Научная статья на тему '“MA’NAVIYAT” DEFINITSIYASI – BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MA’NAVIY TAYYORLASHNING FUNDAMENTAL MASALASI'

“MA’NAVIYAT” DEFINITSIYASI – BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MA’NAVIY TAYYORLASHNING FUNDAMENTAL MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
82
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviylashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhammad Quronov

Insoniyat Uchinchi O‘zbek Renessansiga buyuk ehtiyoj sezmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizni rivojlantirishning “Yangi O‘zbekiston 2030” strategiyasi, islohotlar, Yangi O‘zbekiston, dunyoning ma’naviy-intellektual kon’yunkturasi barcha jabhalardagi kabi zamonaviylashuvni, modernizatsiyani talab qildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MA’NAVIYAT” DEFINITSIYASI – BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MA’NAVIY TAYYORLASHNING FUNDAMENTAL MASALASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

"MA'NAVIYAT" DEFINITSIYASI -BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI MA'NAVIY TAYYORLASHNING FUNDAMENTAL

MASALASI Muhammad Quronov

pedagogika fanlari doktori, professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.1001413 7

Ma'naviy yo'nalishlarimiz iqtisodiy yo'nalishlardan o'n qadam oldindayurishi kerak. Ana shunda biz hozirda qilayotgan katta-katta rejalarimiz, dasturlarimiz amalga oshadi.

Shavkat Mirziyoyev

Insoniyat Uchinchi O'zbek Renessansiga buyuk ehtiyoj sezmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizni rivojlantirishning "Yangi O'zbekiston - 2030" strategiyasi, islohotlar, Yangi O'zbekiston, dunyoning ma'naviy-intellektual kon'yunkturasi barcha jabhalardagi kabi zamonaviylashuvni, modernizatsiyani talab qildi.

Media maydonda ma'naviyat tushunchasi, uning mazmuni haqida bahslar uchraydi. Ba'zilar unda odamiylikning boisini, manbaini ko'rdilar. Ba'zilar esa g'oyaviy nazoratni eslatuvchi hodisa, deb talqin qilishga urinishdi. Ba'zi radikal kayfiyatdagi yuzerlar uni qandaydir, taqiqlovchi, erkin fikrni bo'g'uvchi, qotib qolgan eskicha qarashlar yig'indisi, deyishgacha borishdi. Bu kognitiv dissonansning sabablari bor. Birinchidan, bu so'zning bizga boshqa tildan kirib kelgani va uning avtoxton mohiyatini o'sha ideomuhitda ko'rmaganimiz; shundan kelib chiqib, ikkinchidan, biz uning lug'aviy emas, istiloh, majozdagi ma'nosini tutganimiz; va shu sababli, uchinchidan, aslida ot so'z turkumiga kiruvchi bu so'zni fe'l sifatida tushunib yuborganimiz; va shu sababli, to'rtinchidan, "ma'naviyat" tushunchasini istilohda "ma'naviy-ma'rifiy ishlar" deb tushunilganligi. Bularning natijasida ma'naviyat hodisasini ko'rish va u haqda eshitayotgan fikrlar orasida ommaning bir qismida kognitiv dissonans paydo bo'ldi.

G'arb pedagogikasi nazariyasida ma'naviyatni ruh, ruhoniyat bilan bog'lashadi. Ideosfera1 bilan bog'lashadi. Shuningdek, ma'naviyat, deganda jamiyatning diniy bilimlar, axloqiy qadriyatlarning an'analar, xulq va san'atda mujassam ruhiy birlashuvini aytishadi. Mana shu umumiy ruhoniyatning bir odam ongidagi individual in'ikosi, aksi, tajallisini vijdon, deydilar. Vijdon odamning o'z xulqi uchun jamiyat, odamlar(ga xos umumiy qabul qilingan qadriyatlar) oldidagi axloqiy burchi, mas'uliyati. Ruhoniyat va uning bir odamdagi tajallisi bo'lgan vijdon ibodat, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, g'oyaviy-tarbiyaviy ishlar va vatanparvarlikka yo'naltirilgan ishlar vositasida kuchaytirib turiladi.

