Научная статья на тему 'IBN RUSHD FALSAFASIDA "MANGU AQL" TUSHUNCHASINING TALQINI'

IBN RUSHD FALSAFASIDA "MANGU AQL" TUSHUNCHASINING TALQINI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
744
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Rushd (Averroes) / Arastu / Aflotun / Plotin / aql / mangu aql / e’tiqod / falsafa / din / emanatsiya. / Ibn Rushd (Averroes) / Aristotle / Plato / Plotinus / reason / eternal reason / faith / philosophy / religion / emanation.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ikramova, Iroda Rixsivaevna

Mazkur maqolada Sharq peripatetizmining vakillaridan biri bo‘lmish Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, xususan, uning “Mangu aql” tushunchasiga bergan ta’rifi tahlil qilingan. Shuningdek, faylasufning e’tiqod va aql uyg‘unligi haqidagi qarashlari “Ikki haqiqat” konsepsiyasi, nubuvvat masalasi, diniy matnlarni tavsiri muhokama qilingan. Maqolada faylasufning antropologik qarashlari ham yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE PHILOSOPHY OF IBN RUSHD INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF "ETERNAL MIND"

The article analyzes the philosophical views of Ibn Rushd, one of the representatives of Eastern Peripatetism, in particular his definition of the concept of "Eternal Consciousness". The philosopher's views on the harmony of faith and reason, the concept of "two truths", the problem of prophecy and the interpretation of religious texts were also discussed. The article also sheds light on the philosopher's anthropological views.

Текст научной работы на тему «IBN RUSHD FALSAFASIDA "MANGU AQL" TUSHUNCHASINING TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor

R

О

IBN RUSHD FALSAFASIDA "MANGU AQL" TUSHUNCHASINING TALQINI

Ikramova Iroda Rixsivaevna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Sharq peripatetizmining vakillaridan biri bo'lmish Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, xususan, uning "Mangu aql" tushunchasiga bergan ta'rifi tahlil qilingan. Shuningdek, faylasufning e'tiqod va aql uyg'unligi haqidagi qarashlari "Ikki haqiqat" konsepsiyasi, nubuvvat masalasi, diniy matnlarni tavsiri muhokama qilingan. Maqolada faylasufning antropologik qarashlari ham yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Rushd (Averroes), Arastu, Aflotun, Plotin, aql, mangu aql, e'tiqod, falsafa, din, emanatsiya.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются философские воззрения Ибн Рушда, одного из представителей восточного перипатетизма, в частности его определение понятия «Вечное сознание». Обсуждались также взгляды философа на гармонию веры и разума, концепцию «двух истин», проблему пророчества и толкование религиозных текстов. Статья также проливает свет на антропологические взгляды философа.

Ключевые слова: Ибн Рушд (Аверроэс), Аристотель, Платон, Плотин, разум, вечный разум, вера, философия, религия, эманация.

ABSTRACT

The article analyzes the philosophical views of Ibn Rushd, one of the representatives of Eastern Peripatetism, in particular his definition of the concept of "Eternal Consciousness". The philosopher's views on the harmony of faith and reason, the concept of "two truths", the problem of prophecy and the interpretation of religious texts were also discussed. The article also sheds light on the philosopher's anthropological views.

Keywords: Ibn Rushd (Averroes), Aristotle, Plato, Plotinus, reason, eternal reason, faith, philosophy, religion, emanation.

Scientific Journal Impact Factor

O

KIRISH

O'rta asr falsafasida aql olamni idrok etishning bir qurolidan muhim bir atama darajasiga ko'tarilgan bo'lib, bu ayniqsa Ibn Rushd ta'limotida, uning tasniflashida va tasniflangan aql atamasining har bir tushunchasi mohiyatining aniqlash jarayonida yorqin namoyon bo'lgan edi. Shuni alohida qayd etish joizki, Ibn Rushd ijodida aql atamasi shunchalik muhim ahamiyat kasb etganki, uning bilish va borliq nazariyalari, ijtimoiy falsafasi va axloqiy qarashlarini ham aql tushunchasisiz tasavvur etib bo'lmaydi. U faylasuf ijodining har bir qirrasida zohir bo'ladi. Aql tushunchasining keyingi tarixi uning G'arb falsafasiga ta'sirini yoritish orqali davom ettirishga to'g'ri kelishini ko'rsatdi.

