Научная статья на тему 'HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINI JADAL RIVOJLANTIRISH'

HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINI JADAL RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hudud / hududlar rivojlanishi / xizmat ko‘rsatish sohasi / davlat xususiy sherikchiligi / hududlar toifasi / hududlar tavsifi / baholash / reyting.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ochilova M.H., Xolmirzaev T.R.

Maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmat ko‘rsatish sohasining rolini baholashning reyting usuli tadqiq etilgan. Unda xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy ko‘rsatkichlari hududlar kesimida tahlil etilgan. Shu asosda hududlar rivojlanishi “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bo‘yicha toifalangan va tavsifi ishlab chiqilgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda davlat xususiy sherikchiligini rivojlantirish zarurati bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINI JADAL RIVOJLANTIRISH»

Ochilova M.H.

Iqtisodiyot 1- kurs 101-23 talabasi Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti

Xolmirzaev T.R. Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi stajyor o 'qituvchisi

HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINI JADAL RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya. Maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmat ko'rsatish sohasining rolini baholashning reyting usuli tadqiq etilgan. Unda xizmat ko'rsatish sohasining asosiy ko'rsatkichlari hududlar kesimida tahlil etilgan. Shu asosda hududlar rivojlanishi "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bo'yicha toifalangan va tavsifi ishlab chiqilgan. Shuningdek, xizmat ko 'rsatish sohasini rivojlantirishda davlat xususiy sherikchiligini rivojlantirish zarurati bo 'yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar taklif qilingan.

Kalit so 'zlar: hudud, hududlar rivojlanishi, xizmat ko 'rsatish sohasi, davlat xususiy sherikchiligi, hududlar toifasi, hududlar tavsifi, baholash, reyting.

Ochilova M.H.

Economics 1st year student 101-23 University of Economics and Pedagogy

Kholmirzaev T.R. intern teacher Department of Economics University of Economics and Pedagogy

RAPID DEVELOPMENT OF THE FIELD OF SERVICES IN THE

REGIONS

Abstract. The rating method of assessing the role of the service sector in the socio-economic development of regions is studied in the article. In it, the main indicators of the service sector are analyzed by region. On this basis, the development of regions is classified and described by "green", "yellow" and "red" colors. Also, scientific conclusions and recommendations on the need to develop public-private partnership in the development of the service sector were offered.

Key words: region, development of regions, service sector, public-private partnership, category of regions, description of regions, assessment, rating.

Kirish. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Chunki bu soha iqtisodiy o'sishning muhim drayveri sifatida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etishi zarur. Shu

boisdan xizmatlar sohasi hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholashning asosiy mezoni hisoblanadi. Bu borada, mamlakatimizda xizmatlar sohasining tezkor o'sish sur'atlarini ta'minlash, sohada tadbirkorlik faolligini yanada qo'llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o'rinlarini yaratishl, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish2 borasidagi vazifalar belgilab qo'yilgan. Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmat ko'rsatish sohasidagi tendensiyalar va bu jarayonlarda xususiy tadbirkorlikning rolini baholashga alohida e'tibor qaratdik. Chunki, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishda tadbirkorlikning rolini oshirish masalalari tadqiqot ob'ekti sifatida kam o'rganilgan.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

Hududlarni rivojlantirishda xizmatlar sohasining rolini baholashning reyting va toifalash usulini tadqiq etish borasida shu kunga qadar qator tadqiqotlar amalga oshirilgan, va bular qatorida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin: hududiy rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligi5 va boshqalar6. Keyingi yillarda yangicha yondashuvdagi tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hududiy rivojlanish, hududlar rivojlanishida oilaviy tadbirkorlikning rolini "mahallabay" yondashuvida baholash8 kabilarni ta'kidlash joiz.

Biroq, ushbu sohada tadbirkorlik rolini, mavjud iqtisodiy ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib ilmiy-amaliy jihatdan o'rganish ham amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur tadqiqot xizmat ko'rsatish sohasini tadqiq etishning alohida uslubi bo'lib, ushbu sohada aholining tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy ma metodologik ahamiyat kasb etadi.

Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muam molari va omillariga ko'ra, hududlarni tadqiq etishning yo'nalishlari va metodologik konsepsiyalari farq qiladi. Bunday baholash natijalari ham hududlar rivojlanishida notekis tendensiyalarning mavjudligini tasdiqlaydi. Buning sabablari hududlarning qulay geografik joylashuvi, tabiiy resurslar va iqlim sharoitlari, infratuzilma ob'ektlarining rivojlanganlik darajasi va boshqa omillar bilan bir qatorda hududlarda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va bunda "mahalla" va "sektor"larning roli bilan bog'liqligi asoslantirilgan. Ushbu uslubiy yondashuvlarga tayangan holda, bizning tadqiqotimizda hududlarni rivojlantirishda xizmatlar sohasining roli va bu jarayonlarda davlat xususiy sherikchiligining ahamiyati o'rganildi.

