Научная статья на тему 'Harbiy texnika va qurollarning jangovar ko‘rsatkichlarini taktiktexnik xususiyatlari asosida baholash usullarini takomillashtirish'

Harbiy texnika va qurollarning jangovar ko‘rsatkichlarini taktiktexnik xususiyatlari asosida baholash usullarini takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jangovar qurol / texnika / jangovar potensial / model / harbiy xizmatchi / jangovar qobiliyat / mezon / ko‘rsatkich / muhimlik darajasi / jang. / combat weapons / equipment / combat potential / model / serviceman / combat capability / criterion / indicator / level of significance / combat.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Meliqo‘Ziyev Rustambek Shuhrat O‘G‘Li

Ushbu maqolada jangovar qurol va texnikalarning jangovar potensialini aniqlashning matematik modellari va harbiy xizmatchining jangovar qobiliyatini baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, harbiy bo‘linmaning jangovar salohiyatini baholash masalalaridan biri bo‘lgan jangovar texnika va qurollarning jangovar potensialini aniqlashda jangda jangovar vositalar taktik-texnik xususiyatlarining muhimlik darajasi koeffi tsiyentlari asosida uning jangovar potensialini belgilash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifl ar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving methods for assessing the combat performance of military equipment and weapons based on tactical and technical characteristics

This article analyzes mathematical models for determining the combat potential of combat means and equipment and criteria for assessing the combat capability of a serviceman. Also in this article, one of the issues in assessing the combat potential of a military unit is the model for determining tactical and technical indicators and characteristics that are important in a battle when determining the combat potential of military equipment and weapons, as well as tactical and technical indicators of military equipment and weapons. Improving the criteria for determining its combat potential based on the rates of importance in combat.

Текст научной работы на тему «Harbiy texnika va qurollarning jangovar ko‘rsatkichlarini taktiktexnik xususiyatlari asosida baholash usullarini takomillashtirish»

s

d ) https://dx.doi.org/ 10.36522/2181-9637-2023-5-4 UDC: 341.32(045)(575.1)

HARBIY TEXNIKA VA QUROLLARNING JANGOVAR KO'RSATKICHLARINI TAKTIK-TEXNIK XUSUSIYATLARI ASOSIDA BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Meliqo'ziyev Rustambek Shuhrat o'g'li, "Kompyuter injiniringi" kafedrasi mudiri, ORCID: 0009-0003-5107-9652; e-mail: rustam.timur4323gmail.com

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Kirish

So'nggi yillarda dunyoda bo'layo'tgan harbiy mojarolardagi qurolli to'qnashuv-lar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, jango-var harakatlarni belgilashda o'z qo'shini va dushman imkoniyatlarini to'g'ri baho-lash jang natijalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Bunda bashoratlash imkonini beruvchi tex-nologiyalarning o'rni muhim ahamiyatga ega. Bundan shuni anglash mumkinki, har-biy bo'linmalardagi qurol va harbiy texni-kalarning jangovar potensiallarini aniqlash hamda baholash usullarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Jahonda texnik tizimlar, dasturiy vosita va kompyuter qurilmalaridan unumli foydalan-gan holda, harbiy bo'linmalarning jangovar tayyorgarligini tashkil etish va boshqarish, baholash, prognoz qilish, monitoring tizimla-rini yaratishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot-lar olib borilmoqda. Shu bilan birga, harbiy bo'linmaning jangovar potensiali, qobiliyati va salohiyatini baholash mezonlarini takomil-lashtirish orqali harbiy bo'linmalarning jan-govar salohiyatini baholash dasturiy vositasi va algoritmlarini yaratish muhim vazifalar-dan sanaladi.

Harbiy bo'linmalar shaxsiy tarkibining jangovar qobiliyatini aniqlash, monitoring qilish, jangovar salohiyatini baholash va al-goritmlash sohasida xorijlik olimlardan N.I. Turko, I.A. Sheremet, V.A. Ryaboshapko,

Annotatsiya. Ushbu maqolada jangovar qurol va texnikalarning jangovar potensialini aniqlashning matematik modellari va harbiy xizmatchining jangovar qobiliyatini baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, harbiy bo'linmaning jangovar salohiya-tini baholash masalalaridan biri bo'lgan jangovar tex-nika va qurollarning jangovar potensialini aniqlashda jangda jangovar vositalar taktik-texnik xususiyatlari-ning muhimlik darajasi koeffitsiyentlari asosida uning jangovar potensialini belgilash mezonlarini takomil-lashtirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: jangovar qurol, texnika, jangovar potensial, model, harbiy xizmatchi, jangovar qobili-yat, mezon, ko'rsatkich, muhimlik darajasi, jang.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ ОЦЕНКИ БОЕВЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ВОЕННОЙ ТЕХНИКИ

