Научная статья на тему 'Tirbandlik kuzatilayotgan shahar ko‘chalarida transport oqimining asosiy tavsiflarini o‘rganish'

Tirbandlik kuzatilayotgan shahar ko‘chalarida transport oqimining asosiy tavsiflarini o‘rganish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
757
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport oqimi / tirbandlik / o‘tkazuvchanlik qobiliyati / samaradorlik / zichlik / harakat miqdori / транспортный поток / загруженность / пропускная способность / эффективность / плотность / объем трафика

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Umirov Ilhom Iskandar O‘G‘Li, Sultanov Azizbek Ismoiljon O‘G‘Li

Ushbu tadqiqot ishida Jizzax shahar ko‘chalarida transport vositalari tirbandligini tartibga solishni tadqiq qilish, ko‘chalarda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ko‘chalarda harakatlanayotgan transport oqimining asosiy xususiyatlari (harakat miqdori va tarkibi, harakat tezligi va zichligi) ni o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ko‘chalarda tirbandlik bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish tavsiyalarini ishlab chiqish masalalari ko‘rilgan. Shuningdek, avtomobil transporti ishining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti va maxsus vakolatli transport vositalarining harakatlanishiga imtiyoz yaratish harakat xavfsizligini ta’minlash maqsad qilib olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Изучение основных характеристик потока транспорта в пробках на улицах города

В данной научно-исследовательской работе изучение регулирования движения автотранспорта на улицах г.Джизак, разработка мероприятий по увеличению пропускной способности улиц, основных характеристик транспортного потока на улицах (объем и состав движения, скорость и плотность движения) рассмотрены вопросы определения закономерностей изменения, разработки рекомендаций по снижению количества дорожно-транспортных происшествий, связанных с движением на улицах. Также он направлен на обеспечение эффективности и безопасности автомобильного транспорта, создание льгот для движения общественного транспорта и специально разрешенных транспортных средств, обеспечение безопасности дорожного движения.

Текст научной работы на тему «Tirbandlik kuzatilayotgan shahar ko‘chalarida transport oqimining asosiy tavsiflarini o‘rganish»

TIRBANDLIK KUZATILAYOTGAN SHAHAR KO'CHALARIDA TRANSPORT OQIMINING ASOSIY TAVSIFLARINI O'RGANISH

Umirov Ilhom Iskandar o'g'li JizPI, katta o'qituvchi, +99897 3264747

Sultanov Azizbek Ismoiljon o'g'li JizPI, assistant +99894 3860301, azizbeksultanov3 3 3 @gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida Jizzax shahar ko'chalarida transport vositalari tirbandligini tartibga solishni tadqiq qilish, ko'chalarda o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, ko'chalarda harakatlanayotgan transport oqimining asosiy xususiyatlari (harakat miqdori va tarkibi, harakat tezligi va zichligi) ni o'zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ko'chalarda tirbandlik bilan bog'liq yo'l-transport hodisalari sonini kamaytirish tavsiyalarini ishlab chiqish masalalari ko'rilgan.

Shuningdek, avtomobil transporti ishining samaradorligi va xavfsizligini ta'minlash, jamoat transporti va maxsus vakolatli transport vositalarining harakatlanishiga imtiyoz yaratish harakat xavfsizligini ta'minlash maqsad qilib olingan.

Аннотация: В данной научно-исследовательской работе изучение регулирования движения автотранспорта на улицах г.Джизак, разработка мероприятий по увеличению пропускной способности улиц, основных характеристик транспортного потока на улицах (объем и состав движения, скорость и плотность движения) рассмотрены вопросы определения закономерностей изменения, разработки рекомендаций по снижению количества дорожно-транспортных происшествий, связанных с движением на улицах.

Также он направлен на обеспечение эффективности и безопасности автомобильного транспорта, создание льгот для движения общественного транспорта и специально разрешенных транспортных средств, обеспечение безопасности дорожного движения.

Abstract: In this research work, the study of the regulation of traffic on the streets of Jizzakh, the development of measures to increase the throughput of streets, the main characteristics of the traffic flow on the streets (volume and composition of traffic, speed and density of traffic), the issues of determining patterns of change, developing recommendations for reduce the number of traffic accidents associated with traffic on the streets.

