Научная статья на тему 'HANAFIYLIK NAZARIYASINING TARQALISHIDA ABU YUSUFNING XIZMATLARI'

HANAFIYLIK NAZARIYASINING TARQALISHIDA ABU YUSUFNING XIZMATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1675
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Hanifa / Abu Yusuf / fiqh ilmi / hanafiylik ta’limoti / ra’y va qiyos / ijmo / istehson / “Kitob ul-xaroj” asari. / Abu Hanifa / Abu Yusuf / jurisprudence / Hanafi teachings / opinions and comparisons / ijma ' / production / Kitab ul-Kharaj.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raxmonov, Abduqahhor Absattorvich

Abu Hanifa vafot etgach, uning ta’limotini asrab qolish, shakllantirish va tarqatishda uning ko‘plab shogirdlari tilga olinsada, biroq ular orasida Yoqub Abu Yusuf (731-798) alohida ajralib turadi. Chunki uning deyarli barcha asarlarida Abu Hanifa ta’limoti ochib berilgan. Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) hanafiylik mazhabiing yirik vakili Abu Yusufni xalifalik bosh qozisi etib tayinlashi, ushbu mazhabning mamlakat bo‘ylab taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. Abu Yusuf ilmli va kuchli xarakterli shaxs edi. Uning qobiliyati va harakatlari evaziga imperiya gullab yashnadi. Hanafiylik mazhabi davlat mazhabiga aylandi, chiqariladigan qonunlar ushbu mazhab nuqtai nazaridan chiqarilar edi. Hanafiylikning bu darajada yuksalishida Abu Hanifaning buyuk shogirdi Abu Yusufning xizmatlari katta bo‘ldi. Maqolada hanafiylik mazhabining shakllanishi va tarqalishida imom Abu Yusufning xizmatlari, uning nazariy umumlashmalari va ijtimoiy-siyosiy qarashlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SERVICES OF ABU YUSUF IN THE DISPERSION OF HANAFI THEORY

After the death of Abu Hanifa, many of his disciples were mentioned in the preservation, formation and dissemination of his teachings, but Yaqub Abu Yusuf (731-798) stands out among them. Because in almost all of his works, the teachings of Abu Hanifa are revealed. Caliph Harun al-Rashid (786-809) appointed Abu Yusuf, a major figure in the Hanafi sect, as the chief judge of the caliphate, which led to the development of the sect throughout the country. Abu Yusuf was a man of knowledge and strong character. Thanks to his abilities and efforts, the empire prospered. The Hanafi sect became the state sect, and the laws enacted were issued from the point of view of this sect. Abu Yusuf, the great student of Abu Hanifa, played an important role in the rise of Hanafiism. The article analyzes the services of Imam Abu Yusuf in the formation and spread of the Hanafi school, his theoretical generalizations and socio-political views.

Текст научной работы на тему «HANAFIYLIK NAZARIYASINING TARQALISHIDA ABU YUSUFNING XIZMATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

HANAFIYLIK NAZARIYASINING TARQALISHIDA ABU YUSUFNING

XIZMATLARI

Abu Hanifa vafot etgach, uning ta'limotini asrab qolish, shakllantirish va tarqatishda uning ko 'plab shogirdlari tilga olinsada, biroq ular orasida Yoqub Abu Yusuf (731-798) alohida ajralib turadi. Chunki uning deyarli barcha asarlarida Abu Hanifa ta'limoti ochib berilgan. Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) hanafiylik mazhabiing yirik vakili Abu Yusufni xalifalik bosh qozisi etib tayinlashi, ushbu mazhabning mamlakat bo'ylab taraqqiy etishiga sabab bo'ldi. Abu Yusuf ilmli va kuchli xarakterli shaxs edi. Uning qobiliyati va harakatlari evaziga imperiya gullab yashnadi. Hanafiylik mazhabi davlat mazhabiga aylandi, chiqariladigan qonunlar ushbu mazhab nuqtai nazaridan chiqarilar edi. Hanafiylikning bu darajada yuksalishida Abu Hanifaning buyuk shogirdi Abu Yusufning xizmatlari katta bo 'ldi.

