Научная статья на тему 'IBORALARNING MILLIY-MADANIY VA UMUMBASHARIYLIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNING TAHLILI'

IBORALARNING MILLIY-MADANIY VA UMUMBASHARIYLIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologiya / ibora / frazeologik birliklar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dexqonova Adolatxon Yorqinjon Qizi

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi iboralarning milliymadaniy hamda umumbashariylik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning kelib chiqishi bilan bog’lab tahlil qilingan, o’ziga xosliklari aniqlab chiqilgan va turli xil xususiyatlariga ko’ra klassifikatsiyasi hamda misollari taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IBORALARNING MILLIY-MADANIY VA UMUMBASHARIYLIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNING TAHLILI»

IBORALARNING MILLIY-MADANIY VA UMUMBASHARIYLIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNING TAHLILI

Dexqonova Adolatxon Yorqinjon qizi

O'zDJTU Xorijiy til va adabiyoti mutaxassisligi magistranti adol atfarhodova06@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi iboralarning milliy-madaniy hamda umumbashariylik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning kelib chiqishi bilan bog'lab tahlil qilingan, o'ziga xosliklari aniqlab chiqilgan va turli xil xususiyatlariga ko'ra klassifikatsiyasi hamda misollari taqdim qilingan.

Kalit so'zlar: Frazeologiya, ibora, frazeologik birliklar.

Annotation: In this article, taking into account the national-cultural and universal characteristics of phrases in English and Uzbek languages, they are analyzed in connection with their origin, also, classification and examples are presented according to their various characteristics.

Key words: Phraseology, phrase, phraseological units.

Аннотация: В данной статье, учитывая национально-культурные и общечеловеческие особенности выражений в английском и узбекском языках, они анализируются в связи с их происхождением, определяются их особенности, а также представлены классификация и примеры по различным их характеристикам.

Ключевые слова: Фразеология, словосочетание, фразеологизмы.

Iboralar, yoki frazeologik birliklar, inson muloqotining ajralmas qismidir. Ular nafaqat tilning grammatik va leksik jihatlarini, balki milliy-madaniy kontekstni ham o'z ichiga oladi. Iboralarning milliy-madaniy xususiyatlari ularning ma'nosi, ishlatilishi va konteksti orqali namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, umumbashariylik xususiyatlari esa iboralarni global darajada tushunishga imkon beradi.

Frazeologik birliklar madaniyat bilan bog'liq til birliklari hisoblanadi, chunki ular odamlarning turmush tarzidagi vaziyatlarni, tarixini va adabiyotini, madaniy qadriyatlarini, odat va an'analarni, e'tiqod va boshqalarini aks ettiradi. Ular jamiyat tomonidan uzoq vaqt davomida to'plangan madaniy bilim va tajribani ifodalaydi, saqlaydi va uzatadi.

Hozirgi kunda frazeologik birliklarni madaniy ma'lumotlarni uzatish, shuningdek, madaniy qadriyatlar, etalonlar, namunalari va ramzlar sifatida o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki frazeologik birliklar eng "madaniyatga xos va milliy ahamiyatga ega" lingvistik

birliklar sifatida tan olinadi. Bu fïkrni V.N. Telia (1996), V.G. Gak (2010) va M.L. Kovshova (2016) kabilar ilgari surganlar.39

Tilning frazeologik fondida baynalminal, sof milliy va aralash tipdagi frazeologizmlar bo'lishi mumkin. Ana shu xususiyatlarni inobatga olgan holda tadqiqotchi I.A.Guseynov FBlarni quyidagi uch turga ajratadi:

1.Baynalminal FBlar. Mazmunan o'zaro yaqin, lekin ifoda usuli milliy tilning leksik tarkibiga bog'liq bo'lgan frazeologik birliklar.

2. Sof milliy FBlar. Ma'no jihatidan mutanosiblik mavjud emasligi tufayli tarjima qilib bo'lmaydigan FBlar. Ular bir so'z yoki so'z birikmasidan tashkil topgan bo'lishi mumkin.

3. Aralash FBlarga turli frazeologik timsollarga ega, lekin bir xil ma'noni bildiruvchi FBlar kiradi. Timsol milliy o'ziga xoslik sifatlari bilan bog'liq. Timsol xalqning milliy munosabatlarini bildiradi, uning ma'lum hodisalarni talqin qilishi bilan belgilanadi.40

Tilning milliy xosligi frazeologizmlarda yaqqol ko'rinadi. Hozirgi globalashuv davrida har bir millat o'zining unikal xususiyatlari bilan jahonda munosib o'rin egallash imkoniga ega.

