Научная статья на тему 'ХALQ OG‘ZAKI IJODINI RIVOJLANTIRISHIDA AN'ANA VA UDUMLARINING AHAMIYATI'

ХALQ OG‘ZAKI IJODINI RIVOJLANTIRISHIDA AN'ANA VA UDUMLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to„y marosimlar / aza marosimi / beshik to„y marosimi / to„qqiz tovoq marosimi / sarpo hamda sut puli

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fotima Akmaljon Kizi Shirinova, Rayxon Rasulova

Ushbu maqolada xalq og„zaki ijodini rivojlantirishda to„y va marakalardagi o„ziga xos an‟ana tusiga kirgan urf-odatlarning ahamiyati haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ХALQ OG‘ZAKI IJODINI RIVOJLANTIRISHIDA AN'ANA VA UDUMLARINING AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

XALQ OG'ZAKI IJODINI RIVOJLANTIRISHIDA AN'ANA VA UDUMLA-

RINING AHAMIYATI

Fotima Akmaljon kizi Shirinova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada xalq og'zaki ijodini rivojlantirishda to'y va marakalardagi o'ziga xos an'ana tusiga kirgan urf-odatlarning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar : to'y marosimlar, aza marosimi, beshik to'y marosimi, to'qqiz to-voq marosimi, sarpo hamda sut puli

O'zbek xalqi o'ziga xos urf-odatlar hamda an'analarga boy xalqdir. Bu udumlar hududiy chegaralangan hamda chegaralanmaganligiga ko'ra farqlidir. Chegaralangan odatlar shu hudud aholisining etimologik kelib chiqishi bilan bevosita bog'liqdir. O'zbekistonning barcha hududlarida to'y va aza marosimi bor, lekin uni insonlar hududiy an'anasiga bog'liq holda nishonlashadilar. Bu esa xalqimizning leksik boyligini yan-ada rivojlantirish bilan bir qatorda rang-barangligini ham ta'minlaydi. Shu jumladan Na-voiy viloyati ham. Navoiy eng yosh viloyat bo'lishiga qaramasdan undagi udumlar bos-hqa viloyat odatlaridan farqlidir. Ayniqsa, marosimlarda o'ziga xos tarzda aytishuvlar, qutlovlar va laparlari bir-biridan go'zal hamda serma'no ko'lamga ega.

"Marosim arab tilidagi "marsum" so'zidan olingan bo'lib, 1-chizilgan; 2-rasm qi-lingan; 3-odat bo'lgan ma'nolarini anglatadi. Har bir inson umri davomida turli maqsad-larda uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan marosimlarda ishtirok etadi. Ular to'ylardan, yig'inlardan, ma'rakalardan iborat bo'lishi mumkin. Ayni paytda, butun xalq qatnashadigan bayramlani ham marosimlar qatoriga qo'sha olamiz."

Navoiyda to'ygacha o'tkaziladigan marosimlar. Inson borki, uning nasli da-vom etadi. Odamzod borki, o'zlariga juft topib hayotini to'ldirishadi. Ikki yosh bir-biriga ko'ngil qo'yishsa, ularni ham sha'riy, ham qonuniy tomondan nikohlashadi. Shu to'y marosimigacha Navoiyda o'ziga xos an'analar amalga oshiriladi. Bo'lajak kelinning uyi-ga qizning qo'lini so'rash uchun, asosan, ayol kishilar hamda qizni yigitga tavsiya etgan ayol boshchiligida boriladi. Tomonlar rozi bo'lishsa, ular o'rtasida dasturxon almashti-riladi. Ya'ni sovchilikka kelgan kishilarning olib kelgan tovoq dasturxoni ochilib, ich-idagi narsalar olinib, o'rniga qiz tomondan yangi dasturxonlik narsalari solinadi. Tomonlar kelishib olishganidan so'ng bichuv, hayitlik, unashtiruv marosimlari o'tkazilgandan so'ng to'y kuni ochiqlanadi. Bichuv — bu bo'lajak kelinga sarpo qilinib, ularni kelin-

