CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
HUQUQBUZARLIKLARNING IJTIMOIY PROFILAKTIKASINI JAMIYAT RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIYAT
Ganiyev Farrux Taxirjanovich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, Uzbekistan,e-mail: [email protected]
orcid.org/0009-0005-2423-050X
Ganiyeva Gulandon Ibragimovna
Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti
Rayimqulov Nodir Husniddin o'g'li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ,3-o'quv kursi 312-guruh
kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14237039
ARTICLE INFO
Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:28th November 2024 KEYWORDS Huquqbuzarlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, g'ayriijtimoiy xulq-atvor,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi, ijtimoiy
profilaktika, viktimologiya
ABSTRACT
Ushbu maqola profilaktikasi ¡ f orqali huquqbuzarliklarining ijtimoiy tushunchasi, uning ahamiyatli jihatlari,
ushbu profilaktikani amalga oshiriuvchi subyektlar va ijtimoiy profllaktikaning boshqa profilaktika turlaridan farqli va o'xshash jiahatlariga batafsil to'xtalib o'tamiz
Hozirgi taraqqiy etib borayotgan zamonda jamiyatning har bir sohalarini rivojlantirish alohida e'tibor talab etmoqda. Shuni inobatga olish lozimki, fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy-demokratik, ijtimoiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan davlatni barpo etishda davlat hokimyati organlari zimmasida jamoat xavfsizligini ta'minlash , fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimimi yanada takomillashtirish eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Chunki, qachonki jamiyat xavfsizligi , xalq farovonligi taminlansagina, davlat faoliyatining har bir sohasida ya'ni xoh iqtisodiy, xoh ijtimoiy, xoh huquqiy soha bo'lmasin jamiyat a'zolaring hayot tarzi yaxshilanib davlat ham jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rinini egallay oladi. Yuqoridagi keltirilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan asosiy mas'uliyatni Huquqni muhofaza qiluvchi organlari amalga oshiradi. Xususan Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati jamoat xavfsizligini ta'minlash , fuqarolaring huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish sohasida asosiy vazifani bajaradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu tufayli ham aynan davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu sohani rivojlantirish va faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida bir qator sa'yi harakatlar amalga oshirilmoqda. Bularning yaqqol namunasi sifatida Prezidentimiz ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag'ishlangan videoselektorda "rahbar odamlar o'zini qiynayotgan
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
muammolarni hal qilish uchun to'la ishonch bilan, avvalambor, ichki ishlar idoralariga, profilaktika inspektorlariga murojaat qilishiga, har bir xodimda o'z himoyachisini ko'rishiga erishish zarurligini ta'kidladi. Shundagina ichki ishlar organlari xalq o'rtasida munosib obro'-e'tibor qozonadi" deya ta'kidlab o'tganlar. Shuningdek yurtboshimizning 2021-yil 29-noyabrdagi 27-son farmoni bilan tasdiqlangan — Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilab qo'yilgan aholi osoyishtaligini ta'minlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari roli va mavqeyini yanada mustahkamlash borasida belgilab bergan vazifalarini bunga yorqin misol qilib ko'rsatsak buladi .
xIchki ishlar organlari tomonidan aholini huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilishining huquqiy asosi sifatida O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'grisida"gi 371-son qonuni qabul qilingan . Mazkur qonunda Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari ko'rsatilgan. Unga ko'ra profilaktikaning quyidagi turlari mavjud: Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi, huquqbuzarliklar viktimilogik profilaktikasi. Prezidentimizning PF 5938-son farmonlari bilan joriy etilgan — "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida respublikada xavfsiz muhitni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan qabul qilingan — ""Obod va xavfsiz mahalla tamoyili" asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to'g'risida"gi 10/3/05 sonli qo'shma qaror ijrosi o'laroq, profilaktikaning yangi turi - ijtimoiy profilaktika joriy etildi va bu haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.