Shuni ta'kidlash kerakki, barcha frazeologik birlik - iboralar milliy va madaniy xususiyatlarga ega emas. Ba'zi frazeologik birliklar barcha tillarda mavjud bo'lib, ular universal qarashlar va tajribaga asoslangan. Bunga somatik komponentli frazeologik birliklar, ya'ni tana a'zolari misolida ko'rsatish mumkin. Mos ekvivalentlarni tanlash odatda ko'p frazeologik birliklarda "bosh/head" komponenti "fikrlash, aql", "ko'z/eye" komponenti "idrok, e'tibor", "qo'l/hand" komponenti semantik guruhlariga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Shuning uchun, somatizm, ya'ni inson tanasi qismlarini o'z ichiga olgan frazeologik birliklar ko'pincha ko'pgina tillarda mos keladi, bu esa tana qismlari barcha madaniyatlarda o'xshash funksiyalarga ega ekanligi bilan bog'liq:41

on the tip of my tongue - tilimning uchida turibdi; hold your tongue - tilingni tiy; hold your head high - boshingni baland tut; shoulder to cry on - suyanadigon yelka(si bor); on one's shoulder - yelkasida (zimmasida);

stand on your own two feet - oyoqqa turmoq(mustaqil holda o'zini rivojlantirmoq);

have one foot in the grave - bir oyog'i go'rda(qari).

39D.U.Ashurova, M.R.Galiyeva. Cultural lingvistics. Tashkent - 2019.

40Гусейнов И.А. Структурно-семантические особенности и национальная специфика английских пословиц. Дис. канд. филол.наук. -М., 1981.-168 с

41D.U.Ashurova, M.R.Galiyeva. Cultural lingvistics. Tashkent - 2019.

183

Ko'plab tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, frazeologik birliklarning milliy-madaniy o'ziga xosligi har qanday tilda mavjud bo'lgan, nomutanosib iboralar bilan bog'liq. Ba'zan turli tillarda bir xil ma'noga ega bo'lgan frazeologik birliklar har bir xalqning urf-odatlari, geografik joylashuvi, dini, tarixi va an'analarini aks ettirgan holda turlicha tasvirlarda namoyon bo'ladi va milliy xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan:

Onasini ko'rib, qizini ol - like a mother, like a daughter, like a father, like a son;

A piece of cake - xamirdan qil sug'urganday;

When pigs fly - tuyani dumi yerga tekkanda;

Kill two birds with one stone - bir o'q bilan ikki quyonni urmoq;

Green fingered - qo'li gul.

Milliy xususiyatlarga ega va madaniyatga mos frazeologik birliklarni semantik, tematik va etimologik mezonlar bo'yicha tasniflash mumkin. Semantik nuqtai nazardan milliy xususiyatlar frazeologik birliklarda ikki darajada namoyon bo'lishi mumkin: 1) frazeologik birliklarning idiomatik ma'nosi darajasida; 2) frazeologik birliklarning milliy xususiyatli komponenti darajasida.

1. Birinchi darajadagi frazeologik birliklar boshqa tillarda ekvivalentlarga ega bo'lmagan idiomatik ma'nolar bilan ajralib turadi. Masalan:

- White elephant - saqlab qolish uchun qimmat, lekin keraksiz narsa;

- Catch-22 - yutib bo'lmaydigan vaziyat; bir-biriga qarama-qarshiqonun-qoidalar sababli yechim topilmayotgan dilemma;

- Long-winded - keragidan ko'p so'z ishlatish;

- Skeleton in the closet - yashirin sir, kimdir haqidagi yashirin uyatli ma'lumot;

- Safe haven - xavfsiz joy;

- Dark horse - kutilmaganda muvaffaqiatga yoki mashhurlikka erishgan nomzod (raqobatchi);

- Home run - katta muvaffaqiyat, ayniqsa, juda qiyin vaziyatdagi;

- Out of the blue - kutilmagan tarzda;

- To let sleeping dogs lie - vaziyatni o'z holicha qoldirmoq, aralashmaslik;