Bu yondoshuv albatta ruhoniyat, degan tushunchaga tushadi. Lekin biz ma'naviyat haqida gapirganda uni ruhoniyat bilan bir, desak, to'g'ri bo'lmaydi. Buyuk bobomiz

1 Fikrlar, g'oyalar, nazariyalar yaratiladigan, baholanadigan va rivojlanadigan joy, hudud. Ideosferaning sog'lomligini undagi memetik rang barangligiga qarab baholash mumkin. Vikipediya site:wiki5.ru. https://wiki5.ru/wiki/Ideosphere.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Zamahshariy har so'zni ishlatishda avvalo uning lug'aviy ma'nosidan kelib chiqing. Agar buning iloji bo'lmasa, istiloh, majoziy ma'nosidan kelib chiqing, deb aytib ketgan. Ana shunga amalga qilib ma'naviyat tushunchasining lug'aviy ma'nosiga qaraylik.

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari so'z va ma'noning birligi va farqini juda go'zal qilib, qisqa tushuntirib berganlar. Allomaning fikriga ko'ra "So'z - libos. Ma'no shu libos ostiga yashiringan sir2". Bu talqinda narsa, buyum, xatti-harakat, sifat, fazilat, jism, fe'l, xullas, bugungacha biror xalq tomonidan so'z bilan atalgan jamiki narsalarning ma'nosi borligi ochiladi. Ayni vaqtda so'z(libos) bilan uning ichidagi mag'iz bir birini taqozo qiladi. So'z mag'izning libosi, sirti, shakli, surati, deyish mumkin.

Ma'naviyat so'zining o'zagini "ma'no" degan arabcha so'z tashkil qiladi.

Ma'no bu so'z, ishora, alomatlarning mazmunini bildiradi. Shuning uchun so'zning avvalo lug'aviy va undan keyin majoziy ma'nosidan kelib chiqish kerak bo'ladi. Ismi boru, jismi yo'q tushunchalarning nomi; 2. maqsad, murod, manzur. 3. mohiyat, mazmun; (hayot mazmuni, yashashning ma'nosi,) tushning ma'nosi, ta'biri; biror narsaning ma'nosini tushunish, tagiga yetish, bilish3.

Hazrat Alisher Navoiy odamlarni ikki toifaga - "ahli ma'no" va "ahli surat"ga bo'lgan. "Ahli ma'no" ko'rayotgan narsa, hodisa, fikrning "ichiga kirib", tushunib, o'ylab xulosa qiladi. "Ahli surat" esa yuzaki, xom, o'ylamay, shoshib xulosa qiladi va albatta, adashadi. Pushaymon qiladi. Chunki buyuk mutafakkir fikricha, surat yzga - ma'no yzga. Kimki suratga mahliyo bo'lsa, shaklga berilsa, uning ma'no, mohiyatini bilmaydi. Buning oqibatida u adashadi. Ya'ni,

Kishiki zohiri oshuftadur zamirig'a boq,

Basoki ma'ni erur poku lafz nomarbut4.

Ya'ni buyuk shoirimiz har kishining, narsaning, buyum, asarning ko'rinishiga, suratiga emas, uning zamiriga, smratiga, ma'naviyatiga qarab munosabat qiling, deydi. Odamning asl mohiyati uning zohirida emas, ichida, deydi.

Bunda shoir o'zi guvoh bo'lgan real, hayotiy misollar keltiradi. "Muhokamat ul-lug'ataiïn"da Husarn Boiïqaro misolida "...salim, gavhari koni maoniiï erdi", deydi5. "Mezon ul-avzon"da esa: "ul hazratning sharif majlislari maoniiï javohirining koni", deydi. Ya'ni Husayn Boyqaro saroyida go'zal ma'naviy hayratlarga to'la, ma'rifiy suhbatlar o'tkazilganiga guvohlik beradi6.