И ВООРУЖЕНИЯ НА ОСНОВЕ ТАКТИКО-ТЕХНИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИК

Меликузиев Рустамбек Шухрат угли,

заведующий кафедрой "Компьютерный инжиниринг"

Ташкентский университет прикладных наук

Аннотация. В данной статье анализируются математические модели определения боевого потенциала боевого оружия и техники и критерии оценки боеспособности военнослужащего. Также рассмотрены вопросы определения боевого потенциала боевой техники и вооружения на основе коэффициентов значимости тактико-технических характеристик боевой техники в бою, как одного из важнейших критериев оценки боевого потенциала воинской ча-

сти, предложены меры по совершенствованию критериев определения боевого потенциала боевой техники.

Ключевые слова: боевое оружие, техника, боевой потенциал, модель, военнослужащий, боеспособность, критерий, показатель, уровень значимости, бой.

IMPROVING METHODS FOR ASSESSING THE COMBAT PERFORMANCE OF MILITARY

EQUIPMENT AND WEAPONS BASED ON TACTICAL AND TECHNICAL CHARACTERISTICS

Melikuziev Rustambek Shukhrat ugli,

Head of the Department of Computer Engineering,

University of Tashkent for Applied Sciences

Abstract. This article analyzes mathematical models for determining the combat potential of combat means and equipment and criteria for assessing the combat capability of a serviceman. Also in this article, one of the issues in assessing the combat potential of a military unit is the model for determining tactical and technical indicators and characteristics that are important in a battle when determining the combat potential of military equipment and weapons, as well as tactical and technical indicators of military equipment and weapons. Improving the criteria for determining its combat potential based on the rates of importance in combat.

Keywords: combat weapons, equipment, combat potential, model, serviceman, combat capability, criterion, indicator, level of significance, combat.

S.A. Modestov, V.I. Potapov, V.P. Demiden-ko, V.P. Ivanov, V.P. Sisuyev, B.A. Plishevskiy, V.S. Suxorutchenko, M.I. Zernov, I.I. Chuk-lyayev, V.A. Isupov, A.I. Gurskiy va boshqalar samarali tadqiqotlar olib borgan.

Respublikamiz olimlaridan M.M. Kamilov, T.F. Bekmurat, A.X. Nishanov, D.T. Muxamedi-yeva, A.R. Axatov, X.V. Dadabayev, D.E. Sulta-nov, S.S. Abduraimov, A.R. Kodirov, T.G.Ja-farov, B.A. Axmadjonov, A.A. Ergashev va boshqalarning ilmiy izlanishlari ham alohida diqqatga sazovor.

Barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar-da jangovar texnika va qurolning jangovar potensialini ideal holatda aniqlash model-

lari mavjud. Ayrim markadagi harbiy tex-nikalarning jangovar potensiallari qiymat-lari keltirilgan. Mazkur qiymatlar texni-kalarning taktik va texnik ko'rsatkichlari hamda sinov va tajribalar asosida bir-biri-ga nisbatan olingan bo'lib, ularni aniqlash texnologiyalari to'g'risidagi ma'lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxfiy siridir.

Zamonaviy urush talablariga javob be-radigan yangi jangovar texnika va qurollar-ni yaratish, mavjudlarini modernizatsiya qilish hamda harbiy konstruktor ekspert-lar malakasini oshirish, shuningdek, ish-lab chiqarish sanoati mavjud bo'lgan dav-latlarning bir turdagi mo'ljallanishga ega bo'lgan jangovar texnika va qurollarini o'zaro taqqoslashda texnika va qurolning jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlash va baholash hozirgi kunda muhim ahami-yatga ega.

Material va metodlar

Jangovar texnika va qurollarga tanklar, tankka qarshi texnika va vositalar, broni-transportyorlar, zirhli jangovar texnika va mashinalar, artilleriya va minomyot-lar, granatomyot va boshqa turdagi o'qotar qurollar kiradi. Mazkur jangovar vositalar quruqlikdagi qurolli to'qnashuvlarga yo'nal-tirilgan muhim vositalar hisoblanib, jangovar vazifalariga ko'ra har birining o'z funksiyalari mavjud.

