Научная статья на тему 'JALOLIDDIN XORAZMSHOHNING CHINGIZXONGA QARSHI KURASHIDA DEHLI SULTONI SHAMSIDDIN ELTUTMUSHNING ROLI'

JALOLIDDIN XORAZMSHOHNING CHINGIZXONGA QARSHI KURASHIDA DEHLI SULTONI SHAMSIDDIN ELTUTMUSHNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

482
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jaloliddin / Eltutmush / Qabaja / Dehli / Muizziddin Muhammad / Ray Kukar Singx / Bedaun / O'zbektoy / Sind / Parvon / Jalaliddin / Eltutmush / Kabaja / Delhi / Muizziddin Muhammad / Rai Kukar Singh / Bedaun / Uzbektoy / Sindh / Parwan

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maqsud Abdirasulovich Bebitov, Madina Raxmatullayevna Rahmanova

Jaloliddin Manguberdining otasi ismi Alovuddin Muhammad Xorazmshoh, onasi esa Oychechak xotundir. Jaloliddin Xorazmshoh o‘sha davrning mashxur ulamolari va ustozlaridan saboq oldi. Alovuddin Muhammad Xarzmshoh 1215-yilda Gur va Gʻazna hududini qoʻlga kiritgach, markazi Gʻazna boʻlgan Gur, Hirot, Gurjiston va Saiston oʻlkalariga oʻgʻli Jaloliddinni hukmdor qilib tayinladi. Biroq ko‘p o‘tmay Muhammad Xorazmshoh o‘zi juda yaxshi ko‘rgan va qadrlagan o‘g‘lini o‘zi bilan markazda qoldirib, o‘rniga Karbar Malikni yuqorida tilga olingan hududlar boshqaruvini topshirishni maqsadga muvofiq deb topdi. Alouddin Mahammad vafotidan oldin taxtni oʻgʻli Jaloliddinga topshirgan va u buni masʼuliyat bilan qabul qilgan edi. Muvaffaqiyatli hukmdor sifatida Karbar Malik bu hududlarni Xorazmshohlar davlat Mo'g'ullar tarafidan mag‘lubiyatga uchratilib Jaloliddin Hindistonga qaytguniga qadar ushlab turdi.Ushbu maqolada Jaloliddin Xorazmshohning Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmush bilan hamkorlik aloqalari va 1221-1224 yillar davomida Hindiston tuproqlarida mo'g'ullarga qarshi kurashi tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

alaluddin Manguberdi's father's name is Alovuddin Muhammad Kharizmshah, and his mother's name is Aychechek Khotun. Jalaluddin Khorazmshah learned from famous scholars and teachers of that time. After Alovuddin Muhammad Kharzmshah conquered the territory of Gur and Ghazna in 1215, he appointed his son Jalaluddin as the ruler of Gur, Herat, Georgia and Saistan, whose center is Ghazna. Soon, however, Muhammad Kharzmshah found it expedient to leave his son, whom he loved and cherished, with him in the center, and to transfer the administration of the above-mentioned territories to Karbar Malik instead. Alauddin Mohammad passed the throne to his son Jalaluddin before his death and he accepted it responsibly. As a successful ruler, Karbar Malik held these territories until the Khorezimshah state was defeated by the Mongols and Jalaluddin returned to India. struggle is described using historical methods such as historicity, critical, comparative-logical analysis, principles of impartiality.

