Научная статья на тему 'HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALARNI TEXNIKIQTISODIY ASOSLASH'

HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALARNI TEXNIKIQTISODIY ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / xaydovchi / tizim / xavfsizlik / axborot / baxolash / transport. / АДАС / автомобиль / водитель / система / безопасность / трафик / оценка / транспорт

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mizrabov Ulug‘Bek Boliqul O‘G‘Li

Transport vositalari sonining ko‘payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi yo‘l harakati xavfsizligi muammosining yanada dolzarb bo‘lishiga olib keladi. G’ildirakni yo‘l yuzasi bilan yaxshi ilashishi asosiy ko’rsatkichi-bu ilashish koeffitsienti bo’lib, u avtomobilning barqarorligi va boshqarilishiga ta‘sir qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALARNI TEXNIKIQTISODIY ASOSLASH

Увеличение количества транспортных средств, а также увеличение скорости и интенсивности движения делает проблему безопасности дорожного движения все более актуальной. Основным показателем хорошего контакта колеса с дорожным покрытием является коэффициент контакта, влияющий на устойчивость и управляемость автомобиля

Текст научной работы на тему «HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALARNI TEXNIKIQTISODIY ASOSLASH»

УДК 62-6

HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH BO'YICHA TAVSIYALARNI TEXNIK-

IQTISODIY ASOSLASH

Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li JizPI asestenti, mizrabovulugbek@gmail.com

Annotatsiya: Transport vositalari sonining ko'payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi yo'l harakati xavfsizligi muammosining yanada dolzarb bo'lishiga olib keladi. G'ildirakni yo'l yuzasi bilan yaxshi ilashishi asosiy ko'rsatkichi-bu ilashish koeffitsienti bo'lib, u avtomobilning barqarorligi va boshqarilishiga ta'sir qiladi.

Аннотация:Увеличение количества транспортных средств, а также увеличение скорости и интенсивности движения делает проблему безопасности дорожного движения все более актуальной. Основным показателем хорошего контакта колеса с дорожным покрытием является коэффициент контакта, влияющий на устойчивость и управляемость автомобиля

Abstract: The increase in the number of vehicles, as well as the increase in speed and intensity of traffic, makes the problem of road safety more urgent. The main indicator of good wheel contact with the road surface is the contact coefficient, which affects the stability and control of the car.

Kalit so'zlar: avtomobil, xaydovchi, tizim, xavfsizlik, axborot, baxolash, transport.

Ключевые слова: АДАС, автомобиль, водитель, система, безопасность, трафик, оценка, транспорт.

Key words: ADAS, car, driver, system, safety, traffic, assessment, transport

Kirish: Аvtomobilni xavfsiz boshqarishda haydovchining ish o'rniga qanday o'tirganligi alohida o'rin egallaydi. Haydovchining ish o'rni - kabinaning o'lchamlari, boshqarish jihozlarini ishga tushirishning qulayligi, o'rindiqning holati va boshqaruv jihozlarini unga nisbatan joylashuvi bilan tasniflanadi. Haydovchi ish o'rnida shunday o'tirishi kerakki, yo'lni yaxshi ko'ra olishi, barcha boshqarish organlarini bemalol boshqara bilishi, shu bilan birga, tezda charchab qolmasligi kerak. Haydovchining o'z ish o'rnida joylashuvi uch tayanch nuqtasi bilan ta'minlanadi ya'ni, birinchisi - orqa, ikkinchisi - bel va uchinchisi - oyoq hamda haydovchi ko'zining yo'nalishi oldinda uzoqqa qaratilgan bo'lishi kerak. Haydovchining orqasi suyanchiqda vertikal tekis tegib turishi, rul chambaragini tutib turgan qo'llari biroz tirsakdan egilgan, qo'l barmoqlari rul chambaragini tashqi tomondan qamrab olgan bo'lishi kerak.

Oyoqlarning to'g'ri joylashganida tizza osti bo'shliq, o'rindiq chetidan 3 - 5 sm. masofada oyoq biroz oldinga cho'zilgan va hech qachon rul chambaragiga tegmasligi kerak. Haydovchi o'rindiqqa to'g'ri joylashganligini tekshiradi, ya'ni u gavdasini suyanchiqdan uzmasdan o'zidan uzoqda joylashgan uzatmalarni almashtirish dastagini bemalol ishga solishi va bunda chap qo'li rul chambaragida cho'zilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, chap oyog'i bilan ilashma tepkisini ohirigacha bosa oladigan, o'ng oyog'i esa tormoz tepkisini va gaz bosqichi orasida bemalol harakatlana oladigan bo'lishi kerak.