Jangovar texnika va qurollarning jango-var potensial ko'rsatkichi uning jangovar si-fat ko'rsatkichlari asosida belgilanadi (Don-skov, Fedyunin, & Vasiliev, 2020). Jangovar harakatlar davomida va jangda ta'siri yuqori bo'lgan hamda muhim hisoblangan jangovar texnika va qurollarning taktik-tex-nik xususiyatlari va jangovar ko'rsatkichlari asosida aniqlangan sifat ko'rsatkichlari jangovar texnika va qurollarning ideal sharoitdagi jangovar potensialini belgilab beradi.

Taktik-texnik xususiyatlar va jangovar ko'rsatkichlar qanchalik yuqori yoki aksin-cha bo'lishi jangovar texnika va qurollarning yashovchanligi (uzoq vaqt jang davomidagi

34

S

aktivligini yo'qotmasligi) hamda jangovar po-tensial ko'rsatkichi shuncha yuqori bo'lishini anglatadi.

Murakkab jangovar texnika va qurollar-ning jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlash uchun ularning taktik-texnik xu-susiyatlari hamda jangovar ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni imkon darajasida to'liqroq to'plash lozim.

Jangovar harakatlar davomida va jang-da ta'siri yuqori bo'lgan hamda muhim hi-soblangan jangovar texnikaning taktik-texnik ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Jangovar texnikaning taktik-texnik ko'rsatkichlari

1-jadvalda keltirilgan taktik-texnik ko'rsatkichlar asosida texnikaning jangovar sifat ko'rsatkichlari belgilanadi. Bu jangovar texnikaning jangovar potensial ko'rsatkichi-ni aniqlashni soddalashtiradi. Ayrim texnik ko'rsatkichlar asosida esa taktik ko'rsat-

kichlar aniqlanadi, misol uchun, jangovar tex-nikaning dvigatel quvvati, umumiy og'irligi va o'lchamlaridan solishtirma quvvati hamda yerga berilgan bosimi.

Jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlash modelini jangovar texnika va qu-rollarni loyihalash, jangovar ishonchliligini baholash va taqqoslash tahlilini o'tkazish-da qo'llash mumkin (Vasiliev, Fedyunin, Manin, & Vasiliev, 2020), (Donskov, Fedyunin, & Vasiliev, 2020). Jangovar potensi-al ko'rsatkichini aniqlash modelini qo'llash uchun murakkab va keng spektordagi ma'lumotlar talab etiladi. Ya'ni taktik-tex-nik xususiyatlar va ko'rsatkichlar to'g'risi-dagi ma'lumotlar imkon qadar ko'p bo'lsa, jangovar texnika va qurollarning jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlashning sifat darajasi oshadi.

Barcha jangovar texnika va qurollar harakatchanlik, qurollanganlik, himoyalan-ganlik bo'yicha sifat ko'rsatkichlariga ega hamda dushman jangovar texnikalari, o'qotar qurollari va boshqa nishonlari bilan samarali jang olib borishga mo'ljallangan bo'ladi.

Jangovar texnika va qurollarning jango-var potensial ko'rsatkichi sifat ko'rsatkichlari, ya'ni harakatchanlik, himoyalanganlik va qurollanish koeffitsiyentlari asosida aniqlanadi:

1. Harakatchanlik koeffitsiyenti (RJ -harakatchanlik, monyovrchanlik va to'siqlar-dan o'tuvchanlik xususiyatlarini belgilaydi.

2. Himoyalanganlik koeffitsiyenti (R2) -bronihimoyalanganlik va o'lcham xususiyat-larini belgilaydi.

3. Qurollanish koeffitsiyenti (R3) - qu-rollanishning effektivlik xususiyatlarini bel-gilaydi.

Jangovar texnika va qurol sifat ko'rsat-kichlari koeffitsiyentlarining taktik-texnik xususiyatlar bilan tizimlashishi 2-jadvalda keltirilgan (Donskov, Fedyunin, & Vasiliev, 2020). Mazkur jadvalda jangovar harakatlar va jangga asosiy ta'sir etuvchi, muhim hi-soblangan taktik-texnik ko'rsatkichlar olin-gan.

T/r Nomlanishi O'lchov birligi

1 Dvigatel quvvati ot kuchi

2 Umumiy og'irligi tonna

3 Maksimum harakatlanish tezligi kilometr/soat

4 Orqaga harakatlanish maksimum tezligi kilometr/soat

5 Umumiy yurish zaxirasi kilometr

6 Ko'tarilish burchagi gradus

7 Yon tomonlarga og'ish burchagi gradus

8 Devorlardan o'tish balandligi metr

9 Chuqurlikdan o'tish kengligi metr

10 Korpus uzunligi metr

11 Korpus kengligi metr

12 Umumiy balandligi metr

13 Ekvivalent zirh qalinligi millimetr

14 Pushka kalibri millimetr

15 Jangovar to'plam dona

16 Otish sur'ati dona/minut

17 Nishonlarni yo'q qilish uzoqligi kilometr

18 Gorizont bo'yicha pushkani nishonga olish tezligi gradus/sekund

19 Jangovar to'plam nomenklaturasi dona

20 Snaryad yoki o'qning og'irligi gramm

05.01.04 - HISOBLASH MASHINALARI, MAJMUALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARINING MATEMATIK VA DASTURIY TA'MINOTI

