Научная статья на тему 'HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMI XUSUSIYATLARI'

HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
93
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hind xotin-qizlar ta’limi / ta’lim dasturlari / ijobiy jihatlar / sohadagi stereotiplar. / education of Indian girls / educational programs / positive aspects / stereotypes in the field.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xayrullayeva, Iroda Faxriddinovna

Ushbu maqola Hindiston ta’lim tizimi, xususan mamlakat jamiyatida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar ta’limiga bag’ishlanadi. Bundan tashqari maqolada bu sohadagi amalga oshirilgan dasturlar, yutuq hamda kamchiliklarni tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF WOMEN'S EDUCATION IN INDIA

This article is devoted to the education system of India, in particular to the education of women living in the society of the country. In addition, the article provides an analysis of implemented programs, achievements and shortcomings in this field.

Текст научной работы на тему «HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMI XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

HINDISTONDA XOTIN-QIZLAR TA'LIMI XUSUSIYATLARI

Xayrullayeva Iroda Faxriddinovna

ToshDShU tayanch doktoranti fahriddinovnairoda96@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Hindiston ta 'lim tizimi, xususan mamlakat jamiyatida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar ta'limiga bag'ishlanadi. Bundan tashqari maqolada bu sohadagi amalga oshirilgan dasturlar, yutuq hamda kamchiliklarni tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: hind xotin-qizlar ta'limi, ta'lim dasturlari, ijobiy jihatlar, sohadagi stereotiplar.

This article is devoted to the education system of India, in particular to the education of women living in the society of the country. In addition, the article provides an analysis of implemented programs, achievements and shortcomings in this field.

Key words: education of Indian girls, educational programs, positive aspects, stereotypes in the field.

Данная статья посвящена системе образования Индии, в частности образованию женщин, проживающих в обществе страны. Кроме того, в статье приводится анализ реализованных программ, достижений и недостатков в этой области.

Ключевые слова: образование индийских девочек, образовательные программы, положительные стороны, стереотипы в данной сфере.

Xotin-qizlarning bilim olishi ularning jamiyatdagi mavqeyini o'zgartirish yo'lining asosiy richagi hisoblanadi. Bilimli ayollar jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun juda muhim rol o'ynashi mumkin. Ta'lim ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rnini tiklash vositasi sifatida tengsizlik va nomutanosibliklarni yo'qolishiga imkon beradi. Bu ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, farovonlik, rivojlanish uchun asosiy omil hisoblanadi. Ta'lim ayollarga jamiyatdagi ko'pgina eshiklar ochilishiga imkon beradi. Bunday holat albatta xotin-qizlar imliy salohiyatini oshirish hisobigagina erishiladi. Hindistonda xotin-qizlammg jamiyatdan chetda qolib ketishini oldini olishda ta'lim sohasi asosiy rol o'ynaydi. Ushbu maqolada Hindistonda xotin-qizlar ta'limiga oid mavjud holat aks ettiriladi.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOT VA METODLAR

Maqolaning maqsadi hind xotin-qizlar ta'limi xususiyatlarini shtatlar kesimida tahlil qilish, bu masaladagi afzalliklar hamda to'siqlarni o'rganish, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlarni ko'rib chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun kontent, tarixiy tahlil, qiyosiy, xronologik metodlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Davlat, jamiyat va oila taraqqiyotida ayollarning o'rni kata ahamiyat kasb etadi. Fikrimiz dalili sifatida, bugungi kunda dunyoning 8 milliard aholisining1 49,5 foizini xotin-qizlar tashkil etishini misol tariqasida keltirishimiz mumkin2. Mamlakatda demokratiya muvaffaqiyatga erishishi uchun erkaklar bilan birga ayollar ham ta'lim olishlari zarur. Ta'lim olgan ayollar nafaqat o'z hayot yo'llari, xususan, oila, jamiyat, davlat kelajagining ham rivojlanishida turtki vazifasini o'taydi.

