Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
288
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosiy matnlar / xitoy tiliga tarjima qilish / ikki tilning grammatik tizimi / sintaktik qurilishi / leksik birliklari / siyosiy / iqtisodiy / ijtimoiy-siyosiy / moliyaviy / madaniy / ekologik vaziyatlar / political texts / translation into Chinese / grammatical system of two languages / syntactic construction / lexical units / political / economic / socio-political / financial / cultural / ecological situations

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Vahabov, Suhrob

Ushbu maqola siyosiy lug‘at va terminologiyaning o‘zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilinishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF TRANSLATION OF POLITICAL TEXTS FROM UZBEKI TO CHINESE

This article is devoted to the study of the peculiarities of the translation of political vocabulary and terminology from Uzbek into Chinese

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI

XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7352560

VAHABOV Suhrob Ilmiy maslahatchi: f.f.d., DSc Hashimova S.A.

This article is devoted to the study of the peculiarities of the translation of political vocabulary and terminology from Uzbek into Chinese

Bevosita siyosiy matnlarni o'zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilish masalasiga kelsak, bu jarayon ham ushbu ikki tilning grammatik tizimi, sintaktik qurilishi, leksik birliklari kabi lisoniy bilimlar hamda davlatlarda mavjud siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, moliyaviy, madaniy, ekologik vaziyatlar, ular borasidagi yangi axborotlar to'g'risida doimiy ravishda xabardor bo'lishi singari g'ayrilisoniy bilimlarni talab qiladi. O'zbekiston siyosiy hayoti borasida nafaqat xitoy tiliga, balki boshqa tillarga ham mazmun-mohiyat jihatidan bajarilgan noto'g'ri tarjima, davlatimizga nisbatan noto'g'ri fikr va xulosalarni yuzaga keltiradi. Shu sababli, muqobili mavjud bo'lmagan milliy o'ziga xos siyosiy terminlarni o'zbek tilidan xitoy tiliga tarjimada to'g'ri, aniq yetkazib berilishi jiddiy oqibatlardan xalos etadi. Siyosiy tarjima faoliyatida polisemantik xususiyatga ega xitoy tilidagi leksik birliklarni tanlash singari vazifalar bilan ish olib borish bir oz murakkab masala. Misol uchun ruscha-xitoycha lug'atlardan "islohot", "isloh etish" so'zining tarjimasini ko'rsak, ^ ^ biange, ^^ gaige, && gaizao, ^^ geming, ^^ gexin1 kabi isloh etish mazmuniga ega beshta so'z bilan ifodalanadi. Mazkur so'z biz qo'llamoqchi bo'layotgan vaziyatga muvofiq keladimi yo yo'q, shu tanlov jarayoni bizni boshi berk ko'chaga olib kiradi. Ushbu so'zlarni ba'zi so'zlar bilan birlashtirib so'z birikmasi yasab bo'lsa, ba'zilari bilan esa buning imkoni yo'q. Masalan, isloh etish mazmuniga ega so'zlarning boshqa so'zlar bilan qo'llana olish yoki qo'llana olmasligi borasida bir nechta misollar ko'rib chiqamiz:

❖ Siyosiy islohot ^tn^^ zhengzhi biange - to'g'ri ^tn^^ zhengzhi gaige - to'g'ri ^tn^^ zhengzhi gaizao - xato ^tn^^ zhengzhi ge ming- to'g'ri ^tn^^ zhengzhi gexin- xato

❖ Texnikani isloh etish fe^^^ jishu biange - xato fe^^^ jishu gaige - xato fe^^^ jishu gaizao - to'g'ri fe^^^ jishu ge ming - to'g'ri fe^^^ jishu gexin - to 'g'ri

❖ Xitoy Xalq Respublikasi "ochiq eshiklar" siyosatini olib bormoqda.