2-jadval

Jangovar texnika va qurol sifat ko'rsatkichlari koeffitsiyentlarining taktik-texnik

ko'rsatkichlar bilan bog'lanishi*

Harakatchanlik koeffitsiyenti (Ri) Himoyalanganlik koeffitsiyenti (R,) Qurollanish koeffitsiyenti (R3)

Jangovar texnika taktik-texnik ko'rsatkichlari nomlari

Solishtirma quvvati [ot kuchi/tonna] Korpus uzunligi [metr] Pushka kalibri [mm]

Yerga berilgan bosimi [kg/sm2] Korpus kengligi [metr] Jangovar to'plam [dona]

Maksimum harakatlanish tezligi [km/soat] Bashnya bo'yicha balandligi [metr] Otish sur'ati [dona/minut]

Orqaga harakatlanish maksimum tezligi [km/soat] Ekvivalent zirh qalinligi [mm] Nishonlarni yo'q qilish uzoqligi [km]

Umumiy yurish zaxirasi [km] Gorizont bo'yicha pushkani nishonga olish tezligi [gradus/sekund]

Ko'tarilish burchagi [gradus] Jangovar to'plam nomenklaturasi [dona]

Yon tomonlarga og'ish burchagi [gradus] Snaryad yoki o'qning og'irligi [gramm]

Devorlardan o'tish balandligi [metr]

Chuqurlikdan o'tish kengligi [metr]

* Manba: muallif ishlanmasi

Jangovar texnika va qurolning jangovar potensial ko'rsatkichi 1-ifoda yordamida aniqlanadi:

p=m . (i)

Jangovar texnika va qurolning barcha ol-ingan taktik-texnik ko'rsatkichlari jangda teng mavqega ega emas. Jangda ayrim tak-tik-texnik ko'rsatkichlarning muhimlik dara-jasi bo'lishi mumkin, lekin juda past darajada, ya'ni jangovar texnika va qurol uchun belgi-langan jangovar vazifani bajarishda asosiy ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin (Nazroev, Rutko, & Fisich, 2020). Shuning uchun ham jangovar texnika va qurolning jangovar po-tensial ko'rsatkichini aniqlashda taktik-texnik ko'rsatkichlarning muhimlik darajasi koef-fitsiyenti mezonini kiritish maqsadga mu-vofiqdir.

Natijada jangovar texnika va qurollar jangovar sifat ko'rsatkichlarining umumiy koeffitsiyentlari jangovar texnika va qurol-larning taktik-texnik ko'rsatkichlari hamda ularning jangda muhimlik darajasi koeffit-siyentlarini hisobga olgan holda, kvalimetr usulida 2-ifoda orqali aniqlanadi:

R = (2)

Bu yerda: x. - jangovar texnika va qurolning taktik-texnik ko'rsatkichlari, a. - tak-tik-texnik ko'rsatkichlarning jangda muhim-lik darajasi koeffitsiyentlari va 2-ifoda uchun = 1 shart bajarilishi lozim.

Taktik-texnik ko'rsatkichlarning jangda muhimlik darajasi koeffitsiyentlari uchun = 1 belgilashni kiritish va kvalimetr usu-lidan foydalanishning asosiy sababi koeffitsi-yentlarning qiymatlarini kichikroq qiymatlar-da olish va soddalashtirishdan iborat.

Jangovar texnika va qurollarni loyihalash-da taktik-texnik ko'rsatkichlarning jangda muhimlik darajasi koeffitsiyentlarini qo'llash prinsipi ma'lum va aniq belgilangan bo'ladi (Zhankaziev, 2012), (Rumyantsev & Fedorov, 1984), (Fedotov, 1986).