Ma'naviyat bilan ma'rifat ko'pincha birga keladi. Ma'rifat so'zi maorif ft'j^ tushunchasiga bog'liq. Maorif bu ma'rifat f^j^, ta'lim, tarbiya va targ'ibot-tashviqot ishlarini o'z ichiga oladi. Masalan, maorif vazirligi, maorif bo'limi, davlat siyosati, davlat tashkilotlari faoliyatini yoritish, targ'ib qilish, tushuntirishga qaratilgan ishlarni anglatadi. Qadimda va hozir ham amri ma'ruf ishi maorifga kiradi.

2 Hikmatlar xazinasi. Ommabop nashr. Toshkent, "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti, 2014. 5-b.

3 Tafsirii zaboni tojiki. (Iborat az 2 jild) Jildi 1 A-N. Pajyhishgohi zabon va adabiëti Rydaki. Dushanbe, 2008. - 950 s.

4 Alisher NavoiM. Navodir ush-shabob. /Tyla asarlar typlami. Yn jildlik. Ikkinchi jild. - T: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

5 Alisher NavoiM. Holoti SaMid Hasan Ardasher. NasoMim ul-muhabbat.

Muhokamat ul-lug'ataMn. /Tyla asarlar typlami. Yn jildlik. Yninchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

6 Alisher NavoiM. Xamsat ul-mutahMirin. /Tyla asarlar typlami. Yn jildlik. Beshinchi jild. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Ma'naviy so'zi bir necha ma'nolarda keladi. Ulardan biri - 1. aqliy degani.

Demak, ma'naviy ishni aqliy ish deb tushunsa bo'ladi. 2. Manaviy bu - ichki, botiniy, tashqaridan ko'rinmaydigan narsalar. Demak, odamda ikki siymo bor. Jismoniy siymo, surat va ma'naviy siymo, botiniy, siyrat olami bor. Odamning ma'naviyati bu - uning siyrati. Uning odob, axloq, xulq, nima yaxshiyu, nima yomon, nima to'g'riyu, nima noto'g'riligi to'g'risidagi bilimlari, tushunchalari bazasi. Odam jim turganida ular botinda, "ichkarida" turadi. Ular xulqda moddiylashadi.

Matbuotda "ilg'orlar moddiy va ma'naviy mukofotlandi, ularga sovg'alar ulashildi", degan xabarlarni ko'ramiz. Bunda pul, ashyo va moddiy mukofotlar odamning moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun beriladi. Unvon, tashakkurnoma, kitob, maqtov yorlig'i, sertifikatlar ma'naviy, ya'ni odamning qalbini to'ydirish uchun beriladi.

Ma'naviy bu - ma'nan, mazmunan, degani. Masalan, biror matnni so'zma so'z emas, balki mazmunini tarjima qilinganda bunga ma'naviy tarjima, deyiladi. Ma'naviyat so'zi ^ djj*^ ruhiy va g'oyaviy hayotga doir barcha narsalar. Jumladan, odamning, xalqning, millatning botiniy olami; ma'naviy hayoti; ma'naviy tushunchalarni anglatadi.

Shu paytgacha, ma'naviyat tushunchasi gumanitar ma'noda, falsafa, til, madaniyat, san'at, din, pedagogika, psixologiya, tarix fanlari doirasida tushunib kelmoqda. Negadir ximiya, geodeziya, matematika, fizika, astronomiya, meditsina, geografiya, mexanika, IT borasidagi bilimlar "ma'naviyat" tushunchasining mazmuniga kiritilmagan. Bu xato tuzatilishi kerak. Chunki odamning bu dunyoda tug'ilib, 5, 27, 50, 70 yil yashab, shu bugungacha, barcha sohalarda(!) to'plagan barcha soha, fanlar bo'yicha to'plagan bilimlarining joriy bazasi uning ma'naviyatidir. Bu umumta'lim maktablari ma'naviy tarbiya amaliyotida inobatga olinishi zarur.