Biz "Ijtimoiy profilaktika" tushunchasiga ta'rif berishimizdan oldin Ijtimoiy va profilaktika so'zlariga to'xtalib o'tsak . O'zbek tili izohli lug'atida Ijtimoiy so'zini "jamiyatga taalluqli, jamiyat bilan bog'liq, jamoat, odamlarning jamiyatdagi munosabatlari bilan bog'liq" kabi ma'nolarda, profilaktika so'zini esa "biror hodisaning oldini olish, mexanizm muddatidan oldin ishdan chiqishi, buzilishidan odamlar sog'ligini saqlash uchun ko'riladigan choralar" ma'nolarida ishlatilishi ko'rsatilgan.
Ushbu ta'riflardan kelib chiqqan xolda Ijtimoiy profilaktikaga-huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko'rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora - tadbirlar majmui tushuniladi. Aynan profilaktikaning bu yangi turi keng qamrovliligi va amalga oshirish jihatdan ko'p kuch talab qilmasligi tufayli ham ancha samara berishi kutilmoqda.
Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishni tizimli asosda yo'lga qo'yish bo'yicha huquqni ijro etuvchi organlari tomonidan huquqiy targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
2Ijtimoiy profilaktikani bevosita amalga oshiruvchilari shaxslar sifatida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi keltirib o'tsak bo'ladi. Obod va xavfsiz mahalla|| tamoyili asosidagi yuqorida keltirib o'tilgan shaxslar
1 Boboraximov A.B. "Surunkali alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka mubtalo bo'lgan shaxslarni majburiy davolashga yuborishda ichki ishlar organlarining o'rni va roli". "International Journal of Integrated education and research. |e-ISSN: 2181-3558 Volume: 1 (5) Issn: 1_0ctomber_2022 (http s://ojs.rmasav.com/index. php/ojs/issue/view/JOURNAL_2022_ 1_5) 05.10.2022k
2 Boboraximov A.B. "Ayollarning oila-turmush doirasidagi jinoyatchiligining bugungi kundagi holati, ularga qarshi kurashishning zamonaviy usullari". SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIOECONOMIC SCIENCE THEORY International scientific-online conference Part 14 January 7th colletions of scientific works Helsinki 07.01.2024
tomonidan uzviy hamkorlikda ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish, uning huquqiy targ'ibotini amalga oshirish yuzasidan faol amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda . Ijtimoiy profilaktikani boshqa huquqbuzarliklarning profilaktika turlaridan qanday farqli va o'zaro o'xshash jihatlariga to'xtalib o'tamiz. "Huquqbuzarlik profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 6-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasining umumiy, maxsus, yakka va viktimologik turlari belgilangan.
Dastlab huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasining ijtimoiy profilaktika bilan o'zaro o'xshash va farqli jihatlariga to'xtalib o'tsak. Ushbu profilaktika turi juda keng qamrovliligi bilan ijtimoiy profilaktikaga o'xshab ketsa va subyektlar zimmasiga ijtimoiy profilaktikadagidek mas'uliyat yuklamasligi bilan farq qiladi.
Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish uchun ayrim toifadagi shaxslar yoki jinoyatlar sonining ortishi yoki bo'lmasa, muhim bayram tadbirlari va tashriflari asos bo'lsa, ijtimoiy profilaktikada esa aholining har tomonlama himoya qilish ya'ni uni sport, sog'liqni, saqlash, ma'naviy-ma'rifiy umuman olganda shaxslarni ijtimoiy jihatdan har tomonlama himoya qilishga qaratiladi.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi amalga oshiridigan subyektlari ya'ni yakka tartibdagi profilaktikadan faqatgina huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan amalga oshirilsa, biroq ijtimoiy profilaktika nafaqat profilaktika inspektori balki mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi tomonidan amalga oshiriladi.ammo yakka tartibdagi profilaktika ham va ijtimoiy profilaktikada ham har bir shaxs bilan alohida profilaktik chora tadbirlar amalga oshiriladi. Bu esa ushbu profilaktik chora tadbirlarning o'xshash jihatlaridan biridir.