1 HSK itît^ (W, ^)„ - 2003 ®12, 217^

873

tH^^T^^^^^M Zhongguo shixing biange kaifang zhengci - xato tH^^T^^^^^M Zhongguo shixing gaige kaifang zhengci - to 'g'ri tH^^T^^^^^M Zhongguo shixinggaizao kaifang zhengci - xato tH^T^^MM Zhongguo shixingge ming kaifang zhengci - xato tH^T^/^^^M Zhongguo shixing gexin kaifang zhengci - xato Yuqoridagi so'zlar isloh etish mazmuniga ega bo'lsada ularning o'ziga xos bo'lgan tub ma'nolari mavjud. ^^ biange - o'zgartirgan holda isloh etish,^^ gaige - islohot faoliyati,^ ^ gaizao - qayta qurish,^^ geming - inqilobgexin - yangilash. Mana shu ma'nolaridan kelib chiqqan holda mos so'zlarni tanlab yoki so'zlarga muvofiq tarzda qo'plab so'z birikmalarini hosil qilish mumkin. Siyosiy matnlardan misol:

Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar mahkumlarning jazoni o'tash sharoitlarini yaxshiladi.

I^IâtTIiAMËIi^ft. Dui xingshi ganhua falu de xiugai, jida de gaishan le fuxing renyuan de fuxing tiaojian.

Yana bir misol, zarar keltirmoq, putur yetkazmoq so'zining xitoy tilida 3 ta ma'nodosh so'zlari pohuai,Mn% sunhuai,MW sunhai2 so'zlari mavjud. Ular ham ayrim so'zlar bilan birika oladi, ayrimlari bilan esa yo'q.

❖ Atrof-muhitni zararlantirmoq

pohuai huanjing - to'g'ri M^^M sunhuai huanjing - xato MW^M sunhai huanjing - xato

❖ Manfaatlarga putur yetkazmoq

pohuai liyi - xato sunhuai liyi - xato MWM sunhai liyi - to 'g'ri

❖ Jamoat mulkiga zarar yetkazmoq

pohuai gongwu - to'g'ri sunhuai gongwu - to'g'ri MW^^ sunhai gongwu - xato

Siyosat sohasi qonunlarsiz mavjud bo'la olmaydi. Shu o'rinda qonunchilikka aloqador sinonimik qatorni tashkil qiluvchi ¿¿M fa'an, faling, ¿¿W falu, fazhi, MW guilu 3 so'zlar tahlilini amalga oshirsak.

1) "qonun loyihasi" - mamlakatning qonunchilik organi muhokamasiga taqdim etiladigan qonun, qaror masalalaridagi loyiha bo'lib, xitoy tilida ¿¿M fa'an so'zi bilan ifodalanadi. fa "qonuniy" va M an "loyiha" so'zlaridan yasalgan.

2) "farmoyish", "qaror" - siyosiy hukumat organlarining chiqaradigan farmon, qarorlari hisoblanib, xitoy tilida faling so'zi bilan ifodalanadi. fa "qonuniy" va ^ ling "buyruq" so'zlaridan yasalgan.

3) "qonun" - mamlakat hokimiyatining oliy qonunchilik organi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan va oliy yuridik kuchga ega bo'lgan me'yoriy rasmiy hujjatdir. Xitoy tilida ¿¿W falu so'zi bilan ifodalanib, fa "qonuniy" va W lu "qonun, kodeks" so'zlaridan yasalgan. Siyosiy matnlardan misol:

"Ming afsuski, o'zimiz yaxshi qonunlar yaratamiz-u, o'zimiz ularga qat'iy rioya qilmaymiz".

2 HSK (W, - 2003 ¥„ ®225, 235^

3 HSK itît^ (W, - ÀtM 2003

874

, mmnjjumwiw, êaiSSTSiiM. Feichang yihan de shi, women zhiding le hen hao de _ falu, ziji que weifan le zhe xie _ falu.