Maqolada hanafiylik mazhabining shakllanishi va tarqalishida imom Abu Yusufning xizmatlari, uning nazariy umumlashmalari va ijtimoiy-siyosiy qarashlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Abu Hanifa, Abu Yusuf, fiqh ilmi, hanafiylik ta'limoti, ra'y va qiyos, ijmo, istehson, "Kitob ul-xaroj " asari.

After the death of Abu Hanifa, many of his disciples were mentioned in the preservation, formation and dissemination of his teachings, but Yaqub Abu Yusuf (731-798) stands out among them. Because in almost all of his works, the teachings of Abu Hanifa are revealed. Caliph Harun al-Rashid (786-809) appointed Abu Yusuf, a major figure in the Hanafi sect, as the chiefjudge of the caliphate, which led to the development of the sect throughout the country. Abu Yusuf was a man of knowledge and strong character. Thanks to his abilities and efforts, the empire prospered. The Hanafi sect became the state sect, and the laws enacted were issued from the point of view of this sect. Abu Yusuf, the great student of Abu Hanifa, played an important role in the rise of Hanafiism.

The article analyzes the services of Imam Abu Yusuf in the formation and spread of the Hanafi school, his theoretical generalizations and socio-political views.

Raxmonov Abduqahhor Absattorvich

TTA Termiz filiali, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri rahmonov_a.a@mail. ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Keywords. Abu Hanifa, Abu Yusuf, jurisprudence, Hanafi teachings, opinions and comparisons, ijma ', production, Kitab ul-Kharaj.

АННОТАЦИЯ

После смерти Абу Ханифы в сохранении, формировании и распространении его учения упоминаются многие его ученики, но среди них выделяется Якуб Абу Юсуф (731-798). Потому что почти во всех его произведениях раскрывается учение Абу Ханифы. Халиф Харун ар-Рашид (786809) назначил Абу Юсуфа, крупного деятеля ханафитской секты, главным судьей халифата, что привело к развитию секты по всей стране. Абу Юсуф был человеком знаний и сильным характером. Благодаря его способностям и усилиям империя процветала. Секта ханафитов стала государственной сектой, и принимаемые законы были изданы с точки зрения этой секты. Абу Юсуф, великий ученик Абу Ханифы, сыграл важную роль в подъеме ханафитского движения.

В статье анализируются заслуги имама Абу Юсуфа в становлении и распространении ханафитской школы, его теоретические обобщения и общественно-политические взгляды.

Ключевые слова. Абу Ханифа, Абу Юсуф, юриспруденция, ханафитские учения, мнения и сравнения, иджма, производство, Китабуль-Харадж.

KIRISH

VIII va IX asrlarda Qur'oni Karimni sharhu tafsir etish, Payg'ambar hadislari bo'yicha tadqiqot olib borib, ularni to'plash va soxta hadislardan ajratish sohasida izchil faoliyatning guvohi bo'lamiz. Buning natijasida ko'plab islom ilmlarining kelib chiqishi yuz berdi. Xususan, fiqh ilmi islom huquqidan iborat bo'lib, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida uchraydigan turli masalalar xususida bahs yuritib bu masalalarga nisbatan shari'atning tutgan o'rnini belgilab beruvchi ilmdir. Fiqh ilmi Qur'on va sunnatda mavjud bo'lgan aniq dalillar asosida shar'iy hukmlar chiqarishga tayanadi. Bu esa fiqh ulamolari o'rtasida munozaralarni hamda musulmonlar orasida turli mazhablarning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Hijratning ikkinchi asridan boshlab islom shariatini mukammal talqin qila oladigan yirik fiqh olimlari yetishib chiqa boshladi. Ularning eng yiriklari Abu Hanifa No''mon ibn Sobit, Abu Abdulloh Molik ibn Anas, Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris, Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal edilar.1 Mazkur fiqh olimlarining ilm faoliyati natijasida islomda to'rt mazhab vujudga keldi. Bu mazhablar ichida musulmonlar orasida eng keng tarqalgani

1 Айдарбек Тулепов. Ислом ва акидапараст окимлар. - Т.: "Шарк" НМАК, 2013. - Б. 26.

875

hanafiylik mazhabidir. Mazhab asoschisi Abu Hanifa an-No''mon hisoblanadi. Hanafiylik mazhabi islom olamidagi eng birinchi va mashhur mazhab hisoblanadi. Hanafiylik so'zi mazhab asoschisi Abu Hanifa nomidan kelib chiqqan2.

