Научная статья на тему 'HUMAN CAPITAL IN GLOBALIZATION: SOCIO-ECONOMIC RELATIONSHIP'

HUMAN CAPITAL IN GLOBALIZATION: SOCIO-ECONOMIC RELATIONSHIP Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Global / micro / macro / meto / mezo / endo / geopolitics / moon / mars / robot / human / capital / essence / quantity / quality / relationship / place / time / rule / condition / movement / distress / Global / micro / macro / meto / mezo / endo / geopolitics / moon / mars / robot / human / capital / essence / quantity / quality / relationship / place / time / rule / condition / movement / distress

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ermаtоv Musоjаlil

The article covers the importance of human capital in the world market, the existing problems in the process of globalization of the labor resources of the country and the region, the geographical location of human capital, and the solutions to the problems that arise as a result of its migration in the international arena. The demand for human capital has always been considered an urgent problem, because it is the product of human intellectual labor in production, creation of new techniques and technologies, and in literary language it is called human capital. In addition, the problems of migration, its conditions, are based on the basis of practical and theoretical concepts in the creation of the economic and financial space. Globalization has created a market of international goods, various services, natural resources, financial resources, human capital, labor force, means of production in the space of the world's labor resources.The economic and social life as a result of the expansion of global, technological, financial information, as well as cultural systems in the world will be clarified

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMAN CAPITAL IN GLOBALIZATION: SOCIO-ECONOMIC RELATIONSHIP

The article covers the importance of human capital in the world market, the existing problems in the process of globalization of the labor resources of the country and the region, the geographical location of human capital, and the solutions to the problems that arise as a result of its migration in the international arena. The demand for human capital has always been considered an urgent problem, because it is the product of human intellectual labor in production, creation of new techniques and technologies, and in literary language it is called human capital. In addition, the problems of migration, its conditions, are based on the basis of practical and theoretical concepts in the creation of the economic and financial space. Globalization has created a market of international goods, various services, natural resources, financial resources, human capital, labor force, means of production in the space of the world's labor resources.The economic and social life as a result of the expansion of global, technological, financial information, as well as cultural systems in the world will be clarified

Текст научной работы на тему «HUMAN CAPITAL IN GLOBALIZATION: SOCIO-ECONOMIC RELATIONSHIP»

GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON KAPITALI: IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABAT

Dosent v.b. iqtisod fanlari nomzodi Ermatov Musojalil Komilovich Alfraganus universiteti ORCID: 0000-0001-6093-6546

Annatosiya: Maqola inson kapitalining mohiyati, inson kapitalining dunyo bozorida tutgan o'rni, mamlakat va mintaqa mehnat resurslarining globallashuvi jarayonidagi mavjud muammolari va o'ziga xos xususiyatlari va turlari, inson kapitalining geografik joylashuvi, inson kapitali to'g'lrisidagi nazariyalari tahlil qilingan, uning halqaro maydonda ko'chib yurishi natijasida olib keluvchi masala echimlari yoritilgan. Inson kapiliga bo'lgan talab barcha zamonlarda dolzarb muammo hisoblangan, sababi ishlab chiqarishda, yangi texnika va texnologiyalarni yaratilishida insonning aqliy mexnat mahsuli, adabiy tilda inson kapital deya nomlanadi.

Shuningdek, megratsiya muammolari, undagi shart-sharoit, iqtisodiy-moliyaviy makonning vujudga kelishidagi amaliy va nazariy tushunchalar asosiga tayanadi.

Globallashuv dunyo mehnat rusurslari makonida -xalqaro tavorlar, turli xizmatlar, tabiiy resurslar, moliyaviy resurslar, inson kapitali, ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari bozori tashkil etib, ular o'rtasida uzviy aloqalar, shuning barobarida, moliyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy bog'liklar kuchayish omillar, jahon ko'lamida global-texnologik, moliyaviy axborotlar, madaniy tizim o'choqlari kengayib borishi natijasidagi iqtisodiy ijtimoiy xayot ko'lamiga aniqlik kiritilgan.

Kalit so'zlar: Global, mikro, makro, meto, mezo, endo, giosiyosat, oy, mars, robot, inson, kapital, mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, harakat, qiynalish.

ABSTRACT: The article covers the importance of human capital in the world market, the existing problems in the process of globalization of the labor resources of the country and the region, the geographical location of human capital, and the solutions to the problems that arise as a result of its migration in the international arena. The demand for human capital has always been considered an urgent problem, because it is the product of human intellectual labor in production, creation of new techniques and technologies, and in literary language it is called human capital.

In addition, the problems of migration, its conditions, are based on the basis of practical and theoretical concepts in the creation of the economic and financial space.

Globalization has created a market of international goods, various services, natural resources, financial resources, human capital, labor force, means of production in the space of the world's labor resources.The economic and social life as a result of the expansion of global, technological, financial information, as well as cultural systems in the world will be clarified.