Ko'pgina sharq mamlakatlari singari Hindistonda ham ayollarning savodxonlik darajasi erkaklarnikidan past. O'g'il bolalarga qaraganda qizlar kamroq maktabga qatnaydi hamda o'quv yillarida iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatlar sabab ularning ko'pchiligi o'qishni tashlab ketishadi. Ayollar davlat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. XXI asrga kelib mamlakat iqtisodiy boyligi nafaqat erkaklarga, balki ayollar mehnatiga ham bog'liq. Milliy statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Hindistonda ayollarning savodxonlik darajasi 70,3 foizni, erkaklarniki esa 84,7 foizni tashkil qiladi 3 . Bu bo'shliq Hindistondagi ayollarning ta'lim darajasidagi nomutanosiblikni ifodalaydi.

Mamlakatda ayollarning ta'lim olishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi bilan to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir. Ayollar bilimli bo'lsa, ular o'zlarinig moliyaviy va uy xo'jaliklarini yaxshiroq boshqarishlari mumkin. Hindistonda ayollar ta'limi muhimligining bir qancha sabablari mavjud. Quyida bu sabablarni keltirib o'tsak:

Normativ huquqlar: ta'lim mamlakatdagi har bir fuqaroning asosiy huquqidir. Barcha xotin-qizlar tabaqasi, ijtimoiy qatlami, oilaviy ahvoli va yoshidan qat'iy nazar, ta'lim olish huquqiga ega. Ta'lim maqomga asoslangan imtiyoz emas, balki asosiy inson huquqidir.

Tenglik: ayollarning ta'lim olishi jamiyatda gender tenglikni ta'minlaydi. Aksariyat hind oilalarida o'g'il bolalar ta'lim olishi ta'minlanadi, ammo qizlarning ta'lim olish masalasi biroz orqada. Bu esa yoshlikdanoq qizlar o'g'il bolalarga

1 https://www.worldometers.info/worldpo pulation/#:~:text=8%20Billion%20(2022),according%20to%20the%20United%20Nations.

2 https://countrymeters.info/en/World

3 https://www.hercircle.in/engage/get-inspired/trending/women-education-in-india-history-and-education-status-of-women-in-india-4031.html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qaraganda jamiyatda ancha past mavqega ega degan noto'g'ri tushunchaning shakllanishi nuqtasi hisoblanadi. Ko'pgina o'g'il bolalar va erkaklarda tarbiyalanadigan ustunlik tuyg'ulari ko'pincha bu yoshlikdagi tengsizliklardan kelib chiqadi.

Imkoniyat va mustaqillik: ayollar bilimli bo'lsagina o'zlarini ishonchli va kuchli his qilishlari mumkin. Ular o'z pullarini topishlari uchun ko'nikmalarni o'rganishlari mumkin. Bu ularni mustaqil va erkakka tayanmasdan o'zlariga g'amxo'rlik qilish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari oila iqtisodiyotiga ham foyda keltirib, oilada shaxs sifatida o'rin topishiga ham imkoniyat yaratib beradi.

Ruhiy va jismoniy farovonlik: o'qimishli ayol o'zi va oila a'zolarining ruhiy va jismoniy salomatligiga g'amxo'rlik qilishga ko'proq qodir bo'ladi.

Oilani rejalashtirish: Xotin-qizlarga ta'lim berish orqali erta turmush qurish va erta farzand ko'rish kabi jamiyatdagi muammolarga yechim bo'ladi. Bu esa o'z navbatida voyaga yetmagan qiz bolalar va chaqaloqlar o'limi sonini kamaytirishga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Mamlakat mustaqillikni qo'lga kiritganidan so'ng asta sekin barcha sohalarda, shuningdek, xotin-qizlar ta'limi sohasida ham ko'pgina qonun, loyihalarni ishlab chiqdi. Xususan, ayollar uchun ta'lim olish imkoniyatlari "Ta'lim olish huquqi" bilan kafolatlandi. Shuningdek, 1948 yil Konstitutsiyaga 36-modda, 1949 yilda esa 45-modda kiritildi. Unga ko'ra, Har bir fuqaro bepul boshlang'ich ta'lim olish huquqiga ega va davlat ushbu Konstitutsiya qabul qilingan kundan boshlab o'n yil ichida barcha bolalar o'n to'rt yoshga to'lgunga qadar bepul va majburiy ta'lim olishlarini ta'minlashga harakat qiladi4.

