SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
TERMINLARINING TILDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Firuza Ikramovna Andapulatova
Farg'ona davlat universiteti akademik litseyining fransuz til fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada terminlarining tildagi o 'mi, boyish manbaalari, ularning tematik tasnifi misollar yordamida keltirilgan, etimologik qatlami tasnif etilgan va kulolchilik leksikasi uchun ham xos xususiyat sanalgan, ularning izohi yoritilib berilgan.
Tayanch so'z va iboralar: traditsion leksikasi, so'z-terminlar, Kasb-hunar leksikasi, gipergiponimik, partonimik, xolo-meronimik, semantik maydonning yadrosi, dominanta, giperonim.
Har bir xalqning milliyligini, o'ziga hos an'analarini ifoda etuvchi vositalardan biri bu- TERMINDIR. Terming har qaysi tilde tadqiq etilganidek o'zbek tilshunoslikda ham o'rganish obyekti sifatida tadqiqotga tortilgan.Akademik Sh.Shoabdurahmonov o'zbek tili leksikasini bir tizimga jamlash va ilmiy jihatdan o'rganish nihoyatda zarurligi haqida quyidagi fikrlarni bayon qilgan edi: "Agar yaqin kelajakda o'zbek traditsion leksikasi to'laligi bilan qayd qilib olinmasa, barcha mas'uliyatni hisobga olgan holda aytish mumkinki, keksa avlod tugab borishi bilan tilning ular hofizasida saqlanib, bizgacha yetib kelgan qimmatli materiallarning bir qismi hamishalikka yo'qolishi mumkin"1.
O'zbek tilidagi kasb-hunar leksikasini to'plashga birinchi bo'lib taniqli tilshunos olim S. Ibrohimov kirishgan edi. U turmushmizdan izi o'chib borayotgan, hali hech kim tomonidan o'rganilmagan Farg'ona shevasidagi kasb-hunarga oid so'z-terminlarni to'plab lingvistik jihatdan tahlil qildi va bunday so'zlar lug'atini tuzdi .
A. Sobirov bu olimning xizmatlarini e'tirof etib, quyidagi jumlalarni taqdim etadi: "Kasb-hunar leksikasining tarkib topishi va rivojlanishida professor S. Ibrohimovning xizmatlari beqiyos sanaladi. Olim ipakchilar, tandirchilar, shuvoqchilar, degrezlar, rixtagarlar, metallsozlar, temirchilar, qulfsozlar, ignachilar, pichoqchilar, chilanganlar, taqachilar, na'lgarlar, misgarlar, anjomasozlar, mixgarlar, zanjirsozlar, naqqoshlar, zargarlar, miynogarlar, savotgarlar, gahchilar leksikasidan 2500 ga yaqin leksik birliklarni yig'ib olib, ular ustida tadqiqot ishlari olib bordi. Natijada keyinchalik bajarilgan ko'plab ishlar uchun uning asarlari qimmatbaho manba vazifasini o'tadi. 6090 yillarda terminolog va leksikologlarning butun bir avlodni tarbiyalab voyaga
1 Shoabdurahmonov Sh.O'zbek adabiy tili va xalq shevalari-Toshkent, 1962. - B.325
2 Ibrohimov S. Farg'ona shevalarining kasb-xunar leksikasi. -Toshkent, 1959.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yetkazishda S. Ibrohimov asos solgan professional leksikologiya maktabining o'rni
-5
beqiyos katta bo'ldi" .
Bundan ko'rinadiki, kasb-hunar leksikasi ham kishilarning mehnat faoliyati, kundalik mashg'uloti bilan bog'liq holda o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. Kishilarning kasb faoliyati inson hayotining uzviy bir qismi bo'lgani uchun, urf-odatlari, qadriyat va an'analarini ham e'tiborga olgan holda o'rganish zarur.
Kasb-hunar leksikasi terminlar kabi tilning maxsus birliklari qatoridan o'rin oladi. Kasb-hunar leksikasi muayyan kasb-hunar doirasida qo'llanuvchi, unga daxldor maxsus birliklardir. Har bir tilda xalq hayoti, turmushi bilan bevosita aloqador kasbiy sohalarga oid so'zlar rang-barang bo'lib, qo'llanilishi jihatidan terminlarga nisbatan faol leksik qatlamlardan sanaladi. Terminologiyada so'zlarning terminlashishi va buning aksi, terminlarning determinlashishi yuzaga chiqadi. Kasb-hunar leksikasi ham, terminlar ham maxsus leksika tarkibiga kiradi. Kasb-hunar leksikasi termin maqomida quyidagi xossalarga ega:
1. Kasb-hunar terminlari ham terminologik tizimga kiradi va uning komponenti hisoblanadi.
2. Terminologik tizim ichida kasb-hunar terminlari jins-tur (giper-giponimik) va butun-bo'lak (partonimik, xolo-meronimik) munosabatda bo'ladi:
a) muayyan turlarga nisbatan umumiy ma'noni ifodalovchi va semantik maydonning yadrosi (markazi)da keluvchi bosh so'zga, dominantaga nisbatan giperonim atamasi ishlatiladi. Bu so'z jinsni bildiradi. Masalan, kulolchilikda ishlatiladigan narsa-qurol nomlari umuman jinsni bildirsa, ishlatiladigan har bir narsa (kosa, payola, lagan, ko'za) uning turini bildiradi. Bu holatda ikkilamchi jins-tur munosabatini ko'rishimiz mumkin. Masalan, kulolchilikda ishlatiladigan narsa-qurolning bir turi hisoblansa, kulolchilkda ishlatiladigan turli ko'za (qo'shquloqcha (Toshkent), xurmacha(Toshkent), ko'kanak (Rishton), chapiya (Rishton), suv ko'za (Rishton), balbala) nisbatan jinsni bildiradi. Shu sohada : tovoq giperonimi o'z ichida charx tovoq (Rishton), tovoqi langari (Samarqand), naqshin tovoq (G'ijduvon), la'li tovoq (Samarqand), chuqur tovoq (Rishton), miyona tovoq (G'ijduvon), ma'raka tovoq, langari tovoq, to'y tovoq, nim tovoq, xarchagi tovoq, bosh tovoq, la'li tovoq kabi giponimlarni birlashtirib keladi. Kulolchilkda naqsh terminlari giperonim, chinnimuhr, shamdoni xashtagi, yalpizgul, oftobi, pirpirak, to'pmunchoq, girdobi parra, palakgul, shabaki, chig'iriq, davrai xurshid, hashti havzagi, chormag'iz, qora ilon, mori siyoh kabilar esa geponim bo'ladi;
b) butun-bo'lak (partonimik, xolo-meronimik) munosabat. Masalan, kulolchilik sohasida choynak butun nomi sifatida qopqoq, tumshuq, sop kabi bo'lak nomlarini
3 Sobirov S. O'zbek tilining sistemamalar sistemasi tamoyillari asosida tadqiq etish. -Toshkent: Ma'naviyat, 2004. -B. 2728.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 63
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
bildiruvchi birliklar bilan partonimik munosabatga kirishadi. Yoki, charxi butun nom sifatida charx g'ildirak, kichik g'ildirak, katta g'ildirak, o'q, yog'och o'q kabi bo'lak nomlarini bildiruvchi birliklar bilan partonimik munosabatga kirishadi. Partonimiyaning giper-giponimiyadan farqi shundaki, giponimiyada maydonning bir uzvi (a'zosi) boshqalarga nisbatan qarama-qarshi qo'yilib, ular o'rtasidagi ma'no munosabatlari aniqlansa, partonimiyada alohida olingan uzv (a'zo)ning uni tashkil qilayotgan ichki a'zolari bilan munosabati maslasi o'rtaga tashlanadi.
3. Tuzilishi jihatidan boshqa terminlarga o'xshab sodda, qo'shma va murakkab (lingvoterminologik, ya'ni so'z birikmalariga teng bo'lgan terminlar) bo'ladi. Masalan, a) sodda so'zlar: kasacha, xum, kulol, kosib, tovoq, sopol, loy, gil, chinni, ko'za, ko'zacha, lagan, nog'ara, tuvak, keramika, koshin, koshinkor, ko'zagir, tandirchi ; b) qo'shma so'zlar: anorgul, bodomgul, qalampirgul, gulxayri, gulqo'chqaroq, qo'shxat, uchxat, to'rtxat, jibilajibon, chumchuqqanot, qarg'atirnoq, gilosbarg; s) birikmali terminlar: to'rsimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli shakl, uchburchak naqsh, doirasimon shakl, doirasimon naqsh, zanjirsimon naqsh, zanjirsimon shakl, nuqtali naqsh, kvadratchali qora naqsh, kvadratchali oq naqsh, egri chiziq, to'g'ri chiziq, doirachali naqsh.