Xavfsizlik kamarini taqqan paytda haydovchining ko'krak qafasi va kamarning tasmasi orasida bir kaft oraliqda tirqish qolishi kerak. Chap tashqi ko'zgu to'g'ri o'rnatilganda, uning pastki o'ng burchagida avtomobil g'ildiragi va yukxonaning ohirgi qismi ko'rinishi kerak. O'ng tashqi ko'zgu ham shunday o'rnatiladi. Ichki ko'zgu avtomobilning orqasidagi harakat bo'laklarini va yo'l chetlarini ko'rsatishi kerak. Haydovchi xavfsizlik talablariga rioya etishi va buni bajarishda harakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to'liq

jihozlanganligini tekshirishi va harakatda keskin to'xtash va manyovrlar bajarishda yo'lovchi tan jarohati olmasligini ta'minlashi zarur. Boshqarish jihozlari va priborlarning soz ishlashi haydovchini yo'lni kuzatishdan chalg'itmaydi. Boshqarishga to'sqinlik qiladigan narsalar haydovchi kabinasida bo'lmasligi kerak. Haydovchi transport vositasini boshqarishda nazorat o'lchov asboblarini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Priborlar panelida biron-bir indikator signal bersa, darhol harakatni to'xtatib, uni bartaraf qilish choralarini ko'rishi kerak.

Uslubiyat ishlanmasining birinchi bosqichida ko'cha-yo'l tarmog'ining ko'p joylari aniqlanadi, unda jamoat transportlarining mukammal harakat miqdori amalga oshiriladi. Tezkor harakat kattaligi bunda ahamiyat kasb etib, u 10 birlik harakat tarkibidan iborat. Bir soatda transport hodisalari tahlilidan shu ko'rindiki, harakat sharoiti transport oqimi bilan emas, balki svetofor boshqaruvi natijasida turib qolish bilan aniqlanadi. Maxsus bo'lakning baholanishida quyidagilarga asoslaniladi:

Asosiy qisim: n - yo'ldagi bo'lak soni, unda transportning harakati amalga oshiriladi. Bunda n - bo'laklar soniga (turganlaridan tashqari), S - engil avtomobillar harakat miqdori, G -og'ir yuk avtomobillarining harakat miqdori, A - relssiz jamoat transportlarining harakat miqdori.

Bunda umumiy Q - birlikdagi harakat miqdori shunday belgilanadi:

Q =kc *C Q ko*G QkA*A,

Bunda kc, ko, kA - engil, yuk va jamoat transport koeffitsienti.

Jamoat transport harakati bo'lagini aniqlashda asosiy oqim qolgan bo'laklarga aralashadi. Shunda quyidagi chegaralanish amalga oshiriladi:

(S-Si) > (Q-q),

Bunda S - magistralning o'tkazish qobiliyati, harakat bo'laklari sonini o'z ichiga oladi; Si - bir bo'lakdaga magistralning o'tkazish qobiliyati; q - jamoat transportining harakat miqdori.

So'ngra qolgan harakat bo'laklarining o'tkazish qobiliyatini solishtirish kerak bo'ladi.

(S - Si)- jamoat transporti uchun harakat bo'laklarini hisoblamasdan va (Q-q) - jamoat transport harakatini hisoblamasdan umumiy oqim harakat tezligini tekshirish amalga oshiriladi. Agar qolgan bo'laklarni o'tkazish qobiliyati umumiy oqim harakat miqdoridan kam bo'lsa, jamoat transport uchun alohida bo'lak ajratish mumkin emas.

Umumiy oqim harakat tezligini hisoblashda jamoat transportiga alohida bo'lak ajratish quyidagi formula asosida bajariladi:

V = (Vd 2)*(1-[1 (S-Si)*([(S-Si)2-(S-Si)*(Q-q)]1/2

bunda Vd - berilgan joydagi transport vositalarining harakat tezligi KYT, km/s.

