Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA JAHON ADABIYOTIGA BO'LGAN TALAB'

HOZIRGI KUNDA JAHON ADABIYOTIGA BO'LGAN TALAB Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / talab / jahon / rivojlanish / ijodkor / kundan-kunga / davr / taqozo.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdumannopova Gulbadanbegim Zafarbek Qizi

Ushbu maqolada hozirgi kunga jahon adabiyotiga bo'lgan talab va istak uning naqadar kerakligi haqida muhim ma'lumotlar joy olgan.Bu maqolani o'qir ekansiz ushbu mavzuga doir juda muhim va o'zizga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.Hozirgi davrda adabiyotga shuningdek jahon adabiyotiga talab kundan kunga orttib bormoqda bu davr talabi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA JAHON ADABIYOTIGA BO'LGAN TALAB»

HOZIRGI KUNDA JAHON ADABIYOTIGA BO'LGAN TALAB

Abdumannopova Gulbadanbegim Zafarbek qizi

Alfraganus universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213449

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunga jahon adabiyotiga bo'lgan talab va istak uning naqadar kerakligi haqida muhim ma'lumotlar joy olgan.Bu maqolani o'qir ekansiz ushbu mavzuga doir juda muhim va o'zizga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.Hozirgi davrda adabiyotga shuningdek jahon adabiyotiga talab kundan kunga orttib bormoqda bu davr talabi.

Kalit so'zlar: adabiyot, talab,jahon,rivojlanish,ijodkor,kundan-kunga,davr,taqozo.

Bugun dunyo shiddat bilan o'zgarib borayapti.Adabiyot ham shiddat bilan rivojlanmoqda va insonning adabiyotga,yaxshi asarga bo'lgan ehtiyoji orttib bormoda.Zero,adabiyot insonni yaxshilikga go'zallikga tarbiyalaydi uning borliqni anglashga undaydi.Inson tug'ilibdiki, ziyoga intiladi. Hayotning ibtidosi quyosh nuri bo'lib ona sayyoraga ingan yorug'lik va iliqlik qo'ynida yashirin. Binobarin, yorug'likka intilish mahluqot javhariga joylashtirilgan eng kuchli ehtiyoj. Adabiyotning oydinlikka talpinishi ham, aslida, ana shu ildizdan suv ichadi. Ko'rinadiki, zulmat, yovuzlik, buzg'unchilikka mag'lub bo'lish va pirovardida ularni targ'ibu tashviq qilish asllikka, sog'lomlikka, mohiyatga, javharning tabiatiga zid harakat. Zero, nur o'z yo'lida uchragan zulmatni yengish uchun bor etilgan. Aslida, olam ham cheksiz koinot zulmatiga basma-bas yaratilgan. Har bir xalqni uning adabiyoti olamga tanitadi. Har bir millatning esa jahon taniydigan, sevadigan, ardoqlaydigan iste'dodli adib yoki shoiri boladi. 0 'zbeklarda Alisher Navoiy, qirgizlarda Chingiz Aytmatov, tojiklarda Abdurahmon Jomiy, ozarboyjonlarda Nizomiy Ganjaviy, forslarda Firdavsiy, gruziniarda Shota Rustaveli kabilar jahon taniydigan ana shunday buyuk siymolardan sanaladi.

Bu buyuklaming asarlari dunyoning ko'pgina tillarida tarjima qilingan va nashr etilgan. Ularning asarlari jahon adabiyoti xazinasini boyitgan, uni bezatib turgan duru javohirlardir.Adabiyot chegara bilmaydi. Bir millat kuychisi boshqa bir millatning ham sevimli ijodkori hisoblanishi

shubhasiz. Shuning uchun ham adabiyotni faqat adabiyotchilar, ixlosmandlargina emas, millat o'qiydi, xalq o'qiydi, dunyo o'qiydi. Adabiyotda millat qiyofasi o'z aksini topadi va u millatni jahonga tanitadi, ko'z-ko'z qiladi.