It is also aimed at ensuring the efficiency and safety of road transport, creating incentives for public transport and specially authorized vehicles, and ensuring road safety.

Kalit so'zlar: transport oqimi, tirbandlik, o'tkazuvchanlik qobiliyati, samaradorlik, zichlik, harakat miqdori.

Ключевые слова: транспортный поток, загруженность, пропускная способность, эффективность, плотность, объем трафика.

Keywords: traffic flow, congestion, throughput, efficiency, density, traffic volume.

Kirish: Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yo'llarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2007-2010 yillarda umumiy foydalanishda bo'lgan avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari o'rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasini ta'minlamoqda [1]. Biz yurtimizning ertangi rivoji yo'lida qanday chuqur o'ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko'p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro'yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo'lsa, yuqori malakali ish kuchi va

yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yetuk mutaxassis yoshlarimizdir. Shuningdek, o'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatadigan o'qituvchi va domlalarga e'tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish diqqatimiz markazida bo'lishi darkor.

Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotida keng kirib borishi uchun zamin tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Oliy o'quv yurtlarida yangi standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, hamda yangilangan davlat ta'lim standartlariga muvofiq yangi avlod darsliklar, o'quv qo'llanmalar, elektron darsliklar va elektron o'quv qo'llanmalar nashr etish[2].

Avtomobillashtirishning keskin o'sishi bilan yirik shaharlarda yo'l harakati xavfsizligini tashkil etish eng asosiy vazifalardan bo'lib, soha mutaxassislari uchun dolzarb mavzulardan biridir. Jahon miqyosida avtomobil yo'llarida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalari (YTH) oqibatida doimiy halok bo'layotganlar va jarohatlanganlar sonini kamaytirish, halokatlilik darajasini ortishi asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Yo'llarda aholiga xizmat ko'rsatishda va harakat xavfsizligini ta'minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Yo'l-transport hodisalari oqibatida iqtisodiy va ijtimoiy zararlar kelib chiqmoqda. O'zbekistonning iqtisodiy hayotida transport va aloqalar tizimi hal qiluvchi o'rin tutadi. Respublikada yuk va yo'lovchilarni tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta bo'lib, 80000 km dan uzunroq avtomobil yo'llari qurilgan va ulardan foydalanilmoqda [3].

Tirbandlik kuzatilayotgan mintaqadagi transport vositalarining harakat tezligining

o'zgarishini tadqiq qilish

Tezlik - avtomobil yo'llaridan foydalanishda asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi. Harakat tezligi ko'rsatkichlariga qarab harakat xavfsizligini ta'minlanganlik darajasini, qatnovning qulayligi va jihozlanganligi hamda tejamkorligiga baho berish mumkin. Harakat tezligini oshirish bir tomondan transport tizimidan foydalanish samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, yo'l-transport hodisalarini sodir bo'lish xavfini oshiradi[8]. Shuning uchun haydovchilarga "yo'l harakati qoidalari va harakatlanish xavfsizligi" kursini o'qitilayotganda transport vositalarini boshqarishda tezlikni tanlashga alohida e'tibor qaratiladi [9]. Agar harakat jadallashgan bo'lsa, bu sharoitda transport oqimining tarkibi va jadalligiga qarab harakat tezligi aniqlanadi. Bundan tashqari, transport oqimining tezligi qatnov qismining harakatlanish tasmalari kengligiga ham bog'liq. Shahar sharoitida qulay iqlim sharoitida harakatlanishda transportlar orasidagi masofa kamida tezlikning yarmiga teng masofada saqlanishi kerak. [5] Bu tavsiya bir biriga yaqin turgan avtomobillarning samarali to'htashini ta'minlaydi. Chet el tajribalarida, aynan AQShning katta shaharlarida harakat tezligini ta'minlash uchun ko'chalarni kengaytirish va yangilarini qurish, hattoki, avtomobillarning tezkor harakatlanishlari uchun mo'ljallangan tezkor yo'llar qurish amalga oshirilmoqda.

Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog'liq. Kuzatishlar ko'rsatadiki, Vmax tezlik bilan haydovchilar ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo'l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0.7-0.85 Vmax ni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizantal to'g'ri yo'l bo'laklarida kuzatiladi. Amalda yo'l sharoiti ko'tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko'rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil bo'lishi oniy

tezlikning qiymatiga ta'sir ko'rsatadi. Real yo'l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 150-120 km/soatdan 40-30 km/soatgacha o'zgarishi mumkin. Avtomobil yo'llarida tezlikni oddiy sekundomer, "Fara", "To'pponcha" kabi tezlik o'lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuning bilan o'lchanadi [5].

Harakat tezligi transport vositalarining oraliq masofasiga bog'liq ravishda o'sishini quyidagi (1-rasmda) [4] grafikda ko'rishimiz mumkin. U oddiy sekundomer orqali aniqlangan. Grafikdan shuni aytish mumkinki, transport vositalarining oraliq masofasi ortib borishi bilan harakat tezligining oshib borishini ko'rishimiz mumkin. Tezlik o'zgarishini aniqlashning eng oddiy usullaridan biri sekundomer yordamida aniqlash usulidir. Bunda biz 100 m masofani tanlab olib, sekundomer yordamida har bir avtomobilning shu masofani qancha vaqt ichida o'tganligini o'lchab olamiz. Avtomobillarning tezligini esa masofani har bir avtomobilning bosib o'tgan vaqtiga bo'lib topamiz.

interval, sek

1-rasm. Harakat tezligining oraliq masofaga nisbatan o'zgarish grafigi.

Tajribaning aniq chiqishi uchun har bir o'lchash mintaqasida tezlikni 200 martadan o'lchaymiz. Tajribani tirbandlik kuzatilayotgan chorrahaga, 100 m kirish va 100 m chorrahadan chiqish mintaqalarida aniqlaymiz. Olingan natijalarni tahlil qilish maqsadida grafiklarga joylashtiramiz. Grafiklarga joylashtirishimizning sababi, grafiklardagi natijalar yaqqol va aniq ko'rinishi bilan birga biz uchun zarur bo'lgan [10] parametrlarni ko'rsatib beradi. Men o'z tadqiqot ishimda Jizzax shahridagi tirbandlik kuzatilayotgan ko'chalarda transport vositalarining harakat tezligini aniqladim va ularni quyidagi (2, 3, 4, 5-rasmlar) grafiklarga joylashtirdim. Grafiklardan ko'rinib turibdiki, transport vositalarining tirbandligi oshishi bilan harakat tezligi kamayadi.

Mustaqillik ko'chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigini (2-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo'lganda unga mos ravishda harakat tezligi 58, 52, 35, 22 va 14 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 250 m va undan yuqori bo'lganda harakat tezligi 14 km/soat va undan kam bo'ladi.

О 100 200 300

Тир бандликнинг узу нлиги, м

2-rasm. Mustaqillik ko'chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigi.

I.Karimov ko'chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigini (3-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo'lganda unga mos ravishda harakat tezligi 55, 47, 44, 32 va 13 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 270 m va undan yuqori bo'lganda harakat tezligi 15 km/soat va undan kam bo'ladi. Sh.Rashidov ko'chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigini (4-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo'lganda unga mos ravishda harakat tezligi 59, 43, 30, 22 va 12 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 270 m va undan yuqori bo'lganda harakat tezligi 15 km/soat va undan kam bo'ladi. O.Azimov ko'chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigini (5-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 100, 150, 200 va 250 bo'lganda unga mos ravishda harakat tezligi 58, 43, 18 va 12 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 250 m va undan yuqori bo'lganda harakat tezligi 12 km/soat va undan kam bo'ladi.

70

0 -I---------------

0 100 200 300

Тирбандликнингу зунлиги, м

3-rasm. I. Karimov ko'chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o'zgarish grafigi.

e3 0 1 M ES

70 ♦ Te'miiK

50 40

S.4 !

M

f

U--4 1

30 1 63.194 RJ 1.1.9 198

0

0 100 200 300 400

Tup.ViII.IIIIKniini ''"'A JJ. JJJJ [I M

4-rasm. Sh. Rashidov ko'chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga

nisbatan o'zgarish grafigi.