Jamoat transporti uchun maxsus bo'lakni uzaytirishni hal qilishda chorrahadagi o'tkazish qobiliyati hisobga olinadi va svetofor boshqaruv tartibi amalga oshiriladi.

Boshqariladigan chorrahalarda harakat ishtirokchilarining sarflagan vaqti ko'payishini inobatga olish zarur (W) ular shaxsiy transportdan foydalanadilar.

Shaxsiy transportdan foydalanadigan harakat ishtirokchilarining turib qolishidan zarar yoki jamoat transport birligining o'rtacha hisobi shunday ko'rinishga ega:

W=WdQWc=T (1-G/T)2/(2-[1 -(Q-q)/(S(n-l)])QX2/(2(Q-q)-[1 -X]),

bunda Wd, Wc - bir avtomobilning tasodifiy va diterminantli turib qolishi, s; T-chorrahada boshqaruv bosqichining davomiyligi, s; G - jamoat transport harakatining yo'nalishiga ruxsat etuvchi signal davomiyligi, s; X- chorrahadagi kesishmaning yuklanganlik darajasi; Q-q - qolgan harakat bo'lagidagi jamoat transport oqimining harakat miqdori; S(n-l)-qolgan harakat bo'lagining o'tkazish qobiliyati.

Chorrahadagi yuklanish darajasi, harakat bo'lagini hisobga olib, jamoat transport oqimi uchun quyidagi ko'rinishga ega:

X=T(Q-q)/G-(S-Si),

Maxsus bo'lakni ajratishning mohiyati boshqariladigan chorrahada transport turib qolishdagi harakatni boshqarish va eksport yo'li bilan o'rtacha ushlanib qolish transport birligini aniqlash mumkinligini ko'rsatadi.

Muqobil yo'nalishda harakatlanayotgan harakat qatnashchilari sarf qiladigan vaqti quyidagi formula orqali aniqlanadi:

W=WdQWc=T (1-G/T)2/2*q-[l-X])Q(X2/(2-[l-q/S]))

Bunda G-muqobil yo'nalishda ruxsat beruvchi signalning davomiyligi, s; q - muqobil yo'nalishdagi jamoat transport oqimi harakatining miqdori, avt/s; S - magistralning o'tkazuvchanlik qobiliyati, u harakat bo'laklarining sonini hisobga oladi, n;

X=(T*q)/(G*S)

Muqobil yo'nalishdagi harakatlanayotgan transport vositasining o'rtacha ushlanib qolishini hisoblaganda (G) svetoforning ruxsat etuvchi ishorasining davomiyligini nazarda tutib, harakat 10 s ga qisqaradi, chunki maxsus ruxsat etuvchi ishorani 5 soniya (sekund) ilgari yoki kechroq berishga zarurat tug'diradi.

Hozirgi vaqtda harakatni tashkil etish mutaxassislarining kun tartibida yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan tadbirlar muhim hisoblanadi [1].

Yo'l harakatini tashkil etishda yo'l-transport hodisalarini tizimli tahlil qilish talab etiladi. Yo'l-transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan ko'plab sarflarni kamaytirishda mukammallashgan qaror qabul qilishga imkon beradi. Ushbu tahlillar har xil iqtisodiy sarflardan tejash va harakatini tashkil etishni yaxshilashning birinchi navbatdagi texnik-iqtisodiy asoslangan tadbirlarini aniqlash imkonini beradi [2].

Shahar ko'cha va yo'llarida harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha shahar ko'cha-yo'l tarmog'ini boshqarishda samarali tadbirlar foydalanuvchilar uchun ko'proq qulayliklarni aks ettirishi lozim [3].

YTHdan keladigan yo'qotishlarni kamaytirishning bir necha usullari yaratilgan bo'lib, xalq xo'jaligida harakat xavfsizligini ta'minlashning samarali chora-tadbirlarini baholashning quyidagi usullari mavjud [4]:

a) ko'rilayotgan yo'lning bo'lagida har bir YTHdan keladigan yo'qotishlarni to'g'ridan-to'g'ri yig'indisiga asoslangan usul. Bunday hisoblashlarda yo'qotishlarni tashkil etish ko'rsatkichining o'rtacha narxidan foydalaniladi;

b) harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha qandaydir tadbirlarni "oldingi va keyingi" usulida o'tkazish;

v) yakuniy halokatlilik koeffitsientidan foydalanishga asoslangan usul. Bu holatda bir

YTHdan keladigan yo'qotishlarning o'rtacha ma'lumotlariga asoslanib umumiy yo'qotishlar (hisobotdan ajratilmagan holatda), yakuniy halokatlilik koeffitsienti hamda YTHlarning orasidagi bog'liqlik hisoblanadi.

Harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlarda har xil kapital sarflar keltiriladi va YTHning ortishiga ta'sir darajasi aniqlanadi.

Katta shaharlarda ko'p yillardan buyon yo'nalishdagi jamoat transportlarini yo'l-tarmoq tizimidan samarali foydalanishini ta'minlash uchun har xil usullar muvaffaqiyatli qo'llanib kelinmoqda: avtobuslar uchun maxsus bo'laklar qurish, avtobuslar bo'laklari bilan bir vaqtda izlaridan foydalanish, chorrahalardan jamoat transport vositalarini imtiyozli o'tkazish, svetofor orqali boshqarishda maxsus tizimlarni qo'llash va boshqalar [5].

A.Navoiy ko'chasida engil avtomobillar V=65 km/soat ta'minlangan tezlikda S=100 m masofa uchun ketgan vaqtni hisoblaymiz:

S 100 м

yuk avtomobillari uchun

avtobuslar uchun

.|.engiL _ _

V

V

18,4 м / с 100 м

=5,5 M

S

.avtobus— 0 _

11м / с 100 м

= 9 м

m m м

=7,7 —

V 13м / с с Ko'chalar uchun hisoblangan qiymatlarni 1-jadvalga kiritamiz:

1 -jadval

№ Ko'chalar Vaqt t, s

Engil yuk avtobus

1 A.Navoiy 5,5 9 7,7

2 Sh.Rashidov 5,4 8,1 7,5

3 Mustaqillik 5,1 8,1 7,5

4 I.Karimov 5,3 6,9 7,2

Olib borilgan tadqiq ishlari va statistik ma'lumotlarga asosan Sh.Rashidov ko'chasida tezlikning va o'tkazuvchanlik qobiliyatining yuqoriligi hamda YTHlari nisbatan kamligini hisobga olib, Sh.Rashidov ko'chasini étalon qilib olamiz va A.Navoiy ko'chasida yo'qotilgan vaqtni hisoblaymiz:

A t = tnavoiyeng-tATemureng= 5,5 c - 5,4 c =0,1 c A t = tnavoiyavt-tA Temuravt= 7,7 c - 7,5 c =0,2 c A t = tnavoiyyuk-tATemuryuk= 9 c - 8,1 c =0,9 c Shuningdek, Mustaqillik ko'chasida yo'qotilgan vaqt hisoblangan va qiymatlar 2-jadvalda kiritilgan:

2-jadval

с

с

№ Ko'chalar Yo'qotilgan vaqt At, s

Engil yuk avtobus

1 A.Navoiy 0,1 0,9 0,2

2 Mustaqillik 0,3 0 0

3 I.Karimov -0,2 1,2 0,3

2-jadvalda keltirilgan qiymatlardan foydalanib, yo'qotilgan vaqtni aniqlaymiz. I. A.Navoiy ko'chasi uchun yo'qotilgan 1 yillik vaqtni [6] quyidagicha aniqlaymiz. A) yengil avtomobillar uchun:

Tyeng = (Nen* ten / 3600)* 0s * 365, soat

bu yerda:

Nen - engil avtomobillarning harakat miqdori, Nen = 5262 avt/soat; ten - etalon ko'chaga nisbatan engil avtomobillarni yo'qotgan vaqti, ten q 0,1 sekund; 0s - sutkalik ish vaqti, 10 soat; 365 - yillik ish kunlari.

Tyeng = (5262*0.1 / 3600) * 10 * 365 =534 soat Engil avtomobillarni yo'qotgan vaqtidagi yo'qotish qiymatini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:

Cen= Tyeng * Ceng , so'm

Bu erda:

Tyeng - engil avtomobillarningl yillik yo'qotishlar vaqti, Tyeng =534 soat ; Ceng - engil avtomobillarning 1 soat ichida ish bajarishi uchun sarf harajat miqdori [7], 7200 so'm.

