Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hamkorlik” / “sherikchilik” / “muvofiqlashish” / “birgalikdagi harakat” / o‘zaro yordam / faol hamkorlik / o‘zaro javobgarlik / o‘rtoqlik / o‘zaro yordam / o‘zaro hurmat.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna

O‘zbekistonda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali hamkorlik pedagogikasining ilg‘or uslublarini joriy etish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratish vazifalari, hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni faol hamkorlik natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida ongli va faol ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy-maishiy vazifalarni hal etish malakalari xaqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

www.in-academy.uz

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI

Asqarova O'g'ilxon Mamashakirovna

Pedagogika fanlari doktori (DSc ),professor, Namangan davlat universiteti 160107, Namangan shahri, Boburshoh

ko'chasi, 161-uy.

Tel.: (+99869) 228-85-01; faks: (+99869) 228-85-02; e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13303781 Annotatsiya: O'zbekistonda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali hamkorlik pedagogikasining ilg'or uslublarini joriy etish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta'minlash uchun imkoniyatlar yaratish vazifalari, hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni faol hamkorlik natijasida ta'lim-tarbiya jarayonida ongli va faol ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy-maishiy vazifalarni hal etish malakalari xaqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: hamkorlik", "sherikchilik", "muvofiqlashish", "birgalikdagi harakat", o'zaro yordam, faol hamkorlik, o'zaro javobgarlik, o'rtoqlik, o'zaro yordam, o'zaro hurmat.

KIRISH

Ko'pgina ilmiy-tadqiqot ishlarida "hamkorlik", "sherikchilik", "muvofiqlashish", "birgalikdagi harakat" tushunchalari sinonim tushunchalar sifatida ishlatib kelingan. Bizning fikrimizcha, "hamkorlik" tushunchasi keng qamrovli bo'lib, umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikdagi samarali faoliyatni taqozo etadi.

Darhaqiqat, hamkorlik pedagogikasi - an'anaviy o'qitishdan farq qilib, talaba bilan do'stona munosabat o'rnatishga qaratiladi. "Men" o'rniga "Biz", ya'ni hamkorlikda - "subyekt" - "subyekt" munosabatlariga asoslangan holatda pedagogik faoliyat tashkil etiladi. "Hamkorlikda ishlash" tamoyili ta'lim oluvchi shaxsini chuqur bilishga asoslaniladi. O'quv topshiriqlarini bajarishdan oldin strategik maqsad belgilaniladi, so'ngra uni bajarish uchun bolada o'z kuchiga ishonch tuyg'usi shakllantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, hamkorlik pedagogikasi talaba shaxsiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ta'lim-tarbiya jarayonida iliqlik, hamkorlik, o'z hohish-irodasini yagona maqsadga - ta'lim olishga yo'naltiradi. TADQIQOTNING METODOLOGIYASI "Hamkorlik" tushunchasi zamonaviy

insonparvarlikka yo 'naltirilgan pedagogikaning yetakchi tushunchasini o'zida ifoda etadi.

Hamkorlik - eng umumiy ma'noda kishilarning mehnatdagi o'zaro harakati, ya'ni ularning birgalikdagi faoliyatidir.

Hamkorlik pedagogikasining asosi sifatida yuksak ahloqiy va insonparvarlik qarashlar O'rta Osiyo Uyg'onish davrida yashab, ijod etgan atoqli olimlarimizning asarlarida g'oya va aniq nazariyalar ko'rinishida o'z aksini topdi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar ijtimoiy tuzum, davlatning gullab-yashnashi uchun zarur bo'lgan muhim insonparvarlik va hamkorlik g'oyalarini ilgari surishdi hamda insonparvarlashuv bosqichlari, mezonlari va tamoyillarini ishlab chiqishdi. [5 Sulaymonov]

Xorijiy ta'lim nazariyasi va amaliyotida hamkorlikda o'qitish ("cooperativ learning") an'anaviy ta'limning muqobili sifatida keng tadqiq etilgan. Tahlillar shuni

ko'rsatadiki, hamkorlik samaradorligi umumiy natija hisobiga ishtirokchilarning interfaolligi, o'zaro aloqadorligi va o'zaro mas'uliyati va uning takomillashuvini, guruh ishtirokchilarining konstruktiv o'zaro birgalikdagi harakatiga individual mas'uliyati va yo'nalganligini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.[1]

