harakatlardan keng foydalanish, strategik muhim ob'ekt va hududlarni qo'lga olishga yoki yo'q qilishga intilish, transport; energetik, axborot kommunikatsiyalarini buzish va to'sish bilan xarakterlanayotgan xarbiy harakatlardir.

Zamonaviy umumqo'shin jangining asosiy xususiyatlari (turli manyovrlar va shiddat bilan) vaziyatning tez va keskin o'zgarishi, jang fronti sarhadlarining chuqurligi bir chizig'da o'zgarmasligi, jang yuritish usullarining turli tumanligi, shaxsiy tarkibning jismonan va axloqiy - ruhiy jihatdan kuchli zo'riqishi, jonli kuchlar va qurol-yarog' bo'yicha katta talofat ko'rilishidan iborat [2].

XXI asrning boshlarida davom etayotgan harbiy majorolarni tendensiyasini o'ziga xosligi bu harbiy xarakatlar san'atida keng masshtabda olib boriladigan umumharbiy taktik hatti-harakatlar o'z ifodasini to'liq namoyon qilmayotganligi, bunda jang maydonining turli xil ko'rinishda ekanligi bilan xarakterlanadi.

Zamonaviy jangda quruqlikdagi qurolli kuchlar, Ikkinchi Jahon urushi davrida bo'lgani kabi alohida taktik birliklarning kombinatsiyasiga ega bo'lgan bo'linmalar, polklar, brigadalardan iborat bo'lmasdan yuqori mobil taktik guruhlardan tashkil topmoqda [3].

Ayrim xorijlik mualliflar urushning mohiyatini qarama-qarshi nuqtai nazarni qo'llab-quvvatlashmoqda, Xususan, "Past darajali nizolar: Zamonaviy dunyodagi urushlar modeli" kitobi muallifi amerikalik tadqiqotchiL.Tompson fikricha, barcha zamonaviy nizolar noyobdir va ular turli ssenariylarga asosan rivojlanadi, degan xulosaga kelgan. Ularda iqtisodiy, siyosiy, diniy , etnik, kriminal bahonalar tutashib ketadi [5].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Jangovor harakatlarga psixologik tayyorgarlik bu alohida etabor talab etadigan nozik jarayon hisoblanadi. Bunda avvalo harbiy xizmatchining ma'naviy-psixologik holati inobatga olinmogi lozim.

Ma'naviy-psixologik holat - individning harbiy jamoadagi individual psixologik jarayonlari, psixologik (shaxslararo) munosabatlardagi yo'nalganligi va dinamikasini tavsiflab beruvchi xolat hisoblanadi. Harbiy kuchlarda shaxsiy tarkibning ma'naviy-psixologik holati harbiyxizmatchilarning harbiy burchiga, harbiy majburiyatlarini faol va ma'suliyatli tarzda bajarishiga ko'ra baholanadi[2].

Ma'naviy-psixologik tayyorgarlik, tinchlik va urush davrida jangovar harakatlarni va qo'yilgan harbiy vazifalarni samarali bajarishga yo'naltirilgan harbiy xizmatchilar va xodimlar bilan olib boriladigan ma'naviy va psixologik tayyorgarlikni o'z ichiga oladigan tadbirlar tizimidan iboratdir [1].

Harbiy xizmatchilarning ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik jarayoni o'z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:

Vatanga, harbiy burchga, qasamyodga sadoqat, vatanparvarlik, harbiy kasbga muhabbat kabi ma'naviy-ahloqiy sifatlarni harbiy xizmatchilarda rivojlantirish yordamida professional faoliyatga xos ma'naviy qobiliyatlarni shakllantirish.

Psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlarni rivojlantirish orqali professional faoliyatga tayyorlash.

Harbiy xizmatchilarni harbiy-professional faoliyatini samarali olib borishga ko'maklashuvchi ma'naviy-psixologik motivatsiyalash [4].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish orqali harbiy xizmatchilarning ma'naviy-psixologik kasbiy sifatlarini shakllantirish mumkin bo'ladi. Ular kelib chiqishi va predmetiga ko'ra katta ikki guruhga bo'linadi.