Hududlarda xizmatlar sohasi rivojlanishini baholash, o'z tarkibiga ko'ra savdo, tashish va saqlash, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, axborot va aloqa, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish kabi faoliyat turlarini qamrab oladi. Xizmatlar sohasi faoliyatining yakuniy natijasi ko'rsatilgan xizmatlar hajmi bilan belgilanadi. Shu bois, xizmatlar sohasining iqtisodiyotda

xususan, hududlar rivojlanishidagi rolini aniqlashda aholiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi indikatoridan foydalaniladi. Shunga asoslanib, ushbu soha rivojlanishida tadbirkorlikning hissasini baholash mumkin. Bunda hududlarda faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilindi.

Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish milliy iqtisodiyotning tarkibiy yangilanishi, aholi farovonligi va ish bilan bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, keyingi yillarda sohani rivojlantirishga jiddiy e'tibor berilishi natijasida, uning mamlakatimiz iqtisodiyotdagi ahamiyati oshmoqda. Shu o'rinda mamlakatimizda xizmatlar sohasining rivojlanish holatiga to'xtalsak, 2020 yil 1 yanvar holatiga YalM hajmi 511838,1 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, shundan xizmatlar sohasiga 165053,2 mlrd. so'm to'g'ri keladi. Yoki uning YaIMdagi ulushi 35,5 foizni tashkil etib, jami xizmat miqdori o'tgan yilga nisbatan 105,1 foizga o'sgan.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishini baholash bu boradagi muhim chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mazkur tadqiqotda xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishini hududlar kesimida baholash asosiy maqsad etib belgilandi. Bunda hududlarning o'rni aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi bo'yicha aniqlandi va quyidagi ko'rsatkichlar orqali hisoblandi:

• hisobot davrida doimiy aholi o'rtacha yillik soni (ming kishi);

• hisobot davrida ko'rsatilgan xizmatlari hajmi (mlrd. so'm).

Hududlarning xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishini tavsiflovchi

xususiy ko'rsatkichlari rasmiy statisika ma'lumotlari asosida shakllantirildi. Bunda, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi quyidagi formula orqali hisoblandi.

Hududlarni rivojlantirish va bu jarayonlarda xizmatlar sohasining rolini oshirishga oid tadqiqotimiz natijalari asosida quyidagi ilmiy-nazariy xulosa va takliflar ishlab chiqildi:

birinchidan, hududlarni rivojlantirishning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tizimi qo'shimcha rivojlantiruvchi omillar ta'sirini hisobga olib yondashish zaruratini ko'rsatmoqda;

ikkinchidan, tadqiqot natijalariga asoslanib shunday xulosaga kelindiki, hududlar rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini aniqlashda hamon qarama-qarshi fikrlar uchraydi. Chunki hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli xil metodologik yondoshuvlarida turlicha ko'rsatkichlar tizimidan foydalanib, hududlar iqtisodiyotining u yoki bu sohasi baholangan. Shuning uchun tadqiqot natijalarini boshqa tadqiqotlar bilan solishtirish imkoni bo'lmadi;

uchinchidan, o'rganilgan tadqiqotlarda hududlar rivojlanishida davlat xususiy sherikchiligining o'rni va ahamiyati hisobga olinmagan. Shu bois hududlarning rivojlanishiga oid tadqiqot natijalarini sinergetika tamoyillari asosida birlashtirish yoki umumlashtirishda qiyinchiliklar uchradi;

to'rtinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mazmunidan kelib chiqqan holda, xizmat ko'rsatish sohasida DXShni rolini oshirish orqali hududlarning rivojlanishini baholash ham muhim vazifa lardan hisoblanadi. Bu borada tadqiqot uchun to'plangan ma'lumotlar DXSh faoliyatining ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo'jaligi sohalarining rivojlanishidagi rolini baholash uchun yetarli bo'lmadi. Shuning uchun keyingi tadqiqotlarda ushbu sohalarda ham DXShni o'rni va rolini baholash bo'yicha tadqiqotlar olib borish vazifasi belgilandi. Bunda xizmat ko'rsatish sohasining barcha faoliyat turlari bo'yicha DXSh asosidagi loyihalarni baholash, hududlarning "xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishida DXShning roli" indeksi bo'yicha hududlarni toifalash mezonlarini ishlab chiqish keyingi tadqiqotlarning vazifalari sifatida belgilandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4752-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Hududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida"gi PQ-4702son qarori.

3. Jiyanova N.E, Umarova A.I. O'zbekiston respublikasi hududlarining innovatsion rivojlanishini takomillashtirish yo'llari // 2022 yil. Toshkent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.