4) "qonunchilik" - qonunlarni qabul qilish, bekor qilishva o'zgartirish bo'yicha davlat hukumati oliy organlarining faoliyati. Xitoy tilida MM'J fazhi so'zi bilan ifodalanib, M fa "qonun" va M'J zhi (M'JS zhidu) "tizim" so'zlaridan yasalgan. Siyosiy matndan misol keltiramiz:

Shuni ta'kidlash lozimki, qonunchilikda odil sudlovni amalga oshirish shakllaridan biri -yarashuv institutining joriy etilishi qonuniylikni mustahkamlashda ijobiy omil bo'ldi.

SÉÀTS^it« Zai jiaqiang fazhi fangmian, yi ge zhongyao de, zhide kending de shishi jiu shi tiaojie jizhi zuo jinxing sifa shenpan de xingshi bei naru le falu zhi zhong.

5) "qonuniyat" - hodisalar o'rtasida ob'yektiv zaruriy munosabat, sabab va oqibat o'rtasidagi aloqalar qonuniga muvofiq keluvchi hodisa. Xitoy tilida MW guilu so'zi bilan ifodalanib, M gui "tartib" va W lu "qonun, kodeks" so'zlaridan tashkil topgan.

Sinonimik qator hosil qiluvchi yana bir necha so'zlar borki, stilistik jihatdan ularni qo'llashda bir oz tafovutlar mavjud. Masalan, xalq - baixing, keng xalq ommasi - ^^ dazhong, fuqaro - ^^ gongmin, aholi - ^^ jumin, omma - ^^ qunzhong4 so'zlari ma'nan bir-biriga juda yaqin. Mazkur so'zlar ishtirokida siyosiy matnlardan misollar ko'rib chiqsak,

Odamlarning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirish - f^^AjDl^tn^R^^fKtM' tigao renmen de zhengzhi he gongmin jijixing

Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish - dazhong meiti de fazhan

Aholi o'rtasida o'zining obro'-e'tiborini oshirish - fof^^fa kuoda ziji zai

jumin zhongjian weixin

Siyosiy matnlar tarjimasida leksik birliklarni tanlash masalalarida yuqorida aytib o'tganimizdek, siyosiy terminologiyada sinonimik qatorlarning tarkibiy qismlaridan to'g'ri foydalanish talab etiladi. Shunday so'zlardan bir qanchasini ko'rib chiqsak.

1) amalga oshirmoq - jinxing, ^ff shixing, ^Aff zhixing, f$ xingshi, ^^ shishi. Mazkur so'zlar ma'no jihatdan bir-biriga yaqin bo'lsada, lekin ma'no bo'yoqlari va o'z to'ldiruvchilari bilan farqlanadi.

a) ®ff jinxing so'zi publisistik uslubdagi matnlarda uchraydigan ko'p qo'llaniladigan fe'llardan biri bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga molik harakat yoki jarayonlarni ifodalovchi to'ldiruvchilar bilan ishlatiladi:

SffA^ jinxing daxuan - ommaviy saylovlarni o'tkazish;

jinxing jianshe - (iqtisodiy, madaniy va h.k.) qurilishni olib borish; jinxinggongzuo - ish olib borish;

SffMii jinxing taolun - muhokama olib borish;

jinxingyanjiu - tadqiqot olib borish/ o'tkazish.

b) ^ff shixing fe'lining asl ma'nosi (tadbiq etish) u yoki bu sohada dastur va ko'rsatmalarni amaliy tadbiq etish, amalga oshirish bo'yicha ish-harakatlarni ifodalaydi. Ushbu fe'l uchun eng tipik to'ldiruvchi ^M zhengce "siyosat" so'zi bo'lib, "siyosatni amalga oshirmoq" ^ff^M shixing zhengce dir.

Siyosatni amalga oshirmoq - ^ff^M shixing zhengce;

Rejani amalga oshirmoq (hayotga tadbiq etmoq) - ^ffii^'J shixing jihua;

Davlat tizimini o'rnatmoq - ^fM^ shixing zhidu.