Bu kabi sa'y-harakatlar sekinlik bilan bo'lsada o'z ijobiy ta'sirini ko'rsata boshladi. Quyidagi jadvalda mamlakat aholisini ro'yxatga olish yillarida xotin-qizlar savodxonlik darajasi ko'rsatilgan5.

Aholini ro'yxatga olish Xotin-qizlar savodxonlik

yili darajasi (%)

1951 8.9

1961 15.4

1971 22

1981 29.8

1991 39.8

2001 53.7

4 https://www.constitutionofindia.net/artides/artide-45-provision-for-early-childhood-care-and-education-to-children-below-the-age-of-six-years/

5 https://www.unesco.org/en/artides/why-educating-women-more-important-we-realize#:~:text=Of%20the%2077.7%25%20Indian%20literacy,%25%20(as%20per%20UNESCO).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

2011 64.6

2022 70.3

Hindistonda ayollaming savodxonlik darajasi har yili asta-sekin o'sib bormoqda. Bu ikki narsani aks ettiradi - biri odamlarning, ayniqsa, qizlarini boshlang'ich ta'limga yuborayotgan qizlarning ota-onalari ongida sekin bo'lsa-da barqaror o'zgarish sodir bo'layotganligi. Ikkinchisi, maktablar, universitetlar va muassasalarda qizlar va ayollar uchun boshlang'ich va qo'shimcha ta'lim olish imkoniyatlari kengaytirilayotganligidir.

Hindiston mamlakati nafaqat hududiy jihatdan keng, shu bilan birgalikda turli xil ko'p miqdordagi millat, elat va din vakillari istiqomat qilayotgan davlat hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatdagi shtatlarning istimoiy-siyosiy hayoti turlicha, shuningdek, xotin-qizlar ta'limi sohasi ham bundan mustasno emas. Misol uchun, Kerala (93.91 %), Lakshadvip (92.28%) va Mizoram (92.28%) shtatlarida xotin-qizlar ta'lim olish ko'rsatkichi yuqori darajada bo'lsa, Bihar (63.82%), Arunachal-Pradesh (66.95%) hamda Rajastan (67.06%) shtatlari eng quyi ko'rsatkichlarni qayd etadi6.

Bugungi kunda Hindiston xotin-qizlar va bolalar taraqqiyoti vazirligi ro'yxatidan o'tgan bir nechta xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan dasturlar ishab chiqilgan. Jumladan7,

✓ Beti Bachao, Beti Pathao (Qizni qutqar, qizni tarbiyala) - Hindiston hukumati tomonidan 2015 yil 22 yanvarda boshlagan dastur. U asosan Uttar-Pradesh, Haryana, Uttarakxand, Panjob, Bihar va Dehlidagi klasterlarga mo'ljallangan8;

✓ One Stop Centre Scheme (Bir oyna markazi) - ushbu dastur gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi qaratilgan. 2015 yil 1 apreldan boshlab o'z faoliyatini yuritib keladi. Dasturning asosiy maqsadi zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarga keng ko'lamli xizmatlardan foydalanishni osonlashtirishdan iborat9;

✓ Women Helpline Scheme (Ayollar ishonch telefoni) - zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarga qaratilgan va butun mamlakat bo'ylab xotin-qizlar bilan bog'liq hukumat dasturlari orqali 24 soat davomida zudlik bilan favqulotda yordam ko'rsatishga mo'ljallangan yagona call markazi;

✓ UJJAWALA: Odam savdosini oldini olish, odam savdosi va tijorat maqsadidagi jinsiy eksplutatsiya qurbonlarini qutqarish, reabilitatsiya qilish hamda qayta integratsiya qilishning kompleks dasturi;

6 https://www.collegesearch.in/articles/womenseducation#:~:text=Despite%20the%20Indian%20government's%20stron g,million%20women%20remain%20illiterate%20today.

