Научная статья на тему 'ZАMОNАVIY INGLIZ VА О'ZBEK TILLАRIDА FRАZEОLОGIZMLАRNING KОNTEKSTUАL MА'NОSI VА TАRJIMА MАSАLАLАRINING XUSUSIYАTLАRI'

ZАMОNАVIY INGLIZ VА О'ZBEK TILLАRIDА FRАZEОLОGIZMLАRNING KОNTEKSTUАL MА'NОSI VА TАRJIMА MАSАLАLАRINING XUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
97
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turg‘un birikmа / etimоlоgiyа / frаzeоlоgik birlik / idiоmа / lingvоmаdаniy.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Dilshoda Ikromjonovna Mirzayeva, Sabohat A’zamjonovna Yusupova, Оgilоy Toshpo’lat Qizi Shermаtоvа

Mаzkur mаqоlаdа frаzeоlоgik birliklаr, zаmоnаviy ingliz vа о`zbek tilidа ulаrning аhаmiyаti hаmdа imkоniyаtlаri hаqidа fikr yuritilаdi. Shu jumlаdаn, frаzeоlоgik birliklаrning аyrim tаrаqqiyоt bоsqichlаri, tаrjimа mаsаlаlаri xususiyаtlаri tо‘g‘risidа fikrlаr keltirilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZАMОNАVIY INGLIZ VА О'ZBEK TILLАRIDА FRАZEОLОGIZMLАRNING KОNTEKSTUАL MА'NОSI VА TАRJIMА MАSАLАLАRINING XUSUSIYАTLАRI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ZAMONAVIY INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING KONTEKSTUAL MA'NOSI VA TARJIMA MASALALARINING

XUSUSIYATLARI

Dilshoda Ikromjonovna Mirzayeva

Farg'ona davlat universiteti chet tilari fakuteti ingliz tili kafedrasi mudiri, Filologiya fanlar doktori

Sabohat A'zamjonovna Yusupova

Farg'ona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi

O'g'iloy Toshpo'lat qizi Shermаtоyа

Farg'ona davlat universiteti

Lingvistika(ingliz tili)yo'nalishi magistranti, Marg'ilon shahar Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ingliz tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada frazeologik birliklar, zamonaviy ingliz va o'zbek tilida ularning ahamiyati hamda imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Shu jumladan, frazeologik birliklarning ayrim taraqqiyot bosqichlari, tarjima masalalari xususiyatlari to'g'risida fikrlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: turg'un birikma, etimologiya, frazeologik birlik, idioma, lingvomadaniy.

KIRISH

Frazeologik birliklar ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega bo'lib, jamiyatning umumiy tasviri, yashash tarzi, urf-odatlarini o'zida namoyon etadigan til vositasi hisoblanadi. Ingliz tilini o'rganishda ham frazeologik birliklarning lingvistik mohiyatini tadqiq etish muhim va ushbu muammo frazeologiyadagi murakkab vazifalardan biri sanaladi.

Tilshunoslikda frazeologiya tilning beqiyos boyligi, cheksiz imkoniyatlari hamda uning o'ziga xos tarixiy-taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi leksik qatlam sifatida namoyon bo'ladi. Ayni paytgacha bu boy xazinaning badiiy tili, uslubiy xususiyati va leksikasini o'rganish bo'yicha muayyan natijalarga erishilgan. So'z san'atining go'zal namunasi hisoblangan frazeologik birliklar (keyinchalik FB) tilning leksik qatlamida ahamiyatli o'rin egallar ekan, demak, ular tilning badiiy vositasi sifatida ham muhim lingvomadaniy hamda tarixiy ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Frazeologiya sohasida jahon tilshunoslaridan B.Freyzer, N.Xomskiy, A.Kunin, V.Vinogradov, A.Nazaryan, o'zbek tilshunoslaridan esa Sh.Rahmatullaev,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