Cen= 534 * 7200 = 3844800 so'm. B) yuk avtomobillari uchun:

Tyy"k = (Nyuk* tyuk / 3600)* 0s * 365, soat

bu erda:

Nyuk - yuk avtomobillarning harakat miqdori, Nyuk = 38 avt/soat; tyuk - etalon ko'chaga nisbatan yuk avtomobillarini yo'qotgan vaqti, tyuk = 0,9 sekund;

0s va 365 - yuqoridagi formuladagi qiymatlar.

Ty^ = (38*0,9 / 3600) * 10 * 365 = 35 soat Yuk avtomobillari yo'qotilgan vaqtda yo'qotishlar qiymatini aniqlaymiz

Cyuk= Ty^ * C^ , so'm

bu erda:

Tyyuk - yuk avtomobillarningl yillik yo'qotishlar vaqti, Tyyuk = 35soat;

Cyuk - yuk avtomobillarning 1 soat ichida ish bajarishi uchun sarf harajat miqdori , 12000

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

so'm.

Cyuk= 35 * 12000 = 420000 so'm.

V) avtobuslar uchun:

Tyavt = (Navt* tavt / 3600)* 0s * 365, soat

Bu erda:

Navt - avtobuslarning harakat miqdori, Navt = 72 avt/soat; tavt - etalon ko'chaga nisbatan avtobuslarni yo'qotgan vaqti, tavt = 0,2 sekund; 0s va 365 - yuqoridagi formuladagi qiymatlar.

Tyavt = (72*0,2 / 3600) * 10 * 365 = 15 soat V) Avtobuslarni yo'qotishlar qiymatini aniqlaymiz:

Cavt= Tyavt * Cavt, so'm

bu erda:

Tyavt - avtobuslarning 1 yillik yo'qotishlar vaqti, Tyavt = 15 soat;

Cavt - avtobuslarning 1 soat ichida ish bajarishi uchun sarf harajat miqdori , 13230 so'm.

Cavt= 15 * 13230= 198450 so'm. A.Navoiy ko'chasi uchun jami yo'qotishlar qiymatini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:

Sa.N = Cen + Syuk + Savt San =3844800 so'm + 420000so'm + 198450 so'm = 4463250 so'm Shuningdek, ushbu hisoblashlarni U.Nosir ko'chasi uchun ham aniqlaymiz hamda 3-jadvalga kiritamiz:

3- jadval

№ Ko'chalar Yo'qotilgan vaqt, Ty , soat Yo'qotishlar qiymati, C, so'm IS

Engil avt. Yuk avt. Avtobus Engil avt. Yuk avt. Avtobus

1 A.Navoiy 534 35 15 3844800 420000 198450 4463250

2 Mustaqillik 448 5 13 3225600 60000 171990 3457590

II. 1.YTHdan yo'qotishlarni aniqlaymiz:

Sythmav = In * Pi + £ki * Mi

bu erda:

ni - jabrlanganlar soni;

Pi - YTH natijasida bir odam yo'qotilishish qiymati; ki - shikastlangan avtomobillar soni;

Mi - shikastlangan transport vositalarining material yo'qotilishidagi qiymatlari. A.Navoiy ko'chasida 2020 yil sodir bo'lgan YTH statistikasi quyidagicha: O'lim 1 ta 40101000 so'm

Jarohatlanganlar 65 ta 10172000 so'mdan

formuladan YTHdan yo'qotishlarni qiymatini aniqlaymiz:

Sythmav = 1 * 40101000 + 65 * 10172000 = 701281000 so'm. Ko'rilayotgan ko'chadagi YTHni kamaytirish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiq:

- qatnov qismiga ajratuvchi metall to'siqlar o'rnatish;

- qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizish;

- qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini qayta chizish;

- lar to'xtash joylarini jihozlash.

Bular YTHni ma'lum miqdorda kamaytiradi. Tadbirlarni kiritgandan keyin YTHdan yo'qotishlarni quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Sythko'r = Sythmav K1*K2*K3*K4

bu erda:

Kl - qatnov qismiga ajratuvchi metall to'siqlar o'rnatgandan keyin YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, Kl = 0,5б;

K2 - qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizish natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K2 = 0,83;

K3 - qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini qayta chizish natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K3 = 0,83;

K4 - lar to'xtash joylarini jihozlash natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, Ks = 0,48.