4 HSK iit®^ (W, - , 2003

875

c) shishi fe'li ma'no jihatdan ^^t shixing fe'liga yaqin bo'lib, uning ham tipik to'ldiruvchilaridan biri zhengce so'zidir. Siyosat olib bormoq - ^WÄÄ shishi zhengce.

d) À^T zhixing fe'li ^^T shixing fe'lidan shunisi bilan farq qiladiki, À^T zhixing ish-harakatning sub'yekti uchun majburiy hisoblanuvchi yo'l-yo'riq va dasturlarni amalga oshirish haqida gap ketayotganligini ko'rsatadi. Bu yerda aksari hollarda ÀÎT zhixing fe'li muvofiq "majburiy" semantikaga doir so'zlar bilan birikadi.

Siyosat olib bormoq, yo'l tutmoq - ÀÎT^M zhixing zhengce; Qonunlarni ijro etmoq - ÀÀ'iJ^W zhixing falu; Vazifani bajarmoq - zhixing renwu;

Rejani bajarmoq - Àfri^'J zhixing jihua; Buyruqni bajarmoq - À^T^^ zhixing mingling; Funksiyalarni bajarmoq - ÀÎT^tb zhixingzhineng.

d) ^TÜ xingshi fe'li asosan tarkibida tX quan (huquq) morfemasi mavjud to'ldiruvchilar bilan birikadi.

Veto huquqidan foydalanmoq - ^TÜ^^tX xingshi foujuequan; Hokimiyatini qo'llamoq - ^TÜtX^ xingshi quanli; Vakolatidan foydalanmoq - ^TÜlMtX xingshi zhiquan5.

Quyida ot so'z turkumiga xos "organ, tashkilot" so'zini olsak, xitoy tilida ikki sinonim so'z -ftt^ jigou, ft^ jiguan so'zlari bilan ifodalanadi. Mazkur ikki so'z ma'no jihatdan o'xshash bo'lsada, qo'llanish jihatda bir oz farqlanadi.

ftt^ jigou so'zi keng ma'noga ega: organ (tuzilma, apparat); (hukumat, adliya) instituti, tizim. Ya'ni so'zning o'zi avvalo butun bir striktura, turli dasajadagi otganlar tizimi haqida so'z ketayotganligini ta'kidlaydi.

- Parlament davlatning qonunchilik institutidir. ^èÂHlit^^. Yihui wei guojia lifa jigou.

^^ jiguan so'zi ma'muriy va boshqaruv organi, instansiyasi, tashkilotini anglatadi. Mazkur so'z birinchi navbatda tashkilot yoki korxonaning muvofiq strukturasidagi darajasini ko'rsatadi. Shuning uchun bunday daraja (asosiy, oliy va h.k. organ)ni yoki uning mansubligini ko'rsatuvchi har qanday birikma tarjimada yoki bayon etishda aynan ft^ jiguan so'zini talab qiladi.

- Mamlakatning vakillik organi va uning prezidenti saylanmoqda.

H^ÉÉ^^ft^^nH^^^È^^^^o Guojiade daibiao jiguan he guojia yuanshou you xuanju chansheng.

- A'zo davlatlar va shtatlar o'zining yuridik va hukumat organlariga ega. ^^MH^Wfi^êBÉâ^^^^tt^o Ge chengyuanguo yu zhou ye you zijide falu

yu zhengfu jiguan.

- Parlament parlament tizimiga ega davlatlarda oliy qonunchilik organi hisoblanadi. K^êH^Ë^K^Wê^i^ft^o Yihui shi guojiade daiyizhide zui gao lifa jiguan.

- Mamlakatning qonunchilik organi yuqori quyi palatalarga bo'linadi. H^ÉÉi^èft^^^iïTMH Guojiade lifa jiguan fenshe shang, xia liang yuan6. Ma'lumki, xitoy tili yozuvi ieroglifik yozuv bo'lib, bir ieroglif bir bo'g'indan iboratligi tufayli

chet tillaridagi ko'pgina atoqli otlar xitoy tiliga tarjima qilinayotgandan, oldingi bobda ko'rib

5 И.В. Войцехович, А.Ф. Кондрашевский. Китайский язык/Общественно-политический перевод. - М.: Муравей, 2002. - С 60-61.

