Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / chet el / respublika / ratifikatsiya / parlament / hujjatlar / yoshlar / huquqiy hujjatlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yorboboyeva Mahliyo Muzaffar Qizi, Qayumova Marjona Ulug’Bek Qizi

Har bir mamlakatning rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqishi, shak-shubhasiz, unda tahsil olayotgan yoshlarga bog’liqdir. Shuning uchun ham respublikamizda ta’lim samaradorligini oshirish,ta’limda keng qamrovli yutuqlarga erishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Respublikamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish uchun mustahkam baza mavjud bo’lib, bu tizim zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib bormoqda. Shu sababli ta’lim tizimini takomillashtirish uchun chet el andozalaridan namuna olgan holda qator ishlar amalga oshirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

IMKONIYATLARI 1Yorboboyeva Mahliyo Muzaffar qizi, 2Qayumova Marjona Ulug'bek qizi

1Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi tyutori, 2Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11052058

Annotatsiya. Har bir mamlakatning rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqishi, shak-shubhasiz, unda tahsil olayotgan yoshlarga bog'liqdir. Shuning uchun ham respublikamizda ta'lim samaradorligini oshirish,ta'limda keng qamrovli yutuqlarga erishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Respublikamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish uchun mustahkam baza mavjud bo'lib, bu tizim zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib bormoqda. Shu sababli ta'lim tizimini takomillashtirish uchun chet el andozalaridan namuna olgan holda qator ishlar amalga oshirildi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, chet el, respublika, ratifikatsiya, parlament, hujjatlar, yoshlar,huquqiy hujjatlar.

Аннотации. Развитие каждой страны, превращающейся в одну из ведущих стран мира, несомненно, зависит от обучающейся в ней молодежи. Именно поэтому Президент Шавкат Мирзиёев проводит ряд мероприятий по повышению эффективности образования в нашей республике, достижению комплексных достижений в образовании. В частности, в этой связи парламентом было принято более 40 правовых документов, касающихся молодежи, и ратифицировано более 30 международных правовых документов. В нашей республике имеется мощная база защиты прав и интересов молодежи, создания для нее достаточных условий, и эта система совершенствуется в соответствии с требованиями времени. По этой причине был проведен ряд работ по совершенствованию системы образования на основе зарубежных моделей.

Ключевые слова: система обучения, иностранные республики, ратификация, парламент, дакументы, молодёжи, закконные дакументы.

Abstract. The development of every country, becoming one of the leading countries of the world, undoubtedly depends on the young people studying in it. That is why President Shavkat Mirziyoyev is doing a number of things to improve the efficiency of education in our republic and to achieve comprehensive achievements in education. In particular, in this regard, more than 40 legal documents related to youth were adopted by the parliament, and more than 30 international legal documents were ratified. Our republic has a solid base for protecting the rights and interests of young people, creating sufficient conditions for them, and this system is being improved in accordance with the requirements of the times. For this reason, a number of works have been carried out to improve the education system, taking examples from foreign models.

Keywords: education system , foreign republics, ratification , parliament, documents, youth , legal documents.

Kirish so'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq.Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shatr-sharoitlar yaratishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan

Ma'lumki, respublikamizda majburiy ta'lim 11 yilni tashkil qiladi. Yosh avlodga ta'lim yaxshi ta'lim berish, ularni o'zlari qiziqqan sohaga yo'naltirish uchun ularga bog'chaga qadam qo'yishlaridanoq e'tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini eng ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblab bu borada kuyinchaklik bilan shunday deydi: "Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi" deb aytadilar. Ta'lim jarayoni uzluksiz va uzviylik asosida amalga oshirilmoqda. Maktablar ham zamonaviy maktablarga aylantirilmoqda.Qarorga muvofiq 2021-yilda maktablarning kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi, 2030-yilga qadar esa 50 foizini zamonaviy maktablarga aylantirish rejalashtirilgan. Chet el ta'lim tizimidagi qator o'zgarishlar respublikamizdagi maktablarga joriy etilmoqda. Xususan, 1-sinflar uchun informatika darslari joriy etilmoqda. Bu XXI asr texnologiyalar asri hisoblangani uchun planshetlar ham berildi. Tahsil olayotgan bolalarning maktabga kirib chiqishlari ham maxsus dastur yordamida ota-onalarga yetkazib berilishi yo'lga qo'yildi. Bolaning reytingi, o'zlashtirilishi, u haqidagi to'liq ma'lumotlar esa kundalik.com saytiga joylashtirildi. Har bir bolaning ta'lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar bo'lishi shart. Shu bilan birga bolaning ijtimoiy holati ham muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan kam ta'minlangan oilalar uchun yoshlar daftari, temir daftar kabilar yaratildi. Bu ham, albatta, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan biridir.