Birinchi guruh o'z ichiga umumiy ijtimoiy ko'rsatkichlar (ruhiy soha ko'rsatkichlari)ni qamrab olgan sifatlar majmuasidan iborat bo'ladi. U o'z o'rnida yana ikki kichik guruhlarga bo'linadi. Birinchi kichik guruh (tayanch yoki barqaror ko'rsatkichlar): nazariy va ma'naviy yetuklik, tarbiyalanganlik, milliy ruhiy va ma'naviy qadriyatlar asosida harbiy sifatlarning birlashganligi kabi sifatlarni o'z ichiga oladi. Ikkinchi kichik guruh (vaziyatli yoki dinamik ko'rsatkichlar): harbiylarning ichki va xalqaro hayot tarziga, harbiy-siyosiy davlat qarorlariga bo'lgan munosabati, konstitutsiyaviy burchlarini bajarishi, harbiy qasamyodga sodiqligi; dushman ustidan g'alaba qozonishga ishonch, o'z xalqi manfaatlarini ximoya qilish kabi sifatlarni o'z ichiga oladi.

Ikkinchi guruh harbiy-maxsus ko'rsatkichlar (yoki amaliy-predmetli sohadagi ko'rsatkichlar): jangovar va boshqa vazifalarni yechish unumdorligi, qo'shinning jangovor va boshqa harbiy-professional tayyorgarlik darajasi, harbiy tartib

intizomni, harbiy texnika va qurollar holatini tartiblashtirish kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.

Ma'naviy-psixologik tayyorgarlikning yetakchi tarkibiy qismini siyosiy, ma'naviy-psixologik va harbiy-professional komponentlar tashkil etadi. Ularning har biriga alohida to'xtalib o'tamiz.

Harbiy xizmatchilarning ma'naviy-psixologik tayyorgarlik ko'rishida uning siyosiy bilimdonligini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Ma'naviy- psixologik tayyorgarlikning siyosiy komponenti o'z ichiga harbiy xizmatchilarning siyosiy tayyorgarligini, vatanni ximoya qilish va mamlakatning harbiy-siyosiy rahbarlarining talablarini so'zsiz bajarish kabi xususiyatlarni qamrab oladi.

Ma'naviy-psixologik komponentga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu komponent harbiylarni u yoki bu ma'naviy (ahloqiy) qadriyatlarni hisobga olgan holda harakat qilishga o'rgatish tushuniladi. Bu murakkab jarayon hisoblanib, uning natijasida yangi bilim, ko'nikma va malakalarini egallashi bilan birga mavjud qadriyatlarga xos bilim, ko'nikma, malakalari to'ldiriladi va shaxsning bu sohadagi qobiliyatlari rivojlantiriladi va yuksaltiriladi.

Harbiy-professional komponent orqali shaxsiy tarkibni harbiy- professional tayyorgarligi sifatida harbiy mahoratini oshirish va aniq vazifalarni samarali bajarishga o'rgatish nazarda tutiladi.

Harbiy xizmatchilar ma'naviy-psixologik tayyorgarligining yetakchi tarkibiy qismi bo'lgan, siyosiy, ma'naviy-psixologik va harbiy-professional komponentlarni tarkib toptirish ulardagi yuksak his-tuyg'ular (mas'uliyat, burch,javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) shaklantirib, murakkab xizmat faoliyatida uchrashi mumkin bo'lgan stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishda katta rol o'ynaydi.

Yuksak hislar ongli harakatlarni bajarishning ob'ektiv sharoitlari, yo'nalishlari, mazmuni bilan uyg'unlashgan shaxs emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo'ladi va kechadi. Ko'plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda seziladigan umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o'z tarkibiga sodda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig'indisidan iborat emas, chunki yuksak hislar mazmuni, sifati, shakli bilan ajralib turadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog'liq javobgarlik hissi har xil ma'noda kechadi; 1) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan, xursandlik, ikkinchi tomondan, esa qo'rqish hissi) sifatida; 2) o'z kuchiga, g'ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaramaydigan tengdoshlardan g'azablanish emotsiyasi sifatida; 4) shart-sharoitlarni hisobga olishga befarq qarashi sifatida va hokazo.

Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mehnat faoliyati davomida kechadigan hislar - praksik hislar; 2) intellektual hislar; 3) ahloqiy hislar; 4) estetik hislar.

T.V. Yegorovich o'zining ilmiy izlanishlar jarayonida eng zamonaviy qurollar harbiy xizmatchilarning ma'naviy - ruxiy tayyorgarligining sustligini ta'minlay olmaydi.jismoniy vama'namiy ahvoli yetarli emasligi sababli shaxsiy tarkib harbiy xarakatlarda faol qatnasha olmasa,jangovor operatsiyalarning aniq tashkil etilishi samarasiz bo'ladi deb takidlab o'tgan.

XULOSA VA MUNOZARA

Maxsus harbiy ta'lim otryadlarda ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yilishi yuqorida keltirilgan yuksak hislarni harbiy xizmatchilarda shakllantirishga xizmat qilib, mamlakat ravnaqi uchun fidokorona faoliyat ko'rsatishlari muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari Maxsus harbiy ta'lim muassasalarida bolajak harbiylarning keyingi xizmat faoliyatlarida, jumladan muhim strategik ob'ektlarni qo'riqlash, antiterroristik operatsiyalarda ishtirok etish, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish kabi vazifalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan kutilmagan nizoli vaziyatlarda yuzaga keladigan sters xolatlari, affekt xolatlari, asabiy zo'riqish,nizoli vaziyatlarda o'zini yo'qotish, xayajonlanish, qo'rquv,o'ziga ishonchsizlik xolatlarni oldini olish, bunday xolatlarga duch kelganda harbiy xizmatchilar o'zlarini yo'qatmasliklari, muammoli vaziyatlarni ijobiy hal qilishlari, aniq va tezkor qaror qabul qilish uchun Maxsus harbiy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik ishlariga jiddiy qaralib, jangovor va jismoniy tayyorgarlik ishlarini, ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik ishlari bilan hamnafas olibborilishi, joylardagi Maxsus harbiy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan "Kasbiy ruxiy tayyorgarlik" o'quv mashg'ulotlari o'quv soatlarini imkon darajasida ko'paytirish, haftaning ma'lum bir kunini tarbiyachi va psixologlar kuni deb belgilash, haftaning belgilangan kunida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'icha ma'sullar harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yanada chuqurroq yondashsa, psixologlar harbiy xizmatchilarga yuqorida ko'rsatilgan xolatlar bo'yicha tizimli ravishda psixologik treninglarni tashkillashtirilsa, ushbu treninglarga malakali mutaxassislar jalb qilinib borilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 10 yanvar kungi Xavfsizlik kengashi yig'ilishidagi nutqi.

2. Mualliflar jamoasi. "Ma'naviy-psixologik qo'llab-quvvatlash" va "Axloqiy va psixologik tayyorgarlik" maqolalari // Harbiy entsiklopedik lug'at / Ed. Gorkina A. P .. - M .: Buyuk rus entsiklopediyasi, 2011. - T. 2. - S. 95-96. - 816 b. - 5000 nusxa. — ISBN 5-85270-219-6.

3. Mualliflar jamoasi. "Axloqiy va psixologik holat" maqolasi // Harbiy entsiklopediya / Ed. Sergeeva I. D .. - M .: Harbiy nashriyot, 2001. - T. 5. - S. 224. - 575 b. - 10 000 nusxa. — ISBN ISBN 5-203-01655-0

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyul PQ-4375-son qarori. 2-ILOVA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. I.R.Utyashev. Harbiylarni modernizatsiya qilish sharoitida kursantlarning kelajakdagi harbiy kasbiy faoliyatiga ma'naviy-psixologik tayyorgarligini shakllantirish, dissertatsiya mavzusi va Rossiya Federatsiyasi Oliy attestatsiya komissiyasida 13.00.08.

6. T.V.Egorovich Harbiy xizmatchilarning ma'naviy-psixologik tayyorgarligi ijtimoiy jarayon sifatida va uni zamonaviy sharoitda optimallashtirish yo'llari, sotsiologiya fanlari nomzodi.20177

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.