Научная статья на тему 'HOZIRGI XITOY TILIDA SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI'

HOZIRGI XITOY TILIDA SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
276
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinonimlar / turli xil fonetik birliklar / sinonimik qator / morfemik tarkib / fonologik struktura / ma’no sifatlar va ekspressiv ma’no. / synonyms / different phonetic units / synonymous series / morphemic content / phonological structure / meaning adjectives and expressive meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mo‘Minov, Abror

Ushbu maqola zamonaviy xitoy tilidagi sinonimlar va ularning tasnifiga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYNONYMS AND THEIR TYPES IN MODERN CHINESE

This article is devoted to synonyms and their classification in modern Chinese.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI XITOY TILIDA SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI»

HOZIRGI XITOY TILIDA SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7355005

MO'MINOV Abror Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.

This article is devoted to synonyms and their classification in modern Chinese.

Nutqimizda bir xil yoki yaqin ma'noni anglatuvchi turli xil fonetik birliklar mavjud bo'lib, ular so'zning ma'nodoshligini, ya'ni sinonimiya hodisasini keltirib chiqaradi. Bir tushuncha, hodisa, narsa yoki belgini ifodalovchi, ma'nolari o'xshash yoki yaqin bo'lgan, turli ma'no sifatlarini va ekspressiv - stilistik bo'yoqlarni farqlash uchun xizmat qiluvchi sozlar sinonimlar " S ii'Xtôngyiti)1, ya'ni ma'nodosh sozlar deb ataladi.

Odatda, bunday sozlar sinonimik qatorga birlashtiriladi:

MMjiâoào,f^M zihâo, ^^ zimân - mag'rurlik, piàoliàng, hâokàn, mëihâo,

mëili,^^ mëiguân - chiroyli, go'zal.

Bu sozlari alohida sinonimik qatorga kiradi. Biroq sinonimik qatorga kirgan har bir soz ozining, qollanishi bilan farq qiladi. Bir sinonimik qatorga kirgan sozlar bir xil soz turkumiga oid bo'ladi, biroq ularning o'zagi, morfemik tarkibi, fonologik strukturasi, ma'no sifatlari va ekspressiv ma'nosi turlicha boladi. Masalan, ^ liân - yuz, zuiliân - bashara,aft,turq, miànmào - yuz so zlarining ma'nolari juda yaqin, biroq ulardan bashara, aft, turq sozlari bu sinonimik guruhda stilistik jihatdan kishining salbiy va yuz, chehra sozlari esa ijobiylikni ifodalashda ishlatiladi. Bu sinonimik guruhga kiruvchi sozlar konnotativ (ekspressiv) ma'nolari bilan ajralib turadi. Biroq bu sinonimik guruhga kiruvchi sozlar yuz so'zining asosiy ma'nosi (sememasi) bilan birlashgan. Yuz sozi mazkur sinonimik qatorning yetakchisi yoki dominanti ghisoblanadi.

Sinonimlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu ma'noni ifodalashiga kora bir - biridan farqlanadi. Xitoy tilida sinonimlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: birinchi guruh sinonimlariga, ^ № yifu, yishang - kiyim - kechak; lïï^ feizao, yizi - sovun; yumi, ^^ baomi, ^^ baogu, ^^ bangzi - makkajoxori va boshqa sozlarni misol qilib keltirish mumkin. Mazkur sinonimlar ozaro ma'no jihatdan deyarli bir xil, odatiy vaziyatlarda bemalol almashtirib qollash mumkin va bu sinonimlar to liq sinonimlar (^Sii) 2deb ataladi. Ikkinchi guruh sinonimlariga, Pp jiao, ^ han - baqirmoq, chaqirmoq; Rfe chi, ^ shi - tanavvul qilmoq, ovqatlanmoq; qitu, fjW dasuan - intilmoq, harakat qilmoq; MM fanhuo, M^fanrong - gullab - yashnash; fâê. youliang, youxiu - a'lo, juda yaxshi; MMjiaoao, f^M zihao, ¡^^ ziman - mag'rurlik, guanxin, guanhuai, ^È guanzhu - g'amxo'rlik qilmoq va boshqalar kiradi. Mazkur guruh sinonimlari birinchi guruh sinonimlari bilan bir xil emas, ularning ma'nolari bir bo'lsada, lekin ba'zi farqli tomonlari mavjud, ishlatish vaqtida bemalol almashtirib qo'llay bo'lmaydi, bunday