Ushbu Kl - K4 qiymatlar adabiyotda keltirilgan jadvaldan olinadi.

Tadbirlarni kiritgandan keyin YTHdan yo'qotishlarni qiymatini aniqlaymiz:

Sythko'r = 701281000 * 0,56 * 0,83 * 0,83 * 0,48 = 129860635 so'm

YTHni kamayishi hisobiga tejamkorlikni aniqlaymiz:

Iyth = Sythmav - Sythko'r Iyth = 701281000 so'm - 129860635 so'm = 571420365 so'm.

2. Yo'lning o'tkazish qobiliyati va harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlarni qoplash muddati hamda samaradorlik koeffitsientini formulaga asoslanib aniqlaymiz. Samaradorlik koeffitsientini quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Eh = (£Sa.n+ Iyth) / (Cl + C2+C3 + C4)

bu erda:

Eh - hisobiy samaradorlik koeffitsienti;

£Sa.n - A.Navoiy ko'chasi uchun jami yo'qotishlar qiymati, 4463250 so'm;

Iyth - A.Navoiy ko'chasida YTHni kamayishi hisobiga tejamkorlik, 571420365 so'm;

51 - qatnov qismiga ajratuvchi metal to'siqlar o'rnatishning smeta narxi, KOD AVS ga [60] muvofiq 1kmq 22162435 so'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3,1 km, bundan S1 =22162435 * 3,1 = 68703648 so'm.

52 -qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizishning smeta qiymati, E27-65-1 T.4 ga asosan 1 km q 4390210 co'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3.1 km, bundan S2 = 4390210*3.1 = 136096547 so'm.

53 - qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini chizishning smeta qiymati,

CPH 27-09-16-5 K-1.2 ga [62] muvofiq 1km = 944467 so'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3,1 km, bundan S3 = 2927847 so'm .

S4 - lar to'xtash joylarini jihozlashning smeta qiymati, E27 - 48 - 3 ga muvofiq S4 = 664873050 so'm.

formulaga asosan samaradorlik koeffitsientini aniqlaymiz:

Eh = (8556330=571420365)/(68703648=136096547=2927847=664873050)= 0,67

Kapital sarflarning qoplash muddatini aniqlaymiz:

Tq = 1/ Ex Tq = 1 / 0,67 = 1.4 yil yoki 16 oy

Yuqoridagi ketma-ketlikda Mustaqillik ko'chasi uchun iqtisodiy hisoblarni keltiramiz.

Mustaqillik ko'chasida 2020 yil sodir bo'lgan YTH statistikasi

quyidagicha:

O'lim 2 ta 40101000 so'm

Jarohatlanganlar 57 ta 10172000 so'mdan

Yuqoridagi formuladan YTHdan yo'qotishlarni qiymatini aniqlaymiz: Sythmav = 2 * 40101000 = 57 * 10172000 = 660006000 so'm

Ko'rilayotgan ko'chadagi YTHni kamaytirish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiq:

- qatnov qismiga ajratuvchi metal to'siqlar o'rnatish;

- qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizish;

- qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini qayta chizish;

- lar to'xtash joylarini jihozlash

Natija: Bular YTHni ma'lum miqdorda kamaytiradi. Tadbirlarni kiritgandan keyin YTHdan yo'qotishlarni quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Sythko'r = Sythmav K1 *K2*K3 *K4

bu erda:

K1 - qatnov qismiga ajratuvchi metal to'siqlar o'rnatgandan keyin YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K1 = 0,56;

K2 - qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizish natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K2 = 0,83;

K3 - qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini qayta chizish natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K3 = 0,83;

K4 - lar to'xtash joylarini jihozlash natijasida YTHni kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient, K4 q 0,48.

Ushbu K1 - K4 qiymatlar [54] adabiyotda keltirilgan jadvaldan olinadi.

Tadbirlarni kiritgandan keyin YTHdan yo'qotishlarni qiymatini aniqlaymiz:

Sythko'r = 660006000 * 0,56 * 0,83 * 0,83 * 0,48 = 122217482 so'm.

YTHni kamayishiga hisobiga tejamkorlikni aniqlaymiz:

Iyth = Sythmav - Sythko'r = 660006000 so'm - 122217482 so'm = 537788518 so'm.