Keywords: Global, micro, macro, meto, mezo, endo, geopolitics, moon, mars, robot, human, capital, essence, quantity, quality, relationship, place, time, rule, condition, movement, distress.

Kirish

Hozirgi metoiqtisodiyotda umumjahon mehnat tahsimoti asosida makro va metoiqtisodiyotlar o'rtasida barqaror, har tomonlama o'zaro iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarni shakllanishi oqibatida mikroiqtisodiyot darajasida xo'jalik yurituvchilarning internasianallashuviga olib kelmoqda. Buning natijasi, dunyo mehnat resurslarining globallashuviga, inson kapitalining geografik joylashuvi halqaro maydonda bir mamlakatdan ikkinchi davlatga, qit'adan er yuzining boshqa qirtog'lariga ko'chib, joylashuviga olib kelmoqda. Buni soddaroq qilib tushuntirilsa, megrasiya muammolari sifatida qaralishi mumkin. Bunday sharoit iqtisodiy-moliyaviy makonning vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi. Ushbu makonda, halqaro tavorlar, turli xizmatlar, tabiiy resurslar, moliyaviy resurslar, kapital, ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari bozori tashkil etilib, ular o'rtasida uzviy aloqalar, shuning barobarida, moliyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy bog'liklar kuchaymoqda. Jahon ko'lamida global-texnologik, moliyaviy axborotlar, madaniy tizim o'choqlari kengayib bormoqda.

Bunday makonda talab va taklif qonuni ta'minlash maqsadida tabiiy rusurslardan foydalanish ortib borish,i ishchi kuchiga talab ortadi, natijada bir makondagi mehnat kapitali mehnatga haq to'lash yuqori bo'lgan ikkinchi makonga o'z taklifini beradi va inson kapitali ko'chib o'tadi. Bu holat bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini kechirayotgan davlatlarda mehnat resurslari o'rtasidagi raqobotni keskin

o'zgartiradi. Natijada, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi giosiyosiy vaziyat, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davlatlar ichki ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy siyosatini izdan chiqaradi.

Ushbu muammoga prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev (Toshkent, 2021:64) quyidagicha izoh beradi:

Jahonda murakkab geosiyosiy vaziyat, energiya resurslari tanqisligi kuchayib bormoqda, oziq-ovqatga ehtiyoj ortib, moliyaviy resurslar qimmatlashmoqda.

Bunday sharoitda qanday qilib inson kapitalidan foydalanish zururiyati dolzab muammoga olib keldi. Shuningdek, mehnat xavfsizligini ta'minlash har qanday mustaqil davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning tashqi inson kapitali tahdidlariga bardoshligini ta'minlash, uning jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida raqobatbardoshligini oshirish omillarini tahlil qilish mazkur maqolaning markaziy maqsadi hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi

O'tmishda, XIX asr ikkinchi yarmiga qadar kishi mehnati xarajat talab etuvchi ijtimoiy omil sifatida tan olinmagan. Odamni tarbiyalash va unga ta'lim berish uchun sarflangan mablag'lar ishlab chiqarishga aloqasi yo'q xarajatlar hisoblangan. Sababi, quldorchilik jamiyatining asorat-aqidalari bunga yo'l qo'ymas edi. Ishchi sinfi o'z rohibining mulki hisoblangan. Jahon hamjamiyatida sanoatning rivojlanishi qo'l mehnatidan ko'ra aqliy mehnat samaradorligi yuqori ekanligini isbotladi. Unda ishlab chiqarish takomillashib borishi, shaxsning mehnat omili ishlab chiqarish sohasida asosiy kapital darajasiga ko'tarildi.

Aslida, shaxs mehnati har doim aholining turli qatlamida ta'lim va turmush darajasini oshirish uchun sarflangan xarajatlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ijtimoiy iqtisodiy soha muammosi hisoblanib kelgan. Chunki, odam bolasining ta'lim-tarbiyasi, sog'lig'i, ishbilarmonligi, madaniyat, san'at va boshqa inson uchun zaruriy sohalarga sarflangan moliyaviy mablag'lar natijasida inson ongi, shuuri va ta'lim-tarbiyasi shakllanishiga asos bo'ladi. Natijada ongli individning mehnat qilish saviyasi, sifati va qiymat darajasi yuksalib boradi. Mazkur omillar inson kapitalining shakllanishida muhim o'rin tutuvchi alohida shaxslar timsolida mavjud bo'lgan xolatdir. Boshqa kapital turlaridan farqli ravishda inson kapitali u yoki bu konkret shaxs bilan bog'liq bo'lib, u avalo shaxsiy mulkdir va u kapital egasining inon-ixtiyoriga ko'ra sarflangan ma'lum moliyaviy mablag'larining inkosi hisoblanadi.

