Научная статья на тему 'HARBIY VATANPARVARLIK LEKSIKASIDA GIPONIMIYA'

HARBIY VATANPARVARLIK LEKSIKASIDA GIPONIMIYA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Giponimiya / giponim hamda giperonim atama / mikrotizimning markaziy leksemasi / implisit / semantik maydon / ierarxik aloqa / giperonimik (tur-jins) munosabat / partonimik (butun –bo‘lak) munosabat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Firuza Jalolovna Murodova

O‘zbek tili so‘zga, so‘zning turli ma’no qirralariga boy til. Undagi sinonimlar, omonimlar, antonim, partonim, giponimlar, ibora va tasviriy ifodalar leksikonimizning naqadar boy ekanligini ko‘rsatib turadi. Leksikologiyaning tadqiqi leksemalarning semantik tomonlarini, semik qirralarini tahlil qilish imkonini beradi. Xususan, giponimiya haqida so‘z ketar ekan, leksik birliklarning umumiy va xususiy tomonlarini, tor va keng munosabatdagi sememalarini o‘rganish dolzarbligini ko‘rsatadi. Negaki, bugungi kunda sohalar nutqi leksikasini boyitish, rivojlantirish soha tiliga oid giponimik qatorlarni tahlil qilishni taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HARBIY VATANPARVARLIK LEKSIKASIDA GIPONIMIYA»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

HARBIY VATANPARVARLIK LEKSIKASIDA GIPONIMIYA

Firuza Jalolovna Murodova

ChDPU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbek tili so'zga, so'zning turli ma'no qirralariga boy til. Undagi sinonimlar, omonimlar, antonim, partonim, giponimlar, ibora va tasviriy ifodalar leksikonimizning naqadar boy ekanligini ko'rsatib turadi. Leksikologiyaning tadqiqi leksemalarning semantik tomonlarini, semik qirralarini tahlil qilish imkonini beradi. Xususan, giponimiya haqida so'z ketar ekan, leksik birliklarning umumiy va xususiy tomonlarini, tor va keng munosabatdagi sememalarini o'rganish dolzarbligini ko'rsatadi. Negaki, bugungi kunda sohalar nutqi leksikasini boyitish, rivojlantirish soha tiliga oid giponimik qatorlarni tahlil qilishni taqozo etmoqda.

Kalit so'zlar: Giponimiya, giponim hamda giperonim atama, mikrotizimning markaziy leksemasi, implisit, semantik maydon, ierarxik aloqa, giperonimik (tur-jins) munosabat, partonimik (butun -bo'lak) munosabat.

1968- yilda ingliz olimi Dj.Layonz tomonidan giponimiya, giperonim, giponim so'zlari jins-tur munosabatini ifodalovchi atamalar sifatida tilshunoslikka olib kirildi. Uning 1977-yilda Londonda bosilib chiqqan "Semantika" kitobida giponimiya haqida to'liq ma'lumot berilgan1. Shundan keyin giponimiya haqidagi dastlabki ilmiy axborotlar rus tilshunosligida ham vujudga kela boshladi. Taniqli rus tilshunoslari A.A.Ufimseva, L. Novikov, Zemskiy va boshqalarning ishlarida, Fomyanova hamda Suprun tahriri ostida chop etilgan "Общие языкознания" kitobida, Yu.S.Stepanovning "Общие языкознания" nomli asarida hamda fransuz tilshunosi V.G.Gakning asarlarida ham bu atama dastlabki ilmiy mulohazalar sifatida ifodalangan2. O'zbek tilshunosligida esa giponimiya hodisasini dastlab R.Safarova 1990 yildagi "Гипонимия в узбекском языке (на материале общеупотребителных зоонимов)"3 deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida, J.Sh.Djumabaeva esa "O'zbek va ingliz tillarida leksik va stilistik graduonimiya" deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Tilshunos olima R.Sayfullaeva giponimlar haqida "Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko'pgina ma'noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning

1 Yo'ldoshev I, Muhamedova S, Xolmanova Z, Majidova R, Sultonova Sh. Darslik. Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish) — Toshkent: «Barkamol fayz media», 2018. b-192

2 Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent: O'qituvchi, 1996. b-4.