April 23-24, 2024

655

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

ning uyiga tashlab ketish marosimi. Ha aytgancha, Xatirchi tumanida bu sarpolarni tikti-rish uchun ma'lum miqdorda pul ham beriladi. Kelinning to'shanchi ya'ni ko'rpa -to'shaklari qudalar orasida teng taqsimlanadi. Har ikki tomon ham ko'rpa to'shaklarini qo'lida qavishadi. Bu uchun esa qo'shnilar hamda qarindoshlar yordamga kelishadi. Xatirchida bu marosim— "Ko'rpa hashar" deb yuritiladi. Bichuv marosimidan so'ng kelin o'z dugonalari hamda do'stlarini holva o'tirishiga chaqiradi( tushunib turganingdek bizda qizning to'yi bo'layotgani holva marosimi hamda holva bilan bildiriladi). Qiz dugonalari bilan qolganda esa uning sarposi yoyilib, qizlar orasida talash bo'ladi. Hayit-lik marosimi— Xatirchi tumanida unashtirilgan qiz va yigitning uyiga qudalar ularning to'ylari bo'lguncha har hayit ayyomida dasturxon hamda sovg'alar bilan borishadi. Bu sovg'alar orasida albatta xina hamda kelinning dugonalari uchun tuhfalar ham joy olgan bo'ladi.

Unashtirish (Xatirchida buni non sindirish ham deyishadi) marosimida to'y uchun soliq solinadi, ya'ni kelin tomondagi to'y uchun ma'lum miqdorda kerakli narsalar beriladi. Agar kelin Xatirchi tumanining o'zidan hamda o'qishga kirmagan bo'lsa, unga beriladigan sut puli (bizda buni qalin puli ham deyishadi) miqdori juda oz beriladi. Ho-zirgi kun hisobiga ko'ra 1 milliondan oshiq. Ko'rib turganingizdek bu pul uni deyarli hech narsasini qoplamaydi. Agar bo'lajak kelin o'qigan bo'lsa unga beriladigan pul ham oshiqroq bo'ladi. Agarda bo'lajak kelin Navoiyning boshqa tumanlari yoki boshqa vilo-yatdan bo'lsa Xatirchilik kuyov kelin tomonning odatiga ko'ra sut puli beradi. Unashtirish marosimida to'y kuni belgilanadi. To'y kuni ikki tomonda ham ertalab nahorgi osh qilinib, kelganlarni mehmon qilishadi. Kelin kuyov tomon kelguncha qo'shni xonadonda dugonalari bilan kuyovning kelishini kutadi. Kuyov tomon karnay-surnay ovozlari bilan ko'chaning boshidan o'yin - kulgu qilib kelishadi. Qudalar ularni kutib olish uchun chiqishadi. Kuyov tomondan kelgan ayollar uchun shakar choy damlashadi. Choyga esa kelgan mehmonlar pul berishadi. Kuyov hamda uning do'stlari kuyov hamda kelin u-chun mo'ljallangan chimildiqning ichida o'tirishadi va ular uchun to'qqiz tovoq marosimi uyushtiriladi. Bu marosim, asosan, Navoiyga yoki Xatirchiga xos. Birinchi bo'lib tovoqda to'sh go'shti olib kiriladi va buni olib kirish jaroyoni juda antiqa. Ya'ni go'shtni olib kirishda kelinning yangasi irillaydi. Hamda kelib kuyovga o'z qo'li bilan yedirtiradi. Kuyov go'shtni bir marotaba tishlab qolganini jo'ralari uchun mo'ljallangan dasturxonga qo'yadi. Undan so'ng esa kelin yanganing tovog'i uchun kuyov jo'ralar pul berishadi. Agar kelin yanga berilgan pulga rozi bo'lsa, indamasdan chiqib ketadi, berilgan pul yan-gani qoniqtirmasa yana qo' shishlarini talab qiladi. Shundan keyin esa chimildiqqa tuxum olib kirishadi. Tuxumni kelinning chaqqongina yangasi olib kiradi, chunki unga yukla-tilgan vazifa qiyin, ya'ni uni olib kirish jarayonida yanga tovuqqa o'xshash ovoz chiqa-radi, aniqrog'i, qo'qulaydi( to'g'ri bu sizga g'alati tuyilishi mumkin, ammo bizda bu o-dat tusiga kirgan). Agarda kuyov jo'ralari yaxshi bo'lsa xo'p-xo'p, lekin sho'xroq bo'lsa