50

It

1

11

22

N

O 50 100 150 200 250

Tiipö;AH^_niiKHiiHr \ h ...... M

5-rasm. O. Azimov ko'chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga

nisbatan o'zgarish grafigi.

Transport vositalarining zichligini o'rganish

Yo'llarda xavfsiz harakatni tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo'lning geometrik o'lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo'laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o'tkazish qobiliyatini ta'minlashga qaratiladi. Bunda transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Avtomobil yo'llarida transport oqimining harakat tizimini o'rganishda eng axamiyatli xususiyatlardan biri bu-transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat zichligi - transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat polasasiga joylashgan soni bilan o'lchanadi (q-km/dona) [5]. Bu ko'rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo'l sharoitiga nisbatan o'zgaradi. Engil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi qmak=200 avt/km, bunda tezlik km/soatga, transport oqimining optimal zichligi qopt=15-25 avt/kmga ega bo'ladi.

Tranport oqimining zichligi oshib borgan sari transport vositalari oraliq masofasi kamayishi, tezlikning kamayishi hamda haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo'l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to'htab qolish ("zator") holatida kuzatiladi. Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin

Q = N / V (1)

Bu yerda: N- bitta polasadagi harakat miqdori, avt/km V-transport oqimining zichligi, km/soat Bu ko'rsatkich harakat miqdori "N" va yo'l sharoiti o'zgarishiga bog'liq, chunki "N" ko'rsatkichi o'zgaruvchan. Tranport oqimining zichligini aerofotos'emka yoki yo'lning yon tarafidan baland joydan kinos'yomka qilish orqali aniqlanadi. Tranport oqimining zichligi

yuqori bo'lgan paytlarda yo'lning yuklanganlik darajasi ortishiga, shu bilan birga transport oqimining tezligini kamayishiga olib keladi. Bu xollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli moddalar soni kattalashishiga olib keladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik ko'rsatkichga keltirish , buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 dan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishni ta'minlash kerak [6]. Xarkova milliy avtomobil -yo'llar univesiteti olimlari dots.L.A.Kovalenko, ass.S.N.Urdziklar transport oqimining harakat zichligi, harakat miqdori va tezligini bog'lovchiqonuniyatni ishlab chiqishdi:

Nmax=Dmax * V, (2)

Bu erda D=Dmax me'yoriy harakat miqdori, shahar ko'chalarida o'tkazuvchanlik qobiliyatini miqdorini belgilab beradi. Yilning har xil vaqtlarida olib borgan eksperimental tadqiq ishlariga asosan, harakat zichligi va harakat tezligi orasidagi bog'liqlikni quyidagicha shaklga keltirishdi: quruq ob-havo sharoiti uchun

Dmax= 125-088V, (3)

yog'ingarchilik sharoiti uchun

Dmax= 125-1.10 V, (4)

Shuni aytish kerakki, yog'ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat zichligini, o'tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi[11]. Shuning uchun transport oqimining harakatlanish xavfsizligi va uning holatini baholashda ko'proq miqdorda harakat zichligini va harakat tezligini yuqori aniqlikda aniqlash talab etiladi. Shahar ko'chalarida eksperimental kuzatishlar olib borishdan maqsad harakat tezligini o'zgarish qonuniyatini o'rganish, har xil sharoitlarda transport oqimining harakat zichligini o'zgarishini o'rganish hamda transport oqimining asosiy xususiyatlari orasidagi qonuniyatlarni o'rganishdir. Transport oqimining zichligi harakat tezligining pastligi va harakat notekisligi orqali ham xarakterlanadi. Transport oqimining harakat zichligini o'rganish uchun harakat zichligiga yo'l sharoitining ta'sirini va " tezlik-zichlik " bog'liqligini tadqiq qilinadi. Harakat zichligi vaqt davomida yo'lning ahamiyatiga bog'liq ravishda o'zgarib turadi. [12].