3 Сафарова Р. "Гипонимия в узбекском языке (на материале общеупотребительных зоонимов)". АВТОРЕФЕРАТ диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Тошкент: 1990

May 2024

420

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUmversity^fUzbekista^^^^^^^^^M

markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon bo'luvchi lug'aviy birlik. Giponim esa ma'lum jins turining nomini hamda o'zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma'nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo'lgan lug'aviy birlik4" deb ta'riflasa, taniqli tilshunos olim H.Jamolxonov esa "Lug'at boyligidagi leksemalarning pog'onali (ierarxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma'no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma'no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma'no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo'ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi5", degan g'oyani ilgari suradi. Demak, giponimiya hodisasi leksemalarni tur va jins, butun va bo'lak munosabatlari asosida voqelanishidir.

Barcha soha nutqi leksikasida bo'lgani kabi harbiy vatanparvarlik nutqi leksikasida ham giponimlardan keng foydalaniladi. So'zning semantik maydonidagi o'rniga qarab leksemalar giperonim va giponim kabi turlarga bo'linadi. Giponimlar sememasi bir turda bo'lib, giperonimga tegishliligi va sememalari umumiy semaga egaligi holda, giperonim leksema sememasiga teng keladi.

Leksemalarning ma'nosidagi giperonimik (tur-jins), partonimik (butun -bo'lak) munosabati soha tili lug'at boyligini yoxud undagi ayrim terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. Bu esa tildagi leksemalarning paradigmalari, ya'ni leksemalarning ma'no guruhlarini aniqlash imkonini beradi. Masalan, harbiy leksikadagi "harbiy kiyim" leksik birligining mazmuniy guruh a'zolari: sovut, kaska, telnyashka, shinel, furajka, shlyom, kitel, kombizon, kushetka, pidjak, bushlat, fufayka; harbiy mashinalar mazmunli guruh a'zolari: amfibiya, tank, transportyor, barja va b.q.lar.

Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik munosabatlari sifatida mavjud. U nutq orqali namoyon bo'ladi. Shu boisdan nutqda ko'pincha umumiy leksemalardan foydalanish qulaylik tug'diradi. Umumiylik -barcha uchun tushunarli bo'lsa, xususiylik soha tili doirasida yorqin namoyon bo'ladi. Masalan, hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning O'zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigidagi nutqidagi ayrim leksik birliklarni tahlilga tortamiz:

1. Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq, el-yurt himoyasi yo'lida metin qalqon bo'lgan mard va jasur harbiylarimiz O'zbekistonning chinakam vatanparvar bahodirlari, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

2. Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar! Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!

4 Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. Toshkent. 2010. 6-117.

5 Jamolxonov X. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. Toshkent. 2005. 6-125.

May 2024

421

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

1-gapda keltirilgan harbiylarimiz so'zi umumiylik, yaxlitlik ma'nosini ifodalovchi leksema sifatida 2-gapda keltirilgan askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari lug'aviy birliklari shu harbiylarning alohida alohida mansab nomlarni ifodalovchi tushunchalar sifatida biriktirib, qamrab oladi. Bu o'rinda harbiylar, askar va serjantlar, ofitser va generallar tipidagi so'zlar umumiylik va xususiylik tushunchalari hamda butun-bo'lak semalari sifatida yaqqol namoyon bo'ladi. Jumladan,

Harbiy - armiyadagi, harbiy ishdagi kishi, harbiy xizmatchi. Hech kim harbiylarga xos chaqqonlik bilan javob bermadi. Shuhrat, Shinelli yillar6.

Askar - harbiy xizmatdagi shaxs. ... bir guruh ota-onalar Qashqadaryo viloyatidagi askarlarning hayoti bilan tanishish maqsadida keldilar. Gazetadan7.