April 23-24, 2024

656

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagGgika^njVeriiteii

yangaga qiyin bo'ladi. Chunki uning ovozi tovuqnikiga o'xshamaguncha uni qaytarave-rishadi. Tuxum kuyovning qo'njiga solinadi. Bu ularga ko'p farzand tilash uchun qilina-di. So'ng yana tanish holat, tovoq uchun pul tashlashishadi. Undan keyin kim nima atagan bo'lsa, shuni olib kirishadi va ular ham kuyovning do'stlari uchun atalgan dastur-xonga tashlashadi. Bu uchun ham pul yig'iladi. Kelin tomon dasturxonni to'ldirishganidan so'ng dasturxon yig'ilib, kuyov jo'ralari uchun beriladi. Bu dasturxon to'y tugaganidan so'ng biror do'stining uyida ochilib, do'stlar bilan baham ko'riladi. To'qqiz tovoq marosimi tugaganidan so'ng kelinni olib kelish uchun kuyovning yanga-lari borishadi. Kelinning dugonalari kelin o'tirgan xonani eshigini bekitib turishadi. Dugonalarning qo'liga yetarlicha pul berilib, rozi qilishgandan so'ng xonaning eshigi ochiladi. Dugonalar kelinning boshida paranji ko'tarishib, yor-yor, o'lan aytib uni o'z uyiga olib borishadi:

Tog'da toychoq kishnaydi-yoo, ot bo'ldim deb Yor-yor-eee, ot bo'ldim deb, Uyda kelin yig'laydi-yo, yot bo'ldim deb, Yor-yor-aaa ha, yot bo'ldim deb...

Undan so'ng o'lan aytiladi: Hay-hay o'lan, jon o'lan-o, o'lanchi qiz Vadasida turolgan-o ho, vafoli qiz...

Kelin kuyovning oldiga, ya'ni qizning uyidagi chimildiqqa olib boriladi. Kelinni olib kelishgani uchun paranji ustiga yana kuyov tomon pul tashlashadi. Endi kelin va kuyov o'rtasida urf - odatlar o' tkaziladi. Chimildiqqa ikki kampir yotqizilib, tush ko'rish degan an'ana bo'ladi. Tush har bir to'yda bir xil, ya'ni kelin kuyov baxtli bo'lishi bilan tugaydigan hamda ramziy obrazlar ishtirokida ularning hayotida r o'y beradigan yaxshi kunlar haqida bo'ladi. Keyin esa chimildiqdan ikkita sham uch marta aylantirila-di. Aylantirish davomida "Kelin kuyovdan aylasin, kuyov kelindan aylasin" degan so'zlar takrorlanadi. Shundan keyin kelin-kuyov ko'zguga qarashadi. Chimildiqni kuyov yig'ib oladi hamda o'z uyiga olib ketadi. Kelin esa o'zi turgan xonani ko'ylagi bilan teskari qilib supuradi. Shundan so'ng kelin o'z yaqinlari bilan xayrlashib, ota uyini tark etadi. Endi to'y kuyovnikida davom etadi. Kelin bilan kelgan dugonalari uchun kuyovnikida to'qqiz tovoq tortiladi. Ammo bu to'qqiz tovoq kelinning uyidagi singari bo'lmaydi. Shunchaki olib kelib dasturxon tuzashadi, xolos. Kelin kelishi bilan kelin salom marosimi boshlanadi. Kelin salomda birinchi bo'lib qarindoshlardan qaynona ko'rishgani chiqadi hamda uning qo'yniga surpa beradi. Bu endi ro'zg'orim sizniki degan ma'noni anglatadi. Kelin salomda faqat kuyovning qarindoshlari o'zining olib kelgan tuhfalari orqali kelin bilan ko'rishishadi. Bizning odat bo'yicha kelinning oldiga ro'zg'or uchun kerakli narsalar qo'yiladi. Bu udum tugaganidan so'ng kelin dugonalari bilan kechki to'yga tayyorlandi. To'y nihoyasiga yetganidan so'ng to'yning keyingi kun-