G.D. Makleod (New York, 1881:134) inson bu asosiy kapital, agar mazkur shaxs unimdor bo'lmasa, uning faoliyatini iqtisodiy tahlilga tobe bo'lmaydi. Ushbu g'oyani L. Walras (New York, 1954:218) keskin tanqid qildi. Uning tushunchasi bo'yicha, barcha insonlar mehnati kapital hisoblanadi, ularning o'z qiymati va narxlari mavjud, bozordagi har bir tovarning narxi, qiymati bo'lgani kabi, degan g'oya ilgari suriladi.

XX asrda inson aqli rivojlanishi sanoatda yirik burilishga olib keldi, uning ongli mehnat mahsuli atomni ijod etdi. U dunyoning urush va tinchlik sohasida amaliy tajriba o'tkazildi. Tinchlik sohasidagi atom millionlab insonlar shamchirog'ini yoqqan bo'lsa, urush o'chog'ida atom millionlab insonlar hayot shamchirog'ini o'chirdi. Bu davr atom asri deya tarix qoravaraqlarida zikr etildi.

XXI asr, odamning aql mash'ali aqlli zarralarni, mashina va robotlarni yaratdi. Aqlli zarralar er yuzini bir qishloqqa aylantirdi. Bir qat'adan ikkinchi qit'aga ovozli va video bog'lanish misqol daqiqani tashkil etdi. Oyga benorvon chiqdi, Marsni zabardast etdi. Ushbu asr aqlli robotlar asri deya belgilandi.

Aqilli robotlar asrimizda ilm-fan ham talaygini tarqqiy etmoqda. Iqtisodiyot sohasi kengaydi. U mikro, makro, meto mezo va endoiqtisodiyotga ajratilib o'rganila boshladi. Dunyo halqlari mehnati globallashuvi, interkontinental korporasiyalar, og'ir sanoatning ishlab chiqarish rivojlanishi natijasida soha xodimlarining xarajatlar moddasi o'rganilib, uning xarajatlar tarkibiy elementlari tahlil etilishi, aqliy mehnat resurslari inson kapitali mavjudligi muammosiga aniqlik kiritdi. Dastawal shaxs mehnati odam bolasining bilim va mehnat qobiliyatini ifodalovchi birtushuncha sifatida shakllandi. Keyinchalik iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarildi.

Antik davrning falsafiy olimi Arostu (Eramizdan avvalgi 323-335 yilar) o'zining «Kategoriyalar» asarida, kategoriyalarni ob'ektiv realigning in'ikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deya talqin qilgan. Natijada, falsafaning 10 ta kategoriyasi to'g'risida ma'lumot beradi. Ular: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalishdir.

Keyinchalik ushbu olimningkategoriyalar haqidagi ta'limotini Al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. O'rta asr diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi dindor falsafasi asosida 6 ta

kategoriyani bir-biridan farqi ni asoslandi. Bular: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (o'zgarish), munosabat, egalik kabi kotigoriyalardir. (Islomov A., Egamov E «O'zbekiston», 2003:16)

Ularning ta'limotiga ko'ra, har bir inson o'z hayoti faoliyatida o'zigacha shakllangan yuqoridagi kategoriyalar yordamida shakllanadi. Mazkur kategoriyalar metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega bo'lib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan o'rnini to'g'ri bilib olishiga yordam beradi.

Ikkalafalsafiy tushunchani jamlasakquyidagi insonning aqli mexnati ko'rishimiz mumkin.

Inson kapitalining tarkibiy kotegoriyalari

BORLIQ

SIFAT

HARAKAT

EGALIK

MIQDOR

MUNOSABAT

Manba: Mualliftomonidan ishlab chiqilgan Ushbu rasmda: Yuqoridagi uchta qizg'ish rangdagi ong, imkoniyat, bilish omillari Arastuning inson kapitalidagi tushunchasi hisoblanadi. Unda ongning rivojlanishi avvalo oilada, keyinchalik jamiyatda toplanib boradi. Uning rivojlanishi imkoniyat va bilish kotegoriyalari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Agar inson o'z ilmini imkon darajasida rivojlantirib, ya'ni moliyaviy kapital sarf etib, iqtisodiy-ijtimoiy bilimlarini takomillashtirib borsa, uning dunyo qarashi, intelektual solohiyati rivojlanib boradi. Uning aksi esa, teskari rivojlanish, ya'ni quyi tabaqa tarkibiga yo'l oladi.

Rasmning quyidagi, oltita sarg'ish ranglar AlForobiy, Abu Ali Ibn Sino tomonidan Arastuning kategoriyalarini rivojlantirilgan shakli. Undagi inson kapitali omillari bo'lib, ular: Borliq, sifat, miqdor, munosabat, egalik va xarakat inson kapitalining markaziy qismi hisoblanadi.