Ma'naviyat qotib qolgan, o'zgarmas, statik hodisa emas. Ma'naviyat - o'zgaruvchan, dinamik hodisa. U inson uyg'onib, fikrlay boshlaganidan to uyquga ketgunigacha yo tasdiqlanib, yo yangilanib, yo o'zgarib, yo boyib turadi. Agarda odamda ma'naviyat o'zgarmaganida, ta'lim, tarbiya, mafkura, axborot, reklama, ibodat, ma'ruzalar kerak bo'lmas edi. Bularning barchasi odamlardagi fikrlarni, bilimlarni boyitib, yangilab, ularning ma'naviy va moddiy hayotini boyitishga qaratiladi.

Ma'rifat tushunchasi bilim, fanni anglatadi, ulug'lanadi. Masalan, ma'rifat nuri,

ma'rifat chirog'ini yoqish, ma'rifat bog'idan gullar terish, ma'rifat quyoshi va h.k. 2. Voqelikni aql va his bilan idrok qilish. Olamni anglash. 3. O'rgatish, ta'lim-tarbiya berish, ma'rifatli, ma'rifatparvarlik, ogoh va dono, ilm fandan bahramand odamlarni ahli ma'rifat, deganlar.

Ma'naviyat va xulqni nima bog'laydi? Vijdon. Ma'naviyat nima yaxshi, nima yomon, nima to'g'ri, nima noto'g'riligini aniqlab, xulosa qilib beradi. Vijdon kuchi ana shu xulosani harakatga keltiradi. Chunki vijdon bu - .... Xalqimizda aytganiga amal qilmagan, so'zidan qaytgan, bilib turib bilmaslikka olgan kishilarni "vijdonsiz", deyiladi. O'zbek qo'shiqlaridan birida aytilganidek,

Bilib turib, yolg'on so'zni deganning,

Oru nomusu yo'q, vijdoni bo'lmas.

Bunday odam o'sha lahzada tanlov oldida turadi. Odamiylik yo'lini tutsinmi? O'zbekchilik, milliy ma'naviyatda yaxshi, to'g'ri, savobli, deyilgan yo'lni tutsinmi? Yo o'z nafsi, foydasi uchun, yo qo'rqqanidan ma'naviy jinoyat qilsinmi? Ma'naviyat mana shu joyda "ishlaydi". Egasiga qaysi yo'lni tutishni asoslab, qaror beradi. Demak, har bir jinoyat,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

qonunbuzarlik ham, vatanparvarligu fidoyilik ham avval "ichkarida", botinda - ma'naviyatda sodir qilinadi. Keyin bu ma'naviy jinoyat xulqqa, ijroga ko'chadi. Til, qo'l oyoqlar uni bajaradi.

Agarda u to'g'ri yo'lni bilmay, nima qilarini bilmasa, noto'g'ri ish qilsa, uni "axmoq", deyishadi. Buni biz ma'naviyati(aqli, bilimi) ojiz odamning ishi, desak to'g'ri bo'ladi. Shunday ekan, ma'naviyat faqat bilim formatida, xom-ashyo shaklida qolmasligi kerak. Buning uchun yoshlarning vijdonini tarbiyalash zarur. Aks holda eng chiroyli, oliyjanob, bunyodkor ma'naviyat ham "ishlamaydi". Bilim bo'lib qolaveradi. So'z va amal bog'lanmaydi. Jur'atsizlik, boqimandalik, loqaydlik, konformizm jamiyatni egallab oladi. Yoshlarda, jamiyatda ijtimoiy faollik yo'qolib, ikkilanuvchanlik, beqarorlik kuchayadi. Xulqqa ko'chmagan, xulqqa konvertatsiya qilinmagan ma'naviyat kuchsiz, ojiz ma'naviyat bo'lib qoladi. Asrlar davomida bizning mustamlaka bo'lib kelganimizning ma'naviy sababi mana shunda.

O'zbekiston milliy ensiklopediyasida "ma'naviyat" tushunchasi "inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida "ma'no" so'zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'y-basti, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir7", degan ta'rif bor. Shuningdek, ma'naviyatli jamiyatda aql, sog'lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli bo'ladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi, deyiladi.

"Jahon falsafasi qomusi"da "ma'naviyat (arab. Ma'no, ma'nolar majmuasi) - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo'lgan ijtimoiy hodisa; insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezoni8" tarzida tavsiflanadi.

