Научная статья на тему 'IBN AL-ASIR ASARIDA JALOLIDDIN MANGUBERDI FAOLIYATINING AKS ETISHI'

IBN AL-ASIR ASARIDA JALOLIDDIN MANGUBERDI FAOLIYATINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bozorov Sodiqjon Normo‘Minovich

Ma’lumki, XII asrning ikkinchi yarmi–XIII asrning boshlaridagi davr islom tarixining eng qorong‘u sahifalarini tashkil qiladi. Bizgacha yetib kelgan manbalarning ma’lumotlari birbirlariga qarama-qarshi bo‘lib, muhim tarixiy voqealar sanalarini aniqlash ham qiyin. Bu muammoga hatto, V.V.Bartold ham duch kelganini aytgan [В.В.Бартольд: 77]. Bu manbalarda aks etgan, tashqaridan shunday qudratli ko‘ringan saltanatning ichki tomondan zaifligi tashqi dushman bilan to‘qnashuvida tez namoyon bo‘lgani va ayniqsa, Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi olib borgan kurashlari voqealari va uning faoliyatiga berilgan baholar esa ko‘p hollarda mavhum va bahstalab mavzulardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IBN AL-ASIR ASARIDA JALOLIDDIN MANGUBERDI FAOLIYATINING AKS ETISHI»

IBN AL-ASIR ASARIDA JALOLIDDIN MANGUBERDI FAOLIYATINING AKS ETISHI

Bozorov Sodiqjon Normo'minovich

MXO tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.12623309

Ma'lumki, XII asrning ikkinchi yarmi-XIII asrning boshlaridagi davr islom tarixining eng qorong'u sahifalarini tashkil qiladi. Bizgacha yetib kelgan manbalarning ma'lumotlari bir-birlariga qarama-qarshi bo'lib, muhim tarixiy voqealar sanalarini aniqlash ham qiyin. Bu muammoga hatto, V.V.Bartold ham duch kelganini aytgan [B.B.Eapmnbg: 77]. Bu manbalarda aks etgan, tashqaridan shunday qudratli ko'ringan saltanatning ichki tomondan zaifligi tashqi dushman bilan to'qnashuvida tez namoyon bo'lgani va ayniqsa, Jaloliddin Manguberdining mo'g'ullarga qarshi olib borgan kurashlari voqealari va uning faoliyatiga berilgan baholar esa ko'p hollarda mavhum va bahstalab mavzulardan biri hisoblanadi.

So'nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi faoliyati va uning Chingizxon va mo'g'ullarga qarshi olib borgan kurashlari tarixi XIII asr Markaziy Osiyo, Kavkazorti, O'rta va Yaqin Sharq xalqlari tarixining eng muhim sahifalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan olganda mazkur voqealar o'rta asrlar yozma manbalarida: arab-fors, suriya, gruzin, arman va xitoy manbalarida aks etgan. Bu manbalar ichida, so'zsiz Ibn al-Asirning "al-Komil fi-t-tarix" (Komil tarix, Tarixi komil) asari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Tabiiyki, Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati haqidagi mazkur manbaning ma'lumotlarining qay darajada ishonchli yoki ishonchsiz ekanligi borasida ham turli savollar tug'iladi. Ammo mazkur manbaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Ibn al-Asir Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga salbiy munosabatda bo'lgan. Bunday salbiy munosabatning sababi shundaki, muallifning voqealarni qaerdan va kimdan olganligi yoki voqealar va shaxslarga qay darajada hamda qanday qarashda munosabatda bo'lganligi bilan bog'liq.

Mazkur manbaning tarixshunoslik tahliliga qaratilgan tadqiqotlar ham afsuski, aynan manbadagi kabi Jaloliddin Manguberdi siymosiga turlicha baho berilgan hamda fikr va xulosalar bir-biriga qarama-qarshidir.

Xorazmshoh-anushteginiylar davlati, so'nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi faoliyati va umuman, Chingizxon va mo'g'ullar bosqini davri voqealari, shu davrlar xalifalik va musulmon davlatlari tarixiga bag'ishlangan eng muhim asarlardan biri-bu Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulkarim ibn Abdulvohid ash-Shayboniy, ya'ni Izzaddin Ibn al-Asir al-Jazariy nomi bilan mashhur bo'lgan muarrixning "al-Komil fi-t-tarix" (Komil tarix, Tarixi komil) nomli asaridir [Höh a^-Äcup: 560].