1 2002^

2 2002^

sinonimlar toliq bolmagan sinonimlar yoki "yaqin ma'noli so'zlar" ( ^^^ ), 3"shartli sinonimlar" ( ) 4deb ham nomlanadi. Odatda sinonimlarning, yuqorida aytib

o'tilganidek, ikki turi mavjud. Xitoy tilida ikkinchi guruh sinonimlari birinchi guruh sinonimlariga qaraganda koproq uchraydi. Lekin, ozbek tilida sinonimlarni tort turga bolishadi:

1. Ma'no sifatiga putur yetkazmay, bir - birining ornida bemalol ishlatila oluvchi sozlar to liq sinonimlar deb ataladi: tilshunoslik - lingvistika.

2. Ma'nolari jihatdan farqlanuvchu sinonimlar semantik turga kiradi: botir, jasur, qo'rqmas,

dadil.

3. Nutq situatsiyasi yoki kontekstda ma'nolari jihatda bir - birini ornida ishlatila oluvchi sinonimlar kontekstual sinonimlar deb ataladi: shoir, yozuvchi, adib.

4. Ma'no sifatlarida emotsional - ekspressiv hissiyotni ifodalovchi sinonimlar stilistik sinonimlar deyiladi: yuz, bashara, aft, chehra, nusxa, turq kabilar.

Bu tomondan olib qaralsa, xitoy tilidagi sinonimlarning guruhlari bilan bir - biriga oxshashliklari mavjud ekanligini korish mumkin.

Zamonaviy xitoy tilida bir buyum, bir tushunchani kop hollarda bir nechta, ondan oshiq, bir qancha onlab sinonimlar ifodalashi mumkin. Misol uchun bir harakatni bildiruvchi " ^ " kàn "qaramoq" fe'lining onlab sinonimlari mavjud. Ular sinonimik qatorni tashkil etadilar. Bu soz, odatda ma'noviy munosabatda hajmdor, uslubiyatda esa neytraldir, u sinonimik qatorning asosiy sozi (dominant so'zi) deb ataladi.5 Masalan:

ulardan odatiy qarashni ifodalovchi: ^ kan, Ü qiao, Uftchou; allaqachon korib bo'lganini ifodalovchi: M jian, ^M kanjian, MM jiandao, du; uzoqdan ko'rishni ifodalovchi: M wang, № tiao, №M tiaowang, MB zhu; tepadan qarashni ifodalovchi: Hjj zhanyang, jj® yangshi, jjM yangwang; pastdan qarashni ifodalovchi: fushi; boshini orqaga o'girib va har tomondan

qarashni ifodalaovchi: M gu, ^ zhang, ^M zhangwang; yashirincha, bildirmay qarashni ifodalovchi: M kui; diqqatni bir joyga jamlab, e'tibor bilan qarashni ifodalovchi: BT ding, miao, È® zhushi; kozlarini katta ochib, nafrat, g'azab bilan qarashni ifodalovchi: deng, fti cheng; sekingina qarab qo'yishni ifodalovchi: H piao, H pie, M wang, y^mliulan; sinchiklab qarashni ifodalovchi: ^ cha, M^ guancha, ffi xiang, ^^ chakan; xat, yozuv turlariga xos predmetlarga qarashni ifodalovchi: || yue, llm yuelan, llii yuedu.