Insonning yashashi uchun yaratilgan sharoit, undagi borliq makonini anglatadi, ilm o'rganish, bilim olishi uchun ushbu kategoriyalar inson tafakkurini rivojlanishida markaziy o'rinni egallaydi. Agar odamning hayot tarzi yaxshilanib, bo'sh vaqti bo'lsa, kitob o'qish, o'z ustida ishlash va madaniy dam olishi uchun imkoniyatlaryaratiladi. Natijada, insonning jamiyatdagi xarakati miqdor darajasidan sifat darajasiga o'tadi. Jamiyatdagi kishilarga nisbatan yaxshilikka etaklash munosabati shakllanadi. Har bir xarakati go'zalliktarovvatini egallash uchun intiladi.

Inson ilmiga bo'lgan xarajat eng samarali kapital kiritishning ob'ekti bo'lib, bu kapital bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilishi, kelgusida yuqori samara keltirishi maqsadi ko'zlangan. Sababi,

inson kapitali inson salohiyatini hamda insonga investisiyalaming iqtisodiy xususiyatlaridan biri safatida tushunilmoqda.

Bizningcha, Mamlakatimizda XXI asrda inson kapitaliga nisbatan boshqacha nazariy qarashlar va e'tiroflar mavjud, uni quyidagi jadvalda o'rganib chiqamiz.

XXI asr iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida inson resurslari baholanishi

Kategoriya Qo'llanish davri Iqtisodiyot sub'ekti to'g'risidagi tasawur Amalga kiritilishi sabablari

Inson omili 2000-2016 yillar Inson - ishlab chiqarishning asosiy harakatga keltiruvchi kuch, uning samaradorligi ishlab chiqarishni sifati va sonini oshirish vositasi hisoblangan. Ijtimoiy sharoitlar, shaxsiy omil samaradorligini oshirish zarurati hisoblangan.

Inson kapitali 2000-2016 yillar Inson - samarali kapital kiritishning ob'ekti, bu kapital bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilib, kelgusida samara keltirishi maqsadini ko'zlangan. Inson salohiyati va uning ilmu-tafakkuriga moliyaviy mablag'larning iqtisodiy xususiyat sifatida e'tirof etish hisoblangan.

Inson omili 2017 yildan hozirga qadar Inson - ijtimoiy- ishlab chiqarishda va siyosatda asosiy harakatga keltiruvchi kuch. Ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar, shaxsiy ong va omil samaradorligini oshirish zarurligi

Inson kapitali 2017 yildan hozirga qadar Inson - investisiya kapitalining ob'ekti, ob'ektning asosiy omili IT texnologiyalar va xorijiy tillari bo'lib, bunda inson kapital dunyo iqtisodiyot bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilib, kelgusida dunyo hamjamiyatida eng yuqori samara keltirishi maqsadini ko'zlamoqda. Inson salohiyatida IT texnologiyalar savodxonligi talab etilishi hamda inson kapitaliga ehtiyoj dunyo hamjamiyatida insonga investisiyalarning iqtisodiy xususiyatlari ortib borishi hisoblanmoqda.

Manba: Mual liftomonidan iqtisodiy adabiyotlar asosida ishlab chiqilgan

Jadvalda, XXI asrdaga mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bosqichlarida inson resurslari baholanishi keltirilgan bo'lib, unda 2017 yildan keyingi yillarda inson omili ijtimoiy ishlab chiqarishda va siyosatda asosiy harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaralib kelmoqda.

Sababi, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar, insonning shaxsiy ongi va uning asosiy omil samaradorligini oshirish zarur hisoblanadi. Inson kapitali esa, investisiya kapitalining ob'ekti bo'lib, ob'ektning asosiy omili IT texnologiyalar va xorijiy tillarini o'rganish, unda inson kapital dunyo iqtisodiyot bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilib, kelgusida dunyo hamjamiyatida eng yuqori samara keltirishi maqsadini ko'zlamoqda.

Davlatning mulk huquqi va iqtisodiy yondashuvlari daxlsizligi inson va shaxsning asosiy moliyaviy-huquqi sifatida shunchaki deklaratsiya emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining etakchi tamoyili bo'lib, barcha sa'y-harakatlarni mulk himoya qobig'lini taminlashda barcha amaliy ishlarni oshkora amalga oshirilishi talab etadi. Davlat yoki xususiy mulk huquqi buzilishining oldini olishda jamiyyat yoki jamoat manfaatlarini ta'minlashda xususiy huquq manfaatlari muvozanatini tiklash uchun xizmat qiladi.