So'nggi ikki yil ichida finlandcha o'qitish ta'lim dasturi kirib keldi. Finlandiya ta'lim tizimi haqida gapiradigan bo'lsak, u yerda bolalar o'zlari hohlagan sohada shug'ullanishadi. Eng e'tiborli jihati shundaki, u yerda bolalar o'zlarining qiziqishlari bo'yicha yonma- yon tahsil olishadi. Bu bizning respublikamizdagi maktablarga ixtisoslashgan sinf ko'rinishida bo'y ko'rsatdi, ya'ni bir xil sohaga qiziqqan bolalar u yerda jam bo'ldi. Bundan tashqari endi maktabga qadam qo'ymoqchi bo'lgan bolalarga oldindan bir yillik bepul maktabgacha tayyorlov kurslari davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etildi.

Ta'limda samaradorlikka erishishda ta'lim beruvchi pedagoglarning ham salohiyatini yaxshilashga e'tibor qaratilmoqda. Ular uchun maxsus attestatsiya, davlat imtihonlari o'tkazilmoqda. Bu ham,albatta, o'qituvchilarning bilimlarini tekshirish, bu orqali esa ularning o'z ustida ko'proq ishlashlarini nazorat qilishdan iboratdir. O'qituvchi va o'quvchining yanada bir-birlari bilan yaxshiroq ishlashlari uchun darsdan keyin to'garak mashg'ulotlari ham yo'lga qo'yildi. Zamonaviy o'qituvchi o'z o'quvchisi bilan shunday aloqa o'rnatadiki, uning xulq-atvori, oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishgan bo'ladi.O'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari bilan ota-onalar majlislari ham o'tkazib turadi. Ota-onalar bu orqali o'z farzandi haqida yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'ladi, chunki bolalar o'z uyida odatlangan tartibga o'rganib qolganliklari sababli maktabga kelib boshqa qiliqlar chiqarishi mumkin.Maktab uydan mutlaqo boshqacha muhit hisoblangani uchun o'quvchilarning bir-birlariga o'rganishlari qiyin bo'ladi. Ularning bir-birlariga moslashishi, o'rganishlarini tezlashtirish uchun o'quvchilarnihar kuni har xil o'quvchi bilan o'tqazdirishi kerak.

O'qituvchi o'quvchilarning uylariga borib ular haqida yanada to'liq ma'lumotga ega bo'ladi. Buning uchun unda maxsus nazorat daftari ham bo'lishi kerak. O'qituvchi ularning uylariga borganda nazoratchi sifatida emas yaqin tanish sifatida borgani ma'quldir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Albatta, ta'lim sifatini yuz foiz talabga javob bera oladi deb ayta olmaymiz, chunki to'g'irlanishi kerak bo'lgan kemtik joylar yo'q emas. Buni men o'zim tahsil olayotgan boshlang'ich ta'lim yo'nalishi misolida ko'rib chiqsak.

Maktabga endi qadam qo'ygan bolalarda dastlab maktab hayotiga moslashish qiyin bo'ldi. Bolaning birinchi xat-savodi boshlang'ich sinfda chiqadi, shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim o'qituvchisida mas'uliyat kuchli bo'ladi, Vatannning ertasi hisoblanmish yosh avlod taqdiri, yurt kelajagi ularning qo'lida. Shunday bolalar borki darsda o'tira olmaydi, xarxasha qiladi, qaysi biridir yig'laydi, yana qaysidir biri onasini sog'inib ketgisi keladi. Bularning barchasiga yechim topish esa o'qituvchining zimmasiga yuklatilgan yana bir vazifalardan biridir. Vazifaga yechim topish uchun o'qituvchilarimiz bolalar psixologiyasini bilishi kerak. Pedagog, avvalambor, psixolog ham demakdir, chunki bola psixikasini yaxshi bilgan o'qituvchigina undagi barcha muammolarga yechim topa oladi.Dars o'tishni boshlagan o'qituvchi mazmuni shunday tushuntirish kerakki ,aytayotgan gaplari, darsni osonroq va aniqroq bo'lishini ta'minlash uchun foydalanayotgan metod va usullari bolalar uchun mos bo'lishi kerak. Yosh bolalarning dars jarayonida qo'llab-quvvatlanishi, rag'batlantirilishi ham ularni darsga yanada qiziqtiradi.O'qituvchi bundan tashqari rag'batlantirish, ibrat-namuna kabi usullardan foydalanishi kerak. Shuni bilamizki, boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi 4 soat yoki 5 soat ketma-ket dars berish mobaynida charchaydi va ko'p hollarda darsni shunchaki vaqt o'tishi uchun o'ta boshlaydi. Bunday paytda esa uning darsdan chalg'ishi, qandaydir badantarbiya mashg'ulotlaridan qilib yana dars mashg'ulotlariga qaytgani ma'quldir.