Xitoy tilida sinonimlar nutqda qo'llanishi, metodlari, qollash tahlili, nutq uslublarida oziga xos hususiyatlariga ega. Turli nutq uslublarini bildirishda ham sinonimlarning orni mavjud. Ba'zi sinonimlar faqatgina ma'lum bir nutq uslubida foydalanadi, ba'zi sinonimlar esa boshqa bir turdagi nutq uslubida qo llaniladi. Misol uchun, ba'zi so zlar kopincha og zaki nutqda ishlatiladi, boshqalari esa yozma nutqda ishlatiladi. Masalan: ^^ baba - dada, ^^ fuqin - ota; ^^ mama - oyi, muqin - ona; xiahu - qorqitmoq, Sf kongxia - otakasini yormoq; liuda -sayr qilmoq, sanbu - aylanmoq; titou - qirqtirmoq,ïS^ lifa - kestirmoq; zenme -qanday, ruhe - qanday; M zou - piyoda yurmoq, ^T xing - piyoda yurmoq; ff xin - xat, 3 han - xat.

Xitoy tili leksik sinonimlarini har xil farqlovchi belgilarini korsatish uchun ularni 3 sinfga bolamiz: har xil tur - ma'noli, ekspressiv - stilistik va funksional - stilistik sinonimlar.

Har xil tur - ma'noli sinonimlar.

3 2002^

4 2002^

5 В. И. Горелов. «Лексикология китайского языка» М. Прос. 1984 год

904

R

О

Mazkur sinf sinonimlari fikrni aniqlash va vaziyatni aniqlashtirish vazifaini bajaradi. Ular ma'no ajratuvchi funksiyani bajaradi.

Har xil tur - ma'noli sinonimlar sinonimlar har xil belgilarni, masalan, aniq va majhul tushunchalarga xos belgilarni, ba'zida odam va hayvonlarga xos bo'lgan belgilarni differensiya qila oladi. Bu sinf sinonimlari kop xollarda ma'no jihatidan yaqin bo lgan harakatlarni farqini aniqlashtiradi.

ШШ yincang - yashirinmoq, bekinmoq va yinman - yashirmoq. Bu sozlarni

birlashtirib turuvchi ma'no - "sir tutmoq". Birinchi soz asosan, inson va hayvonlar uchun ishlatilinadi, ikkinchi soz esa majhul tushunchalar uchun qollaniladi. Masalan: yincang zai mu hou - sahna ortiga bekinmoq, yinman quedian - kamchilikni bekitmoq.

№ pang - semiz, tola va IE fei - yog'li. Bu sozlar uchun umumiy ma'no - "ko'p miqdordagi yog'ning mavjudligi". Shu bilan birga ularning har biri qoshimcha ma'noga ega: birinchi soz putunhuada qollanilib, insonlar uchun ishlatilinadi, ikkinchi soz esa faqat hayvonlar uchun qollaniladi. Masalan: Jinlai ta pangle haoduo. Oxirgi kunlarda u juda

semirib ketdi.

guanshang - yopmoq va suoshang - quliflamoq, berkitmoq. Bu sinonimlar uchun umumiy ma'no - "biror - bir ochiq narsani yopmoq".

fê® anmai - pulsni tekshirmoq (paypaslab) va haomai - pulsni tekshirmoq (sanab). Mazkur sinf sinonimlari o'rtasidagi farq ma'no hajmi bilan, boshqacha qilib aytganda, semantik diapazon orqali aniqlanadi.

ипМ pinzhi - sifat, xususiyat (insonlarga xos) va дпШ pinde - ahloqiy sifatlar, ahloq. Birinchi soz ikkinchi so'ga qaraganda kengroq ma'noga ega.

