Научная статья на тему 'HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA`LIMI SHTATLAR MIQYOSIDAGI TAHLILI'

HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA`LIMI SHTATLAR MIQYOSIDAGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hind xotin-qizlar ta`limi / shtatlar aro ta`lim / online ta`lim dasturi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Iroda Faxriddinovna Xayrullayeva

Mamlakatni taraqqiy etishida, taraqqiyot sari yetaklashda ayollar muhim rol o‘ynaydi. Ular milliy taraqqiyot uchun zarur bo'lgan tirik insoniyatning muhim mulkidir, shuning uchun Hindiston mamlakati jamiyatda ayollarning porloq kelajagini ko'rishi kerak bo'lsa, ularga sifatli ta'lim berish choralarini ko`rishi zarur. Ayollar tarbiyasi, sifatli ta`lim olishi jamiyat mavqeyini o'zgartirishning eng kuchli vositasidir. Ta'lim, shuningdek, gender tengsizliklarining kamayishiga olib keladi va ularning oiladagi mavqeyini yaxshilash vositasi funktsiyasini bajaradi. Ayollarning barcha darajadagi ta'limini rag'batlantirish, bilim va ta'lim berishda gender qaramaqarshiligini yo'qotish uchun shtatlarda faqat ayollar uchun maktablar, kollejlar va universitetlar tashkil etildi. Shuningdek, hukumat tomonidan xotin-qizlarga ularning sharoiti, oilaviy kelib chiqishi, moliyaviy axvolini hisobga olgan xolda online ta`lim dasturlarini ham ko`paytirib borilmoqda. Quyida biz hind xotin-qizlar ta`limi va uning jamiyat uchun ahamiyatini ko`rib o`tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA`LIMI SHTATLAR MIQYOSIDAGI TAHLILI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TALIMI SHTATLAR MIQYOSIDAGI

TAHLILI

Iroda Faxriddinovna Xayrullayeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti fahriddinovnairoda96@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mamlakatni taraqqiy etishida, taraqqiyot sari yetaklashda ayollar muhim rol o'ynaydi. Ular milliy taraqqiyot uchun zarur bo'lgan tirik insoniyatning muhim mulkidir, shuning uchun Hindiston mamlakati jamiyatda ayollarning porloq kelajagini ko'rishi kerak bo'lsa, ularga sifatli ta'lim berish choralarini ko'rishi zarur. Ayollar tarbiyasi, sifatli ta'lim olishi jamiyat mavqeyini o'zgartirishning eng kuchli vositasidir. Ta'lim, shuningdek, gender tengsizliklarining kamayishiga olib keladi va ularning oiladagi mavqeyini yaxshilash vositasi funktsiyasini bajaradi. Ayollarning barcha darajadagi ta'limini rag'batlantirish, bilim va ta'lim berishda gender qarama-qarshiligini yo'qotish uchun shtatlarda faqat ayollar uchun maktablar, kollejlar va universitetlar tashkil etildi. Shuningdek, hukumat tomonidan xotin-qizlarga ularning sharoiti, oilaviy kelib chiqishi, moliyaviy axvolini hisobga olgan xolda online ta'lim dasturlarini ham ko'paytirib borilmoqda. Quyida biz hind xotin-qizlar ta'limi va uning jamiyat uchun ahamiyatini ko'rib o'tamiz.

Tayanch so'zlar: hind xotin-qizlar ta'limi, shtatlar aro ta'lim, online ta'lim dasturi.

ABSTRACT

Women play an important role in the development of the country and in leading it towards development. They are an important asset of the living humanity which is necessary for national development, therefore, if the country of India wants to see a bright future for women in the society, it is necessary to take measures to provide them with quality education. Women's education is the most powerful tool for changing the status of society. Education also leads to the reduction of inequalities and functions as a means of improving their position in the family. Women-only schools, colleges and universities were established in the state to promote women's education at all levels, and to eliminate gender bias in imparting knowledge and education. Education develops the idea of participation in government, panchayat, public affairs to eliminate gender discrimination. Also, it

17-aprel, 2024

179

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

would be appropriate for the government to increase not only offline education, but also online education programs for women, taking into account their circumstances, family background, and financial situation. Below we will consider Indian women's education and its importance for society.