Текст научной работы на тему «JALOLIDDIN XORAZMSHOHNING CHINGIZXONGA QARSHI KURASHIDA DEHLI SULTONI SHAMSIDDIN ELTUTMUSHNING ROLI»

JALOLIDDIN XORAZMSHOHNING CHINGIZXONGA QARSHI KURASHIDA DEHLI SULTONI SHAMSIDDIN ELTUTMUSHNING ROLI

Maqsud Abdirasulovich Bebitov

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi m.bebitov@dtpi.uz

Madina Raxmatullayevna Rahmanova

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi mraxmonova@dtpi. uz

ANNOTATSIYA

Jaloliddin Manguberdining otasi ismi Alovuddin Muhammad Xorazmshoh, onasi esa Oychechak xotundir. Jaloliddin Xorazmshoh o'sha davrning mashxur ulamolari va ustozlaridan saboq oldi. Alovuddin Muhammad Xarzmshoh 1215-yilda Gur va G'azna hududini qo'lga kiritgach, markazi G'azna bo'lgan Gur, Hirot, Gurjiston va Saiston o'lkalariga o'g'li Jaloliddinni hukmdor qilib tayinladi. Biroq ko'p o'tmay Muhammad Xorazmshoh o'zi juda yaxshi ko'rgan va qadrlagan o'g'lini o'zi bilan markazda qoldirib, o'rniga Karbar Malikni yuqorida tilga olingan hududlar boshqaruvini topshirishni maqsadga muvofiq deb topdi. Alouddin Mahammad vafotidan oldin taxtni o'g'li Jaloliddinga topshirgan va u buni mas'uliyat bilan qabul qilgan edi. Muvaffaqiyatli hukmdor sifatida Karbar Malik bu hududlarni Xorazmshohlar davlat Mo'g'ullar tarafidan mag'lubiyatga uchratilib Jaloliddin Hindistonga qaytguniga qadar ushlab turdi.Ushbu maqolada Jaloliddin Xorazmshohning Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmush bilan hamkorlik aloqalari va 1221-1224 yillar davomida Hindiston tuproqlarida mo'g'ullarga qarshi kurashi tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: Jaloliddin, Eltutmush, Qabaja, Dehli, Muizziddin Muhammad, Ray Kukar Singx, Bedaun, O'zbektoy, Sind, Parvon.

ABSTRACT

Jalaluddin Manguberdi's father's name is Alovuddin Muhammad Kharizmshah, and his mother's name is Aychechek Khotun. Jalaluddin Khorazmshah learned from famous scholars and teachers of that time. After Alovuddin Muhammad Kharzmshah conquered the territory of Gur and Ghazna in 1215, he appointed his son Jalaluddin as the ruler of

February, 2023

5

Gur, Herat, Georgia and Saistan, whose center is Ghazna. Soon, however, Muhammad Kharzmshah found it expedient to leave his son, whom he loved and cherished, with him in the center, and to transfer the administration of the above-mentioned territories to Karbar Malik instead. Alauddin Mohammad passed the throne to his son Jalaluddin before his death and he accepted it responsibly. As a successful ruler, Karbar Malik held these territories until the Khorezimshah state was defeated by the Mongols and Jalaluddin returned to India. struggle is described using historical methods such as historicity, critical, comparative-logical analysis, principles of impartiality.

Keywords: Jalaliddin, Eltutmush, Kabaja, Delhi, Muizziddin Muhammad, Rai Kukar Singh, Bedaun, Uzbektoy, Sindh, Parwan.