Inson kapitali qiymatini baholash o'ta muammoli tadbir. Lekin shunga qaramay iqtisodiy adabiyotlarda juda ko'p usullar bo'yicha uni baholash amallari bajarilib kelmoqda, ularga ko'ra, inson kapitali:

- mikro daraja - korxonalar va firmalar darajasida;

- makro-daraja - milliy (davlat) iqtisodiyoti darajasida;

- mezo-daraja - mintaqa darajasida;

- meta-daraja - jahon iqtisodiyoti darajasida, tahlil etiladi. (G. Bekker, Maskva, 2003: 67)

Yuqoridagi fikrlarni hisobga olib, bizningcha inson kapitali - ilm-bilimlar, tajriba, malaka va ko'nikmalar hosiblanishidir.

Metodologiyasi

Ushbu maqola inson mehnat resurslari jamiyatning asosiy kapitali sifati darajasida tadqiq etiladi. Uning taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan o'tmishdagi, hozirgi zamon olimlarg'oyalari, davlatlar me'yoriy ijodkorligi tajribasi tahlil qilinadi. Undagi iqtisodiy-ijtimoiy tartiblar bilan birgalikda ilmiy yondashuvlari davlat, shuningdek, umumiy va moliyaviy natijalariga asoslanadi. Davlatimizning micro va macro darajadagi inson kapitali ajratilayotgan moliyaviy sarmoyalar tahlil etiladi. Ushbu maqolada inson kapitalining mazmun-mohiyati tadqiq etilgan bo'lib, analiz va sintez, umumlashtirish, qiyosiy tahlil metodlaridan unumli foydalanildi.

Natijalar

Albatda, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, bizning davlatda inson kapitalini rivojlantirishning maqsad yonalishida har bir inson davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish uchun imkoniyatini yaratilmoqda. Unda kasbga o'qitish ko'lamini 2023 yilda 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o'qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga etkazish talablari belgilandi. Shuningdek, olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlaydigan tadbirkorlik sub'ektlari uchun 50 mllion so'm miqdorida grant loyihalarini e'lon qilindi. O'zbekistonda evropa kasbiy ta'lim va kasbga o'qitish sifatini ta'minlash (EQAVET) tizimi talablariga to'liq javob beradigan namunaviy professional ta'lim muassasalari faoliyatini yo'lga qo'yildi.

Bolalar va o'smirlarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish orqali qamrov darajasini oshirilmoqda, Bunda: 269 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari, 94 ta to'liq kunlik tayyorlov guruhlari. 1 384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari, maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini joriy etilgan. Bularning moliyaviy ko'lami 60 milliard so'm Respublika byudjeti mablag'llari ajratilishi belgilangan. Shuningdek, 1 600 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish hisobiga 40000dan ortiq bolalar o'rnini tashkil etish, unga 185 milliard so'm respublika byudjeti mablag'llaridan, Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish 800 ming doll Jahon banki mablag'llari, byudjet mablag'llari parametrlarida ko'zda tutilgan mablag'llar doirasida bajarilmoqda.

Bolalarning erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha ta'lim sifatini baholashning milliy tizimi»ni joriy etish. Jahon bankining «Erta bolalikdagi rivojlanishni qo'llab-quwatlash» loyihasi doirasida 250 ming doll. Yangi maktablarni qurish rekonstrutura qilish va shart-sharoitlar yaratish uchun Davlat byudjeti mablag'llari 1,7 trillion so'm, spublika byudjetidan 100 milliord so'm, mahalliy byudjet 100 milliord so'm, jami 200 milliord so'm ajratildi. «El-yurt umidi» jamg'larmasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o'qishga yuborish ko'lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga yo'naltirish belgilangan.

2023 yilda maktab o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida O'zbekiston ishtirokini ta'minlash. Jahon bankining «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi mablag'llari hisobidan 169600 doll ajratilgan. Bu ajratilgan mablaglar inson kapitalini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.(Sh.M. Mirziyoev. Murojaatnomasi. 2022:6-9)

MUHOKAMA

Inson kapitali - halq xo'jaligi tarmoqlari tarkibidagi kapitallarning gultojisi. Sababi, u ijtimoiy hayot, iqtisodiy munosabat, shuningdek, jamiyat va oila taraqqiyoti rivojlanishining markaziy omili hisoblanadi. Unda intensiv ishchi kuchining bilimi va malakalisi intellektual qiymatiga xos yaratuvchanlik hissiyotlari mujassamlashgan. Inson o'z shuuri bilan ishlab chiqaruvchi kuchlar va mehnat vositalarining boshqaruvchisi, atrof-muhit asrab avaylashdagi tadbirkori va umumiy jamiyat faolligining tarkibiy yig'lindisiga teng. Shu bois, inson kapitalining mohiyatini ochib berish va uni ta'riflashda beqiyos munozaralarga sabab bo'ladi. Inson kapitalining mohiyati va ta'riflar guldastalarining bizga tegishlilari bilan tanishib o'tamiz.

