TERMINOLOGIYADA GIPERO-GIPONIMIK HODISALAR
Ermatov Ixtiyor filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Guliston davlat universiteti, [email protected] Alisher Axrorov filologiya fanlari falsafa doktori (PhD),dotsent [email protected] Guliston davlat universiteti Sirojiddin Mamaraximov Guliston davlat universiteti o'qituvchisi,
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10797481
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th March 2024 Accepted: 06th March 2024 Published: 08th March 2024 KEYWORDS
Medioqurilma, denotat, giponim, giperonim, termin, giponimiya paradigmasi.
Maqolada terminologiya tizimida zid ma'noli bo'lmagan leksik birliklar va ularning lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalari, ularning denotativ asosi har xil bo'lgan lug'aviy birliklar (giponim, giperonim, ekvonim, partonim, funktsionimlar)dan biri bo'lgan giponim terminlar munosabati haqida fikr yuritiladi. Tilshunoslik terminlari maqolaning illyustrativ materiali sifatida xizmat qiladi.
So'zning funktsional-semantik ko'rinishlaridan biri termin, ya'ni atamadir. Lisoniy maqomdagi so'z bilan lisoniy maqomdagi termin munosabatida ayrim mushtarak va farqli tomonlar ko'zga tashlanadi.
Lisoniy maqomdagi so'zlarning lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalari denotativ asosda farq qiluvchi uch guruhga ajratiladi: a) shakldosh so'zlar guruhi; b) ohangdosh so'zlar guruhi; v) ma'nodosh so'zlar guruhi.
Lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalarning o'zi ikki guruhga ajratiladi: zid ma'noli lug'aviy birliklar guruhi va zid ma'noli bo'lmagan lug'aviy birliklar guruhi. Zid ma'noli bo'lmagan leksik birliklar va ularning lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalarini hosil qiluvchi leksemalarning denotattsiyasi munosabatiga ko'ra ikki ichki tagguruhga bo'linadi:
a) denotativ asosi umumiy bo'lgan lug'aviy birliklar va ularning guruhi;
b) denotativ asosi har xil, ya'ni farq qiluvchi lug'aviy birliklar va ularning guruhi. Denotativ asosi umumiy bo'lgan lug'aviy birliklar guruhi ham uch ichki tagguruhga ajraladi:
a) sinonimlar;
b) dubletlar;
v) graduonimlar[2,83].
Denotativ asosi har xil bo'lgan lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalarning tagguruhiga quyidagilar kiradi:
a) giponimlar;
b) ekvonimlar; v) partonimlar; g) funktsionimlar.
Giponim, ekvonim, partonim va funktsionimlardan tashkil topuvchi lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalar sinonim va dublet, antonim va konversivlardan tashkil topuvchi lug'aviymazmuniy medioqurilmalar bilan o'xshash. Bu o'xshashlik sinonim va dubletlardan tarkib topgan tagguruhning ham, giponim, ekvonim, partonim va funktsionimlardan tarkib topgan tagguruhning ham o'ziga xos vazifaviy - mazmuniy medioqurilmalar ekanligi bilan belgilanadi. Lisoniy maqomdagi so'zlarning lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalari tagguruhi bo'lgan giponim, ekvonim, partonim, funktsionimlik hodisalari terminologik tizimda uchraydi. Biz ushbu maqolada tizimdagi giper-giponimik hodisalarga to'xtalamiz.
Terminologiyani o'rganish uchun terminlarni jins-turlarga ajratish zaruriyati tug'iladi. Bunda giponim va giperonim munosabatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir[4,59].