Transport oqimining zichligi bo'yicha eksperimental ilmiy izlanishlar olib borgan

n e

fi e o k

k

s f vfa Xa

10 20 30 40 50 60 70 gO Zichlik avt/km

6-rasm. Harakat zichligini xavfsizlik koeffitsientiga bog'liqligi

V.M.Trubunskiy [7] "tezlik - zichlik" bog'likligiga aniqlik kiritdi. "Tezlik-zichlik" bog'liqligi va avtomobillar oqimining asosiy xususiyatlari bilan bog'liklik darajasini quyidagi formula ko'rinishiga keltirdi:

N= vq (5)

V=vcb - ßq + ap (6)

bu erda: N - harakat miqdori, avt/ soat q - harakat zichligi, avt/km

v - ko'rib chiqilayotgan jadallikdagi harakat tezligi, km/soat vcb - erkin sharoitdagi harakat tezligi, km/soat a - harakat tarkibiga ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsient p - harakat tarkibidagi engil avtombillar soni, %

Yo'l sharoiti har xil bo'lganda darajalanish koeffitsientini aniqlash: to'g'ri yo'l bo'lagida

N= 81v- l.S v2 + 0.12S pv; (7)

radiusi 3S m bo'lgan rejadagi egrilikda

N= 96v - 3.76 v2 + 0.422 pv;

(8)

50 %o burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda

N= 7Sv - 1.73 v2 + 0.17S pv;

(9)

Bundan V.M.Trubunskiy yo'l sharoitining yuqori darajadagi harakat zichligiga bog'likligini quyidagicha izohladi: radiusi 35 m bo'lgan rejadagi egriliklarda 96 avt/km, 50 % burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda 75 avt/km, to'g'ri yo'l bo'laklarida 81 avt/km ni tashkil etadi. Demak, transport oqimining zichligiga to'g'ri yo'l bo'laklariga qaraganda balandliklarga ko'tarilishlarda ko'proq ta'siri hamda asosan kichik radiusli egriliklarda ta'sir etishi aniqlandi. 7-rasmda olib borgan tadqiq ishimga asosan Jizzax shahrining Sh.Rashidov ko'chasida harakat zichligining har xil vaqtlarda o'zgarish diagrammasi keltirilgan. Ushbu ko'chada harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 2725 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 30 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2930, 4300 va 4600 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 38, 40 va 43 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.

Harakat miqdori, avt/soat 7-rasm. Sh. Rashidov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

Harakat miqdori ancha jadallashgan vaqtlarda ya'ni 5200 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligining eng yuqori qiymati 48 avt/km atrofida aniqlandi. Shuningdek, 8-rasmda Mustaqillik ko'chasida olib borgan tadqiq ishimga asosan harakat zizligining o'zgarish grafigi keltirilgan.

Нагака! ш1дёог1, ау1/воа1 8-rasm. Mustaqillik ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

Mustaqillik ko'chasida harakat zichligi Sh.Rashidov ko'chasiga nisbatan кат ekanligini aytish mumkin. ko'chada harakat miqdori 1546 avt/soat atrofida bo'lganda harakat

zichligi 24 avt/kmni tashkil etishi aniqlandi. Harakat miqdori ortib borgan sari, уа'ш 2540, 2900 avt/soat bo'lgan holatlarda harakat zichligi 27, 30 avt/kmni tashkil etgan bo'lsa, harakat miqdori jadallashgan paytlarda, ya'ni, 3800 avt/soatda harakat zichligining yuqori qiymati 36 avt/km atrofida bo'lishi kuzatildi. I.Karimov ko'chasida zichlikning o'zgaгishi gгafigini 9-гавшёа ko'rish mumkin. I.Karimov ko'chasida harakat miqdori eng кат bo'lganda, ya'ni 1546 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 22 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday УО'1 shaгoitlaгida kunning boshqa vaqtlaгida harakat шiqdoгi 2540, 2900, 3200 уа 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 30, 30, 34 va 36 avt/km а№о1Ыа bo'lishi aniqlandi. Xuddi shunday уо'1 sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 25, 35, 34 va 37 а\1/1<1п айойёа Ьо'НвЫ aniqlandi.

2540

Haгakat miqdori, avt/soat 9-rasm. I. Karimov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

A.Navoiy ko'chasida zichlikning o'zgarishi grafigini 10-гasшda ko'rish шuшkin. A.Navoiy ko'chasida harakat miqdori eng кат bo'lganda, ya'ni 1546 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 24 avt/kmni tashkil qildi.