O'qituvchining kayfiyati hech qachon o'quvchilarga ta'sir qilmasligi kerak. Agar u darsga jig'ibiyron, asabiy holda kirib kelsa va shu holda dars o'ta boshlasa, o'quvchida darsdan bezish, qachon shu dars tugar ekan-u uyga ketar ekanman kabi fikrlar hamda qo'rquv hissi uyg'onishi mumkin. Bunday paytda o'quvchi darsga e'tibor qaratmaydi ham.

Yana bir kamchiliklarimizdan biri o'qituvchi va o'quvchilarning ota-onalari o'rtasida hamkorlikning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligida. Hozirgi ota-onalarimizning ko'pchiligi o'quvchiga faqat o'qituvchi ta'lim berishi kerak degan fikrga suyanib qolishmoqda. Buning natijasida esa ota-ona o'z farzandi bilan shug'ullanmayapti, maktabda olingan uyga kelib mustahkamlanmayapti. Vaziyat bunday bo'lsa qanday qilib natijaga erishish mumkin? Bolaning savodsiz bo'lishiga faqat o'qituvchi sababchi emas. U qo'lidan kelgancha o'z kasbiga vijdonan yondashgan holda ta'lim berishadi, ammo bola dars tugagandan keyin darsda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun uyga vazifalarni tayyorlamasa natija chiqishi qiyin. Bolaning dars tayyorlashiga ota-onalarimiz ham o'qituvchi kabi birday mas'uldir. Ota-onalarimiz o'z farzandlarining kun tartibini tuzib berishi, vaqtini to'g'ri taqsimlay olishiga ko'maklashishi kerak.Tartibga odatlangan bolada maqsad ham aniq bo'ladi.

Xulosa.

Bu talablar bajarilayotgan bo'lsa, nega hozirgi kunda maktabni bitirgan o'quvchilar sonida oliy ta'limga kirish ko'rsatkichi past? Sabab nimada ? Boladan kelajakda o'z o'rnini topgan, yurtimizga nafi tegadigan inson bo'lib yetishishini hohlasak, uni o'zi qiziqqan sohaga yo'naltirgan ma'qul,chunki bola biz tanlagan sohaga qiziqmasa u biz hohlagan kasbga mas'uliyat bilan yondashmaydi. Natijasi esa muvvafaqiyatli b'lmaydi. Oliy ta'limga kirish sonlarining kamayishiga sabablardan biri ham,balki, shundadir. Bolaning biror sohaga dastlabki qiziqishilari boshlang'ich sinfda namoyon bo'ladi. Bu haqida uning ustozi majlis o'tkazayotgan vaqtda ota-onalarga aytib o'tishi kerak.Bolangiz shu sohaga qiziqadi, unga ko'makchi bo'ling deb aytsa va bu qiziqishlari ota-onasi tomonidan qo'llab-quvvatlansa, albatta, undan kelajakda o'z kasbining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

yetuk mutaxassisi yetishib chiqadi. Kishi o'z sevgan kasbini tanlasa va o'sha soha bo'yicha ishlay boshlasa charchoq nimaligini his qilmaydi. Uning yanada yangi qirralarini kashf etishni, tanlagan kasbi bo'yicha dong taratishni hohlaydi.

Mavzumiz bo'yicha yakuniy xulosa yasaydigan bo'lsak, hamkorlik pedagogikasi bo'yicha ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari birmuncha yo'lga qo'yilgan, lekin biz aytib o'tgan narsalar ham inobatga olinsa natijasi yanada yaxshiroq bo'lar edi.

REFERENCES

1. https://strategy.uz 24-iyul 2019-yil

2. https://www.sbtsue.uz 2024-yil

3. https://hikmatlar.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.