Zulmatning bag'ri chok-chokidan so'kilib, ichidan nur oqib chiqqani kabi asl adabiyot ham alaloqibat yorug'likka, hayotga ovoz bermog'i, bashar ahliga, yiqilganda yuzini yerga urib olishidan saqlaydigan tirgak - qo'l, turganda esa olg'a ketishini ta'minlaydigan oyoq bo'lmog'i shart. Madomiki, shunday ekan, bu zahmatli, ammo sharafli Vazifani faqat Yorug', Hayotparast, Nekbin va Kuchli Adabiyotgina uddalay oladi. Bugun insoniyat mana shunday adabiyotga har doimgidan-da ko'proq ehtiyojmand.Hozirgi kunda jahonni anglash, dunyo xalqlari tarixi, madaniyati, adabiyoti va san'atidan bahramand bo'lish zaruriy bir ehtiyojga aylanib qolayapti.Shuning uchun ham insonga umid beruvchi asarlarga bo'lgan ehtiyoj bugun har doimgidan-da katta (ertaga kashfiyotchilik adabiyotiga shunday ehtiyoj sezishimiz mumkin.

Xuddi bir vaqtlar sarguzasht asarlarga talpinganimiz kabi). Turmush va uning adoqsiz tashvishlari buramasi, globalizm, "ommaviy madaniyat" girdobi, yengil hayot tarzining targ'ib etilishi, e'tiqodning, burdning zaiflashuvi va hokazo sabablar natijasida inson ruhiy ildizdan uzoq

tushib bormoqda. Jahon ommaviy axborot vositalari butun mohiyati iste'molchilikdan iborat Yangi Insonning paydo bo'layotgani haqida ovoza qilmoqda.

Shuning uchun ham bugun bashar ahlining insonlik tarafini kuchaytiradigan yorug' va umidbaxsh asarlarga suv va havodek ehtiyoji bor. Fransuz dramaturgi Jan Dominik Bobbining "Skafandr va kapalak" nomli asari ana shunday umidga yo'g'rilganligi bilan e'tibor tortadi. Ayni kuchga to'lgan, hayot va ijodda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan dramaturg sira kutilmaganda insultga chalinadi-da, to'shakka mixlanib qoladi. Lekin u taslim bo'lmaydi. Sog'lom miya va bittagina ko'z yordamida hayot uchun kurashadi.

Chunki qolgan hamma a'zolar falaj holda edi: na qimiretadi, na gapiradi va na ovqat yeya oladi. Ishga yaroqli bittagina ko'zi bilan logoped yordamida asar yozadi. Buning uchun alfavitdan foydalaniladi. Logoped bir chekkadan harflarni o'qib chiqadi, falaj dramaturg kerakli harfga kelganda yagona sog' ko'zini yumadi va shu tarzda bir necha daqiqada birgina so'z yoziladi. Nihoyat, mashaqqatlar, jasoratlar evaziga asar dunyoga keladi. Asar "Skafandr va kapalak" deb nomlanadi. Skafandr bu - suv ostiga tushish uchun kiyiladigan maxsus kiyim, lekin bu yerda ramziy ma'no kasb etib, inson tanasini, kapalak esa ruhini anglatadi. Dramaturg uzoq yashamaydi - o'ladi. Lekin odamlarga umid qoldirib ketishni uddalab o'ladi. Yozilishi inson jasorati va matonatining oliy ko'rinishi bo'lgan asarda umidbaxshlik mujassam edi. Yana bir fransuz adibi va faylasufi Alber Kamyu avtohalokatga uchrab o'lganda o'zining bosh - "Urush va tinchlik"dek asarini yozaman, deb yashayotgan edi.

Mushohada qilib qaralsa, yozuvchining ana shu yaratuvchanlik ishtiyoqi yozilmay qolgan asaridan-da balandroq turadi.Bas, shunday ekan, vaqti-vaqti bilan davr va uning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, qanday badiiy asarlarga ko'proq ehtiyoj borligini munaqqidlaru ziyolilar tadqiq etib topishlari, topganlarini bildirishlari, o'z navbatida, jamoatchilik ham aytilganlarni e'tiborga olishi, masalan, ko'proq nashr etishi, darsliklarga kiritishi, targ'ibu tashviq qilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, mamlakat va jamiyatlar rivoji o'qilgan asarlarning sifat va saviyasidan tashqari o'sha vaqtdagi ruhiy-ma'naviy ehtiyojga keraklilik darajasiga ham bog'liq. Nobel mukofoti sovrindori Mario Vargas Losa "Adabiyot tufayli, adabiyot uyg'otgan tafakkur, intilish va istaklar tufayli, xayolot saltanatiga safar chog'i ko'ngilda bosh ko'targan kechinmalar tufayli bugungi sivilizatsiya odamiylashdi, najot topdi. Adabiyot ahli o'ylab topgan badiiy to'qima qumga singgan suvdek izsiz ketmadi,bil'aks, toshga aylangan yuraklarni mumdek eritdi.