Mamlakatimizda jangovar texnika va qu-rollarni loyihalash hamda ishlab chiqarish mavjud emasligini inobatga olgan holda, tak-tik-texnik ko'rsatkichlarning jangda muhimlik darajasi koeffitsiyentlarini belgilash bo'yicha yetarli ma'lumotlar olishning imkoni yo'q. Ochiq axborot manbalarida bu to'g'rida ma'lu-motlar mavjud emas (Kravchenko & Oma-rova, 2014). Jangovar texnika va qurollar-ning taktik-texnik ko'rsatkichlarining jangda muhimlik darajasi koeffitsiyentlari, umuman olganda, ishlab chiqaruvchi korxonalarning

s

maxfiy siri hisoblanadi. Taktik-texnik ko'rsat-kichlarning jangdagi muhimlik darajasi koef-fitsiyentlarini aniqlash jang turi, tashqi va ich-ki ta'sirlarga qarab belgilanadi, shuningdek, harbiy ekspertlar tahlili asosida amalga oshi-rilishi ham mumkin. Ya'ni jangovar texnika va qurollarning taktik-texnik ko'rsatkichlarining jangovar harakatlar va jangga ta'siri hamda muhimligi jihatidan taqqoslash amalga oshi-riladi hamda baholanadi.

Aytaylik, shartli ekspertlar guruhiga yuqori malakaga ega bo'lgan mutaxassislar jalb etildi. Ekspertlar guruhi jangovar texnika va qurollarning taktik-texnik ko'rsatkichlari-ni jangovar harakatlar va jangga ta'siri hamda muhimligi jihatlaridan kelib chiqib, 100 bal-

li baholash tizimiga ko'ra 3-jadvaldagi kabi belgiladi. Olingan baholar asosida muhimlik darajasining o'rtacha baholari aniqlanadi va taktik-texnik ko'rsatkichlarning muhimlik darajasi koeffitsiyentlari 3-ifodaga ko'ra hisoblanadi. O'tkazilgan shartli ekspertlar tahlili natijalariga ko'ra, 3-jadvalda jangovar texnika va qurolning taktik-texnik ko'rsatkichlarining jangda muhimlik darajalari shakllantiriladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu yerda: B. - shartli ekspertlar tomoni-dan taktik-texnik ko'rsatkichlarning muhim-lik darajalari bo'yicha belgilagan baholari-ning o'rtacha qiymati.

3-jadval

Shartli ekspertlar tomonidan jangovar texnika va qurolning taktik-texnik ko'rsatkichlarining jangda muhimlik darajalari bo'yicha baholanishi*

Taktik-texnik ko'rsatkichlarning nomlanishi 1-eks-pert bahosi 2-eks-pert bahosi 3-eks-pert bahosi Ekspertlarning o'rtacha bahosi, B. 1 Taktik-texnik ko'rsatkichlarning jangda muhimlik darajasi koeffitsiyentlari, a.

Harakatchanlik ko'rsatkichlari

Solishtirma quvvati [ot kuchi/tonna] 95 89 86 90 0,24

Yerga berilgan bosimi [kg/sm2] 40 39 33 37,5 0,1

Maksimum harakatlanish tezligi [km/soat] 60 59 40 56,25 0,15

Orqaga harakatlanish maksimum tezligi [km/soat] 5 4 2 3,75 0,01

Umumiy yurish zaxirasi [km] 80 69 76 75 0,2

Ko'tarilish burchagi [gradus] 20 19 17 18,75 0,05

Yon tomonlarga og'ish burchagi [gradus] 20 19 17 18,75 0,05

Devorlardan o'tish balandligi [metr] 40 39 33 37,5 0,1

Chuqurlikdan o'tish kengligi [metr] 40 39 33 37,5 0,1

Himoyalanganlik ko'rsatkichlari

Korpus uzunligi [metr] 14 12 13 13 0,1

Korpus kengligi [metr] 14 12 13 13 0,1

Bashnya bo'yicha balandligi [metr] 14 12 13 13 0,1

Ekvivalent zirh qalinligi [mm] 95 85 90 90 0,7

Qurollanish ko'rsatkichlari

Pushka kalibri [mm] 8 7 8 8 0,05

Jangovar to'plam [dona] 16 15 16 16 0,10

Otish sur'ati [dona/minut] 16 15 16 16 0,10

Nishonlarni yo'q qilish uzoqligi [km] 16 15 16 16 0,10

Gorizont bo'yicha pushkani nishonga olish tezligi [gradus/sekund] 8 7 8 8 0,05

Jangovar to'plam nomenklaturasi [dona] 3 2 3 3 0,02

Snaryad yoki o'qning og'irligi [gramm] 95 85 90 90 0,58

* Manba: muallif ishlanmasi

37

05.01.04 - HISOBLASH MASHINALARI, MAJMUALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARINING MATEMATIK VA DASTURIY TA'MINOTI

Tank, zirhlangan transportyorlar va o'ziyu-rar artilleriya jangovar texnikalarning jango-var potensial ko'rsatkichini aniqlashda 2-jad-valda belgilangan taktik-texnik ko'rsatkichlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashda qiyin-chiliklar kuzatilmaydi. Lekin o'qotar qurollar, minomyot va artilleriyalarning taktik-texnik ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda murakkabliklar yuzaga keladi.