4. Tarkibida boshqa tildan kirgan so'zlar mavjud bo'lishi mumkin. Masalan, kulolchilik sohasida fors-tojikcha: bandi rumi, bargi gajak, davra, davrai xurshid, dandana, daraxti xurmo, doira, du gajagi marg'ula, du egri xat, dumi baliq zanjirai taroq, zanjirai chashma, zarpoya; arabcha: anqo, bayt, kabira, kosib, musavvada, marg'ula, munabbat, muraqqa', obida, tavq, tarh, sharifa, hal, naqsh, naqshi chin, naqqosh, naqqoshi chin, sabbog' (bo'yoqchi); Arab-forscha terminlari kulolchilik terminologiyasida ikki tarkibli terminlar ham uchraydi. Bu kabi terminlar o'zga tillarda yasalgan va shu holida o'zbek tiliga ko'chgan. Soha terminologiyasidagi bunday terminlar arab-forscha terminlardan iboratdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: naqshband, naqshbandlig', naqshbin, naqshgir, naqshpayvand (naqqosh), naqshsoz, raqamkor (chizilgan), axzarvash (yashil top), axzargun, juradon (suv idish), la'lgun (qizil), la'lfom, sahargun (oq rang), shafaqvash (shafaqday qizil), shafaqgun, hirfavar (hunarmand)4 Boshqa tillardan o'zlashgan atamalar kulolchilik leksikasida boshqa xorijiy tillardan o'zlashgan so'zlar salmoq jihatdan eng oxirgi o'rinda turadi. Shuning uchun ham rus va boshqa xorijiy tillardan o'zlashgan birliklarni umumiy holda keltirish bilan chegaralanamiz: keramika (grek.), farfor, cherepitsya, alfresko, inkrustatsiya (rus), koler, kompozitsiya, kapitel, medalyon (lot.), kompanovka, masshtab, maket, material, ornament, palmetta, ritm, ruta, stilizatsiya, seluet, simmetriya, skalpel, smalta, friz, fayans (ital.), abraziv (lot.), guash (ital.), gurunt (nemis.), avtoportret (fran.),
4. Navoiy asarlari lug'ati. Tuzuvchilar Shamsiyev P., Ibrohimov S. - Toshkent: Fan, 1978.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
alizarin (fr.), amalgama (lot.), amfora (lot.), antratsit (yunon.) va boshqalar.
5. Kasb-hunar terminlarining yasalishida affiksatsiya faol usuldir. Umumo'zbek tili doirasida mavjud bo'lgan so'z yasovchi qo'shimchalarning aksariyati ushbu leksika so'z va atamalarini yasashda qatnashadi. Bu qo'shimchalarning eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: -chi, -gir, -xona, -kash, -kor, -don, -lik, -chilik, -li, -simon, -soz, -furush, -shunos, -paz, -xo'r, -boz va boshqalar. Bu
qo'shimchalar vositasida kulolchilik leksikasiga oid turli so'z va terminlar yasalishini kuzatamiz. Masalan:-chi affiksi faoliyatning ma'lum sohasiga mansub shaxsni bildirish bilan birga shu kasb bilan shug'ullanganlikni ham bildiradi. bo'yoq+chi, naqsh+chi, rasm+chi, tandir+chi, xumdon+chi, charx+chi, haykal+chi, chega+chi kabi; dastgoh+soz, chinni+soz, charx+soz kabi.
Ayrim tilshunoslar kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning kasb-hunar bilan bog'liq o'tmish predmetlari va hodisalarini anglatishi haqida fikr bildirishadi. Xususan, S. Usmonov kasb-hunar leksikasiga quyidagicha tavsif beradi: "Kasb-hunar leksikasi hozirgi turmushda ishlab chiqarishning asosiy yo'nalishi, turi bo'lgan predmetlarni emas, balki unutilib ketgan yoki unutilib borayotgan o'tmishning tarqoq va kuchsiz, hozirgi sanoat imkoniyatlari oldida qoloq bo'lgan ishlab chiqarish qurollari, ishlab chiqarish jarayonlari nomlaridan iboratdir"5. Fikrimizcha, kasb-hunar leksikasi allaqachon tarixiy so'zlar qatoriga kirgan yoki unutilib borayotgan so'zlar emas, ular rivojlanayotgan, yangilanayotgan, zamon talabiga mos ishlab chiqarish terminlaridir.
Xulosa qilib aytganda, termin va kasb-hunar leksikasi integral belgilari bilan bir umumiylikka birlashsa, diferensial belgilari bilan alohida xususiyliklarni tashkil qiladi. Ma'lum ilm-fan sohasi, kasb-hunar doirasida monosemiklikka intilish tendensiyasiga ega, ilmiy yoki ishlab chiqarish sohasida predmet, hodisani aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.
АДАБИЁТЛАР
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. —T: "O'zbekiston", 2016.
2. Abdullayev F. O'zbek tili leksikasining bazi bir masalalariga doir. To'plam. 1-kitob. - T., 1949.
3. Shoabdurahmonov Sh.O'zbek adabiy tili va xalq shevalari-Toshkent, 1962. -B.325.
4. Sobirov S. O'zbek tilining sistemamalar sistemasi tamoyillari asosida tadqiq etish. -Toshkent: Ma'naviyat, 2004. -B. 27-28.
5. Узбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 1981. - Б.32.
5. Usmonov S."Ozbek tili terminologiyasining ba'zi masalalari. Toshkent, O'qituvchi, 1964 - B.16
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
6. Bulatov S.S, Tursunaliyev N. Kulolchilik san'ati. -Toshkent, 2002.
7. Ibrohimov S. Fargona shevalarining kasb-xunar leksikasi. -Toshkent, 1959. 20.
8. Usmanov S. Ozbek tili terminologiyasining ba'zi masalalari Toshkent, O'qituvchi, 1964 - B.16.
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 66