Yaxshi kito-blar bo'lmaganida edi, insoniyatning bugungi holiga maymunlar yig'lagan bo'lardi, mustaqil fikrdan mahrum labbaychilar urchib ketardi, ko'ngil birligi yo'qolardi, mutelik kayfiyati keng tarqalib, o'z-o'zini anglash tuyg'usi - taraqqiyotning yetakchi omili yo'qolardi", deb yozadi. Zero, dunyoni zulmat bosganda yorug'lik haqida yozmaslik, ziyoni tarannum etmaslik insoniyat oldida jinoyat sodir qilish bilan barobardirInson botinida qarama-qarshi, chunonchi, ezgulik va yovuzlikka moyil kuchlar yashaydi.

Tomonlar har doim kurashib keladi. Muhim gap - insonning ana shu tomonlarning qay biriga yaqin yurishda. Farididdin Attorning "Ilohiynoma"sida keltirilgan rivoyatga ko'ra, zo'r berib ishlayotgan haqir chumoliga Sulaymon alayhissalom: "Agar senga Nuhning umriyu Ayyubning sabrini ato etsa ham bu tepani yo'lingdan olib tashlash qo'lingdan kelmaydi, joningni jabborga berib kurashmog'ingdan maqsad ne?" desa, javoban u: "Tuproqni olib, do'ngni yer bilan bir etsam, uning ortida meni kutayotgan yorimga qovushaman", deydi. E'tibor berilsa, chumoli umri inson umriga qiyos qilinganda o'ta qisqa bo'lgan chumoli qarshisida turgan va o'zini yordan to'sib qo'ygan ulkan tuproq uyumini hech qachon olib tashlay olmasligini yaxshi biladi.

Lekin yorga eltuvchi bu yo'ldan o'zgasiga rozi bo'lmaydi. Bas, umrini yor yo'liga tikadi, shu yo'lda qurbon bo'lishni o'zi uchun sharaf, hayotining eng oliy a'moli, mazmun-mohiyati deb ishonadi.

Bu bilan chumoli Nur va Zulmat, Ezgulik va Yovuzlik, Yuksaklik va Tubanlik kurashida qaysi safda turishini ma'lum qilmoqda. Hech qachon yetolmasa-da, yorug' murod - yorning yo'llariga umrini baxshida aylamoqda. Chumolidan murod - inson. Yordan murod esa insonning kim ekanligini uning o'ziga anglatib sezdiradigan Borliq - Tilsimdir.Azaldan beri kurshashib kelayotgan kuchlar - Ezgulik va Yovuzlik, Nur va Zulmatning qaysi birini tanlash ko'p jihatdan har bir insonning o'ziga bog'liq bo'ladi. Adabiyot, umidbaxsh adabiyot bu mushkul tanlov qarshisida ertak qahramonlaridek turib qolgan zamondosh insonning to'g'ri yo'lni tanlashida ishonchli ko'makdoshdir.

Mustaqillik yillarida yangi bir avlod shakllandL Eskicha tor dunyoqarash qoliplaridan xoli bu avlod jahon haqida, unda kechayotganiqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy jarayonlar to'g'risidakeng va chuqur bilim olishga o'zida kuchli ehtiyoj sezmoqda.Globallashuv asrida inson o'zini faqat Vatanining emas, butun jahonhamjamiyatining teng huquqli a'zosi deb his qilmoqda, umuminsoniyqadriyatlardan bir xilda bahramand bo'lishga haqli deb hisoblamoqda.Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda shu qatorda adabiyot,madaniyat,sanat va boshqa sohalar juda tez va jadal sura'tlar bilan rivojlanmoqda bu sohalarga bo'lgan ehtiyoj kundan kunga orttib bormoda. Jahon adabiyoti deganda bir millat emas bir qancha millat elat adabiyoti tushuniladi demak,shunday ekan albatta jahon adabiyotiga nafaqat avvalgi davrlarda talab yuqori edi hozirda esa talab undanda kuchliroqdir.Shunday ekan jahon adabiyoti bor ekan dunyoviy madaniyam har doim gullab yashnayd

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Musurmonov.E. Erttak va haqiqat qorishgan adabiyot. - Toshkent.Sharq yulduzi, 2014, № 4.

2. Borev.Y.Insoniyat hayotining oliy maqsadi va ma'nosi - Toshkent.Sharq yulduzi,2011, № 4.

3. Boltaboev.H., Mahmudov.M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. I va II Jildlar - Toshkent: Mumtoz so'z, 2012-2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.