B.Yo'ldoshev, A.Mamatov, A.Bushuy, M.Sodiqovalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan. Amerikalik olim B.Freyzerning fikricha - "Iboralar lingvomadaniyat sohasida muhim o'rin tutadi va oddiy birikmalardan farqli ravishda ular qotib qolgan birikma bo'lib, shakli va ma'nosi o'zgarishiga yo'l qo'yilmaydi" [6, 22]. Reformatskiy esa - "Frazeologik birliklar turli aholi qatlami nutqiga xos bo'lgan, ularning sinfi va kasbini ko'rsatadigan so'z va so'z birikmalaridir" [3, 128] - deya ta'rif beradi. Yana bir lingvomadaniyatshunos olim Chi Renning fikriga ko'ra - "Iboralar so'zlarning shunday qotib qolgan guruhiki, ularning so'zlari alohida yakka olinganda iboraning umumiy ma'nosiga bog'liq bo'lmaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

FBlar hech qachon denotativ ma'noda tushunilmasligi lozim, ya'ni ularda so'zlar asl ma'nosi bilan ishlatilmaydi, agar asl ma'nosida ishlatilsa u ibora hisoblanmaydi. Masalan:

1) Ukam qorong'ida to'nini teskari kiyib oldi.

2) Ukam birdan to'nini teskari kiyib oldi. [Misollar muallifniki]

Yuqoridagi gaplarga izoh beradigan bo'lsak, birinchisida "ukam qorong'ida

to'nini o'ng yoki chapligini bilmasdan teskari kiyib oldi" ma'nosi, ikkinchi gapda esa "to'nini teskari kiyib oldi" iborasi, ya'ni "achchiqlanib, o'z fikridan qaytib qoldi" ma'nosida ishlatilgan. Endi xuddi shunday holatni ingliz tili misolida ko'raylik. Masalan:

1. Little Sarah learnt the alphabet by heart from A to Z.

2. Sarah is an expert in this sphere she knows from A to Z. [Authors' examples]

Yuqoridagi gaplarning ham birinchisida so'zlar denotativ ya'ni asl ma'nosida ifodalangan, ikkinchi gapda bo'lsa so'zlar ibora sifatida qo'shimcha ma'noga ega. Ularni quyidagicha tarjima qilish mumkin: 1) Kichik Sara alifboni A dan Z gacha yodlab oldi. 2) Sara bu sohaning mutaxassisi u buni ipidan ignasigacha yaxshi biladi. Ushbu gapda ingliz tilidagi from A to Z iborasiga o'zbek tilidagi ipidan ignasigacha iborasi muqobil variant hisoblanadi.

Dunyodagi barcha narsa va hodisalar kabi iboralarning ham o'z kelib chiqish tarixi, ya'ni, etimologiyasi mavjud. Agar ma'lum bir tildagi FBlarning kelib chiqishini o'rgansak, bevosita o'sha millatning tarixi va urf odatlarini ham o'rganamiz. Ingliz tilida ba'zi so'z va iboralar mavjudki, ular tilda o'z-o'zidan paydo bo'lmagan, ularning paydo bo'lishiga ba'zi tarixiy voqea, odat, an'analar sabab bo'lgan. Bunday iboralarga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, to let the cat out of the bag - sirni fosh qilib qo'ymoq iborasining kelib chiqish tarixiga e'tibor qilaylik.

Qadimda Angliyada mamlakat yarmarkalarida cho'chqa bolasi sotilgan. Xaridor o'z xaridini xavfsizlikda olib ketishi uchun cho'chqani biror sumkaga yoki qopga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

joylash odat tusiga kirgan. Lekin keyinchalik ba'zi hiylakorlar paydo bo'ladi. Ular yarmarkalarga sumkalarini og'zi bog'liq holda olib kelishadi. Ularning ichiga cho'chqa bolasi o'rniga mushuk solingan bo'ladi. Befarq xaridor "qopdagi cho'chqa" bilan uyiga qaytadi, lekin ehtiyotkori esa sotuvchiga qopni ochishni va cho'chqani tekshirishni talab qiladi. O'shanda u "sirni fosh qilib qo'yadi" va natijada he "let the cat out of the bag", ya'ni u sirni fosh qildi iborasi paydo bo'ladi. [4,106].