Hanafiylik mazhabi to'rt islom fiqhiy mazhabining birinchisidir. U fiqhiy bilim manbai sifatida naqlga nisbatan aqlga ko'proq tayanishi bilan boshqa mazhablardan farq qiladi. O'z davridagi oqimlar bilan muayyan masalalarda kelishmovchiliklarga qaramasdan, Abu Hanifa xalifalikda o'zining fiqhiy maktabini yaratdi. Ayni paytda talabalarga mudarrislik qilishdan tashqari, u shogirdlari bilan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarini yanada takomillashtirishgi intildi. Uning sa'y-harakatlari tufayli hanafiylik ta'limoti xalifalikda deyarli barcha mavjud muammolarni hal eta oladigan keng qamrovli fiqh maktabiga aylandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hanafiylik mazhabining asoschisi imom A'zam Abu Hanifa an-No'mon ibn Sobit al-Kufiy (80/699 - 150/767)3 Kufada tug'ilgan, biroq asli kelib chiqishi Eronlik hisoblanadi. Musulmon manbalarining xabar berishicha, uning otasi va bobosi xalifa Ali ibn Abu Tolib bilan ko'rishishga muvaffaq bo'lgan4.

Iroq dunyo sivilizatsiyalarining qadimgi o'choqlaridan biridir. Bu yerda turli falsafiy maktablari ravnaq topgan. Shuningdek turli dinlar - Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Zardushtiylik keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Bundan tashqari, bu mintaqada nafaqat ortodoksal dindor kishilarning izdoshlari yashab o'tganlar, balki turli sekta va oqimlarning vakilari ham istiqomar qilganlar. Turli dunyoqarashga ega ta'limot vakillari o'rtasida bahs-munozaralar bo'lib turgan. Ana shunday turli masalalar yuzasidan bo'layotgan munozaralar Abu Hanifaning ilk yoshligidan uning dunyoqarashining rivojlanishiga katta ta'sir o'tkazgan. Chunki, u baxslardagi turli falsafiy-diniy masalalarga javob izlagan. Uning oilasi savdo ishlari bilan shug'ullangan, o'zi esa ilm olishga ko'p vaqtini sarflagan.

Bu vaqtga kelib Abu Hanifa xalifalikning o'sha davrdagi madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Kufa shahrida muhim kishiga aylandi.

Abu Hanifa fiqhdan dars berar edi. U o'z ilmiy metodini yaratdi. Masalan, Abu Hanifa dars berish davomida hech qachon biror mavzu yuzasidan ma'ruza o'qimagan. U faqat masalani qo'yardi, uning mazmunini bayon qilardi va keyin o'z shogirdlari bilan uni muhokama qilib hal etardi. Bunda shogirdlar ham huddi ustozi kabi o'z nuqtai-nazarlarini bildirardi. Ba'zan ularning fikrlari mos tushsa, ba'zan umuman

2 Аминов X,., Примов С. Х,анафий фивди тарихи, манбалари ва истило^лари. - Т.: "Мовароуннахр", 2017. - Б. 19.

3 Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa - His life, opinion and Fiqh. 2017. - 11 p.

4Айдин Али-заде. История и правовые методы ханафитского мазхаба // www.islam.ru

876

to'g'ri kelmas edi. Hatto umuman ustozning fikrlariga to'g'ri kelmagan vaqtlar ham bo'lgan. Bahs yakunida o'qituvchi uning natijalarini aytardi va o'quvchilar bilan birga masalaning umumiy xulosasini chiqarardi. Shu sababdan bu muammo bo'yicha hech kimda ortiqcha savol qolmas edi. Bu jarayon Suqrotning masalalarni bahslar orqali yechish usuliga o'xshab ketardi. U shogirdlarining har biriga otalarcha g'amxo'rlik qilardi. Hatto ba'zi ehtiyojmandlariga moddiy yordam ham berib turgan.