Zero o'rta asr islom falsafasi va, shu jumladan, uning aql to'g'risidagi ta'limoti ma'lum ma'noda nasroniy falsafasidan keyin ravnaq etgan g'arb falsafasini shakllantirgan omillardan biri bo'lib, g'arb rasionalizmining ildiziga asos solishda muayyan bir ibtido sifatida xizmat qilgandir. Foma Akvinskiy, Rojer Bekon va boshqa bir qator g'arb mutafakkirlarini o'rta asr islom falsafasisiz to'g'ri tushunib bo'lmaydi. Aqlning o'rta asrlaridan keyingi davrda islom madaniyatida kechgan tarixi uning bundan buyog'iga ham din va Ovrupa falsafasi bilan bog'liq suratda taraqqiy etganini, uning endi atama emas, ko'proq idrok etish qobiliyati va ilohiy ne'mat sifatida o'rganilgani - bular, xususan, tasavvufning bir qator tariqatlarida va boshqa ko'pgina jabhalarida namoyon bo'lganini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, xususan, aql haqida, borliq haqida, "Ikki haqiqat" haqidagi qarashlari rus olimlari, Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasida keng o'rganilgan. Mazkur maqolada Ibn Rushdning "Mangu aql" tushunchasi haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, uning bu haqidagi qarashlarini bugungi kundagi dolzarbligi ham yoritilgan.

Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan hamda to'ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan ham foydalanilgan.

NATIJALAR

Yaqin va O'rta Sharq falsafasining aql to'g'risidagi ta'limotlari o'zining o'rta asrlardagi taraqqiyotida Arastu va arastuchilar ta'limotidan turtki olishi bilan birga yunon falsafasining yorqin siymosi Aflotun va ayniqsa, Plotin ta'limotidan ham turtki olganligi ma'lum. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdning aql tushunchasi va aqliy bilish yo'liga oid qarashlarida uchraydigan sudur (emanatsiya) tamoyili,

Scientific Journal Impact Factor

o

borliqning tartibli suratda vujudga kelishi va boshqa bir qator g'oyalar buning yaqqol dalilidir.

Albatta, yagona mohiyatli va abadiy intellekt haqidagi ta'limoti bilan Ibn Rushd bir vaqtning o'zida "ilohiyotlashtirilgan" jamiyatda yashovchi faylasuflar oldiga uning o'zi qo'ygan talablarni bajarishga intilgan: na tasdiqlovchi, na salbiy ko'rinishda ustun dinning asosiy aqidalariga, jumladan, qalbning boqiyligi haqidagi aqidalarga ziyon yetkazmaslikni istagan. Bundan tashqari, "keng jamoat" [4;235] uchun, deb yozadi u, qiyomat kunida nafaqat ruhan, balki jisman ham qayta tirilish muqarraligini tasdiqlashi zarur, chunki ommaning bu kun bilan bog'lik umidi va qo'rquvi ruhiy obrazlardan ko'ra ko'proq jismoniy obrazlar bilan qo'zg'aladi.

MUHOKAMA

Aflotunning "Davlat"iga sharhlarida Ibn Rushd bu uydirmalardan maqsad odamlarda yolg'ondakam yaxshi fazilatlarni tarbiyalashdir, deb yozadi; chunki agar inson u dunyodagi ajrlar haqidagi diniy tasavvurlarga berilsa, bu dunyodagi rohatlardan o'zini tiysa, u holda, u buni narigi dunyoda bu dunyoda yo'qotgan barcha narsalarni yuz barobar qilib qaytarib olish niyatida qiladi (jannat quvonchlari "mushohadaga asoslangan yaxshi xislatlar" egasini maftun qila olishi gumon), axir bu quvonchlar oliy xususiyatga ega bo'lgan lazzatlarning: noz-ne'matlar, ichimliklar, hurlarning eng oliy toifasi emasdir.

Kordovalik mutafakkir, albatta abadiyat va boqiy dunyodagi hayot haqidagi fikrlar insonlarning abadiylikka tomon tabiiy intilishlari, inson mavjudligining yakuni oldidagi qo'rquvi natijasida yuzaga kelganligini fahmlab turgan. Ibn Rushdning fikricha, haqiqiy donishmand xom xayollardan osongina kechishi mumkin. U mavjudlik mavjud bo'lmaslikdan yaxshiroq ekanligini, o'simliklar va hayvonlarga ham qalb zarurligini biladi, jumladan, aynan o'zining murakkabligi va chidamsizligi sababli organik jismlar, agar ular psixik potensiyalarga ega bo'lmaganida, individ sifatida bir daqiqa ham mavjud bo'la olmas edilar va aynan qalb va undagi ko'payishga bo'lgan intilish sababli o'simlik va hayvonlar uchun tur va ko'ri nishga oid jismoniy boqiylik ta'minlangan.