Tahliliy o'rganishlar jarayonida hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning quyidagi mezonlari va ko'rsatkichlari ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro birgalikdagi faoliyatning dialogik tavsifga (dialogik munosabatlar jarayonidagi subyektlarning

kommunikativ ustanovkalari) egaligi; ta'lim-tarbiya jarayonida subyektlarda qadriyatga yo'naltirilgan munosabatning (o'zaro hurmat, o'zaro ishonch, o'zaro bir-birini tushunish, mas'uliyatni ongli his etishda subyektlarning o'zaro birgalikdagi faoliyatga qadriyatga yo'nalganligi) umumiyligi; subyektlarning o'zaro birgalikdagi harakatining muvofiqligi (o'zaro birgalikda maqsadni belgilay olish ko'nikmasi, unga erishish usullarini rejalashtirish, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, maqsadga erishishni hamkorlikda nazorat qilish, olingan natijalar asosida yangi maqsad va vazifalarni aniqlashtirish); faoliyatli-guruhiy mezonlar -o'zaro birgalikdagi harakatning intensivligi, jamoadagi emotsional-psixologik muhitdir. [.[O'. Asqarova O'. 2019]

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING MUXOKAMASI

O'rta Osiyo mutafakkirlarining fikrlari va g'oyalaridan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, hamkorlik pedagogikasi bu oliy ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish ta'lim muassasalaring

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

umumiy amaliyotida muayyan o'zgarishlar kiritishga yo'naltirilgan faoliyat sanaladi.

Jahon pedagogikasida hamkorlik nazariyasiga oid yondashuvlardan foydalanish masalasida qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Jumladan, V.Arshinov, M.Boguslavskiy, V.Budanov, V.Vinenko, L.Zorina, V.Ignatova, , Levi Strosslar kabi ning [14; 19; 26; 29; 43 tadqiqotlarda hamkorlikda o'qitishning afzalliklari, o'qituvchi-ta'lim oluvchi hamkorligini tashkil etishning yetakchi g'oyalari o'z aksini topgan.

Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili (N.Dejnikova, I.Pervin, V.Dyachenko, D.Djonson, R.Djonson, R.Slavi va boshqalar) shuni ko'rsatdiki, hamkorlik guruhiy va jamoaviy ish shakllarini tashkil etishda subyektlarning o'zaro birgalikdagi faoliyatda qo'yilgan maqsadga samarali erishishini ta'minlaydi. Bunday samaradorlik natijasida hamkorlar o'zaro yordam, faol hamkorlik tamoyillari asosida o'quv-bilish faoliyatida o'zaro birgalikda harakatlanishadi. [ Inakov 2020 ]

Hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash orqali muammo doirasidagi mavjud ilmiy-pedagogik, hamkorlik pedagogikasiga oid manbalarni o'rganish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash muammosini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslaniladi. ( B. Qurbonova)

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Tahlil natijalari o'qituvchilar tomonidan hamkorlikka asoslangan ta'lim shakllarining qo'llanilishi an'anaviy yondashuvdan yuqori samaradorlikka erishishga imkon berishini ko'rsatadi. Biroq ta'lim oluvchilarning guruhdagi ishini tashkil etishning o'zi yetarli emas, hamkorlikka asoslangan ta'lim-tarbiya jarayonida yana ikkita komponentni hisobga olish lozim: guruhiy mukofotlash tizimi va shaxsiy mas'uliyatni rag'batlash mexanizmi. Butun guruhni rag'batlantirish o'quv materialini o'zlashtirishda ta'lim oluvchilar bir-biriga yordam berishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Agar guruhiy rag'bat yuqori bo'lmasa, guruh a'zolari o'z o'rtoqlarining bilish ehtiyojlariga kam diqqat qaratadi. Bilimlarni egallashda shaxsiy mas'uliyatni rag'batlaydigan individual nazorat har bir ta'lim oluvchini o'z o'quv yutuqlarini ko'ra olishiga yordam beradi. Shu bilan birga, individual rag'bat yetarli bo'lmasa, ta'lim oluvchilar jamoaning boshqa a'zolari hisobiga "shunchaki" faoliyat jarayonida ishtirok etishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki ta'limni tashkil etishning ahamiyati yuqori bo'lib, butun pedagogik jarayoning hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz ta'lim tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish orqali hamkorlik pedagogikasining ilg'or uslublarini joriy etish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanishlari,