Keywords: Indian women's education, education across regions, online educational program.

АННОТАЦИЯ

Женщины играют важную роль в развитии страны и в ее движении по пути развития. Они являются важным достоянием живого человечества, которое необходимо для национального развития, поэтому, если страна Индия хочет видеть светлое будущее для женщин в обществе, необходимо принять меры по обеспечению их качественным образованием. Женское образование является мощнейшим инструментом изменения статуса общества. Образование также ведет к уменьшению неравенства и выступает средством улучшения своего положения в семье. В штате были созданы школы, колледжи и университеты только для женщин, чтобы способствовать образованию женщин на всех уровнях и устранить гендерную предвзятость в передаче знаний и образования. Образование развивает идею участия в правительстве, панчаяте, общественных делах для ликвидации гендерной дискриминации. Кроме того, правительству было бы целесообразно расширить не только офлайн-обучение, но и программы онлайн-обучения для женщин, принимая во внимание их обстоятельства, семейное происхождение и финансовое положение. Ниже мы рассмотрим образование индийских женщин и его значение для общества.

Ключевые слова: Образование индийских женщин, образование в регионах, онлайн образовательная программа.

KIRISH

Har bir bola o'zining to'liq salohiyatini ro'yobga chiqarishga loyiqdir, lekin ularning va ularga g'amxo'rlik qilayotganlarning hayotidagi gender tengsizliklar bu haqiqatga to'sqinlik qiladi. Hindistonning qayerida yashamasin, qiz bolalar har kuni o'z uylari va jamoalarida gender tengsizlikka duch kelishadi.

Bunday sharoitda muammoni hal qilishning asosiy choralaridan biri xotin-qizlarga talim berish hisoblanadi. Hindistonda xotin-qizlar talimi mamlakat, jamiyat hamda oila rivojlanishida beqiyos sanaladi. Mamlakat rivojlanishida xotin-qizlar talimi, ularning sifatli bilim olishi muhim qadamdir. Talim olgan xotin-qizlar har

17-aprel, 2024

180

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

sohada erkaklar bilan teng raqobat qilaolish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Oliy ma'lumotli ayollar o'z farzandlari kareyerasi uchun o'rnak vazifasini o'taydi. Xotin-qizlar kelajak avlodning zamini hisoblanadi. Shunday ekan ilmli ayol ilmli jamiyat poydevoridir. Agar biz bir bolaga ta'lim bersak, uning yorqin kelajagiga poydevor o'rnatgan bo'lamiz. Agarda qiz bolaga ta'lim bersak, kelgusidagi bir oilaning porloq kelajagi tamal toshini qo'ygan bo'lamiz. To'liq demokratiyaga erishgan mamlakat ildizining bir uchi erkaklar kabi xotin-qizlarning ham sifatli ta'lim olishiga bog'liq hisoblanadi.

METODLAR

Hindiston mamlakatida xotin-qizlar jamiyatning deyarli yarmini tashkil qiladi. Bu esa shubxasiz mamlakat taraqqiyot etishida ayollar sezilarli ravishda ta' sir etishini anglatadi. Shuning uchun ham xotin-qizlar ta'lim olishi juda muhim omildir. Ushbu maqolada biz hind xotin-qizlarining ta'lim olishi sohasidagi ijobiy va salbiy tomonlar, imkoniyat hamda to'siqlar, ta'lim olishning shtatlar kesimida o'rganilishi, hind xotin-qizlar online va offline ta'lim dasturlarini tahlil qilishda xronologik usul, monitoring, taqqoslash hamda tarixiylik metodlaridan samarali foydalandik.

