HOZIRGI YOSHLARNING AKMESINI RIVOJLANTIRISHDA ТО^Щ
BO'LAYOTGAN OMILLAR
Е. О. Xodjiyeya
Кауо1у ёауМ pedagogika 1П8111и11 Pedagogika уа р81хо^1уа каГеёгав1 ёо18еи11, р.£П.
Ь. О. Hamdamova
Pedagogika ta'lim уот^Ы^и^ talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Akmeologiya Гатт^ yosЫar tarbiyasidagi tutgan o,rni уа yoshlarning akmesini riуojlantirishda to'siq bo'layotgan qator omillar, muammolar yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Akmeologiya, psixologik to'siqlar, pedagogik to'siqlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье выделена роль акмеологии в воспитании молодежи и ряд факторов и проблем, которые являются препятствиями в развитии современной акмеологии молодежи.
Ключевые слова: Акмеология, психологические препятствия, педагогические препятствия
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi.Kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarni tarbiyalashda sog'lom ijtimoiy-axloqiy muhit yaratish, ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e'zozlash, axloqan pok, intelektual yetuk, yuksak professional mutaxassis, ilg'or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g'oyali kadrlarni tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo'lmog'i lozim. Har qanday mamlakat kelajagi so'zsiz yoshlar kamoloti bilan bog'liq. Shu bois mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan yosh avlod ta'lim va tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, yigit-qizlarni yuksak axloq va intizomli qilib tarbiyalash, ularning sifatli ta'lim olishi va ilg'or tafakkurli bo'lib voyaga yetishi Yangi O'zbekiston taraqqiyotining kaliti hisoblanadi.
Ilm insonga to'g'ridan-to'g'ri ta'lim orqali ta'sir qiladi. Sayyoramizning ertangi kuni, farzandlarimiz qanday inson bo'lib
June 3
211
kamolga yetishi, birinchi navbatda, e'tibor Yangi O'zbekiston uchun eng katta investisiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratilishini alohida ta'kidlab: "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi"- deydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev[1].
Talaba yoshlar bilim olish orqali o'z oldiga yetuk mutaxassis bo'lishdek oliy maqsad qo'yadi. Oliy maqsadlarga erishish uchun esa unga Akmeologik bilimlar zarur
Akmeologiya zamonaviy fan sifatida talaba-yoshlarni tanlagan strategiyalari doirasida o'z ijodiy salohiyatini to'la ochish va amalda namoyish etishiga bog'liq bo'lgan bilimlar, amaliy ko'nikmalar, malakalar bilan ta'minlash, uning psixologik yetukligini, inson hayotidagi har bir yosh davrida eng yuksak darajaga erishishi qonuniyatlarini o'rganadi. Akmeologiya ta'limda shaxsning shakllanishi jarayonidagi "akme" davrida psixik rivojlanish (akme - gr., cho'qqi, eng yuksak daraja, ya'ni jismoniy, aqliy, axloqiy darajasi) qonuniyatlarini tadqiq etadi[2].
Ushbu fan, insonning rivojlanishi, yetuklikka yetishidagi pillapoyalari, uning eng yuksak darajaga erishishi, rivojlanish sifati, shaxs faoliyatini o'rganadi. "Akmeologiya" - o'quvchi shaxsini hayot faoliyatining turli soha va shakllarida yuksak darajaga erishish imkoniyatini o'rganishda, shaxsning yangi integrativ va tanqidiy fikrlash usullarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xulq-atvor motivi asosida insonda o'z-o'zini rivojlantirishning oshishi, globallashuv sharoitida o'z-o'zini namoyon qilish modelini shakllantirishga va insonning individual dasturini yaratishga yordam beradi.
Akmeologiyaning inson haqidagi mavjud fanlarga nisbatan ustunligi shundaki, u insonning butun hayoti va professional yo'lini o'rganadi. Akmeologiya insonning professionallik cho'qqilariga o'zi erishadi degan qarashni nazarda tutadi.
Hozirgi kunda yoshlarning o'z akmesini rivojlantirishi va u orqali yuksak cho'qqilarga erishishida bir qator sabablar to'siq bo'lmoqda. Masalan, ommaviy madaniyat, telefon yoxud axborot vositalaridan foydalanish madaniyatining yetarli emasligi, yoshladagi ilmga bo'lgan munosabatning pastligi va hokazolar.
Hozirgi paytda yoshlar orasidagi ilmsizlikning avj olishi, kitob o'qishga bo'lgan ishtiyoqning kamligi bu dolzarb muammo. Bugungi kun yoshlari varoqli kitobdan elektron kitob o'qishni ma'qul ko'rishadi yoki bir ma'lumotni qidirib sanoqli kitobni varaqlash o'rniga tayyor ma'lumotni qidirib topishga o'rganib qolishdi. Bir ma'ulumotni kitoblardan qidira
bo'ladi.
turib qancha ma'lumotga ega bo'lishlarini o'ylashymaydi ham.
June 3
Bu esa o'z navbatida yoshlarni o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lmasligi yoki ishlariga, o'qishlariga beparvo bo'lishi, yengil -yelpi hayot kechirishga o'rganib qolishiga sabab bo'lmoqda.
Shuningdek, yoshlar ijtimoiy hayotda o'z shaxsiy akmesini belgilab unga erishishda bir qator to'siqlarga uchraydilar. Bu quyidagi jadvalda o'z aksini topgan:
Pedagogik to'siqlar Psixologik to'siqlar Ijtimoiy to' siqlar
1. Bugungi kun ayrim o'qituvchilarning professionallik darajasi pastligi va o'quvchini fanga qiziqtira olmasligi. 2. Ta'lim muassasalarida zamon talablaridagi ta'lim jihozlari, asbob uskunalarni yetishmasligi, cheklangan resurslar. 3. O'quvchilarning o'z maqsadlarini to'g'ri tanlay olmasligi. 4. O'z qiziqishlariga ko'ra harakat qilmasligi. 5. O'quvchilarning shaxsiy pozitsiyaga ega emasliklari. 6.Vaqtni to'g'ri taqsimlay olmaslik. 7.O' qituvchilarning o' quvchilarga do'stona munosabatining yetarli emasligi. 1. Diqqatning tarqoqligi; 2. Darslardan yaxshi motivatsiya ola olamaslik yoki qoniqmaslik. 3. Stress, depressiyaga berilish (umidsizlik). 4. O'quv materialini to'g'ri idrok eta olmaslik. 5. Qat'iyatsizlik o'ziga nisbatan ishonchsizlik. 6. Tengdoshlari bosimi. 7. Ichki qo'rquv. 1. Oilaning iqtisodiy jihatdan kam ta'minlanganligi. 2 Oilaviy va tashqi muhitning turli salbiy ta'sirlari. 3.Texnologik to'siqlar (aloqa vositalari) 4. Global axborot tarmog'i.
Yuqorida sanab o'tilgan muammolar qatorini hali ko'plab davom ettirish mumkin. Hozirgi paytda biz yoshlarning oldimizdagi maqsadimiz bunday muammolarni hal qilishda akmeologiya fanining nazariy asoslariga tayangan holda har tomonlama yetuk mutaxassis bo'lib, Uchinchi Renessansni qurishda munosib hissamizni qo'shish hamda jonajon vatanimiz oldidagi burchimizni a'lo darajada bajarish bo'lmog'i lozim.
REFERENCES
1.Узбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 29 декабр.
2. Анисимов О.С. Педагогическая акмеология: общая и управленческая. - Минск: Технопринт УП, 2002.286.-стр.
June 3
213