A.Qodiriy so'zi bilan aytganda "Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayirliq, deydilar. (X. Qodiriy. Toshkent. 2014:3)

Biz ham ushbu g'oyaga amal qilamiz, XVI asr ushbu yondashuvning daslabki ilk klassik iqtisod maktab asoschisi Vilyam Petti deb atash mumkin, u mamlakat va jamiyatlar o'tmishdagi boyligini inson mehnat natijasi deb hisoblash oqilona ish deb hisoblagan.Bu tushuncha orqali jonli faol kuchlar, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan inson xususiyatlari va qobiliyatlari majmuyi deya tushundi (V.Petti Moskva, 1940: 323)

"Inson kapitali" so'zini birinchi bo'lib M. Fridman (Moskva, 1996:131) 1956 yilda "Pulning miqdoriy nazariyasi" asarida yozilgan. Unda kapiatal asosiy mazmunini o'z kontseptsiyasida u inson kapitalini boylikning birlamchi ko'rinishida ifoda etgan, ular: umumiy pul, obligatsiyalar, aktsiyalar va moddiy ne'matlar bilan bir qatorda.

Inson kapitalining mikroiqtisodiy G.S. Bekker (Moskva, 2003:672) tomonidan amalga oshirildi. U "Inson kapitali: nazariy va empirik tahlil" nomli fundamental asarini nashr etdi. Bekker usuli nafaqat mikro, balki makro darajada iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy tadqiq qilish usuli ahamiyatiga ega bo'ldi.

Biz inson kapitaliga quyidagicha talqin etishimiz mumkin. Inson kapitali - ong, imkoniyat, bilish, borliq, sifat, miqdor, munosabat, egalikva xarakat inson kapitalining markaziy qismi hisoblanadi. Ularni shakllanish yoki shakllantirish xususiyatlarini xisobga olib, quyidagicha ajratib olish mumkin: insonning jismoniy kapitali, moliyaviy kapital, tabiiy kapital, intellektual kapital va ba'zi boshqa turlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Mamlakat tarkibidagi inson kapitali jismoniy, insoniy, moliyaviy va tabiiy kapitallar tarkibida bo'ladi. Inson kapitali aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, intellektual faoliyatga sarmoyalar kiritish orqali shakllantiriladi. Shu jumladan - ta'lim-tarbiya, sog'lliqni saqlash, ilm-fan, ishbilarmonlik qobiliyati va iqlimi, mehnatni axborot bilan ta'minlash, samarali elitani shakllantirish, fuqarolik, biznes xavfsizligi va iqtisodiy erkinlik, shuningdek madaniyat sohasida, badiiy va boshqa tarkibiy qismlar vositasida ham rivojlantiriladi. Inson kapitalini boshqa davlatlardan kirib kelgan malakali kadrlar va mablag'llar hisobiga ham shakllantirish mumkin. Inson kapitali jamiyat hayotining barcha sohalarida mehnatning sifati va unumdorligini oshirishga hissa qo'shadi va qo'llab-quwatlaydi.

Inson kapitalini rivojlanishining omillari avvalo erkin raqobat, manzilli sarmoya va so'ngisi innovasion g'oyalar hisoblanadi. Har bir millatning rivojlanish bosqichi mamlakat milliy boyligining ajralmas qismi bo'lgan inson kapitalidir. Milliy inson kapitali ijtimoiy va siyosiy kapitalni, shuningdek, milliy intellektual ustuvorliklar, milliy raqobatbardosh ustunliklar va millatning tabiiy salohiyati o'z ichiga oladi. Har bir milliy inson kapitali qiymati - investisiyalar, diskontlash va boshqa usullar bilan hisoblanadi. Milliy inson kapitalining xususiyatlari jahon sivilizasiyalari va dunyo davlatlarining tarixiy rivojlanishini belgilab berdi. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning birinchi choragi milliy inson kapitali iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining asosiy intensiv omili bo'lib qolmoqda.

Inson kapitali samaradorlik darajasiga ko'ra ishlab chiqaruvchi omil sifatida salbiy inson kapitali (halokatli) va ijobiy (ijodiy) inson kapitaliga bo'linishi mumkin. Salbiy inson kapitali - bu jamg'larilgan inson kapitalining bir qismi bo'lib, u jamiyat, va iqtisodiyotga foyda keltirmaydi, aholining turmush darajasi o'sishiga, jamiyat va shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Har doim ham ta'lim va tarbiyaga kiritilgan sarmoya foyda beravermaydi. Tuzatib bo'lmaydigan jinoyatchi va qotillar - bu jamiyat va oila uchun yo'qotilgan sarmoyadir. Salbiy inson kapitalining ortib borishiga poraxo'r amaldorlar, jinoyatchilar, giyohvandlar, haddan tashqari spirtli ichimlikka ruju qo'ygan kimsalar, dangasa va o'g'lrilar katta hissa qo'shmoqda.