KIRISH

Chingizxon Xorazmshohlar davlatini batamom qulatish niyatida sobit edi. Bosqichma bosqish Xorazmshohlar imperiyasini yuqori taktik tayyorgarlik va strategik reja asosida bosib ola boshladi. 1220-yili Mo'g'ullarning Xorzim hududiga kelib, poytaxt Urganchni qamal qilib katta qiyinchilik bilan bo'lsada bosb oldi. Bu paytda Xorazmshohlar davlatini mo'g'il qo'shinlariga qarshi biriktira oladigan sulton Muhammad Xorazmshoh ham uning o'g'illari Oqshosh va O'zlug'sho ham tarix sahnasidan birin ketin Chingizxon boshliq mo'g'il qo'shini tomonidan yo'q qilindi. Ammo Muhammad Xorazmshohning vorisi sifatida ko'rilgan yana bir o'g'li Jaloliddin Xorazmshoh tarix katta sahnasiga chiqqan edi. Chingizxon uchun eng katta qarshilik va tahdid Xorazmshohlar davlatining so'ngi sultoni Jaloliddin Xorazmshoh edi. Jaloliddin Xorazmshoh Mo'g'il qo'shinlari bilan qilgan etti jangdan olti jangida muvafaqqiyat qozondi. Jaloliddin Xorazmshohning bu vaqtga kelib ikki tanlovi bor edi yo boshqa hududlarga ketib jon saqlash yo Sind daryosidan o'tib qaytadan kuch to'plab mo'g'ilarga qarshi kurashni davom ettirish. Jaloliddin Xorazmshoh albatta ikkinchi yo'lni to'g'ri deb bildi. Qisqa muddat ichida Jaloliddin Xorazmshoh Sind va uning atrofida maxalliy hukimdorlar bilan bir necha janglar davomida muvaffaqqiyati, jasurligi bilan tezda chor atrofga dovgug'i yoyila boshladi. Uch to'rt ming nafar qo'shin Jaloliddin Xorazmshohga sodiqligini bildirib1 uning safiga kelib qo'shildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Jaloliddin Xorazmshoh va Xorazmshohlar davlati tarixini chuqur o'rganish tarixni yangi O'zbekiston tarixining konseptual metodologik asoslarini tashkil etadi. Ayniqsa manbalarga

February, 2023

6

asoslangan holda ilmiy tadqiqotlarni olib borish jahon standartlariga mos hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda, Xorazmshohlar davlati va mo'g'illarni ushbu davlatga bostirib kirishi Jaloliddin Xorazmshohning Hindiston diyorlarida Chingizxonga qarshi mujodalasi vaqealari bayon etilgan asar "Tarixi jahongushoy" va boshqa bir qator tarixiy asarlar ma'lumotlari asosida so'z yuritiladi. Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniyning "Tarixi

9 Q A

jahongushoyi " asari bo'yicha o'zbek tarixchi olimlari Z.Bunyodov , O.Bo'riev , N.Toshev5, I. Jabborov6, I.Ochilov7, H.Dadaboyev8, J.Raximov9, N.Polvonov10,

11 19

Q.Masharipov , M.Akobirov va boshqalar Xorazmshohlar davlati tarixining turli masalalari yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirganlar

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi mo'g'ullar qo'shinlari bilan bo'lgan jangda yorqin g'alabaga erishdi. Ammo 1221 yil 24-26 noyabrda13 yana bir bor shaxsan Chingizxon boshliq mo'g'il qo'shinlari bilan qarshilashgan Jaloliddin Manguberdi son jihatdan mo'g'ullar bir necha barobar ziyod bo'lganligi tufayli xorazmliklar Sind (Hind) daryosi tomon chekinishgan. Jaloliddin Parvonda avval uni tark etgan Sayfuddin Ig'roq, A'zam malik va Muzaffar malik kabi amirlar bilan birlashib, Chingizxonga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Jang davomida Jaloliddin boshliq Xorazim qo'shinlari qanchalik mardona va azmi shijoat bilan jang qilmasin son jihatda ustun bo'lgan Chingizxon qo'shinlari jangda ustun keldi.

Chingizxon va Jaloliddin Xarzimshoh o'rtasidagi to'qnashuvning keyingi bosqichi Hindiston edi. Bu vaqtda Dehli va uning atroflari Sulton Shamsiddin Eltutmush idorasida bo'lib u asli Ulug' borli urug'iga mansub qipchoq turklaridan edi. Yoshligida qul savdogarlari orqali Buxoroga, so'ngra G'aznaga olib kelingan va sotilgan. 1196 yilda Guru Sulton Muizziddin Muhammad tomonidan sotib olingandan so'ng, u asta sekin xizmat pilla poyalarida ko'tarilib sarkarda va amir shikor (ovchi boshlig'i) bo'lib xizmat qildi. Keyinchalik, Beran va Badaun muzofoti qo'shinlari boshqaruvida bo'lgandan so'ng, qullikdan ozod qilingan. Qisqa vaqt ichida amir al umaro darajasiga ko'tarilgan edi. 1206 yilda Gurlular sulolasining oxirgi sultoni Muizziddin Muhammad vafot etgach, davlat boshqaruvi qipchoq turklaridan bo'lgan bu Qutbiddin Aybek qo'liga o'tadi. 1210-yil vafotidan keyin taxtga uning o'g'li Aramshoh o'tirdi.