«Ma'naviyat» deganda insonning ruhiy olami, ongi, aqli va tafakkurining jam'i, ya'ni dunyoqarashi tushuniladi"9. O'tmishda bir xalqni o'ziga tobe qilgan dushman avvalo uni o'zligi, tarixi, madaniyati va ma'naviyatidan judo qilishga kirishgani bejiz emas. Zero, ma'naviyati zabt etilgan mamlakatda o'z tartiblarini o'rnatish mustamlakachilarning azaliy, tarix sinovidan o'tgan an'anaviy usullaridan biri bo'lib keldi. Shu yo'l bilan ma'naviy istilochi ma'nan qashshoq xalqni bora-bora o'ziga singdirib yuboradi. Buning uchun o'z mafkurasi va g'oyalarini joriy etib, ma'naviy asir qilib, kun bermaslik siyosatini tutadi. Bu haqda bundan 2700 yil oldin yashagan qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy " ... agar biror mamlakatni zabt etib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo'lsangiz, dastavval o'sha yerda yashayotgan xalqni o'z tarixi madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o'raladi, sizga qarshilik ko'rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish oson kechadi", - degan edi.

7 O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. Konimex - Mirzoqush. T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. - 704 b. 540-b.

8 Q.Nazarov. Jahon falsafasi qomusi. Ikki jildlik, I jild. "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, "Ma'naviyat" nashriyoti. Toshkent, 2023. 920 b. 763-bet.

9 «Ma'naviyat» va «Ma'rifat» so'zlari. https://islom.uz/maqola/4005. Ko'rish sanasi 2023 yil 30 sentyabr.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

Afsuski, uzoq yillar iqtisodiyot bilan ma'naviyatni bir-biriga bog'lamay tushunib, tushuntirib kelindi. Iqtisodiyot bilan ma'naviyat - jism bilan jon bir-biridan sun'iy, mexanik ravishda ajratib tashlangan edi. Yangi O'zbekistonda mana shu organik birlik - bir-birlaridan sun'iy ravishda ajratilgan jism bilan jon birlashdi. Bu birlik naqadar muhimligiga milliy tariximizda misollar ko'p. Masalan, biz Ikki Renessansni qurgan, ko'rgan millatmiz. Ikki Renessansda ham masala "Avval iqtisod, keyin siyosatmi?" yoki "Avval siyosat, keyin iqtisodmi" dilemmasi o'rtaga chiqmagan. Ikkalasi birga yuksalgan. Bugun ko'tarilgan "Yangi O'zbekiston = kuchli iqtisodiyot+kuchli ma'naviyat" formulasi mana shu ikki qudratli kuchni yaxlit tushunishni, ko'rishni, baholashni, birlashtirishni talab qilmoqda.

Shu paytgacha biz kitob, maqola, ma'ruzalarimizda kuchli ma'naviyat, degan iborani alohida talqin qilib, ishlatmaganmiz. Ma'naviyatni qandaydir yoqimli, ojiz, mayin xilqat, dinamik emas, statik hodisa deb keldik. "Kuchli ma'naviyat" iborasini birinchi bo'lib, Prezident Shavkat Mirziyoev o'z nutqida qo'lladi: «Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat».

Kuchli ma'naviyatimizning tarixda qanday rol o'ynaganini Prezidentimizning "Biz ergashuvchi millat emas, ergashtiruvchi millat bo'lganmiz", degan xulosasi ham qo'llab-quvvatlaydi. Ya'ni kuchli ma'naviyatga ega millat boshqalarning ta'siriga berilib, boshqalarga ergashib ketmaydi. Aksincha, o'z milliy ma'naviy potensialini tiklab, resurslarini o'rganib, rivojlantirib, qo'llab, boshqalarga ma'rifiy ta'sir ko'rsatadi. O'ziga ergashtiradi.

Bu esa o'zbekistonliklardan mamlakatni yuksalish cho'qqisigacha ko'tarishga yetarli kuch-qudrat - energiyani talab qiladi.