Mazkur "Fuqarobay" ishlash yangi tizim bo'lib fuqarolarni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va ruhiy-psixologik qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Ular manfaatlarini muhofaza qilish, ehtiyojlarini ro'yobga chiqarish uchun ularga imkoniyatlar yaratish, hududlarda o'z-o'zini band qilish faoliyatini keng yo'lga qo'yish, ularning kasbiy malakalarini o'stirish, muammolarini belgilash va markazlash asosida qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'l xaritalari ishlab chiqish, ijtimoiy faollikni ta'minlashga qaratilgan muhim chora-tadbir bo'ldi. 3"Mahallabay" va "Oilabay" hamda "Fuqarobay"ishlash mexanizmi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirishda o'z andozasiga ega bo'lib xalq manfaatlarini ta'minlashning samarali tizimi sifatida vujudga keldi.
Amalga oshirilayotgan mazkur yangilik ayollar va yoshlar, ruhiy kasallar muqaddam sudlanganlarning jamiyat hayotiga aloqadorligini, ularning ijtimoiylashuvi va faollashuvini, ularning yangi O'zbekiston qurilishiga daxldor ekanligini, mazkur ijtimoiy qatlamlar vakillarining davlat siyosatidan manfaatdorligini ta'minlaydi.
> "Fuqarobay" tizimini joriy etish orqali barcha aholini mehnat qilish va o'z malakasini oshirish ishtiyoqi bor bo'lgan fuqarolarni jadallashtirilgan ta'lim tizimlari orqali bozorbop kasb va hunarlarga o'qitish, sertifikatlar bilan ta'minlash ishiga asos solinadi. Ularning kasbiy malakalarini, turli kasb-kor va hunarlar bo'yicha mahoratlarini o'stirish, dunyo miqyosida talab yuqori bo'lgan va raqobatbardosh kasbiy kompetensiyalarni aholi o'rtasida rivojlantirish, ishsiz ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka, xususan, oilaviy tadbirkorlikka, o'z-o'zini band qilish ishlariga keng jalb etish, mahallada yuritilgan daftarga kiritilgan fuqarolar ichidan yangi mulkdorlar qatlamini shakllantirish kabilar mazkur daftarlarning maqsadlaridan biri hisoblanadi.
> "Mahallabay" ishlar tizimida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush tarziga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish
3 Boboraximov A.B. "Ichki ishlar organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari hamkorligini "Xavfsiz mahalla" tamoyili asosida" Journal of new century innovations international interdisciplinary research journal. Volume-19_Issue-1_December_2022 (https://newjournal.org/index.php/new/issue/view/53 ) 13.12.2022h
faoliyati. Masalan, mahalla aholisini ichimlik suvi, gaz, elektr toki bilan ta'minlashdagi kamchiliklar, mahalladagi yo'l qurilishi infratuzilmasidagi nosozliklar, aholiga maishiy-xizmat ko'rsatishning etarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqalar.
> "Oilabay" ishlash tizimida oilalardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish faoliyati. Bu muammolar bir oila bo'lib yashovchi uning a'zolari turmush tarziga bir xil salbiy ta'sir ko'rsatib, ular o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yomonlashishiga sabab bo'ladi va mustahkamligiga putur etkazadi. Bu jarayonda oila a'zolarining turmush tarziga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi muammolar, jumladan, oila a'zolarining uy-joyga muhtojligini inobatga olib er ajratish, imtiyozli kreditlar asosida uy olishlariga amaliy yordam ko'rsatish va boshqalar.
> "Fuqarobay" ishlash tizimida fuqarolarning aynan o'ziga taalluqli muammolarni hal etishlarida amaliy yordam ko'rsatish faoliyatidir. Masalan, fuqarolar, shu jumladan uyushmagan yoshlarni o'qish va ishga joylashtirish, kasbga o'rgatishga yo'naltirish, nogironligi bo'lgan shaxslarga nafaqa tayinlash va nogironlik aravasini olishlarida amaliy yordam ko'rsatish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga yo'naltirish, bunda ularga imtiyozli kreditlar olishlarida yordamlashish va boshqalar.