Tadqiqot natijalari

Tank jangovar texnikalarining jangovar potensial ko'rsatkichlarini baholash modellari

T-62, T-72 va T-80 tanklarining jangovar potensial ko'rsatkichlarini aniqlash uchun taktik-texnik xususiyatlari va ko'rsatkichlari to'g'risidagi 1-jadval ma'lumotlari to'planadi va 4-jadval shakllantiriladi.

4-jadval Tanklarning taktik-texnik xususiyatlari va ko'rsatkichlari*

T/r Nomlanishi T-62 T-72 T-80

1 Solishtirma quvvati [ot kuchi/tonna] 15,7 19 24

2 Yerga berilgan bosimi [kg/sm2] 0,75 0,85 0,83

3 Maksimum harakatlanish tezligi [km/soat] 50 60 70

4 Orqaga harakatlanish maksimum tezligi [km/soat] 4,8 4,8 20

5 Umumiy yurish zaxirasi [km] 650 700 500

6 Ko'tarilish burchagi [gradus] 32 30 32

7 Yon tomonlarga burilish burchagi [gradus] 30 25 25

8 Devorlardan o'tish balandligi [metr] 0,8 0,85 1

9 Chuqurlikdan o'tish kengligi [metr] 2,85 2,8 2,85

10 Korpus uzunligi [metr] 6,63 6,67 6,982

11 Korpus kengligi [metr] 3,3 3,46 3,525

12 Bashnya bo'yicha balandligi [metr] 2,395 2,19 2,193

13 Ekvivalent zirh qalinligi [mm] 200 405 410

14 Pushka kalibri [mm] 115 125 125

15 Jangovar to'plam [dona] 40 45 45

16 Otish sur'ati [dona/minut] 5 8 8

17 Nishonlarni yo'q qilish uzoqligi [km] 5,8 9,4 9,4

18 Gorizont bo'yicha pushkani nishonga olish tezligi [gradus/sekund] 24 24 24

19 Jangovar to'plam nomenklaturasi [dona] 3 3 3

20 Snaryad yoki o'qning og'irligi [gramm] 14860 23000 33000

T-62, T-72 va T-80 tanklarining jango-var potensial ko'rsatkichlari kvalimetr usuli yordamida hisoblanadi. Bunda taktik-texnik ko'rsatkichlarining muhimlik darajasi koeffit-siyentlari (a.)ning shartli qiymatlari 3-jadval-dan olinadi.

2- va 4-jadval asosida tanklarning jango-var sifat ko'rsatkichlari koeffitsiyentlari (R) qiymatlari hisoblanadi va (P) jangovar poten-sial ko'rsatkichlari aniqlanadi.

5-jadval

T-62, T-72 va T-80 tanklarning jangovar sifat va potensial ko'rsatkichlari*

Nomlanishi T-62 T-72 T-80

Solishtirma quvvati [ot kuchi/tonna] 1,94 2,03 2,14

Yerga berilgan bosimi [kg/sm2] 0,97 0,98 0,98

Maksimum harakatlanish tezligi [km/soat] 1,80 1,85 1,89

Orqaga harakatlanish maksimum tezligi [km/soat] 1,02 1,02 1,03

Umumiy yurish zaxirasi [km] 3,65 3,71 3,47

Ko'tarilish burchagi [gradus] 1,19 1,19 1,19

Yon tomonlarga burilish burchagi [gradus] 1,19 1,17 1,17

Devorlardan o'tish balandligi [metr] 0,98 0,98 1,00

Chuqurlikdan o'tish kengligi [metr] 1,11 1,11 1,11

Harakatchanlik koeffitsiyenti - (R1) 19,22 21,08 22,05

Korpus uzunligi [metr] 1,21 1,21 1,21

Korpus kengligi [metr] 1,13 1,13 1,13

Bashnya bo'yicha balandligi [metr] 1,09 1,08 1,08

Ekvivalent zirh qalinligi [mm] 40,81 66,87 67,44

Himoyalanganlik koeffitsiyenti - (R2) 60,63 98,99 100,50

Pushka kalibri [mm] 1,27 1,27 1,27

Jangovar to'plam [dona] 1,45 1,46 1,46

Otish sur'ati [dona/minut] 1,17 1,23 1,23

Nishonlarni yo'q qilish uzoqligi [km] 1,19 1,25 1,25

Gorizont bo'yicha pushkani nishonga olish tezligi [gradus/sekund] 1,17 1,17 1,17

Jangovar to'plam nomenklaturasi [dona] 1,02 1,02 1,02

Snaryad yoki o'qning og'irligi [gramm] 262,89 338,69 417,58

Qurollanish koeffitsiyenti - (R3) 808,73 1164,51 1435,75

Jangovar potensial ko'rsatkichi - (P) 888,57 1284,58 1558,30

* Manba: (Donskov, Fedyunin, & Vasiliev, 2020)