April 23-24, 2024

657

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ida kelinning uyidan taom keladi va bu 3 kun davom etadi. Chimildiq uzilganidan keyin kelinning qarindoshlari tuhfalar bilan kuyovning uyiga borishadi. Darvoqe, bizda kelinga berilgan xonalarni kelin tomon mebel-anjom bilan to'ldirishadi.Shu bilan to'y marosi-mimiz o'z nihoyasiga yetadi.

Beshik to'yi marosimi.

Har bir oila o'zidan davomchi qoldirishni niyat qiladi. Niyati amalga oshganlar esa buni ko'tarinki kayfiyat va dabdaba bilan nishonlashadi. Navoiyda bola tug'ilishi bilan u uchun chilla saqlanadi. Kech kirganidan so'ng uydan chiqish va uyga kirish taqiqlanadi. Bolani kichik chillasi, ya'ni yigirma kunligi chiqmagunicha bolani uyd agila-ridan boshqa hech kimga ko'rsatilmaydi. Kichik chilla chiqqanidan keyin qo'ni-qo'shni ko'rgani chiqishadi, lekin shunda ham bola ko'chaga olib chiqilmaydi. Katta chilla, ya'ni qirq kun o'tganidan keyin bola ko'chaga chiqishi mumkin . Bizning odat bo'yicha kelinning bolaga beshik to'y asosan chillasi chiqqan go'dakka hamda ko'p hollarda katta farzandga olib boriladi. To'ydagi sarpolar ham katta to'ydan qolishmaydi. Kelinning uyidagilari tomonidan dasturxonlik ( ma'lum bir miqdorda go'sht, g uruh, non, shirinli-klar) kuyovning uyiga jo'natiladi. Endi sarpo qilish kerak. Kelin uchun boshdan oyoq sarpo, kuyov uchun ham bosh-oyoq kiyim qilindi. Qaynona uchun bir kiyimlik mato va ro'mol, kuyovning opa-singlisi uchun ham shunday, kuyovning aka-ukasi uchun esa bittadan kiyim, qaynotasi uchun esa chopon hamda qalpoq qilinadi. Go'dakka esa juda ko'p kiyim - kechak, o'yinchoq, beshik, belanchak kabi narsalar olinadi. Beshik to'yi ham kuy-navolar jo'rligida o'tkaziladi. Shu bilan beshik to'yi ham tugaydi.

Aza marosimi. Aza bu — Ayollarning mayyit chiqqan uyda yig'i bilan o'tkaziladigan motam marosimi. Xatirchi tumanida aza ham juda antiqa tarzda o'tkaziladi. Inson bu dunyodan ko'z yumganidan so'ng uning ustidagi hamma amallar diniy tarzda amalga oshirildi. Farqli xususiyati esa mayin o'zining uyidan aynan o'zining xonasidagi derazadan chiqariladi. Tobut derazaga sig'magan tarzda deraza o'rnidan olinadi. Bizda bu udum asnosida "Derazadan kirma, derazadan chiqma, derazadan o'lik chiqadi" degan xunuk ibora ham paydo bo'lgan. Aza bo'lgan uyga qo'ni-qo' shni, qon-qarindoshlar tomonidan ovqatlar chiqaradi. Mayitning kiyimlarining ham-masi yuviladi, garchi ular toza bo'lsa ham. Aza xonadoniga deyarli har kuni odamlar taziya bildirish uchun tashrif buyurishadi. Xulosa qilib aytganda, urf-odatlar inson hayo-tining ajralmas bo'lagidir. Lekin marosim va ma'rakalarda xarajatlarni kamaytirish hamda diniy tomonlama qilish to'g'ri bo'lar edi.

REFERENCES

1. O.Madayev, T. Sobitova "O'zbek folklori"

2. www.ziyonet.uz

3. www.uforum.uz

658

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.