3. Yo'lning o'tkazish qobiliyati va harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlarni qoplash muddati hamda samaradorlik koeffitsientini formulaga asoslanib aniqlaymiz. Samaradorlik koeffitsientini quyidagi formula orqali aniqlanadi: Eh = (IyUN = Iyth) /(C1 = C2=C3 = C4)

bu erda:

Eh - hisobiy samaradorlik koeffitsienti;

51 - qatnov qismiga ajratuvchi metal to'siqlar o'rnatishning smeta narxi, KOD AVS ga muvofiq 1kmq 22162435 so'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3 km, bundan S1 =22162435 * 3 = 66487305 so'm.

52 -qatnov qismiga 1.1 yo'l chizig'ini chizishning smeta qiymati, E27-65-1 T.4 ga asosan 1 km q 4390210 co'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3 km, bundan S2 = 4390210*3 = 13170630 so'm.

53 - qatnov qismiga 1.6 yo'l chizig'ini chizishning smeta qiymati,

CPH 27-09-16-5 K-1.2 ga [62] muvofiq 1km q 944467 so'm bo'lib, ko'rilayotgan ko'chaning uzunligi 3 km, bundan S3 = 944467 * 3 = 2833401 so'm .

54 - lar to'xtash joylarini jihozlashning smeta qiymati,

S4 q 664873050 so'm.

38-formulaga asosan samaradorlik koeffitsientini aniqlaymiz:

Eh=(3457590 + 537788518) / 66487305 +13170630+2833401+664873050= 0,72

Kapital sarflarning qoplash muddatini 39-formulaga asosan quyidagicha aniqlaymiz: Tq = 1/ Ex =1 / 0,72 =1.3 yil yoki 15 oy

Xulosa

Demak, tavsiya etilayotgan tadbirlarimiz samarador hisoblanar ekan. Avtomobillar va jamoat transportlari harakatlanadigan boshqa ko'chalarda ham yuqorida keltirilgan harakat tezligini aniqlab, uni kamayishi sababli kuzatiladigan yo'qotish vaqtini hisoblab, shuningdek, YTH statistik ma'lumotlariga asoslanib, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida belgilangan tavsiyalarni samaradorligini aniqlanishi mumkin.

ADABIYOTLAR

1. Azizbek Ismoiljon o'g'li, S., & Ulug'bek Boliqul o'g'li, M. . (2022). DVIGATEL KONSTRUKTSIYASI VA ISHCHI JARAYONLARINI BOSHQARISHNI MUKAMMALLASHTIRISH. Scientific Impulse, 1(4), 536-542. Retrieved from http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/17642 Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Jizzax Politexnika instituti asisstanti Sultanov Azizbek Ismoiljon o'g'li Jizzax Politexnika instituti asisstanti

2. Jamoat transportlari yo'nalishlarida harakat miqdori va Научный импульс № 7 (100) Февраль 2023 г tarkibini tadqiq qilish http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/1764

3. Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Assistant of Jizzakh Polytechnic Institute Studying the Quantity and Composition of Traffic in Public Transport Directions

Genius Journals Publishing Group, Brussels, Belgium

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Boliqul o'g'li M. U. et al. ROAD TRAFFIC SAFETY AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF MODERN ROADTRANSPORT EXPERTISE //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - Т. 7. - С. 157- 164.

5. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74- 82.

6. Mizrabov Ulug'Bek Boliqul O'G'Li, Sultanov Azizbek Ismoiljon O'G'Li Avtomobillar xarakat xavfsizligiga fal ta'sir qiluvchi ekspluatatsiyaviy ko'rsatkichlari. // Механика и технология. 2022. №Спецвыпуск 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avto mobillar-xarakat-xavfsizligiga-faol-tasir-qiluvchi-ekspluatatsiyaviy-korsatkichlari (дата обращения: 26.02.2023).

7. Sultanov, A. I. o'g'li, & Qosimov, B. A. (2023). SIQILGAN GAZDA HARAKATLANADIGAN YENGIL AVTOMOBILLARNING YONILG'I TIZIMGA QO'YILGAN EKOLOGIK TALABLARI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(1), 747751. Retrieved from http://erus.uz/index.php/cf/article/vie w/1289Website: www.sjird.journalspark.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.