Abu Hanifa o'z ta'limoti bo'yicha fundamental asar yozib qoldirmadi. Uning bir necha kichik risolalarida esa ba'zi g'oyaviy qarashlari aks ettirilgan. Abu Hanifa tomonidan yozilgan eng mashhur asarlardan biri "Fiqh al-Akbar" hisoblanadi, unda ilk marta ortodoksal islom ta'limotining asosiy nazariyasi tizimlashtirilgan. Bundan tashqari u yana bir necha asar yozib qoldirgan, masalan: "Fiqh al-Absat", "Kitob al-Alim va al-Mutaallim", "Ma'rifat al-Mazahibi", "Al-Asl"5.

U o'z ilmiy merosini shogirdlariga og'zaki tarzda taqdim etgan bo'lsada, uning shogirdlari ustozidan qolgan ilmiy merosni tizimlashtirgan holda bayon qildilar. Ular bu buyuk zotning ilmiy merosini rivojlantirdilar va ularning sa'y-harakatlari tufayli an'anaviy islomda eng keng tarqalgan fiqhiy mazhab hanafiylikni shakllantirishga kirishdilar. O'sha davrda butun islom olami Abu Hanifaning maslahati bilan ish ko'rardi. U o'z vaqtida ko'plab o'quvchilarga ustozlik qildi. Lekin unga eng yaqin bo'lgan bir necha shogirdlari u bilan uning vafotiga qadar birga qoldi. Ular taxminan 36 tacha bo'lib, ular ichida Abu Yusuf, Muhammad ash-Shayboniy, Zufar ibn Xuzayl, Xasan ibn Ziyod, Xammad ibn Xasan, Abdulla ibn Muborak, Voqi ibn Jarroh, Abu Amr Xafs ibn G'iyos, Yaxyo ibn Zakariyya, Dovud at-Ta'i, Asad ibn Amr, Afyat ibn Yazid al-Advi, Qosim ibn Maan, Ali ibn Mushir, Xibban ibn Ali va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Umuman olganda, Abu Hanifaning katta shogirdlaridan o'n to'rt nafari qozi ul- quzzot va qozi bo'lgan.6 Ulardan eng mashhurlari Yoqub Abu Yusuf, Muhammad ash-Shayboniy, Zufar ibn Xuzayl, Hasan ibn Ziyod al-Lulu edi.

Hanafiylik mazhabini shakllanishi va tarqalishida uning shogirdlari Abu Yusuf va Muhammad ibn ash-Shayboniylarning xizmati kattadir. Ayniqsa, Abu Yusuf xalifalikning bosh qozisi lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etildi va xalifalik bo'ylab keng tarqalishiga sabab bo'ldi. U usuli fiqh bo'yicha birinchi kitob yozdi va fiqhiy masalalarni imlo qildi.

5 KpgnpoB M. MapKa3HH Ocne, _3khh Ba YpTa fflap^HHHr $anca$HH Ta^aKKypn. -TomKeHT, 2009. -E. 63.

6 CoaTMypog Ypon yran. X,aHa$HH Ma3^a6HHHHr Tap^a^Hmn. 2019 hh^ 1 ceHTa6p. http://hidoyat.uz

877

Scientific Journal Impact Factor

Ibn Xaldun fikricha, bunga xalifa Horun ar-Rashid davrida Abu Yusufning "Qozi ul-quzzot", ya'ni qozilar qozisi yoki qozikalon lavozimida uzoq muddat faoliyat yuritgani sabab bo'ldi7.

Abu Hanifa fiqh ilmning metodologik asoslarini ishlab chiqdi. Ilgari hech kim uni bu shaklga keltirmagan edi. Shu sababdan u uning metodikasini tushunmagan kishilar tomonidan tez-tez tanqid ostida qolar edi. Bundan tashqari, buyuk olim ilg'or va keng dunyoqarashga ega bo'lgan shaxs edi. U hech qachon diniy dogmatizmga berilmagan. Munozara asosidagi o'z o'qitish metodini yaratish har kimning ham qo'lidan kelmaydi.

Abu Hanifaning metodi shundan iborat ediki, u xulosalarni chiqarishda dastlab Qur'on Karim, keyin Payg'ambar sunnati va uning safdoshlarining qilgan ishlariga asoslanar edi. Xatib al-Bog'dodi "Bog'dod tarixi" asarida Abu Hanifaning aytgan so'zlarini keltiradi: "Men ko'rsatmalarni Allohning kitobiga va Payg'ambarning sunnatiga asoslanib beraman. Agar fiqhiy ko'rsatmalar uchun dalil topa olmasam, unda Payg'ambar safdoshlarining aytgan gaplariga murojaat etaman. Men ulardan chetga chiqmagan holda foydalanaman. Ular o'rtasida farqlarni ajratmayman"8.