Serjant - militsiya, politsiya va armiyada kichik komandirlarga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo'lgan shaxs. Men bilan yonma-yon bir serjant ham otishib edi, ... Oydin, Hikoyalar8.

Ofitser - Qurolli kuchlar, politsiya va jandarmeriyaning komandirlar tarkibidagi harbiy xizmatchi. Polkovnik soldat va ofitserlarning jangovar tayyorgarligi qanday borayotganini tekshirdi. A.Qahhor. Oltin Yulduz9.

General - oliy qo'mondonlik tarkibiga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo'lgan shaxs. General boshqa bir necha komandirlar bilan kombat yerto'lasiga kirdi. Oybek, Quyosh qoraymas10.

Ko'rinib turibdiki, harbiylar leksemasida ma'no umumiy, harbiy xizmatdagi barcha hizmatchilar ma'nosida ifodalansa, qolgan leksemalarda alohida ma'no -harbiy xizmatchilarning mehnat faoliyati, martabasi va unvonini nazarda tutadi.

Garchand, partonimik (butun-bo'lak) munosabatini ifodalash asosida hosil bo'lgan lug'aviy birliklarning qatori gipo-giperonimik munosabatlarni ifodalash asosida bog'langan leksik paradigmalarga juda o'xshasa hamki, giponimik hamda partonimik qatorlardan har birini hosil hiladigan lug'aviy birliklar orasidagi aloqa bir-biridan keskin farq qiladi11. Chunonchi, harbiy so'zi shaxs otiga nisbatan olinganda butun tushunchasini ifodalovchi so'z sifatida qo'llaniladi. Biroq, bu so'z belgi (sifat so'z turkumi)ga nisbatan ishlatilganda (harbiy qism, harbiy soha, harbiy qo'shin kabi) lug'aviy birliklarning leksik-semantik tizimi doimiy barqaror aloqa va barqaror

6 O'zbek tilining izohli lug'ati. (keyingi o'rinlarda O'TIL tarzida beriladi) 5-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-508.

7 O'TIL. 1-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-106.

8 O'TIL. 3-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-485.

9 O'TIL. 3-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-159.

10 O'TIL. 1-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-492.

11 Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent: O'qituvchi, 1996. b-6.

May 2024

422

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUmversity^fUzbekista^^^^^^^^^M

munosabat sifatida xarakterlanuvchi leksik paradigmalarni hosil qila olmaydi. Negaki, nutq sharoitida bir kontekstda bir so'z bilan bog'lansa, ikkinchi bir kontekstda yana bir boshqa so'z bilan bog'lanib keladi. Bu hol butun-bo'lak tushunchalarini ifodalovchi so'zlarning kontekst doirasida okkazional ma'noga ega ekanligidan, bunday so'zlar tizimi til doirasidagi paradigmatik qatorlarni hosil qila olmasligidan daloloat beradi. Masalan, shaxs oti ma'nosini ifodalab keluvchi harbiy so'zi bevosita harakatni bildiruvchi so'zlar bilan bog'lansa (Tadbirda bir guruh harbiylar ishtirok etdi. Gazetadan), belgi bildirib keluvchi ushbu so'z asosan, narsa-predmet oti, o'rin-joy oti, shaxs otlari bilan birikib keladi (harbiy samolyot, harbiy kiyim, harbiy baza kabi).

Umuman olganda, tildagi gipo-giperonimik qatorlar tilning lug'at qatlami, sohalar tili leksikasining boy ekanligini ko'rsatuvchi omil sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES:

1. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent: O'qituvchi, 1996. b-4.

2. Сафарова Р."Гипонимия в узбекском языке (на материале общеупотребителных зоонимов)". АВТОРЕФЕРАТ диссертатции на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Тошкент: 1990

3. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. Toshkent. 2010. b-117.

4. Jamolxonov X. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. Toshkent. 2005. b-125.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. (keyingi o'rinlarda O'TIL tarzida beriladi) 5-jild. Toshkent. "O'zbekiston nashriyoti". 2020. b-508.

423

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.