Научная статья на тему 'TRANSPORT VOSITALARINING ЕKOLOGIYAGA TA’SIRI BO‘YIСHA MUAMMOLARINI ASOSLASH'

TRANSPORT VOSITALARINING ЕKOLOGIYAGA TA’SIRI BO‘YIСHA MUAMMOLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / xaydovchi / tizim / xavfsizlik / axborot / baxolash / transport.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Mizrabov U.B., Abdukarimov Sh.O.

Transport vositalari sonining ko‘payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi atrof muhitga ajraladigan zaharli gazlar miqdorining ko‘payishi muammoni yanada dolzarb bo‘lishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT VOSITALARINING ЕKOLOGIYAGA TA’SIRI BO‘YIСHA MUAMMOLARINI ASOSLASH»

Mizrabov U.B.

Jizzax politexnika instituti asestenti Abdukarimov Sh. O. Bulung'ur tumani kasb-hunar maktabi fan o'qituvchisi

TRANSPORT VOSITALARINING EKOLOGIYAGA TA'SIRI BO'YICHA MUAMMOLARINI ASOSLASH

Annotatsiya. Transport vositalari sonining ko 'payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi atrof muhitga ajraladigan zaharli gazlar miqdorining ko 'payishi muammoni yanada dolzarb bo 'lishiga olib keladi.

Kalit so 'zlar: avtomobil, xaydovchi, tizim, xavfsizlik, axborot, baxolash, transport.

Mizrabov U.B. assistant

Jizzakh Polytechnic Institute Abdukarimov Sh. O. science teacher Bulungur District Vocational School

JUSTIFYING THE PROBLEMS OF THE ENVIRONMENTAL IMPACT

OF TRANSPORT VEHICLES

Annotation: an increase in the number of vehicles, as well as an increase in speed and traffic intensity, will lead to the fact that the amount of toxic gases released into the environment will make the problem more relevant.

Keywords: car, driver, system, security, information, transportation.

Kirish: Ekologik xavfsizlik. Atrof-muhitning ifloslanishiga o'sib borayotgan avtomobillar soni yanada katta tasir ko'rsatmoqda. Jahonda avtomobillar yiliga 2,1 mlyard tonna yonilg'i ishlatadi va atmosferaga 700 mln tonna atrofida zaharli moddalar chiqaradi, shu jumladan 420 mln tonna CO, 170 mln tonna CxHy, 60 mln tonna NOx, 17 mln tonna qurum va 0.6 mln tonna qo'rg'oshin (bir dona o'rtastatistik avtomobil uchun yiliga o'rtacha 1.3 tonna chiqindi to'g'ri keladi). Natijada rivojlangan davlatlarda atmosferaning umumiy zaharlanishida avtomobil transportining ulushi 45-50% ga yetmoqda. Rossiyada 40%, shu jumladan shaharlarda 50-60%, megapolislarda 85-90%.

ATM raxbarlari va mutaxassislarining ekalogik malumoti darajasi va malakasi.

Haydovchi xavfsizlik talablariga rioya etishi va buni bajarishda harakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to'liq jihozlanganligini tekshirishi va harakatda keskin to'xtash va manyovrlar

мЭкономнка h ^uyM" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

441

bajarishda yo'lovchi tan jarohati olmasligini ta'minlashi zarur Boshqa mamlakatlarda ham shunga o'xshash malumotlar olingan. Masalan, Finlyandiyada harakatlanganda

3-rasm. Avtomobillarning ekologiyaga ta 'siri

chiqadigan chiqindilarning 77% i yengil avtomobillarga to'g'ri keladi; AQSh da 67%, yuk avtomobillari va avtobuslarga esa 33%, shu jimladan kam yuk ko'taruvchi va kam sig'imli, benzinlilarga 22%, o'rta va katta yuk ko'taruvchi benzinlilarga 4%, dizelli yuk avtomobillari va avtobuslarga 7% Priborlar panelida biron-bir indikator signal bersa, darhol harakatni to'xtatib, uni bartaraf qilish choralarini ko'rishi kerak.

ATE ning ushbu masalani yechishdagi hissasi 20-25% deb baholanadi va u, birinchidan, avtomobillar va ularning agregatlarini texnik xolati sozligini taminlash va uni saqlab turishdan iborat bo'lib, asosiy zararli chiqindilar miqdorini belgilaydi; ikkinchidan, avtomobillarni texnik xizmat va tamirlash, saqlash, yonilg'i bilan to'ldirish jarayonlarida muhim ifloslanishni kamaytiradi; uchinchidan, resurslarni (yonilg'i, moy, elektr quvvati, suv, extiyot qismlar, shina, akkumulyatorlar, texnik suyuqliklar va boshqalar) tejamli sarflaydi; to'rtinchidan, sanoat chiqindilarini kamaytirish, yig'ish, qayta ishlash va ikkilamchi foydalanishni o'z ichiga oladi.

Asosiy qisim: n - yo'ldagi bo'lak soni, unda transportning harakati amalga oshiriladi. Bunda n - bo'laklar soniga (turganlaridan tashqari), S - engil avtomobillar harakat miqdori, G - og'ir yuk avtomobillarining harakat miqdori, A - relssiz jamoat transportlarining harakat miqdori.

Bunda umumiy Q - birlikdagi harakat miqdori shunday belgilanadi:

"Экономика и социум" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

442

Q =kc *C Q kG*G QkA*A,

Bundakc, kG, kA - engil, yuk va jamoat transport koeffitsienti.