Salbiy inson kapitalining ko'payishiga millatning faol qismi - uning elitasi katta hissa qo'shishi mumkin, chunki aynan ular mamlakatni rivojlantirish siyosati va strategiyasini belgilaydilar, millatni taraqqiyot yo'liga olib chiqadi yoki turg'lunlik yoki inqirozga boshlaydi. Salbiy inson kapitali bilim va tajribaning mohiyatini o'zgartirishni, shuningdek inson kapitaliga qo'shimcha sarmoyalarni talab qiladi.

Ta'lim jarayonini, innovasion va investisiya salohiyatini o'zgartirish, aholining mentaliteti va madaniyatini yuksaltirish uchun islohotlarni amalga oshirish kerak bo'ladi. Yig'lilgan salbiy inson kapitali bifurkasiya davrida o'zini to'liq namoyon qila boshlaydi. Ijobiy inson kapitali (ijodiy yoki innovasion) taraqqiyot va o'sish davrida unga qo'yilgan investisiyalarning foydali daromadini ta'minlaydigan inson kapitali sifatida tavsiflanadi. Ijobiy inson kapitali ta'lim tizimini rivojlantirishda, bilimlarning o'sishi, ilmfanning rivojlanishi, aholining sog'llig'lini yaxshilash, axborot sifati oshirishda o'zining beqiyos

hissasini qo'shadi. Passiv inson kapitali - mamlakat taraqqiyotiga, innovasion iqtisodiyotga hissa qo'shmaydigan, asosan moddiy ne'matlarni o'zi iste'mol qilishga qaratilgan inson kapitali. Inson kapitalini qisqa vaqt ichida o'zgartirish mumkin emas, ayniqsa ko'p miqdorda to'plangan salbiy inson kapitali bilan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish katta qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.

XULOSA

Bugungi globallashuv jarayonida inson kapitaliga bo'lgan innovasiya mamlakatning eng muhim strategik resursi hisoblanmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, yangi sanoat va moliyaviy texnologiyalarni joriy qilish, innovasiya-investisiya infratuzilmasini rivojlantirish, intellektual salohiyatni yuksaltirish inson kapitaliga innovasion faoliyat bilan bog'lliqdir. Albatta, inson kapitalini rivojlantirmasdan turib, innovasion taraqqiyotga erishish mumkin emas.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiy etishi uchun iste'dodli odamlarni tarbiyalash markaziy o'rinni egallaydi. XXI asrda insoniyatning, har bir davlatning taqdirini belgilaydigan mezonga aylandi. Hozir axborot texnologiyalaridan tezkor sur'atlarda foydalanish davri.

Sivilizasiyaning uchinchi bosqichi umummadaniy yoki intellektual-ma'naviy bosqich bo'lishi kutilmoqda. Yillar davomida moddiy-tabiiy resurslar, iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin, valyuta zaxirasi va boshqalar milliy boylikning doimiy kamayib boruvchi qismiga aylanadi.

O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga ko'tarish uchun ulkan qudrat, katta salohiyat kerak. Bunday kuchni inson kapitali yaratadi. Bu kuch va salohiyat millatimizning inson kapitalidadir. Har bir odamning nimalarnidir bilishida, nimalarni qanday o'quv va malaka bilan bajara olishida, Vataniga, xalqiga nisbatan cheksiz sadoqatidadir. Fuqarolik jamiyatini qo'llab quwatlashga kiritiladigan har bir investisiya kishilarning kreativligini, qonunlarga bo'ysunishini ta'minlaydi. Jamiyatda ko'tarinkilik muhiti yuzaga keladi, konstruktiv va rasional dunyoqarash shakllanadi. Hayot sifatini oshiruvchi nodavlat institutlar paydo bo'ladi. Odamlar sog'llom turmush tarziga o'rganadi. Bularning barchasi xalqimizda kelajakka ishonch kayfiyatini paydo qiladi, hayot sifatini yuksaltiradi.

Inson kapitali - mehnat qiluvchi kishilarning aqliy, madaniy ahloq yig'indisi emas. Inson kapitali bu professionalizm, bilimga intilish, xorijiy tillarni mukammal bilash, axborot ta'minoti, temirdek mustahkam sog'liq, optimizm, tashabbus va mehnatsevarlik kabi tomonlar va xislatlardan yastalgan gulg'uncha hosilasidir.