Harakat miqdori, avt/soat 10-rasm. A.Navoiy ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Demak, harakat zichligi birinchi navbatda harakat miqdori bilan uzviy bog'liq ekan. Harakat miqdori o'zgarib borgan sari harakat zichligi ham o'zgarib borar ekan. Shuningdek harakat zichligi yo'l sharoitiga ham bog'liq ekanligini aytish mumkin. Yo'llarda xavfsiz harakatni ta'minlashda va yo'l harakatini tashkil etishda transport oqimi xususiyatlarini o'rganish muhim ekan.

Tirbandlik kuzatilayotgan mintaqadagi transport vositalarining intervalining o'zgarishini

tadqiq qilish.

Yo'l harakati xavfsizligini tashkil etishda tadqiq qilinishi kerak bo'lgan o'zgaruvchilardan biri bu - intervaldir [13]. Bu chiziqli o'zgaruvchi bo'lib, transport vositalarining harakat miqdoriga, harakat tezligiga, zichlikka bog'liqdir [14 va 15]. Belgilangan tezlikda harakat miqdori va uning zichligi qanchalik yuqori bo'lsa, transport vositalarining intervali shunchalik qisqa bo'ladi. Quyidagi (11-rasm) grafikda transport oqimidagi transport vositalarining intervalini o'zgarishini ko'rishimiz mumkin [4]. Chet el davlatlarida transport vositalarining intervalini boshqarishda avtomobillarga GPS, CCTV, VMS tizimlari [17, 18, 19] yoki avtomatik boshqaruv qurilmasidan foydalaniladi. Men o'zimning tadqiqot ishimda transport vositalarining itervalini tirbandligiga bog'liq o'zgarishini aniqladim va tahlil qildim. Mustaqillik ko'chasida transport vositalari intervalining tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi (12-rasm) grafikda ko'rishimiz mumkin. Unda transport vositalarining tirbandligi 50, 100, 150, 200, 250 m bo'lganda mos ravishda intervalning uzunligi 6, 5.1, 2.7, 0.9, 0.9 ni tashkil etar ekan.

о

£

'G о

тз &

а M а

!-н СЙ

д

1400 1200

400 200

,3

1 42-

Interval, sek

10

12

14

I - yengil avtomobil - yengil avtomobil, 2 - avtobus - yengil avtomobil, 3 - yuk- engil avtomobil,

II - rasm. Jizzax shahridagi to'rt tasmali yo'llarda harakat miqdorining intervalga bog'liq

o'zgarishi.

Bu esa Mustaqillik ko'chasida transport vositalari tirbandligining oshishi bilan intervalning kamayishini ko'rsatadi. I.Karimov ko'chasida transport vositalari intervalining tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi (13-rasm) grafikda ko'rishimiz mumkin.

12 - rasm. Jizzax shahridagi Mustaqillik ko'chasida transport vositalari intervalining tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishi.

Unda transport vositalarining tirbandligi 50, 100, 150, 200, 250 m bo'lganda mos ravishda intervalning uzunligi 5.7, 4.1, 3.9, 2.2, 0.9 ni tashkil etar ekan. Bu esa I.Karimov ko'chasida Mustaqillik ko'chasiga transport vositalarining oraliq masofasi yanada kamroq ekanligini ko'rsatadi. Bu ko'chada ham transport vositalari tirbandligining oshishi bilan intervalning kamaygan. Sh.Rashidov ko'chasida transport vositalari intervalining tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishini quyidagi (14-rasm) grafikda ko'rishimiz mumkin. Unda transport vositalarining tirbandligi 50, 100, 150, 200, 250 m bo'lganda mos ravishda intervalning uzunligi 6, 4.2, 2.4, 1, 0.9 ni tashkil etar ekan. Bu esa Sh.Rashidov ko'chasida ham transport vositalari tirbandligining oshishi bilan intervalning kamayishini ko'rsatadi

0 100 200 300 400

Tup 6 aHflJiiiK huh r y 3y hjih n i , m

13 - rasm. Jizzax shahridagi I.Karimov ko'chasida transport vositalari intervalining

tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishi.

Тпрбандликнингузушшги,

14 - rasm. Jizzax shahridagi Sh.Rashidov ko'chasida transport vositalari intervalining

tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishi.