- To burn bridges - munosabatlarni buzmoq

2. Ikkinchi darajadagi frazeologik birliklar esa milliy realialarni ifoda etuvchi komponentlarga ega bo'lgan frazeologik birliklar bilan ifodalanadi. Masalan:

- (as) busy as Grand Central Station - juda band, o'ta gavjum odamlar bilan to'la (Nyu-York shahridagi Grand Markaziy stansiyasiga ishora qiladi);

- Send him to Coventry - mensimaslik, kimnidir chetlab o'tish (Ingliz fuqarolar urushidan kelib chiqqan. ANgliyaning Koventri shahri Parlamentchilarning

tayanch nuqtasi hisoblangan. Ma'lumotlarga ko'ra, u yerda qirollik mahbuslari saqlangan va odamlar u atrofga yaqinlashmagan);

- Meet your Waterloo - kimningdir tamomila mag'lubiyati (1815-yilda Napaleon Bonapart Britaniya boshchiligidagi koalitsiya tomonidan mag'lubiyatga uchragan Vaterlo jangidan kelib chiqqan);

- Scrooge - baxil odam (Bu Charlz Dikkensning "Rojdestvo qiroli" asari hamda u bo'yicha suratga olingan filmdagi Ebenezar Skruj qahramonidan kelib chiqqan)

Ingliz tilidagi frazeologiyada ishlatiladigan ko'plab milliy o'ziga xos so'zlar quyidagi shakllarda ifodalanadi:

a) Antroponimlar orqali:

- (every) Tom, Dick, and Harry - hamma, oddiy odamlar;

- to rob Peter to pay Paul - kimgadir berish uchun boshqasidan olmoq;

- Uncle Sam - AQSH hukumati yoki mamlakatning o'zi;

- Sister Ann - sodiq do'st;

- John and Jane - oddiy odamlar;

- John Henry - mehnatkash odam;

- Tom Thumb - juda kichkina odam.

b) Toponimlar orqali:

- When in Rome, do as the Romans do - atrof-muhitga, odamlarga moslashmoq;

- Cross the Rubicon - qat'iy qadam tashlamoq, qaror qabul qilmoq;

- To go to Dutch - hamma o'z-o'zi uchun to'lamoq (xarajatlarni);

- Beyond the Pale - noto'g'ri, qabul qilib bo'lmaydigan (nimadir);

- To have a Berlin wall - to'siq yoki bo'linish (odamlar yoki g'oyalar o'rtasida);

- Shanghai someone - kimnindir aldamoq, nimadir qilishga majburlamoq

c) Pul birliklari va o'lchov birliklari (vazn, hajm, uzunlik) nomlari orqali:

- (as) phony as a three-dollar bill - soxta;

- (as) sound as a dollar - juda xavfsiz va ishonchli; mustahkam va yaxshi qurilgan;

- cost a pretty penny - o'ta qimmat;

- cut (someone) without a penny - kimnidir bankrot qilmoq, bir tiyinsiz qoldirmoq;

- penny-wise and pound-foolish - arzimas narsalarda tejamkor, lekin muhim va yirik masalalarda isrofgarchilik qiladigan;

- within an inch of one's life - o'limgajuda yaqin;

- inch by inch - asta-sekin;

185

- inch along (something) - asta-sekin harakat qilmoq;

- every inch (a/the) something - butunlay, to'liq

Tematik prinsipga ko'ra, milliy xususiyatlarga ega va madaniyat bilan bog'liq frazeologik birliklarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

- Ingliz xalqining urf-odatlari va an'analarini aks ettiruvchi frazeologik birliklar:

- to beat around the bush - mavzuga bilvosita yondashish yki uni chozzib, aniq javob bermaslik (Bu iboraning kelib chiqishi o'rta asrlarda ov qilish bilan bo'gliq bo'lgan. O'sha vaqtlarda ovchilar qushlar yoki bohqa hayvonlarni qo'rqitish uchun butalar atrofida yurib, ularni tayoq bilan urib, yashiringanlarni chiqishga majbur qilishgan);

- Long in the tooth - juda keksa (Bu otning yoshini aniqlash uchun uning tishlarini tekshirish odatiga bog'liq).