Bundan tashqari, mutafakkir tabiat unga nafaqat to'rga oid jismoniy boqiylikni, balki o'tkinchi bo'lmagan individ sifatidagi ma'naviy hayotni ham tortiq qilganligini anglab turadi, chunki uning fikrlari uning jismoniy o'limi bilan birga yo'qolib ketmaydi, balki kelajak avlodlarning mulkiga aylanadi. Mana nima uchun, - deb yozadi Ibn Rushd, inson "bu dunyodagi hayot"da ham "u dunyodagi hayot"da ham "mushohadaga asoslangan yaxshi xislatlar"dan voz kecha olmaydi.

Scientific Journal Impact Factor

Sharq peripatetiklarining o'tmishda yashab o'tgan mos ravishdagi tamoyillaridan farqli o'iaroq, Ibn Rushdning psixologik nazariyasi profetizmni umuman tahlil qilmaydi. Muhammad(s.a.v.)ning Payg'ambarlik maqomining yagona dalili bu, uning "mo''jizakor tabiati", barchani "amaliy yaxshiliklar" qilishga intilishga "ishontira olishi", va bundan tashqari "tanlanganlar" tomonidan allegorik tahlil qilinishidan iborat bo'lgan Qur'ondir. Diniy axloq qoidalarini tanqid qilishda Ibn Rushd o'zining falsafaning dinga munosabati konsepsiyasiga amal qiladi, va u "ilohiy" matnlarga emas, balki "vahiy'larning ichki ma'nosini noto'g'ri talqin qilgan ilohiyotchilarga hujum qiladi [3;422]. Kordovalik mutafakkir avvalambor, ash'oriylar nazariyasidagi, barcha ma'naviy qadriyatlar "ilohiy" matnlarda keltirilgan holda, xudoning amri va farmoni bilan belgilanadi, deb yozilgan teistik sub'ektivizm va etik volyuntarizmni inkor etadi. Agar bu nazariyaga amal qiladigan bo'lsak, u holda o'z-o'zidan ezgulik va yovuzlik bo'la olmaydi, biroq bunday da'vo nafaqat aniqlikka zid balki musulmonlarning eng "muqaddas" burchlariga ham zid bo'lar edi (masalan, dindor musulmon uchun yagona Allohga sig'inish qandaydir shartli, konvensial ne'mat emas, balki o'z-o'zidan bor bo'lgan ne'matdir. Ezgulik va yovuzlikni insonlarning fikri va qoidalariga asoslangan nimadir, deb hisoblagan teologlarning qarashlari tasavvufga oid va "Protagorning qarashlarini eslatadi".

Shunday qilib, ezgulik va yovuzlik dunyoda hoh tabiiy, hoh ijtimoiy tabiatga ega bo'lsin o'z-o'zidan mavjud bo'ladi. Tabiiy ne'matlarga kelsaq "keng omma" uchun Ibn Rushd uni xudo manbasi deb ataydi, bunda u "materiyaning zarurati"dan kelib chiqadigan yovuzlik bilan birga kechadi, degan yanglish fikrni ham keltiradi. Xuddi shunday, masalan, olov foyda keltiradi va ayni vaqtda uning hayvonlarni va o'simliklarni halok qilish hollari ham uchraydi. Xuddi shu kabi hayvonlardagi sezish qobiliyati ham ularning mavjud bo'lishining zaruriy sharti hisoblanadi, biroq shu bilan birga, aynan u ularga ko'pincha azoblar olib keladi. Bu nuqtai nazarni keltirgan holda, Ibn Rushd yaratuvchining marhamati va qudratliligi haqida keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi chiqishdan ham qo'rqmaydi [5;124].