Energiya tushunchasi bugungi kunda turli, soha va ma'nolarda qo'llaniladi. Biroq, biz uchun uning dastlab Aristotelning «Fizika» traktatida inson faoliyatini anglatgani diqqatga sazovordir. Bundan tashqari, fizikada energiya biror ishni bajara olishga qodirlik sifatida talqin qilinadi. O'zbek tilining izohli lug'atida energiyaga "quvvat", deya ta'rif berilgan.

Agarda "ish" tushunchasini "milliy yuksal(ish)"ga qo'llasak, bunda energiya milliy g'oya shaklida milliy yuksalishni ta'minlovchi kuch-quvvat, qudrat ekanligi ayon bo'ladi. Biroq, milliy g'oya mavjudligining o'zi odamlarning milliy yuksalish yo'lidagi ongli ishlari uchun yetarli emas. Buning uchun analogiya metodi qo'llanilsa, ma'naviy kuch-qudrat energetikaga xos funksional xususiyatlarga egaligi ma'lum bo'ladi 10. Demak, ma'naviy energetika - mafkura sohasi bo'lib, g'oyaviy resurslarni o'zlashtirish, o'zgartirish, taqsimlash, yetkazish va nafaqat nazariy, balki amaliy foydalanish zarur bo'lgan gumanitar resurs. Ma'naviy energetika esa mana shu jarayonlarga xizmat qiluvchi barcha tarbiyaviy, ma'naviy-madaniy, ma'rifiy, san'at, tarix, OAV, internet, mahalla, oila kabi ijtimoiy tizimlar integratsiyasini tashkil qiladi. Uning maqsadi - insonning baxtli bo'lishga qaratilgan birlamchi ehtiyojlarini ikkilamchi - milliy g'oyaga aylantirish orqali kundalik hayotda, xizmat vazifalarini bajarishda g'oyaviy ishonch, motivatsion quvvatni pedagogik ta'minlashdir.

10 Energetika barcha turdagi energetik resurslarni o'zlashtirish, o'zgartirish, taqsimlash, yetkazish va foydalanishga xizmat qiluvchi barcha yirik tabiiy va sun'iy tizimlar integratsiyasini tashkil qiladi. Uning maqsadi - birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchi - elektr va issiqlik energiyasiga aylantirishni ta'minlash orqali quvvat ishlab chiqishni ta'minlashdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

Ana shunda kuchli ma'naviyat vijdonni, burchni, korrupsiyaga qarshi pozitsiyani, ijro intizomini kuchaytiradi. Iqtisodiyotni sog'lom, kuchli qiladi. U birlamchi energiya - xalqning bilim, kompetensiyalari(Inson kapitali)ni oshirib, o'zligi, g'ururini, vijdonini kuchaytirib, safarbar qilib, ikkilamchi energiyaga - harakatga, ongli, samarali mehnatga aylantiradi. Pedagogik ta'limda ushbu xususiyatlarni inobatga olish bo'lajak o'qituvchilarning metodologik tayyorgarligi samarasini oshiradi.

REFERENCES

1. Hikmatlar xazinasi. Ommabop nashr. Toshkent, "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti, 2014. 5-b.

2. Tafsirii zaboni tojiki. (Iborat az 2 jild) Jildi 1 A-N. Pajo'hishgohi zabon va adabiyoti Ro'daki. Dushanbe, 2008. - 950 s.

3. Alisher Navorny Navodir ush-shabob. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Ikkinchi jild. - T: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

4. Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Nasoyim ul-muhabbat.

5. Muhokamat ul-lug'atayn. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. O'ninchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

6. Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahyyirin. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Beshinchi jild. -T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

7. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. Konimex - Mirzoqush. T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. - 704 b. 540-b.

8. Q.Nazarov. Jahon falsafasi qomusi. Ikki jildlik, I jild. "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, "Ma'naviyat" nashriyoti. Toshkent, 2023. 920 b. 763-bet.

9. «Ma'naviyat» va «Ma'rifat» so'zlari. https://islom.uz/maqola/4005. Ko'rish sanasi 2023 yil 30 sentyabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.