Xurofot va bid'atlar bilan bog'liq frazeologik birliklar:

- knock on wood - biror yaxshilikka "ko'z tegmasin" degan ma'noda ishlatiladi (Odamlar daraxtlarni yoki yog'ochni taqillatib, undagi o'rmon ruhlarining himoyasini so'rashgan va bu xurofotga ishonishgan);

- spill the beans - sirni oshkor qilmoq (Uning kelib chiqishi marosimlar paytida loviyalarni to'kib chiqish haqidagi xurofot bilan bog'liq bo'lib, agar vaqtidan avvalroq qilib qo'yilsa, omadsizlik va yomon oqibatlarga olib keladi deb hisoblangan);

- Friday the 13th - omadsiz kun (Juma va 13 raqamlari omadsiz deb hisoblangan xurofotdan kelib chiqqan).

Britaniya va Amerika mashhur insonlari, olimlari, yozuvchilari va siyosatchilarining ismlari bilan bog'liq frazeologik birliklar:

- Boycott - norozilikni ifodalash maqsadida sotib olish, foydalanish yoki qatnashishdan bosh tortish (Kapitan Charlz Boykot (1832-1897), ingliz quruqlik agenti);

- Dickensian - qashshoqlik, ijtimoiy adolatsizlik yoki noqulay sharoit (Charlz Dikkens (1812-1870) ingliz yozuvchisi);

- Freudian Slip - tasodifan noto'g'ri so'z bilan gapirib yuborilgan og'zaki xato (Zigmund Freyd (1856-1939) nevropotolog va psixoanaliz asoschisi).

Frazeologik birliklarning kelib chiqishiga ko'ra tasnifi:

Tarixiy voqealarni aks ettiruvchi frazeologik birliklar:

- Bite the bullet - og'riqli yoki yoqimsiz vaziyatni jasorat bilan qarshilash ( Urush vaqtlarida yaralangan askarlar agar jarohati sababli jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lsa, og'riqqa bardosh berish uchun o'q tishlab turishgan);

- Burning thr midnight oil - kechgacha ishlamoq yoki o'qimoq (Ilgari odamlar tungacha ishlash yoki o'qish uchun yog'li lampalardan foydalanganlar)

Frazeologik birliklarning kelib chiqishiga ko'ra, ya'ni frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalariga ko'ra, ular quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin:

Bibliyaga oid frazeologik birliklar:

Ma'lumki, Yevropa madaniyatining asosiy dini xristianlikdir. Bibliya - Xristian madaniyatining asosi bo'lgan, hayotning barcha sohalariga kirib kelib, o'ziga xos mafkura va dunyoqarashning ifodasiga aylangan. Shu bilan bir qatorda, Bibliya tili til va adabiyotga katta ta'sir ko'rsatib, tilga ko'plab frazeologik birliklarni taqdim etadi. Ularning ko'pi Yevropa tillarida o'zlashtirilgan va kundalik nutqda keng qo'llaniladi, garchi kelib chiqishi unutilib ketgan bo'lsa-da.

- the writing on the wall - yaqinlashib kelayotgan halokat, muvaffaqiyatsizlik;

- a thorn in the flesh - doimiy muammo, bezovtalik;

- by the skin of your teeth - falokatdan arang qutilish;

- good Samaritan - muhtojlarga yordam beradigan kishi;

- casting the first stone - birinchi bo'lib boshqa birovni tanqid qilish, ayblash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- salt of the earth - qadrli va ishonchli odam.

Xalq ertaklari va masallardan olingan frazeologik birliklar:

- Wolf in sheep's clothing - ayyor odam - yaxshidek ko'rinadi, aslida juda xavfli (Ezop masallaridan kelib chiqqan);

- Over the moon - nihoyatda xursand (Bu ibora inglizcha "Hey, Diddle, Diddle" bolalar qo'shig'idan olingan "the cow jumped over the moon");

- Wolf at the door - yaqinlashib kelayotgan xavf yoki moliyaviy muammo (Bu iboraning kelib chiqishi xavf, qashshoqlik yoki ochlik tushunchalari bog'liq bo'lgan bo'rilar haqidagi qadimgi ingliz va Yevropa xalqlari folkloriga bog'liq);

- A knight in shining armor - oliyjanob va qiyin vaziyatda yordam beradigan odam (Bu iboraning kelib chiqishi o'rta asr ingliz folkloriga borib taqaladi. Ritsarlarning qiyinchilikda qolgan odamlarni qutqarishi haqida ko'plab hikoyalar mavjud);

- Barking up the wrong tree - adashmoq yoki noto'g'ri yo'l tutmoq (bu ibora ingliz folklorida ko'p tasvirlanadigan ov bilan bog'liq bo'lib, ba'zida ovchi itlar o'ljani quvib, noto'g'ri daraxtni oldiga kelib hurigan).