4Huquqbuzarliklarning viktimologik profilakatikasi qolgan profilaktika turlariga nisbatan ijtimoiy profilaktikaga o'xshash jihatlari ko'p masalan amalga oshiriladigan choratadbirlari va aholini huquqbuzarlik jabrlanuvchisi bo'lish ehtimolini kamaytirishga qaratilganligi bilan bir-biriga yaqin bo'lsa , biroq ijtimoiy profilaktika qo'shimcha obyektga ya'ni ijtimoiy profilaktikaning obyektiga huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar ham kirishi va subyektlarga qo'shimcha rag'bat yoki majburiyat yanada tushunarli qilib aytsak ushbu profilaktikaning amalga oshirishdagi kamchikilar intizomiy jazolanishga yoki erishilgan yaxshi natija mukofotlanishga sabab bo'lishi bilan farq qiladi.
Mana biz yuqorida huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktika turiga to'xtalib, uning qulay va har tomonlama ishonchli profilaktik turi ekanligini nazariy jihatdan ko'rib chiqdik . Hozirgi kunda profilaktikaning ushbu yangini turini aholi o'rtasida keng joriy qilish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, bunga misol qilib Nukus shahridagi "Altin jag'is" mahallasida jinoyat yo'liga kirish ehtimoli yuqori aholi bilan yangicha ishlash tizimi joriy qilindi va unga ko'ra, bunday toifaga kiruvchi aholi "ijtimoiy profilaktika" tamoyili asosida "mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, yoshlar etakchisi hamda ijtimoiy xodimga nomma-nom biriktirilganligini misol qilib olsak bo'ladi.
XULOSA
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan aholining huquq va erkinlarini ta'minlash, yoshlarimizni har jihatdan etuk kadr sifatida shakllantirish bo'yicha ko'pgina samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo bularni taminlash uchun jamiyat qonunbuzarliklarni kamaytirish ularni oldini olish zarur.
Qonunbuzarliklarni sodir etilishining tub mohiyatiga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak avvalo bularda ijtimoiy jarayonlar muhim ahamiyat kasb etishini ko'ramiz. Shu tufayli ham ana shu huquqbuzarliklarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlashni, bu orqali huquqbuzarliklarni oldini olish usullarini ijtimoiy hayotdan qidirish kerak bo'ladi. Aynan yuqorida ta'kidlab o'tilgan sabablar biz tahlil qilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasining yangi turi hisoblangan - ijtimoiy prafilaktikani ishlab chiqish va uni keng joriy etish zaruratini tug'diradi.
4 Boboraximov A.B. "Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kriminalistik tasnifi" Journal of new century innovations international interdisciplinary research journal. Volume-19_Issue-1_December_2022 (https://newjournal.org/index.php/new/issue/view/53 ) 13.12.2022h
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonun, 2014-yil 14-mart;
2. "Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to'g'risida"gi 10/3/05 sonli qo'shma qaror, 2023-yil 30-mart; https://lex.uz/internet portali.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2023-yil 28-iyuldagi "Maqsadimiz -adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash orqali xalqimizni rozi qilish" mavzusida Farg'ona shahrida o'tkazgan videoselektoridagi nutqidan.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'rsida"gi 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori.
5. O'zbek tili izoli lug'ati https;\\izoh.uz portal.
6. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№. 4.-С. 37-42.
7. Ганиев, Фаррух Тахиржанович. "УГРИЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ЖИНОЯТ-ХУКУКИЙ ЖИХДТЛАРИ ВА ОЛДИНИ ОЛИШГА ДОИР ФИКР-МУЛОХ.АЗАЛАР." Results of National Scientific Research International Journal 2.12 (2023): 301-313.
8. Ганиев Ф. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН УГРИЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙУНАЛИШЛАРИ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.
9. Ганиев Ф. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН УГРИЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙУНАЛ И ШЛАР И //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.