Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA YOSHLARNI SAN`ATGA BO`LGAN QIZIQISHINI OSHIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

HOZIRGI KUNDA YOSHLARNI SAN`ATGA BO`LGAN QIZIQISHINI OSHIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so`zlar. Musiqiy ong / san`at / qarorlar / besh muhim tashabbus

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yusupjonova Dilfuzaxon Olimjon Qizi, Anvarova Barnoxon Dilshodjon Qizi

Annotatsiya. Ushbu maqolada barcha ta`lim muassasalarida o`quvchilarning musiqaga bo`lgan tendensiyalarini oshirishga bo`lgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA YOSHLARNI SAN`ATGA BO`LGAN QIZIQISHINI OSHIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

HOZIRGI KUNDA YOSHLARNI SAN ATGA BO LGAN QIZIQISHINI OSHIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Yusupjonova Dilfuzaxon Olimjon qizi

Fargona Davlat Universiteti talabasi Anvarova Barnoxon Dilshodjon qizi

Fargona Davlat Universiteti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada barcha talim muassasalarida oquvchilarning musiqaga bolgan tendensiyalarini oshirishga bolgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so^zlar. Musiqiy ong, sanat, qarorlar, besh muhim tashabbus.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7672483

Musiqa (yunoncha mousiche - muzalar san'ati) - inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag'ma) lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (ko'tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g'amginlik, xavf-qo'rquv va boshqalar) ni ozida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qafiyatlilik, intiluvchanlik, vazminlik va boshqalar) ni ham yorqin aks ettiradi.1

Musiqiy ong insonning musiqiy tovushlarga nisbatan reaksiyasi. Eshitish qobiliyati, intonatsiya jarayoni va boshqalar musiqiy ongning yetuklik darajasiga misol bola oladi. Musiqa maktabiga ilk marotaba borayotgan o'quvchining oz bolsa-da musiqiy onggi rivojlangan bo lishi kerak. Masalan, musiqa maktabiga qabul jarayoni imtihon tarzida otkaziladi. Unda o'quvchidan ritmni his qilib, eslab qolishi, tovushlarni eshitishni bilishi va albatta kuylay olish qobiliyatiga ega bo lishi talab qilinadi. Undan so'ng esa o'quv jarayonlari tadrijiy tarzda amalga oshiriladi. O'quvchining musiqiy onggi rivojlanishiga bo'lgan barcha imkoniyatlardan foydalaniladi. Yosh o'quvchilar uchun didaktik o'yinlardan, turli xil korgazmalardan foydalanish mumkin. Musiqiy diktanlar, ritmik mashqlar va shunga o'xshash musiqiy ongning rivojlanishiga bo'lgan turli xil imkoniyatlar amalga oshiriladi.

Unib-o'sib kelayotgan yosh avlodning iste'dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san'atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang'ich musiqiy talim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va san'at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar

1 Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi. M bolimi. Toshkent. 2000-yil

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi zimmasiga vazifalar yuklandi.

Hozirgi kunda musiqa san'atiga e'tibor tobora kuchayib bormoqda. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Besh muhim tashabbus dastlab Toshkent viloyatining Bo'ka tumani va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tajriba sifatida joriy etildi, - deydi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatining besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig'i Mansur Masharipov . - 42 ta tuman va shaharlarning 168 ta olis va og'ir ahvoldagi mahalla fuqarolar yig'inlarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini amalga oshirish bo'yicha yurtimizdagi mavjud 800 dan ortiq madaniyat markazlarida 4 522 ta to'garak faoliyati yo'lga qo yilib, ularga 1 762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumta'lim maktablarida tashkil etilgan 36 503 ta to'garakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan. 3 000 dan ortiq musiqa jihozlari yetkazib berilgan.2

Prezidentimiz o'rta maktablarda ham o'quvchilarni musiqaga qiziqishini orttirish maqsadida qarorlar chiqarmoqda. Maktab attestatida "Cholg'u asbobini o'rgangan" degan baho bo'ladi. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so'zlari. Davlat rahbari ushbu so'zlarni iyun oyi oxirlarida Namangan viloyati faollari bilan o'tkazilgan yigilishda aytib o'tdi va bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Prezident oz sozini shunday izohladi: "Nima uchun bu kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shu bilan barobar ravishda madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga manaviy ozuqa bolmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo'lmaydi". Shunga ko'ra 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg'ular 3 to'plamdan ta'minlanadi. Buning uchun 205 mlrd so'm ajratiladi.3

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi bosqichi ham yoshlarni musiqa va san'atning boshqa turlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Yoshlarning ma'naviyatini, musiqiy ongini rivojlantirish va targ'ib etishda qishloq, tuman va viloyatlarimizda besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi" va "Yoshlar raqs" festival-tanlovlari o'tkazilib, g'oliblarni munosib rag'batlantirishga katta e'tabor qaratilmoqda.

Yosh avlodni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o'rganish, hamda xalqimizning o'ligini anglash, o' urf - odatlarini saqlay bilishi, ularni tiklab, avaylab, e'zozlab, yangi o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

2https//yuz.uz/uz/news/5-muhim-tashabbus-yoshlarga-qanot

3https//marifat.uz/marifat/ruknlar/manaviat/4876.htm

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yosh avlodni milliy - ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhi vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bolib yetishishida milliy musiqa merosining cholg'uchilik san'ati orqali tanishtirib boorish alohida ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zME. Toshkent-2000

2. https//yuz.uz/uz/news/5-muhim-tashabbus-yoshlarga-qanot

3. https//marifat.uz/marifat/ruknlar/manaviat/4876.htm

4. Sh. Rahimov " Dutor". Toshkent 2004 - yil

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

7. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New Age Generation.

8. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESSнашриёти.

9. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

10. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936)

11. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

12. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

13. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСЩА ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.

aditions. Scientific progress, 1(6), 865-870.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.