Afsonalar va miflarga asoslangan frazeologik birliklar:

- Living in a Camelot - katta baxt, farovonlikda yashash (Kamelot qirol Arturning oltin asrni ifodalovchiafsonaviy qal'asi va saroyiga ishora qiladi);

- To pull a sword from a stone - imkonsiz tuyilgan ishni bajarmoq (Bu iboraning kelib chiqishi ham qirol Artur haqidagi afsonalarga borib taqaladi. U hech

kim qila olmagan toshdan qilichni sug'urib oladi va o'zining haqiqiy qirol ekanligini isbotlaydi);

Adabiyotga asoslangan frazeologik birliklar:

Shekspirning frazeologik birliklari:

Shekspir tomonidan yaratilgan frazeologik birliklar ingliz frazeologiyasini sezilarli darajada boyitdi. Bu, Bibliyaga oid frazeologik birliklardan keyingi eng katta guruhdir. Ularning aksariyati Shekspir asarlarida faqat bir marta uchraydi, lekin ular lug'atlarda frazeologik birliklar sifatida o'rnatilgan. Ulardan:

- Heart of gold - juda mehribon va saxiy inson

Henry V: "The king's a bawcock, and a heart of gold.";

- Wild-goose chase - behuda va natijasiz urinish

Romeo and Juliet: "Nay, if our wits run the wild-goose chase, I am done";

- In a pickle - qiyin yoki muammoli vaziyatda bo'lish

The Tempest: "How camest thou in this pickle?";

- Wear my heart upon my sleeve - hissiyotlarni oshkora namoyon qilmoq

Othello: "But I will wear my heart upon my sleeve For daws to peck at: I am

not what I am."

- The be-all and the end-all - eng muhim qism, yakuniy natija

Macbeth: "If it were done when 'tis done, then 'twere well It were done quickly: if the assassination Could trammel up the consequence, and catch With his surcease success; that but this blow Might be the be-all and the end-all."

Boshqa ingliz yozuvchilari va shoirlarning frazeologik birliklari:

Shekspirdan tashqari, boshqa ko'plab ingliz yozuvchilari va shoirlari ingliz tiliga idiomalarni qo'shgan:

- A modest proposal - ko'pincha tanqid qilish uchun istehzoli yoki satirik tarzda qilingan taklif (Jonathan Swift)

- Water, water everywhere, nor any drop to drink - biror narsa juda ham ko'p, lekin undan foydalana olmaslik yoki foydasi yo'q (Samuel Taylor Coleridge)

- The road less travelled - hayotda qiyin yo'lni tanlash (Robert Fross)

- Big brother - zolim hukumat yoki hukumat rahbari (George Orwell)

Greklarga va Rim afsonalariga asoslangan frazeologik birliklar:

- Herculean task - juda katta kuch va harakat talab qiladigan vazifa (Bu ibora yunon afsonasidagi Herkulesning buyuk kuchga egaligi va uning qilgan ishlari bilan bog'liq);

- Midas touch - insonning osonlikcha boylik orttirish qobiliyati (Bu ibora amma narsani oltinga aylantirish qobiliyatiga ega bo'lgan qirol Midas haqidagi yunon mifologiyasidan kelib chiqqan);

- Sisyphean task - samarasiz, to'xtovsiz va oxiri yo'q bo'lgan ish (Bu ibora xudolar tomonidan jazolangan podshoh Sizif haqidagi yunon afsonalaridan kelib chiqqan bo'lib, u katta og'ir toshni balandlikka dumalatib olib chiqqan, lekin har safar u cho'qqiga chiqqanda qaytib pastga dumalab tushgan);

- Caught between Scylla and Charybdis - ikki murakkab tanlov orasida qolish (yunon mifologiyasiga ko'ra, Skilla - bu bir tor bo'g'ozning bir tomonida yashovchi dengiz maxluqi bo'lib, dengizchilarga hujum qilgan. Xaribdis esa boshqa tomonida dengizdagi kemalarni suv aylanasi hosil qilib yutib yuborishi mumkin bo'lgan. Ushbu bo'g'ozdan o'tayotgan dengizchilar har ikkisi falokatga olib kelishligini bilgan holda birini tanlashga majbur bo'lishgan);