Denotativ asosi har xil bo'lgan lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalarning tagguruhiga mansub bo'lgan giponimlar ma'no jihatdan boshqa lug'aviy birliklarga tobe so'zlardir. Giponimlarni ma'no jihatidan tobelantirgan lug'aviy birlik giperonimdir. Giperonimning ma'no doirasi keng bo'lib, uning ko'lamiga giponim anglatgan ma'no ham kiradi. Ma'no ko'lami keng so'z bilan ma'nosi unga tobe so'z o'rtasidagi munosabatni (lisoniy aloqani) gipero-giponimiya munosabati yoki aloqasi deyiladi. Giponimik qatorning barcha elementlari yagona, umumiy ma'no bilan bog'lanadi. Bu ma'no giponimik paradigmaning dominantasida ifodalanadi.
Giponimik qatorning dominantasi esa giperonim bo'lib keladi[6,24]. Masalan, "mustaqil so'zlar" lug'aviy birligi "mustaqil so'z turkumlari" umumiy ma'nosiga ega. Ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish lug'aviy birliklari (terminlari) har biri mustaqil so'z turkumlariga tegishli bo'lgan umumkategorial grammatik ma'no anglatadi. Bu so'z-terminlarning har biri o'z denotattsiyasiga ega. Ular biri boshqasidan grammatik ma'no va bajargan vazifasiga ko'ra farq qiladi: "olmosh"ni hech qachon "ot" deb atamaymiz. Lekin "mustaqil so'z turkumlari" deganda ko'z o'ngimizga ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish terminlari "gavdalanadi". "Mustaqil so'z turkumlari" termini ma'nosining ko'lami keng bo'lib, ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish - shu turkum so'zlarning ma'nosiga qarashli, ya'ni unga tobedir. Ana shu lisoniy munosabatdoshlikda "mustaqil so'z turkumlari" - giperonim, ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish - giponimlardir.
Yoki jarangli, jarangsiz, sirg'aluvchi, portlovchi, sonor, shovqinli terminlarning har biri undosh tovushlarning alohida-alohida turlarini bildiradi, bu shu terminlarning nomidir. Mana shu terminlarning har biri ma'no jihatdan "tovush" (aniqrog'i "undosh tovush") leksemasi anglatgan ma'no doirasida unga tobe semantik birliklardir. Bu ma'noviy bog'lanishga ko'ra "tovush" giperonim hisoblansa, jarangli, jarangsiz, sirg'aluvchi, portlovchi, sonor, shovqinli terminlari "tovush" termini (giperonimi)ning giponimlaridir. Giperonim - bu lug'aviy birliklarning gipo-giperonimik qatorida jins ma'nosini ifodalovchi dominantadir.
Yuqorida keltirilgan misolimizda ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish; keyin keltirgan misolimizda jarangli, jarangsiz, sirg'aluvchi, portlovchi, sonor, shovqinli terminlari munosabatidan giponimiya paradigmasi hosil bo'ladi. Bu terminlarning biri boshqasiga nisbatan giponimdosh lug'aviy birliklar deb yuritiladi. O'zaro giponimogiperonimik munosabatga ega bo'lgan leksik birliklardan badiiy asarlar tilida muhim tasviriy vosita sifatida keng foydalanilasa[6,4] ham, u terminologik leksikada ham o'z o'rniga ega. Demak terminologik tizimda giperonim-giponimlik hodisasi mavjud ekan.
Giponimni giperonimsiz, o'z navbatida giperonimni giponimsiz tasavvur etish mumkin emas: tur ma'nosini tashuvchi giponim lug'aviy birliklar bo'lmas ekan, jins ma'nosini tashuvchi giperonim lug'aviy birligi ham bo'lmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, giponim va giperonim xarakteridagi terminlar lug'aviy tizimning lug'aviy-mazmuniy medioqurilmalari tavsifidagi ko'rinishlaridan biri sanaladi. Bunday xususiyatga ega bo'lgan terminlarning mazmun jabhalarida muvofiqlik, mutanosiblik bo'ldi.
Bular ma'no va mazmun mutanosibligi (simmetriyasi)ning paradigmatik deb ataluvchi turiga mansub bo'ladi. Ushbu hodisalarda ma'no va mazmun mutanosibligi shakliy birliklar miqdorining ma'noviy birliklar miqdoriga tengligiga asoslanadi.