Davlatni boshqarish qobiliyatiga ega bo'lmagani uchun boshqaruv davlat arboblarining iltimosiga ko'ra o'sha paytda Bedoun hokimi bo'lgan Shamsiddin Eltutmush Dehlini ham o'z

February, 2023

7

nazoratiga oldi14. Shamsiddin Eltutmushning boshqaruvi ostidagi hududlarga nisbatan birorta ham siyosiy hukmronlik qarshilik qilmayotgan bo'lsada Hindistonning ba'zi hududlarni musulmon bo'lmagan mahalliy hukmdorlar, hindu rojalari va mannalari boshqargn, ba'zilari turk va musulmon hukmdorlar tomonidan boshqarilgan. Sind viloyatida va unga tutash hududlarda Shamsiddin Eltutmush kabi musilmon hukimdorlardan Sulton Muizziddin Muhammadning maliklaridan Nosiriddin Qabaja bor edi va u Uch, Multan, Bahkar va Siyiston viloyatlarini boshqarar edi. Shuningdek Muiziddin Muhammadning boshqa bir maliki Tojiddin Yildiz ham shimoliy Hindiston hududlari mutlaq hukimronligi uchun davogarlardan biri edi. Ayni paytda u G'azni viloyatiga hukimronlik qilmoqda edi. Jaloliddin Xorazmshohning Sind daryosi atrofiga kelishigacha bu hududlarda hokimiyat uchun kurashlarda biroz bo'lsada Shamsiddin Eltutmush muvaffaqqiyat qozanayotgan edi.

1221-1222 yillarda Chingizxonga qarshu jang qilib Hindiston tomonga chekingan Jaloliddi Xorazmshohning boshpana so'ragan vaziyatiga nisbatan tutumi Shamsiddin Eltutmushning siyosiy tarixida alohida o'rin tutgan. Mo'g'ullar bosqiniga qarshi bir necha bor muvafaqqiyatli qarshilik ko'rsatgan Jaloliddin Xorazimsh oz sonli qo'shin bilan mo'g'il qo'shiniga qarshi hech qanday natija bermasligini tushunib, Sind daryosi yaqiniga chekinishni maqsadga muvofiq deb hisobladi va shu zahotiyoq o'z odami Aynul Mulkni Dehliga elchi sifatida jo'natdi. Jaloliddin Xorazmshoh Dehli hukimdori Sahmsiddin Eltutmush bilan birgalikda mo'g'ullarga qarshi ehtimoliy do'stlik o'rnatish orqali mushtarak urush jabhasi ochishni xohlar edi. Ko'p o'tmay, Jaloliddin Xorazmshohning boshpana so'rovini bildirgan elchilar poytaxt Dehliga keldi. Vaziyatni bir muddat ijobiy va salbiy taraflarini baholagan Shamsiddin Eltumush, avvalo o'zlari uchun oladigan qarorning ahamiyatiga e'tibor qaratdi. Shamsiddin Eltumush duch kelgan vaziyat juda nozik va hassos edi. Shu sababli, u shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilishni istamadi va bundan keyin sodir bo'lishi mumkin bo'lgan voqealardan ham xavotirda edi. Agar Jaloliddin Xorazmshohning ta'labini qanoatlantirsa mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan siyosiy og'irlik muvozanati o'zgarishi haqida o'ylar ekan, boshqa tomondan mo'g'ullar va Chingizxon tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan bosqin va talon-tarojlarga duchor bo'lishdan xavotirda edi15. Qisqa muddatga bo'lsa ham Jaloliddin Xorazmshohning Dehli atrofida qolishi maqsadga muvofiq, deb o'yladi. Bu nuqtai nazardan qaralsa, Shamsiddin Eltutmush Jaloliddin Xorazmshohning ta'siri ortishidan qo'rqqanini tushinish mumkin edi. Jaloliddining Dehliga kiritilmasligi qarori Eltutmushning azaliy raqibi bo'lmish Nosiriddin Qabaja kabi kuchli turk amirining siyosiy ta'siri sindirilib, Jaloliddin tufayli Dehli va uning atrofida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfdan

February, 2023

8

qutulgan bo'laг edi. Shu tariqa, biг muncha vaqt o'tgach, Eltutmush o'zi yubo^an elchilaг o^ali Jaloliddinga o'z nazoгati ostidagi hududlaráa joy ko'гsatish imkoni yo'qligini va ma'zurini qabul qilishini, mintaqa iqlimining mos kelmasligini ma'lum qildi. Biraq, agar xoЫasalaг, Dehli atrafida joy ajratib, sulton Jaloliddinga o'sha yerda joylashishni taklif qildi. Uning yordami bilan chegara hududi isyonchilardan tozalanishi mumkinligini ham aytdi16. Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmush Jaloliddin Xorazmshoh tomonidan takror jo'natilgan elchilar Dandak Pahlavon va Sungurjuk Tayisilarga Xorazmshohning buyerlarda qolishi to'g'ri emasligini, unga nisbatan do'st munosabatta ekanligini, agar o'ziga nisbatan dushmanlik qilinmagan taqdirda aslo Jaloliddinga nisbatan qarshi qilich ko'tarmasligini va hatto so'zlarini isboti sifatida o'z qizini Jaloliddinga nikohlab berishini bu bilan do'stlik rishtasi mustahkam qarindoshlik ipi bilan bog'lashi mumkinligini nihoyatda nozik diplomatik yo'l bilan ochiq va samimiy bir tarzda ifoda etti. Jaloliddin Xorazmshoh Sulton Shamsiddindan salbiy xabar olib Balala va Rakala atrofiga qaytdi. U shu yerda ekan, avval uni taTk etganlaT yana uning atrafiga to'planishdi va qisqa vaqt ichida uning atrafiga yig'ilganlaг soni o'n mingga yaqinlashdi.

Jaloliddin Xorazmshoh Malik Tojiddin Halajni qo'shin bilan Judi tog'iga jo'natib, mintaqa hukmdori Ray Kukar Singxnning qiziga uylanmoqchi ekanligini aytdi. Shundan so'ng Ray Kukar Singx Jaloliddin Xorazmshohning iltimosiga ijobiy javob berib, o'z o'g'lini ham qo'shin bilan sulton Jaloliddin xizmatiga jo'natadi. Sulton Jaloliddin o'g'liga Qutlug'xon unvonini berái. Bu o'zgarishlar Sulton Jaloliddin uchun ijobiy bo'lsa-da, Gurlu sultonlarning amirlaridan biri bo'lgan Dehli Sulton Eltutmushning qudasi Nosiriddin Qabaja Sind atrofida to'siq bo'lib turar edi. Aslini olganda, Jaloliddin orazimshoh bilan yangi ittifoq tuzgan Ray Kukar bilan Qabaja o'rtasida ham adovat bor edi. Shundan so'ng Jaloliddin, avvalo, O'zbektoy boshchiligidagi qo'shinni Uchchadan bir farsax uzoqlikda joylashgan Qabajab qarorgohiga yubordi. Bu orada Qabaja qo'shinining soni 20 ming kishidan iborat bo'lsa, O'zbektoy 7 ming kishidan iborat edi. O'zbektoyning tungi, to'satdan uyushtirgan bosqiniga qarshi nima qilishini bilmay qolgan Qabaja askarlari mag'lubiyatga uchradi va shu zahotiyoq ulaT o'rtasida kelishmovchilik paydo bo'ladi. Nosiriddin Qabaja qochishga muvaffaq bo'ldi. O'zbektoy boshliq qo'shin qalada qolgan asirlarni olib vaziyatni Sulton Jaloliddin Xorazmshohga bildirdi. Nosiriddin