7 https://wcd.nic.in/schemes-listing/2405

8 Beti Bachao Beti Padhao | Ministry of Women & Child Development https://wcd.nic.in/bbbp-schemes

9 https://wcd.nic.in/schemes/archive-one-stop-centre-scheme

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

✓ Sakhi Niwas - Hindistonning turli mintaqalarida ushbu dastur nomi ostida uylaridan uzoqda jylashgan shaharlarda ishlaydigan ayollar va ularning farzandlari qolishi mumkin bo'lgan yotoqxona ijaraga beish dasturi10;

✓ SWADHAR Greh - Ayollar va bolalar taraqqiyoti vazirligining muhim dasturi bo'lib, u og'ir ahvolda bo'lgan ayollarga, ayniqsa oilasi tomonidan tashlab ketilgan bevalar, qamoqdan ozod qilingan va oilasining yordamisiz mahkum, tabiiy ofatlardan omon qolgan, odam savdosi qurboni bo'lgan xotin-qizlarga mo'ljallangan11.

Yuqorida sanab o'tilgan afzalliklarga qaramasdan, Hindistonda ayollarning ta'lim olishida ko'plab to'siqlar mavjud. Ayollarning ta'lim olishidagi to'siqlarning ba'zilari ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, ular gender stereotip va tengsizliklaridan kelib chiqadi, boshqalari esa iqtisodiy tashvish va cheklovlar bilan bog'liq.

Uzoq vaqt davomida ayollarning ta'lim olishi butun dunyo bo'ylab ilmiy munozaralarda dolzarb mavzu bo'lib kelgan. Biz odamlarning ta'lim har qanday narsani boshqarishning asosiy vositasi ekanligini tez-tez guvoh bo'lamiz. Hindiston davlatida yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ko'plab institut, universitet, kollej, maktablar barpo etildi12. Biroq ayrim sabablar tufayli hind jamiyatidagi xotin-qizlar ta'lim olishi masalasi to'siqlarga duch kelmoqda, jumladan:

-I- Ish joyidagi diskriminatsiya;

Gender tengsizliklari;

Moliyaviy ekspluatatsiya;

Akademiklarga kamroq qiziqish;

-I- Yoshlikda turmush qurish;

-I- Oilaviy ferma yoki biznesda ishlash va boshqalar.

Mazkur omillarga qo'shimcha ravishda, xotin-qizlar, asosan shahar chetida istiqomat qiluvchilar turli sabablarga ko'ra maktabni tashlab ketishadi, jumladan, yaqin atrofdagi o'quv markazlarining yetishmasligi, xavfli transport turlari va xotin -qizlar uchun alohida xojatxonalarning yetishmasligi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillikdan so'ng hind hukumati tomonidan xotin-qizlar ta'limiga alohida e'tibor qaratildi va shu maqsadda bir nechta ayollar ijtimoiy -siyosiy faoliyatiga yordam beruvchi dasturlar shakllantirildi. Jamiyatda hanuz xotin-qizlar ta'lim olish masalasiga qarshi ayrim to'siqlar bo'lishiga qaramasdan, xotin-qizlar ta'lim salohiyati oshib bormoqda .

10 https://wcd.nic.in/schemes/sakhi-niwas

11 SWADHAR Greh (A Scheme for Women in Difficult Circumstances) | Ministry of Women & Child Development https://wcd.nic.in/schemes/swadhar-greh-scheme-women-difficult-circumstances

12 https://pib.gov.in/PressReleaseIframePage.aspx?PRID= 1881515

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

REFERENCES

1. Falguni Suthar. A Review on Indian education System with issues and challenges. Ganpat University, Guarat:2021. p.17-22.

2. Manya Join. A study of India's failing education system. Delhi:2020. -P.12.

3. https://www.worldometers.info/worldpopulation/#:~:text=8%20Billion%20(2022), according%20to%20the%20United%20Nations.

4. https: //www.hercircle.in/engage/get-inspired/trending/women-education-in-india-history-and-education-status-of-women-in-india-4031 .html

5. https://www.constitutionofindia.net/articles/article-45-provision-for-early-childhood-care-and-education-to-children-below-the-age-of-six-years/

6. https://www.unesco.org/en/articles/why-educating-women-more-important-werealize#:~:text=0f%20the%2077.7%25%20Indian%20literacy,%25%20(as%20pe r%20UNESC0).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.