Bu ko'chada transport vositalarining tirbandligi 50, 80, 100, 120, 140 m bo'lganda mos ravishda intervalning uzunligi 6.1, 5, 2.4, 1.2, 0.9 ni tashkil etar ekan. Bu esa A.Navoiy ko'chasida ham transport vositalari tirbandligining oshishi bilan intervalning kamayishini ko'rsatadi.

0 50 100 150

Тпрбандликнингузунлиги, м

15 - rasm. Jizzax shahridagi A. Navoiy ko'chasida transport vositalari intervalining

tirbandlikka bog'liq ravishda o'zgarishi.

XULOSALAR

Transport vositalarining tirbandligi kuzatilayotgan shahar ko ' chalarida transport oqimining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: transport oqimida harakatlanayotgan transport vositalari harakat tezligi, transport oqimining harakat zichligi, transport vositalarining oraliq masofasi.

Sh.Rashidov, Mustaqillik, I.Karimov va A.Navoiy ko'chalarida transport vositalarining o'rtacha harakat tezligi 30 km/soatni tashkil etib, to'g'ri yo'l bo'lagida 40-50 km/soat, ko'tarilishlar va tushishlarda 20-30 km/soat, transport vositalari to'xtash joylarida bo'lgan bo'laklarda 15-20 km/soat, chorrahalar bilan kesishuv hamda avtomobillar oqimi katta bo'lgan vaqtlarda 10-15 km/soat, shuningdek, yo'lning egri bo'laklarida harakat tezligi 20-30 km/soatni tashkil etishi aniqlandi. Tirbandlik 200 m ortib ketganda 10 km/soat ni tashkil etishi aniqlandi.

Sh.Rashidov, Mustaqillik, I.Karimov va A.Navoiy ko'chalarida transport oqimining zichligini o'rganib tahlil qilganimda, transport oqimining harakat zichligi ortib borishi bilan

xavfsizlik koeffitsienti kamayib boishni, shuningdek, harakat zichligi harakat miqdori hamda yo'l sharoiti bilan uzviy bog'liq ekanligini aniqladim.

Sh.Rashidov, Mustaqillik, I.Karimov va A.Navoiy ko'chalarida intervalning transport vositalarining tirbandligiga bog'liq ravishda o'zgarishini aniqladim. Tahlil natijalaridan shuni aytish mumkinki tirbandlikning miqdori 50m dan 250m gacha o'zgarganda transport vositalari intervali 6 m dan 0.9m gacha o'zgarar ekan. Ya'ni xulosa qilib aytadigan bo'lsak tirbandlik 250 m va undan yuqori bo'lganda interval K0.9 m ni tashkil etar ekan.

ADABIYOTLAR

1. Sh. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Sh.Mirziyoyev, Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq. T: O'zbekiston, 2017. - 56 b.

3. Sh. Mirziyoyev, "Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi" .- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza : O'zbekiston, 2017. - 48 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2019 yil 1 fevraldagi PQ №4143-sonli Qarori

5. http://mosprobki.narod.ru/

6. Тошшахартрансхизмат уюшмасидан олинган маълумотлар.

7. ВСН 25-05 Автомобил йулларида хдракат хавфсизлигини таъминлаш буйича курсатмалар. Ташкент: Узгосстрой ,2005.-190с.

8. "Узбекистон автомобил-йул комплексининг долзарб вазифалари" республика илмий-амалий анжуман материаллари туплами.Тошкент, ТАИИ. I кисм, 2008 й., -440 б.

9. Ражапов А.Д. «Траснпорт воситаларининг тирбандлигини камайтиришни такикот этиш».«Автомобил ва йуллар комплексини ривожлантиришда кадрларнинг тутган урни» иктидорли ёшларнинг илмий-амалий анжумани. Тошкент 2009 й.

10.Азизов К.Х., ва бошкалар. ИХК ва ХХД маърузалар матни. Тошкент. II кисм, 2010 й., - 74 б.

11.КМК 2.05.02-05. Автомобил йуллари. Узгосстрой. Тошкент: 2005.-112б.

12.Кременец Ю.А., Печерский М.П., Афанасьев М.Б. Технические средства организации дорожного движения.—М.:ИКЦ «Академкнига», 2005.—279 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.