1 7

Qabaja esa Mo'lton viloyatiga yo'l oldi . Shundan so'ng Jaloliddin Qabajadan o'ziga bo'ysunishini bayat berishini, Sind daiyosi atrofidagi jangdada o'g'iriab ketilgan Amñxonnig o'g'li va qizini topshirishni va nihoyat, yirik miqdorda badal to'lashini talab qildi. Bu talablar oldida umidsiz va chorasiz qolgan Nosiriddin Qabaja talablarni qabul qilganini

February, 2023

9

e'lon qilganidan keyin o'z boshqaruvidagi viloyatlarga hujum qilmaslikni Jaloliddin Xorzimshohdan so'radi. Shundan so'ng Balala va Rakala atrofida joylashgan Basram qalasin ishg'ol qildi. Bu orada mo'g'ullarning yana harakatga tushib, ortidan kelayotgani habarini olgan Jaloliddin Xorazmshoh Nosiriddin Qabajaga elchi yuborib, va'da qilinganidek talab qilingan xarajatlarini jo'natishini so'radi. Nosiriddin Qabaja ham mo'g'il qo'shinining Sulton Jaloliddin ustiga yurish qilayotganini habarini olgach uning talablarini bajarishga hojat qolmaganini angladi va rad etdi. Bundan g'azablanib Uchchaga qaytgan Sulton Jaloliddin qo'shini bilan Qabaja va unga qo'shilganlarni jazolab, shaharni talon-taroj qilib, o't qo'ydi. So'ngra Duyul va Siyiston tarafiga ko'chdi. Bu yerda hokimlik qilgan Fahriddin Salar Sulton Xarzimshoh qo'shin bilan bo'lgan jangda mag'lup bo'lib Jaloliddinga sodiqligini

1 о

bildirdi va yana Siyistonga hokim etib tayinlandi . Shundan so'ngra Jaloliddin Xorazmshoh bu yerlarda ortiq qola olmasligini angladi va Eron tomonga yurdi.

Shamsiddin Eltutmushning siyosiy tadbirlari ila JaloliddinXorazmshohning Hindiston tuproqlaridan ketishi bu mintaqada hukimronlik qilayotgan turkiy qavimlarning mo'g'il istelosidan ham nisbatan chetda qolishiga va yillar davomida o'z hokimiyatlarini saqlab qolishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, Eltutmush 1230-yilda raqibi bo'lgan Nosiriddin Qabajaning siyosiy hukmronligiga barham berib, mintaqada va davlat ichida to'liq markazlashuvni ta'minlay oldi. Shamsiddin Eltutmush Hidiston hududlarida yana birqancha shaharlarni o'z nazoratiga oldi va bu hududlarda turk-islom boshqaruvi ananasiga amal qilgan holda idora qildi. Xususan Sulton Eltutmush turk-islom tarixida muhim o'ringa olib chiqqan yana bir amaliyot, o'zidan keyin davlatni boshqarish uchun qizi Raziya Begimni merosxo'r valeyaht qilib ko'rsatish edi. Uning qarori o'g'illari va davlat arboblarini, ayniqsa, "Qurultoy"(kengash)da qatnashgan qipchoq turklarini bezovta qildi. O'g'illarining ichkilikga mubtalo bo'lganligini qarorining sababi sifatida ko'rsatdi. Ammo otasining vafotidan so'ng Roziya Begim hukimronligi bir necha yil davom etdi holos. Sulton Shamsiddin Eltutmushning shogirtlari 1266 yilgacha taxtni boshqardi.