MUHOKAMA

Hindiston hukumati universal ta'limga asoslanganligiga qaramay mamlakat Osiyodagi xotin-qizlar savodxonligi bo'yicha yomon ko'rsatkichlarni ko'rsatib kelmoqda. 1991 yilda mamlakatdagi 7 yoshli 330 million xotin-qizlarning 40%idan kamrog'i oliy ma'lumotga ega bo'lgan va bu bugungi kunda 200 milliondan ziyod ayollar savodsizligini anglatadi [1]. Xotin-qizlar orasida javodxonlikning past darajasi nafaqat ayollar turmush tarziga, shuningdek, ularning oilavit hayoti, jamiyat, mamlakatning iqtisodiy va ma'naviy yuksalishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuni aytib o'tishimiz kerakki, Hindiston mamlakatida savodxonlik darajasi haqida so'z borar ekan bugungi kunda savodxonlik darajasi ko'rsatkichlari o'sib bomoqda. Biroq mamlakat aholisi chinakam savodxon bo'lishi uchun oldinda yana ko'plab pog'onalarni bosib o'tishi zarur. Savodonlik darajasi mamlakatning turli hududlarida katta farq qiladi [2].

Hindiston shtatlari savodxonlik darajasi

O'rtacha

Shtatlar savodxonlik darajasi Erkaklar Ayollar

Andhara Pradesh 66.4 75.56 59.74

Arunachal Pradesh 66.95 73.69 59.57

Bihar 69.82 73.39 53.33

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

opportunitiesJoReaHzeHuma^PotentiaL

Chhattisgarh 71.04 81.45 60.59

Assam 73.18 78.81 67.27

Goa 87.4 92.81 81.84

Gujarat 79.31 87.23 70.73

Haryana 76.64 85.38 66.77

Himachal Pradesh 83.78 90.83 76.6

Jharkhand 66.4 78.45 56.21

Karnataka 75.6 82.85 68.13

Kerala 93.91 96.02 95.2

Madhya Pradesh 70.63 80.53 60.02

Maxarashtra 82.91 89.82 75.48

Manipur 79.85 86.49 73.17

Meghalaya 75.48 77.17 73.78

Mizoram 91.58 93.72 89.4

Nagaland 80.11 83.29 76.69

Odisha 73.45 82.4 64.36

Panjob 76.68 81.48 71.34

Rajastan 67.06 80.51 57.6

Sikkim 82.2 87.29 76.43

Tamil Nadu 80.33 86.81 73.86

Tripura 87.75 92.18 83.15

Uttarakxand 79.63 88.33 70.7

Uttar Pradesh 69.72 79.24 59.26

G'arbiy Bengaliya 77.08 82.67 71.16

Savodxonlik va talim darajasi mamlakat taraqqiyotining muhim ko'rsatkichidir. Xotin-qizlar savodxonlik darajasi 2011-2021 yillaardagi erkaklarnikiga nisbatan sezilarli darajada o'sdi. Kerala 95.2% bilan ayollar savodxonligi bo'yicha birinchi o'rinda tur-sa, Bihar, Jharkhand, Rajastan eng pastki qatorda turadi [3].

Mustaqillikdan so'ng hind hukumati tomonidan jins vakillari o'rtasidagi savodxonlik darajasidagi farqni kamaytirishga e4abor qaratib kelmoqda. Mamlakat sezilarli ravishda taraqqiyotga erishgan bo'lsa-da, hanuz bu farqni to'laligicha bartaraf etolmayapdi. Buning bir necha sabablari mavjud, misol uchun qiz bolalar uchun sifatli sanitariya sharoitining yo'qligi qishloq maktablaridagi asosiy muammo sanaladi. Shuningdek, o'quvchi qizlar oilaviy sharoiti, kelib chiqishi, kasta jihatidan tabaqalarga ajratish ham talim sufatini pasaytirishga olib keladi. Mamlakatning turli shtatlarida, xususan, Andxra-Pradeshda ko'p qizlarni voyaga yetmasidan erta turmushga berish talimni tashlab ketishning yana bir kata sababidir [2].