* Manba: muallif ishlanmasi

05.01.04 - HISOBLASH MASHINALARI, MAJMUALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARINING MATEMATIK VA DASTURIY TA'MINOTI

Tadqiqot natijalari tahlili

5-jadvaldagi T-62, T-72 va T-80 tanklar-ning jangovar sifat va potensial ko'rsatkichla-

rining o'zaro taqqoslash darajasi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. T-62, T-72 va T-80 tanklarining jangovar sifat va potensial ko'rsatkichlari koeffitsiyentlarining bir-biriga nisbatan taqqoslama diagrammasi

O'qotar qurollarning jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlashda jangovar tex-nikalarda mavjud bo'lgan harakatchanlik va himoyalanganlik sifat ko'rsatkichlari inson omiliga bog'liq. Shuning uchun o'qotar qurollarning jangovar potensial ko'rsatkichini aniqlashda insonning o'rta-cha jismoniy ko'rsatkichlari taktik-texnik ko'rsatkichlar sifatida olinishi mumkin. Hozirga qadar o'tkazilgan tajriba va si-novlar asosida insonning jismoniy o'rta-cha ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlar to'plash mumkin.

Jahon tajribasi va o'tkazilgan sinov natijalariga ko'ra, insonning bir sutkada to'xtovsiz harakatlanish masofasi 32-48 ki-lometrni tashkil qiladi. To'xtovsiz harakat-langanda, inson o'rtacha 5-15 kilometr/ soat tezlik bilan harakatlanishi kuzatilgan. Insonning yerga berilgan bosimi yerga te-gib turgan qismining ko'ndalang kesim yuzasi va insonning o'rtacha og'irligiga bog'liq. Solishtirma quvvati ko'rsatkichi qurol va insonning o'rtacha og'irligining o'rtacha quvvatiga nisbati orqali aniqla-nadi. Harakatchanlik va himoyalanganlik ko'rsatkichlari bo'yicha insonning jismoniy ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlar 6-jadvalda berilgan.

6-jadval

Insonning xususiyatlari bo'yicha jismoniy ko'rsatkichlari*

T/r Nomlanishi O'lchov birligi Insonning ko'rsatkichlari

1 Insonning quvvati [ot kuchi] 0.03-0.25

2 Insonning og'irligi [kilogramm] 70-80

3 Yerga berilgan bosimi [kg/sm2] 0,6

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4 Insonning harakatlanish tezligi [kilometr/soat]] 5-15

5 Orqaga harakatlanish tezligi [kilometr/soat]] 2-5

6 Umumiy yurish zaxirasi [kilometr] 32-48

7 Ko'tarilish burchagi [gradus] 40-60

8 Yon tomonlarga og'ish burchagi [gradus] 90-120

9 Devorlardan o'tish balandligi [metr] 1,5-2

10 Chuqurlikdan o'tish kengligi [metr] 1-1.5

11 Insonning gorizont uzunligi [metr] 0,5-2

12 Insonning kengligi [metr] 0,5-2

13 Insonning balandligi [metr] 1,6-1.8

14 Ekvivalent zirh qalinligi** [millimetr] 6-34

15 Gorizont bo'yicha qurolni nishonga olish tezligi*** [gradus/ sekund] 90-120

* Manba: (Zhankaziev, 2012).

** Ekvivalent zirh qalinligi insonda mavjud bo'lgan bronejiletga bog'liq. Hozirda mavjud bo'lgan brone-jiletlarning o'rtacha qalinligi20 millimetrni tashkil etadi.