XULOSA

Jaloliddin Xorazmshohning Sind daryosi atrofiga kelishi shimoliy Hindistonni ham mo'g'illarga qarshi kurash maydoniga aylantirdi. Bu ayni paytda mo'g'il bosqini bu mintaqa aholisi uchun ham katta xavf tug'dirardi. Ammo bu hududlarda Jaloliddin Xorazmshohning mo'g'illarga qarshi kurashayotganligi, musulmon turklarga uning siymosida g'ayridinlarga qarshi tura oladigan yagona xaloskor sifatida ko'ra boshladi. Chingizxon bosimidan jabrlangan musulmonlarning Jaloliddin Xorazmshohga bo'lgan

February, 2023

10

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

yuksak ishonchi tufayli uni qo'llab quvvatlash maqsadida shimoliy Hindistonga ko'chib borishiga sabab bo'ldi.

Shimoliy Hindiston hududlarida hukumronlik qilgan asl kelib chiqishi turkiy qavmlardan bo'lgan Shamsiddin Eltutmush va Nosiruddin Qabaja kabi hukimdorlar turkiy qavmlarni shimoliy Hindistonga ko'chib kelishiga qarshilik ko'rsatmas edi. Aksincha ularni mamnuniyat bilan qarshi oladi. Turkiy xalqlarning Hidiston hududlariga davomli ko'chishi Amir Temurning O'rta Osiyoda o'rnatgan kuchli hukmronligiga qadar davom etadi. Bu kabi migratsiya, aniqroq qilib aytganda ko'chib kelishlar asrlar bo'yi davom etgan va turkiy xalqlarning boy madaniyati keng yoyilishiga sabab bo'ldi.

REFERENCES

1. Shahobiddin Muhammad Horandazi Zaydari Nasafi, "Siroti Jaloliddin Menguberdi", tarjimon. Mujtabi Minavi, Shirkati intisharoti ilmi va Farhangi, Tehron, 1388 yil, 113-

2. Alouddin Atomalik Juvayniy. Tarixi Jahongusho. / Tarjima va so'z boshi muallifi Nazarbek Rahim, Mursal O'zturk. T.: Mumtoz so'z, 2015. -b. 395, 400. (Alouddin Atomic Juvenil. Jahongusho's story. / Translation and foreword by Nazarbek Rahim, Mursal Ozturk. T.: Classic word, 2015. -P. 395, 400.)

3. Ziyo Buniyodov Anushtegin Xorazmshohlar davlati/ Tarjima va so'z boshi muallifi A.Ahmad va M.Mahmud. T.: Adabiyot va san'at, 1998. 122 b. (Ziyo Buniyodov State of Anushtegin Khorezmshahs / Translation and foreword by A. Ahmad and M. Mahmud. T.: Literature and Art, 1998. - 122 b.)

4. Bo'riev O., Toshev N. Jaloliddin Manguberdi (Davri. Sarkardalik faoliyati. Manbalar.) - Toshkent: Fan, 1999. 72-b.

5. Toshev N. Jaloliddin Manguberdi o'z davri yozma manbalarida. // O'zbekiston tarixi jurnali 1-son. - T.: FAN, 1999.: 54- b.

6. Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. - Toshkent: Sharq, 1999. - B.142.

7. Ochilov I. Jalaliddin Manguberdi's description in written sources. // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal -(4) IV/2020.-P 63-67.

8. Dadaboev X.V. Harbiy san'at tarixi. // - T.: 2013.

9. Raximov J. Vatanning sheryurak bahodiri.// - T.: Talqin. 2015.

10. Polvonov N.T. Reader from the history of Uzbekistan. // - T.: Info Capital Group. 2018-B. 223.

11. Masharipov Qudrat. Jaloliddin Manguberdi buyuk vatanparvar sarkarda. T.: Navro'z 2019. - 258-259, 266- b. (Masharipov Kudrat. Jaloliddin

Manguberdi is a great patriotic commander. T.: Navruz 2019. -P.