Abu Hanifa yashagan davrga kelib musulmon jamoasi ancha taraqqiy etgan va ba'zi masalalar muqaddas kitobda ham yoritilmaganligi uning bu fikrlarga nisbatan analogik yondashish metodini kiritishga sabab bo'lgan.

Shunday qilib, huquqiy ko'rsatmalar xukmini chiqarish metodi Abu Hanifada quyidagi asosiy manbalarga tayanilgan:

1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.

2. Sunnat — Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.

3. Hadis. Payg'ambar (s.a.v) bilan birga yashagan sahobalarning so'zlari, an'analari va Muhammad (s.a.v) bilan bog'liq voqealar jamlanmasi.

4. Qiyos - hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.

7 Aögy^xaKHM fflaptnö ®y3®OHHH. hc^om xy^y^myroc^nra, X,aHa$HH Ma3xa6n Ba YpTa Ocnë ^a^nx^apn. -T., "TomKeHT hc^om yHHBepcHTeTn" HampnëTH, 2002 .-E. 140.

8 Amhhob X,., npHMOB C. X,aHa$HH $hrxh Tapnxn, MaH6arapn Ba HCTH^ox^apn. - T.: "MoBapoyHHaxp", 2017. - E.

5. Istehson - Muayyon muammo bo'yicha qaror qabul qilish jarayonida ikki yoki undan ko'p talqinlardan jamiyat va mamlakat uchun eng yaxshi yo'lni tanlash.

6. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir9.

Abu Hanifa fiqhiy dalillar bayon qilinganda har bir hukm ushbu dalillarning biri bilan hujjatlangan bo'lmog'i lozimligini ta'kidlagan.

Abu Hanifa shogirdlari Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniylarning hukmiga asoslanib fatvo chiqarsa qat'iy hisoblangan. Agar Abu Hanifa va ularning fikri turlicha bo'lsa ijro etilish holati ustuvorlik kasb etgan. Odatda, masalan meros masalasi bo'yicha fatvo chiqarishda Abu Yusufga tayanilgan. Biroq ayrim masalalarda Muhammad ash-Shayboniy va Zufar ibn Huzaylga asoslanib fatvo berganligini uchratishimiz mumkin.

Abbosiylar boshqaruvining ilk yillarida Abu Hanifa yangi hukumatga sodiq edi. Lekin bu holat xalifa Mansur Payg'ambar oilasi a'zolariga qarshi siyosatni olib borishni boshlagach o'zgardi. Chunki Abu Hanifa Payg'ambar oilasi vakillarini juda hurmat qilardi va yaxshi ko'rardi10.

Abu Hanifaning siyosiy qarashlari va Abbosiylar hukumati bilan hamkorlik qilmasligi tufayli hukmron sulola vakillari bilan o'zaro munosabatlarning yomonlashuviga sabab bo'ldi. Bu holat Abu Hanifaning o'limidan keyin ham davom etdi. Hanafiylik mazhabi vakillari hokimiyatga nisbatan beparvolik siyosatiga sodiq qolishdi. Xususan, uning shogirdi Zufar bin Xuzaylni (vaf. 775) qozilik lavozimiga taklif etishganida, u qat'iyan rad etdi va hukumatdan yashirinishga majbur bo'ldi.

Abu Hanifa vafotidan keyin o'n olti yil davomida Abu Yusuf ham o'z mazhabiga rioya qilgan holda hukumatga befarq bo'lib qoldi. Shunga qaramay, u ustozining ilmini davom ettirdi, uning fiqhga oid deyarli barcha kitoblaridan o'z asarlarida foydalandi va uning qarorlarini o'z fikrlari bilan to'ldirdi.

Bu asarlar butun mamlakat bo'ylab tarqaldi, ular nafaqat ilm ahli doirasiga ta'sir ko'rsatdi, balki hanafiylik mazhabi tarafdorlari bo'lgan qozilar va yuqori lavozimli shaxslar hukm chiqarishda asosiy dasturul amal bo'lib xizmat qildi. Shunday qilib, Abu Yusufning ilmiy salohiyati va asarlari u hokimiyatga kelguniga qadar odamlar ongini egallab olgan edi.

