Научная статья на тему 'OHANGLARDA JILOLANGAN QADRIYATLAR'

OHANGLARDA JILOLANGAN QADRIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy g’oya / qadriyat / ohang / madaniyat / sanʼat / sport. / national idea / value / tone / culture / art / sport.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maxmudov, Shoxrux O’Tkirbek O’G’Li

Ushbu maqolada “Ohanglarda jilolangan qadriyatlar” musiqiy to’garakda millatlararo totuvlik g’oyasini o’quchilarga singdirish yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLISHED VALUES IN TONES

In this article, thoughts on inculcating the idea of inter-ethnic harmony in the "Values Polished in Melodies" musical club are presented.

Текст научной работы на тему «OHANGLARDA JILOLANGAN QADRIYATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OHANGLARDA JILOLANGAN QADRIYATLAR Maxmudov Shoxrux O'tkirbek o'g'li

FarDU shohm8790@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Ohanglarda jilolangan qadriyatlar" musiqiy to'garakda millatlararo totuvlik g'oyasini o'quchilarga singdirish yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: milliy g'oya, qadriyat,ohang, madaniyat, san'at, sport.

В данной статье представлены мысли о внедрении идеи межнационального согласия в музыкальном клубе «Ценности, отшлифованные в мелодиях».

Ключевые слова: национальная идея, ценность, тонус, культура, искусство, спорт.

In this article, thoughts on inculcating the idea of inter-ethnic harmony in the "Values Polished in Melodies" musical club are presented. Key words: national idea, value, tone, culture, art, sport.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida tasdiqlanganidek, "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim" 1 .

Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar zamirida Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish, yoshlarni har jihatdan

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq so'zi. 2020 yil 30 dekabrb. №276. 2-bet

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

barkamol shaxs etib voyaga etkazish, sohalar uchun yuqori bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdek maqsadlar mujassamdir2

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Milliy g'oya aslida muayyan xalqning oliy istiqbol maqsadini bir necha so'zlarda yoki iborada mujassam ifodalovchi tushunchalar yoki shior, iboradir. U xalqni o'sha maqsad yo'lida birlashtiradi, safarbar etadi. Xalq barcha sa'y-harakatlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatini unga muvofiqlashtiradi. Zarur bo'lsa, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarini, mamlakatning huquqiy, siyosiy, mafkuraviy asoslarini, ta'lim-tarbiya tizimini chuqur isloh qiladi.

Milliy g'oyaning asosiy vazifalaridan biri, avvalo, xalqning jipsligini, birligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash va mustahkamlashdir. Ikkinchidan, millatning oliy maqsadini, rivojlanish marralarini, mo'ljallarini umumiy tarzda aniqlaydi. Milliy g'oya turli boralarda ifodalanishi mumkin. Lekin ifoda shaklidan qat'i nazar, xalqqa istiqbolni, ijtimoiy mo'ljalni ko'rsatishi shart.

Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan "komil inson", yosh avlodga nisbatan "barkamol avlod" atamalarini qo'llay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qo'llamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy ma'naviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmog'imiz lozim. Binobarin, sun'iy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan "to'rtinchi sanoat inqilobi" insonga qo'yadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va ta'lim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak.

Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va san'atimizni yetarlicha o'rgatishning optimal yo'llarini topmog'imiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmog'i darkor.

Har qanday buyuk rejalar, buyuk g'oyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va ma'naviy kamoloti bilan bevosita bog'lansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketadi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu - yoshlarni madaniyat, san'at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to'g'ri

2 I.M. To'xtasinov. SamDCHTI rektori. Oliy ta'lim konsepsiyasi: zamonaviy ta'lim, ilm-fan, innovatsiya va ma'naviy tarbiya lokomotivi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash vazifalarini o'z ichiga oladi3.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi4.

Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini o'rganib, faoliyatini yaxshilash bo'yicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo'shimcha 1,5 mingta to'garak tashkil etish vazifasi qo'yildi. Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va "Yoshlar klublari" tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi. Atoqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko'makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o'sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo'ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Ushbu birinchi muhim tashabbusni hayotga tadbiq etuvchi umumta'lim maktablari sinfdan tashqari "Ohanglarda jilolangan qadriyatlar" musiqiy to'garakda millatlararo totuvlik g'oyasini o'quchilarga singdirish maqsadida quyidagi mavzuni musiqa orqali millatlar aro totuvligi g'oyasini taqdim etish jarayonlariga reja tuzib oladi:

1. Millarlar aro totuvlik - farovon hayot tayanchi. (suhbat: yurtimizdagi kunlik o'zgarshlar haqida, vatanparvarlik, hamkorlik, hamdardlik hamdo'stlik mavzusidagi she'riy lavhalar hamda qo'shiqlar)

2. Birodarlik tarannumi. (qirg'iz, tojik, qozoq qo'shiqlaridan namunalar). (Ilova-1. Bilimring)

3. Liboslar millat ko'rki. (2-ilova.Bilimring)

4. Qadr topgan taomlar lazzati.

(3-ilova. Bilimring.) o'tov: taomlar lazzati.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar zamirida Vatanimizni yanada taraqqiy

3 5 muhim tashabbus yoshlarga qanot (yuz.uz)

4 npe sHjeHT: ëmrapHH Tap6H;i.iamjarH myxhm 5 Ta Tama66vc (uzdaily.uz)

476

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ettirish, yoshlami har jihatdan barkamol shaxs etib voyaga etkazish uchun umumta'lim maktablarida har xil turdagi kasbga yetaklovchi to'garaklarni tashkil etish va ular bilan ishlash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni bo'lajak kadrlarimizga yetkazish hamda amaliyotda qo'llash mexanizmini ishlab chiqishda yangicha yondashuvlar zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq so'zi. 2020 yil 30 dekabrb. №276. 2-bet

2. I.M. To'xtasinov. SamDCHTI rektori. Oliy ta'lim konsepsiyasi: zamonaviy ta'lim, ilm-fan, innovatsiya va ma'naviy tarbiya lokomotivi 16:19 08 Sentabr 2020 Jamiyat.

3. Abdurahim Erkayev. Oliy Majlis Senati a'zosi. Uchinchi Renessans - milliy g'oya sifatida.

4. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

6. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

7. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

8. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

9. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

10. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

11. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

12. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.