Adabiyotlar:
1. Akhrorov, A. (2019). ISSUE OF STUDYING THE" CULTURE OF SPEECH" AS A SEPARATE SCIENCE. NEWS OF THE NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN, 1(4).
2. Akbarovich, A. A. REFLECTION OF NATIONAL VALUES IN ARTICLES. Pedagogika, 171.
3. Ahrorov, A. (2022). O 'zbek xalq maqollarida "nutq odobi" ma'nosining ifodalanish darajasi. Uzbekistan: Language and Culture, 4(4).
4. Jurayev, J. (2022). Ахроров Алишер Акбарович. МАЦОЛЛАРДА УМУМЯШИРИН МАЪНОНИНГ ИФОДАЛАНИШИ. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 11(11).
5. А^гого^ А. A. (2020). THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLK PROVERBS IN THE UPBRINGING OF A PERFECT PERSON. Theoretical & Applied Science, (1), 42-44.
6. Akbarovich, A. A. (2023). MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN MA'NONING NAMOYON BO 'LISH OMIL, VOSITA VA USULLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(4), 163-166.
7. Эрматов, И. Р., & Турдикулова, К. (2022). "ГАП БУЛАКЛАРИ" МАЦОМИНИНГ БЕЛГИЛАНИШМЕЗОНЛАРИ Х.АЦИДА. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 190-193.
8. Эрматов, И. Р. (2022). АЛИШЕР НАВОИЙНИНГ "МУХОКАМАТ УЛ-ЛУГАТАЙН" АСАРИДА СУЗ ЯСАЛИШИ ХАЦИДА. Academic research in educational sciences, 3(1), 983-990.
9. Эрматов, И. (2022). ЛЕКСИК-ФРАЗЕОЛОГИК ТИЗИМДА ЭКВОНИМИК МУНОСАБАТЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 11-17.
10. Эрматов, И. (2022). ТЕРМИНОЛОГИЯ ТИЗИМИДА ГИПОНИМИЯ ВА ЭКВОНИМИЯ ХОДИСАЛАРИНИНГ КЕСИШУВИ. Academic research in educational sciences, 3(4), 173-178.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À
11. Ermatov, I. (2022). Hozirgi ozbek adabiy tili (Morfemika, so 'z yasalishi, morfonologiya). Scienceweb academic papers collection.
12. Berdialiev, A., & Ermatov, I. (2021). Modern Uzbek literary language.
13. Sirojiddin, M. (2023). O 'ZBEK TILIDA MAQSAD MA'NOSI SO 'ZLAR ORQALI IFODALANISHI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 20-25.
14. Boxodirovich, E. N., & Murtazayevich, M. S. (2022). EXPRESSION OF PURPOSE IN UZBEK LANGUAGE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 247-250.
15. Boxodirovich, E. N., & Murtazaevich, M. S. (2022). Phonological approaches to the study of the phoneme.
16. Muxudullayev, F. (2023). LINGVOPOETIGA DOIR QARASHLAR. Journal of Universal Science Research, 1(5), 31-37.
17. Muhudullaev, F. (2023). INVERSION AS A SYNTACTIC OPPORTUNITY. Science and innovation, 2(B1), 402-405.
18. Дехдонова, М. (2023). ЗАМОНАВИЙ ШEЪРИЯТ ТАЛЦИНЛАРИ. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(14), 42-46.
19. Латипов, М. М., & Тожибоев, У. У. (2022). ЗEМEЛЬНЫE И ВОДНЬШ РEФOРМЫ, OСУЩEСТВЛEННЫE В КОН^ XIX НAЧAЛE XX BEKA В ФEРГAНСКOЙ ДОЛИШ. Экономика и социум, (10-2 (101)), 417-419.
20. Латипова, М. М. (2022). МУЛОЦОТНИНГ ШАХСЛАРАРО МУНОСАБАТЛАРДАГИ АХАМИЯТИ. Scientific Impulse, 1(4), 1765-1768.