"Al-komil fi-t-tarix" asari o'n ikki jilddan iborat bo'lib, unda dunyoning "yaratilishi"dan to 1231-yilga qadar SHarq mamlakatlarida bo'lib o'tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, ya'ni davr tartibida bayon etib beriladi. Asar 1198-1199 yillarda yozib boshlanib, 1230-1231-yillarda tugallangan.

SHu bilan birga, muarrix o'z asarida keltiriladigan ikkita qarama-qarshi fikrdan qaysisini tanlashda qiynalgan holda ikkalasini ham keltirgan [B.B.Eapmnbg: 46].

V.V.Bartold Ibn al-Asir asarlarining qiymatini yuqori baholab, uni o'z asarlariga ma'lumot to'plash jarayonida "ulug' bir vijdoniylik va o'sha davrda kamdan-kam ko'zga tashlanadigan

tanqidiy yondashuv bilan ish tutganini" qayd qilgani holda, u bizning mavzumizga oid ma'lumotlarini chuqur va xolisona tahlil qilmagan. Ya'ni, Bartold so'nggi Xorazmshohlar Alouddin Muhammad va Jaloliddin Manguberdi faoliyatni yoritish jarayonida ko'proq Ibn al-Asirga bog'lanib qolib, ular haqida bir yoqlama xulosa chiqargan hamda Chingizxonni ortiqcha ideallashtirib yuborgan (bu haqda mavzumizning tarixshunoslikka bag'ishlangan qismida batafsil to'xtalib o'tamiz). Jumladan, mo'g'ul bosqini va uning oqibatlarida faqat Muhammad Xorazmshohni aybdor qilib ko'rsatadi. Zero, Xorazmshoh-anushteginiylarning mo'g'ul bosqinini bartaraf eta olmasdan parchalanib ketishiga juda ko'plagan tarixiy jarayonlar sabab bo'lgan. Buni zamonaviy tarixshunoslarning aksariyati o'z asarlarida ta'kidlab o'tganlar.

Umumiy holatda Ibn al-Asirning "al-Komil fi-t-tarix" asarining, Jaloliddin Manguberdi faoliyati aks etgan XII jildi biz uchun muhim. Zero, uning muallifi shu davrda yashagan va ko'p voqealarning bevosita guvohi bo'lgan. Ayniqsa, mo'g'ullar bosqini bilan bog'liq voqealar faqat arab tilidagi yana ikki asarda-Shihobaddin Muhammad ibn Ahmad an-Nasaviy (vafoti 1249 yil)ning "Siyrat as-sulton Jaloliddin Munkburniy" va Minhojuddin Abu Umar Usmon ibn Muhammad al-Juzjoniy (vafoti 1250 yildan keyin)ning "Tabaqoti Nosiriy" asarida kengroq yoritilgan, xolos.

Ammo Ibn al-Asirning bu asarini o'qib chiqar ekanmiz, unda muallifning Xorazmshohlarga nisbatan yomon munosabatda bo'lganligi seziladi yoki qandaydir g'ayirlik ruhi ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, Jaloliddin Manguberdiga munosabat masalasida Ibn al-Asirning asaridan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozimki, unda Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati tarixiga ruhiy tushkunlik, g'amginlik holatida baho berilganligi seziladi. Buni tushunish mumkin. Zero, o'z asarining kirish qismida, muallif asarni yozishga uzoq vaqt qo'li bormaganligini, hatto bu voqealarning guvohi bo'lgandan ko'ra tug'ilmagani yaxshi bo'lganligini o'z og'zi bilan aytib o'tadi. Jumladan, mo'g'ullarning O'rta Sharqqa yurishlarining boshlanishini tarixchi Ibn al-Asir shunday yozadi: "...Bu voqealarni qayd qilishni hech ham istamasdim, ba'zan buni yozish kerakligini tushunsam ham bir qadam oldinga, ikki qadam ortga qaytib voz kechardim. Islomning va musulmonlarning o'lim xabarlari va boshlariga tushgan falokatlarni yozish osonmi? Koshki onam meni tug'masa, koshki bu daxshatli falokatlardan oldin o'lib ketsam". Kimdir biri "Alloh taolo tomonidan Odam atoning yaratilganidan to bugunga qadar bu daxshatga o'xshashi yo'qdir" desa mutlaqo haq gapni aytgan bo'lar edi" [Höh a^-ÄCHp: 25].