Ibn Rushd tomonidan ilgari surilgan ezgulik va yovuzlik tamoyili tabiatiga ko'ra uning panteistik qarashlariga, ya'ni xudoni, aynan unda mavjud bo'lgan qonuniyatlarni buza olmaydigan taqozalanishining tabiiy tizimini belgilovchi ramz sifatida ifodalovchi qarashlariga mos keladi. U tomonidan taklif qilingan, insonlar harakatlarida kuzatiladigan ezgulik va yovuzlikni izohlashga xuddi shu kabi yondashiladi: uning davrida bu muammoni insonni bu dunyoda sodir etgan ishlari uchun u dunyoda javobgarligi va Alloh marhamati bilan chambarchas bog'liklikda o'rganilgan. Biroq kordovalik mutafakkir uchun bu masalani muhokama qilish aslida

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

erkinlik va zarurat nisbati haqidagi masalani falsafiy o'rganish uchun vosita bo'lgan, xolos.

XULOSA

Ibn Rushd o'zini tizim yaratuvchi deb hisoblamagan, biroq bu uning barcha faoliyati, arastuchilikni unga o'tmishdagi sharq peripatetiklari tomonidan kiritilgan neoplotonizm elementlaridan tozalashdan iborat bo'lganligini bildirmaydi. Ilohiyotga qarshi kurashning yangi shartlariga muvofiq ravishda u Arastuning materialistik fikrlarini rivojlantirdi, ularni dunyoni panteistik tushuntirish evolyusiyasida o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan bosqichni hosil qiluvchi ta'limotni yaratgan holda, yangi dialektik tamoyillar va taxminlar bilan boyitib bordi. O'sha davrdagi ko'plab arab davlatlarida yuzaga kelgan tarixiy sharoitlarda Ibn Rushd falsafasi o'sha yerlarda yashovchi xalqlarning ma'naviy madaniyatlariga qandaydir ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas edi.

Bugungi falsafada aql atamasining aytilishi va tuzilishi deyarli o'zgarmagan bo'lsada, biroq uning ma'nosi kuchli o'zgarganiga guvoh bo'lamiz. U fan va texnika asri bilan chambarchas bog'langan bo'lib, ilgarida yunon falsafasining "nus", ya'ni nazariy aql tushunchalari va islom aqidalari bilan uzviy bog'liqligi zamonaviy falsafada onda-sonda uchrab qolishini hisobga olmasak deyarli uchramaydi. Aqlni ilmiy tadqiq etish zamonaviy falsafa va fanda keng ko'lamda davom ettirilayapti va bu davrda u har qanday diniy qarashlardan holi ravishda, XXI asrda insoniyatning fan va texnika erishgan yutuqlarga tayangan holda yoritilayapti. Unga atama sifatida qarash va sezgiga, tuyg'uga, sun'iy aqlga qarama-qarshi qo'yish umumiy an'anaga aylanib qolgani, shubhasizdir. Umuman olganda Ibn Rushd falsafasi o'ziga xos ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, shart-sharoit tufayli yuzaga keladi deyish mumkin. Uning qarashlarida aql, umuman rasionalizm tendensiyasi yetakchilik qiladi.

Ibn Rushd ijodida aql alohida tahlil qilinib uning mohiyati din va e'tiqod tushunchalari bilan uzviy aloqadorlikda ochib beriladi. Bugungi global ma'naviy tahdidlar avj olgan zaminda Ibn Rushd dunyoqarashining mazkur jihati, yanada muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa dunyoviylikni dahriylik sifatida talqin qilayotgan diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashda muhim g'oyaviy asos vazifasini o'taydi. Bundan tashqari rasionalizm tamoyili uning borliq haqidagi qarashlarida ham ustunlik qiladi, shu tufayli Ibn Rushd falsafasini ungacha va undan keyingi davrlar rasionalistik ta'limotlar o'rtasida vorisiylikni ta'minlashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2

educational, natural and social sciences q ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

[1] Francesco Malaguti. Philosophical Perspectives on the Relationship Between Religion and Science: Averroes, Maimonides, Thomas Aquinas and Galileo. Jewish-Muslim Relations. 101-117.

[2] Averroes. (2012). On the Harmony of Religion and Philosophy (trans: Hourani, G.F.). http://www.muslimphilosophy.com/ir/fasl.htm. Accessed 6 July 2017.

[3] Rixsivayevna, I. I. (2021). IBN RUShDNING "KITAB FASL AL-MAQÄL VA-TAQRIR MA BAYNA ASh-ShARI 'AH VA AL-HIKMAH MIN AL-ITTISÄL" ASARIDAGI MULOHAZALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1537-1542.

[4] Ибн Рушд. Опровержение опровержения. //Сагадеев А.В. Киев, 1999.

[5] Сагадеев А.В. Ибн Рушд. -М., 1973.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.