9 A6gynxaKHM fflaprnn ®y3®OHHH. Hcaom xy^y^myHOCflnrH, X,aHa$HH Ma3xa6n Ba YpTa Ocne ^a^nxnapn. -TomKeHT: TomKeHT hcaom yHHBepcHTeTH, 2002. -E. 140.

10 ^,0KT0p MycTa^o fflaKta. EyroK hmom A6y X,aHH$a HywoH. - Cawap^aHg, "Hmom Eyxopnn xan^apo MapKa3H HampneTn". 2019. - E. 77.

Abu Yusufning moddiy ahvoli yaxshi bo'lganida, ehtimol, u ham ustozining izidan borib, hukumatga nisbatan befarqlikda yashashi mumkin edi. Ammo u kambag'al edi va Abu Hanifaning vafoti uni moddiy ta'minotdan mahrum qildi. U 782 yilda Bog'dodga bordi, uni xalifa Mahdiy sharqiy Bog'dod qozisi etib tayinladi. U bu lavozimda xalifa Xodiy hukmronligining oxirigacha davom ettirdi. Nihoyat, xalifa Horun ar-Rashid uni butun Abbosiylar imperiyasining qozil-quzzoti (bosh qozisi) etib tayinladi11.

Bu lavozim islom davlatida ilk bor tashkil etilgan edi. Unga xalifalikdagi barcha qozilarni tayinlash, qonun xujjatlarini ko'rib chiqish, shuningdek, hukumatning barcha ichki va tashqi siyosatida huquqiy maslahatlar berish vakolati berilgan edi.

Abu Yusufning bu lavozimga tayinlanishi unga katta samara berdi. Birinchidan, u madrasada o'quvchilariga ma'ruza qilish yoki kitoblar yozish bilan cheklanib qolmasdan kattaroq doirada eng yirik imperiyaning ishlari bilan shug'ullanadigan bo'ldi. Bu unga hanafiylik qonunlarini ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarida qo'llash imkoniyatini yaratdi va shu bilan uni amaldagi huquqiy tizimiga aylantirdi. Ikkinchidan, qozilarni tayinlash va lavozimidan ozod etish endi uning zimmasiga yuklatilganligi sababli, aksariyat joylarda hanafiylik mazhabi ulamolari qozi etib tayinlandi va ular orqali hanafiylik qonunlari xalifalikning barcha hududiga tarqaldi. Uchinchidan, u o'zining yuksak axloqiy qarashlari va ilmiy dunyoqarashi orqali Ummaviylar davridan beri saqlanib kelayotgan avtokratik boshqaruv shakliga o'zgartirish kiritdi, uning "Kitob ul-xaroj" asari xalifalikning bosh qomusiga aylandi12.

Hanafiylik mazhabi Abu Hanifa vafotidan keyin jamiyat hayotiga tez tarqaldi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Abu Hanifaning eng yaxshi shogirdi Abu Yusufning xizmatlari katta bo'ldi. Abu Hanifaning Abbosiylar xalifaligiga qarshi kayfiyati uning ta'limotini xalifalikda taraqqiy etishga to'sqinlik qilar edi. Abu Yusuf xalifalikning bosh qozisi bo'lgach uning ta'limotini qayta tikladi va xalifalikning rasmiy diniy mazhabiga aylantirdi. Abu Yusuf davlat bosh qozisi sifatida barcha masalalarni hanafiylik nuqta'i-nazaridan ko'rib chiqar va fatvo chiqarar edi. U tomonidan ishlab chiqilgan qo'llanmalar ham hanafiylik ta'limoti bo'yicha yozilgan. Uning qo'llanmalari nafaqat butun xalifalik uchun o'sha davrdagi asosiy manbalardan biri bo'lgan, balki keyinchalik ham ko'plab islom davlatlarida undan foydalanilgan.

11 Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001. - С. 18.

12 Доктор Мустафо Шакъа. Буюк имом Абу Х,анифа Нуъмон. - Самарканд, "Имом Бухорий халкаро маркази нашриёти". 2019. - Б. 119 б.