114-bet.

258-259, 266.); O'sha muallif.The image of Jaloliddin Manguberdi:

February, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

his place in history as a person and the epoch he lived. // Journal of Critical Reviews. Vol 7, Issue 12, 2020. P. 1000-1002.

12. Akobirov M. Issues of supply and weapons in the army of sultan Jalaliddin Manguberdi. look to the past. 2021, vol. 4, issue 3, (18-22) pp.

13. Shixabaddin Muhammad an Nasafi, "Жизнеописание султана Джалал ад Дина Манкбурны", arab tilidan tarjima muallifi M. Buniyatova, Baku, 1972 yil.

14. Minhoji Siraj Juzjoniy, "Tabakati Nosiri", tarjimon, Abdulhay Habibiy Muassasayi intisharoti asotir, Tehron, 1389 yil, I-jil 439-497 bet. as-Sihrindi , Yahya ibn Ahmed ibn Abdullah, "Tarihi Mubarakshohi", tarjimon, Muhammad Hidoyat Husayin, Intisharati asotir, Tahron , 1391-yil, 13-17 bet. S. Haluk Kortel, "Dehli turk sultonligida tashkilot", T.T.K., Anqara, 2006 -yil, bet. 5; A.S. Bazmi Ansoriy, "iltutmi§", T.D.VLA(Turkiya diyonat vaqfi islom ensiklopediyasi), 2000, Jild 22, 158-159 bet.

15. Minhoji Siraj Juzjoniy, "Tabakati Nosiri" tarjimon, Abdulhay Habibiy Muassasayi intisharoti asotir, Tehron, 1389 yil, I-jil 315-317 bet

16. Kulka-Diatmar Rothermund, "Hindiston tarixi", tarjimon. Mufit Gunay, Image kitob do'koni, Anqara, 2001- yil, 244-245 bet.

17. Minhoji Siraj Juzjoniy, "Tabakati Nosiri", tarjimon, Abdulhay Habibiy Muassasayi intisharoti asotir, Tehron, 1389 yil, I-jil 315-317 bet. Juvayniy Ato Malik Aloaddin ibn Bahouddin Muhammad ibn Shamsiddin Muhammad "Tarihi Jihangushoyi Juvayni", tarjimon, Mirza Muhammad, Luzac & Co, London II-jil 315-317 bet

18. Juvayniy Ato Malik Aloaddin ibn Bahouddin Muhammad ibn Shamsiddin Muhammad "Tarihi Jihangushoyi Juvayni", tarjimon, Mirza Muhammad, Luzac & Co, London II-jil 145-147 bet

19. Abdirasulovich, B. M. (2022). HISTORY OF UZBEK TAKIYAS IN ISTANBUL AND ECONOMIC RELATIONS WITH THE OTTOMAN STATE. Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 5, 116-119.

20. Bebitov,M,& Qalandarova, M. (2022). QADIMGI TURK (KOKTURK) XALQLARDA BOSHQARUV TAFAKKURINING ASOSIY TAMOYILLARI VA QONUNLARI. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(12), 328-333.

21. Bebitov, M. A. (2021). Turkiya Antakiyadagi o'zbeklar takiyasi tarixi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 1233-1241.

22. Bebitov, Maqsud Abdirasulovich, & Mardonov, Muxriddin Islom O'G'Li (2022). QORAXONIYLAR DAVLATIDA TA'LIM FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 487-491.

23. Qarshiyev, A. (2022). XIX Аср иккинчи ярми-xx аср бошларида Сурхон вохдсининг ижтимоий-сиёсий хдёти (И-126-жамFарма

хужжатлари асосида). ПАЕМИ ДОНИШКАДА АНВОРИ ИЛМ ТАФАККУРИ ТАЪРИХ.

February, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.