Щ Ù mingbai - tushunmoq, aniqlamoq va ЩЩ - mingque - aniqlik kiritmoq. Zhou Zumoning aytishicha, birinchi soz insonning aqliy va his - tuyg'uli faoliyati bilan bog'liq, ikkinchi soz esa faqatgina intellektual faoliyatgagina bog'liq va uning ma'no hajmi tordir6. Masalan: Щ.Щ-

Ta jiang de shifen mingbai. U juda aniq qilib tushuntirdi. Shi yiqie wenti mingque qilai. Barcha savollarga aniqlik kiritish.

insonlar va predmetlarni anglatuvchi sozlar bilan ishlatilinadi, ikkinchi soz esa asosan insonlar va ba'zi hollarda predmetlar uchun qollaniladi. Masalan: ^ЁЙЛЙмЙо Zunzhong bieren de yijian. Birovning fikrini hurmat qilmoq.

^tt shiqing - ish, hodisa; shijian - hodisa, voqea va shigu - avariya, baxtsiz

hodisa. Birinchi soz eng katta semantik hajmga ega, oxirgi soz esa eng kichigiga7. Masalan: ^^ Ti^Îto Fasheng le yiwai shiqing. Kutilmagan hodisa sodir boldi.

Renlei lishi shang de weida shijian. Odamzot tarixidagi buyuk voqea. Chejian li chu le shigu. Sexda avariya sodir boldi.

Sinonimik farqlilik ma'no gradatsiyasi bilan bog'liq bo'lib, harakat yoki sifatning o'sishi, kuchayishini ko'rsatadi.

ii^ qingqiu - so'ramoq; M^ kenqiu - qattiq turib so'rash; ^^ qiqiu - iltimos qilmoq, yolvormoq. Bu sozlar harakatni sekin - astalik bilan jadallashib borishini ifodalaydi va ma'lum gradatsiyani hosil qiladilar.

^ da - katta; juda - ulkan; Ш^ pangda - juda katta, baxaybat. Bu leksik birliklar sifat belgisini sekin - asta o'sib borishini bildiradi.

6ШШ° 1959^, 52Ш°

1957^, 16Ш°

Ekspressiv - stilistik sinonimlar

Mazkur sinf sinonimlari asosiy predmetning ma'nosini anglatishdan tashqari, ularga subyektiv baxo va shu bilan birga ularni emotsionalligini oshirishni belgilaydi. Ular shu qatorda ekspressiv farqlilik funksiyasini bajarishadi.

Leksik sinonimiya tadqiqotchilari bir sinonimik qatorga ijobiy va salbiy ma'noni anglatuvchi sozlarni kiritib bolmaslik holatiga oz e'tiborlarini qaratishmoqda8. Haqiqatdan ham bunday chogishtirish sinonimik qatorni buzib tashlashi mumkin, chunki ijobiy ma'noli sozlar til tizimida antonimlarni anglatishadi. Subyektiv baxoga ega bo'lgan so'zlarni, neytral sozla bilan chog'ishtirish maqsadga muvofiq. Masalan:

"^M ke'ai - yoqimtoy; ^M qinai - aziz, sevimli; qinmi - yaqin, samimiy; ^^ qinqie

- yaqin, dilkash. Bu sozlar uchun umumiy ma'no - "yaxshi ko'rish, sevish xissi". Oxirgi ikkita soz qalban yaqinlik ma'nosiga ham ega.

M^ jianjue - qat'iy; M^ jianding - qat'iy, chidamli; wanqiang - qattiq, matonatli; @ ÎÀ guzhi - gerdaygan, o'jar; wangu - gerdaygan, ters. Oxirgi ikkita soz inkorlik ma'nosiga ega.

^èè fangfa (^èè banfa) - usul; shouduan - usul, chora; ^Й huazhao - usul, tryuk, hiyla; ^ffi jiliang - usul, hiyla - nayrang; guiji - usul, nayrang. Mazkur sinonimlarning

umumiy ma'nosi - "harakatni amalga oshirish usuli". ^èè fangfa va shouduan neytral -

adabiy soz hisoblanadi. ^Й huazhao va ^ffi jiliang konnototiv emotsional - baxolovchi ma'noga ega, ya'ni "ayyor, asosan yomonlik ma'nosida" qollaniladi. guiji sozida salbiylik ma'nosi yaqqol korinib turadi.