Albatta, inson kapitali kabi murakkab jarayonning mohiyatini to'la ifodalashi mushkul. Chunki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy o'zgaruvchi omil kabi inson kapitalining har bir mamlakatning asriy an'analarini va xalqning mentalitetini, boshqa mahalliy shart-sharoitlarni o'zida aks ettiruvchi xususiyatlari mavjud. Shu sababli olimlar va mutaxassislarning inson kapitaliga bergan ta'rifi bu murakkab omilning barcha qirralarini qamrab ololmaydi. Biz inson kapitalining quyidagi ta'rifini taklif etamiz:

Inson kapitali - falsafiy nuqtai nazardan u o'zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ongni tashkil qilib, iqtisodiy nuqtai nazardan esa, u o'zida kishi o'z ilm-zakovati uchun sarf etgan moliyaviy mablag' tushunchasi bo'lib, unda shaxsning:

fundamental va amaliy bilimi, tajribasi, ko'nikmalari, tabiat va jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga ilmiy-mantiqiy yondashish, ularning innovasion echimlarini topishdagi professionallik darajasi;

intellektual mulki, moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish imkoniyatlari, inson va jamiyat taraqqiyotini kafolatlovchi kuch va vositalar majmuining mavjudligi;

-xorijiy tillarni mukammal bilishi;

-aqliy mehnati va yuksak innovasion tafakkuri, uning turmush darajasi va kasbiy kar'erasining oshishi, jamiyatdagi mavqei va o'rnini belgilovchi omil bo'lib hisoblanadi.

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati

Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021.-464 b.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 2022 yil 20-dekabrb

Arastu. Kategoria Qadimgi grek yozuvida eramizdan avvalgi 323-335 yilari yozilgan.

Inson taraqqiyoti. Darslik. ¡.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . -T.: «Fan va texnologiya», 2013,476 bet.

Petti V. Ekonomicheskie i statisticheskie rabotbi. M.: Sosekgiz, 1940. 323 s.

Bekker G. Chelovecheskoe povedenie: ekonomicheskiy podxod. Izbrannbie trudbi po ekonomicheskoy teorii. M.: GU-VSHE, 2003. 672

Abdulla Qodiriy. Tanlangan asarlari/nashrga tayyorlovchi X. Qodiriy. -T.: "SHarq". 2014. -b. 880

Islomov A., Egamov E. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi: oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma,— T.: «O'zbekiston», 2003,-216 b.

Macleod H. D. The Elements of Economics. N. Y. : D. Appleton & Co, 1881. V. 2. P. 134, 205, 206, 213.

Walras L. Elements of Pure Economics // Translated by William Jaffe. Homewood : Rickard D. Irwin, 1954. P. 40, 214-216, 271.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

EXTENDED ABSTRACT: The article describes the nature of human capital based on the opinions of the thinkers of our past and one of the significant requirement for humankind in the present time. Indeed, the role of human capital in the world market and It's existing problems in the process of globalization of the labor resources of the country and the region, as well as their specific characteristics and types are also recorded in historical sources.

Solutions of this issues that I listed above, may help to find the right way to the current problems we are facing. The geographical location of human capital in the world, the theories about human capital are analyzed, and the solutions to the problems caused by its migration in the international level are highlighted. The demand for human capital has always been considered an urgent problem, because it is the product of human intellectual labor in production, creation of new techniques and technologies, and in literary language it is called human capital.

Also, the article is based on practical and theoretical concepts of migration problems, its conditions, economic and financial space.

Globalization has created a market of international goods, various services, natural resources, financial resources, human capital, labor force, means of production in the space of the world's labor resource factors, the scale of economic and social life as a result of the expansion of global-technological, financial information, cultural system focused on a world scale is clarified.

To raise Uzbekistan to the ranks of developed countries, great power and great potential are needed. Such strength is created by human capital. This strength and potential lies in the human capital of our nation. It is in every person's knowledge of something, what he can do with what education and skill, and his boundless loyalty to his country and people. Every investment in civil society support ensures people's creativity and compliance with laws.

Education of talented people is of central importance for the economic development of the country. In the 21st century, it has become a criterion that determines the fate of humanity and every country. Now is the era of rapid use of information technologies. Therefore, large financial investments are allocated to human capital in our country, specifically:

Introduction of the national system of assessment of the quality of early childhood development and preschool education. World Bank invested 250,000 dollars under "Supporting Early Childhood Development" project. The state budget provided 1.7 trillion soums, also 100 billion soums additionally for the same goal. Finally approximetely 200 billion financial recources in total were allocated for the construction, reconstruction and creation of new schools. Through the "El-Yurt Umid" fund, the number of free and creative thinking young people to study at prestigious foreign universities will be doubled, and 50% of young people will be directed to technical, exact sciences and IT fields.

These investments in human capital are the sum total of mental and cultural morals of working people. We believe that in the future, the human capital will produce a rich harvest of such aspects and qualities as professionalism, the pursuit of knowledge, excellent knowledge of foreign languages, information provision, optimism, initiative and hard work.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.