Bundan hulosa shuki, islom olamiga juda og'ir musibatlarni keltirgan mo'g'ullar bosqinini o'ziga ruhiy jihatdan og'ir olgan muallif, bu fojialarning sabablarini emas, balki sababchisini izlaydi. Uning nazdida esa bu fojiaviy voqealarning sababchisi Xorazmshohlar sulolasi, shu jumladan, Jaloliddin Manguberdi hisoblanadi. Nasaviy ham o'zining asari boshida Ibn al-Asirning ba'zi masalalarda haqiqatdan biroz chekinganligini ta'kidlaydi [fflHx,oÔHggHH Myx,aMMag aH-HacaBHÖ: 19]. Eng asosiysi, bu manbadan ko'pgina yozma manbalar mualliflari va hatto, XIX asrdan keyingi tadqiqotchilar ham birlamchi manba sifatida foydalanganligidan Jaloliddin Manguberdi shaxsi haqida bu manbalarda ham salbiy munosabat shakllangan. Bu, ayniqsa, arab manbalariga taalluqli bo'lib, Ibn Vosil, Sibt Ibn al-Javziy, Yosin al-Umariy, Al-Kalkashandiy, Ibn Tiqtaqa, Ibn Tangriberdiy, Ibn Xollikon, Ibn Qosir, Ibn al-Ibriy, Ibn al-Vardiy, Ibn al-Amid, G'ozi Ahmad G'afforiy, Abulfaraj, Bayhaqiy, Vassof va boshqa o'nlab tarixchilarning va keyingi tadqiqotchilar V.V.Bartold hamda Z.Buniyodovning asarlarida

Jaloliddin Manguberdi haqidagi salbiy fikrlarning shakllanishini shu ma'noda tushunish mumkin.

Shu o'rinda yana bir narsani alohida ta'kidlab o'tishimiz lozimki, zamonaviy tadqiqotchilarning ko'pchiligi negadir Juvayniyni Jaloliddin Manguberdi siymosini ideallashtirib yuborganlikda ayblab, Ibn al-Asirni esa mo'g'ullar bosqini va Jaloliddin Mangberdi tarixini haqqoniy tarzda yoritgan deb ta'kidlashdan charchamaydilar. XX asr boshidayoq mashhur boshqird siyosiy arbobi va tarixchisi Ahmad Zaki Validiy To'g'on bejiz V.V.Bartold asarlaridan ehtiyotkorroq bo'lib foydalanishni ta'kidlamagan edi [A.Zeki Validi Togan; Р.Шигабиддинов: 57-70]. SHunday ekan, endilikda faqat V.V.Bartolbd asarlari ma'lumotlari bilan cheklanib qolmasdan, barcha manba va tadqiqotlar ma'lumotlarini chuqur mushohada va tahlilga asoslangan tarixni yoritish vaqti allaqachon yetdi va bu manba va tadqiqotlarning o'zini tanqidiy o'rganish lozim.

Tadqiqotda Ibn al-Asir asarining 2006-yilda amalga oshirilgan rus tilidagi terma tarjimasidan (Toshkent: O'zbekiston. Tarjimonlar P.G.Bulgakov va Sh.Kamoliddin) keng foydalanildi.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, Jaloliddin Manguberdi haqida ma'lumot beruvchi barcha manbalarni o'rganish asosida uning siymosiga qanday munosabatda bo'linishidan qat'iy nazar, buyuk vatanparvar lashkarboshi Chingizxonning eng munosib raqibi, ozodlik uchun tolmas kurashchi, vatanparvar qahramon sifatida tan olinadi va uning tarixdagi o'rniga munosib baho berilgan. Bu manbalar ham baribir Jaloliddinning Chingizxonga qarshi olib borgan kurashlarini yoqlaydilar va Jaloliddinning mo'g'ul bosqinidan himoya qiluvchi yagona devor bo'lganligini tan oladilar.

FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR

1. Ibn Fadlan's reisebericht von A.Zeki Validi Togan.-Leipzig, 1939.

2. Бартольд В.В. О некоторых восточных рукописях // ИРАН, серия VI, т. XIII. №4.-С. 924.

3. Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия / Сочинения, Т. I.-Москва: Издательство Восточной литературы, 1963.-760 с.

4. Ибн ал-Асир. Ал-Комил фи-т-тарих (Полный свод истории). Избранные отрывки / Перевод с арабского языка, примечания и комментарии П.Г. Булгакова. Дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С. Камолиддина. -Т.: Узбекистан, 2006.-560 с. + вкл.-32 с.

5. Шигабиддинов Р. Неизвестные страницы А. Валидий Пер. с башкирского языка Д. Рашидова // Узбекистон тарихи-2000-№21-2-С 57-70.

6. Ших,обиддин Мухдммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди хдёти тафсилоти / Камол Матёкубов таржимаси.-Т.: O'zbekiston, 2006.-384 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.