- Harpies - tajovuzkor, qizg'onchiq yoki haddan tashqari talabchan odam, muammo chiqaruvchi odam (ko'pincha ayollarni ifodalash uchun ishlatiladi. Yunon mifologiyasiga ko'ra, Harpies - odamlarni toki narsalarni o'g'irlaydigan qanotli ruhlar. Tanasi xuddi qush, yuzi esa ayol bo'lgan);

- Augean stables - juda iflos, korrupsiyaga to'la, tozalash qiyin bo'lgan vaziyat (Bu iboraning kelib chiqishi ham yunon mifologiyasiga borib taqaladi. Augeas qirolining otxonalarida juda ko'p qoramollari bo'lgan. Bu otxonalar yillar davomida tozalanmaganligisababli juda katta ifloslik keltirib chiqargan. Herkulesga bir kunda mana shu otxonalarni tozalash vazifasi yuklatilgan va u ikki daryo yo'nalishini o'zgartirib bu ishni bajargan)

Iboralar milliy-madaniy va umumbashariylik xususiyatlarga ega bo'lib, ular inson muloqotining murakkabligini va rang-barangligini aks ettiradi. Ularning tahlili orqali biz nafaqat tilning o'ziga xos jihatlarini, balki turli madaniyatlar o'rtasidagi aloqalarni ham yaxshiroq tushunamiz. Shu sababli, iboralarning tahlili tilshunoslik, madaniyatshunoslik va antropologiya kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida ingliz va o'zbek tillarida iboralarning milliy-madaniy va umumbashariylik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning kelib chiqishi bilan bog'lab tahlil qilib chiqdik, bu maqola bu mavzudagi kelgusi ishlarda foydali yordamchi manbaa sifatida xizmat qiladi, deb umid qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ashurova.D.U, Galiyeva.M.R. Cultural lingvistics. Tashkent - 2019.

2. Ayto, John. Oxford Dictionary of English Idioms. Oxford University Press, 2010.

3. Brewer, E. Cobham. Dictionary of Phrase and Fable. Philadelphia: Henry Altemus, 1898.

4. Coleridge, Samuel Taylor. The Rime of the Ancient Mariner. Edited by Harold Bloom, Dover Publications, 1998.

5. Opie, Iona and Peter. The Oxford Dictionary of Nursery Rhymes. Oxford University Press, 1951.

6. Orwell, George. Nineteen Eighty-Four. Secker Warburg, 1949.

7. Partridge, Eric. A Dictionary of Catch Phrases: British and American, from the Sixteenth Century to the Present Day. Routledge, 2003.

8. Richard A. Spears, Ph.D. McGraw-Hill's Dictionary of American idioms and phrasal verbs. McGrow-Hill - 2005.

9. Richard A. Spears, Ph.D. NTC's American idioms dictionary. Third edition. NTC Publishing Group - 2000.

10. Shakespeare, William. Henry V. Edited by T.W. Craik, Oxford University Press, 1995.

11. Shakespeare, William. Macbeth. Edited by Nicholas Brooke, Oxford University Press, 1990.

12. Shakespeare, William. Othello. Edited by E.A.J. Honigmann, Bloomsbury Publishing, 1997.

13. Shakespeare, William. Romeo and Juliet. Edited by René Weis, Oxford University Press, 1998.

14. Shakespeare, William. The Tempest. Edited by Stephen Orgel, Oxford University Press, 1987.

15. Swift, Jonathan. A Modest Proposal. Edited by Herbert Davis. New York: Penguin Classics, 2003.

16. Tilley, M.P. A Dictionary of the Proverbs in England in the Sixteenth and Seventeenth Centuries. University of Michigan Press, 1950.

17. Гусейнов И.А. Структурно-семантические особенности и национальная специфика английских пословиц. Дис. канд. филол.наук. -М., 1981.-168 с

18. НасировАА. Француз, узбек ва рус тилларидаги провербиал фразеологизмларнинг семантик-стилистик ва миллий-маданий хусусиятлари. Филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Тошкент - 2016.

19. Насиров.А.А. Француз, узбек ва рус тилларидаги провербиал фразеологизмларнинг семантик-стилистик ва миллий-маданий хусусиятлари. Докторлик диссертацияси автореферати. Тошкент - 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.