Walls have ears - devorning ham qulog'i bor iborasining kelib chiqish tarixi Katerin de Medichi bilan bog'liqdir. Haqiqatdan ham, Katerin de Medichining saroyi devorlarining qulog'i bo'lgan. Hayotining so'nggi qismini Katoliklar va Protestantlar maqomini tenglikda saqlash bilan o'tkazgan Fransiya qirolichasining Luvr binosi shunday qurilganki, bir xonada aytilgan gap boshqa xonaga ham eshitilib turgan. Xuddi shu yo'l bilan Katerin de Medichi bu ikki tomonni yetarli darajada o'rganib, mamlakat partiyalarida o'z muvozanatini saqlab turgan. [5,210].

Masalan, ingliz tilidagi "bare foot" iborasini oladigan bo'lsak, u so'z birikmasi sifatida tarjima qilinganda "yalang oyoq, oyoq kiyimsiz" ma'nolarini ibora sifatida esa "hali unashtirilmagan, bo'ydoq" ma'nosini beradi va uning kelib chiqish tarixi o'rta asrlarning so'ngiga borib taqaladi. Endi esa nima uchun aynan bare foot iborasi hali turmushga chiqmagan qiz uchun ishlatilganligini ko'rib chiqamiz. Buning sababi o'rta asrlarda kuyov tomondan qiznikiga mehmonga kelgan qarindoshlar bo'lajak kelinga oyoq kiyim sovg'a qilishgan, shuning uchun ham aynan shu ibora qo'llanilgan. Bunga o'xshash ibora o'zbek tilida ham mavjud unda ham aynan inson tana a'zosining bo'sh, hech nima yo'qligini aytish bilan qizning hali turmushga chiqmaganligini ifodalash mumkin. Bu ibora "boshi ochiq" iborasi bo'lib uning kelib chiqishi ham ingliz tilidagi muqobiliga o'xshash.

O'zbek tili izohli lug'atining 1981 yildagi nashrida ushbu iboraning ma'nosi "qiyg'os, yoppasiga, yalpisiga" [5,356] sifatida izohlangan, 2008 yildagi yangi nashrida esa yuqoridagi ma'nolaridan tashqari "Charx urmoq, shiddat bilan harakat qilmoq, javlon urmoq" ma'nolariga ham ega ekanligi ko'rsatilgan. Aslida bu ibora Jizzax shevasiga mansub bo'lib bundan avval adabiy nutqda uchramagan va faqat og'zaki nutqda mavjud bo'lgan:

1) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda, Chappar urib gullagan bog'in, O'par edim vatan tuprog'in... ("O'zbekiston" qasidasidan)

2) Podsho ham chappar urib daryoga chopib bordi. ("Oygul bilan Baxtiyor" ertak dostonidan)

Yuqoridagi misollarda bitta ibora ikki xil ma'noni ifodalamoqda, ya'ni birinchi misolda "qiyg'os, yoppasiga" ma'nosi, ikkinchi misolda ushbu FB chopmoq fe'liga qo'shilib, harakatning shiddat bilan sodir bo'lishini ifodalagan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

O'zining aniq muallifiga ega bo'lgan FBlar ingliz tilida ham mavjud bo'lib, bunday FBlar og'zaki nutqda ham yozma nutqda ham tez-tez uchrab turadi, ammo uning kelib chiqish tarixi bilan hamma ham qiziqavermaydi. Misol uchun "on the side of Angels" iborasini oladigan bo'lsak, u "haqiqat tarafdori bo'lmoq" ma'nosida ishlatiladi va uning kelib chiqishi britaniyalik davlat arbobi Benjamin Dizraelining 1864 yil noyabr oyidagi nutqiga borib taqaladi. U bu iborani ishlatish orqali Charlz Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asaridagi "inson maymundan tarqalgan" degan fikriga qarshiligini bildirgan va shunday degan: Is man an ape or an Angel? Now I am on the side of the Angels" ("Inson maymunmi yoki farishta? Men farishtaligi tarafdoriman") [6].