6 И.В. Войцехович, А.Ф. Кондрашевский. Китайский язык/Общественно-политический перевод. - М.: Муравей, 2002. - С 61-62.

chiqqanimizdek, transliteratsiya usuli bilan o'giriladi. Siyosiy atoqli otlar ham bundan mustasno emas. Masalan, o'zbek tilidagi Kengash so'zi kenjiashi tarzida o'girilgan. Aslida mazkur

so'z kishilarning jamlanib maslahat olib boradigan majlisiga nisbatan qo'llanilib buning xitoy tilidagi ekvivalentini topish qiyin emas. Ya'ni bu yerda ^Ж huiyi, xieshang kabi so'zlarni olishimiz mumkin. Lekin bu o'rinda kengash so'zi bosh harf bilan bitilganligi va siyosiy jamolarning nomi bo'lganligi tufayli atoqli ot sifatida olinib, xitoy tiliga ma'nosiga ko'ra tarjima qilinmay balki transliteratsiya usuli orqali o'girilgan.

Parlamentning tuzilish shakli ikki xil ko'rinishga ega: bir palatali va ikki palatali tizim. Mamlakatning Qonunchilik organi yuqori va quyi ikki palataga bo'linmagan hollarda, faqatgina bir palatadan tashkil topib, bir palatali tizim deyiladi. Hozirda bunday tizimdagu davlatlar bir oz kam. Ularning nomlanishi ham turlicha, Daniyada Folketing Ж^ yihui, Luksemburgda Deputatlar palatasi йЖРл zhongyiyuan deyiladi.

Mamlakatning qonunchilik palatasi yuqori va quyi palataga bo'linsa, ikki palatali tizim deyiladi. Bunday tizim dastlab Angliyada yuzaga kelgan, keyinchalik esa boshqa davlatlarga ham keng tarqalgan. Ikki palatali parlamentning ham nomlanishi turlicha. Masalan,

> Yaponiyada Yuqori palata canyiyuan va Quyi palata йЖРл zhongyiyuan;

> Angliyada Lordlar palatasi ШШШ guizuyuan va Deputatlar palatasi йЖ^ zhongyiyuan;

> Rossiyada Federasiya Soveti ^^^^^ lianbang weiyuanhui va Davlat Dumasi Ш Жй^ guojia duma;

> Niderlandiyada Birinchi palata ^^^ di yi yuan va Ikkinchi palata ^^^ di er

yuan;

> Fransiyada Respublika Yuqori palatasi gongheguo canyiyuan va Xalq Soveti ШйЖ^ guomin yihui deb nomlanadi7.

Ko'pgina davlatlarning siyosiy hayotida "parlament", "palata" singari tushunchlar bo'lsada, ko'rib turganimizdek, tarjimondan mazkur tushunchalarni har bir mamlakatga muvofiqlashtirgan holda tarjima qilishi talab etilar ekan. Binobarin buning uchun esa lisoniy hamda g'ayrilisoniy bilimlar, ya'ni birinchi navbatda jamiyatda bo'layotgan hodisalar tufayli tilda ham kechayotgan o'zgarish va yangiliklardan boxabarlikning ahamiyati nihoyatda kattadir. REFERENCES

1. ЩШЖ. - 2002

2. - 1959 ^o

3. ЖШ ° - 1957 ^o

4. ° Sf^tl. - Ш., 1963

5. ЖШ ° - 1957 Щ.

6. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

7. Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1985.

8. Войцехович И.В, Кондрашевский , А.Ф. Китайский язык/Общественно-политический перевод. - М.: Муравей, 2002.

9. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

10. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

7 И.В. Войцехович, А.Ф. Кондрашевский. Китайский язык/Общественно-политический перевод. - М.: Муравей, 2002. ®94^.

11. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

12. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

13. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

14. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

15. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

16. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

17. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.

18. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

19. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.

20. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

21. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

22. NS Abdullayevna.±£mRffl^№^^:

ШНЙ^^Ь' 87, 0

23. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

24. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.