www.in-academy.uz

xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta' minlash uchun imkoniyatlar yaratish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Binobarin, hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni hozirgi kun talabiga to'la javob bera oladigan yetuk salohiyatli etib tayyorlash zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Абдуллаева Ш.А. Х,амкорлик педагогикаси. - Т.: Фан ва технология, 2017.

2. Appadurai A. Dsjuncture and difference in the global cultural economy.// Robertson R. White K.E. (Ed.) Globalisation. Criticalconceptinsocilogi. Volume 1, London, 2003.P. 251-264

3. Аскарова У.М. Ме^рибонлик уйи тарбияланувчиларини ижтимоий ^аётга тайёрлашнинг педагогик механизмларини такомиллаштириш (DSc) ...дисс, Наманган, 2019

4. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик майорат. - Тошкент: ТДПУ, 2003. - Б. 234.

5. Аброров И. Олий таълим тизими замонавий ёндашувлар асосида ривожланади / Халк сузи, 26 апрель 2017 йил.

6. Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахло;. - Тошкент: Хал; мероси, 1994. - Б.32.

7. Азизов Ш., Азизова С. Маърифатпарварлик -ижтимоий-маданий ^одиса. - Тошкент: ABU MATBUOT-KONSALT, 2008. - Б.176.

8. Ашурова С.И. Махсус фанларни модуллар укитиш жараёнини ташкил килиш ва утказиш // Касб-^унар таълими. -№ 5- Тошкент, 2004. - Б.17-

9. Акрамов А.А. Булажак укитувчилар фукаролик позициясини шакллантиришда шахсга йуналтирилган технологияларнинг урни // Замонавий таълим, 2017. - № 4. - Б. 56

10. Арипова М. Ёшларда ватан манфаатига йуналтирилган шахсий максадларга эгалик хдссини тарбиялаш//Замонавий таълим, 2014.-№1.-Б. 29.

11. Дилова H.F. Бошлангич таълимда узаро ^амкорлик мухдтини шакллантириш механизмларини такомиллаштириш: педагогика фанлари буйича фалсафа доктори(PhD). ... дисс. - Нукус, 2018.

12. Дежникова Н.С., Первин И.Б. Товарищеская взаимопомощь школьников. - М.: Педагогика, 1991. - 112 с.

13. Johnson D.W., Johnson R.T. Cooperation and the use of technology. In J. M.

14. Spector, M. D. Merrill, J. van Merrienboer, & M. Driscoll (Eds.), Handbook of research on educational communications and technology. - New York: Taylor & Francis, 2008. - P. 1017-1044.

15. Сулаймонова Ф. Шар; ва Fарб. - Т.: Узбекистон, 1997. - 415 б.

16. Slavin R.E. Student teams and comparison among equals: Effects on academic performance and student attitudes. / R.E. Slavin. - Journal of Educational Psychology, vol. 70, 1978. -P. 532-538

17. Ина;ов ^Д. Х,амкорлик педагогикаси асосида таълим-тарбия сифатини такомиллаштириш. Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диccертatsiяcи автореферати. -Наманган: 2019.

18. ^одирова З.Р., Шарипова А.Ж., Алимасов В.А., Каримова Э.Г., Мадиева Ш. Ёшлар фаоллиги ва толерантлигини юксалтиришнинг ижтимоий-фалсафий масалалари. - Тошкент: Фалсафа ва хукук, 2006. - Б.22.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

19. ^yp60H0Ba E.X,aMKopnHK negaroruKacu acocuga TanaöanapHH hmhmohh ^aëTra Taftëpnam - negaroruK MexaHH3MHHH TaKOMHrniamTHpum(DSc) ...gucc, TomKeHT , 2023

20. ^yp0H0B M. eh3hh ÖHpnamrapraH Foa. - TomKeHT: Fa^yp FynoM, 2016. - E. 234.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.