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, iboralar tilimizni ta'sirchan, go'zal qiladigan muhim bir vositadir. Ular gaplarning ma'nosiga stilistik bo'yoq beradi, ya'ni oddiy so'zlar berishga ojiz bo'lgan ma'noni aynan iboralar berishi mumkin. Bundan tashqari, ular qaysi xalqqa tegishli bo'lsa o'sha xalqning yashash tarzi, dunyoqarashi, urf odatlari hatto tarixidan ham darak berishi mumkin. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, iboralar, ya'ni FBlar nafaqat xalq og'zaki ijodi sifatida balki aniq bir muallif ijodiga mansubligi bilan ham ajralib turadi. Bu esa FBlarning etimologik xususiyatlarini o'rganishda alohida bir tadqiqot obekti bo'lib xizmat qilishini ta'kidlab o'tish joizdir.

ADABIYOTLAR RO YXATI

1. Vinogradov V.V. Rus tilidagi frazeologik birliklarning asosiy turlari haqida / V.V. Vinogradov // Tanlangan. asarlar. Leksikologiya va leksikografiya. - M., 2017. -161-lar.

2. Kunin A.B. Frazeologiya sohasidagi assimetriya / A.V. Kunin // Tilshunoslik masalalari. - 2018. - No 3. 107b.

3. Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish / A.A. Isloh qilingan. - M.: Aspent-Press, 2016. - 275p.

4. Chomskiy N. Sintaksis nazariyasining jihatlari / N. Chomskiy. - M .: Moskva nashriyoti. 2012. - 259h.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, 2011. 1321 b.

6. Radford E. G'ayrioddiy so'zlar va ular qanday paydo bo'lgan. Moskva-Leningrad. Prosvescheniye. 2014 yil.

7. Mirzayeva, D. I., & Sayfidinova, A. T. (2022). NABOTOT OLAMINING FRAZEOLOGIK BIRIKMALARINING QIYOSIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 681-687.

8. Ikromjonovna, D. M., & Solijonovna, U. M. (2022). Different approaches in the study of symmetric and asymmetric linguistic relations. INTERNATIONAL JOURNAL

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 1-4.

9. Mirzayeva, D., & Sanginova, D. (2022). ZAMONAVIY INGLIZ VA O 'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING KONTEKSTUAL MA'NOSI VA TARJIMA MASALALARINING XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 1(B6), 820-824.

10. Mirzayeva, D., & Ismoilova, D. (2022). FITONIMIK KOMPONENTLI INGLIZ BIRLIKLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. Science and innovation, 1(B6), 925-929.

11. Toshboyeva, B., & Mirzayeva, D. (2022). INGLIZ VA O 'ZBEK TILLARIDA INSON RUHIY HOLATIGA OID MUBOLAG 'ALASHGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING OKKAZIONAL TRANFORMATSIYALARINING OZIGA XOSLIGI. Science and innovation, 1(B6), 920-924.

12. Yusupova, S. (2022). ИЖТИМОИЙ ГУРУДЛАРДА ^УРМАТ КАТЕГОРИЯСИ ИФОДАЛАШ. Science and innovation, 1(B5), 350-352.

13. A'zamjonovna, Y. S. (2022). INGLIZ TILIDA EMOTSIYALARNING GRAMMATIK IFODALANISHI. PEDAGOGS jurnali, 20(2), 65-68.

14. M. Axunova, & S. Yusupova (2022). SON KATEGORIYASINING QO'LLANILISHI VA UNING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA QIYOSLANISHI. Science and innovation, 1 (B7), 736-739.

15. G. Tolanboyeva, & S. Yusupova (2022). LINGVOKULTUROLOGIYA O'RGANILISH TARIXI. Science and innovation, 1 (B6), 540-543.

16.Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИ ТИПОЛОГИЯСИДА Х,УРМАТ КАТЕГОРИЯСИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 1014).

17. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИДА Х,УРМАТ ИФОДАЛАШНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).

18. Sabohatxon, Y., Zilolaxon, T. Y., & Shaxlo, Y. L. (2022). EXPRESSION OF METAPHOR IN DIFFERENT SYSTEM LANGUAGES. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 209-212.

19. A'zamjonovna, Y. S. (2022). GARRI POTTER HIKOYASIDA ME'MORCHILIK. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(12), 1103-1104.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

20. Maftuna Erkin qizi, J. ., Kamilla Andreyevna, P. ., Sabohat A'zamjonovna, Y., & Farhod Faxriddinovich, U. . (2022). MEDIA DISCOURSE FEATURES. Scientific Impulse, 1(3), 561-565.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.