*** Har qanday inson 1 sekundda 90-120 gradusga qurolni bura olish bo'yicha jismoniy imkoniyatga ega.

05.01.04 - HISOBLASH MASHINALARI, MAJMUALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARINING MATEMATIK VA DASTURIY TA'MINOTI

O'tkazilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, qurol yoki harbiy texnikaning qurollanish darajasi bo'yicha sifat ko'rsat-kichlari jangda muhim ahamiyatga ega. Harbiy texnika va qurollarning qurollanish bo'yicha taktik-texnik ko'rsatkichlarining yuqori va bo'linmada ularning son jihatdan ko'p bo'lishi bo'linmalarning jangovar po-tensialini oshiradi. Biroq qurollanish po-tensiali va son jihatdan ko'p harbiy texnika va qurollar harbiy bo'linmaning jangdagi yuqori samaradorligini ta'minlay olmay-di. Bu mazkur harbiy texnika va qurollarni boshqaruvchi shaxsiy tarkibning tayyorligi va ko'nikmasiga juda katta bog'liq. Ayrim holatlarda yuqori tayyorgarlik ko'rgan, qurollanish jihatidan esa past potensialga ega shaxsiy tarkib bilan yuqori jangovar sa-maradorlikka erishilgan janglar amaliyotda kuzatilgan.

Xulosalar

Harbiy bo'linma shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi va holatini aniqlash usullari, jangovar texnika va qurollar sa-maradorligini aniqlash modellari yaratil-gan bo'lishiga qaramay, qurolli kuchlar tizimida harbiy bo'linmalar jangovar-pro-fessional holatini baholash ko'rsatkichlarining funksional-tizimlashgan, shuningdek, harbiy bo'linma shaxsiy tarkibining jango-var qobiliyati hamda qurollanish potensi-

ali ko'rsatkichlari asosida harbiy bo'linma jangovar salohiyatini baholash masalalari uchun takomillashgan algoritmlar yaratish muammolari yetarli darajada o'rganilma-gan.

Mudofaa sanoatiga ega bo'lgan davlat-lar mavjud quruqlikdagi jangovar texnika va o'qotar qurollarning modernizatsiyalari hamda yangi mukammal konstruksiyala-rini ishlab chiqish, shuningdek, chet davlat-lar qurolli kuchlaridagi mavjud turdoshlari bilan taqqoslash, jangovar texnika va qu-rollarning jangda qo'yilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlash va tahlil qilishda jangovar-texnik potensial daraja-sini aniqlash muhim ahamiyatga ega (Elyush-kin, 2019), (Donskov, Fedyunin, & Vasiliev, 2020). Murakkab jangovar texnika va qurollarning jangovar potensialini aniqlash ham-da baholash uchun ularning taktik-texnik ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni imkon darajasida to'liqroq to'plash lozim. Belgilangan me'yor va talabga ko'ra, bar-cha jangovar texnika va qurollarning kon-struktorlik tizimi ishlab chiqiladi. Jangovar texnika va qurollarning jangovar potensiali uning taktik-texnik xususiyatlari sifati hamda son ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lib, ko'rsat-kichlarning yuqori yoki past bo'lishi esa qo'yilgan vazifalarni bajarish samaradorligini oshirishi mumkin.

REFERENCES

1. Donskov, Y., Fedyunin, P., & Vasiliev, V. (2020). The use of geospatial data in determining the location of a moving ground target and its destruction. Military Thought(12), 99-108.

2. Elyushkin, V. (2019). Geoinformation support of military operations. From sufficiency to excellence (2nd ed., add. and corrected). Moscow: Samizdat Publ.

3. Fedotov, G. (1986). Avtomatizirovannoye proyektirovaniye avtomobil'nykh dorog [Automated design of highways]. Moscow: Transport Publ.

4. Hofer, R., & Loper, M. (1995). DIS to day. Proceedings of the IEEE, 83(8), pp. 1124-1137.

5. Kravchenko, P., & Omarova, G. (2014). Mikroskopicheskiye matematicheskiye modeli transport-nykh potokov [Microscopic mathematical models of traffic flows]. Problems of Computer Science(1), 24-31.

6. Nazroev, N., Rutko, I., & Fisich, B. (2020). The role of the geographic information environment in the control system of military radio systems. Military Thought(12), 65-72.

S

7. Rosenberg, I. (2016). Geoinformatsionnoye modelirovaniye kak fundamental'nyy metod poznaniya [Geoinformation modeling as a fundamental method of knowledge]. Perspectives of Science and Education, 3(21), 12-15.

8. Rumyantsev, D., & Fedorov, V. (1984). Inzhenernyye aeroizyskaniya avtomobil'nykh dorog [Engineering aerial surveys of highways]. Moscow: Transport Publ.

9. Vasiliev, V., Fedyunin, P., Manin, V., & Vasiliev, A. (2020). Conceptual assessment of reconnaissance support for aviation strike actions. Aerospace Forces. Theory and practice(14), 41-53.

10. Zhankaziev, S. (2012). Formation of the life cycle of a local project of an intelligent transport system. Motor Transport Enterprises(11), 31-33.

Taqrizchi:

Muxamediyeva D.K., t.f.d., dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti kafedrasi professori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.