Jamoat transport harakati bo'lagini aniqlashda asosiy oqim qolgan bo'laklarga aralashadi. Shunda quyidagi chegaralanish amalga oshiriladi:

(S-S1) > (Q-q),

Bunda S - magistralning o'tkazish qobiliyati, harakat bo'laklari sonini o'z ichiga oladi; S1 - bir bo'lakdaga magistralning o'tkazish qobiliyati; q - jamoat transportining harakat miqdori.

So'ngra qolgan harakat bo'laklarining o'tkazish qobiliyatini solishtirish kerak bo'ladi.

(S - S1)- jamoat transporti uchun harakat bo'laklarini hisoblamasdan va (Q-q) - jamoat transport harakatini hisoblamasdan umumiy oqim harakat tezligini tekshirish amalga oshiriladi. Agar qolgan bo'laklarni o'tkazish qobiliyati umumiy oqim harakat miqdoridan kam bo'lsa, jamoat transport uchun alohida bo'lak ajratish mumkin emas.

Umumiy oqim harakat tezligini hisoblashda jamoat transportiga alohida bo'lak ajratish quyidagi formula asosida bajariladi:

V = (Vd 2)*(1-[1 (S-S1)*([(S-S1)2-(S-S1)*(Q-q)]1/2

Bunda Vd - berilgan joydagi transport vositalarining harakat tezligi KYT,

km/s.

Jamoat transporti uchun maxsus bo'lakni uzaytirishni hal qilishda chorrahadagi o'tkazish qobiliyati hisobga olinadi va svetofor boshqaruv tartibi amalga oshiriladi.

Yo'l harakatini tashkil etishda yo'l-transport hodisalarini tizimli tahlil qilish talab etiladi. Yo'l-transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan ko'plab sarflarni kamaytirishda mukammallashgan qaror qabul qilishga imkon beradi. Ushbu tahlillar har xil iqtisodiy sarflardan tejash va harakatini tashkil etishni yaxshilashning birinchi navbatdagi texnik-iqtisodiy asoslangan tadbirlarini aniqlash imkonini beradi.

Shahar ko'cha va yo'llarida harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha shahar ko'cha-yo'l tarmog'ini boshqarishda samarali tadbirlar foydalanuvchilar uchun ko'proq qulayliklarni aks ettirishi lozim.

Harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlarda har xil kapital sarflar keltiriladi va YTHning ortishiga ta'sir darajasi aniqlanadi.

A.Navoiy ko'chasida engil avtomobillar V=65 km/soat ta'minlangan tezlikda S=100 m masofa uchun ketgan vaqtni hisoblaymiz:

tengil= _S = 100 M =55 M

V 18,4m / c ' c

yuk avtomobillari uchuntyuk= — = ^^ = 9 M avtobuslar uchuntavtobus= —

V 11m / c c V

_ 100m __rj rj m

13m / c

Ko'chalar uchun hisoblangan qiymatlarni 1-jadvalga kiritamiz:

'^KOHOMHKa h соцнумм №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

443

1 -jadval

№ Ko'chalar Vaqt t, s

Engil yuk avtobus

1 A.Navoiy 5,5 9 7,7

2 Sh.Rashidov 5,4 8,1 7,5

3 Mustaqillik 5,1 8,1 7,5

4 I.Karimov 5,3 6,9 7,2

Olib borilgan tadqiq ishlari va statistik ma'lumotlarga asosan Sh.Rashidov ko'chasida tezlikning va o'tkazuvchanlik qobiliyatining yuqoriligi hamda YTHlari nisbatan kamligini hisobga olib, Sh.Rashidov ko'chasini étalon qilib olamiz va A.Navoiy ko'chasida yo'qotilgan vaqtni hisoblaymiz:

A t = tnavoiyeng-tATemureng= 5,5 c - 5,4 c =0,1 c A t = tnavoiyavt-tATemuravt= 7,7 c - 7,5 c =0,2 c A t = tnavoiyyuk-tATemuryuk= 9 c - 8,1 c =0,9 c

Shuningdek, Mustaqillik ko'chasida yo'qotilgan vaqt hisoblangan va qiymatlar 2-jadvalda kiritilgan:

2-jadval

№ Ko'chalar Yo'qotilgan vaqt At, s

Engil yuk avtobus

1 A.Navoiy 0,1 0,9 0,2

2 Mustaqillik 0,3 0 0

3 I.Karimov -0,2 1,2 0,3

Xulosa

Demak, tavsiya etilayotgan tadbirlarimiz samarador hisoblanar ekan. Avtomobillar va jamoat transportlari harakatlanadigan boshqa ko'chalarda ham yuqorida keltirilgan harakat tezligini aniqlab, uni kamayishi sababli kuzatiladigan yo'qotish vaqtini hisoblab, shuningdek, YTH statistik ma'lumotlariga asoslanib, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida belgilangan tavsiyalarni samaradorligini aniqlanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ulug'bek Boliqul o'g'li, M.. (2022). DVIGATEL KONSTRUKTSIYASI VA ISHCHI JARAYONLARINI BOSHQARISHNI MUKAMMALLASHTIRISH. Scientific Impulse, 1(4), 536-542.

3. Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Assistant of Jizzakh Polytechnic Institute Studying the Quantity and Composition of Traffic in Public Transport Directions Genius Journals Publishing Group, Brussels, Belgium

4. Boliqul o'g'li M. U. et al. ROAD TRAFFIC SAFETY AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF MODERN ROADTRANSPORT EXPERTISE //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - T. 7. - C. 157- 164.

'^KOHOMHKa h ^HyM" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

444

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.