Funksional - stilistik sinonimlar

Mazkur sinf sinonimlarining vazifasi aniq muloqot doirasiga xarakterli bo'lgan stilistik tusni beradi. Ular usul farqlovchi funksiyani bajaradi.

Xitoy tiliga xos bo'lgan bir nechta sinonimlar wenyandan o'zlashtirilib, putunhuada qo'llanilganligi natijasida xosil bo'lgan. Bu putunhua sozlari wenyandan o'zlashtirilgan.

xiaomie jianmie) - yo'q qilmoq; ЯШ maizang (^Ш anzang) - komib qo'ymoq;

banfa (ШШ cuoshi) - usul, chora - tadbir; sixiang (ШШ siwei) - fikr; shengri (Ш M danchen) - tug'ilgan kun9.

Quyidagi sinonimik juftliklardagi birinchi sozlar neytral leksikaga tegishli, ikkinchi sozlar esa ogzaki usul leksikasiga tegishlidirlar.

^ tou (Ш^ naodai) - bosh; ЙМ qian'e (ШП^ naomenzi) - peshona; IS^ saijia (IS^^ saibangzi) - lo'nji; ^^ shencai gezi) - bo'y; ^èè banfa (èè^ fazi) - usul; Ш kan (Ш qiao)

- qaramoq; Ж fang (Ш ge) - qo'ymoq; IH^fa nimingxin (Mia heixin) - anonim xat.

Neytral adabiy sozlar va xitoy tili ogzaki nutqda foydalaniladigan sozlardan hosil bo'lgan sinonimik juftliklarni korib chiqamiz:

Ш hen - juda va ^^ laoda - zo'r; zuihao - eng yaxshi va shanghao - eng zo'r; W^À qingnianren - o'spirin va xiaohuozi - yigit; konghe - qorqitmoq va ^^

xiamao - chochitmoq.

Ba'zida uslubiy tus umumxalq tiliga tegishli sinonimlar va shevalarga (qavsda) xos sinonimlar orqali aniqlanadi.

1957^, 26-27Ш°

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

taiyang ritou) - quyosh; tantian (SSP^JL liaotianr) - suhbatlashmoq;

wanju (Й1Л wanyir) - o'yinchoq; ^^ shenme (^ sha) - nima? qaysi?; Ш zuo (^ gao) -qilmoq10.

Neytral so'zlarning oldida termin (qavsda) so'zlarning mavjudligi ham sinonimik juftliklarni keltirib chiqaradi.

^^ yachuang (Шйё chiyin) - milk; niushang (I^ÍÉ tuowei) - chiqish (qo4, yelka, oyoq chiqishlari); ШШ choujin jingluan) - tomir tortishishi; ШШ feilao feijiehe) -

sil, opka sili.

Tildagi sinonimlar yig indisi sinonimika deb yuritiladi. Sinonimika - til boyligi. Ularni bilish, qollash san'atini egallash yuqori nutq madaniyatining belgisidir: sinonimlar fikrni aniq va ravshan, rang - barang ifoda qilishga yordam beradi. REFERENCES

1. MlXSg. - 2002

2. Горелов В. И. Лексикология китайского языка. - М. Прос. 1984 год.

3. ШИШ ° Sgi^E ° - ЖШ, 1959

4. тш ° - ±Ш, 1957 ^о

5. » - жш, 1963 ^о

6. тш ° - ±Ш, 1957

7. С.А. Хашимова . ХОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИ СИФАТЛАРДА КОНВЕРСИЯ ХОДИСАСИ

- МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 2020

8. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

9. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

10. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Ш-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

11. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

12. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

13. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

14. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

15. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

Sg^E- ЖШ, 1959^, 55Ш°

16. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

18. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.

19. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

20. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО -ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

21. NS Abdullayevna.±£mRffl^f4^^:

ШНЙ^^Ь' 87, 0

22. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

23. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.