182

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

Xotin-qizlar talimi, ularning savodxonlik ko'rsatkichlari haqida gapirar ekanmiz, bu ko'rsatkichlar oz navbatida qishloq va shahar aholisiniki bilan solishtirganda ancha farq qiladi. Yuqorida keltirilgan sabablar, shuningdek, ayol o'qituvchilarning yetishmasligi, qizlar faqat oila xizmatchisi deb qaralishi, qalin puli, savodsiz ota-ona, patriarxat tuzum qishloq joylarda talimni davom ettirishga to'sqinlik qiluvchi omillar hisoblanadi. Quyida shtatlardagi shahar va qishloq joylarda talim ko'rsatkichlarini keltirib otamiz [3].

Qishloqlarda savodxonlik darajasi Shaharlarda savodxonlik darajasi

Shtatlar

Erkak Ayol Ortacha Erkak Ayol Ortacha

Andhra Pradesh 67.5 53.4 60.4 86.3 73.1 79.6

Assam 89.4 79.9 84.9 96.1 91.4 93.8

Bihar 78.6 58.7 69.5 89.3 75.9 83.1

Chhattisgarh 84 65.6 75 91.8 82.3 87.2

Dehli 94.1 83.4 89.4

Haryana 85.8 66.4 77 92.5 81.2 87.3

Uttar Pradesh 80.5 60.4 70.8 86.8 74.9 81.2

G'arbiy Bengaliya 82 72.6 77.4 91.4 84.7 88.1

Kerala 96.7 94.1 95.4 98.2 96.4 97.3

Karnataka 78.2 63.1 71 92.5 83.7 88.3

Odissa 82 67.3 74.9 94.4 85.9 90.2

Tamil Nadu 84.2 70.8 77.5 92.3 85.9 89

Telangana 70.6 53.7 62.1 91.7 79 85.8

Butun Hindiston 81.5 65 73.5 92.2 82.8 87.7

Pandemiya davridan (COVID-19) so'ng barcha mamlakatlarda bo'lgani kabi Hindistonda ham online ta'lim jadallik bilan rivojlanib ketdi. Bu ayniqsa xotin-qizlar ta'limida anchayin ijobiy natijalarga sabab bo'ldi. Online ta'lim oluvchi o'quvchilar soni bo'yicha hind mamlakati ikkinchi o'rinda turadi[4]. Hind xotin-qizlarining online mashg'ulotlarga qatnashishi 2019-yilda 26 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilga kelib bu ko'rsatkich 32 foizga ko'tarilgan[4]. Online ta'limdan ayniqsa xotin-qizlar ko'proq foydalanmoqdalar. Online ta'lim dasturi orqali ayollar ko'chaga chiqmasda, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o'z ta'lim faoliyatlarini davom ettirishga muvaffaq bo'lmoqdalar.

17-aprel, 2024

183

Tashkent State University of Economics

XULOSA

Hindiston hukumatining mamlakat hisobotiga ko'ra, qizlarning ta'lim olishi jamiyatdagi mavqeyini o'zgartirishning eng kuchli vositasidir. Ta'lim, shuningdek, gender tengsizliklairning kamayishiga olib keladi va xotin-qizlarning oiladagi o'rnini yaxshilaydi. Ko'proq qizlarni umumiy ta'limga jalb qilish uchun hukumat bepul kitoblar, kiyim-kechak, internat va turar joy, stipendiyalar, arzon va sifati online ta'lim dasturlarini taqdim etmoqda. Bu esa jamiyatda o'qimishli ayollar soni ko'payishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. Women's Education in India/CollegeSearch. https: //www. collegesearch. in/articles/womens-

education#:~:text=Despite%20the%20Indian%20govemment's%20strong,million%2 0women%20remain%20illiterate%20today

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Facts About Literacy Rate in India-CARE India. https://www.careindia.org/blog/literacy-rate-in-

india/#:~:text=Literacy%20Rate%20of%20Women%20in%20India&text=Kerala%2 0has%20the%20highest%20female%20literacy%20rate%20at%2095.2%20per%20ce

nt

3. 10 states with good women literay rate - GR https://m.groundreport.in/article/education/10-states-with-good-women-literacy-rate/106070

4. Online learning trends in Indian reveal how the future is female - India Today. https://www.indiatoday.in/education-today/featurephilia/story/online-learning-trends-women-in-india-coursera-report-1921852-2022-03-07

184

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.