Scientific Journal Impact Factor

Bundan tashqari, o'sha davrda Abbosiylar xalifaligi juda katta hududlarga egalik qilar edi. Shu sababdan hanafiylik rasmiy davlat diniy mazhabi sifatida xalifalikning chekka mintaqalarigacha borib yetdi. Shuningdek, Abu Yusufdan keyin kelgan bosh qozilar ham uning shogirdlari bo'lib, ular ham shu yo'lda davom etdilar.

Bu jarayonlar Abbosiylar xalifaligida uning eng keng tarqalgan mazhabga aylanishiga olib keldi. Hatto davlatning asosiy huquqiy asosi sifatida hukmron sulola vakillarini ham qo'llab-quvvatladi. Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid davrida hanafiylik mazhabining eng yirik nazariyotchisi Abu Yusufning xalifalik bosh qozisi bo'lganida, viloyatlarda qozilikka nomzodlarni tanlashda hanafiylik mazhabi vakillarini afzal ko'rib tanlagan.

Shu boisdan hanafiylik tez tarqaldi. Keyinchalik xalifalikdan ajralib chiqqan mintaqalarda ham bu mazhab rasmiy maqomga ega bo'ldi. Bunga hanafiy mazhabi musulmon olamining turli mintaqalarida mustahkam o'rnashganligi va bugungi kungacha uning tarafdorlari dunyo musulmonlarining ko'pchiligini tashkil etishi yaqqol dalil bo'ladi.

Bag'dodda bir necha asr davomida shayx ul-islom va qozi ul-quzzotlar hanafiy olimlaridan tayinlangan. Shu sabab Iroq va uning poytaxti Bag'dod nafaqat islom mamlakatlari, balki hanafiy mazhabining ham markaziga aylandi. Keyinroq Movarounnahr hanafiy mazhabining ikkinchi yirik markazi bo'ldi.

Abu Yusuf Abu Hanifadan uzoq vaqt tahsil olgan. Shu bois uning uning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ta'sir o'tkazgan. Abu Yusuf ustozi kabi ra'y va qiyos tarafdori sifatida iqtisodiy masalalarni yechishda aql-idrokka tayanganligi bilan mashhurdir.

Uning "Kitob ul-xaroj" davlatni adolatli boshqarish va rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini ifodalaydigan qomusiy asardir. Bu asar mamlakatda notinchlik, tartibsizlik va zo'ravonlikni bartaraf etish, aholiga tinchlik va totuvlik olib kelish maqsadida yozilgan. Boshqacha qilib aytganda, Abu Yusufning xalifaga siyosiy va huquqiy ko'rsatmalari Abu Hanifa fiqhiy qarashlarining g'oyaviy davomidir.

Xulosa qilib shuni aytib o'tish lozimki, hanafiylik mazhabining keng tarqalishi Abu Hanifa va uning shogirdlari orqali amalga oshirildi. Bunda uning ikki shogirdi Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboiyning hissalari ko'proqdir. Aynan ularning xalifalikning bosh qozisi lavozimida ishlaganligi tufayli hanafiylik nazariyadan amaliy hayotga tatbiq etildi va xalifalik bo'ylab keng tarqalishiga sabab bo'ldi.

XULOSA

REFERENCES

1. Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001.

2. Доктор Мустафо Шакъа. Буюк имом Абу Хднифа Нуъмон. - Самарканд, "Имом Бухорий халкаро маркази нашриёти". 2019.

3. Абдулхаким Шаръий Жузжоний. Ислом хукукшунослиги, Х,анафий мазхаби ва Урта Осиё факихлари. -Тошкент: Тошкент ислом университети, 2002.

4. Аминов X,., Примов С. Хднафий фикхи тарихи, манбалари ва истилохлари. - Т.: "Мовароуннахр", 2017.

5. Кодиров М. Марказий Осиё, Якин ва Урта Шаркнинг фалсафий тафаккури. -Тошкент, 2009.

6. Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa - His life, opinion and Fiqh. 2017.

7. Айдарбек Тулепов. Ислом ва акидапараст окимлар. - Т.: "Шарк" НМАК, 2013.

8. Айдин Али-заде. История и правовые методы ханафитского мазхаба // www.islam.ru

9. Соатмурод Урол угли. Ханафий мазхабининг таркалиши. 2019 йил 1 сентябр. http://hidoyat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.